Научная статья на тему 'MUSIQA SAN’ATI FIDOYILARI'

MUSIQA SAN’ATI FIDOYILARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
qashqar rubob / san’at / sulola / musiqa / shogirdlar / maktab / ustoz

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zokirjon Rahimov, Vaqqosxon Boboyev, Inoyatxon Botiralieva

Ushbu maqolada hozirgi davr va o‘tgan asrning ham buyuk san’atkorlaridan biri, o‘zining sermazmun hayoti, serqirra, betakror va beqiyos ijodi bilan insonlar qalbidan chuqur joy olgan “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni soxibi 1951-yilda Namangan viloyati Pop tumanida, san’atkorlar oilasida dunyoga kelgan Zokirjon Rahimov haqidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA SAN’ATI FIDOYILARI»

MUSIQA SAN'ATI FIDOYILARI

Zokirjon Rahimov Vaqqosxon Boboyev Inoyatxon Botiralieva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi davr va o'tgan asrning ham buyuk san'atkorlaridan biri, o'zining sermazmun hayoti, serqirra, betakror va beqiyos ijodi bilan insonlar qalbidan chuqur joy olgan "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni soxibi 1951-yilda Namangan viloyati Pop tumanida, san'atkorlar oilasida dunyoga kelgan Zokirjon Rahimov haqidadir.

Kalit so'zlar: qashqar rubob, san'at, sulola, musiqa, shogirdlar, maktab, ustoz

DEVOTES OF THE ART OF MUSIC

Zakirjon Rahimov Vaqkoskhan Boboyev Inoyat Khan Botiralieva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, one of the great artists of the present and the past century, the holder of the "Excellence of Public Education" badge, who has a deep place in the hearts of people with his rich life, brilliant, unique and incomparable creativity It is about Zakirjon Rahimov, who was born in 1951 in Pop district, Namangan region, in a family of artists.

Keywords: Kashkar rubob, art, dynasty, music, students, school, teacher

"Musiqa"- yunoncha "mousiche" so'zidan olingan bo'lib "muzalar san'ati" degan ma'noni anglatadi. U inson hissiy kechinmalari, fikri, tasavvur doirasini musiqiy tovush izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi san'at turi hisoblanadi. Uning mazmuni o'zgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa insonning turli kayfiyatlari (ko'tarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, g'amginlik, xavf-qo'rquv va boshqalar)ni o'zida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlarini, uning tabiatini ham yorqin aks ettiradi. Musiqaning ushbu ifodaviy tasviriy imkoniyatlarini yunon olimlari - Platon, Pifagor, Aristotel va Sharq mutafakkirlari - Farobiy, Ibn Sino, Jomiy, Navoiy, Bobur, Kavkabiy, tasavvuf arboblari Imom G'azoliy, Kalobodiy Buxoriy va boshqalar tomonidan yuqori baholangan, sharh va ilmiy tadqiq

I ¡bOH^^Sl ^80 http://oac.dsmi-qf.uz

qilingan. Musiqaning mazmuni - shaxsiy, milliy va umum bashariy badiiy qiymatlarning birligidan iborat bo'lib, bunda ma'lum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, sur'at, ijtimoiy fikr va kechinmalar umumlashgan xolda ifodalaniladi. Musiqa insonga qalbidagi buyuklik imkoniyatlarini ochadi. Bizning butun dunyoyimiz tovushlar, ranglar, yorug'likdan tashkil topgan mozaikaning ulkan rasmiga o'xshaydi. Uning ta'siriga berilmaslik, unga ergashmaslik mumkin emas. Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli ma'noli jarayonlar singari, musiqa ham muayyan ma'lumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoniyatiga ega. Jumladan, tovushlarning baland- pasligi, ingichka- yo'g'onligi, uzun- qisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan musiqa nutqqa o'xshaydi. Ammo, san'at turi sifatida musiqa faqat ungagina xos bo'lgan xususiyatlar: mas, badiiy - estetik maqsadlarni ko'zlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida kasb etilishi, ayniqsa, musiqa tovushlarining muayyan musiqa tizimlaridan tashkil etilishi bilan nutqdan farq qiladi. Musiqa -bu bizning qalbimizning kamonidir, ruhiy holatimizning eng aniq ko'rsatkichidir.U qalbimizni poklaydi va uyg'otadi, uni ezgulik va nurga ochadi. U yordamida biz dunyoni tanib, afzalliklarimizni ochib, eng samimiy narsalarni boshqalar bilan baham ko'rishni o'rganamiz. Musiqa doim bizning hayotimizdadir, u ruhning ahloqiy tomoniga ma'lum ta'sir ko'rsatishga qodir, shunday xususiyatlarga ega shuning uchun yoshlar tarbiyasiga kerakli fan sifatida kiritilgan. Inson o'zidan yaxshi nom yoki yorug' iz qoldirishi uchun uzoq umr ko'rishi shart emas. Shunday insonlar borki, qisqa umri davomida ibrat namunasi bo'lib, yosh avlodga moddiy va madaniy meros qoldirib, mardonavor ishlari bilan xotiramizda muxrlanib qoladi. Musiqa ularning butun hayoti mazmunidir. Shunday insonlardan biri ustoz Zokirjon Rahimovdir. U 1951-yilda Namangan viloyati Pop tumanida, san'atkorlar oilasida dunyoga keldi.

1971-yilda Namangan Davlat musiqa bilim yurtini tamomlab, Toshkent Davlat Konservatoriyasiga o'qishga kirdi, ammo ba'zi sabablarga ko'ra uni tamomlay olmadi. Xaqiqiy talant egasiga buning ahamiyati yo'q edi. U 1974-yildan boshlab Pop tumanidagi hozirgi "Barkamol avlod" bolalar maktabida musiqa to'garagi rahbari sifatida ishladi. 1976-yilda 2-bolalar musiqa maktabiga ishga o'tdi. Bu yerda u o'zbek cholg'u asboblari bo'limini ochish tashabbuskorlaridan bo'ldi va shu bo'limning qashqar rubob mutaxasisligi bo'yicha o'qituvchi bo'lib ishladi. 1978-yilda maktab kengaytirilib 7-sonli bolalar musiqa va san'at maktabi tashkil topdi. 1999-yildan 2010-yilgacha rahbarlik qildi. 2013-yilda qilgan mexnatlari o'z samarasini bera boshladi "Xalq ta'limi a'lochisi" ko'krak nishoni sohibi bo'ldi.

Zokirjon Rahimov yosh avlodga musiqa san'ati ilmidan saboq berib borish bilan bir vaqtda turli xududlarda ijod qilib kelayotgan shoir va shoiralar bilan ijodiy hamkorlikda faoliyat olib bordi. Iqtidorli bastakor, rubob, g'ijjak va boshqa musiqa

I D^H^^Sl 381 http://oac.dsmi-qf.uz

asboblari ustasi Zokirjon Rahimovning: "Yuraklarda o'zgacha shodlik", "Popimsan", "Xush kelding, bahor!", "Kuylar", "Vatan ardog'i", "Vatan dardi", "O'zbek qizlari", "Ota-ona", "Mustaqillik", "Yig'lama", kabi o'zi yaratgan qo'shiqlari hamon muhlislari qalbida. Ustozni tumanda bilmaydigan odam bo'lmagani kabi, bastakorlik mahorati bilan uni bugun respublika bo'ylab tanilgan deyish mumkin. Serqirra ijodkorning shogirdlarini esa, sanab sanog'iga yetish qiyin. O'zbekiston xalq artisti Mehri Begjonova, Ra'no Bo'ronova, Baxtiyor Egamberdiyev, Malika Egamberdiyeva, Mansurjon Parpiyev va boshqa ko'plab shogirdlari ustozni mehr va sog'inch ila xotiralaydilar.

Ustozimiz yurtimizning sevimli san'atkori Zokirjon Rahimov ham o'zining 69 yillik umrini shunchaki yashamadi, o'zi kuylagan va yaratgan diltortar kuy-qo'shiqlari, ezgulikka oshno shogirdlari va faxrlansa arzigudek farzandu nabiralari bilan bu dunyoni bezab ketdi. Hamisha elning ardog'ida, mehrida yashadiki, birov uning g'azablangan xolatda, tushkin kayfiyatda yurganini, birovga qattiq gapirib dilini og'ritganini hech kim ko'rmagan. Hayoti davomida har doim har qanday yomon kayfiyatdagi odam ko'zi tushganida uning ochiq chehrasidan, so'zlashganida chiroyli muomalasidan ko'ngli yorishadigan, samimiy qalbi yuzida aks etgan inson edi.

7-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida ustozning eng sevimli shogirdlaridan biri, Baxtiyor Egamberdiyev tashabbusi bilan ustozning 70 yilligiga bag'ishlangan "Culola" deb nomlangan ustozning xotirasiga bag'ishlangan tadbir tashkil etib o'tkazildi. Ushbu kechada ijodkorning san'atga bo'lgan ishtiyoqi, iqtidori va odamiyligi, yor-birodarlariga bo'lgan iliq munosabatlari yodga olindi. Farg'ona, Andijon, Namangan , Sirdaryo va boshqa viloyatlardan kelgan shogirdlari, oilasi, o'g'il-qizlari va shinavandalari ishtirok etishdi.

Xotira kechasida so'zga uning eng yaqin do'stlaridan biri andijonlik Abdusamad Umarov taklif qilindi. Talabalikdagi iliq xotiralar yodga olindi. Ustozning noyob iste'dod egasi va o'z ishining ustasi ekanligi sabab, xatto o'qishdagi katta kursdagilar ham undan dars olishgani, uning shon-shuxratga uchmay, poytatga borib ishlash taklifini rad etgani aytib o'tildi. Bor iqtidor va mehnatlarini tug'ulib o'skan makoni, yurtdoshlariga baxshida etgani xaqidagi fikrlari barchani to'lqinlantirdi. Quva hamda To'raqo'rg'ondan kelgan do'stlari so'zga chiqib, kecha ustoz xotirasiga bag'ishlab yozilgan she'rlarini o'qib eshittirdilar. O'g'illari - O'tkirjon, Saidnozim hamda qizlari - Shahnoza, Nilufar va nabirasi Durdona Rahimovalar o'zlarining ijodiy chiqishlarida ustoz ijodidan namunalar ijro etdilar.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ezgulikka intilgan insonning nomi mangulikka muhrlanaveradi. Qilgan ishlari esa, o'zidan keyin farzandlari uchun marhamat eshiklari bo'lib xizmat qiladi.

382

http://oac.dsmi-qf.uz

Foydlanilgan adabiyotlar

1. Pop tongi gazetasi. 2022 yil

2. Musiqa nazariyasi kitobi.

3. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

4. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

5. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

6. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

7. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

8. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

9. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

10. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

11. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

12. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

13. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

I icclT^^^^H 383 http://oac.dsmi-qf.uz

14. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).

15. Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.

16. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.

17. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.

18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

21. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

22. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

23. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

24. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

25. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

I fcOT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

26. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

27. Shavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "COMPOSER ANTONIN DVORZHAK ORIGINAL STYLE OF MUSICAL WORKS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 116-121.

385

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.