Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI VA UNING AN’ANALARI'

O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI VA UNING AN’ANALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1694
175
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
xalq ijodi / musiqa / san’at / badiiy ijod / kompozitor / simfonik / orkestr / folklor musiqasi / mumtoz musiqa / maqom / madaniyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shavkat Axmedovich Turdiyev

Mazkur maqolada o‘zbek xalq musiqa ijodi va uning tarixi, an’analari, xalq musiqasi turlari hamda xususiyatlari, mashhur o‘zbek bastakorlari hamda xonandalarining san’at olamida tutgan o‘rni, rivojlanishida qilgan xizmatlari, shuningdek, o‘zbek xalq musiqa ijodining hozirgi davrdagi taraqqiyoti haqida fikrmulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQ MUSIQA IJODI VA UNING AN’ANALARI»

O'ZBEK XALQ MUSIQA IJODI VA UNING AN'ANALARI

Shavkat Axmedovich Turdiyev

QDPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek xalq musiqa ijodi va uning tarixi, an'analari, xalq musiqasi turlari hamda xususiyatlari, mashhur o'zbek bastakorlari hamda xonandalarining san'at olamida tutgan o'rni, rivojlanishida qilgan xizmatlari, shuningdek, o'zbek xalq musiqa ijodining hozirgi davrdagi taraqqiyoti haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq ijodi, musiqa, san'at, badiiy ijod, kompozitor, simfonik, orkestr, folklor musiqasi, mumtoz musiqa, maqom, madaniyat

UZBEK FOLK MUSIC CREATION AND ITS TRADITIONS

Shavkat Akhmedovich Turdiyev

KSPI

Abstract: In this article, the creation of Uzbek folk music and its history, traditions, types and characteristics of folk music, the role of famous Uzbek composers and singers in the world of art, their services in development, as well as the Uzbek people there are opinions about the development of music creativity in the present period.

Keywords: folk art, music, art, artistic creation, composer, symphonic, orchestra, folk music, classical music, status, culture

Musiqa san'ati ko'p asrlik madaniyatimizning, umuminsoniy qadriyatlarimizning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Musiqa ayniqsa insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuyg'ularini rivojlantirish, ijodiy qobiliyatlarini rag'batlantirish vositasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Musiqa turli kayfiyatlar, masalan, shodlik, xursandchilik, ko'tarinkilik, tushkinlik, g'am-qayg'ulik va boshqa holatlarni o'zida mujassamlashtiradi. Musiqa qat'iyatlilik, intiluvchanlik, vazminlik, xushchaqchaqlik kabi insoniylik sifatlarini ham o'zida aks ettiradi. Har bir musiqiy asar ijrochi tomonidan maromiga yetkazib ijro etilsagina tinglovchi uni maroq bilan eshitib, undan zavq oladi.

Xalq musiqa ijodiyoti - musiqa san'atining eng qadimgi ildizlaridan bo'lib, har bir xalqning o'tmishidan darak beruvchi, tarixi, madaniyati va an'analarini o'zida ifoda etuvchi bebaho xazinadir. O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot davomida xalq og'zaki ijodi, xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy

kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to'ldirib keladi.

O'zbek musiqasi azaldan ikki ulkan yo'nalishda shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan.

1. Folklor musiqasi.

2. Mumtoz musiqa.

Folklor musiqasi xalq hayotiy voqeyliklaribilan bog'liq bo'lgan, kishilarning kundalik hayoti, mehnat faoliyatini aks etuvchi musiqadir.

Folklor musiqasining asosiy mezonlari marosimlar va voqe'liklar bilan bog'liq bo'lib, to'rtta yo'nalishdan iboratdir. Bular:

1. Bolalar musiqasi.

2. Mehnat qo'shiqlari.

3. Marosim qo'shiqlari.

4. Diniy, afsuniy qo'shiqlar.

Folklor musiqasi o'zining xalqchilligi, g'oyaviyligi va qiziqarli ekanligi bilan bir qatorda xalqning matonati, yengilmas irodasi, ertangi kunga bo'lgan ishonchi, shodiyona, adolat, tinchlik haqidagi tasavvurlarni yorqin namoyon eta oladi.

O'zbek xalq musiqa ijodi ham qadimda xalq og'zaki negizida paydo bo'lgan. Xalq orasidan yetishib chiqqan iste'dodli hofizlar, san'atkorlar xalqning turmush-tarzlarini, orzu-armonlarini, ichki tuyg'ularini o'z musiqalarida maromiga yetkazib ijro etishgan. Xalq sayllarida termalar, aytishuvlar, laparlar, turli kuy-qo'shiqlar ijro etilgan.

Xalq musiqasi namunalari xalq (omma) badiiy ongining mahsuli sifatida hayot kechirib, yakka holda havaskor xonanda (guyanda, xalfa va boshqalar), sozanda (do'mbrakash, dutorchi kabi) tomonidan, shuningdek, ansambl yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Xalq musiqasi milliy musiqa uslubining asosi, bastakor va kompozitorlar ijodi, ommabop musiqaning muhim manbaidir Musiqiy folklor, o'z navbatida, professional musiqa san'ati bilan o'zaro chambarchas aloqada rivojlanadi. Hozirgi davrda xalq musiqa namunalarining qadimiy va o'zgartirilgani, shuningdek, ular asosida yangidan yaratilganlari mavjud.

Mumtoz musiqa namunalari har tomonlama mukammalligi, ijro usulining o'ziga xosligi bilan folklor musiqasidan farq qiladi. Mumtoz musiqa alohida bastakor tomonidan yaratilib, mahoratli xonanda yoki sozanda ijrosida kuylanadi.

Mumtoz musiqasining eng yirik shakli maqomlardir. "Maqomlar O'zbekistonning uch vohasida mavjud bo'lib, Buxoroda "Shashaqom", Xorazmda "Xorazm maqomlari", Farg'ona vodiysida "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" deb yuritiladi. Bundan tashqari, maqomlar yo'llarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos bo'lgan "Suvora"lar, Katta ashula, Surnay maqom yo'llari, dutor maqomlari hamda cholg'u yo'llari mavjud. Mumtoz musiqaning

shaklan muqimligi, qonun-qoidalarga egaligi talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi."1

O'zbek musiqasining bu har ikki yo'nalishi yillar va asrlar davomida bir-birini to'ldirib,zamon talablari natijasida rivojlanib kelmoqda.

O'zbek musiqasi ijodiyoti yillar davomida turli janrlar bilan boyib kelgan. XX asrga kelib, bastakorlik an'analariga xos va jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik ijodiyoti kirib kelgan. Bu esa, albatta, o'zining yangidan-yangi janrlari, ularni yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog'liq.

Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o'zbek musiqasiga Yevropa musiqa an'analarida mavjud bo'lgan opera, balet, simfoniya, kamer musiqa, cholg'u musiqa kabi bir qator janrlar kirib keldi. Yillar davomida bu an'ana o'zbek musiqiy hayotida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'ldi. O'zbek kompozitorlik maktabi shakllandi, unda yetuk kompozitorlar yetishib chiqib, olamshumul ahamiyatga ega bo'lgan asarlar yaratdilar.

G'arb va Sharq mamalakatlarida shakllanib, o'ziga xos uslub hamda yo'nalishga ega bo'lgan simfonik orkestr va simfonik musiqa XX asrga kelib O'zbekistonda ham keng rivoj topa boshladi. Dastlab "XX asrning 20-40-yillari O'zbekistonda simfonik musiqa, asosan, rus kompozitorlarining ijodiy faoliyatlarida bunyodga keldi va rivojlana boshladi. Ular mahalliy xalqning an'anaviy musiqa merosi xususiyatlarini o'rganib, milliy ruhda simfonik asarlar yaratishda ijodiy izlandilar va ilk bor simfonik musiqani turli shakl va janrlarida asarlar yaratdilar. V.Uspenskiy, A.Kozlovskiy, G.Mushel va R.M.Glier kabi kompozitorlar yorqin simfonik asarlar bilan XX asr o'zbek musiqa tarixida yangi sahifa ochib berdilar."2

Keyinchalik esa o'zbek simfonik musiqasini rivojlanishiga M.Ashrafiy, M.Burxonov, T.Sodiqov, G'.Qodirov, S.Yudakov, Doni Zokirov, F.Nazarov, I.Akbarov singari kompozitorlar ham o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shganlar.

O'zbek musiqa ijodi an'analari uzoq yillardan beri xalqimiz orasida saqlanib, sayqallanib, rivojlanib kelmoqda. Xususan, XX asr boshlarida xalq orasidan yetishib chiqqan hofizlar, sozandalar tomonidan ijro etib kelingan qo'shiqlarning muallifi noma'lum bo'lishiga qaramay, ular xalq orasida mashhur bo'lgan. Masalan, "Fabrika", "Yor-yor", "Omon yor" kabi qo'shiqlarda o'zbek xotin-qizlari turmush-tarzi, mehnati va orzu-umidlari kuylangan. Xalqimizning Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Yunus Rajabiy, Mamurjon Uzoqov, Orif Hotamov, Komiljon Otaniyozov, Tavakkal Qodirov singari mashhur hofizlar o'zbek musiqasining rivojiga o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shganlar. Ular qo'shiqchilik uslublari bo'yicha o'ziga xos maktab yaratib, o'z ijodlarini shogirdlariga o'rgatganlar. Ularning sermahsul ijod namunalarini o'rganish har birimizning asosiy vazifamizdir.

1 A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. O'zbek musiqa tarixi. T.:2018 y. 10 b.

2 A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. O'zbek musiqasi tarixi. T.: 2018. 112b.

O'zbek xalq musiqasi yillar davomida ko'plab musiqashunos olimlar tomonidan o'rganib kelingan. Masalan, Abdurauf Fitrat, To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy, Viktor Uspenskiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlarning mehnatlari beqiyosdir. Bu musiqashunos olimlarning har biri o'zbek xalq musiqasi tarixi va istoqbollari haqida qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lgan asarlar, risolalar, qo'llanmalar yaratganlar.

Ayniqsa, Yunus Rajabiyning o'zbek musiqa merosini to'plashdagi xizmatlari katta. U 1935 yildan xalq, kuy va ashulalarini notaga yoza boshlagan. Natijada Ye.Romanovskaya va Il.Akbarov tuzgan «O'zbek xalq qo'shiqlari» (1939) to'plamidan Yunus Rajabiy notaga olgan 29 ta xalq musiqa namunasi o'rin olgan. 1955 - 59- yillarda Yunus Rajabiy 5 jildli «O'zbek xalq musiqasi» (I.A.Akbarov tahririda) to'plamini nashr ettirdi. Unga mingga yaqin turli janrdagi o'zbek (bir qancha tojik, uyg'ur) kuy va ashulalari, Buxoro Shashmaqomi, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, katta ashulalar, 20-asr bastakorlarining asarlari kiritilgan.

Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan so'ng azaliy qadriyatlarmizni tiklash, o'z tariximizni, urf-odatlarimiz va an'analarimizni atroflicha o'rganish imkoniyati yaratildi. O'zbek xalqining boy musiqa merosini, sharq musiqa madaniyati bilan mushtarakligini nazarda tutgan O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning «Sharq musiqasining jahon madaniy merosida tutgan o'rni buyuk. Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda»3 degan so'zlari buning yorqin dalilidir.

Darhaqiqat, bugungi kunda o'zbek musiqa san'atining jahon musiqiy san'atiga qo'shayotgan xissasi beqiyosdir. Turg'un Alimatov, Abduhoshim Ismoilov, Munojot Yo'lchiyeva, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva singari xalq sevgan mashhur san'atkorlarni, «Yalla», «So'g'diyona», Milliy simfonik orkestr singari jamoalarni jahon sahnalaridagi muvaffaqiyatlari tahsinga sazovordir. Ular o'zlarining sermahsul ijodlari bilan o'zbek musiqa san'atining rivojiga sarmoqli hissa qo'shib kelmoqdalar.

O'zbek musiqa san'atini rivojlantirish hamda uning imkoniyatlarini kengaytirish borasida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bir qator qaror va farmoyishlar chiqarilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda. "Sharq taronalari", "Shashmaqom", "Xalq cholg'ulari ijrochilari", Yunus Rajabiy nomidagi "Yosh maqom ijrochilar" kabi xalqaro va respublika ko'rik-tanlovlarining o'tkazilayotganligi hamda ularda yangi iste'dodli yoshlarni kashf qilinayotganligi o'zbek musiqasini yanada taraqqiy etayotganidan dalolatdir.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, mamlakatimizda komil inson shaxsini shakllantirish davlat siyosatining ustivor yo'nalishiga aylangan hozirgi sharoitda ma'naviyatimizning ajralmas qismi bo'lgan musiqiy madaniyatimizning o'rni beqiyosdir. Zero, musiqa, qo'shiq har doim xalqimizning jon ozig'i bo'lib kelgan. Musiqiy merosimizni saqlab, kelgisi avlodga yetkazdirish har birimizning

3 I.A. Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. — T. : O'zbekiston, 1998 y. 322- bet.

I îhSi^^Bl 324 http://oac.dsmi-qf.uz

burchimizdir. Xususan, o'zbek musiqa san'ati an'analarini saqlab qolish uchun zaruriy chora-tadbirlarlarning olib borilishi o'zbek musiqasi an'analrining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova. O'zbek musiqa tarixi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2018.

2. I.A. Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida.-T.: O'zbekiston, 1998

y.

3. B.Madrimov. O'zbek musiqa tarixi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018.

4. O.Ibrohimov, G'.Xudoyev. Musiqa tarixi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018.

5. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

6. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL

JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

24. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.