KASBIY MUSIQA ASOSLARI VA O'ZIGA XOS USLUBI
J.Mamatov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek musiqa madaniyatidada kasbiy (ustazoda) musiqa yo'nalishi va uning o'ziga xos uslublari, xususiyatlari, afzalliklari, shuningdek, hozirgi vaqtdagi taraqqiyot haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so'zlar: kasbiy musiqa, ustoz-shogird, baxshi, katta ashula, maqom, muqanna, folklor, an'ana
FUNDAMENTALS OF PROFESSIONAL MUSIC AND ITS OWN STYLE
J.Mamatov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: In this article, opinions are expressed about the direction of professional (master) music in Uzbek music culture and its unique styles, features, advantages, as well as current progress.
Keywords: professional music, teacher-student, bakshi, big song, status, muqanna, folklore, tradition
Ma'lumki, o'zbek xalqi o'zining boy ma'naviy merosiga ega. Bu ma'naviy meros musiqiy folklor qatlami qatorida kasbiy (ustazoda) musiqa namunalarida ham badiiy barkamol ifodalangan. Zero, xalq musiqasi negizida shakllangan, unib-o'sgan va bizgacha "ustoz-shogird" ta'lim an'anasi orqali yetib kelgan kasbiy musiqa asarlarida ulug' ajdodlarimizning boy ma'naviy qadriyatlari, falsafiy chuqur mulohazalari, hayotiy tajribalari badiiy mukammal o'z aksini topgan.
O'zbek kasbiy musiqa san'ati o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Tarixiy manbalardan ma'lumki, kasbiy musiqaning ilk paydo bo'lishi xon saroylaridagi saroy madaniyatiga borib taqaladi. Xon saroylariga asilzodalar ko'nglini xushnud qilish uchun xalq orasidan yetishib chiqqan iste'dodli kishilarni musiqachi bo'lib xizmat qilishgan jalb etganlar. Xon saroylarida xizmat qiluvchi sozandalarni- muqanna, xonandalarni hofizlar deb atashgan. Demak, qadimda musiqa san'atida shu tarzda kasbiy musiqa janrlari - katta ashula, suvora, maqom, yovvoyi maqomlar yuzaga kelib, o'z yo'nalishlarini boshlagan. Serjilo mahalliy folklor jabhasidan farqli o'laroq, kasbiy musiqa yodgorliklarida ustozona ijod ila ijro an'analari o'zining ko'rkam ifodasini topgan.
"Ushbu kasbiy musiqa namunalari o'zining bir qator sifatlar, xususan:
I icclT^^^^H 733 http://oac.dsmi-qf.uz
a) nisbatan murakkab ko'rinishdag shakl-shamoyili;
b) keng nafasli va rivojlangan kuy-og'anglari;
v) ayrim yo'llari asosan aruz vaznidagi mumtoz she'riyatga bog'langanligi;
g) ijrochilik uchun "ustoz-shogird" an'anaviy maktabida hosil etilgan kasbiy malakalarning bo'lishi kabilar bilan musiqiy folklordan ajralib turadi." 1
O'zbek kasbiy musiqa namunalari yuqoridagi o'ziga xos sifatlarga to'liq ega ekanligi bilan asrlar davomida o'z mavqeini yo'qotmasdan, avloddan-avlodga o'tib, saqlanib hamda rivojlanib kelmoqda.
Xalqimizda "Ustoz ko'rmagan shogird har maqomga yo'rg'alar" degan naql bor. Haqiqatdan ham, qaysi sohada bo'lishidan qat'iy nazar ustozdan ilm sirlarini, kasb usullarini, mahoratini o'rganmagan kishi o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'la olmaydi. Ayniqsa, bu san'at sohasida muhimdir. Shuning uchun ham san'atda, musiqa yo'nalishida ustoz-shogird an'anasi muhim o'rin tutadi.
Kasbiy musiqa janrlar bo'lgan baxshichilik, maqom, katta ashula yo'nalishlarida ustoz-shogird an'anasi orqali ko'p yillardan beri boy musiqiy merosimiz avloddan-avlodga o'tib, rivoj topib kelmoqda.
Respublikamizda hududlar bo'yicha o'z yo'nalishi va uslubiga ega bo'lgan Surxondaryo-Qashqadaryo, Buxor-Samarqand, Xorazm, Farg'ona-Toshkent dostonchilik maktablari mavjud. Bu dostonchilik maktablarining har birini o'ziga xos kuylash ohanglari, uslublari borki, ular bir-birini takrorlamaydi. Masalan, Surxondaryo-Qashqadaryo, Buxor-Samarqand, Xorazm dostonchilik maktablari ko'shiqqa jo'rnavoz soz sifatida do'mbira, chanqovuz, o'g'uz kabi sozlari qo'llanilsa, Farg'ona-Toshkent dostonchilik maktablarida esa doira, qayratosh, qoshiq, likopcha kabi soz va sodda folklor cholg'ularidan keng foydalaniladi. Xorazm musiqa uslub doirasida dostonlarni garmonda ijro etish an'anasi ham qo'llanilgan bo'lib, bunda dostonlar bir butunligicha emas, balki bunda undan olingan ayrim parchalar va termalar aytilgan. Bu dostonchilik maktablarining Normurod baxshi, Bola baxshi, Abdulla Nurali o'g'li, Qo'ldosh Suyar, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yo'ldosh o'g'li kabi yirik vakillari o'z davrida baxshichilik san'atining rivojiga katta hissa qo'shganlar.
Sharq xalqlari madaniy hayotida maqom san'atining yuzaga kelishi juda olis zamonlarga borib taqalishi ma'lum. "Ustoz-shogird" an'anasida kasbiy musiqa asta-sekin shakllanar ekan, aynan maqom yo'nalishida uning ijodiy ila ijroviy mezonlari takomil darajaga yetadi.
Maqom atamasi arabcha bo'lib, joy, makon, o'rin ma'nolarini ifodalaydi. Dastlab muayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg'uning dastasida barmoq bilan bosiladigan joy, parda ma'nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida Maqomning mazmun doirasi tobora kengayib, bir-biriga nisbatan bog'liq boshqa ma'nolarni ham anglata
1 О.Ибро^имов. F.Худоев. Мусина тарихи. Тошкент.,Баркамол файз медиа. 2018. 210 б.
I ВДП^^В! 73Л http://oac.dsmi-qf.uz
boshladi, lad tuzilmasi, lad tizimi, muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar, shakl va janr.
O'zbek xalqining taniqli hofizi Yunus Rajabiy maqomga shunday ta'rif bergan: "Maqom so'zi ikki ma'noda qo'llaniladi. Al Farg'oniy va ibn Sinodan boshlab o'rta osiyolik musiqa nazariyotchilari bu so'zni asosan muayyan lad tizimi, deb tushunganlar. Hozir esa "maqomlar" so'zi og'zaki an'anaviy yirik musiqa asarini anglatadi va xalqimiz o'tmishda yuksak madaniyatga erishganini bildiradi."2
Hozirda O'zbekistonda maqomlarning uch turi mavjud bo'lib, ular quyidagilar:
1. Shashmaqom (yoki Buxoro maqomlari)
2. Xorazm maqomlari
3. Frag'ona-Toshkent maqom yo'llari.
Shuni alohida aytish kerakki, mazkur maqom turlari bizning davrga qadar og'zaki uslubga asoslangan "ustoz-shogird" ta'lim an'anasi vositasida kuy-ohanglariga o'zbek mumtoz she'riyat namunalari orqali yetib kelgan.
O'zbek mumtoz musiqasining mustahkam, buzilmas poydevori bo'lmish olti maqom - "Shashmaqom"dir. "Shashmaqom" XVIII asrgacha hali tugal shakllanmagan bo'lsa ham, uning shakllanish jarayoni ancha ilgari boshlanganligi tabiiydir. O'n ikki maqom - "Duvozdahmaqom" turkumi mukammalroq bo'lib, olti maqom turkumi -"Shashmaqom"ning yuzaga kelishida hal etuvchi ahamiyat kasb etgan.
"Shashmaqom" olti maqomdan iborat turkum. Unga "Buzruk" (katta, ulug'), "Rost" (to'g'ri, haqqoniy), "Navo" (ohang, kuy), "Dugoh" (ikkinchi yoki ikki parda), "Segoh" (uch yoki uchinchi parda), "Iroq" (mamlakat nomi) maqomlari kiradi. Har bir maqom o'z navbatida juda katta hajmdagi turkum asar bo'lib, ulaming har biri tarkibida taxminan 20 tadan 44 tagacha katta va kichik maqom yo'llari bor.
Katta ashula - hajman yirik, kuy-ohanglari keng nafasga mo'ljallangan ashuladir. U asosan Fargona vodiysiga xos bo'lgan o'zbek an'anaviy ashula yo'li hisoblanadi. Odatda, 2—5 hamnafas ashulachi (hofiz) tomonidan cholg'u jo'rligisiz (qo'llariga patnis yoki likobcha ushlagan holda) aytiladi. Ko'pincha yuqori pardalarda va keng nafasda ijro etilib, o'ziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula qadimiy marosim va mehnat qushiqlari, marsiya, navha, ayolg'u qo'shiqlari hamda aruz vaznidagi g'azallarning qad. o'qilish uslublari zaminida vujudga kelgan. Katta ashula, odatda, katta yig'in, sayil va to'y-tomoshalarda aytilgan. Uning o'tmishdagi namunalarida lirik va nasihatomuz g'azallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf yo'nalishidagi she'rlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqalarning g'azallari Katta ashula janridan alohida o'rin olgan. Xalq orasida "Do'stlar" (Navoiy), "Ko'p erdi", "Yolg'iz", "Adashganman" (Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim" (Miskin) kabi katta ashulalar keng tarqalgan. Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir
2 Ю.Ражабий. Узбек халк музикаси. V том. 1959. 16 б.
ГГлЦ^^Ш! 735 http://oac.dsmi-qf.uz
Abdulla, Akmal Po'lat, Vosit Sa'dulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, O'tkir Rashid va boshqalarning she'rlari ham Katta ashulada sevib ijro etiladi. Keyingi yillarda katta ashulalarni cholg'ularda, ko'proq nay sozi jo'rnavozligida ham aytish yo'lga qo'yilgan.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, kasbiy musiqa mumtoz yo'nalishi bo'lib, asrlar davomida xalqimizning sevimli kuy va ohanglari sifatida yashab kelmoqda. Xalqimiz maromiga yetkazilib kuylangan mumtoz navolarni sevib tinglab, qadrlab keladi.
San'at sohasidagi "ustoz-shogird" ta'lim an'anasi esa shakllanib kelayotgan yosh ijodkorlarning kelgusida usta san'atkor bo'lishida muhim rol o'ynaydi. O'zbek mumtoz musiqasini kelgusida ham rivoj topib, butun dunyo e'tirofiga sazovor bo'lishiga katta xizmat qiladi.
Bugunki kunda o'zbek mumtoz musiqasini yosh avlod ma'naviyatiga sindirish hamda uni rivojlantirish uchun davlatimiz tomonidan bir qator imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, " Agar biz san'atni, madaniyatni ko'tarmoqchi bo'lsak, avvalo, mumtoz maqom san'atini ko'tarishimiz kerak. Maqom ohanglari, maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib-o'sib kelayotgan yoo' avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarmizni safarbar etishimiz zarur".
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.Ibrohimov.G'.Xudoev. Musiqa tarixi. Toshkent., Barkamol fayz media. 2018. 210 b.
2. Yu.Rajabiy. O'zbek xalq muzikasi.O'zbekiston Davlat badiiy akademiya. V tom. 1959.
3. B. Madrimov. O'zbek musiqa tarixi. Toshkent. Barkamol fayz media. 2018.
4. A.Hasanov. Musiqa va tarbiya. Toshkent. O'qituvchi.1993.
5. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. "O 'YIN TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK VOSITASI SIFATIDA." Scientific progress 2.2 (2021): 317-321.
6. Askarova, S. "DEFECTS IN THE VOICE OF PUPILS AND WAYS TO ELIMINATE IT." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 418-420.
7. Askarova, S. "SPECIFIC ASPECTS OF STUDENTS'SINGING SKILLS DURING ADOLESCENCE." Open Access Repository 9.11 (2022): 216-218.
8. Asqarova, S. "XOR VA XORSHUNOSLIK FANI DARSLARIDA KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH." Eurasian Journal of Academic Research 2.7 (2022): 62-65.
736
http://oac.dsmi-qf.uz
9. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
10. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
1LEminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.
12. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.
14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.
20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.
I icclT^^^^H 737 http://oac.dsmi-qf.uz
21. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.
22. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).
23.Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.
24. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.
738
http://oac.dsmi-qf.uz