"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023
O'ZBEK MILLIY MUSIQASI RIVOJIDA BASTAKORLIK IJODI
Dilmurod Tursinovich Nosirov
QDPI
Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek bastakorlik ijodiyotining shakllanish jarayoni, tarixiy manbalar va namoyandalar, bastakorlik amaliyotining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi, ilmiy o'rganilishi, yaratilgan manbalar, musiqa ijodiyotida samarali faoliyat olib borgan bastakorlarning hayoti, faoliyati va ijodi yoritilgan.
Kalit so'zlar: milliy musiqa, bastakor, ijod CREATION IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK NATIONAL MUSIC
Dilmurod Tursinovich Nosirov
KSPI
Abstract: This article describes the process of formation of Uzbek compositional creativity, historical sources and figures, historical formation and development of compositional practice, scientific research, created sources, the life, work and creativity of composers who have been effective in music creation.
Keywords: national music, composer, creativity
O'zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma'naviy merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma'naviy boyliklar asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning milliy an'analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma'naviy merosni o'rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining asosiy omillaridandir. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan asosiy masalalardan biri ham kelajak avlodning kamolotida, ta'lim-tarbiya berishning maqsadi yosh avlodni istiqlol mafkurasi asosida sog'lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalash va musiqa ta'limiga tayyorlashdan iborat ekanligi e'tirof etilgan.
Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa
san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Musiqa sohasining azaliy qadriyatlardan zamonaviylik mezonlariga bo'lgan jarayonlarni faqatgina ohanglarda muhrlangan betakror asarlardangina anglash mumkin. Buning esa Ko'lami juda keng, ularni tasavvur ham qilish mushkun. Chunki, har bir xalqning o'z ma'naviyati, ma'rifati, estetikasi bo'lib, hayot degan jarayonda milliy hamda mahoratli omillar bilan sug'orilib kelingan. Buning negizida ikki ulkan tafakkur yo'nalishlari, ya'ni xalq ommaviy musiqasi va tafakkurning individual ijodiy munosabatlarining mahsuli o'rin olgan
Asosan mumtoz, qisman xalq ijodiyoti bilan bevosita bog'liq bolgan bastakorlik sohasi qariyb bir yarim, ya'ni ming yillik tarixiy davr mobaynida shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Uning qator sifatlarini anglash borasida "bastakor" so'zining lug'aviy ma'nosi ham e'tiborlidir. Atoqli maqomshunos olim I.R.Rajabovning bergan ta'rifiga ko'ra, "bastakor" forscha so'z boiib, uning zamirida "kuyni tashkil etuvchi unsurlarni bir-biriga bog'lovchi" degan ma'no yotadi ("basta" - bog'langan, "kor" -ish, ishlovchi ma'nolarida). Bastakorlikning musiqa ijodiyotidagi mohiiyati ma'lum qonun qoidalar bilan bevosita bog'liq holda yuzaga chiqadi. Bunda, bastakor ko'p asrlik an'anaviy kuylarning ritmik va ohang variantlarini yaratishi, shuningdek kuy yollariga yangi lavhalar, tayyor holdagi avjlar kiritishi nazarda tutiladi. Ashula yo'llariga yangi she'rlami moslab tushira bilgan san'atkorlar ham bastakor nomiga sazovor bo'lganlar.
Ma'lum bo'ladiki, bastakorlar musiqa amaliyotida keng qo'llanib kelingan kuy andozalari asosida ham musanniflik qilganlar, ulami (kuylarni) she'riyat namunalari bilan bog'lab ashula yo'llarini ham yaratganlar. Bunda badiiy an'ana eski va yangi ijodiy hodisa o'rtasidagi biridan-biriga o'tib boruvchi uzviy aloqa keyingi davr ijodkorlari tomonidan qabul qilingan va rivojlantirilgan g'oyaviy-badiiy xususiyatlar tarzida namoyon boladi. Bu jarayonda bastakorlar iste'dodi ana shu an'analar doirasida badiiy mahorat ko'rsata bilishga, tabiiy holda yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishga, "tanish" shaklu-shamoyilning yangi qirralarini ochib berishga xizmat qiladi. Zotan, tarixiy rivojlanish jarayonida badiiy merosxo'rlik yo'li bilan asrlar davomida ustozdan-shogirdga meros o'tib kelayotgan musiqiy qadriyatlar muayyan tarixiy shart-sharoitlarda turlicha ko'rinish kasb etib kelgan. Binobarin, badiiy an'ana yangilikni mustasno etmaydi, balki yangilik uchun muhim zamin, poydevor asos bo'lib xizmat qiladi. Muqim an'anani yangilik bilan boyitish uchun esa, tabiiyki, har bir ijodkordan badiiy an'anani teran anglash hamda yuqori mahorat talab qilinadi.
O'tmishdagi bastakorlik ijodiyoti bilan hozirgi davr bastakorlik ijodiyoti orasida albatta tafovutlar bor. Bastakorlar mumtoz musiqa hamda xalq musiqa ijodiyotining chuqur bilimdonlari, ustoz sozanda va xonandalardir. Respublikamizda XX asr mobaynida maxsus musiqa o'quv yurtlari tashkil etilishi munosabati bilan ta'lim
tizimida an'anaviy bastakorlik emas, balki Yevropacha kompozitorlik mutaxassisligiga ustuvor ahamiyat berildi. G'arbda shakllangan musiqiy yaratuvchilik yo'nalishida esa aksincha, kompozitorlik ma'lum bir "Musiqa yozuvchisi" mutaxassisligini anglatgan. Musiqa merosimizning yangilanishidagi tashabbuskor targ'ibotchilari bastakorlardir. Bastakorlarimiz hozirda mavjud maqom turkumlari zaminida noyob asarlar yaratmoqdalar. Shu bilan bir qatorda, ulaming ijodida yangi uslubiy yo'nalish va ijodiy maktablar shakllandi. Shu asnoda bastakorlaming ijodiy mahsuli bo'lmish turli kuy, qo'shiq va ashulalar musiqiy xazinamizni yanada boyitib bormoqda.
Bastakorlik ijodiyotida sozandalik va xonandalik faoliyati alohida ahamiyat kasb etib kelgan. Hozirgi kunda ham bastakorlarimiz ijrochilik hamda ijodkorlikning o'zaro uzviy bogiiqligini o'z faoliyatida ko'rsatib kelmoqdalar. XX asrning 20 - 40-yillarida zamonaviy musiqiy san'atning rivojlanish jarayonida bastakorlik ijodiyoti muhim o'rin egalladi. Ya'ni ana shu davrdan boshlab poytaxt va viloyatlarda istiqomat qilgan har xil yoshdagi xalq bilan hamnafas bo'lgan bastakorlar mehnatkash ommaning fikr o'ylarini, orzu-umidlarini va respublika hayotida ro'y berayotgan muhim voqealarni, madaniy - ma'naviy o'zgarishlarni o'z ijodlarida aks ettirdilar. Ular an'anaviy bir ovozli musiqiy uslubida zamon talabi va xalq ruhiga moslab turli mavzularda klassik va zamondosh shoirlammg she'rlariga ommaviy va lirik qo'shiqlar, sahna asarlariga esa xalq musiqa merosidan ijobiy foydalangan holda noyob hamda betakror musiqiy asarlar yaratdilar.
Musiqa san'atining kasbiylik an'analarida yuzaga kelgan mumtoz namunalar, xalq marosimlari jarayonida yaratilib kelingan kuy va qo'shiqlar o'ziga xos an'analar asosida zamonlar osha yashab, rivojlanib kelmoqda. Odatda, bastakorlik ijodiyoti bir-biridan kelib chiqqan ikki qatlamga bo'linadi. Birinchi qatlam - xalq musiqa ijodiyoti, ya'ni xalq tomonidan yaratilib kelingan folklor musiqasi. Ikkinchisi - musiqa ijrochiligi amaliyoti; meros bo'yicha muayyan bilimga ega bo'lgan shaxs, ya'ni bastakorlar ijodiyoti natijasida yaratilgan mumtoz musiqiy asarlaridir. Bastakorlik ijodiyotining eng yirik va mukammal shakli maqomot tizimiga kiruvchi asarlardir. Bastakorlik amaliyotida shakllanib maqomot shakligacha rivojlangan janrlar, manbalarda amal, qavl, parda, nag'ma, ovoz, naqsh, peshrav, savt, chorzarb, kor, tarona kabi iboralarda tasvirlanib kelingan. Ushbu iboralarning amaliyoti va ijodiyoti xususida, tarixda bitilgan musiqiy risolalar, turli ilmiy va badiiy adabiyotlarda aks ettirilganligini qayd etish lozimdir.
Bastakorlik ijodi va umuman, musiqa san'atining turli yo'nalishlari bilan bog'liq masalalar, IX-XVII asrlarda yashab ijod etgan AlKindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safíuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bag'ishlangan risolalarida
musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o'zaro bog'liq holda shakllanib kelgan.
Markaziy Osiyo hududida VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrning boshlarida yashagan afsonaviy sozanda, xonanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodiy ijrochilik merosi kasbiy musiqa ijodiyotining ilk qadamlari deb e'tirof etiladi. Manbalarda bastakorlik ijodiyoti, ajam xalqlarining keyingi tarixiy rivoji yo'lida 10 o'ziga tasnif etilganligining guvohi bo'lamiz. Bu jarayonni Abul Faraj al-Isfahoniy o'zining «Qo'shiqlar kitobi» asarida muxtasar qiladi va VII-IX asrlarda yaratilgan 1000 ga yaqin qo'shiqlar haqida ma'lumotlar bayon etadi. Bastakorlik ijodiyotining tadrijiy jarayonida «Ilk o'rta asrlar bastakorligi», «Borbad ijodi», «Abul Faraj al-Isfahoniy ijodi va xususan, uning «Qo'shiqlar kitobi» alohida ahamiyatga egaligi fanda e'tirof etiladi.
Amir Temur va Temuriylar davri O'rta va Yaqin Sharq xalqlari musiqa san'atining rivojlangan, ya'ni Uyg'onish (Oltin) davri bo'lganligi e'tirof etiladi. Ushbu davrda ilm-fan har tomonlama taraqqiy topadi. Musiqa san'atiga xos barcha yo'nalishlar, ya'ni ilmiy va amaliy jarayon bir-biriga uyg'un holda kamollikka erishdi. Ular qatorida bastakorlik ijodi o'zining eng samarali asri, kamolot davrini o'tadi. Avvalo, bastakorlik ijodining mahsuli bo'lmish mumtoz musiqa o'ziga xos tizimga keltirildi va 12 maqom tizimida, bir shaklda uyg'unlashdi.
Sharq musiqasida keng tarqalgan «12 maqom» sistemasi ham ana shundan boshlanganl ». 12 maqom tizimidagi Rost, Isfahon, Iroq, Ko'chak, Buzurg, Hijoz, Busalik, Ushshoq, Husayniy, Zangula, Navo, Rahoviy kabi turkumiy asarlar majmuasi bastakorlik ijodiyotining eng murakkab va mukammal namunasi sifatida keyingi avlod uchun namuna bo'ldi.
Bastakorlik ijodiyotining keyingi bosqichi maqomlar asosida yuzaga kelgan behisob namunalarni tashkil etadi. Ushbu namunalar musiqa ijodiyotida ovoza (ularning soni 6 ta) va Sho'ba nomlari bilan mashhurdir.
Faqatgina sho'ba nomlarining o'zida, ushbu davrda bastakorlik ijodi ravnaq topganligini ko'rish mumkin. Xususan, musiqa ijodiyotidagi sho'balar manbalarda quyidagi tartibda keltirilgan: Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiran, Navro'zi Arab, Mohur, Navro'zi Xoro, Navro'zi Bayotiy, Hisor, Nuhuft, Uzzol, Avj, Nayriz, Mubarqa', Rakb, Sabo (Navro'zi Sabo), Humoyun, Zovuliy, Isfahonak yoki Ro'yi Iroq, Bastayi Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar, Ajam va Navro'zi Ajam. Temuriylar davri bastakorlari xususida teran va mazmunli ma'lumotlar mavjud. Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Marog'iy, Zaynulobiddin Husayniy, Binoiy va Kavkabiylarning musiqa ilmi va amaliyotiga bag'ishlangan risolalarida fanning turli yo'nalishlari ilmiy bayon etiladi. Ushbu davr madaniyatiga katta hissa qo'shgan buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari musiqa san'ati rivojiga alohida e'tibor bilan qaraganliklarini ko'rish mumkin. Ayniqsa, musiqa ijodiyoti Alisher Navoiy merosida
alohida yoritilgan. Buning sabablaridan biri, hazrat Navoiy rahnamoligida bu jarayonga alohida ahamiyat berilganligidir. Chunonchi, Mirzo Ulug'bek, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Hoji Yusuf Burhon Andijoniy, Hoji Abdullo Marvarid, Husayn Boyqarolar o'zlari musiqiy asarlar, naqsh va amallar hamda usullar ijod qilganlar va bu haqdagi ma'lumotlar manbalarda zikr etilgan. Jumladan, Husayn Boyqaroning 17 ta usul, Alisher Navoiyning 7 ta usul, Mirzo Ulug'bekning bir qator usullar muallifi ekanligini Darvish Ali Changiy o'zining «Risolayi musiqiy» risolasida keltirib 16 o'tadi. Ularning bastakorlikda naqsh va peshravlar, «Chorgoh savti» yaratganliklari haqidagi ma'lumotlar bir qator manbalarda bayon etilgan.
Temuriylar davri musiqa madaniyati hayoti Alisher Navoiyning asarlarida «Lison ut-Tayr», «Mahbub ul-qulub», «Majolis un-Nafois», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Holoti Hasan Ardasher» kabi asarlarida asosli yoritilgan. Musiqa ijodiyoti doirasida bastakorlik ijodiyotining turli jihatlari har tomonlama Navoiy qarashlari bilan tahlil etilgan. Navoiy ta'limotini uning bitgan risolalari orqali anglash inson kamolotining garovidir.
Asosiy maqsadimiz ma'naviy boyligimiz bo'lmish mumtoz musiqa ijodkorlari, millatimizning ma'naviy dunyosini ohanglarda ifoda etib kelgan namoyandalar, ko'p asrli tarixni bosib o'tib, o'zining muayyan musiqiy an'analarini avloddan avlodga boyitib kelgan bastakorlik ijodiyoti tarixi va taraqqiyot yo'lini bilib va unga hissa qo'shgan avlodlarning ilmiy va ijodiy merosini ardoqlashdir. Kelajak ijodiy ishlarida ushbu an'analarga asoslanish, zamon talabi doirasida ijod etishda zamonaviy va umumbashariy jihatlarni inobatga olgan holda munosabatda bo'lishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R. Yunusov. Faxriddin Sodiqovning ijodiy merosi hozirgi zamon bastakorlik jarayoni kesimida. Musiqa ijodiyoti masalalari. I to'plam. - T., 1997.
2. 5. X. G'ofurbekova. Bastakor Saidjon Kalonov. Musiqa ijodiyoti masalalari. I to'plam. - T., 1997.
3. T. G'afurbekov. O'zbek bastakorlik ijodiyotida mualliflik masalalariga doir. Musiqa ijodiyoti masalalari. 2 to'plam. - T.,
4. S.Begmatov. "Bastakorlik ijodi" TOSHKENT - «NISO POLIGRAF» - 2017
5. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.
6. Askarova, S. "Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music." JournalNX 7.05 (2021): 131-134.
7. Muhammadjonovna, Asqarova Sohibaxon. "THE ROLE AND ROLE OF MUSIC IN THE FORMATION OF THE SPIRITUAL AND AESTHETIC PERFECTION OF YOUNG STUDENTS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 106-109.
8. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).
9. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.
10. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric Specializations!!." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.
11. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.
12. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.
13. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.
14. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.
15. Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.
16. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.
17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
18. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
19. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
20. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.