Научная статья на тему 'BORBAD IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI'

BORBAD IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
471
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqiy risola / bastakor / sozanda / maqom / «Shashmaqom» / usul / sho‘ba / advor / tanbur / ud / mutrib. meros / bastakor / xofiz / ijod

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — E’zozxon Bakirovna Qobolova

Ushbu maqolada ilk o‘rta asrlar bastakorlari nomoyondalaridan biri Barbad ijodining o‘ziga xosligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BORBAD IJODINING O‘ZIGA XOSLIGI»

BORBAD IJODINING O'ZIGA XOSLIGI

E'zozxon Bakirovna Qobolova Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ilk o'rta asrlar bastakorlari nomoyondalaridan biri Barbad ijodining o'ziga xosligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqiy risola, bastakor, sozanda, maqom, «Shashmaqom», usul, sho'ba, advor, tanbur, ud, mutrib. meros, bastakor, xofiz, ijod

THE UNIQUENESS OF BORBAD'S CREATION

Ezazkhan Bakirovna Qobolova Kokand SPI

Abstract: This article discusses the uniqueness of Barbad, one of the outstanding composers of the early Middle Ages.

Keywords: musical treatise, composer, musician, makom, "Shashmaqom", usul, branch, advor, tanbur, oud, mutrib. heritage, composer, poet, creativity

Musiqa san'atining muhim tarmog'i musiqa ijodiyoti va ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni o'z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va qo'shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog'liqdir. Bu, albatta, musiqa san'atining eng muhim tarmog'i hisoblanadi. Demak, musiqa yaratuvchilari, ya'ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma'naviyati, madaniyati, tarixi, an'ana va qadriyatlari haqida ma'lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o'taydi.

Bastakorlik san'ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib aytganda, xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va ijro etilib kelinadi. Demak, bu ham bastakorlik san'atining bir ko'rinishidir. Faqat ular xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va udumlariga bog'liqligi bilan ajralib turadi. Ana shu jarayonning ravnaqi, ya'ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri, ma'naviyati, ma'rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy ohanglarda muayyan shakllarga solib tasvirlab berish - bastakorlik amallari desak to'g'ri bo'ladi. Zotan, bu amal muayyan shaxs, ya'ni musiqa bilimdoni tomonidan amalga oshiriladi. Eng muhimi shundan iboratki, bastakorlik ijodiyotining mahsuli, xalqning ma'naviy dunyosini zamonasiga mutanosib holda aks ettirib, yana xalqqa taqdim etishdan iboratdir.O'zbek xalq musiqa merosi boy va uzoq o'tmishga ega. Uning ildizlari ming yillik tarixga egaligi manbalarda zikr etib kelinadi. O'zbek bastakorlik ijodiyotini ilmiy tadqiq etgan

I ibiSi^^Bl 474 http://oac.dsmi-qf.uz

musiqashunos olim T.B. G'ofurbekovning yozishicha: «Milliy bastakorlik san'ati -yillar va asrlargina emas, balki ming yilliklar davomida barcha sinovlarga bardosh berib, usluban sanog'i yo'q musiqiy bitiklar tevaragida o'z an'analarini yo'qotmay kelmoqda»1. Albatta, bastakorlik ijodiyotining ilk qadamlari uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bu aslida muqarrar jarayon. Chunki har qanday ijod mahsuli insoniyat tafakkurining mevasi hisoblanadi. Oddiy xalq musiqa namunalari ham sodda bo'lsa-da, insoniyatning yaratuvchanlik harakatlarining mevasidir. Lekin, ijodning mumtozlik, ya'ni kasbiylikka xos bo'lgan namunalari aynan bastakorlik an'analariga xos deb e'tirof etib kelinadi.

Ma'lumki, bastakorlik sohasi ijrochilik an'analarining pirovardi sifatida yuzaga kelgan. Ijrochilik an'analarini mukammal o'zlashtirgan, musiqa merosini idroklagan va merosga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lish iste'dodi bo'lgan yetuk xonanda va sozandalarning amaliyotida qaror topgan. Bastakorlik amaliyotining o'zi bir qator tabiiy, hayotiy va ijodiy qoidalarga asoslanib shakllangandir. Ushbu qoidalar, avvalo, milliy qadriyatga, makon va zamonga, shakl-ushamoyilga, xarakterga va qolaversa, bir qator musiqiy unsurlarni o'zida mujassam etishi bilan xarakterlanadi. Chunki musiqa nazariyasi bilan bog'liq jihatlar, yaratilgan har qanday bastakorlik asarlarini shakliy, lad-tonallik, o'lchov-ritmik, mavzuiy, ohang rivoji, funksionallik kabi xususiyatlari asar tarkibini tashkil etuvchi unsurlar bilan bog'liqdir. Bu unsurlar musiqa asarining asosiy negizini ta'minlab beradi.

Musiqa san'atining kasbiylik an'analarida yuzaga kelgan mumtoz namunalar, xalq marosimlari jarayonida yaratilib kelingan kuy va qo'shiqlar o'ziga xos an'analar asosida zamonlar osha yashab, rivojlanib kelmoqda. Odatda, bastakorlik ijodiyoti bir-biridan kelib chiqqan ikki qatlamga bo'linadi. Birinchi qatlam - xalq musiqa ijodiyoti, ya'ni xalq tomonidan yaratilib kelingan folklor musiqasi. Ikkinchisi - musiqa ijrochiligi amaliyoti; meros bo'yicha muayyan bilimga ega bo'lgan shaxs, ya'ni bastakorlar ijodiyoti natijasida yaratilgan mumtoz musiqiy asarlaridir. Bastakorlik ijodiyotining eng yirik va mukammal shakli maqomot tizimiga kiruvchi asarlardir. Bastakorlik amaliyotida shakllanib maqomot shakligacha rivojlangan janrlar, manbalarda amal, qavl, parda, nag'ma, ovoz, naqsh, peshrav, savt, chorzarb, kor, tarona kabi iboralarda tasvirlanib kelingan. Ushbu iboralarning amaliyoti va ijodiyoti xususida, tarixda bitilgan musiqiy risolalar, turli ilmiy va badiiy adabiyotlarda aks ettirilganligini qayd etish lozimdir.

Bastakorlik ijodi va umuman, musiqa san'atining turli yo'nalishlari bilan bog'liq masalalar, IX-XVII asrlarda yashab ijod etgan AlKindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali

1 T. G'ofurbekov. Bastakorlik ijodiyoti tarixidan. //Saylanma. - T., 2009. 9-b.

475

http://oac.dsmi-qf.uz

Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bag'ishlangan risolalarida musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o'zaro bog'liq holda shakllanib kelgan.

Markaziy Osiyo hududida VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrning boshlarida yashagan afsonaviy sozanda, xonanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodiy ijrochilik merosi kasbiy musiqa ijodiyotining ilk qadamlari deb e'tirof etiladi. Manbalarda bastakorlik ijodiyoti, ajam xalqlarining keyingi tarixiy rivoji yo'lida o'ziga tasnif etilganligining guvohi bo'lamiz. Bu jarayonni Abul Faraj al-Isfahoniy o'zining «Qo'shiqlar kitobi» asarida muxtasar qiladi va VII-IX asrlarda yaratilgan 1000 ga yaqin qo'shiqlar haqida ma'lumotlar bayon etadi.

Bastakorlik ijodiyotining tadrijiy jarayonida «Ilk o'rta asrlar bastakorligi», «Borbad ijodi», «Abul Faraj al-Isfahoniy ijodi va xususan, uning «Qo'shiqlar kitobi» alohida ahamiyatga egaligi fanda e'tirof etiladi. Shu bois bu mavzularni alohida o'rganish va o'zlashtirish maqsadga muvofiqdir.

Markaziy osiyolik buyuk san'atkor, xonanda, sozanda, tarixda mumtoz musiqa asoschisi sifatida mashhur bo'lgan bastakor Borbad eramizning VI asri 60-yillarida tavallud topgan. U Xurosonning qadimiy va markaziy shaharlaridan biri hisoblangan Marvda yashagan.

O'tmish yozma manbalarida Borbadning yoshlik davrlari xususida ma'lumotlar bayon etilmagan. Uning asli ismi Falaxbod Marvaziydir. «Borbad» Falaxbod Marvaziyning taxallusi bo'lib, qadimiy borbat cholg'usi ijrochiligida mohirlikka erishganligi uchun unga shu nom berilganligi ham e'tirof etiladi. Borbad o'smirlik davridayoq xalq orasida mohir sozanda sifatida tanilgan. Shu bilan birga Marvda musiqa ilmini ham o'zlashtirganligi xususida ma'lumotlar keltiriladi. Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin», Amir Xusrav Dehlaviyning «Shirin va Xusrav» kabi badiiy asarlarida Borbadning xushovoz hofiz, mohir sozanda, betakror bastakor bo'lganligi xususida ma'lumotlar bayon etilgan.

Betakror iste'dod egasi bo'lgan Borbad sosoniylar (V-VII asrlar) davrining nomdor hukmdori Xusrav Parviziy saroyida, 591-628-yillar orasida xizmat qilib, o'zining yorqin faoliyatini olib borgan. Borbadning ijodi haqida xalq orasida k o'plab afsonalar hamda ma'lumotlar keltirilgan. Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» kitobida keltirilgan «Borbad qissasi»2, Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostonida «Borbadning 30 ta kuyi» kabilardagi ma'lumotlar alohida ahamiyat kasb etadi.

Xusrav Parviziyning saroyida Sarkash, Bamshod, Nokus, Romtin kabi mashhur xonanda va sozandalar faoliyat olib borganliklari to'g'risida manbalarda bir qator

2 Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. - T., 1977. 558-564-betlar.

476

http://oac.dsmi-qf.uz

ma'lumotlar keltiriladi. Lekin Borbad o'zining betakror iste'dodi va ijodi bilan san'at sohasida juda mashhur bo'lgan.

Borbad ijodi davomida 7 ta yirik shakldagi asarlar turkumi «Xusravoniy»larni 30 ta lahn, 360 ta (alhon) qo'shiq-dostonlarni yaratishga erishadi va kasbiy musiqa ijodini boshlovchilaridan biri sifatida tarixga nomi muhrlanadi. Borbad yaratgan kuylarning musiqiy ohanglari saqlanib qolinmagan, lekin ularning nomlari turli manbalarda turlicha tarkibda keltiriladi.

Manbalarda qo'shiqlarning «Yazdan ofrid», «Ganji bod ovar», «Bog'i Shahriyor», «Nimro'z», «Sabr dar sabz», «Kini Eraj», «Kini Siyavush», «Xaft ganj», «Rohi Shabdiz», «Bog'i Shirin» kabi nomlari bilan birga muayyan yo'nalishga xos qo'shiqlar ham saqlanib qolgan. Jumladan: Navro'z marosimi bilan bog'liq qo'shiqlar - «Bodi Navro'z», «Nozi Navro'z», «Sozi Navro'z», «Navro'zi

Xurdak»; xalq qahramoni Siyovushga bag'ishlangan qo'shiqlar - «Bog'i Siyovush», «Kini Siyovush», «Siyovushon» va boshqalar.

Borbad «borbat» cholg'usini kashf etgan izgar sifatida ham nom qoldirgan. Borbad O'rta Sharqda mumtoz musiqa san'atining ilk professional namoyandasi darajasiga ko'tarilgan va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan o'rin olgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. 2017 yil.

2. Sh.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil yakunlari va 2017-yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. Xalq so'zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, № 11.

3. Orif Alimaxsumov / S.Begmatov. - Toshkent: Meriyus, 2017, 128 b.

4. An'anaviy qo'shichilik va maom asoslari. Fan dasturi. Tuzuvchilir: Q.Mamirov, M.Mamirov, -T.: 2001-yil.

5. Axmedov F. Ommaviy bayramlar rejissurasi.-T.: Aloqachi, 2008-yil.

6. Fayzullayev E. Bo'lajak musia o'ituvchilari badiiy didini shakllantirishda o'zbek mumtoz musiasi imkoniyatlaridan foydalanish.-T.: 2008-yil.

7. Ismoilova M.E. "Alla mavzusiga bag'ishlangan dars". Pedagogik ta'lim jurnali, -T.: 2-son 2004-y.

8. Nosirov R. Xalq qo'shilari kompazitsiyasi.-T.: Fan, 2006-y.

9. Qudratov I. Talabalarni xalq qo'shilari vositasida estetik tarbiyalash (monografiya)-T.: Fan, 2009-y.

10. Yuldoshev S. Xalq urf-odatlari va an'analari.-T.:-Ijod dunyosi, 2003-y

20. Fitrat A. «O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi» 1.1993

I fcclT^^^^HI 477 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.