Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATINING MOHIR IJROCHILARI'

O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATINING MOHIR IJROCHILARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
416
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bastakor / “Shashmaqom” / “Ushshoq” / “Girya” / sozanda / xonanda / “Maqomot” / “Nafosat kuychilari” / Composer / "Shashmakom" / "Ushshak" / "Girya" / musician / singer / "Makamot" / "Singers of Finesse"

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. Jo’Rayeva

O‘zbek musiqamizning asosi bo‘lgan o‘zbek bastakorlari, xonanda va sozandalari o‘zbek musiqasini rivojlantirishda ko‘plab ishlarni amalga oshirgan. Qadimgi davrlarda ularni qilgan ishlari, qanday ishlarni amalga oshirganligi, qanday asar namunalarini yoritgani haqidagi ma’lumotlarni – ularni qilgan ishlari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Hozirda ham ularning ishini yosh bastakor va musiqashunoslarimiz o‘rganib, ularni asarlari kabi ko‘plab qo‘shiqlar yaratib kelmoqdalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROFESSIONAL PERFORMERS OF UZBEK NATIONAL MUSICAL ART

Uzbek composers, singers and musicians, who form the basis of our Uzbek music, have done a lot for the development of Uzbek music. In ancient times, we can find out information about what they did, what work they did, and what work they covered through what they did. Even now, our young composers and musicologists study their work and create many songs based on their works.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATINING MOHIR IJROCHILARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATINING MOHIR IJROCHILARI

Jo'rayeva Sanobarxon Azamjonovna

Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Musiqa ta'limi va san'at"

yo'nalishi I bosqich magistranti: https://doi. org/10.5281/zenodo.7443407

Annotatsiya. O'zbek musiqamizning asosi bo'lgan o'zbek bastakorlari, xonanda va sozandalari o'zbek musiqasini rivojlantirishda ko'plab ishlarni amalga oshirgan. Qadimgi davrlarda ularni qilgan ishlari, qanday ishlarni amalga oshirganligi, qanday asar namunalarini yoritgani haqidagi ma'lumotlarni - ularni qilgan ishlari orqali ham bilib olishimiz mumkin. Hozirda ham ularning ishini yosh bastakor va musiqashunoslarimiz o'rganib, ularni asarlari kabi ko'plab qo'shiqlaryaratib kelmoqdalar.

Kalit so'zlar: Bastakor, "Shashmaqom", "Ushshoq", "Girya", sozanda, xonanda, "Maqomot", "Nafosat kuychilari".

ПРОФЕССИОНАЛЬНЫЕ ИСПОЛНИТЕЛИ УЗБЕКСКОГО НАЦИОНАЛЬНОГО

МУЗЫКАЛЬНОГО ИСКУССТВА

Аннотация. Узбекские композиторы, певцы и музыканты, составляющие основу нашей узбекской музыки, многое сделали для развития узбекской музыки. В древние времена мы можем узнать информацию о том, что они сделали, какую работу они сделали, и какие работы они освещали - через то, что они сделали. Даже сейчас наши молодые композиторы и музыковеды изучают их творчество и создают множество песен по их произведениям.

Ключевые слова: Композитор, «Шашмаком», «Ушшак», «Гиря», музыкант, певец, «Макамот», «Певцы утонченности».

PROFESSIONAL PERFORMERS OF UZBEK NATIONAL MUSICAL ART

Abstract. Uzbek composers, singers and musicians, who form the basis of our Uzbek music, have done a lot for the development of Uzbek music. In ancient times, we can find out information about what they did, what work they did, and what work they covered - through what they did. Even now, our young composers and musicologists study their work and create many songs based on their works.

Keywords: Composer, "Shashmakom", "Ushshak", "Girya", musician, singer, "Makamot", "Singers of Finesse".

Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Shuning uchun ham, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib, xizmat qilib kelmoqda.

Bastakorlik ijodi san'ati o'zbek xalqining merosida juda katta va muhim o'rin tutadi, shuning uchun ham bastakorlik muammolari musiqashunos va sharqshunos olimlarimizning diqqat-e'tiborini ko'pdan beri o'ziga jalb qiladi, bu masala musiqiy san'atimizda juda katta tarixiy-ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Bastakor forscha ("basta"-bog'lash, "kor" -

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ishlash, ishlovchi ma'nolarida) so'z bo'lib, kuyni tashkil etadigan unsurlarni bir-biriga bog'lovchi degan ma'noni anglatadi.

Bastakor o'tmishda turli vazifalarni bajargan. Birinchidan, u yangi, original kuy va ashulalar yaratuvchidir, ikkinchidan, bastakor tayyor kuylar mavzusida ularning ritmik va kuy variantlarini ham yaratgan. Bunda bastakor kuy yo'llariga yangi-yangi epizodlar, tayyor holdagi avjlar kiritgan. ashula yo'llariga yangi she'rlarni ustalik bilan bog'lab, tushira bilgan san'atkorlar ham bastakor nomiga mansub bo'lgan.

Ma'lumki, bastakorlik sohasi ijrochilik an'analarining pirovardi sifatida yuzaga kelgan. Ijrochilik an'analarini mukammal o'zlashtirgan, musiqa merosini idroklagan va merosga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lish iste'dodi bo'lgan yetuk xonanda va sozandalarning amaliyotida qaror topgan. Bastakorlik amaliyotining o'zi bir qator tabiiy, hayotiy va ijodiy qoidalarga asoslanib shakllangandir. Ushbu qoidalar, avvalo, milliy qadriyatga, makon va zamonga, shakl-ushamoyilga, xarakterga va qolaversa, bir qator musiqiy unsurlarni o'zida mujassam etishi bilan xarakterlanadi. Chunki musiqa nazariyasi bilan bog'liq jihatlar, yaratilgan har qanday bastakorlik asarlarini shakliy, lad-tonallik, o'lchov-ritmik, mavzuiy, ohang rivoji, funksionallik kabi xususiyatlari asar tarkibini tashkil etuvchi unsurlar bilan bog'liqdir. Bu unsurlar musiqa asarining asosiy negizini ta'minlab beradi.

Bastakorlik ijodi va umuman, musiqa san'atining turli yo'nalishlari bilan bog'liq masalalar, IX-XVII asrlarda yashab ijod etgan Al-Kindiy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy, Abdulqodir Marog'iy, Abdurahmon Jomiy, Zaynulobiddin Husayniy, Najmiddin Kavkabiy, Darvish ali Changiy kabi allomalarning musiqa ilmiga bag'ishlangan risolalarida musiqa zamonasi kesimida bayon etilgan. Risolalarda qayd etilishicha, musiqaning nazariyasi va amaliyoti azaldan o'zaro bog'liq holda shakllanib kelgan.

Markaziy Osiyo hududida VI asrning ikkinchi yarmi va VII asrning boshlarida yashagan afsonaviy sozanda, xonanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodiy ijrochilik merosi kasbiy musiqa ijodiyotining ilk qadamlari deb e'tirof etiladi. Manbalarda bastakorlik ijodiyoti, ajam xalqlarining keyingi tarixiy rivoji yo'lida o'ziga tasnif etilganligining guvohi bo'lamiz. Bu jarayonni Abul Faraj al-Isfahoniy o'zining «Qo'shiqlar kitobi» asarida muxtasar qiladi va VII-IX asrlarda yaratilgan 1000 ga yaqin qo'shiqlar haqida ma'lumotlar bayon etadi.

Bastakorlik san'ati XVI-XVIII asrlarda yashab ijod qilgan musiqachi-bastakorlar -Najmiddin Kavkabiy va Darvesh Ali Changiyning musiqa risolalarida ham ma'lum darajada yoritib berilgan.

Agar jahon musiqa xazinasiga noyob durdona bo'lib qo'shilgan "Shashmaqom" turkumiga ahamiyat berilsa, bu shoh asarning yuzaga kelishi uzoq va mazmunli tariximiz qa'ridan bizga qadar rivojlanib yetib kelishida ham ko'plab avlod bastakor, sozanda, xonandalaming ijodiy ulushini sezib olish qiyin emas.

Shashmaqom XVIII asr oxiri va XIX asr boshida o'rta osiyo xalqlari syuita (turkum) shaklidagi professional musiqasining uzoq taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan. Maqomlar asosan saroy ayonlari huzurida muayyan vaqtda yoki muayyan sharoitda ijro etilgan. Hatto mohir qo'shiqchilarning o'ziga xos musobaqasi ya'ni avjlarni ijro etish, yangi qismlarni to'qish kabilar tashkil etilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XIX asr oxiri XX asrda "Shashmaqom"ning mashhur bilimdonlari Ota Jalol Nosirov hofiz va Ota G'iyos Abdug'ani sozanda hamda bu ustozlar an'analarini davom ettirib kelgan. Domla Halim Ibodov, mohir ashulachilar Hoji Abdulaziz Rasulov, Mulla To'ychi Toshmuxamedov va Shorahim Shoumarov, ularning shogirdlari - Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Usta Olim Komilov, Ahmadjon Umrzoqov, Faxriddin Sodiqov, Komiljon Otaniyozov, Muhammadjon Mirzayev kabi ustoz san'atkorlarni ko'rsatish mumkin. Ularning har biri o'z musiqiy ijod yo'lini yaratdilar. Ular yaratgan asarlarining aniq uslubi, ladi, ohang tiniqliligiga katta e'tibor berishgan, musiqani nihoyatda serohang va jiloli bo'lishi uchun xilma-xil, murakkab usullarga murojaat qilishgan. Ularning asarlaridagi o'ziga xoslik, ichki milliy ruh, falsafiy kayfiyat yaratilgan san'at namunalariga go'zallik va umrboqiylik bag'ishlaydi.

Bugungi kunda musiqa amaliyotida "maqomot"ning uch turi - Buxoro, Xorazm va Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari shakllangan. Alohida ta'kidlash joizki, jonli jarayon bilan yo'g'rilgan maqomchilik an'analari bastakorlik va ijrochilik san'ati bilan bevosita bog'liq. Bunda ijodkorlik jabhasi ikki asosiy ko'rinishda namoyon bo'lishi ma'lum bo'lmoqda - biri maqomchilik an'analariga muvofiq yangi namunalarni ijod etishda, yana biri maqom yo'llarini ijro etish talqinida ko'zga tashlanadi. musiqiy ijodiyotning har ikkala sohasi so'nggi yillarda yorqin namoyon bo'lmoqda.

Yaqin-yaqinlargacha maqom namunalari ardoqli meros sifatida to'g'ridan-to'g'ri qabul qilinib, endilikda faqat ijro talqinlari orqali yangilanishi, boyitilishi mumkinligi e'tirof etilar edi. Darhaqiqat, ko'p o'n yilliklar davomida jonli amaliyotda xuddi shunday ahvol kuzatilgan. Ammo bu borada O'zbekiston xalq hofizi, bastakor Fattohxon Mamadaliyev o'z faol ijodkorligi orqali an'anaviy uslubda mayjud namunalarni qayta ishlash, ovoz yoki sozlarga moslashtirish bilan kifoyalanmay, balki yanada jiddiyroq yangiliklami kashf etish mumkinligini to'la isbotlashga muvaffaq bo'ldi. Ijodkor 90-yillar davomida asl o'zbek bastakorlik ijodiyotining an'analaridan biri, musiqa merosimizning ommaviylashib ketgan namunalari asosida ko'p qismli turkumlar yaratish an'anasini tikladi. U sakkiz qismli "miskin", sakkiz qismli "Ushshoq" va to'rt qismli " Nasrullo" turkumlarini tuzdi. Bastakorning "munojot", savti Fattohxon" deb nomlangan turkumlari esa nisbatan ixchamroq shakllarda yaratilgan.

O'zbekiston xalq hofizi, atoqli sozanda va bastakor Orif Hotamov esa "Ushshoq", "Girya" turkumlarini yangi ashula yo'llari bilan boyitdi. Buning natijasida hozirgi zamon bastakorligida asl an'anaviy musiqiy tafakkur yo'lida ham yangi-yangi noyob asarlar yaratish mumkinligi amalda isbotlandi.

Bu o'rinda O'zbekiston xalq hofizlari, atoqli xonanda, sozanda va bastakor Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev, O'zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor G'anijon Toshmatov, O'zbekiston xalq hofizlari Muhammadjon Karimov, Quvondiq Iskandarov, Hasan Rajabiy, O'zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakorlar G'ulomjon Hojiqulov, Abduhoshim Ismoilov, O'zbekiston xalq artistlari Munojot Yo'lchiyeva, Maryam Sattorova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, sozanda va bastakor O'lmas Rasulovlaming ijodkorona ishlari ibratli bo'ldi. Bastakorlik an'anasi shashmaqomning shakllanishi va so'nggi davrlardagi taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.

Albatta yuqorida esga olingan ustoz san'atkorlar bugungi kundagi yosh avlodning ma'naviy shakllanishida va o'zbek milliy musiqa san'atining ravnaqi yo'lida fidokorona xizmat ko'rsatishgan desak adashmagan bo'lamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent - 2015.

2. Soibj on Begmatov "BASTAKORLAR IJODI" - Toshkent -- 2017.

3. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent -moliya» - 2016.

4. Begmatov Soibjon "Xofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma -"Musiqa" Toshkent - 2007.

5. Muhabbat Solixova "An'anaviy xonandalik ansambli" - Toshkent - 2010.

6. A.Jabborov, S.Begmatov, M.Azamova "O'ZBEK MUSIQASI TARIXI" -

7. Bahrom Madrimov "O'ZBEK MUSIQA TARIXI" - Toshkent _2015.

"Niso Poligraf" «Iqtisod -nashriyoti -

Toshkent 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.