Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYOLIK BASTAKOR SOZANDA VA KASHFIYTOTCHI BORBAD HAYOTI VA IJODI'

MARKAZIY OSIYOLIK BASTAKOR SOZANDA VA KASHFIYTOTCHI BORBAD HAYOTI VA IJODI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
254
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Falaxbod Marvaziy / Marv / Zardushtiylik dini / Abulqosim Firdavsiy / Shohnoma / Borbad qissasi / Nizomiy Ganjaviy / Husrav va Shirin / Abu Nasr Forobiy / Abu Abdulloh Al Xorazmiy / Muhammad Nishopuriy / Sarkash / Bamshod / Romtin / Xusravoniy / Al-Johiz / Abul Faraj Isfaxoniy / Abu Mansur Sa’olibiy / Siyovush

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilmurod Yusupovich Madolimov

Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik buyuk san’atkor, sozanda, va xonanda, tarixda mumtoz musiqa asoschisi sifatida mashhur bo‘lgan bastakor Borbadning hayoti ijodiy faoliyati yaratgan asarlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYOLIK BASTAKOR SOZANDA VA KASHFIYTOTCHI BORBAD HAYOTI VA IJODI»

MARKAZIY OSIYOLIK BASTAKOR SOZANDA VA KASHFIYTOTCHI

BORBAD HAYOTI VA IJODI

Dilmurod Yusupovich Madolimov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada Markaziy Osiyolik buyuk san'atkor, sozanda, va xonanda, tarixda mumtoz musiqa asoschisi sifatida mashhur bo'lgan bastakor Borbadning hayoti ijodiy faoliyati yaratgan asarlari haqida so'z boradi.

Kalit so'z: Falaxbod Marvaziy, Marv, Zardushtiylik dini, Abulqosim Firdavsiy, Shohnoma, Borbad qissasi, Nizomiy Ganjaviy, Husrav va Shirin, Abu Nasr Forobiy, , Abu Abdulloh Al Xorazmiy, Muhammad Nishopuriy, Sarkash, Bamshod, Romtin, Xusravoniy, Al-Johiz, Abul Faraj Isfaxoniy, Abu Mansur Sa'olibiy, Siyovush.

Markaziy osiyolik buyuk san'atkor Borbad eramizning VI asri 60-yillarida Xurosonning qadimiy va markaziy shaharlaridan biri bo'lgan Marv sharida tavallud topgan. Tarixiy yozma manbalarda Borbadning bolalik davrlari haqida ma'lumotlar keltirilmagan. Uning asli Ismi Falaxbod Marvaziy bo'lib "Borbad" ismi uning taxallusidir. Uning bu taxallusni olishiga sabab qadimiy Borbad cholg'usini mohirlik bilan chala olganligidir. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha Borbad dastlab ijro va ijod sirlarini o'z otasidan o'rgangan, Marvga ko'chib kelgach bu yerdagi taniqli ustozlarga shogird tushgan,1 u o'smirlik davridayoq xalq orasida mohir sozanda sifatida tanilgan shuningdek, musiqa ilmini ham qunt bilan o'zlashtirgan. Manbalarda yozilishicha Borbad Zardushtiylik diniga sig'ingan va shu din asosida ko'plab asarlar yozgan. Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" asarida "Borbad qissasi"2, Nizomiy Ganjaviyning "Husrav va Shirin" dostonida "Borbadning 30 kuyi"3, Amir Husrav Dehlaviyning "Shirin va Husrav" singari badiiy asarlarida, Borbadning xushovoz hofiz, mohir sozanda, betakror bastakor bo'lganligi haqida ma'lumotlar qayd etilgan. Abu Nasr Forobiyning "Kitob ul musiqo alkabir"("Musiqa haqida kitob"), Abu Abdulloh Al Xorazmiyning "Miftoh al ulum"("Ilmlar kaliti"), Muhammad Nishopuriyning "Risolayi dar ilmi musiqiy", Abdulqodir Marog'iyning "Maqosid alalhon"("Kuylarning kelib chiqish o'rni") singari risolalarda Borbad yaratgan 7 qismli "Xusravoniy" to'plami shuningdek, "doston" deb nomlangan kuy va qo'shiqlari tariflanadi va ijodiy jarayoni haqida tahlil qilinadi. Betakror istedod egasi bo'lgan Borbad V-VII asrlarda hukmronlik qilgan Sosoniylar davrining mashhur hukmdori Xusrav Parviziy saroyida, 591-628-yillarda xizmat qilib o'zining yuksak ijodiy

1 https://qomus.info/encyclopedia internet sahifasi

2 Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. - T., 1977. 558-564-betlar.

3 O. Matyoqubov. Og'zaki an'anadagi professional musiqa asoslariga kirish. - T.: «O'qituvchi», 1983. 6-b.

I fctlT^^^^H 455 http://oac.dsmi-qf.uz

faoliyatini olib borgan. Xusrav Parviziy saroyida, Borbadning shuningdek, Sarkash, Bamshod, Romtin kabi mashhur sozanda va xonanda zamondosh do'stlari ham u bilan birga faoliyat yuritgani tarixiy manbalarda keltiriladi.

Borbad ijodiy faoliyati davomida 7 ta yirik shakldagi asarlar to'plami "Xusravoniy"larni4, 30 ta lahn5 , 360 ta (alhon) qo'shiq-dostonlarni yaratadi va kasbiy musiqa ijodini boshlab beruvchi sifatida tarixga muhrlanadi. Al-Johiz, Abul Faraj Isfaxoniy, Abu Mansur Sa'olibiy kabi mualliflarning badiiy ilmiy asarlarida 360 ta (alhon) qo'shiq-dostonlari, 30 ta lahn hamda 7 ta yirik shakldagi "Xusravoniy" to'plami -Sharqda kengh tarqalgan fazoviy tafakkur in'ikosi yani qamariy yilning 360 kuni, oyning 30 kuni, va haftaning 7 kuni bilan bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Afsuski Borbad yozgan kuylarning musiqiy ohanglari aksariyati bizgacha yetib kelmagan, biroq ularning nomlari turli tarixiy manbalarda manbalarda turlicha keladi. Manbalarda quyidagi "Yazdan ofrid", "Ganji bod ovar", "Bog'i Shahriyor", "Nimro'z", "Sabr dar sabz", "Kini Eraj", "Kini Siyavush", "Xaft Ganj", "Rohi Shabdiz", "Bog'i Shirin", kabi nomlari bilan birga ma'lum bir yo'nalishga xos qo'shiqlar saqlanib qolgan. Masalan, Navro'z marosimidagi qo'shiqlar "Bodi Navro'z", "Nozi Navro'z", "Sozi Navro'z", "Navro'zi Xurdaki"; Xalq qahramoni Siyovushga bag'ishlangan - "Bog'i Siyovush", "Kini Siyavush", "Siyovushon", va boshqalar.

Borbad "Borbat" cholg'u sozini kashf etgan izgar sifatida ham nom qoldirgan. Borbad O'rta Sharqda mumtoz mumtoz musiqa sanatining ilk professional san'atkori darajasiga erisha olgan, va aynan shu soha asoschisi sifatida tarixdan joy olgan.

1990-yil Tojikistonning Dushanbe Shahrida Borbad tavalludining 1400-yilligiga bag'ishlangan Xalqaro musiqa anjumani bo'lib o'tdi. Hozirgi kunda bu yerda Borbad nomidagi musiqa jamg'armasi tashkil etilgan, shu bilan birga shu nomdagi har 5 yilda 1 marta hofiz, sozanda, va musiqashunoslarga beriladigan mukofot ta'sis etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://qomus.info internet sahifasi

2. Firdavsiy. Shohnoma. 3-kitob. - T., 1977. 558-564-betlar.

3. O. Matyoqubov. Og'zaki an'anadagi professional musiqa asoslariga kirish. -T.: «O'qituvchi», 1983. 6-b.

4. O'zbekiston Milliy inseklopediyasi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

5. Borbad, epoxa i traditsii kulturi, (Sb. statey), Dushanbe, 1989.

4Xusravoniy (xusrav - buyuk, ulug' so'zidan) - ulug'vor, shohona asar, ya'ni shaklan yirik asar ma'nosida. 5 Lahn - kuy. Alhon uning ko'plik shakli (kuylar)dir.

456

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.