Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BORBAD MARVAZIY FORS VA TURKIY XALQLAR MUSIQASI
ISLOHOTCHISI
X.Sh.Raxmatullayev
Termiz davlat pedagogika instituti "Musiqa ta'limi" kafedrasi o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada 6-7 asrlarda yashab ijod qilgan sozanda, musiqashunos, sozlar ustasi va yaratuvchisi bo'lgan, tarixiy va afsonaviy shaxs bo'lgan Borbad Marvaziy siymosini ochib berishga qaratilgan. Borbad Marvaziyni o'rta asrlarning deyarli barcha mashhur tarixchi, shoir va musiqachilari o'z asarlarida namunaviy shaxs sifatida tasvirlagan. Xosh nega Borbad Marvaziyni forsiy va turkiy xalqlar bu qadar ulug'lashgan.
Kalit so'zlari: Marv, Borbad, Xusrav II Parvez, Ktesefon, Sarkash, Ozadvor, Nekiso, Falahbod, Niso, Firdavsiy, Shohnoma, Zerafkand, Nuxuft, Rost, Navro'z, Oromi jon, Dargam, Gulnush
АННОТАЦИЯ
В статье ставится задача раскрыть характер Борбада Марвази, музыканта, музыковеда, мастера и создателя слова, исторической и легендарной личности, жившего в VI-VII веках. Почти все известные историки, поэты и музыканты Средневековья описывали в своих произведениях Борбада Марвази как образцового человека. Почему персидские и тюркские народы так прославляли Борбада Марвази?
Ключевые слова: Марв, Борбад, Хусрав II Парвез, Ктесефон, Саркаш, Азадвор, Некисо, Фалахбад, Ниса, Фирдавси, Шахнома, Зерафканд, Нухуфт, Рост, Навруз, Ороми джан, Даргам, Гюльнуш
KIRISH
Tugilgan yillari nomalum bo'lgan Borbad 6-7 asrlarda Marv va Eron poytaxti bo'lgan Ktesefon shaharlarida yashab ijod etgan va taxminan Xusrav II Parvez (591-628 yillar) taxtdan yikitilgan 628 yillargacha yashaganligi haqiqatga yaqindir.
Borbad Marvaziy asl ismi Falahbar bo'lib Niso yoki Nasa (hozirgi Ashxabod yaqinida, miloddan avvalgi III-asrlarda Parfiya podsholigining poytaxti ham bo'lgan.) deb nomlangan Xurosonning ^aÄ*L ^oUZ
1262 достонига ишланган расм.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shimoliy kismida joylashgan shaharchada dunyoga keladi.
Uning otasi sozanda va soz yasovchi usta bo'lganligi taxminga yaqin bo'lib, bunga Falahbad yoshlik yillaridanoq musiqa ilmini juda yaxshi egallagani va o'zi ham ko'plab soz turlarini yasay olganligi misoldir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Falahbad kuchli sozanda bo'libgina qolmay, yaxshi shoir va hofiz ham bo'lgan. U o'zi yozgan she'rlarga musika bastalar va uni o'zi ijro etardi. Yoshlik yillarida uning ota-onasi Niso shahridan uncha uzok bo'lmagan Marvga ko'chib o'tishadi. (Aytishlariga qaraganda Niso shahri suv va dov-daraxtlarga serob bo'lishiga qaramasdan, tabiiy sharoiti jihatda ancha noqulay va bezgak kasalligi xavfi kup bulganli uchun aholisi tez-tez bu erni tark etib turishgan. Falaxbod oilasining ham ko'chishiga shu sabab bo'lgan bo'lishi extimoldan xoli emas.) Marv ancha katta shahar bo'lishiga qaramasdan shu davrlarga kelib inqirozni boshidan kechirar va faqatgina xarbiy istehkom sifatida ahamiyatli edi. Buyuk Ipak yo'li o'tuvchi bu shahar Murg'ob daryosi bo'yida joylashgani uchun, dehqonchilik, bog'dorchilik qilish uchun qulay edi. Marvga ko'chib kelish Falahbad uchun o'z istedodini yanada oshirish, bu erlik ko'plab musiqa ilmining pirlaridan saboq olish imkonini beradi. Ayni shu erda u Marvaziy taxallusi bilan taniladi. O'smirlik va yigitlik yillarida Borbadning turli madaniy maskanlarida ilm o'rgangan bo'lish extimoli bor, yana uning Arab va Ajam mamlakatlari madrasalarida talim haqidagi malumotlar noto'g'ridir. Chunki madrasalar Arablarning o'zida VII asrga kelib vujudga kelgan va faqatgina arablar istilosi davridan boshlab tarqala boshlagan.(madrasa. Arab-o'rganmoq.) Keyinchalik u saroy hofizi bo'lish niyati bilan taxminan 610-619 yillar oralig'ida Marvni tark etadi va Sosoniylar davlati poytaxti Ktisefonga keladi. Ktisefonda u o'z davrining buyuk cholg'uchi, bastakor, musiqashunoslarini uchratadi. Ular orasida Robust va saroy bosh hofizi Sarkashlar ham bor Bu erda ham u barchaning e'tiborini tortishga erishadi. U o'zining favqulotda noyob isfedodi bilan barchani hayratga solar va shu bilan birga ko'pgina hofiz va sozandalarni tashvishlantirardi. Falahbadning bunday istedodi va obro'sining ortib borayotganligi dushmanlarining ko'payishiga sabab bo'lardi. Saroy bosh hofizi bo'lgan Sarkash uni judi yomon ko'rar va saroyda bo'ladigan bazm, tantanalarga yo'latmaslikka harakat qilardi. Ammo bunday qarshilik ham Falahbad Marvaziyning Xusrav I Parvez e'tiborini qozonishiga halaqit bera olmaydi. Xusrav II Parvez Marvaziyning istedodiga tan beradi va Sarkash o'rniga uni saroy II bosh hofizi etib tayinlaydi va shogird ustozga aylanadi.
Falahbad Marvaziyning, Borbad deb atalishi ham shu kundan boshlanadi.
1263
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MANBALARDA
Borbad Marvaziy kelgan chog'laridan boshlab barchaning e'tiborini qozonib borishi, undagi istedodning naqadar yuksakligi meni xavotirga va o'ylar girdobida qoldirdi. Albatta uning musiqiy istedodiga tan bermasdan bo'lmasdi. Borbad bir bor eshitgan kuyini yodda saqlab qolar, har qanday voqeliklarni kuyda aks ettirib bera olar, kuylaganda hofizlarni ham hayajonga soluvchi tiniq va sof ovozga ega edi. U mening oldimga tez-tez kelib turar, saroy bazmlarida ishtirok etish niyatini bildirardi, ammo men ko'pgina bahonalarni ro'kach qilib uni bunday niyatidan qaytarardim.
Navro'z kunlari yaqinlashib kelar bog' sayillari, har xil bazmlar endi ko'payib borar edi. Shunday sayillarning birida Borbad yana bir bor oldimga keldi va sayilga o'zim bilan olib borishimni, faqatgina tomosha qilishini aytdi, lekin ko'p marotaba yolborishiga qaramasdan uning bu niyatini qabul qila olmadim va unga shu qadar pulga uchayotganligini, obro'parastlik qilayotganini uqtirdim. SHundan so'ng biz sayilga taradud ko'rish uchun tezda boshqa sozandalar bilan bog'ga jo'nab ketdik. Jo'nab ketish oldidan Borbadni juda xafa holatda ko'rdim va unga aytgan gaplarimdan o'zim ham xijolat bo'ldim. Bazm qizigandan kizir, kuylar avjiga chiqar, raqqosalar bunda ko'p xirom aylardi.
Qadaxlar mayga to'lib, ko'zalar undan qurib, barcha sarxush bo'lganda uzokdan bir navo keldi. Bu navo shu qadar yoqimli ediki undan bahor nafasi ufirardi va barcha endi jim qolgandi. Ko'nglim sezdi, bu kuyning sirini darrov, garchi eshitmagan bo'lsam ham avval, bunda eshitilardi Borbadona ilohiy sado...
Kuy tugashi bilan Xusrav birdan kuii egasini topib kelishni buyurdi. Barcha bog'ni bir bo'lib izlashga tushdik lekin ko'p kidirishga vaqt ketmadi, shu yaqin erdagi ko'k sarv tagida uni ko'rdik, ko'rdimu birdan hayron qoldim uning Borbadligiga shubham yo'q edi, lekin u boshdin oyoq yashil rangda kiyingan va hatto o'zi yangi ixtiro qilgan "Borbad" sozini ham yashil ranga bo'yab olgandi. SHohni ko'p kutirmaslik niyatida uni shoh o'tirgan ko'shk tomon olib bordik. Xusrav kuy egasini topganimizni eshitib rosa xursand bo'ldi va uning boshidan oyoq sarpo, oltinu javohirlar bilan ko'mdi. Borbadni shu kundan mening o'rnimga barcha hofizlarga sardor ayladi.
Keyin Borbad ishtirokida kuylar eshitdik, shoh eshitgani sayin yanada hayratlanar va har kuy orasida u bilan suhbatlashar, ijro etilgan kuyning she'rlarini kim yozganligiga qiziqardi va kuylarning she'rlarini Borbadning o'zi bitganini eshitib unga tasannolar aytardi. Shunday kuylardan Sabzdarsabz" kuyini bir necha bor qayta eshitdi va bu kuyning ham she'rini Borbadning o'zi yozganligini eshitgach uni nafaqat saroy bosh hofizi balki bosh shoiri ham deb elon qildi va unga "Borbad" deb
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
nomu unvon berdi. Borbad degan so'z "bor"yani uning isteModiga ishora, "bad" ilohiy manolarini bildirib "Ilohiy isteMod" degan manoni bildirardi. Men esa shu kundan boshlab Borbadning shogirdiga aylandim, bilmagan narsalarimni undan o'rgandim...
Borbad Marvaziyning shoh bilan uchrashish sahnasi Abulqosim Firdavsiy Tusiyning buyuk "Shohnoma" asarida ham quydagicha keltiriladi:
Shoh Xusrav Parvez Eronga xukumronlik qila boshlaganiga mana yigirma sakkiz yildan ortiqroq vaqt bo'libdi, vale shu vaqt ichida hech bir kimsa undan yomonlik ko'rmagan ekan. Parvez o'z davlatida ilm-fanga katta e'tibor berib, bunda ko'ringan iste'dodlarni ulug'labdi, qilgan xizmatlarini
taqdirlabdi. Eap6ad uaxaHuox Xycpae II onduda uwpo
KunMoKda. OupdaecuuHUHa uuinaHaaH pacM.
LUoxHOMa docmoHuea
Xusrav she'riyatga oshno, musiqaga hamdam ekan va bu yo'ldan yurgan ko'pgina mumtozlarni o'z bag'rida to'plabdi. Uning bunday himmatidan xabardor bo'lgan shoiru, hofizlar uning huzuriga intilisharkan.
Borbod Marv shahrida turardi va ko'pdan shoh qasrini bilardi, uning topgani o'ziga etar, hatto ortib ham turardi. Xusravning mumtoz hofizlarni imtihon qilishin bilib uning ham saroyu, bog'-rog'larga ishqi va hirsi tushibdi. Ko'p vaqt o'tmasdan Borbad Xusrav qasri tomon etibdi. SHaharda ko'plab hofizu shoirlarni ko'ribdi va ular suhbatidan bahramand bo'libdi. Borbadning bu erlarga kelganidan xabar topgan saroy bosh hofizi Sarkash g'am-qayg'uda qolibdi. Keyin bir yo'l qilay deb tezda saroy darvozasi tomon
Eap6a6 Xycpae II capouudaau dapaxmnapdaH 6upuaa zuipuHu6 uxpo KunMoKda. OupdaecuuHUHa LUoxHOMa docmoHusa uuinaHaaH pacM.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
shoshibdi va darvozabon bilan uchrashib sardoriga ko'p dinor berib yana vada ham qilibdi va debdi:
Hozir kelar saroy qoshiga bir hofiz, soz chalmoq, kuylamokda teng kelmas unga hatto mendek bir sardor, kirishni so'raydi Xusrav qoshiga, lekin siz kiritmang qancha yolborsa ham debti va yana qo'shibdi: Agar mendek bir sardorni hurmat qilsangiz, g'am - tashvishda qoldirmang meni deb sekin ketibdi. Borbad saroy darvozsi tomon etganda va kirishni so'raganda, darbon uning yo'lini to'sib qancha yolborsa ham kiritmabdi bir qadam. Omadi kelmagan Borbad qo'lida sozi bilan shoh bog'iga boradi. Bog'da Mardo'y degan zot bog'bon bo'lib, u ko'pdan beri Borbadni bilar uning musiqasiga oshiq edi. Borbadni bog'da uchratib u bilan suhbat quribdi, g'ami ne ekanin bilib unga Xusrav uyushtiradigan bog' sayillari haqida aytdi. Buni eshitgani zamon hofiz ko'p quvondi va shunday sayillarning biridan uni xabardor qilishini Mardo'ydan iltimos qildi.
Borbad kuyining chin shaydosi bo'lgan Mardo'y uning iltimosini rad qilmadi. Xusrav bog' sayilni istagan bir kun, Borbadni Mardo'y bundan ogoh qildi. Borbad ham tez shay bo'lib, barcha kiyimlarin yashil rang kiyib shoshildi boqqa tomon. Etib borib chamanga shoh ko'shkiga yaqin bo'lgan ko'm-ko'k sarv ustiga chiqdi va Xusravning ko'shkga kelishini kutdi. Bog'bon shoh o'rnini ko'shkda shaylagan zamon, ayvondan ko'shk tomon chiqdi shohjahon.
May keltirdi shohga bir go'zal pari, oltin qadah, billur jom ila. Asta-sekinlikla kunduzni tun taqib qilganda va osmonda bilinar bilinmas yulduz chiqqanda, sarv uzra bir go'zal nag'ma taraladi, g'azalning har bandi dilni o'ynatardi. Eshitib bu ovoz, bu kuyni Xusrav hayratga tushadi. Bu qadar mayin ovoz, yurak xonishin eshitmagan edi hech axli majlis. Lek bilar edi bu kuy egasini saroy bosh hofizi Sarkash shu cho g'da. Shoh barcha o'tirgan nomdorlarga buyuridi: "Tez karab chiqilsin ushbu bazmgox". Bog'ning xar go'shasin qidirib, topmay qaytadilar bunda mayus Xusrav yoniga. Sarkash birdan so'z ochib dedi: "Shoh baxtidan emas bu, ajab, balki gul ë sarv, kuyidir bu, lek tojing obod kilsin bu olam mulkin". YAna oltin qadaxga kuyildi may xub, tutadi uni shohga go'zal gulbadan. SHaxriyor olganda kadahni qo'lga, Borbad sozni sozladi yangi kuy uchun va uni boshladi, bu eng mumtozi edi, unda jangu-jadal sadosi kelar edi. Xusrav kuyni tinglab mayini ko'tardi va birdan buyurdi:
"Amrimni bajaring ildam, Bog'ni qidrib chiqing qadam-baqadam". Barcha yana izlashga tushib ketdi, birov daraxt tagini , birov gullar orasini yana kimlardir chirok tutardi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Uning qayerdaligin bilardi ko'plar, bazilari uni ko'rib turardi, asta shivirlab ham qo'yardi ana, lek tushunmas odamlar buni. Shohanshoh Xusrav kuyni eshitib unga jo'r bo'lar, mayni ichib asta mast bo'lardi.
Keyin yana yangi bir navo yangray boshladi, qanday ovoz, sexrli, ilohiy kuy edi bu. Nomi "Sabzdarsabz". Parvez qadahini to'ldirishni buyurdi va bir zumda simirdi va shunday dedi:
Agar farishta bo'lganida u, men uni borlig'in mushk-anbarlar bilan to'ldirardim, agar dev bo'lganda - aytmasdi g'azal, bunchalik chiroyli kuylamasdi hech mahal. Qidiring bog'ning har qarich, har go'shasini vaqtni bekor o'tkizmay tezlating buni. Kuychi istaganin muhayo qilay va uni hofizlar sardori etay debdi.
Xusravning barcha so'zlarini eshitib turgan Borbad ko'p kuttirmay sarvdan pastga tushibdi va shoh ko'shki poyi tamon boribdi. Egilibdi Xusrav qoshi poyiga. Shunda Xusrav so'rabdi: Kimsan ayt? Nechuk uzoq tutding o'zingni anjumandan? Borbad javob qipti: Men bir hokisorman, sizning soyaingizda shukurki borman. So'ng barcha bo'lgan voqealarni so'zlab beribdi. Shoh tinglab bo'lgach uning dardini, Sarkashni ham ozrok "siylabdi: "Uyat badhunar, sen uning oldida bir achchiq oshqovoqsan, bu esa shakkar"! Borbad bazmda yana kuyladi, uni kuyi bilan qadahlar bo'shardi. Shoh uni duru gavharlari bilan siylabdi va
barcha mumtozlarning shohi deb tayinlabdi. Shu kundan boshlab Borbadning obro'si kundan-kun ortsa-ortibdiki lekin kamaymabdi...
Borbad saroy bosh hofizi bo'lgan vaqt ichida ko'proq yosh ijodkorlar, musiqachilar taribiyasiga etibor bergan. Kelajakda etishib chiqqan Nekiso Changiy, Ozodvor Changiy, Bamshod kabi buyuk musiqachi, bastakorlar shular jumlasidandir.
Milodiy 628 yilda Xusrav II Parvez o'z o'g'li Kavod II Sheruya tomonidan uyushtirilgan fitnada taxtdan ag'dariladi va o'ldiriladi. Saroydagi barcha Xusravning tarafdorlari qirib tashlanadi. Taxminlarga ko'ra Borbad ham Xusravning tarafdorlari safida zindonda qatl etilgan. Yana bir taxminda Borbadning saroy bazmlaridan birida,
1267
EaxpoM ryp Ba capoû Mawwoçnapu Eop6ad 6unaH Kyû uxpo K^unuwMo^da. OupdaBcuû LUoxHOMacu v^vh XVII acpnapda uuinaHaaH pacM.
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10
educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
dushmanlari hofiz Sarkash yoki Robust tomonidan zaharlab o'idirilganligi haqida fikrlar bor.
Borbadning so'ngi kunlari haqida uning sevimli shogirdlaridan biri bo'lgan Nekiso shunday naql qiladi:
Xusrav II Parvezning o'g'li Sheruya tomonidan suyuqast uyutirilib o'idirilganini eshitganimda men Isfaxonda bir guruh sozandalar bilan xalq saylida edim. Bu xabarni eshitishim bilan tezda Isfahondan Ktesifonga yo'l oldim. Afsuski, etib borganimda Xusravning dafn etib bo'linganini eshitdim. Saroyda bo'lgan to's-to'polonlar haqida hammaning og'zida duv-duv gap yurardi. Bunday ahvolni ko'rib, men bir zum qotib qoldim va o'zimni o'nglab sevimli ustozim Borbad Morvaziy hovlisi tomon yo'l oldim. Etib kelganimda ne ko'z bilan ko'rayki barchasi yonib kul bo'lgandi. Kulu barxanlar ichidan ustozimni qidirib topmagach, qo'ni-qo'shnilardan ustozimni so'rab chiqdim. Eshitganim bo'yicha ustozim bozor atrofida darveshlar kabi janda kiyib, devonavor yurgan ekan. So'ng uni izlashga tushdim. Bozoru karvonsaroylarning barini ko'rib, kezib chiqdim. Axiri darveshlarning bir hujrasidan ustozimni topdim. Eshikdan kirishim bilan burchakda o'tirgan ustozimni ko'rdim. Ozib-to'zib, yuzlarida rang qolmagan, nur ketgan ko'zlaridagi g'amni ko'rib ezilib ketdim. U ham meni ko'rishi bilan o'rnidan turdi. Bag'riga otildim: ota-boladek bir-birimizni quchib salomlashdik. Salomlashdimu ko'rib bir seskanib tushdim. Ustozimning qo'llarida bosh barmog'i yo'q edi, uning o'rni qorayib, burishib yotardi. Ko'zlarimga yosh keldi. Bu ishni qilganlarga lanatlar o'qirdim.
Keyinrok bilsam ustozim Xusravning o'ldirilganini eshitgach, to'g'ri saroyga boribdi, qonga belangan homiysi, chin
sanat shaydosining boshi uzra zor-zor yig'labdi. SHohona maqbarada laxadga qo'yishibdi. Garibona o'tgan dafn marosimidan so'ng, ustozim to'ppa to'g'ri uyga jo'nabdi. Ustozim nazarida marifat va adolat oftobi so'nib, dunyoni zulmat egallaganday bo'libdi. Diyonat va urfon, sanat olamini jaholat bulutlari qoplabdi.
LUox capoûu Eopôad capoû MapKa3uda, 1539 uunda uuinaHaaH pacM. EpumaHun KymyôxoHacudaH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bunday hayotga lanatlar o'kib, bu dunyodan bosh olib ketgisi kelibdi. Uyga kelishi bilan sozini sindiribdi, ikki bosh barmog'ini tagidan kesib, uyiga o't qo'yibdi va darveshona hayot kechirishni ixtiyor kilibdi. Ustozimni o'z uyimga olib ketishga qancha harakat qilmayin ko'nmadilar. Yolg'izlatib kuyishni istamasdan, deyarli har kuni ko'rib turishga borardim. SHaharda esa hamon g'alamislik, ayg'oqchilik, notinch hayot davom etardi. Sheruya taxtga o'tirganiga hali olti oy ham bo'lmasdan o'zi ham fitnachilar tomonidan o'ldirildi. Keyinchalik ustozim Borbad Marviy Marvga borib vafot etganini eshitdim va uning qabrini ziyorat qilib keldim.
Borbad Marvaziy Xusrav II Parvez saroyida ko'p yillar davomida saroy bosh hofizi sifatida xizmatda bo'ladi. Shu davr ichida u juda ko'plab mo'jizaviy musiqalar yaratadi. Bunday musiqalar orasida uning "Xusravoniy" ohanglar to'plami hammasidan mashhurdir. Xusrav II Parvezga bog'ishlangan bu asar haftaning etti kuni uchun 7 xusravoniy, oyning o'ttiz kuni hisobida o'ttiz lahn va yil hisobda uch yuz oltmishbesh dostondan iborat bo'lgan. Borbad tomonidan yaratib ketilgan bunday qadim uslub, yo'l, sharq mamlakatlari musiqasi va maqomlari rivojlanishiga, o'tmish ananalari davomiyligining saklanib qolishiga o'zining katta hissasini qo'shganligi shubhasizdir. Buning yaqqol dalili sifatida SHashmaqom tizimini misol qilishimiz mumkin. Biz bilamizki xozirda saqlanib, bizgacha etib kelgan maqom oltita "Shashmaqom" dir. Borbad she'riyatda ham ancha yutuklarga erishgan. O'sha davrdagi barmoq vazniga yaqin bo'lgan hijoli she'riy shakli ham Borbadning ixtirolaridan sanaladi. O'tmishda o'tgan daho shoir, o'tkir qalam sohiblari Borbadning ijodiga yuqori baho berishgan. Xususan Rudakiy, Firdavsiy, Ibn Sino, Jomiy va Alisher Navoiy singari ulug' sanatkorlarning asarlarini o'qiganimizda Borbatni ulug'lab yozilgan misra, qissa va boblarga duch kelamiz.
Bundan tashqari Borbad Marvaziy o'zi yasab ijod etgan torli "Borbad" sozi ham bo'lib, u asrlar davomida takomillashtirib borilgan va hozirda ham Eron va Arab xalklari milliy orkestrlarida qo'llanib kelinmoqda. Uning "Zerafkand", "Nuxuft",
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"Rost", "Navro'z", "Oromi jon", "Dargam" va "Gulnush" kabi kuy va taronalari hanuz ko'plab ansambillar repertuaridan mustahkam o'rin egallab kelmoqda. Borbadning musiqalari, she'rlari sharq musiqasining buyuk va o'zida o'tmish ananalarini jamlagan, shoh asarlar "O'n ikki maqom" ("Duvozdah maqom"), "Shashmaqom", "Xaftdasgoh" ("Xaft maqom") kabi durdonalar tarkibida saqlanib, yashab kelmoqda. Bastakorning "Navro'zi Buzurg", "Gulzor", "Sabz Bahor", "Roxi gul", "Abxari kuxan", "Dilangezon" kabi asarlari borliq go'zalligini madh etuvchi kuylardir. Shubhasiz Borbad Marvaziy tabiat va borliq kuychisidir. Borbad umri davomida musiqa sohasida misli ko'rilmagan yangiliklarni yaratdi va ularni yanada mukammalikka, go'zallikka olib chiqishga intildi. U tomondan yaratilgan "Etti Xusravoniy" turkumi bizning kunlargacha to'la etib kelmagan bo'lsada forsizabon va Markaziy Osiyo halqlari uchun musiqada erishilgan nixoyat darajada katta yutuqlardan biridir. Borbad o'z yutuqlari, durdona asarlari bilan sharq va jahon musiqasida chinakkam shohlardan bo'lib qoladi.
REFERENCES
1. Kertis, Vesta Sarxosh (2003). «Fors afsonalari». Mir Mifov . Ostin: Texasskiy universitet Press.
2. Киа, Мердад (2016). Персидская империя: Историческая энциклопедия. Империи мира. Том. 2. Санта-Барбара: ABC-CLIO.
3. Лукас, Энн Э. (2019). Музыка тисячи лет: новая история персидских музык. Беркли: Калифорнийский университет Press.
4. Миллер, Ллойд (2012). Музыка и песня в Персии: Искусство Аваза. Абингдон-на-Темзе: Тейлор и Фрэнсис.