Научная статья на тему 'IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI'

IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1976
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rennesans / Tabobat / alloma / sharq / shayxurrais / Avitsenna / Afshona / Buxoro / Tib qonunlari. / Ренессанс / Медицина / аллома / шарк / шайхуррайс / Авиценна / Афшана / Бухара / тибские законы.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jumayev, Abdumo‘Min Abulfayz O‘G‘Li, Mamayusupov, Og‘Abek Bahriddin O‘G‘Li

Ushbu maqolada jahon ilm fani yuksalishida o’zining beqiyos hissasini qo’shgan, O’rta Osiyo hududida birinchi rennessans davrida ijod qilgan, buyuk ajdodimiz “Tib ilmining sultoni”-Abu Ali ibn Sinoning hayot yo’li, ilmiy ijodi va uning asarlaridagi falsafiy qarashlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФИЛОСОФСКИЕ ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНЫ

В данной статье жизненный путь, научная деятельность и философские взгляды нашего великого родоначальника «султана врачебной науки» Абу Али ибн Сины, внесшего несравненный вклад в подъем мировой науки, созданной в период первого ренессанса в Средней Азии, и его работы освещены.

Текст научной работы на тему «IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARI

Abdumo'min Jumayev Abulfayz o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining o'qituvchisi e-mail : abdumominj umayev@gmail .com Tel:+998915100514 Og'abek Bahriddin o'g'li Mamayusupov Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining talabasi e-mail : ogabekmamayusupov2 @gmail .com Tel:+998978472807

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jahon ilm fani yuksalishida o'zining beqiyos hissasini qo'shgan, O'rta Osiyo hududida birinchi rennessans davrida ijod qilgan, buyuk ajdodimiz "Tib ilmining sultoni"-Abu Ali ibn Sinoning hayot yo'li, ilmiy ijodi va uning asarlaridagi falsafiy qarashlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Rennesans, Tabobat, alloma, sharq, shayxurrais, Avitsenna, Afshona, Buxoro, Tib qonunlari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье жизненный путь, научная деятельность и философские взгляды нашего великого родоначальника «султана врачебной науки» - Абу Али ибн Сины, внесшего несравненный вклад в подъем мировой науки, созданной в период первого ренессанса в Средней Азии, и его работы освещены.

Ключевые слова: Ренессанс, Медицина, аллома, шарк, шайхуррайс, Авиценна, Афшана, Бухара, тибские законы.

KIRISH

Abu Ali ibn Sino (980-1037). Allomaning to'liq ismi Abu Ali al-Husayn ibn

Abdulloh ibn al-Hasan ibn Sino bo'lib, kunyasi Abu Alidir. Xalq orasida Ibn Sino,

Yevropada Avisenna, allomalar orasida esa Shayxurrais nomlari bilan mashhur.

Jahon fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan, O'rta Osiyolik buyuk qomusiy olim,

mutafakkir, tabib, faylasuf, mantiqshunos, shoir 980 yil avgustda oyida (370-hijriy

yili safar oyining boshida) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida amaldor oilasida

tug'ilgan. Afshona bir vaqtlar kattagina shahar bo'lgan. Vaqt o'tishi bilan u kichik bir

qishloq bo'lib qolgan va Isfana qishlog'i deb atala boshlagan. Ibn Sinoning otasi

Abdulloh Balx shahridan bo'lib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967-997)

davrida Buxoro tomonga ko'chib kelgan va Xurmaysan qishlog'iga moliya amaldori

etib tayinlangan. Shundan so'ng u bu yerda doimiy yashaydi va u o'z vazifasiga ko'ra,

101

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Afshonaga tez-tez borib turgan. Abdulloh Afshonalik Sitora ismli qizga uylanib ikki o'g'il farzand ko'radi. O'g'illarining kattasi Husayn (ibn Sino), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi paytaxt - Buxoroga ko'chib keladi. Ibn Sino shu yerda o'qiy boshlaydi. 10 yoshga yetganda Qur'oni karimni yod olib, adab darslarini ham to'la o'zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u hisob va al-jabr bilan ham shug'ullanadi, so'ngra arab adabiyotiga oid kitoblarni ham o'qib chiqadi. Uning bilimga bo'lgan zo'r qobiliyati hammani hayratga soladi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy bo'lgan. U Notiliy qo'lida mantiq, handasa va falakiyotni o'rganadi va ba'zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o'zib ketadi. Ustozi uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni tayinlaydi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o'zlashtirishga kirishadi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o'qiydi, xususan, tabobatni sevib o'rganadi va bu ilmda tez kamol topa boshlaydi. Tabobat ilmini olgan ustozi, bu ilmni qay darajada o'zlashtirganligi. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik tabib Abu Mansur al- Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo'lgan. Ibn Sino undan tabobat darsini olib va bu ilmning ko'p sirlarini o'rganadi. Abu Ali Ibn Sino aytishicha, tabobat ilmi uning uchun unchalik qiyin ko'rinmagan. U bu ilmni oson va tez o'zlashtirib olgan. Bu sohada Ibn Sino shu qadar yuksak obro' qozonadiki, hatto ko'zga ko'ringan tabiblar ham kasallikni aniqlashda qiynalganlarida, Ibn Sinodan maslahat so'raydigan bo'lganlar. Bu haqida allomaning o'zi shunday hikoya qiladi: "Keyinchalik tib ilmi bilan shug'ullangim kelib qoldi. Unga oid kitoblami o'qishga kirishdim. Tib o'zi qiyin ilmlardan emas, shu sababli qisqa muddat ichida bu sohada shunday natijalarga erisha oldimki, hatto fozil tabiblar ham huzurimga kelib, mendan tib ilmini o'rganadigan bo'ldilar" Ibn Sinoning tabiblik faoliyati. Abu Ali Ibn Sino faqat tibbiy kitoblar o'qish bilangina cheklanib qolmay, bemorlarni ham davolar, ularning kasalliklarini sinchiklab ko'zdan kechirar edi. Buning natijasida uning bilim va tajribasi yanada oshib ketdi. U kasallarni davolashda hammani lol qoldirar edi. Unga murojaat qiladigan kasallarning son-sanog'i bo'lmay qoldi. Bu haqida Ibn Sinoning o'zi bunday yozadi: "Bemorlarni ham ko'rib turardim. Erishgan tajribalarim tufayli men uchun davolash yo'llari shunday keng ochiladiki, buni ta'riflab berish qiyin. Bu vaqtda men endi o'n olti yoshga to'lgan edim".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Demak, Abu Ali Ibn Sino o'n olti yoshidayoq mashhur tabib bo'lib tanilgan. Bu albatta o'z-o'zidan bo'lmagan, balki sobit-matonat bilan o'qish, kechalari uyquni tark etish va zo'r tirishqoqlik natijasidir. Ilm o'rganishga bo'lgan shijoati. Haqiqatan ham

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ibn Sino juda tirishqoq, o'z oldiga qo'ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaydigan odam edi. Bu haqida Ibn Sino shunday yozadi: "O'sha kezlari biron kecha to'yib uxlamasdim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug'ullanmasdim. Har bir masalani o'rganayotganimda bir qancha qiyosiy faktlarni solishtirib, shu faktlar nuqtai nazaridan o'sha dastlabki masala haqida xulosa chiqarar edim. Nihoyat, bu masalaning asl mohiyati menga ayon bo'lib qolardi. Ana shu zaylda hamma bilimlarni mustahkam egallab oldim. Bir insonning imkoniyati darajasida ularni o'zlashtirdim".Abu Ali ibn Sinoning tirishqoqligi va sabr matonatliligini yana quyidagi misol yaqqol ko'rsatadi. U bunday yozadi: "Mantiq, tabiat va riyoziyot bilimlarini puxta o'rganib oldim. Keyin ilohiyotni o'rganishga o'tib, "Mo-ba'da at-tabia" kitobini o'qidim. Bu kitobni o'qidimu, lekin unda nimalar deyilganini tushuna olmadim, kitob yozgan kishining maqsadi menga qorong'i edi. Hatto uni qirq bir bor qayta o'qidim, kitob menga yod bo'lib ketdi. Lekin shunda ham men kitob va uning maqsadini to'la tushuna olmadim. Nihoyat umidimni uzub, "Bu tushunib bo'lmaydigan bir kitob ekan", degan xulosaga keldim. Ammo kunlardan bir kuni asr vaqtida kitobfurushlarning oldiga borib qoldim. Bir kitobfurush muqovalangan kitobni qo'lida tutganicha uni maqtardi. U meni ham chaqirib, kitobni ko'rsatdi... Lekin men kitobni sotib olishni rad qildim. Kitobfurush menga: "Bu kitobni ol, narxi arzon, uch dirhamga sotaman, egasi pulga muhtoj",- dedi. Kitobni noiloj sotib oldim. Qarasam, bu Abu Nasr Farobiyning o'sha "Mo-ba'da at-tabia" kitobi haqida yozgan sharhi ekan. Uyga qaytib, darrov uni o'qishga kirishdim. "Mo ba'da at-tabia" dilimda yod bo'lib qolgani sababli tezda bu kitobning maqsadini tushunib oldim. Bundan o'zimda yo'q juda xursand bo'lib ketdim" Ilmiy ijodini boshlanishi. Shunday qilib Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oladi. Ibn Sino juda erta o'zi ham asarlar yozishga kirishdi. Allomaning ilmiy ijodi 18 yoshdan boshlanadi. Avvalo u bu ishni o'ziga yaqin bo'lgan kishilarning iltimosi bilan bajaradi. Yosh bo'lishiga qaramay Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy quvvatlar haqida risola, "Urjuza" tibbiy she'riy asari va o'z qo'shnisi va do'sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan, ko'p fanlarni o'z ichiga olgan "Al-Hikmati-l-aruziy" ("Aruziy hikmati") asarini tasnif etadi. Ibn Sino Buxorada 20 jildli qomusiy asari "Al-Hosil va-l-mahsum" ("Yakun va natija"), 2-jildli "Kitobul-bir va-l-ism" ("Sahovat va jinoyat kitobi") asarlarini va o'zining tabobatga oid birinchi asari "Tabobat lug'ati"ni yozgan. Allomaning "Tabobat lug'ati" asaridan ko'p tabiblar nusxa olib, keng foydalanganlar. Ibn Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan chambarchas bog'ladi. Allomaning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki, u o'zigacha o'tgan turli xalq namoyondalari tomonidan asrlar davomida, tib ilmi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sohasida to'plangan ma'lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o'z tajribalari bilan boyitgan holda ma'lum nazariya va qonun-qoida asosida umumlashtirdi. Uning "Tib qonunlari" va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan o'rni juda yuqoridir. Ibn Sino antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, Dioskoridlarning ta'limotlarini o'rgangan va ularning qalamlarig a tayangan. U tib nazariyasini, xususan anatomiya - inson gavdasi tuzilishini mukammal bilgan. Ibn Sino o'tkir diagnost edi. Uning ba'zi tashxis usullari hozir ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. A'zoga urush orqali diagnoz qo'yishgan. Tabobat tarixida birinchi bo'lib vabo bilan o'latni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og'rigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlashni ta'kidlagan. Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga: tartib (parhyez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo'llash (qon olish, banka qo'yish, zuluk solish, huqna va boshqalar)ga ahamiyat berish kerakligini aytadi. Ibn Sino kasallikni davolashda shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Ibn Sino dorishunoslik sohasida ham chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning formasiyasi asosida musulmon sharqida paydo bo'lgan yangi formasiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Uning dorivor o'simliklarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirda ham qo'llaniladi. Ibn Sino birinchilardan bo'lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. Kasallikning turiga qarab avval sodda, so'ng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. Eng muhimi, oziq- ovqatlarning shifobaxsh ta'siriga katta ahamiyat berib, davolashni shunday mahsulotlar (meva, sabzavot, sut, go'sht va boshqalar)dan boshlagan. Dori tayinlashda bemorning mijozi, yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini ta'kidlagan. Buxorodagi hayoti. Abu Ali Ibn Sino 17 yoshida Buxoro xalqi orasida juda tajribali va mohir tabib sifatida taniladi. Bu xabar podsho saroyiga ham yetib keladi. Shu vaqtda Buxoro hokimi Nuh ibn Mansur betob edi. Uni davolash uchun Ibn Sinoni ham saroyga chaqiradilar. Ibi Sino amirni davolashda ishtirok etib, o'zining o'tkir bilimi bilan kasallikni aniqlashga yordam beradi. Bu bilan u amirning ishonchiga sazovor bo'ladi va saroyga yaqin kishilar qatoriga kiradi. Buning natijasida Ibn Sinoning obro'si ham oshib ketadi. Saroyda nodir kitoblarga boy katta kutubxona borligini Ibn Sino bilardi. Ibn Sino amirni davolaydi, evaziga saroy kutubxonasidan foydalanishga izn so'raydi va bu imkoniyatga ega bo'ladi. Somoniylar kutubxonasi o'sha davrda butun O'rta va yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan bo'lgan. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada kecha-yu kunduz kitoblarni mutolaa qilish bilan mashg'ul bo'lib, kutubxonadagi tibga oid kitoblarni qunt bilan o'qib chiqadi. Boshqa fanlar sohasidagi kitoblar bilan ham tanishadi. Shunday qilib Ibn Sino o'z davrining eng o'qimishli, bilim doirasi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

keng kishilaridan biriga aylanadi. Buxoro kutubxonasi haqida Ibn Sino shunday yozadi: "Men ko'p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitoblar solingan sandiqlar turardi, ulardagi kitoblar esa, ustma-ust taxlab qo'yilgan edi... Har bir xonada fanning ma'lum sohasiga oid kitoblar saqlanar edi. U yerda shunday kitoblarni ko'rdimki, ko'pchilik hatto ularning nomlarini ham eshitmagan bo'lsa kerak. O'zim ham bundan oldin ularni ko'rmagan edim, keyin ham uchratmadim". Ibn Sino kutubxonadan chiqmasdi. Amirning kasalligi xuruj qilib, U Ibn Sinoni chaqirtirgandagina, kitob o'qishdan bir oz vaqtga bosh ko'tarardi. Shunday qilib, bu yerdagi nodir kitoblarni qunt bilan o'qish natijasida Ibn Sinoning bilimi yanada kengaydi va chuqurlashdi. Ibn Sinoning o'zi yozishicha, 18 yoshga yetganda u tabobat ilmi bilan bir qatorda o'z zamonasida ma'lum bo'lgan barcha boshqa fanlarni ham mukammal o'zlashtirib olgan edi. Buxoro hokimi sararoydagi faoliti. 997 yilda Buxoro hokimi Nuh ibn Mansur vafot etadi. Taxtga uning o'g'li Ibn Nuh Mansur II o'tiradi. Ibn Nuh Mansur II Ibn Sino bilan do'st edi. Manbalarda keltirilishicha Ibn Sinoni saroydagi vazifalardan biriga tayinlagan. Shunday qilib, Ibn Sino saroy tabibi vazifasidan tashqari, u yerda davlat xizmatchisi vazifasini ham bajargan. Lekin, ko'p o'tmay Ibn Nuh Mansur o'ldirilib, uning o'rnini ukasi Abdulmalik Ibn Nuh egallaydi. U olim bilan unchalik yaqin munosabatda bo'lmaydi. Shuning uchun Ibn Sino saroy xizmatidan ketib, o'z ilmiy-ijodiy ishlari bilan mashg'ul bo'ladi. Abu Ali Ibn Sinoning Buxorodagi tinch, ijodiy hayoti uzoq davom etmaydi. Qoraxoniylar 999 yil Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag'darganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og'ir damlar boshlandi. Alloma 21 yoshga yetganda 1002 yil uning otasi vafot etadi. Buning natijasida Ibn Sino moddiy jihatdan og'ir ahvolga tushub qoladi. Chunki unga moddiy va ma'naviy jihatdan yordam beradigan boshqa yaqin kishisi yo'q edi. Buning ustiga mamlakatda katta siyosiy o'zgarishlar yuz berib, Ibn Sinoning tinch ijodiy hayoti uchun sharoit yo'qoladi. Xorazmdagi Ma'mun akademiyasidagi faoliti. Buxoroda vaziyat keskinlashib, taxt uchun kurash (1005 yilgacha) davom etadi. Ibn Sino 1002 yilda o'z yurtini tark etib, Xorazm davlatining paytaxti Urganch shahriga keladi. Bu davrda Xorazm qoraxoniylar hujumidan birmuncha tinch bo'lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o'lka edi. Xorazm shohlari Ali ibn Ma'mun (997- 1007) va Ma'mun ibn Ma'mun (1007-1017) ilm-fanga e'tiborli hukmdorlar bo'lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)da zamonasining ko'pgina taniqli olimlari to'plandi. Yirik matematik va Astronom Abu Nasr ibn Iroq (1034 yil vafot etgan), atoqli tabib va faylasuflar Abu Salh Masihiy (1010 yil vafot etgan), Abulxayr Xammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Beruniy shular jumlasidandir. Xorazmda Ibn Sinoni yaxshi kutib olishadi. U saroyda xizmat qiluvchi olimlar qatoriga kiritiladi va "Akademiya"ga qabul qilinadi. Ibn Sinoga boshqa olimlar qatori katta maosh tayinlanadi. Abu Ali Ibn Sino o'z tarjimai holida Xorazmda juda yaxshi qabul qilinganligini eslab, bunday deb yozgan edi: "Zarurat yuzasidan Buxoroni tark etib, Gurganj tomonga ko'chishimga to'g'ri keldi. U yerda ilmni sevuvchi Abul-Husayn as-Saxliy vazir edi. U yerning amiri huzuriga bordim. Uning ismi Ali ibn Ma'mun edi. Men u paytda sufiylar ridosini kiyib olgan edim. Menga yetarli miqdorda oylik tayin qilishdi" Abu Ali Ibn Sino Xorazmga kelganida u yerda Abu Rayhon Beruniy yo'q edi. Bu vaqtda Beruniy bir sabab bilan Xorazmdan ketib qolgan va Eronning Ray shahrida yashayotgan edi. Ali ibn Ma'munning o'zi chuqur ilmli, odil shoh edi. U ilm ahllarini juda qadrlardi. Shuning uchun u Beruniyga katta hurmat bildirib, unga xat yozadi va Beruniyni o'z saroyiga taklif etadi. Shu xatga asosan Beruniy 1005 yilda yana Xorazmga qaytadi va podshoh saroyiga xizmatga kiradi. Ali ibn Ma'mun o'z saroyidagi olimlarga boshliq qilib Beruniyni tayinlaydi. Shu sabab bilan Beruniy "Akademiya"ga rahbar bo'lib qoladi. Shunday qilib, Ibn Sino bilan Beruniy bir-birlari bilan 1005 yilda Gurganjda uchrashadilar. Ular bundan ilgari bir-birlari bilan faqat xat orqali tanishgan edilar. Ali ibn Ma'mun saroyida ibn Sinodan tashqari tabiblardan yana Abul Xayr Hammar va Abu Sahl Masixiylar ham yashardilar. Ibn Sino ko'pincha Abu Sahl Masixiy bilan ishlar edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, ular birgalikda bir necha murakkab jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirganlar. Ibn Sino Xorazmda asosan matematika va astronomiya bilan shug'ullangan. Bu sohada Ibn Iroq va Beruniy bilan bo'lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino Abu Sahl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oladi. Abu Ali Ibn Sino Xorazmda 9-10 yilcha yashadi. So'ng qo'shni davlat hukmdori Sulton Mahmud Xorazmni bosib olish xavfi bo'lganligidan unga xizmat qilishni istamay bu yerdan ham ketishga majbur bo'ldi. Ibn Sino 1010-1011 yillarda Masihiy bilan birgalikda yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo'ladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga -Masihiyning vataniga yo'l oladilar. Lekin yo'ldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob bo'lib, vafot etadi. Natijada Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, avval, Niso, so'ng Obiverd, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin, nihoyat Kaspiy dengizining janubiy-sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda (1012-1014) yillar yashaydi. Bu yerda U o'zining bo'lg'usi shogirdi Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi. Ibn Sino umrining oxirigacha Juzjoniy bilan sodiq do'st bo'lib qoladi. Abu Ubayd Juzjoniy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ibn Sino bilan uning so'ngi damigacha, 25 yil davomida birga bo'ladi. Ibn Sinonning tarjimai holining yozilib qolishi, ko'pgina asarlarining yozilishi va tartibga tushishida hamda asarlarining keyingi avlodga yetib kelishida Juzjoniyning xizmati katta. Jurjonda yashagan vaqtida Ibn Sino ilmiy ijod bilan shug'ullanadi, ham tabib sifatida faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko'ra, mantiq, falsafa va boshqa fanlarga oid bir necha risola yozadi va eng muhimi "Tib qonunlari"ning dastlabki qismlarini tasnif qiladi. Tarixiy ma'lumotlarga ko'ra, Ibn Sino Jurjonda quyidagi asarlarni yozgan: "O'rtacha qisqa mantiq", "Tib qonunlari"ning ayrim boblarini, "Almajastiyning qisqartirmasi" va bir qancha kichik risolalar. Alloma hammasi bo'lib Jurjonda 21 yirik va 2 kichik kitob yozib tugatgan. Jurjonni tark etib, Rayga ko'chishi. 1014 yil Ibn Sino Jurjonni tark qilib Rayga ko'chdi. Ibn Sino Rayga kelgan vaqtda bu yerda buvayhiylardan bo'lmish Majduddavla Abu Tolib Rustam (997-1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukumronlik qilar edilar. Ibn Sinoning qo'lida Sayyida nomiga yozilgan noma (maktub) bor edi. Nomani Abu Rayhon Beruniy yozib bergan bo'lishi kerak. Ma'lumki, Beruniy bir vaqt Rayda yashagan edi. Binobarin, Ray hukumdori Sayyida bilan Beruniyning munosabatlari yaxshi bo'lgan bo'lishi kerak. Shuning uchun Beruniy bu ayolga xat yozishga jur'at etgan. Xatda Ibn Sinoga yetarli darajada sharoit yaratib berish iltimos qilingan edi. Sayyida Ibn Sinoni hurmat bilan kutib oldi va uning uchun zarur sharoit yaratib berdi. Sayyidaning o'g'li Majduddavla qandaydir ruhiy kasallikka duchor bo'lgan edi. Ibn Sino uni muvoffaqiyatli davolaydi. Bundan ko'p xursand bo'lgan Sayyida Ibn Sinoga nisbatan yana ham hurmat bilan qaray boshlaydi. Ibn Sino Rayda ham o'z ijodiy ishlarini davom ettirib, bir necha asar yozadi. Ammo Sulton Mahmud Ibn Sinoni ta'qib etishni to'xtatmaydi. Ibn Sinoning Raydaligini bilib, Sayyidadan uni G'aznaga yuborishini talab qiladi. Aks holda Rayga qarshi urush ochishini bildiradi. Ammo zo'r aqlidrokli va tadbirkor Sayyida urushning oldini oladi. Rivoyatlarga ko'ra, Sayyida Sulton Mahmudga quyidagi mazmunda xat yozgan: "Agar urush natijasida siz meni yengsangiz, odamlar Sulton Mahmud faqat bir ojiza ayolnigina yengdi, deydilar xolos. Agar men yengsam, siz uchun juda katta nomus bo'ladi". Tarixchilar bu xatning matnini Ibn Sino yozgan, deydilar. Shunday qilib Sulton Mahmud Rayga harbiy yurishni to'xtatadi. Lekin Ibn Sino Raydan chiqib ketishga majbur bo'ladi. Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq bo'lgan Hamadonga Majduddavlaning akasi Shamsuddavla (997- 1021) huzuriga keladi. U yerda Shamsuddavlani sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi bo'lib ishlaydi, so'ng vazirlik mansabiga ko'tariladi. Davlat ishlari bilan band bo'lishiga qaramay ilmiy ishlarni ham davom ettiradi va qator asarlar yozadi. "Tib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qonunlari"ning 1-kitobini tugatgan. Bundan tashqari, mashhur falsafiy qomusiy asari "Kitob ash-shifo"ni ham shu yerda yozishga kirishadi. Hamodonda Ibn Sino o'z shogirdi Juzjoniy bilan birgalikda bir bemorni operasiya qilib, uning qovug'idan toshni olib tashlaydi. Shamsuddavla vafot etgandan so'ng taxtga o'tirgan uning o'g'li Samouddavla Ibn Sinoga unchalik hurmat bilan qaramaydi. Shu sababli u saroydan ketadi. Juzjoniyning yozishicha, Abu G'olib al-Attor ismli kishining uyiga ko'chib borib, o'sha joyda yashay boshlaydi. Bu yerda Ibn Sino o'z ilmiy ijodiy ishlariga yana berilib ketadi. Xususan "Kitob ash-shifo" asarining "Tabiat" va "Ilohyot" haqidagi boblarini yozib tugatib, "Mantiq" qismini yozishga kirishadi. Alloma "Tib qonunlari" asarining qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi. Ammo, Ibn Sino uchun Hamodonda xavfli vaziyat vujudga keladi. U vazirligida amalga oshirgan tadbirlaridan norozi bo'lgan saroy amaldorlari Ibn Sinodan o'ch olish uchun unga nisbatan dushmanlik qila boshladilar. Bunday sharoitdan qutulish maqsadida Ibn Sino qo'shni Isfaxon viloyati amiri Alouddavlaga xat yozib, undan o'zini saroyga qabul qilishini so'raydi. Biroq xat qandaydir yo'l bilan Samouddavlaning vazirlaridan biri Toji-l-mulk qo'liga tushadi. U xatni Samouddavlaga yetkazadi. Ibn Sinoni tutib olib, Fardajon qal'asiga qamab qo'yadilar. Ibn Sino qamoqda to'rt oy chamasi yotadi. Ammo u tushkunlikka tushmaydi. U qamoqda ham o'z ijodiy faoliyatini davom ettiradi. Abu Ubay Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino bu yerda tibga oid o'zining mashhur "Ichki sanchiqlar" nomli asarini yozgan. Bundan tashqari, u shu yerda ikkita falsafiy asar "Tirik o'g'li uyg'oq" va "To'g'ri yo'l haqida" kitoblarni yozdi. Shu vaqtda Isfahon amiri Alouddavla Hamodonni bosib olib, bir qancha vaqt uni ishg'ol qilib turadi. Buning natijasida Ibn Sino qamoqdan qutiladi.Ibn Sino qamoqdan chiqqan bo'lsada bari bir uning Hamodonda yashashi xavfli edi. Shu sababli u yashirincha Isfahonga jo'naydi. Isfahon amiri Alouddavla Ibn Sinoni yaxshi qabul qiladi. Alloma uchun bu yerda juda yaxshi sharoit yaratib beradi. Ibn Sino umrining qolgan 14 yilini Isfahonda o'tkazadi. Bu yerda ham u tinimsiz ilmiy ish bilan mashg'ul bo'lib, bir qancha asarlar yaratadi. Ular orasida tib, falsafa, aniq fanlar, tilshunoslik kabi fanlarga oid kitoblar bor. "Kitob ash-shifo"ning qismlari, fors tilidagi "Donishnoma" va 20 jildli "Insof-adolat kitobi" shular jumlasidandir. Ibn Sino Isfahondaligida shaharga G'azna hukumdori Sulton Ma'sud (Sulton Mahmudning o'g'li)ning askarlari bostirib kirib, aholini talon-taroj qiladilar. Bu to'polonda Ibn Sinoning ko'p asarlari va qo'lyozmalari yo'q bo'lib ketadi. Ibn Sino yo'qolgan asarlarini yana yoddan tiklaydi. Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino garchi, jismonan juda baquvvat bo'lsada, biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kecha-kunduz tinim bilmay ishlash va bir necha bor ta'qib qilinib, hatto hibsda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yotishlar olimning salomatligiga jiddiy ta'sir etdi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalinadi. Alouddavlaning Hamadonga yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yo'lda dardi qo'zg'ab olimning tamomila madori quriydi va oqibatda u shu darddan 1037 yilda Hamadonda 57 (hijriy 58) yoshida vafot etadi. Alloma Hamadonda dafn etiladi. Uning qabri ustiga 1952 yil maqbara qurilgan (me'mori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bag'ishlangan muzey xonalarini ham o'z ichiga olgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sino o'zining qisqa umri davomida jahon fani va madaniyatida o'chmas iz qoldirdi. Allomaning ilmiy merosi. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o'z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug'ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Alloma asarlarini o'sha davrda Yaqin va O'rta Sharqning ilmiy tili bo'lgan arab tilida, ba'zilari fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan bo'lsa ham, zamonlar o'tishi bilan ularning ko'pi yo'qalib ketganva bizgacha ularning 242 tasi yetib kelgan, shulardan 80 tasi falsafa, ilahiyot va tasavvufga tegishli 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi ruhshunoslikka, 23 tasi tibiyat ilmiga, 7 tasi falakiyotga, 1 tasi riyoziyotga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi odob ilmiga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo'lgan ilmy yozishmalarga bag'ishlangan. Allomaning asarlari keyingi avlodlarga boy meros bo'lib qoldi. Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qismga, ya'ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo'lish mumkin. U falsafa va tibbiyotga ko'proq qiziqqan. Ma'lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o'zining ta'lim- tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog'liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o'ringa tibbiyot fanlarini qo'yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya'ni nazariy va amaliy guruhlarga bo'ladi. Nazariy guruh kishilarni o'zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo'llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o'rgatadi deydi. U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o'rganuvchi barcha fanlarni kiritadi. Ibn Sino «Avisenna» sifatida G'arbda mashhur bo'lgan uning tibbiy merosi, xususan, "Tib qonunlari" bo'lsa, "Shayx ar-rais" ("Donishmandlar sardori, allomalar boshlig'i") nomli asari buyuk faylasufligiga ishoradir. Tibbiyotga oid asarlari. Ibn Sinoning tibbiyot- ning umumiy nazariy va amaliy masalalariga bag'ishlangan eng yirik asari "Tib qonunlari" bo'lib u asar 5 katta kitobdan iborat bo'lib (1956-62 yillarda Toshkentda rus va o'zbek tillarda to'la nashr etilgan). Ularning har biri ma'lum sohani izchil va har tomonlama yoritib beradi. 1- kitobda tibbiyotning nazariy asoslari, uning predmeti va vazifalari,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari va Sog'likni saqlash yo'llari, kishi anatomiyasi haqida mazmundor aniq ocherk va sog'likni qanday saqlash kerakligi haqidagi ta'limot bayon etiladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib yoki filtrlab iste'mol qilishni tavsiya etadi. 2- kitobida 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste'mol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino simob va uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bo'lib tavsiya etadi, sharobni quvvat kirituvchi va jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi. 3-kitobida ayrim organlarning (hatto soch, tirnoqlarning) kasalliklari va ularni davolash usullari bayon etiladi. Bu kitobda bosh miya, asab, ko'z, quloq, burun, tomoq, qorin, tish, yurak, me'da, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi. 4- kitobi organizmning umumiy kasalliklariga bag'ishlangan, unda isitmalar, o'smalar, ularning sababi, xirurgik kasalliklar va ularni davolash usullari, har xil dorilardan zaharlanish va bunda ko'riladigan choralar to'g'risida ma'lumot beriladi. 5- kitobida murakkab dorilarning organizmga ta'siri, ularni tayyorlash va iste'mol qilish usullari bayon qilingan. Bu kitob dorishunsolik ilmiga - farmakologiyaga bag'ishlangan. Ibn Sinoning tibbiyotga oid muhim asarlaridan ikkinchisi nazm (she'r usul) bilan yozilgan "Tibbiy urjuza" kitobidir. Bu kitob 1326 bayt (2652 misra)dan iborat katta she'riy asardir. Kitob tib ilmini o'rganuvi talabalarga darslik sifatida yozilgan. Bu asar asosan tibbiyotning nazariy masalalariga bag'ishlangan. Lekin, unda amaliy tibbiyot haqida ham yetarli ma'lumot berilgan. "Tibbiy urjuza" o'z mazmuni va ahamiyati jihatidan "Qonuni"dan uncha qolishmaydi. "Qonuni"da bayon etilgan mavzu va masalalar "Urjuza"da qisqa va ixcham qilib keltirilgan. "Tibbiy urjuza" ikki bo'limdan iborat. Birinchi bo'limda tibbiyotning umumiy nazariy masalalari yoritilgan. Unda xususan, tibbiyotning tafsiri, uning qismlari, unsurlar, a'zolar, mijozlar, xiltlar, ruh (jon), quvvatlar haqida ma'lumotlar beriladi. So'ng inson organizmiga havo, ovqatlar, ichimliklar, uyqu va uyqusizlik, harakat va harakatsizlik, nafsoniy kayfiyatlarning ta'siri ko'rsatilgan. Shundan keyin ayrim a'zolar kasalliklari, ularning belgilari, tomir urishini tekshirish va shunga asosan kasallikni aniqlash usullari bayon etilgan. Bulardan tashqari siydik, axlat, balg'am terni tekshirib, kasallikka dalil topish usullari keltirilgan. Qon, safro, savdo va xiltning g'alaba qilishi (ustun kelishi) dagi belgilar ko'rsatilgan. Ikkinchi bo'lim tibbiyot amaliyotiga bag'ishlangan. Bu bo'lim o'z navbatida to'rt qismga bo'lingan. Birinchi qismda kishi sog'lig'ini saqlash tadbiri bayon etilgan. Ikkinchi qismda bemorlarga beriladigan dori va ovqatlar haqida so'z yuritiladi. Uchunchi qismda qo'l bilan amalga oshiriladigan muolaja usullari (jarrohlik) bayon etilgan. To'rtinchi qismda chiqqan-singanlami

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

davolash ko'rsatilgan. Masalan, chiqqan bo'g'inlarni (suyakni) joiga solish. Allomaning "Tibbiy urjuza" asari 1972 yilda o'zbek tiliga ham tarjima qilinib bosib chiqarilgan. Ibn Sinoning bu asosiy "Tibbiy urjuza" kitobidan tashqari, tibbiyotga oid yana bir necha she'riy "Urjuza" kitoblari bo'lgan. Ular tibbiyotning ayrim maxsus masalalariga bag'ishlangan bo'lib bizga quyidagilari ma'lum. 1. "Tana tuzilishiga oid urjuza" kitobi. Bu kitob 98 baytdan iborat bo'lib unchalik katta emas. 2. "Jinsiy mayllik haqida urjuza" 3. "Sog'liqni saqlash haqida tibbiy urjuza". Bu 15 bayt (30 misra)dan iborat kichik she'riy asardir. 4. "Yilning to'rt fasli haqida tibbiy urjuza". Bu kitob ham unchalik ktta emas. Hammasi bo'lib121 bayt (242 misra)dan iborat. 5. "Sinab ko'rilgan dori-darmonlar haqida tibbiy urjuza". Bu asarda Ibn Sino o'zi uzoq vaqt kasallarda sinab ko'rgan har xil dori-darmonlar haqida so'z yuritgan. 6. "Gippokratning vasiyatlari haqida urjuza". Bu asar 93 baytdan iborat. 7. "Tibbiy nasihatlar haqida urjuza". Bu asar 72 baytdan iborat. Ibn Sinoning tibga oid muhim asarlaridan yana biri "Tibbiy qoidalarda uchraydigan xatolarni tuzatish" kitobidir. Bu kitob "Tadbirda yo'l qo'yilgan har xil xatoliklarga qarshi chora ko'rish yo'li bilan tanaga yetkazilgan turli zararlarni yo'qotish", deb ham ataladi. Ibn Sino , o'zi ta'kidlab o'tganidek, tibbiyotning asosiy vazifasi kasallikning oldini olish, ya'ni uning rivojlanishiga yo'l qo'ymaslikdir. Bu masalaga alloma uzining bir necha asarini bag'ishlagan. Shulardan biri "Salomatlikni saqlash haqida risola"dir. Bu kitobcha 13 bobdan iborat. Asarda so'z asosan shaxsiy gigiyena haqida boradi. Ibn Sinoning boshqa asarlari tibbiyotning ayrim xususiy masalalariga bag'ishlangan katta-kichik kitoblardan iboratdir. Ular orasida 1-2 sahifalilari hab bor. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" va "Urjuza fi-t-tib" ("Tibbiy urjuza") kabi tibbiy asari bilan bir qatorda tibbiyotning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag'ishlangan turli hajmdagi, "Al-Adviyati-l-qalbiya" ("Yurak dorilari"), "Kitob al-kulonj" ("Kulanj haqidagi kitob"), "Maqola fi-n-nabz" ("Tomir urishi haqida maqola"), "Risola fi-l-boh" ("Shahvoniy quvvat haqida risola"), "Risola fi-lfasd" ("Qon olish haqida risola") kabi risolalar ham bor. Falsafiy asari. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari "Kitob ash- shifo"dir. U 4 qismdan iborat: 1. Mantiq - 9 bo'lakka bo'lingan: 1. "Al-madhal" ("Mantiqqa kirish"); 2. "Al-maqulot" ("Kategoriyalar") 3. "Al-iborat" ("Interpretasiya"); 4. "Al-qiyos" ("Sillogizm"); 5. "Al-burhon" ("Isbot", "Dalil"); 6. "Al-jadal" ("Tortishuv", "Dialektika"); 7. "As-safsata" ("Sofistika"); 8. "Al-xitoba" ("Ritorika"); 9. "Ash-she'r" ("Poetika") (She'r san'ati); 2. Tibbiyot: (Bu yerda minerallar, o'simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida- alohida bo'limlarda gapiriladi). 3. Riyoziyot - 4 fanga bo'lingan: 1. "Hisob" ("Arifmetika"); 2. "Handasa" ("Geometriya"); 3. "Astronomiya"; 4. "Musiqa" 4. Metafizika yoki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ilohiyot. Bu asarlarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, rus, fors va o'zbek tillarida nashr qilingan. Abu Ali ibn Sinoning bulardan tashqari turli sohaga oid "Al-Qonun", "Hayy ibn Yaqzon", "Risolat at-tayr", "Risolat fi-l-ishq" ("Ishq haqida risola"), "Risolat fi mohiyati-s-salot" ("Nomozning mohiyati haqida risola"), "Kitob fi ma'no ziyorat" ("Ziyorat qilishning ma'nosi haqida"), "Risolat fi daf al-g'am mina-l-mavt" ("O'limdan keladigan g'amni daf qilish haqida risola"), "Risolat al-qadr", "An- Najot", "Ash-Shifo", "Donishnoma", "Kitob al-ishorat" va "Attanbihot" kabi ko'plab asarlari ham bor. Allomaning "Hayy ibn Yaqzon" asari kishilarning did - farosatini o'stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta'lim - tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora qiladi: "Hayy ibn Yaqzon" ("Tirik o'g'li uyg'oq"). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinonining o'zi ham ta'kidlaydi. Yuqorida aytganimizdek mazkur asarni Ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo'lgan Fardajon qal'asi qamoqxonasida yozgan. Ibn Sino axloqqa oid asarlarini "Amaliy hikmat" ("Donishmandlik amaliyoti") deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o'ziga va boshqalarga nisabatan hatti -harakati me'yorlari va qoidalarini o'rganadi. Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta'riflaydi: "Dunyoda mavjud bo'lgan jami narsalar tabiatiga ko'ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o'zi esa mohiyat e'tibori bilan yaxshilikdir..." Ibn Sinoning "Tadbiri manzil" risolasi ham "Kitob ash-shifo" asarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Asar arab tilidan forsiyga eronlik olim Muhammad Najmiy Zanjoniy tomonidan tarjima qilinib, 1939 yilda Tehronda chop etilgan. U tarjima asar ikki qismdan iborat bo'lib, ikkinchi qismi tarjimonning izohlari va batafsil sharhlaridan tashkil topgan. Ibn Sino o'z davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo'shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy qarashlari "Kitob ash-shifo"ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. Allomaning ba'zi geologiya jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazaryalarga juda yaqindir. U vulqonlar va zilzilalar natijasida tog'larning paydo bo'lishi haqidagi o'z fikrlarini aytadi. Ibn Sino mineralogiya (ma'danshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan. U minerallarning original klassifikasiyasini taklif etdi. Unga ko'ra barcha ma'danlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo'linadi. U boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shug'ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Ibn Sino tabiiy fanlar qatori kimyo, botanika, astronomiya, matematika, she'riyat va musiqa bobida ham ilmiy yo'nalishlarini davom ettirgan va ularga oid asarlar ham yozgan. Buyuk qomusiy olim Ibn Sino musiqa bobida Forobiyning ilmiy yo'nalishini davom ettirgan yirik nazariyotchidir. Uning musiqa haqidagi "Javome' ilm-u-l- musiqiy" ("Musiqa ilmiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

oid to'plam") asari 6 bobdan iborat bo'lib, bunda tovushning sezgi a'zolariga ta'siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo'lishi kabi masalalarga to'xtaydi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga ta'siri haqida ham o'z fikrlarini va o'z davri musqasining barcha muammolarini bayon etgan. Ibn Sinoning tibbiy fikrlari. Abu Ali Ibn Sino o'z davridagi fanlarning hammasini mukammal o'zlashtirib, tabiiyki, tibbiyot faniga alohida ahamiyat bergan va o'z kasbini asosan tabiblik deb bilgan. Aynan shu tabiblik sohasida uning talanti va qobiliyati ayniqsa, yaqqol namayon bo'ldi. Ibn Sino fíkricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot o'zaro bog'liq bo'lishi va bir-biriga asoslanmog'i zarur, aks holda u rivoj topmaydi va o'z maqsadiga erisha olmaydi. Tib ilmi avvalo ikki qismga - nazariy va amaliy qismlarga bo'linadi. Ibn Sino tabobat ilmining nazaryasi va amaliyoti sohasida juda chuqur bilimga ega edi. O'zining nihoyatda o'tkir zehni va chuqur bilimi tufayli Ibn Sino tabobat ilmi sohasida o'z davridan ancha ilgarilab ketdi. U tabobatning maqsad va vazifasini boshqalardan ko'ra chuqurroq va kengroq tushunardi. Chunonchi, Ibn Sino o'sha zamondayoq tibbiyotning asosiy vazifasi kishilarning salomatligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iboratdir, deb bilgan. Bu fikr hozirgi zamon tibbiyotining asosiy tushunchasiga tamomila mos keladi. Abu Ali Ibn Sino tabib sifatida ulug' gumanist edi. U inson manfaatini doimo hamma narsadan yuqori qo'yar va o'z shogirdlaridan ham shuni talab qilardi. Bu uning tibbiyotga bergan ta'rifidan ma'lum. Ibn Sino o'zining tibbiyotga oid mashhur nazmiy asari "Tibbiy Urjuza"da bunday deydi. "Tabobat - bu salomatlikni saqlash va kasalliklarni davolashdan iborat". Bu fikr olimning shoh asari "Kitobu-l-qonun fit-tib"da ayniqsa, yaqqol o'z ifodasini topgan. Ibn Sino o'zining bu shoh asarini shunday so'zlar bilan boshlaydi: "Tib shunday ilmki, u kishilarning salomatligini saqlash va kasalliklarni davolash maqsadida odam tanasini sog' va kasallik chog'ida o'rganadi" Bundan ko'rinib turibdiki, Ibn Sino kishi salomatligini, ya'ni profilaktikani birinchi o'ringa qo'ygan. Olimning o'z faoliyati umr bo'yi shu maqsadga xizmat qilishga bag'ishlangan edi. Uning butun hayoti tibbiyotning shu asosiy vazifasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan. "Qonun"da tibbiyot fanining vazifasiga bag'ishlangan maxsus qism bor. Ibn Sino yozadi: "Har bir hodisaning mohiyati uning sababini aniqlash yo'li bilan ochiladi. Shuning uchun tibda Sog'lik va kasallikning sababini bilish kerak. Sog'lik, kasallik va ularning sabablarini bilish kerak. Sog'lik, kasallik va ularning sabablari goho ochiq (aniq), goho esa yopiq (noaniq) bo'lishi mumkin. Bu sabablar o'z ko'rinishlariga qarab faqat o'qish bilangina emas, balki fikr qilish yo'li bilan tushuniladi. Shuningdek tabobatda sog' vaqtda ham, kasallikda ham sodir bo'ladigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hodisalarni bilish kerak". Bundan kelib chiqadiki, tabib o'z faoliyatida, dastlab sog'likni yo'qotishga olib kelgan sababni aniqlab olish zarur. Ibn Sino sog'lik to'g'risida bunday deydi: "Sog'lik shunday holatki, bunda organlar o'z vazifasini to'la bajarish qobiliyatiga ega bo'ladi". Allomani bundan ming yil muqaddam aytgan bu fikrlari yuksak darjada rivojlangan hozirgi zamon tibbiyoti va uning profilaktik prinsiplariga tamomila mos keladi. Ibn Sino amaliy tabobatni ikkiga bo'ladi. Bulardan biri, sog'lom tana rejimi, ya'ni salomatlikni saqlashga qaratilgan tadbirlar bo'lsa, ikkinchisi nosog' (kasal) tana rejimidir. Bunda organizmni normal holatga qaytarish ko'zda tutiladi. Buni alloma davolash bilimi deb ataydi. Ibn Sino ta'limotining davomchilari. Ibn Sino o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi. Sharqning Umar Hayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug'bek, Bedil kabi mutafakkir va olimlari o'z asarlarida Ibn Sino ta'limoti va ilmiy g'oyalarini davom ettirdilar. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Buruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akviyeskiy, Rojer Bekon, Dantem va boshqalar Ibn Sinoning ilg'or fikrlaridan o'z ijodlarida foydalandilar va uning nomini zo'r hurmat bilan tilga oldilar. Ayni vaqtda ham Ibn Sinoning asarlari dunyoning turli kutubxonalarida, faylasuflar, shifokorlar, matematik va tilshunoslarning kitob javonlarida avaylab saqlanmoqda. Butun ilg'or insoniyat, xususan o'zbek xalqi, ilm-madaniyat ahli aql va adolat tantanasi uchun kurashgan, fan, haqiqat yo'lida butun hayotini ilm-fanga, madaniyat va ma'rifatga bag'ishlagan ajoyib iste'dod egasi Ibn Sino bilan g'ururlanadi. Ibn Sinoga berilgan tavsif. U o'z ilmi, merosi bilan o'rta asr Sharqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qilgan. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo'shgan. Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi. Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo'shgan hissasini e'tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo'ysa, A. Dante o'zining «Ilohiy komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L. Feyirbax olimni "Mashhur tabib va faylasuf'dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J. Neru o'zining "Hindistonning ochilishi" degan asarida O'rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta'kidlab: "Ulardan eng mashhuri tabiblar (vrachlar) podshohi degan nomni olgan Buxorolik Ibn Sino (Avisenna)dir",- deb, hurmat bilan tilga oladi. Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

dunyoviy ilmlarni o'rganish haqidagi ta'limotlari, ta'lim-tarbiya haqidagi mulohazalari va tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmatlari dunyo taraqqiyotida o'ziga xos o'rinni egallaydi. Zamondoshlari Ibn Sinoni "Shayx ar-rais" ("Donishmandlar sardori, allomalar boshlig'i"); "Sharaf al-mulk" ("O'lka, mamlakatning obro'si, sharafi"), "Hujjat al-haqq" ("Rostlikka dalil"); "Hakim al-vazir" ("Donishmand, tadbirkor vazir") deb ataganlar. Ibn Sinoning bolaligidagi bir voqyea. Uzuk voqyeasi: Abu Ali ibn Sinoning onasi uni chaqaloqligida cho'miltirayotganida qimmatbaho uzugini yo'qotib qo'ygan ekan. U uzugini ko'p qidiribdi. Lekin hyech qayerdan topa olmabdi. Keyin uni kanizak olgan, deb gumon qilib, bechora kanizakni rosa kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig'lay boshlabdi, kaltaklashdan to'xtashsa, chaqaloq ham yig'idan to'xtabdi. Hamma bundan ajablanib, uzukni yo'qoldiga chiqarishibdi. Ibn Sino tilga kirganida, birinchi aytgan gapi shu bo'libdi: Sizlar o'sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar. Onam meni cho'miltirayotganda, uzugi tog'oraga tushib ketgan edi. U tog'orani ag'darganida uzuk ham suv bilan birga kir o'raga tushib ketgan. Mening tilim chiqmaganidan, sizlarga aytolmagan edim. Kanizakni urganinglarda yig'lab, to'xtatganlaringda yig'idan to'xtashimning sababi shu edi. Shundan keyin o'rani kavlashgan ekan, uzuk topilibdi. Bu voqyeani eshitganu bilganlar Ibn Sino zehniga qoyil qolishgan ekan. Bemorlarni davolashdagi qo'llagan usullari haqidagi rivoyatlar. "Men ho'kizman": Buxorolik bir kishi kasal bo'lib, "Men ho'kizman, meni so'yinglar" deydigan bo'lib qolibdi. Kasalning qarindosh-urug'lari buni Abu Ali ibn Sinoga aytishibdi. Abu Ali kasalning oldiga qassob bo'lib kelibdi va "Qani so'yadigan ho'kizinglar!"- deb baqiribdi. Bemor uning oldiga chopib borib, "So'yiladigan ho'kiz menman", debdi. Abu Ali darrov bemorning qo'l-oyog'ini bog'latibdi, so'ng qo'lida pichoqni o'ynatib, bemorning biqinidan ushlab ko'ribdi-da: -Ho'kizimiz semiz demabmidilaring, bu juda oriq-ku, buni men hozir so'ymayman, sal semirsin, keyin so'yaman, debdi. Bemor bu gapni eshitib: "Qani menga ovqat beringlar, men semiray" deb ovqat talab qilaveribdi. Abu Ali Ibn Sino bemorning oilasiga dori qoldirib, uni ovqatiga qo'shib, bemorga berishni uqtiribdi. Uydagilar shunday qilishibdi. Natijada bemor hademay tuzalib ketibdi. Keyinchalik Abu Ali Ibn Sino bemorning uyiga kelib: - Semirgan ho'kizinglar qani, so'yib beray, debdi va sog'aygan bemorga ko'zi tushib: - E, ancha semiribsan-ku, endi so'ysa bo'ladi, debdi. Bemor tabibning gapidan juda taajjublanibdi v a: Meni so'yadiganning boshi o'nta, tegib ko'rchi, menga, deya do'q uribdi. Yig'ilgan qarindosh-urug'larning hammasi avvalgi voqyeani eslab xoxolab kulib yuborishibdi. Ishq dardiga chalingan qizni davolashi. Rivoyat qilishlaricha, bir shohning qizi betob bo'lib qoladi. Tabiblar uni davolay olmadilar, shunda Ibn Sinoga murojaat qildilar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ibn Sino uni ko'rib: "Uning dardi - ishqdir",- dedi. Saroy kanizaklari uni inkor qildilar. Ibn Sino: "Agar xohlasalaringiz, men sizlarga uni kimni sevishini ham aytib beraman. Bu qizga yaqin bo'lgan yigitlarning nomlarini aytinglar, men uning tomirini ushlab turaman",- dedi. Saroydagilar birma-bir atrofdagi yigitlarning nomini ayta boshladilar. Uning ma'shuqasini ismini zikr qilishganda tomirlari qattiq ura boshladi va hushidan ketdi. Ibn Sino uning dardini shu tariqa aniqladi. Saroy a'yonlari uning dardining davosi nima ekanligi haqida so'radilar. Ibn Sino: "Ishq uning butun vujudini egallab olibdi, agar shu yigitga uni turmushga bermasalaringiz u halok bo'ladi",- dedi. Ibn Sino shu tariqa o'zining donoligi va ziyrakligi bilan bemorning dardini to'g'ri aniqlab, uni davolaganlar ekan. Ibn Sino: "Mening bisotimda (aniq tashxis qo'yish uchun) bor narsalarning eng azizrog'i,- bu bemorning to'g'ri so'zidir",- deydi. Abu Ali Ibn Sino hayotining solnomasi. 980 -Buxoro yaqinidagi Afshona degan joyda Abu Ali Husayn ibn Abdulloh dunyoga keldi. 985 -Ularning oilasi Afshonadan Buxoroga ko'chib o'tdi. 985-995 -Husayn ibn Abdulloh Buxorodagi Mahmud Massoh, Ismoil azZohidiy, Abu Abdulloh Notiliy, Al-Qumriy kabi ulug' olimlardan ta'lim oladi. 997 -Abu Ali Husayn ibn Abdulloh Buxoroning ulug' olim va tabiblaridan biri bo'lib tanildi. Buxoro amirining og'ir kasalini davolashda ishtirok etib, uning evaziga amir kutubxonasida mutolaa etmoqqa ruxsat oladi. 998 -O'zining dastlabki ilmiy asarlarini yaratdi. 999-Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag'darganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli, notinch va og'ir damlar boshlandi. 1002-Abu Ali ibn Sino 21 yoshga yetganda uning otasi vafot etdi. 1005 - Abu Ali ibn Sino Buxorodan Xorazm poytaxti Gurganjga kelib bu yerdagi olimlar davrasida xizmat qiladi. Asarlar yozadi. "Tib qonunlari", "Ashshifo" asarlarining dastlabki materiallarini ham shunda yig'a boshladi. Ibn Sino shu yili Abu Rayhon al-Beruniy bilan uchrashadi. 1012-1014 -Abu Ali Ibn Sino G'azna podshohi Sulton G'aznaviy ta'qibidan qochib Abu Sahl Masihiy bilan birga Xorazmdan chiqib ketdi. Ular Eron sari jo'nadilar. Yo'lda Masahiy vafot etdi. Abu Ali Ibn Sino Niso, Obivard, Shiqqon, Samanqon, Jojurli degan joylarda tentirab yurdi. So'ng Jurjonga keldi. Undan Dehistonga o'tdi. So'ng yana Jurjonga qaytdi. Bu yerda unga Abu Ubayd al - Juzjoniy kelib uchradi. Shundan so'ng ustoz Abu Ali ibn Sino va shogird Abu Ubayd Juzjoniy hamisha birga bo'ldilar. 1014 - Abu Ali ibn Sino Ray shahriga keladi. Bu yerda tabiblik bilan shug'ullanadi, ilmiy ishlarini davom ettiradi. 1016 - Sulton Mahmud G'aznaviyning ta'qibidan qochib Abu Ali Ibn Sino Raydan Kozvin orqali Hamadonga o'tadi. Bu yerda amir Shamsuddavlaning vaziri bo'lib xizmat qiladi. So'ng harbiylarning ig'vosi bilan farajon qal'asiga hibs etiladi. Bu yerda Abu Ali Ibn Sino "Alhidoya" ("Bag'ishlov"), "Hay ibn Yakzon" ("Uyg'oqning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'g'li Tirik"), qulanj kasali to'g'risidagi "Kitobu-l-Kulanj" asarlarini yozadi. "Yurak dorilari" kitobini yoza boshladi. 1025 - Abu Ali Ibn Sino Hamadondan Isfahonga o'tdi. Bu yerda umrining oxirigacha yashadi. "Tib qonunlari", "Ash-shifo", kabi shoh asarlarini tugalladi. "Kitob ul-Aloyi" asarini yozdi. 1037 - Abu Ali Isfahon amiri Alouddavla bilan Hamadon safarida birga bo'ldi. Shu safar davomida eski kasali qo'zg'ab qoldi va 1037 yilda Hamadonda 57 (hijriy 58) yoshida vafot etadi. Abu Ali ibn Sinoni Hamadon shahrining g'arb tomonida qo'rg'on devorining yonida dafn etiladi. 1952 - Alloma qabri ustiga maqbara qurilgan (me'mori X. Sayxun). Maqbara Ibn Sinoga bag'ishlangan muzey xonalarini ham o'z ichiga olgan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak,Ibn Sinoning ilimiy ijodi nafaqat o'z davri uchun,balki undan keying davrlar va bugungi kun uchun o'ta dolzarb va kerakli manba hisoblanadi. Uning asarlaridan G'arb Yevropasida XVII asrgacha tibbiy fanlarda dastur-ul-amal bo'lib xizmat qilganligi uning asarlarining qanchalik qimmatli ekanligidan dalolat beradi.Ibn Sino faqat tibbiyot fani bilan cheklanib qolmasdan o'z davri uchun muhim bo'lgan hisob-kitob,mantiq,falsafa fanlari bilan ham shug'ullangan,Uning asarlarisda falsafiy qarashlar ham yoritilgan.

REFERENCES

1. Abu Ali ibn Sino-Falsafiy qissalar(Abdusodiq Isirov Tarjimasi)-T.2016.

2. Zohidov V. Uch daho (Farobiy, Beruniy, Ibn Sino). - T., 1987.

3. Isaev Y. Abu Ali ibn Sino. - T.: Tafakkur. 2010

4. Abu Ali ibn Sino haqida hikoyalar va rivoyatlar

5. Oqiljon Xusan-Ibn Sino visoli-T.1989.

6. Maqsud Qoriyev-Ibn Sino(II jild)-T.:Sharq.2000.

7. N.Q.Yo'ldoshev-Abu Ali Ibn Sino,Abu Nasr Forobiy,A.Navoiy,Beruniy,Mirzo Ulug'beklarning bozor,extiyoj,moddiyu manfaat haqidsagi qarashlari.-T.2009.

8. Aziz Qayumov-Abu Rayxon Beruniy,Abu Ali ibn Sino-T. 1987.

9. Y.B.Rustamov-Abu Ali ibn Sinoning "Donishmandsnoma" va "Ruh haqida" asarlarida psixologik g;oyalar-(Bitiruv malakaviy ishi).2013.

10. U.I.Karimov,X.Xikmatullayev,M.M.Xayrullayev-Abu Ali ibn Sino-Salomatlik Sirlari-T.2000.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.