Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BOBURIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYO VA HINDISTONNING O'ZARO ALOQALARI, IJTIMOIY-SIYOSIY HOLATI TAHLILI
Xamrabayev Raximjon Raxmonjon o'g'li
Namangan davlat universiteti magistranti
Ushbu maqolada Boburiylar davrida Markaziy Osiyo va Hindistonning o 'zaro aloqalari, ijtimoiy-siyosiy holati tahlili o'rganilgan. Ilmiy izlanishlar tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Movarounnahr, davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, markazlashgan davlat, tarqoq davlat, Sohibqiron, to 'lg 'ama, rojalar, g 'ayridin.
This article examines the relationship and socio-political situation in Central Asia and India during the Baburid period. Scientific studies have been analyzed.
Keywords: Movarounnahr, public administration, socio-economic policy, centralized state, scattered state, Sahibkiran, tolgama, rojas, non-government.
В данной статье рассматриваются взаимоотношения и общественно-политическая ситуация в Средней Азии и Индии в период Бабуридов. Научные исследования были проанализированы.
Ключевые слова: Мовароуннар, государственное управление, социально-экономическая политика, централизованное государство, раздробленное государство, Сахибкиран, толгама, рохас, негосударственное.
Tarixdan ma'lumki, Boburiylar davridagi siyosiy vaziyat o'ziga xos tomonlari bilan ajralib turgan. Shoh Bobur davlat tepasiga kelgandan keyin Hindiston ichki va tashqi siyosati o'zgara boshladi, bu davrga qadar Bobur qisqa vaqtda bir necha marotaba Movarounnahr hukmdori bo'ldi. U 12 yoshidayoq Movarounnahrdek kuchli saltanatni boshqardi, shu sababli unda siyosiy ong shakllanib ulgurgan, saltanat tashqi va ichki siyosatini yakdil o'zi belgilaydigan darajada kuchli bilim salohiyatga ega edi. Bobur Hindistonni qo'lga kiritganidan so'ng aholiga boshqa hukumdorlar singari tazyiq o'tkazmadi, aksincha u mamlakatda tinchlik, faravonlikni ta'minlashga, barqaror hayot yaratishga, aholini turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan islohotlar o'tkazdi. Boburni odillik bilan olib borgan siyosati Hindistonni rivojlantirish, iqtisodiy yuksaltirishga qaratilgan.
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Boburiy sultonlar Hindistonda o'z faoliyatlari davomida (davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatda va hokazolarda) ko'pincha Temuriylar davridagi qonun-qoidalar, an'analar, rasm-rusumlarga amal qilganlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Boburning siyosiy qarashlarida markaziy o'rinni davlat va davlat boshqaruvi egallaydi.
Bobur davlatlar haqida fikr yuritar ekan, ularni ikki turga ajratgan:
1. Adolatli, markazlashgan davlat;
2. Adolatsiz tarqoq davlat.
Hamisha adolatli, markazlashgan davlat tarafdori bo'lgan Bobur, davlatni adolatparvar, ma'rifatparvar podshoh boshqarishi lozim, deb hisoblagan.
U adolatsiz, tarqoq davlat haqida salbiy fikr bildirgan. Boburning fikricha, adolatsiz davlat boshqaruvi hisoblangan qo'sh hokimiyatchilikning salbiy tomoni shundaki, bunda har ikki podshohdan birontasi ham davlatni himoya qilish, qo'shinga qo'mondonlik qilishda shaxsiy mas'uliyat hamda tashabbusni o'z zimmalariga olmaydi va natijada mamlakat dushman tomonidan bosib olinadi. Boburning davlat to'g'risidagi qarashlarida adolatli, markazlashgan davlatning na'munasi bu - Amir Temur saltanati, boshqaruvining eng maqbuli bu-Sohibqironning davlat boshqaruvi edi[1].
Boburiylar davrida siyosiy vaziyat o'ziga xos xususiyatlarini tarixchi Ibn Battutaning o'z esdaliklarida shunday qayd etilgan: «Barqarorlikda yashash uchun hindlarni zo'rlab islomga o'tkazish kutilgan natijalarni bermaganligi va shundan so'ng talay sezgir hukumdorlar ularga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lib, nihoyat, tub aholidan davlat ishiga jalb etishga tushganliklari», Boburning o'ziga xos ichki siyosati bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi[2].
Kuchli siyosatchi bo'lgan Bobur hind madaniyatiga hurmat bilan qarab, madaniyatni rivojlantirishni, ilm-fanning rivojlanishini davlat siyosati darajasigacha olib chiqdi. Buyuk hind xalqining ko'p ming yillik tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tuzimi, qadimiy madaniyati, milliy an'ana va urf-odatlari, qo'shni mamlakatlar, jumladan, o'zbek xalqining o'tmish tarixi bilan ham chambarchas bog'langan.
XVI asrning birinchi choragida Hindistonda Ibrohimshoh Lo'diy hukmronlik qilayotgan yillarda davlat ichida nizolar boshlanib, shohga qarshi harakatlar kuchaydi. Uning amirlaridan Davlatxon Lo'diy va A'lamxon Lo'diy Ibrohimshohga qarshi kurashda Boburni yordamga chaqiradilar. Bobur Hindistonga yurish rejalarini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tuzadi, birinchi navbatda Panjob viloyatini ishg'ol qilishni mo'ljallaydi. Zero, u Panjobni ulug' bobosi Amir Temurdan qolgan meros deb hisoblardi[3].
Bobur Qobuldan Hindistonga besh marta yurish qiladi. Beshinchi yurishda, ya'ni 1526- yil 21-aprelda mashhur Panipat jangi bo'ladi. Bu jang Dehli hukmdori Ibrohim Lo'diy bilan bo'lib o'tadi. Lo'diyning yuz mingga yaqin qo'shini va mingga yaqin jangari fillari bor edi. Boburning esa o'n-o'n ikki ming askarga ega edi. Bu jangda Bobur yangicha harbiy san'at - «to'lg'ama» usulini qo'llaydi. Yetuk sarkardaning ko'p janglarda orttirgan harbiy tajribasi sulton Ibrohimning tartibsiz ko'p sonli qo'shinini ustidan g'alaba qozonishiga sabab bo'ladi.
Bobur harbiy aravalarni bir-biriga qattiq bog'lab, oralariga qurolli mergan yigitlarni joylashtiradi. Ibrohim Lo'diy qo'shinida ko'p sonli jangovar fillari shay turgandi. Jang boshlangach, Bobur qo'shinlari zambaraklardan o't ochib, dushman old qismini talvasaga solib qo'yadi. Shundan keyin maxsus qo'shinlar dushmanning ikki tomonidan «to'lg'ama» usulida hujum qilib, uni qurshab oladi. Jang maydonida Ibrohim Lo'diy halok bo'ladi. Bobur bu jang Shimoliy Hindistonni Dehli va Agra shaharlarini qo'lga kiritadi va u yerda hukmronligini o'rnatadi. Shundan so'ng Bobur Shimoliy Afg'oniston va Shimoliy Hindistonda o'z hukmini joriy etib, boburiylar sulolasiga va boburiylar imperiyasiga asos soladi. 1526- yil 27-aprel kuni Dehlida Bobur podshoh nomiga xutba o'qiladi[4].
Maxaraja Krishna Devarayya vafotidan so'ng mamlakatda uning ukasi A'yuta Krishnadevarayya (1530-1542 yy.) va a'yonlardan Rama Rayya orasida nizolar boshlandi. A'yuta o'limidan so'ng amalda davlatni Rama Rayya boshqardi. Bijonagarga qarshi Dekan sultonlari birlashib, 1565- yilda Tolikot yaqinidagi jangda Rama Rayyani mag'lub etdilar. Shudan so'ng Bijonagarning parchalanishi boshlandi. Imperiyaning sobiq vassallari mustaqil bo'ldilar. Bu zaminda yangi xonlik - Maysur davlati paydo bo'ldi.
1529- yil 1-mayda Bobur armiyasi Gang daryosini kechib o'tib, Gagra daryosiga yaqinlashdi. Afg'onlar va bengallarga qarshi 6-mayda bo'lgan jangda Bobur Hindistonda uchinchi marta katta g'alabaga erishib, Shimoliy Hindistonni o'z tassarufiga o'tkazdi. Bobur bir-biri bilan dushmanlik kayfiyatida bo'lgan mayda mustaqil xonliklar (rojalar)ni sekin-asta qurol va muzokara yo'li bilan birlashtirib, to umrining oxirigacha, ya'ni 1530- yilgacha markazlashgan yirik davlatni vujudga keltiradi.
Bobur 1530- yil 25-dekabrda 48 yoshida vafot etadi. Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi» nomli asarida Boburga baho berib, shunday yozadi: «Bobur hukmdor, dovyurak, serg'ayrat va epchil inson. U hayot nafosatidan
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
lazzatlana bilgan». «Bobur Hindistonga kelishi bilan u yerda yangi davr va yangi saltanat boshlandi, mamlakat qudrati va shuhrati oshib, boburiylar saltanatining shuhrati butun Osiyo va Yevropa bo'ylab tarqaldi,»- deb yozadi[5]. Muallif Bobur haqida gapirar ekan uni diniy jaholatdan xoli hukmdor bo'lganligi va hindistonliklarning milliy urf-odatlari, rasm-rusumlarini barbod qilmaganligini alohida ta'kidlaydi. Bobur dovyurak shaxs bo'lganligini eslatib Neru uning ham jang maydonida, ham she'riyat maydonida bab-baravar javlon urgani haqida hayrat bilan yozadi. Ingliz olimi Erskin U. Boburga baho berarkan, «Biz Osiyodagi hukmdorlar ichida Bobur singari zukko va iste'dodli kishilarni kamdan kam uchratamiz. Undagi aqlning aktiv faoliyati, xushchaqchaqlik, sovuqqonlik, bevafo taqdirning nayranglariga qaramay, ruhining tetikligi, podshohlar orasida kamdan-kam uchraydigan sahiyligi, mardligi, fanga, san'atga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shug'ullana olishi jihatidan olib qaraganda Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta ham podshoh topa olmaymiz» deb yozadi[6]. Muallif ta'kidlaganidek, Bobur Sharq mamlakatlari taxtiga yarashib tushgan hukmdorlarning yorqin namoyandalaridan biridir. Uning shaxsi olijanob inson va ulug' shohga mansub bo'lgan fazilatlaridan tarkib topgan. U jasur va tadbirkor hamda shijoatli sarkarda bo'lib, kishilarni o'z ortidan ergashtira oladigan tashkilotchi lashkarboshi edi[7].
XIX asr ingliz olimi Eduard Xolden Bobur haqida quyidagi so'zlarni yozib qoldirgan: «Bobur, olijanoblikka xos qanday xislatlar mavjud bo'lsa, ularning barchasini egallagan. Agar vaqt va sharoitning xilma-xilligi nazarga olinsa, u paytda Bobur lashkarboshi, ma'mur va adabiyotchi sifatida Sezar bilan bir qatorda turishga arziydigan shaxs bo'lib ko'rinadi. Bobur sevishga arziydigan xarakterdir».
Yirik rus sharqshunosi S.P.Tolstov ham Bobur haqida shunday satrlarni yozgan: «Farg'onalik Zahriddin Muhammad Bobur - Sharqda uyg'onish davrining eng atoqli siyosiy va madaniy arboblaridan biridir».
Boburning merosi xilma-xildir. U ham shoir, ham yozuvchi bo'lgan, musiqa ilmi, she'riy uslub hamda harbiy san'at haqida ilmiy risolalar yozgan.
Hindistondagi Bobur asos solgan sulola 332 yil hukm suradi. Bu yillar Hindiston uchun katta inqilobiy o'zgarishlar davri bo'ldi. Hindistonning yirik davlat va siyosiy arbobi hamda tarixchi olimi Javoharlal Neruning ta'rificha, bu yillar zo'r qudrat, shon-shuhrat yillari bo'ldi. Bu esa mamlakatda, birinchidan, o'zaro nizolar va qonli urushlar ro'y berib turgan vaqtda mayda mustaqil xonliklarga barham berdi, asta-sekin markazlashgan davlat paydo bo'ldi. Ikkinchidan, markazlashgan aloqalarning rivojlanishiga imkon yaratib berdi. Tinchlik tufayli moddiy va madaniy hayot
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
taraqqiy etib, betakror obidalar, qadriyatlar yaratildi. Uchinchidan, hind xalqining xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari va hamkorligi keng ko'lamda rivoj topdi[8].
Hind olimi L. P. Sharma Bobur shaxsini tavsiflab, «U sahiy, olijanob, mard, maftunkor, sevimli va juda madaniyatli kishi edi. U kishi qalbini va vaziyatni darhol anglab olardi. Musiqaga va bog' yaratishga juda ishqiboz edi. Hindistonda juda ko'p inshootlarni barpo etgan»[9],- deb yozadi. Ingliz sharqshunosi Leyn Paul «Bobur Sharq tarixidagi eng maftunkor shaxs»,- deb ta'riflaydi[10].
Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatini saqlab qolish va mustahkamlash, Markaziy Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirish uchun uzoq va qattiq kurash olib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagan, u Afg'onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab, katta imperiyani vujudga keltirdi. Boburiylar sulolasi Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol o'ynadi. Shoirlar orasida Shekspir qanday mavqeyda tursa, Dunyo shohlari ichida men uchun Akbar shunday mavqeyda turadi. Boburiylardan Akbarshoh davrida Hindistondagi siyosiy vaziyat o'ziga xosligi bilan ajralib turgan, U yirik diniy ta'limotlarni o'z ichki siyosatiga hizmat qilishi uchun layoqatli tomonlarni yangi din - «Dini ilohiy»sida uyg'unlashtirib undagi «Tangri barchaga barobar» tamoyili musulmon va hind din peshvolarining mutaassiblik kayfiyatiga chek qo'ydi. U hatto o'z nazariyasining amaliy ko'rinishi sifatida, 1580- yil rasmiy qabul marosimi vaqtida hind brahmanlariga o'hshab bilagiga bog'ich hamda peshonasida hol bilan chiqqan. Yoki saroy otashparastlariga xos odat - o'chmas sham chiroq yoqtirib ular singari yig'ilganlar oldida quyosh va olovga tiz chukkan. Bu bilan Davlat siyosiy barqarorligini asrab qolishga harakat qilgan[11].
Akbar o'z ishlarini mustaqil tarzda qo'lga olgandan keyingi faolyati o'z saltanati hududini yanada kengaytirish bilan bog'liq bo'ldi. Uning fikricha, saltanat sohibi o'z mavqeyini doimo mustahmaklab bormog'i lozim. Aks holda g'animlar unga qarshi qurol ko'taradi deb ta'kidlagan[12].
Akbarshoh Bobur kabi teran aqliy siyosat olib borganligi, uning olib borgan siyosati Bobur olib borgan siyosatning jihatlarini o'zlashtirganiga guvoh bo'lamiz. U siyosiy qarashlarda din omilini yuqori baholaydi. U huddi musulmonlardek hindlar ham hokimiyatning nazarida teng huquqli ekanligini amaliy ravishda namoyon eta oldi[13]. Ammo suniy ravishda joriy qilingan diniy ta'limot saltanatning siyosiy jipslashuviga hizmat qila olmasada, lekin u Akbar siyosatining maqsadi yo'nalishida guvohlik beradi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Sulola silsilasining keyingi vakili buyuk Boburiy shahzodalardan Johongirshohdir. Jahongirshoh ichki siyosati hindlarga nisbatan biror keskin milliy an'analarga qarshi yoki fuqarolik huquqini davlat tamonidan cheklaydigan choralar ko'rmagan bo'lsada, ammo uning davrida otasi Akbar faoliyati samaralari bilan qiyoslash mumkun emas. «Podshohni dinda munosabati ham tabiatiga monand havoyiroq edi. U garchi hind darveshlari yoki nasroniy missionerlar bilan suhbat qurib bahra olsada, ammo kiyin diniy sohada amalga oshirmoqchi bo'lgan tadbirlarining natijasi ko'rinmas edi»[14].
Jahongirshoh davrida siyosiy sustkashlikka yo'l qo'yildi. Yevropaliklar Jahongirga qimmat baho sovg'alar in'om etib, o'z savdo sotiq ehtiyojlarini to'laroq qondirishga urinardi. Bunday hatti harakatlar oqibatida 1613 yilda Suratda faktoriya ochish haqidagi podshoh farmonini olib, shundan boshlab ular Hindistonni o'zlashtirishga kirishdilar[15]. Podshohni maishiy hissiyotlarga berilishi uni o'z yaqinlari orasidagi obrusiga ziyon yetkazib, davlat ishlarini sevikli hotini Nurjahon izmiga o'tishi, oldin ota-o'g'illar, keyinroq aka-ukalar o'rtasida nizolar chiqishiga va siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Jahongirdan keyin davlat tepasiga kelgan Boburiy shahzoda Shoh Jahon nisbatan notinch feodallar isyoni boshlanishida taxtga o'tirdi. Ichki siyosiy, iqtisodiy ahvol barqaror bo'lmagani sababli, qo'shni davlatlar bilan diplomatik munosabatlarga kirishishga va ular bilan aloqani uzmaslikka intildi. Shu bilan birga Shoh Jahon siyosiy vaziyat barqaror bo'lmagan, tarqab ketish havfi ostida turgan mamlakatni saqlab qolish uchun Ahmadnagar, Bijoyapur va Golkondani bo'ysindirish uchun bor imkoniyatini shunga qaratdi. Ichki siyosatda Shoh Jahon hindlarga nisbatan munosabatda deyarli ota-bobolarining yo'lini tutdi. U odillik bilan siyosiy barqaror, iqtisodiy kuchli davlat yaratishga harakat qildi. Shu bilan birga, tashqi siyosatda ham muvofaqqiyatlarga erishdi. Shoh Jahon podshohlik davrida savdo-sotiq, ilm-fan ravnaq topdi. Uning tashqi siyosatida din omili ichki siyosat kabi ustun edi barcha dinlarga hurmat bilan qarar va bu holatni bir xilda ushlashga intildi[16].
Shoh Jahondan keyin davlat tepasiga so'nggi Boburiy shahzoda Avrangzeb uning nogahon kasallikka chalingandan keyin, uch yil hokimyat uchun kurashib taxtga o'tirdi. U hukmronlik qilgan davrda ichki siyosatda qator o'zgarishlar bo'ldi, «g'ayridinlarga» nisbatan choralar ko'rildi, ularning milliy bayramlarini nishonlashni va diniy urf-odatlarini qat'iyan man etdi. Shu asnoda ichki siyosatda turli xildagi muammolar yuzaga kela boshladi[17]. Bu bilan to'xtamasdan Banoros va Matra shaharlaridagi ibodatxonalarni buzib tashladi. Hindistonda muqaddam yuritib kelingan, hindlarga nisbatan mo'tadil siyosatdagi bunday keskin o'zgarish, ba'zi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
musulmonlarning manfaatlariga zid kelib, aholi o'rtasida noroziliklar kuchaya boshladi. Bu hol esa mamlakat ichida siyosiy tarqoqlikka olib keldi, dastlabki noroziliklardan ko'p o'tmay, marathlar, sinkhlar qatorida sunniy mas'habidagi afg'onlar ham hokimyatga qarshi bosh ko'tara boshladilar[18]. Shu bilan birga boburiylar madaniy hayotining talay jabhalariga chek qo'yildi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Bobur davlat tepasiga kelganiga qadar, siyosiy vaziyat barqaror emas edi. Boburning davlat arbobi va bilimdon siyosatchilarga xos hususiyatlari quyidagilarrga sabab bo'ldi:
Birinchidan, Shimoliy Hindiston sharoitida eng nozik hindlarga nisbatan diniy muholifatdan voz kechilib, dinga nisbatan to'g'ri yondashuvlarning yuzaga kelishida hal etuvchi rol o'ynadi.
Ikkinchidan, boburiylar olib borgan o'rinli ichki va tashqi siyosat natijasida siyosiy barqarorlik ta'minlandi.
Uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar feodal daromadining ikki asosiy qismi - savdo va hunarmandchilikni rivojlantirib, qishloq ho'jaligini yanada takomillashishiga olib keldi.
Bobur davlatdagi siyosiy vaziyatni barqarorlashtira oldi va undan keyingi avlod vakillari ham shu tarzda davom ettirdilar.
REFERENCES
1. Хусанбоев О. Захириддин Мухаммад Бобурнинг сиёсий ва хукукий карашлари // Узбекистоннинг мустакил хукукий йули: тажриба ва муаммолар. Илмий-назарий анжуман материаллари. - Т., 1994. - Б. 63
2. Низомиддинов M.F. Хиндистонда ислом: тарих, ижтимоий-сиёсий хаёт ва хинд-мусулмон маданияти. - Т., 2008. - Б. 101.
3. Бобур ва бобурийларнинг жахон маданияти тарихида тутган урни. - Т.: Фан, 2008. - Б. 35.
4. Сотимов F. Бобурийзодалар. - Т.: Маънавият, 2003. - Б. 6-7.
5. Низомиддинов.И^. Хиндистонда ислом: тарих, ижтимоий-сиёсий хаёт ва хинд-мусулмон маданияти. - Т., 2008. - Б. 114.
6. Erskine W. History of India under the two first sovereigns the house of Taimur, Babur and Humaiyn, vol.1-2 London, 1854 - Р.12.
7. Эрскин Уильям. Бобур Хиндистонда. - Т.: Чулпон, 1995. - Б. 102.
8. Караматова Д. Бобур ва хинд маданияти // Гулистон, №1, - Б. 32.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 5/2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
9. Камчибек Кенжа Х,инд сорига. - Т., 2000. - Б. 205.
10. Низомиддинов M.F. Х,индистонда ислом: тарих, ижтимоий-сиёсий хдёт ва хднд-мусулмон маданияти. - Т., 2008. - Б. 114.
11. Сотимов F. Бобурийзодалар. - Т.: Маънавият, 2003. - Б. 20.
12. Низомиддинов И. Урта Осиёнинг чет эл шарки билан муносабатлари. - Б. 27.
13. Низомиддинов KF. Х,индистонда ислом: тарих, ижтимоий-сиёсий хдёт ва хднд-мусулмон маданияти. - Т., 2008. - Б. 116.
14. Узбек дипломатияси тарихидан. Тарихий очерклар ва лавхалар. - Т., 2003. - Б. 113.
15. Низомиддинов И. Урта Осиёнинг чет эл Шарки билан муносабатлари. - Т.: УзДавНашр, 1961. - Б. 27.
16. Сотимов F. Бобурийзодалар. - Т.: Маънавият, 2003. - Б. 45.
17. Hayrullo o'g'li M. R. HINDISTONDA INGLIZ MUSTAMLAKACHILIK TIZIMINING YEMIRILISHI, DEMOKRATIK TAMOYILLARNING QAROR TOPISHI. - 2022.