Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY MUSIQIY ME’ROSINI O‘RGANISH VA ULARNI YOZIB OLISHNING MUSIQIY IJROCHILIK RIVOJIDAGI TARIXIY AHAMIYATI'

O‘ZBEK MILLIY MUSIQIY ME’ROSINI O‘RGANISH VA ULARNI YOZIB OLISHNING MUSIQIY IJROCHILIK RIVOJIDAGI TARIXIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
578
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ahmadjon Yuldashev

Maqolada boy va ko‘p qirrali O‘zbek milliy musiqiy me’rosimiz, musiqiy-etnografchi olimlar tamonidan ularni to‘plash va notalashtirish borasida olib borilgan ulkan ishlar, o‘z kasbiga fidoyi musiqiy allomalarning buyuk va zahmatli mehnatlari, birinchi ochilgan musiqiy oliy o‘quv yurtlari haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY MUSIQIY ME’ROSINI O‘RGANISH VA ULARNI YOZIB OLISHNING MUSIQIY IJROCHILIK RIVOJIDAGI TARIXIY AHAMIYATI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

O'ZBEK MILLIY MUSIQIY ME'ROSINI O'RGANISH VA ULARNI YOZIB OLISHNING MUSIQIY IJROCHILIK RIVOJIDAGI TARIXIY AHAMIYATI

Ahmadjon Yuldashev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Maqolada boy va ko'p qirrali O'zbek milliy musiqiy me'rosimiz, musiqiy-etnografchi olimlar tamonidan ularni to'plash va notalashtirish borasida olib borilgan ulkan ishlar, o'z kasbiga fidoyi musiqiy allomalarning buyuk va zahmatli mehnatlari, birinchi ochilgan musiqiy oliy o'quv yurtlari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: etnograf, musiqa savodi, nota yozuvi, gramofon, lapar, folklor, xalq qo'shiqlari, milliy o'yinlar, shoshmaqom, musiqa o'quv yurtlari

THE HISTORICAL SIGNIFICANCE OF STUDYING THE UZBEK NATIONAL MUSICAL HERITAGE AND THEIR RECORDING IN THE DEVELOPMENT OF MUSICAL PERFORMANCE

Ahmadjon Yuldashev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The article describes our rich and multifaceted Uzbek national musical heritage, the great work done by music-ethnographers in collecting and notating them, the great and painstaking work of devoted musicians, the first opened musical higher educational institutions are discussed.

Keywords: ethnographer, music literacy, notation, gramophone, lapar, folklore, folk songs, national games, shoshmakom, music schools

Xalq musiqa ijodi namunalarini to'plash va o'rganish musiqiy madaniyat tariximizning eng dolzarb masalalaridan biridir. Milliy qo'shiqlar xalqning ma'naviy hayoti bilan chambarchas bog'liq bo'lib, uning ichki kechinmalari, maishiy hayotini aks ettiradi... Me'rosni o'rganib chiqmasdan yangi musiqiy madaniyatni yaratish mumkin emas", deb yozadi V.A.Uspenskiyl.

O'zbek musiqa me'rosining ikki qatlamga ajratilishi natijasida har ikkala soxani o'rganuvchi turli fan tarmoqlari paydo bo'lgan. Ularning aksariyati musiqiy folklorni tadqiq etishni maqsad qilib qo'ygan. XX asrga qadar og'zaki tarzda yetib kelgan musiqiy me'ros namunalarini o'rganish, ilmiy tadqiq etish masalalari yuzaga chiqdi. Birinchi navbatda me'rosni to'plash, nota yozuviga tushirish, nashr ettirish zarurati paydo bo'ldi. Chunki, mavjud yozma yodgorliklar oz bo'lib, ularning aksariyat qismi

1 История узбекской советской музыки. Том I. - Т., 1972.

o'rta asrlar davri kasbiy musiqasiga tegishlidir. Musiqiy folklorga oid manbalar juda kam. Shunday manba'lardan bin - Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk"asaridir. Asarda pand-nasihat, mehnat mavzularida she'rlar keltiriladi.

O'rta Osiyoda musiqiy me'rosni notaga tushirish ishlari XIX asrning ikkinchi yarmida boshlangan. Bu ishni boshlab berganlar A.Eyxgorn va F.Leysekdir.

Avgust Fyodorovich Eyxgorn 1844-yilning 2-aprel kunida Avstriyaning Lasnits shahrida tavallud topdi. Uning kasbi skripkachi bo'lib, kompozitsiya sohasida ham bilimga ega edi. A.F.Eyxgorn 1870-yili Toshkentga keldi va xarbiy kontsertmeyster lavozimida faoliyat yurita boshladi. Musiqiy-etnografik faoliyatini A.F.Eyxgorn 1871-yildan boshlab, 1883 yilgacha davom ettirdi. 1871-1883-yillar mobaynida u To'ytepa (1871 yil), Qo'qon (1876 yil), Farg'ona vodiysi bo'ylab (1879-yil), musiqiy - etnografik sayohatlar uyushtirdi va xalq musiqa ijodiga oid ko'plab materiallar yig'ib keldi.

A.F.Eyxgorn sayohati davrida mahalliy tilni bilmasada, she'riy matnlarni ham yozib olishga harakat qilgan. Mazkur jarayonda u qo'shiqning kelib chiqish tarixi, tarqalgan joylari, ijodkorlarning nomlari va tarjimai holini so'rab-surishtirdi. Ishga bu tarzda yondoshilganligi A.F.Eyxgorn faoliyatiga alohida qiziqish uyg'otadi va uning uslubining ijobiy tomonlarini belgilab beradi.

A.F.Eyxgorn nafaqat o'zbek, balki qirg'iz va qozoq xalqlarining qo'shiqlari, cholg'u kuylarini ham to'plagan. Aynan Eyxgorn mazkur xalqlarning folklor materiallarini to'plovchisi hisoblanadi. Undan avval faqatgina Lyovshining "Opisanie kirgiz-kazaxskix ili kirgiz-kaysakskie ord i stepey" nomli ishida qozoq xalqining ikkita cholg'u kuyi berilgan edi (1832-yil). A.F.Eyxgorn qozoq va qirg'iz xalqlarining musiqasini nazariy masalalariga ham katta e'tibor bergan. Shu bilan birga A.Eyxgorn Markaziy Osiyo xalqlari musiqa solg'ularini yig'ish, cholg'ular kolleksiyasini tuzish ishlarida ham faollik ko'rsatgan. U o'ttiz oltita cholg'udan iborat majmuani to'plashga muyassar bo'lib, ularning har biriga yozma ta'rif bergan.

Chexiyalik harbiy kapelmeyster va kompozitor Frantishek Vatslav Leysek 1878-1935-yillari O'zbekistonda yashab, milliy kuy-qo'shiqlarni to'plash borasida ancha ishlarni bajaradi. F.Leysek O'rta Osiyo xalqlari musiqasining 200 ga yaqin namunalarini to'plab, uni Rossiya ko'rgazmasiga taqdim etganligi ma'lum. O'zbek musiqiy me'rosini to'plash va yozib borish ishlari XX asrda izchil amalga oshirib borildi. 1919-yili Turkiston Respublikasi Xalq Maorif Kommisarligining San'at bo'limi huzurida tashkil etilgan Badiiy-Etnografik komissiyasi keng ko'lamli faoliyat olib bordi. Komissiya a'zolari - G'ulom Zafariy, Viktor Uspenskiy, Nikolay Mironov O'rta Osiyo xalqlari musiqa ijodini atroflicha o'rganishni, ularni to'plab, turkumlab nashr etishni o'z oldilariga maqsad qilib qo'ydilar. Bu borada bajarilgan yirik ishlardan biri - O'zbek va tojik xalqlarining yirik musiqiy yodgorligi bo'lmish "Shoshmaqom" turkumini yozish jarayonidir.

I icclT^^^^H 434 http://oac.dsmi-qf.uz

1932-yili V.A.Uspenskiy Buxoroga borib, maqom ijrochiligi ustozlaridan bo'lmish hofiz Ota Jalol Nosir, tanburchi Ota G'iyos Abdug'anilar ijrosida "Shoshmaqom" turkumini yozib oldi. Mexanik yozuv uskunasi bo'lmaganligi sababli, yozib olish jarayoni ancha qiyinchiliklar bilan faqat tanbur ijrosida tinglash orqali yozib olingan. Maqomlarga xos bo'lgan ko 'pgina milliy qirralari (bezaklar)ni nota yozuvida aks ettirish ancha mushkul bo'lgan va qator qiyinchiliklar tugMirgan. Lekin shunga qaramay bajarilgan ishlar ko'lamini mashxur musiqashunos V.M.Belyaev tomonidan katta ilmiy qiymatga egaligi ta'kidlangan.

Badiiy-etnografik kommisiya faoliyatini yana bir muhim tomoni - kasbiy darajadagi musiqachilar bilan ishlar olib borishdan iborat edi. Shunday moxir sozanda, ko 'plab maqom yo'lidagi asarlarni yoddan bilguvchi musiqachilardan biri bo'lmish Shoraxim Shoumarovdan V.A.Uspenskiy 1925-yili "Dugoh Husayn" va "Chorgohni" yozib oldi, shu yilning bahor oylarida V.A.Uspenskiy Qo'qonning Isfara qishlog'iga borib Lola saylida ijro etiladigan kuy va qo'shiqlarni yozib kelib nashr ettirdi ("Naqshi kalon", "Naqshi kurd").

1925-yili V.A.Uspenskiy folklor-etnografik jarayonlar bilan bog'liq faoliyatini ikkinchi bosqichi boshlandi. U Turkmanistonga ekspeditsiya tashkillashtirdi, ushbu ekspeditsiya ishlari 1929 yili yakunlandi. Ekspeditsiya natijalari sifatida turkman musiqasi haqida kitob yozildi2.

V.A.Uspenskiy faqatgina folklor materiallarini to'plash bilan chegaralanib qolmay ilmiy-tadqiqot ishlarini ham olib bordi. Masalan, 1927 yili chop ettirilgan "O'zbek klassik musiqasi" deb nomlangan nazariy maqolasida, sharq musiqasiga nisbatan qarashlari, arab-fors musiqa tizimlarining tahlili haqida bayon qiladi.

1927 yili A.Fitratning "O'zbek klassik musiqasi tarixi" kitobi nashr qilindi. Muallif mazkur ishida milliy kadrlarni tayyorlash, sharqshunoslik va musiqashunoslik soxalarining o 'zbek musiqasi tarixini o'rganishda tutgan o'rni haqida mulohazalarini bayon etgan. Xususan kitobda "Shoshmaqom"ning qismlari xaqida, musiqa cholg'ulari haqida batafsil ma'lumotlar beriladi. Fitratning ushbu risolasi o'zbek musiqa tarixini o'rganishda ahamiyati katta.

O'zbekistonda musiqa madaniyatining rivojlanishini, xalq ijodiyoti namunalarini yozish ishlarini jad'al sur'atda olib borishini xayot taqozo etdi. Bunda mutaxassislar tayyorlash masalasi birlamchi bo'lib qoldi.

Bu kabi masalalar bilan shug'ullanish uchun 1928 yili Samarqandda tashkil etilgan O'zbek musiqa va xoreografiya institutiga topshirildi. Bu davrda institut rahbari N.N.Mironov edi. Musiqiy me'rosni to'plashda N.N.Mironovning (18701952) faoliyati e'tiborni jalb qiladi. Turkistondagi o'z faoliyatini avvaliga rus armiyasining harbiy kapelmeststeri sifatida boshlagan N.N.Mironov, keyinchalik musiqiy-ma'rifiy ishlar borasida jonbozlik ko'rsatgan edi. 1928 yili uning tashabbusi

2 V.Uspenskiy i V.Belyaev.Turkmenskaya muzika, t.I, 1928.

I icclT^^^^H 435 http://oac.dsmi-qf.uz

bilan Samarqandda o'zbek musiqa va xoreografiya instituti ochilgan bo'lib, unda saboq berishga Ota Jalol, Ota G'iyos Abdug'ani, Domla Halim Ibodov, Abduqodir Ismoilov, Ahmadjon Umrzoqov, Matyusuf Xarratov singari mashhur hofiz va sozandalar jalb etilgan. Institutda fonograf orqali valiklarga muxrlash ishlari ham bajarilardi. Bu faoliyat natijasida N.N.Mironov tomonidan nashrga uchta kitob tayyorlanib, ularga maxalliy kompozitorlar- Muxtor Ashrafiy, Sharif Ramazonov, Tolibjon Sodiqovlar yozib olgan milliy kuylar to'plangan edi.

1932-yili mazkur institut Toshkent shahriga ko'chirildi. Bu dargohning xodimlari V.A.Uspenskiy, Ye.E.Romanovskya (1890-1947), Ilyos Akbarov va X.Muxamedovlar (1915-1993) Toshkent, Farg'ona vodiysi (Andijon, Farg'ona, O'sh va Marg'ilon), Xorazm va Buxoro bo'ylab musiqiy-etnografik ekspeditsiyalari uyushtiradilar. Bir qator chop etilgan to'plamlar ana shu mehnatning hosilasidir. Xususan, "O'zbek xalq qo'shiqlari" (1,2 kitoblar - 1939, 3 kitob - 1954), "Xorazm klassik muzikasi" (1939), "O'zbek cholg'u muziqasi" (1948), "Navoiy so'ziga muzikalar" (1949), "O 'zbek vokal muzikasi" (1950) nota to'plamlari shular jumlasini tashkil etadi. Ushbu yozuvlar mazmunida xalq musiqasi - Farg'ona ayollarining qo'shiqchilik ijodi va kasbiy musiqaga doir xorazm maqomlarining cholg'u va boshqa rivojlangan ashula yo'llari o'z aksini topgan edi. Shuningdek, 1949 yili Ilyos Akbarov O'zSSR xalq artisti Usta Olim Komilovdan 50 ga yaqin doira usullarini yozib oladi va 1952 yili "Doira zarblari" nomi bilan chop ettiradi.

O'zbekiston Respublikasi bo'ylab xalq musiqiy ijodiyotini o'rganish va o'zlashtirish jarayoni kechayotgan davrda qo'shni xalqlar an'anaviy musiqasini yozib olish hamda ularni ilmiy-amaliy tadqiq etish tadbirlari ham ma'lum maromda davom etdi. Bu yo'nalish bo'yicha musiqashunos olimlar V.Belyaev va V.Uspenskiylar bilan birgalikda boshqa mualliflar ham samarali faoliyat ko'rsatishdi. Xuddi shu amallar xosilasi deb 1928-yili Moskva shahrida chop etilgan V.Belyaev va V.Uspenskiylarning "Turkman musiqasi" kitobini misol qilishimiz mumkin. Bu kitob turkman xalq an'anaviy musiqaning 115 ta namunasi va shu mavzular bilan bog'liq ilmiy-nazariy maqolalarni o'z ichiga olgan. Jumladan, musiqashunos olim A.Zataevich ham qozoq va qirg'iz xalqlari an'anaviy musiqa ijodiyotiga taaluqli bir necha yirik ishlarni amalga oshirgan. Bu o'rinda 1925-yili Orenburg shahrida nashrdan chiqqan "1000 ta qozoq xalqi aytimlari", 1931-yili Olma-Ota shahrida nashr etilgan "500 ta qozoq aytim va kuylari", Moskvada chop etilgan "250 ta qirg'iz cholg'u va aytimlar" kabi to'plamlarni eslash joizdir.

O'ziga xos tashabbus va fidoiylak bilan boshlanib samarali natijalar bergan ishlarni keyinchalik yosh milliy mutaxasssislar ham baholi qudrat davom ettirishib ijobiy marralarni qo'lga kiritishdi. Natijada, Markaziy Osiyo xalqlari an'anaviy musiqa ijodining turli hil qirralarini yorituvchi qator ilmiy tadqiqot ishlari va musiqiy to'plamlar nashrdan chiqdi.

I ihSi^^Bl ^36 http://oac.dsmi-qf.uz

O'zbek an'anaviy musiqa me'rosini notaga olish jarayoni 50- yillarda o'z jarayonini yangicha yo'nalishda davom ettirib, institut xodimlari safi yosh mutaxassislar balan kengaydi. Jumladan, musiqashunos olima K.Olimboeva (19261992) "Shoxsanam va G'arib" dostonidan ayrim kuylarni notalashtirdi. Toshkent, Farg'ona (1951) va Xorazm viloyatlariga (1952) taniqli folklorshunos olimlar M.Alaviya va K.Abdullaevlar bilan ekspeditsiyalarda qatnashib, zamonaviy xalq qo'shiqlarni yozishga muvaffaq bo'ldi hamda "25 o'zbek xalq qo'shig'i" to'plamini nashr uchun tayyorladi.

Shu davrlardan (1950) boshlab institutning musiqa bo'limi mudiri F.M.Karomatov rahbarligida O'zbekiston viloyatlari - Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona vodiysiga ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan ushbu ijodiy jarayonda qimmatli manbalar to'plangan bo'lib, ular asosida F.M.Karomatov "O'zbek do'mbra musiqasi" (1962), "O'zbek xalq qo 'shiqlari" (1980) va hozirda ikki kitobdan iborat "O'zbek xalq musiqa me'rosi" (1 kitob, 1978; 2 kitob, 1985) to'plamlarini bosmadan chiqardi.

Akademik Yunus Rajabiy (1897-1976) ham o'zbek musiqa me'rosini asrab qolish va uni rivojlantirishda ulkan hissa qo'shgan san'atkorlardan biridir. Yunus Rajabiyning o'zbek musiqasining deyarli barcha janrlarga mansub nota yozuvi namunalari ko''p tomlik "O'zbek xalq musiqasi" (1-5 tomlar, 1955-59)da nashr etilgan. Ushbu to'plamlarda, jumladan, bolalar qo'shiqlarii, xalq aytimlari (qo'shiq, lapar, yalla, ashula), katta ashulalar, cholg'u kuylari, Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari, muxtasham Shoshmaqom turkumi munosib o'rin olgandir.

1966-1975 yillarda Shoshmaqom namunasini olti jildda qaytadan nashr etilishi hamda bu maqomlarni Yunus Rajabiy rahbarligidagi O'zbekiston teleradiosi maqomchilar ansambli ijrosida audio tasmalar va plastinkalarga yozib olinishi bu ro'yxat salmog'ini yanada oshiradi.

Akademik Yu.Rajabiy to'plamlari nisbatan mukammal darajada bajarilganligi bilan o'zbek musiqasini amaliy o'zlashtirish va nazariy o'rganishda benihoya qimmatli manbadir.

Ayniqsa, Shoshmaqom nota yozuvi yo'llari avvalgi urinishlardan sifatli farq etishini ta'kidlash kerak. Bunda ovoz xususiyatlari ma'lum darajada inobatga olinib, kuy-ohanglarga o'zbek mumtoz she'riyati namunalari monand etilganligi kabi muhim xolatlarini alohida aytish mumkin.

Shu o'rinda, Xorazm maqomlarini ham to'liq turkum (ya'ni ham chertim, ham aytim yo'llari) tarzida Matniyoz Yusupov (1925-1992 yy) tomonidan yozib olinishi va 1958 yili "O'zbek xalq musiqasi" to'plamining oltinchi jildida chop etilishi e'tiborga molikdir. Bunda notaga oluvchi maqom aytim yo'llarini ovoz va tanburga oid alohida yozuvlarda aks ettirganki, natijada maqom ijrosi xususida aniqroq tasavvurga ega bo'linadi. Xorazm maqomlari ham jiddiy o'zgarish va to'ldirishlar

I îhSi^^Bl 437 http://oac.dsmi-qf.uz

bilan 80-yillar davomida qaytadan nashr etilgan edi. Shuningdek, Xorazm musiqa an'analarini o'rganishda M.Yusupov nota yozuvlariga olgan mahalliy ashula, lapar, suvora va boshqa aytim hamda cholg'u kuylari muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu mehnat natijalari "O'zbek xalq musiqasi" ko'p tomligining VII (1960 y) va IX (1962 y) jildlarida o'z aksini topgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. История музыки народов Средней Азии и Казахстана. М., 1994 г.

2. Т.С.Вызго. Музыкальные инструменты Средней Азии М., 1980 г.

3. Беляев В. Очерки истории музыки народов СССР, т,1. М., 1962 г.

4. Н.Н.Миронов. Обзор музыкальных культур узбеков и других народов востока. Самарканд. 1931 г.

5. V.A.Uspenskiy "O'zbek klassik musiqasi" 1927 y.

6. Y. Rajabiy "O'zbek xalq musiqasi" I-VI tomlar, 1958 y.

7. A.Fitrat "O'zbek klassik musiqasi tarixi" T. 1927 y.

8. V.A.Uspenskiy, Ye.E.Romanovskya , Ilyos Akbarov va X.Muxamedovlar "O'zbek xalq qo'shiqlari" (1,2 kitoblar - 1939, 3 kitob - 1954),

9. F.M.Karomatov "O'zbek xalq musiqa me'rosi" 1 kitob, 1978 y; 2 kitob, 1985y.

10. A LOOK AT THE GENRE OF UZBEK FOLK MUSIC. CUURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. Azizov S,Yuldashev A, Boboyev V.

11. Development of a material and spiritual culture of Central Asian people.Philosophical readings XIII.4 (2021), pp.2585-2591. 2585

12. Azizov S., Yuldashev A., Boboyev V., B. Jurayev.

13. Shodiyeva, G. "The Importance of Harmony of Music and Physical Movement in Students' Comprehensive Development." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 3.6 (2022): 1-4.

14. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

15. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

16. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

17. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

18. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARA RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "Analysis Of The General State Of Music Education In A Secondary School." Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 1.1 (2021): 112-116.

20. KHOLJURAYEVICH, MADAMINOV NASIMJON, and FOZILOV KAXRAMON MADAMINOVICH. "The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing." JournalNX 7.1: 128-130.

21. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kahramon Madaminovich. "The role of music culture in inculcating the idea of national independence in the minds of the younger generation." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.5 (2021): 71-74.

22. Irgasheva, Nilufar, and Kahramon Fozilov Nasimjon Madaminov. "DEVELOPING STUDENTS'MUSICAL CULTURE AND UNDERSTANDING BY LISTENING TO MUSIC." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol 8.7 (2020).

23.Axmedovich, Turdiev SHavkat. "Problems of student preparation for work with children's choir collective." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133135.

24. Akhmedovich, Turdiev Shavkat. "Features Of Pedagogical Traditions In Uzbek Folk Music." Journal of Positive School Psychology 6.9 (2022): 2263-2266.

25. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 59-61.

26. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

27. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

28. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

I icclT^^^^H 439 http://oac.dsmi-qf.uz

29. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (266G-963G) S (2G21): 42-45.

3G. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-2G9.

31. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (266G-963G) S (2G21): 42-45.

32. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2S36 Impact Factor: V.6G3 11.11 (2G22): 5V-61.

33. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 1G.11 (2G22): SGS-S11.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.