Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI'

O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
473
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / shakllanish davri / doston

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Rasulova

Mazkur maqolada o‘zbek xalqining shakllanish davrida musiqa madaniyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQINING SHAKLLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 2 / April 2023

O'ZBEK XALQINING SHAKLLANISH DAVRIDA MUSIQA MADANIYATI

S.Rasulova Qo'qon DPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek xalqining shakllanish davrida musiqa madaniyati to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, shakllanish davri, doston

MUSIC CULTURE DURING THE FORMATION OF THE UZBEK PEOPLE

S.Rasulova Kokand SPI

Abstract: This article provides detailed information about the musical culture of the Uzbek nation during its formation.

Keywords: music culture, formative period, epic

XI asrda yaratilgan dostonlardan biri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» dostoni hisoblanadi. «Qutadg'u bilig» dostonida muallif o'z oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg'achxon bilan Eloqxonlar o'rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma'rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ'ib qilish kabi maqsadlarni qo'ygan.

«Qutadg'u bilig» qoraxoniylar hokimiyatining o'ziga xos odob-ahloq nizomnomasi bo'lib, bu ramziy- majoziy tilda bayon etilgan asar yurt egalari bo'lmish katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va unda mamlakatni adolat bilan boshqarish, tinchlikni saqlash, xalqning og'irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma'naviy axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma'rifatga keng e'tibor berish, iste'dod sohiblarini qo'llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo'yicha maslahat va tavsiyalar berilgan.

Yusuf Xos Hojib «Qutadg'u bilig» dostonida 4 odob tamoyilidan keyin musiqiy borasida bosh odob mezoni navo atamasi ikki ma'noda keladi. Birinchi tor ma'noda kuy, kuy yo'li. Ikkinchisi - keng ahloqiy ma'noda rug'iy ozuqa, ruhiy bahra va shu orqali ruhiy olamga, ilohiyatga intilish yo'l topish. Bu o'rinda Qutadg'u boshida quyidagi bayt mavjud.

Kimki erur qalbi benavo,

Na ulukdir, na tirikdir, dardi bedavo.

Bu so'zlarning tagida chuqur odob- ahloq falsafasi yotadi. Chunki kichik koinot deb qaralgan inson zoti o'zining ruhiyati bilan ulug' va boshqa jonzotlardan farq qiladi.

Ruhiy barkamollikka intilish Xorazmshohlar dunyo qarashida yetakchi ahamiyat kasb etgan va musiqiy zavq olishga katta etibor qaratilgan. Shohlar, vazirlar, davlat arboblari, hattoki sultonlar musiqiy ilmiga katta e'tibor berib, nafis majlislaru shohona bazmlarning zakiy va zabardast sozandalar davrasida o'tkazishda, o'zlari ham soz chalishga talpinganlar. Xususan, Xorazm sultonlaridan Takash, Muhammad Xorazmshoh va Jaloladdin Manguberdilar o'zlari dutor chalish hamda ko'p qismli navbalar (Xorazm dutor maqomlarining qadimiy nomi) ijro etishni odat qilganlar.

Zamonasining eng «Buyuk ustoz - Shayxi sharif» unvonini olgan qomusiy olim Faxriddin Roziyning (1149-1209) «Jome' al-ulum» («Ilmlar majmuasi») asari xorazmshoh Alouddin Takash iltimosiga binoan yozilgan. Muallif fanlarni naqliy (kalom, fiqh, mazxab, tafsir va h.k.) va aqliy (tarix, grammatika, aruz, mantiq, fizika, algebra, musiqa, astronomiya, siyosat, davlat boshqaruvi va h.k.), furu'iy (boshqa fanlardan hosil bo'luvchi) va asliy (asosiy) singari qismlarga bo'ladi.

XI-XIV asrlarda Sharqda boshqa ilmlar qatori musiqani ham jadal sur'atlar bilan rivojlanishi va «ilmi advor» ta'limotini qaror topishi munosabati bilan oldingi asabi hamda abjad tizimlaridan mukammalroq jadval yozuvi joriy etiladi. Uni endi tom ma'nodagi nota yozuvi deyish mumkin. Ushbu davrlarda yetakchi cholg'u asbobi «ud» bo'lganligi uchun, bu yozuv unga moslangan hamda «ud jadvali» («tabulatura»si) nomini olgan. Ud jadvali ilk bor «ilmi advor» ta'limotining asoschisi Safiuddin Abdulmo'min Bag'dodi Urmaviy (1216-1294) tomonidan joriy etilgan. Ilmi advor ta'limotining peshvozlari Maxmud Sheroziy (1236-1311) va Abdulqodir Marog'iy (1353-1435) Adurahmon Jomiy va boshqalar bu ta'limotni davomchilari bo'lib maydonga chiqdilar.

Safiuddin Urmaviy (vafoti 1294 y.). Sharq musiqa ilmini, Forobiy va Ibn Sinodan keyin, eng yirik namoyandasi hisoblanadi. Safiuddin Abdulmo'min Urmaviy buyuk Forobiy kabi musiqa ilmi va amaliyotida barobariga zabardast bo'lgan. U qadimiy Ozarbayjonning Urmiya shahrida (Tehrondan 120 km, janubda) tug'ilgan. Lekin uning deyarli butun umri Abbosiylar saltanatining poytaxti Bag'dodda o'tganli sababli arab tadqiqotchilari uni Safiuddin Urmaviy Bag'dodiy deb ham yuritadilar.

Safiuddin 19 yoshligida mohir ijrochi, hofiz va mashhur bastakor bo'lib tanilgan. Safiuddin Urmaviy musiqa san'ati, bilim va mahorati haqida o'z davrida va keyingi zamonlarda ko'plab rivoyatlar yuzaga kelgan. Safiuddin boshqa ilmlarda, xususan, aniq fanlar borasida ham katta shuhrat qozongan. Zamonasining yirik matematigi Nasriddin Tusiy asarlari Safiuddin ijodiga zo'r ta'sir ko'rsatgan va uning musiqaviy qarashlarida oqilona g'oyalarni yuksak cho'qqiga ko'tarilishiga olib kelgan.

U o'zidan oldin o'tgan olimlar Forobiy, Ibn Sino meroslarini ijodiy o'zlashtirib, musiqa ilmini yangi pog'onaga ko'targan. Safiuddin Urmaviyning musiqaga oid

mashhur risolalari: «Sharafiya» («Kitob al-Sharafiya») va «Davrlar kitobi» («Kitob al-advor»), Urmaviyning ilmu ta'lif borasidagi qarashlari Sharq musiqasida hozirgacha o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Bu ta'limotning xususiyati nimada? Agar Forobiy va Ibn Sino musiqaning parda tuzilish sistemasini empirik asosda (ya'ni tajribaga tayanib) tuzgan bo'lsalar, Urmaviy bu jihatdan oqilona g'oyalarni oldinga suradi.

Forobiy va Ibn Sino tovushqatorlari asosida katta-kichikligi turlicha bo'lgan pardalar yotsa, Urmaviy ularni bir xilda teng taqsimlashni joriy qiladi. Musiqa ilmida maqom iborasi birinchi bo'lib Safiuddin Urmaviy tomonidan ishlatilgan. Sharq musiqasida keng tarqalgan «12 maqom» sistemasi ham ana shundan boshlanadi.

Keyinchalik atoqli tojik mutafakkiri Abdurahmon Jomiy (XV asr) 12 maqomni ustozona musiqaning eng qadimiy yo'llari deb biladi. Jamlarning maqomlardan keyingi xili ovozlar deb yuritiladi. Ular 6 ta. Uchinchi navi esa sho'balar deyiladi. Sho'balar soni 24 ta. Yuqorida qayd qilinganidek, jamlar doiralar deb ham yuritilgan.

Urmaviyning zamondoshi Qutbiddin Sheroziy (1236-1311 yillar) o'z zamonasining ulkan musiqashunosi va olimi edi. Uning «Durratu toj, g'urratu deboj» deb nomlanuvchi ensiklopediyasining musiqaga oid qismi «Dar bayoni haqiqati parda, ovoz, tarkib va sho'ba» mashhurdir.

Bu davrga kelib musiqiy qasidalar bitish el sozandalari orasida rasm bo'la boshlaydi. Qasida «nazmiy asar turi». Sharq mumtoz adabiyotidagi she'riy janrlardan biri, ko'pincha biror shaxsning (odatda hukmdor yoki oliy martabali kishining) madhiga bag'ishlanib bitilgan. Qasida hajmi 20 baytdan 200 baytgacha bo'ladigan she'riy asarlardan iborat bo'lgan.

Amir Temur saltanatining tashkil topishi bilan Samarqand ma'muriy markazga aylandi. Buxoro esa ma'naviy va siyosiy hayotning tayanchi vazifasini o'tay boshladi. So'ngra Temuriylar saltanatining parchalanib ketishi munosabati bilan uning asosiy o'zagida poytaxti Buxoro, ikkinchi yirik shahri Samarqand bo'lgan Shayboniylar (XVI asr), Ashtarxoniylar (XVII asr) va Mang'it xonlari (XVIII asr) davlati qaror topdi. Amir Temur zamoniga kelib uning harbiy yurishlari natijasida turli mamlakatlardan keltirilgan hunarmandlar, olimlar, xonandayu sozandalar shahar madaniyatining o'sishiga katta hissa qo'shdilar va sanoyi nafisa bilan qiziquvchi yoshlarga o'z hunarlarini o'rgatdilar.

Bu davrdagi o'ziga xos bir an'ana maxsus nog'oraxonalar tashkil etilib u yerdagi nog'orachilarning vazifasi kun chiqishi, tushlik va kun botish paytida kuylar chalish, keyinchalik kunning har soatiga mo'ljallab ijod qilingan maqom, sho'ba va ovozalarni ijro qilish, ayniqsa ro'zayi ramozon oylarida ro'zadorlarni saharlikka uyg'otadigan kuylar chalish nog'oraxonalarda amalga oshirilgan.

Amir Temur tomonidan shuningdek otda chopish, kurash, nayzabozlik, qilichbozlik, chavandozlik va boshqa harbiy o'yin musoboqalari hamda ko'pkarilarining har tomonlama taqdirlanishi alohida ahamiyat kasb etgan. Bu

tomosholarda harbiy musiqaga keng e'tibor berilib, ayniqsa ochiq havoda ijro qilinadigan damli va zarbli cholg'ularning ahamiyati oshirilgan. Bunday katta tantanalar Samarqand, Hirot va boshqa yirik shaharlarda «tarabxona», «tomoshagoh», «saylgoh» kabi maydonlarda o'tkazilgan.

Amir Temur lashkarida musiqa cholg'ulari faqatgina ma'naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko'proq hollarda asosan harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko'rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Bu borada «Tuzuklar»da shunday deyiladi: -»Amr qildimki, o'n ikki katta amirlarning har biriga bitta bayroq va bir nag'ora berilsin. Amir ul umaroga bayroq va nag'ora, tuman tug'i va chortug' taqdim etsinlar. Mingboshiga esa bir tug' va karnay bersinlar. Yuzboshi va o'nboshiga bittadan katta nag'ora bersinlar. Aymoqlarning amirlariga bo'lsa bittadan burg'u taqdim etsinlar. To'rt beglarbegining har biriga bittadan bayroq, nag'ora, chortug' va burg'u bersinlar»

Amir Temurning musiqa san'atini yuqori darajada baholashi, cholg'ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi jahon muhoraba (urush jang) san'ati tarixida mislsiz voqeadir.

Amir Temur armiyasining harbiy orkestri - damli va zarbli cholg'ularning xilma-xil turlaridan tashkil topgan. Ularning ko'pchiligi Turk hoqonligi, Somoniylar, Qoraxoniylar va Xorazmshohlar davrlarida mashhur bo'lgan. Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo'lgan nog'ora turlari ko's, tabira, al-tabra, bir tomonli nog'ora, chindoul, doul-paz, katta nog'ora kabilardan foydalanilgan. O'rta asr miniatyuralaridagi tasvirlarga qaraganda, qo'sh nag'oralar sipoh12iy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko's nog'ora esa aksariyat miniatyuralarda tuyaning o'rkachiga o'rnatilgan holda tasvirlangan. Dovul cholg'usi o'sha paytda duhul nomi bilan mashhur bo'lgan.

Temur davri esa ma'naviy ko'tarinkilik musiqa san'atining deyarli barcha jabhalari uchun keng imkoniyat tug'dirib berdi; Sozandalik va xonandalik, musiqa ta'limi, bastakorlik ijodi, musiqa ilmi kamol topdi. Asrlar qa'rida shakllangan an'anaviy, «ustoz-shogird» ta'lim tizimi keng quloch yozdi. Bu uyg'onish nafaqat poytaxt Samarqandda, balki uning avlodlari davrida Buxoro, Xiva va Kitob, Balx, Qobul, Hirot, Astrabod, Agra, Sultoniya kabi yirik shaharlarda ham qizg'in kechdi. O'rta asrlar an'anasi shaharlarda mahallalar asosan kasb-kor bo'yicha joylashar edi. (kulollar mahallasi, bozzozlar mahallasi, degrez mahallasi joriy etilgan). Bu kasb sohiblarining alohida obro' va nufuzga sazovor bo'lganlari atrofida, maxsus ijod, ijro va ilmiy mavqega ega ijodiy maktablar shakllandi.

Amir Temur va uning vorislari, xususan Shohrux Mirzo, Ulug'bek Mirzo, Boysunqur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzolar tabiatan ilmparvar, ma'rifatparvar hukmdorlar bo'lganligidan, ularning davrida ilmu urfon va ma'rifatning juda ko'plab sohalarida dovrug'i olamga mashhur alloma olimlar, mutafakkirlar, shoiru adiblar

yetishib chiqib yurtimiz shuhratini yuksakka ko'tardilar. Temuriylar davrida badiiy adabiyot, xattotlik, tasviriy san'at, musiqa, miniatyura madaniyati ham rivoj topdi.

Temuriylar davrida keng tarqalgan ilmi advor ta'limotini o'rganishda Marog'iyning «Maqosid ul alhon» risolasi alohida o'rin tutadi. Unda katta usullarni riyoziy uslubda mutanosib bo'laklarga bo'linish masalasi batafsil tushuntiriladi. Zamonasining «sohibi advori», shoir Abdulqodir Marog'iy arab, fors va turkiy tillarda she'rlar yozgan hamda hofiz va go'yanda sifatida bu tillarda bemalol ijro etgan. Abdulqodir Marog'iyning risolalarida esa o'zi yashagan davr amaliyotida qaror topgan qirqdan ortiq musiqa cholg'ularining ta'rifi berilgan. Asarlarda nay turlariga oid ma'lumotlar ham keltirilgan. Ular hatto o'z nomlariga ega bo'lganlar: shohnay, tanburnay, qiznay va boshqalar. Mazkur turlarning farqi, avvalo, nay tanasining qalinligi va asbobning umumiy hajmiga bog'liqligidir. Hozirgi zamon maqom amaliyotida bu cholg'uning faqat bitta, eng qulay turi qaror topgan.

Nay barcha maqom cholg'ularini sozlashda o'ziga xos «kamerton» vazifasini o'taydi. Marog'iyning risolalarida «navbati murattab» turkumlar haqidagi ma'lumotlar ham mavjud. Shuningdek, risolada Navba hamda uning yanada murakkabroq muayyan tarixiy shakli «navbati murattab» (ya'ni «tartiblashgan navbalar») to'g'risida aytib o'tiladi.

Samarqand va Hirotda Marog'iydan keyin ko'plab musiqashunoslar yetishib chiqqan. Manbalarda o'nlab zabardast musiqashunoslarning nomlari tilga olinadi. Ulardan eng ko'zga ko'ringan va eng muhimlari hamda musiqiy risolalari bizgacha yetib kelganlari orasida Abdurahmon Jomiy, Muhammad Binoiy, Zaynulobiddin Husayniylarni qayd etish lozim. E'tiborli tomoni shundaki, bu mualliflar musiqiy risolalarining barchasi Alisher Navoiyga bag'ishlangandir. Buning ustiga nomlari zikr etilgan ulamolar Sulton Husayn Boyqaro va bosh vazir Alisher Navoiyning yaqin maslakdoshlari bo'lganlar. Bu esa davlat tepasida turgan podsho va vazirning o'zlari saroy muhitida hamda zodagonlar orasida dunyoviy urf-odatlarni, jumladan, musiqiy san'atni ham keng targ'ib etganligining yorqin ko'rinishidir.

Ma'lumki, Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylar yoshligidan turli ilmlar qatorida musiqiydan ham puxta bilim olganlar. Ikkalasi ham musiqiy ijrochilik va ijod sohalarida sezilarli yutuqlarni qo'lga kiritganlar. Umuman olganda, temuriyzodalarning tarbiyalanishida musiqiyga alohida e'tibor berilgan. Ta'lim-tarbiya ishlarining boshida turgan Alisher Navoiy «Xamsat ul-mutahayyirin» risolasida qo'l ostidagi temuriyzodalarga musiqiy saboq berish uchun Hirotning to'rtta yetuk musiqashunosiga to'rtta risola yaratishni buyurganligi to'g'risida yozadi. Ulardan qoniqmagan Alisher Navoiy o'z ustozi Abdurahmon Jomiydan yangi bir asar bitishni iltimos qiladi va natijada oldingilaridan afzal risola dunyoga keladi.

Musiqa va she'riyatni uyg'unligi, ruhiy ta'sirchan ma'naviy ozuqa ekanligi musiqa va she'riyatni boshqa biron his-tuyg'u lazzatiga qiyoslash qiyinligi haqida

Alisher Navoiyning «Mahbub-ul-qulub»ida quyidagi hikmatlar bitilgan: «Shodlikni oshiruvchi mug'anniy, g'amni ketkazuvchi mutribdir. Ularning har ikkalasiga hol va dard ahli jon fido qilurlar.

Soz chalinib, yoqimli xonish qilinganda, eshituvchining hayoti, naqdi unga fido bo'lsa ne g'am. Ko'ngul quvvati yaxshi cholg'uchidan, ruh ozig'i xush ovozdandir. Xushxon mutribdan dard ahlining o'ti tez bo'lur, agar go'zal bo'lsa, hol ahli o'rtasida qiyomat ko'char. Har bir sozandaning sozi dardliroq bo'larkan, uning chertishi yarali yurakka ta'sirliroq tegadi. Porloq yuzli mutrib xalqumidan yoqimli qo'shiq taratib, hol ahlining kuygan bag'ridan tutun chiqaradi. Xushfe'l mutrib, agar fahm-farosatli ersa, odam ko'ngli toshdan bo'lsa ham eriydi, unga tobe' bo'ladi, xususan, ham aytsa va ham chalsa, ko'ngil mulkiga qanday qo'zg'olonlar soladi» - deb ta'riflaganlar. Navoiy ijodi musiqa tarixi, nazariyasi, estetikasi, shuningdek, sozlar, kuy shakllari, ijrochilik va boshqa ko'plab sohalarga oid ma'lumotlar ham bor.

Navoiy risolalarida musiqaga oid yuzlab so'zlar ishlatilgan. Ular faqat musiqa ilmi doirasi bilan cheklanmaydi. «Navo», «Parda», «Tor» «Nag'ma», «Doira» atamalari yana ko'p ma'nolar anglatadi. Navoiy asarlarida Rud, Shohrud, Barbad, Ud, Chang, Nay, Tanbur, Sagona, Rubob, Kubiz, Karnay, Egri daf, Nog'ora, Kus va boshqa sozlar tilga olinadi. Cholg'u asboblarinig majoziy ma'nolari tavsifi, ayniqsa, «Lison uttayr» asarida keng o'rin olgan. Navoiy asarlaridan Xuroson va Movarounnahr xalqlari musiqiy merosiga oid shakl va janrlar haqida ham qimmatli ma'lumotlar topish mumkin.

Navoiyning musiqa ijodiyotiga bevosita aloqadorligini uning zamondoshlari va bir qator musiqashunoslar ham e'tirof etgan. Bobur Navoiy naqshlar (ashula-cholg'u asarlari) hamda peshvolar muallifi bo'lganligi «Boburnoma»da keltirilgan. Qolaversa, musiqashunos Darveshali Changiy o'sha davrlarda amaldagi 24 usuldan bir qanchasini Ulug'bek, 12 tasini Husayn Boyqaro, 7 tasini Alisher Navoiy qalamiga mansub ekanligini o'z asarlarida aytib o'tgan.

Navoiy ijodi haqida A.Fitrat shunday yozadi, Hazratning devonlari, dostonlari, butun adabiy asarlarini bu kungacha yaxshi saqlab qolgan bizlar, uning musiqiy asarlaridan hech birini saqlay olmadikmi, ular yo'qolib bitganmi? degan haqli savollarga javob izlashga urinadi va shu fikrga ishonchli dalil sifatida O'zbekistonning ko'p hududlarida ijro etilib kelinayotgan «Qari Navoiy» («Kori Navoiy») kuyini nota matnini keltiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.A.Mardayeva, "An'anaviy o'zbek musiqa cholg'u ijrochiligi", Uslubiy qo'llanma, Termiz, 2006

2. O.Matyakubov, B.Raximov, "O'zbek musiqasi tarixi", O'quv qo'llanma, Toshkent, 2016

3. R.Abdullayev, "O'zbek mumtoz musiqasi", Darslik, Toshkent, 2006

4. Mamarasulzoda, Z. (2021). O 'ZBEK XALQ MUSIQA IJODIYOTINING SHAKLLANISH VA TARAQQIYOT YO 'LI. Журнал музыки и искусства, 2(1).

5. Arzibayeva, Z. I. (2022). О 'ZBEK MUSIQA MADANIYATI RIVOJIDA О 'TMISH MEROSINING О 'RNI VA AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(2), 1621.

6. Madrimov, B. (2018). O'zbek musiqa tarixi. O'quv qo'llanma, 120.

7. Eminjanovna, Shodiyeva Gavhar. "IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF HEARING ABILITIES OF NATIONAL MUSIC IN STUDENTS." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 47-50.

8.Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. "The role of national music in education of youth." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.2 (2021): 1285-1288.

9. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.

10. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FROM THE HISTORY OF PRESERVATION AND RECORDING OF SAMPLES OF NATIONAL UZBEK MUSICAL FOLKLORE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 5961.

11. Tillaxo'jayev, O. "FORMATION OF INTERNATIONAL VIRTUE IN STUDENTS THROUGH STUDYING THE LIFE AND CREATION OF COMPOSER SULAYMON YUDAKOV." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 122-127.

12. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY" ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.

13. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.

14. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL OF

SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.

15. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

16. FOZILOV, QM. "PROBLEMS OF ORCHESTRA PERFORMANCE IN THE PRACTICE OF TRAINING SMUGGLERS." ЭКОНОМИКА: 206-209.

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.

18. Ahmedovich, Turdiyev Shavkat. "FUNDAMENTALS OF THE USE OF INAVATORY PROGRAMS OF MUSIC CULTURE IN TEACHING AS A SUBJECT." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 171-174.

19. Axmedovich, Turdiev Shavkat. "PROBLEMS OF INCREASING PEDAGOGICAL SKILLS OF MUSIC EDUCATION TEACHER." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 75-78.

20. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

21. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Development Methods of Teaching Disciplines Orchestric SpecializationsII." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 38-41.

22. Tursinovich, Nosirov Dilmurodjon. "Advanced in Improving the Effectiveness of the Music Culture Lesson Role and Importance of Pedagogical Technologies." INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION 1.5 (2022): 76-78.

23. Tursunovich, Nosirov Dilmurod. "A BRIEF ANALYSIS OF THE LIFE AND CREATIVITY OF CONDUCTOR ARTURO TOSKANI." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 90-95.

24. TURSINOVICH, NOSIROV DILMURODJON. "Uzbek National Musical Instrument Performance." JournalNX 7.1 (2021): 315-318.

25. Nosirov, Dilmurod Tursunovich. "The role of music in the development of our national spirituality." ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL 11.1 (2021): 679-684.

26. Shodiyeva, G., and O. Sobirova. "UZBEK NATIONAL INSTRUMENTS OF THE LATE XIX AND EARLY XX CENTURIES." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.