O'QUVCHI YOSHLARDA ESTETIK TARBIYANI RIVOJLANTIRISHDA
MUSIQANING O'RNI
Ahmadj onYuldashyev Oltinoy Mahmudova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Maqolada o'quvchi yoshlarda milliy musiqa va milliy qo'shiqlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni tinglash orqali zavqlanish, estetik did, milliy g'urur, faxr tuyg'ularini rivojlantirish kabi insoniy fazilatlarni rivojlantirishda musiqa san'atining katta kuch ekanligi haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: estetik did, milliy g'urur, faxr tuyg'usi, milliy qo'shiqlar, musiqiy ertaklar, laparlar, estrada qo'shiqlari, zamonaviy va klassik musiqa
THE ROLE OF MUSIC IN THE DEVELOPMENT OF AESTHETIC
EDUCATION IN STUDENTS
Ahmadjon Yuldashyev Altinoy Mahmudova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: The article tells about the great power of the art of music in the development of human qualities such as increasing interest in national music and national songs in young students, enjoying listening to them, developing aesthetic taste, national pride, and feelings of pride. the word goes.
Keywords: aesthetic taste, national pride, sense of pride, national songs, musical fairy tales, folk songs, modern and classical music
Yosh avlodni yuksak madaniyatli estetik didi yuqori darajada rivojlangan komil insonlar qilib tarbiyalashda musiqa ta'limining ahamiyati beqiyosdir.Xususan o'zbek musiqa san'ati bu borada katta imkoniyatlarga egadir.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" asarida navqiron avlod tarbiyasi haqida gapirar ekan " Eng muhimi bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq tasir ko'rsatmoqda"1 deb ta'kidlagan edi.
Kelajagimiz bo'lgan bugungi kun o'quvchilarining badiiy va estetik tarbiyalashning takomillashitirish umum ta'lim maktablari, akademik litsey va
1 Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. Toshkent. "Ma'naviyat" 2008 yil
I icclT^^^^H 373 http://oac.dsmi-qf.uz
kolledjlar oldiga qo'yilgan muhim vazifalardan iborat etilganligi "Ta'lim to'g'risidagi Qonun", "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" talablarida ham ifodalanganligining guvohidirmiz. Bu borada Respublikamizda qilinayotgan qator ishlar zaminida bolalarni chin inson qilib tarbiyalash masalasi yotadi.
O'quvchilarning musiqa san'atiga qo'shiq kuylash orqali olib kirish, musiqiy estetik tarbiyasining yangi yo'llarini izlash, uni nazariy jihatdan asoslab berish, musiqiy pedagogikaning doimo diqqat markazida bo'lgan muammolaridir.
Qo'shiq kuylash har - bir bola uchun estetik hissiyotlar, kayfiyatlar va badiiy ehtiyojlarini ifodalashning oddiy va tabiiy yo'lidir.
Qo'shiqning ifodasi, ijrosi bolalarning hissiy ta'sirchanligini o'stirib, musiqiy obrazlarni yanada chuqurroq tushunishlariga, ularda musiqa madaniyatini tarkib toptirishda yordam beradi. Qo'shiq kuylash tufayli bolalarda metodik garmonik, eshituv musiqiy xotira, matnining badiiy mazmunini tushunish kabi qobiliyatlari rivoj topadi, kuylash apparati mustahkamlanadi. Qon aylanish yaxshilanadi.
Bolalar qo'shiqchiligi nafaqat mahsus pedagogikaning tadqiqot predmeti, balki estetika, metodika, psixologiya, fiziologiya, san'atshunoslik sohalari ham qo'shiqchilikning ko'pgina jihatlarining tadqiqi bilan shug'ullanadi.
Hozirgi davrda bolalar vokal tarbiyasi asosan umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslarida zamoaviy (xor) aytish faoliyati sinfdan tashqari xor, maqom, falklor ansamllari asosida olib boriladi. Jamiyatning kelajagi, ravnaqi va taraqqiyoti tarbiya bilan bevosita bog'liqdir. Zero, tarbiya inson tafakkurini yuksaltiradi.
Bolalarda O'zbekona milliy g'ururni ma'naviy ongni yuksaltirish, uning milly an'analariga, tilimiz va madaniyatimizga muhabbat va hurmat ruxida tarbiyalash, tarbiya muammolarini to'la hal qilish pedagoglar oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biridir. Tarbiya, xususan milliy tarbiya, davlat va jamiyat taraqqiyotida muhim o'rinni egallaydi. O'zbek xalqining tarixiga nazar tashlansa, bir umr tarbiya muammosini hal qilish asosiy o'rinni egallagan.
Mashxur Yusuf Xos Hojib, Al-Beruniy, Al-Farobiy singari olimu - shoirlarimiz o'z asarlarida ham tarbiya masalasifa alohida e'tibor berishgan.
Har bir tarixiy davrda, qanday jamiyatda tarbiyaning zarurligi dolzarb bo'lib kelgan. Odam tug'ilganidan boshlab umrining oxirigacha tarbiyalanadi, tarbiya oladi. Demak, inson kelajagi, hayot va turmushi, ko'pincha tarbiya bilan bog'liq. Shunday ekan inson tarbiyasi u chaqoloqlikidan boshlanadi. U bolaligida qanday tarbiyalangan bo'lsa, uning xulq-atvori, axloq odobi shunga qarab shakillanadi. Shuning uchun bizning jamiyatimizda bola tarbiyasiga asosiy diqqat- e'tibor qaratilgan. xalqimizda "Bolalar kelajagimiz" degan hikmat bor."Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da shu hikmat o'z ifodasini topgan bo'lib, unda erkin fuqorolik jamiyatning ma'naviy barkamol, e'tiqodini butun, axloqiy pok, odobli avlod bunyod eta olishi alohida qayd
qilingan. Jamiyat taraqqiyoti va uning kelajagi asosini bola tarbiyasi tashkil qiladi. Jamiyat ravnaqi bilan bola tarbiyasi mushtarakdir.
30-40-yillarda ilk bor bolalar musiqasini to'plash va yaratish uchun Y.E.Ramonovskiy, I. Akbarov, Y.Rajabiy kabi ko'plab kompozitor va bastakorlar kirishdilar. Y.E.Ramonovskiyning O'zbek xalq qo'shiqlari, folklor asarlarini to'plab 1936-yili "30 ashula" nomli to'plami nashr etildi. 1942-yili B.Nadejdinning "Yosh bolalar", Shu yili Ilyos.Akbarov tomonidan "Bolalar ashulasi" kabi to'plamlar nashr qildilar. Mana shu davrda bolalar qo'shiqlarida yangi mavzularga e'tibor qaratildi. Maktab, bolalik, Vatanga, do'stlikga,mehnatga oid qo'shiqlar yaratildi.
Ushbu qo'shiqlar bolalar ijrosida tanlovlarda, bayramlarda kuylandi.Shu davrda bolalar va o'smirlar uchun birinchi original asarlar yaratildi. Ushbu bolalar mavzusida ijod etgan kompozitorlardan biri B.Nadejdin edi. Uning yozgan asarlarida O'zbek xalq qo'shiqlarining ohanglari ritmlari o'rin olgan. Masalan: bolalar musiqa maktablari repertuaridagi asarlar: "G'amgin qo'shiq", "Quvnoq marsh", "Do'mbira", "Musiqa darsi", "Buvijonning hikoyasi" va boshqalar.
Uning asarlarida mumtoz kompozitorlarning an'analari davom etadi. Shuningdek bolalarda insonlarga, tabiatga, atrofdagi dunyo olamiga , o'zbek xalq musiqasiga muhabbat uyg'otadi.
XX asrning 30-40 yillarida Konservatoriya va O'zbekiston davlat filarmoniyasi ochildi shuningdek, O'zbekiston Respublikasini madaniy hayotida muhim voqealar sodir bo'ldi. Ko'plab bolalar musiqalari yaratildi. O'zbekiston kompozitorlari aynan shu davrlarda bolalar va o'smirlar musiqalariga katta e'tibor qaratdilar. Mana shu davrda O'zbekiston kompozitorlari G'.Qodirov, M.Nasimov, D.Zokirova, B.Giyenko, S.Yudakov, Sh. Ramazonov, F. Nazarov, G. Mushel, A.Muhamedov, S.Varelaslarning ijodi gurkiragan edi. Ularning yaratgan qo'shiqlarini yosh avlod ijrochilari va tinglovchilar ijobiy qabul qilishdi.
O'zbekistonning eng yetakchi nashiryotlari (G'.G'ulom va O'qituvchi) eng ko'p sonda bolalar va o'smirlar uchun to'plamlar nashr eta boshladilar.
XX asrning 50-70 -yillarida O'zbekiston kompozitorlarining bolalar va o'smirlar ijodiga bo'lgan qiziqishni yangi pog'ona davri deb atash mumkin. Aynan mana shu davrda O'zbekiston kompozitorlari Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxanov, Karim Abdullayev, Doni Zokirov, G'ofur Qodirov, Boris Giyenko, Ibrohim Hamroyev, Ilyos Akbarov, Sobir Boboyev, Mardon Nasimov, Sulaymon Yudakov, Sharif Ramazonov, Fattox Nazarov, Georgiy Mushel, Abdujabbor Muxammedov, Sergey Varelaslarning bolalarga atalgan turli janrlardagi asarlari paydo bo'ldi.
Boris Nadejdinni tahriri asosida 1950-yilda - "Bolalar qo'shiqlari", "Yoshlik qo'shig'i, "1955-yilda "Bolalar ashulasi" nomli to'plam; G.Goncharovaning 1951-
yilda "Boshlang'ich maktabda musiqa", Ilyos Akbarovning 1959 yilda "Biz kuylaymiz" qo'shiqlar to'plamlari yaratildi.
1960-yillarga kelib bolalar uchun yozilgan musiqa to'plamlari nihoyat yuksak darajada ko'paydi. O'quv qo'llanmalar xrestomatiyalar nashr etildi. Umumta'lim maktablarini musiqiy adabiyotlarida yangidan-yangi bolalar qo'shiqlari joy oldi. 50-70-yillardagi kompozitorlarni ijodi yangi avlod ijrochilari va tinglovchilari ichida hozir ham mashhurdir. Barcha yetakchi nashriyotlar kichik ijrochilar, bolalar va o'smirlar uchun katta to'plamlar nashr etishdi.
60-70-yillarda bolalar musiqasini yaratishda kompozitorlar Sobir Boboyev, Yefim Shvars, Komiljon Abdullayev, Sonya Abramova, Anatoliy Berlin, Shermat Yormatov, Habibulla Rahimov kabi ijodkorlar kompozitorlar safini to'ldirdilar. Shu davrdan boshlab O'zbekistonda bolalar uchun yangi sahifa ochildi. 30- 60 yillarda bolalar asarlari oddiy 2 va 3 ovozli bo'lsa. 70- 80 yillarga kelib folklorga qaytish, bolalar qo'shiqlarini ko'p ovozda kuylash, xalqona va polifonik elementlaridan foydalanish, bolalar musiqasiga ko'p ovozli garmonik elementlar kiritildi.
70-yillarga kelib birinchi kontata va syuitalar, vokal xor akapella asarlari, bolalar, solistlari va orkestrlari uchun yangi asarlar yaratila boshlandi. Xalq qo'shiqlari va vokal xor va ko'p ovozli kuylashlarga yanada ko'proq e'tibor berildi.Ushbu yillarda kontata va syuitalar bolalar uchun vokal-xor, a'kapella asarlari, solist va orkestr uchun asarlarini birinchi bor yozila boshlandi. Misol uchun G'.Qodirovning " Maktabjon oftobjon" syutasi (1974 yil ) o'quvchi yoshlar ichida eng sevimli syuitalardan bo'ldi.
Yosh avlodlarga milliy xalq musiqalari bilan tanishtirilib, ularni qayta ishlab milliy musiqa va folklorga qiziqishlari uyg'otila boshlandi. O'zbek xalq musiqalari qayta ishlanib pyessalar yaratildi. Masalan: "Dilbar", "Chamanda gul" va boshqalar. Kichik pianistlar uchun H.Azimov fortepiano darslari o'quv qo'llanmasini yaratdi. So'ngra I.Akbarov tomonidan ajoyib fortepiano miniatyuralari yaratildi. Uning asarlari xalq musiqalaridan ajralib turadi va ayniqsa an'anaviy xalq janrlariga obrazlar yaratishga intiluvchan, bolalar dunyosi bilan bog'langan yorqin va aniqdir. Masalan "Bekinmachoq o'yini","Quvnoq kayfiyat " va boshqalar hazil ko'rinishdagi engil janrdagi o'zbek ohanglaridan iborat bo'lgan bolalar qo'shiqlaridir.
O'sha davrda o'zbek kompozitorlari juda ko'p ajoyib asarlarni bolalar uchun yaratishdi. B.Giyenko, S.Varelas, F.Nazarov kabi kompozitorlarining pyessalar to'plami kichik pianistlar uchun yaratilgan. 60- yillardan boshlab teatr dasturlarida bolalar uchun operalar va baletlar yaratildi. Masalan: V.Xaetanning "Etik kiykan mushuk", mashhur ertakchi Sharl Perro asari asosida, S.Boboyevning "Yoriltosh" operasi 1967-yili o'zbek xalq ertagi asosida yaratilgan.
Ushbu bolalar uchun yaratilgan spektakllar hozir ham o'z qadrini yo'qotmagan holda sahnalarda namoish etilyapdi.
I icclT^^^^H 376 http://oac.dsmi-qf.uz
1970-yillarning boshida bolalar estrada janri qo'shiqlari rivojlana boshlanadi. Ushbu jarayon ayniqsa kompozitor Nodim Norxo'jayev, Xabibullo Raximov, Shermat Yormatov kabilarda namoyon bo'ladi. Kompozitorlar bolalar uchun vokal -xor syuitalari va kontatalar yarata boshlaydilar. Har bir kompozitorlar xalq qo'shiqlariga folklorga murojat etishadi. Asarlar ohanglarida ritmik talaffuz, kuychanlik harakter bilan xam -oxang bo'ladi. Bolalar uchun yaratilgan vokal xor asarlari zamonaviy musiqiy madaniyatga yo'naltirilib teatrlashtirildi.
Misol uchun:xor teatrlari uchun moslashtirilgan qo'shiqlardan "Dangasa", "Dakang xo'roz", "Oq terakmi-ko'k terak" va boshqalar. Mana shu davrga kelib Komil Kenjayev va Shermat Yormatovlarning bolalar xorlari uchun a'kapellalar yaratishga qiziqishi o'sdi.
1970-yillarda ijodi gurkiragan kompozitorlardan yana biri - Nodim Norxujayevdir. Nodim Norxo'jayev O'zbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi, Uzbekiston Davlat konservatoriyasi professori, kompozitor. U uzining musiqiy asarlari, ayniqsa estrada va bolalar uchun yaratgan qo'shiqlari bilan el- yurt hurmatiga sazovar bo'ldi. Nodim Norxo'jayev fortepiano uchun 3 ta prelyudiya, 2 ta variatsia, sonatina, fortepiano uchun 2ta sonata, skripka va simfonik orkestr uchun "Konsertino", 4 qismli simfonik syuita, 1 qismli simfoniya va ko'pgina qo'shiqlar yaratdi. Nodim Norxo'jayev ijodida qo'shiq ustivor ahamiyat kasb etadi.U zamondosh shoirlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq estrada va bog'cha bolalari hamda maktab o'quvchilariga atab qo'shiqlar yaratadi. Yosh bolalar uchun 1975 yilda yozilgan "Xakkalar"ilk estrada qo'shig'i "Paxtaoy" nomli vokal cholg'u ansambli ijrosida mashhur bo'lib ketdi. Jumladan: "Yaxshi bola","Dangasa", "Ex orzular", "Antiqa musobaqa ","Diyor madhi", "Balig'im","Salom bergan bolalar", "Surxondaryo", "Chamandaki gullarmiz", "Boboxo'roz", "Dono bolam" kabi o'qshiqlari "Bulbulcha" xori ijrosida ommalashib ketgan. Bolalar xori uchun "Xafta" kantatasi, "Daraxtlar suxbati" xor syuitasi, o'zbek xalq qo'shiqlarini xor uchun qayta ishlaydi. "Osmondaki oy", "Choriy chambar", "Chuchvara kaynaydi" qo'shiqlari shular jumlasidandir. Ushbu xizmatlari uchun Nodim Norxo'jayev O'zbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Respublika "Ofarin-2000 "ko'rik tanlovi sovrindori, O'zbekiston bastakorlar uyushmasi a'zosi va Respublikamizda o'tkazilayotgan turli ko'rik tanlovlarda hakamlar hayati a'zosi sifatida doimo el-yurt xizmatida.
Nodim Norxo'jayev zamonaviy uzbek kompozitoridandir. U bolalar uchun ko'plab qo'shiqlar yaratgan. Nodim Norxo'jayevning "Diyor madhi", ona Vatan xaqidagi qo'shiqlari bolalarga ritimini tushinarli va kuychanligi, qulay ijrosi, yoqimli va esda saqlab qoluvchanligi bilan boshqa kompozitorlar asarlaridan farq kiladi.
Biz, O'zbek kompozitorlarining qo'shiqlari, ularda ilgari surilgan g'oyalar moxiyatlari va mazmunlarini o'quvchilarga gapirib, tushuntirish ishlarini olib borib,
I jbÄÜ^^Bl ^77 http://oac.dsmi-qf.uz
turli diskussion suhbatlar o'tkazib ularda Ona Vatanga muxabbat, faxrlanish tuyg'ularini rivojlantirishimiz kerak. Kelajak haqida, har xil kasblar haqida, ona tabiatga muxabbat haqida, albatta o'quvchilarni orzulari ushalishlari uchun tinmay o'qish va izlanishda bo'lishlarini onglariga quyib, kelajakda ulardan estetik didli, milliy urf-odatlarimizni, an'analarimizni ardog'laydigan, uni boyitadigan munosib vorislar bo'lib etishishlariga motivatsiyalar berishimiz zamon talabidir.
Ushbu maqsadlarga erishishda bolalarga o'zbek kompozitorlarining milliy asarlari, qo'shiqlari orqali Vatanni va Vatan obro'sini sevish va ardoqlash kabi ichki his tuyg'ularini tarbiyalashimiz va rivojlantirishimiz lozimdir. Bu borada milliy musiqiy merosimiz va qo'shiqlarimizdan unumli foydalanish o'rinlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti. 2017.
2. Tursunov R. "Xalq musiqa ijodiyoti va amaliyoti". Toshkent. "Ma'rifat-madadkor" nashriyoti. 2002 yil.
3. Qodirov R. Boshlang'ich maktabda ko'povozli kuylash. Toshkent. "O'qituvchi" 1997 yil
4. A.Yuldashev "TA'LIM TO'G'RISIDAGI QONUN", " KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURT'VA MUSIQIY TA'LIM TIZIMIDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIKNI AHAMIYATI. ИННОВАЦИОННОЕ РАЗВИТИЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. Февраль 2021. г.Повлодар.
5. Ahmadjon Yuldashev, Oltinoy Mahmudova "Uzbek Folk instruments and Their Place in the Development of our Ntional Culture" ACADEMIK JOURNAL. 23.09.2022. Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT Vol 2 No. 9 https: //literature.academicj ournal .io.
6. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers." European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42-45.
7. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "THE PATH OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF UZBEK FOLK MUSIC CREATIVITY." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 57-61.
8. Imomalievich, Shukurjon Boratov. "METHODS OF FORMATION OF VOCAL SKILLS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 808-811.
9. Imomaliyevich, Boratov Shukurjon. "RESTORATION AND DEVELOPMENT OF THE STATUS GENRE AS THE MAIN PROBLEM OF UZBEK FOLK MUSIC PERFORMANCE ART." INTERNATIONAL JOURNAL
I fcOT^^^^H 378 http://oac.dsmi-qf.uz
OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 110-115.
10. Shavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "COMPOSER ANTONIN DVORZHAK ORIGINAL STYLE OF MUSICAL WORKS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.03 (2022): 116-121.
11. SHavkatovna, Djumaboeva Muqaddas. "GENESIS OF CRISIS EVENTS IN DOMESTIC ARTISTIC AND CREATIVE (MUSICAL) PEDAGOGY." World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 143-145.
12. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.
13. SHAVKATOVNA, DJUMABAEVA MUQADDAS. "The Importance of the Sound of Tones in Instilling Elements of National Spirit in the Hearts of Students." JournalNX 7.02: 151-153.
14. Marotta, Francesco, et al. "Liver protection: ancient empirical roots, marketing oversimplifications and novel molecular-biology-endowed compounds." Bioactive Compounds in Health and Disease 3.12 (2020): 251-255.
15. Каримова, Л. Н., Т. И. Политаева, and С. С. Расулова. "Проектирование образовательной среды вуза как условие формирования профессиональных компетенций студентов." Современный ученый 4 (2020): 122-129.
16. Расулова, С. С. "МУЗЫКАЛЬНО-РИТМИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ШКОЛЬНИКОВ В КОНТЕКСТЕ ШКОЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ." ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В НАЦИОНАЛЬНЫХ СИСТЕМАХ ОБРАЗОВАНИЯ. 2021.
17. Rasulova, Saida Sabirovna, and Orif Tursunovich Tillahojayev. "PECULIARITIES OF TRAINING MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 4 (2021): 14-17.
18. Sabirovna, Rasulova Saida. "BASIC PRINCIPLES OF VOCAL PEDAGOGY." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.11 (2022): 812-815.