Научная статья на тему 'VOKAL IJROCHILIGIDA NAFAS MEXANIZMI FAOLIYATI'

VOKAL IJROCHILIGIDA NAFAS MEXANIZMI FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
vokal / nafas / ovoz / ovoz apparati / o‘mrov / ko‘krak / qorin / nafas mashqlari

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — D.Abdurahmonova

Mazkur maqolada vokal ijrociligi va unda nafas mexanizmi faoliyatining ahamiyati haqida so‘z boradi. Nafas a’zolarini mustahkamlash uchun mashqlar tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VOKAL IJROCHILIGIDA NAFAS MEXANIZMI FAOLIYATI»

VOKAL IJROCHILIGIDA NAFAS MEXANIZMI FAOLIYATI

D.Abdurahmonova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada vokal ijrociligi va unda nafas mexanizmi faoliyatining ahamiyati haqida so'z boradi. Nafas a'zolarini mustahkamlash uchun mashqlar tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: vokal, nafas, ovoz, ovoz apparati, o'mrov, ko'krak, qorin, nafas mashqlari

RESPIRATORY MECHANISM ACTIVITY IN VOCAL PERFORMANCE

D.Abdurahmonova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article talks about vocal performance and the importance of breathing mechanism. Exercises to strengthen the respiratory organs are recommended.

Keywords: vocal, breath, voice, vocal apparatus, spine, chest, abdomen, breathing exercises

Vokal ijrochisi uchun nafas muhim omil sanaladi. Mazkur masalada mashhur vokalist, pedagog F.Lamperning: - "Qo'shiqchi ovoz tarbiyasini dastlab ovoz bilan emas, balki aql bilan ishlashi lozim, agar ovozni charchatib qo'yilsa, uni hech qanday vosita bilan tiklab bo'lmaydi. Yaxshi aql - muvaffaqiyatli ish garovi, u ham yaxshi ovoz kabi muhimdir. Nafas qo'shiqchilik asosi hisoblanadi",- degan fikrlari asoslidir. Yaxshi qo'shiq "nafas chiqarish mahorati" degan fikrlarini doim yodda tutish zarur. Demak yaxshi qo'shiqchi bo'lish uchun "nafas chiqarish mahorati" hamda "nafas olishga" o'rganish muhim sanaladi.

Bir nafasda gapirish yoki qo'shiq aytish uchun tegishli havo hajmi bo'lishi kerak, u tomoq orqali o'tib, "ovoz apparatini" jaranglashga majbur qiladi. Albatta bu nihoyatda sodda ko'rsatgich, ammo bunda tovush hosil bo'lishida nafasning muhimligini ko'rsatish asosiy maqsad hisoblanadi. Qo'shiq aytishda nafas faol, maqsadga yo'naltirilgan, lo'nda bo'lishi zarur. Nafas o'mrov, ko'krak, qorin nafaslari singari uch turga bo'linadi, o'mrov nafasi nihoyatda yuza bo'ladi. Nafas olganda kishining yelkasi ko'tariladi, havo o'pkaning ustidagina olinadi, ko'krak qafasini kengaytirmaydi. Bunday nafas olish qo'shiq aytish uchun yaramaydi. Qo'shiq aytuvchi ko'krak qafasi to'ladigan qilib nafas olishi kerak, yelka osoyishta va bel to'g'ri bo'lishi kerak. Tasavvur qiling, oldingizda yonayotgan shamni o'chirishingiz kerak. O'ylab

o'tirmay, ko'kragiga nafas olasiz-da, puflab o'chirasiz. Bu to'g'ri. Buni yana takrorlang va harakatingizni kuzating. Havo ko'krak qafasini (o'pkani) to'latadi, so'ngra tashqariga yo'naltiriladi. Bunday holat gapirganda va qo'shiq aytganda sodir bo'lishi kerak.

Dastlab nafas olinadi va chiqariladi. Qovurg'alar ko'krak qafasini tashkil etishi, unda yurak, o'pkalar joylashishi yuqorida aytib o'tildi. O'pkalarga havo to'lganda ular kengayib, qovurg'alarni ham kengaytiradi, bunga ko'krak nafasi deyiladi. Mashhur pedagog I.P.Pryanichnikov ijrochilarga "O'pkangizni to'latib nafas olishni o'rganing", deb maslahat beradi.

Nafas a'zolarini mustahkamlash uchun tavsiya etiladigan mashqlar.

1. Kaftingizni qovurg'angiz ustiga qo'yib, chuqur nafas oling, yelkangizni ko'tarmang. Havo bosimi ostida qovurg'angiz kengayayotganini sezasiz. Bu yetarli darajada havo olganingizni bildiradi. Endi nafasni chiqaring, qo'llar qovurg'alar o'rniga kelganini sezadi.

2. Dastlab tilingizni old yuqori tishlar tomiriga tirang. Tishlardan qattiq tanglay boshlanadi. Mana shu zonani belgilab oling. Endi nafas oling (qo'lingiz qovurg'ada) kirayotan havo hajmini his qilamiz, so'ngra nafas chiqarishda qattiq ovoz bilan sanaymiz 1, 2, 3, 4 ... bunda tilimiz tegib turgan joyni his qilib turamiz. Mana shu joyga havo oqimini yuboramiz, ana shu yerda bizning so'zimiz paydo bo'ladi, bunda tasavvurimiz yordam berishi kerak. Qattiq tanglayni baland gumbaz deb tasavvur qiling. Nazorat ostidagi nafas chiqarish (olish) dagi bunday nutq tartibga solingan nutq sanaladi. Havoni bir maromda oqib chiqishiga va bunda tovush, so'z hosil bo'layotganiga e'tibor bering. Mashhur pedagog M.Garsia ko'krak havoni bir tekisda olib chiqarishga xizmat qilishi kerakligini takidlaydi. Dastlabki mashqlar juda sodda. Avvaliga biz nafas mexanizmi haqida Bilib olishimiz kerak. Ovozni yo'lga qo'yish orqali uni ishlab chiqish muhimdir. Nafas olinganda qovurg'alarning kengayishi ham mashq qilish emas, balki jarayondagi ilk qadamdir. Ko'pincha o'quvchi bu mashqdan hech narsa his qilmayotgandek bo'ladi. Bunda uning mushaklari anchayin pishib qolganligi ma'lum bo'ladi. Endi bu bosqichdan olg'a yurish mumkin. Ba'zan insonga tabiatan yo'lga qo'yilgan nafas, ovoz ato etiladi, ekin bu kamdan-kam holatda bo'lishi mumkin. Agar bajarilayotgan mashqdan yangi hislar tuyulsa, ularni davom ettirgan ma'qul, bu qo'shiq nafasining asosidir. Mashq va qo'shiq aytayotgan paytda kaftni quyi qovurg'aga qo'yib turgan ma'qul. To'g'ri nafas olganda pastgi qovurg'alar faqat yonga emas, belga qarab ham kengayishiga e'tibor berish kerak. Aynan shu nafas to'laqonli ko'krak nafasini anglatadi.

3. Burun orqali keskin hamda tez nafas oling. Yelkaning ko'tarilmasligiga ham e'tibor qarating. Og'iz orqali nafasni yuqoridagi kabi chiqaring. Bu mashq nimasi bilin ma'qul? U nafas a'zolarini faollashtiradi. Siz faol, ongli nazorat qilinayotgan nafas olyapsiz. Demak, bu havo oqimi bilan ovoz a'zolarini massaj qilish hisoblanadi.

Mashg'ulotga kelayotib, bu mashqni bir necha bor takrorlang, bu ovoz a'zolarini faollashtiribgina qolmay, e'tiborni jamlash uchun ham muximdir.

4. Og'iz orqali chuqur nafas oling, chiqarganda "da-dada..." deng. Tilingiz yuqori old tishlar ildizida bo'lsin, undan tovush "sizib" chiqsin. Til qattiq tanglayga urilib titraydi. Past jag' erkin, lekin "osilib turmaydi" Tasavvur qiling, qattiq tanglayingiz baland gumbaz, "da" bo'g'inidagi "a" tovushi jaranglab chiqadi. Nafas olish me'yorida, ohista bo'lishiga e'tibor qarating.

5. Chalqanchasiga qulay yoting, bir qo'lingizni qoringa, boshqasini qovurg'aga qo'ying. Chuqur nafas oling: qo'llar qovurg'a va qorinning ko'tarilib, tushganini his qilsin. Nafas chiqarganda 1, 2, 3, 4... deb sanang. Raqamlarni erkin, ohista talaffuz qiling. Havoni to'la chiqarib yubormang. Bu mashqda eng muhimi, o'pkani to'latib nafas olish va cho'zib ohista chiqarish. 4- mashqdagi singari tovushlarni his qilish.

6. Mashqlarni biroz murakkablashtiramiz. 5- mashqdagi kabi yotgan holda nafas olish va chiqarish chuqur, ikkilik raqamlar sanaladi: 21, 22, 23... Muhimi, raqamlarning davomliligi emas, nafas olish va chiqarishning sifati.

7. Og'iz bilan chuqur nafas oling, burun bilan keskin va tez chiqarib yuboring, bu sigir yoki otning pishqirishiga o'xshaydi. Tovushni yuqori tishlarga tirang, bunda lablar yengil titraydi, bo'g'iz esa katta va erkin. Sigirga o'xshatishdan maqsad, uning biqinlari katta, kuchli nafas oladi. Tabiat va hayvonlardan inson erkinlik va tabiiylikni o'rganishi zarur. Bu mashq orqali siz nafasingiz chuqurroq yetib borishi uchun ko'nikma hosil qilasiz.

8. Tasavvurdagi shamni puflash mashqi. Bunda kaftni qovurg'aga qo'ying. Chuqur nafas olib, "shamni puflang". Tabiat sizning harakatingizni qanchalik tartibga solishiga e'tibor bering, o'pkadagi havo asta chiqadi, qovurg'a sekin pasayadi. Qo'shiq aytishda ham havo shunday asta chiqishi kerak, olingan nafas butun bir so'zlar qatoriga yetishi lozim. Bu mashq qo'shiq aytish jarayonidagi nafas olish va chiqarish haqida yaxshi tasavvur beradi. Mashqni tez-tez shu bilan bir qatorda zo'riqmasdan, e'tibor bilan bajarish zarur. Ba'zan mashqni o'z hislarining to'g'ri ekanligini tekshirish maqsadida qo'shiqning o'rtasida bajarish mumkin. Yana bir muhim jihati shuki, "shamni puflash" chog'ida nafas olish va chiqarish o'rtasida ma'lum to'xtalish bo'ladi - bu a'zolarni nafas olishdan chiqarishga moslashayotgan lahzasidir. Bu lahza juda muhim. Eng muhimi, bu lahza qo'shiq aytish chog'ida ham shunday tabiiy bo'lib qolishi lozim. Endi lablaringiz harakatiga e'tibor bering. Oynaga qarang. Tasavvurdagi shamni puflash uchun lablar butun havo oqimini unga yo'naltirishga harakat qiladi. Bunda yuz o'zgarmay, tabiiyligicha qoladi, lablar esa faollashadi. Eng muhimi, hammasi tabiiy va uyg'un bo'lishi muhim. Bunda oyna katta yordam beradi. Qo'shiq aytganda ham bu tabiiylikni saqlab, ong bilan boshqarish darajasiga olib chiqib qo'ymaslik zarur.

Nafas olish va chiqarishda takomilga va erkinlikka erishish uchun yuqoridagi mashqqa ko'proq murojaat qilish muhimdir. Zero, "qo'shiq san'ati - bu nafas chiqarish san'ati" deyishadi, uni og'ishmay egallashimiz lozim. Bu barcha sodda mashqlar ko'krak nafasini rivojlantiradi, qo'shiq poeziyasi, rezonatorlar haqida dastlabki tasavvurlarni beradi. Bu mashqlar natijasida hosil qilingan ko'nikmalar vokal mashqlari bilan mustahkamlanadi, ya'ni vokal mashqlariga ko'chiriladi. Ko'krak nafasidan qoniqish hosil qilgandan keyingina diafragma nafasi haqida o'ylash kerak bo'ladi. Bu yerda shoshilish yaramaydi, negaki, vaqti yetmasdan turib diafragma haqida o'ylash qorin mushaklarining noto'g'ri ishlatishga, kuchanishga olib keladi, bu esa qo'shiq ta'limi jarayonini tezlashtirmaydi balki, yangi nosozliklarga olib keladi. Darhaqiqat, diafragma tanadagi eng katta mushak hisoblanadi, u juda katta vazifani bajaradi. Masalan, tibbiyot xodimlari diafragmani "vena yuragi" deb ataydilar, ko'rinadiki, uning qon aylanishidagi vazifasi ulkan. U ko'krak va qorin bo'shlig'ini ajratib turadi, yurak va o'pkani zararlanishdan asraydi. Yuqorida o'pkaga havo olinganda ko'krak qafasi qovurg'a va pastdan diafragma hisobidan kengayishiga to'xtalgan edik. Diafragma gumbazi o'pkadagi bosim kattalashishi bilan qisqaradi va tushadi. O'z navbatida diafragma yuqoridan qorin bo'shlig'ini bosadi, shuning uchun nafas olganda qorin shishadi. Nafas olganda qovurg'alar yonga, qorin oldinga chiqishi shundan. Qo'shiq nafasini amalga oshirish uchun bel to'g'ri va qomat tik bo'lishi kerak. Negaki, diafragma o'zining yelpig'ichsimon mushaklari bilan yuqori bel umurtqalariga tutashadi. Bel bo'limi diafragma qisqarganda tayanch vazifasini o'taydi. Nazorat qilinadigan va tartiblanadigan nafas chiqarish qo'shiq nafasining eng murakkab vazifasi hisoblanadi. Bunga diafragma nafasni egallash, bilan erishiladi, shuning uchun aynan u chiqarilayotgan havo oqimini boshqarishi va taqsimlashga, ko'krak qafasining qo'shiqchilik hajmini saqlashga yordam beradi. Qo'shiq - bu nafas chiqarish san'ati, lekin har qanday qo'shiqchi ham bu ko'nikmani egallayvermaydi. Dastlab qo'shiqning boshidayoq butun nafasni to'la chiqarab yubormaslikka, uni asta chiqarib, qo'shiq oxirigacha to'g'ri taqsimlashni o'rganish lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Pirmatov "Vokal texnikasi asoslari" Toshkent. "Musiqa" nashriyoti 2011y

2. Otabek, A. (2022). PERFORMANCE BY RAHMONJON POLATOV ACTOR OF THE KOKAND MUSICAL DRAMA THEATER. International Journal of Intellectual Cultural Heritage, 2(2), 116-120.

3. oglu Anvarov, O. R., & Usmanov, S. (2023). Pathway of Teaching in Art (Modern Styles). INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 85-88.

4. Anvarov, O. R. O. G. L., & Usmonov, S. Y. (2023). BADIIY OBRAZ YARATISHDA O 'ZIGA HOS YONDASHUV (MAHORATLI AKTYOR BAXROMJON RAHIMOV MISOLIDA). Oriental Art and Culture, 4(1), 420-426.

5. Umarova, K., & Jurayeva, O. (2023). Interrelationship of acting skills and stage movement. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(5), 241-243.

6. Umarova, X., & Jo'Rayeva, O. (2023). MONOLOGLAR VA AKTYORLAR BILAN MONOLOG USTIDA ISHLASH JARAYONLARI. Oriental Art and Culture, 4(3), 715-718.

7. Nazarov, A. (2022). TV Adaptation of the Theatrical Play. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 1(5), 264-266.

8. Madaminov, O. (2022). QO 'G 'IRCHOQLARNI BOSHQARISHDA QO 'L HARAKATI. Oriental Art and Culture, 3(4), 779-781.

9. Madaminov, O. (2023). On the Organization of Andijan Region Puppet Theater. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 29-32.

10. Madaminov, O. (2023). Features of Acting in Modern Puppet Theater. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(11), 82-84.

11. Madaminov, O. (2023). Expression of Aesthetic Education and National Values in Performance Works. INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION, 2(6), 127-130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.