Научная статья на тему 'VILOYATLAR KESIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI'

VILOYATLAR KESIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismoniy / aqliy / sensor (sezgi) / inklyuziv ta’lim / kimyo sanoati.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tirkashev N.I, Tursunova L.F

Ushbu maqola viloyatlar kesimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish muammolari bo'yicha ko'rsatmalar va o'zgartirishlarni ko'rib chiqadi. Maqolada, har bir viloyatda inklyuziv ta'limning rivojlanishi uchun kerakli tartibot va yo'llanmalar, masalan, o'qituvchilar va ma'ruzachilar bilan ishlash, talabalar va ota-onalar bilan muloqotlar, ma'lumotlar almashish tizimlari, va inklyuziv ta'limning moliyaviy qo'llab-quvvatlanishi kabi muhim masalalar ko'rib chiqiladi. Maqola, har bir viloyatda inklyuziv ta'limning mustaqil rivojlanishi va yangi muhitlar yaratishda o'z viloyatining o'ziga xos qo'llanmalarni ishlab chiqishning ahamiyatini belgilaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VILOYATLAR KESIMIDA INKLYUZIV TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI»

VILOYATLAR KESIMIDA INKLYUZIV TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI

1Tirkashev N.I, 2Tursunova L.F

1O'zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti pedagogika kafedrasi o'qituvchisi,

2Tabiiy fanlar fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11183774

Annotatsiya. Ushbu maqola viloyatlar kesimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish muammolari bo'yicha ko'rsatmalar va o'zgartirishlarni ko'rib chiqadi. Maqolada, har bir viloyatda inklyuziv ta'limning rivojlanishi uchun kerakli tartibot va yo'llanmalar, masalan, o'qituvchilar va ma'ruzachilar bilan ishlash, talabalar va ota-onalar bilan muloqotlar, ma'lumotlar almashish tizimlari, va inklyuziv ta'limning moliyaviy qo'llab-quvvatlanishi kabi muhim masalalar ko'rib chiqiladi. Maqola, har bir viloyatda inklyuziv ta'limning mustaqil rivojlanishi va yangi muhitlar yaratishda o'z viloyatining o'ziga xos qo'llanmalarni ishlab chiqishning ahamiyatini belgilaydi.

Kalit so'zlar: jismoniy, aqliy, sensor (sezgi), inktyuziv ta'lim, kimyo sanoati.

Bizga ma'lumki O'zbekiston mustaqillika erishgandan so'ng ijtimoiy hayotning barcha jabhasida yangilanish, o'zgarish, rivojlanishlar sodir bo'ldi. Jumladan ta'lim sohasida dastlabki ta'lim to'g'risidagi qonun 02.07.1992-yilda qabul qilinib, unda Ta'lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir deyilgan. Dastlabki va 1997-yildagi ta'lim to'g'risidagi qonun tahrirlarida inklyuziv ta'lim to'g'risida me'yorlar belgilanmagan edi.

Nogironligi bor shaxslar alohida tartibi joriy qilgan maxsus o'quv muassasalarida yoki ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ta'lim beriladi. Nogironligi bor bola mahallasidagi maktabda sog'lom bolalar bilan birgalikda ta'lim ololmaydi. Esini taniganidan uyidan, ota-onasidan, jigarlaridan uzoqda o'zi qatori nogironligi bor bolalar bilan ta'lim olishga majbur bo'ladi. Eng e'tiborlisi nogiron bolalar tahsil olayotgan ta'lim muassasalarida alohida kun tartibi joriy qilingan bo'lib, ijtimoiy hayotdan, jamiyatdan uzilib qolgan va o'zini keraksiz yaqinlari tomonidan tashlab ketilgandik his qiladi. Statistika ma'lumotiga ko'ra, nogironligi bor bolalar maxsus maktabni tugatgandan so'ng o'zi tug'ilgan oilasi, yaqinlari bag'riga qaytib borish imkoni bo'lsa ham, qaytib borishni xohlamas ekan. Jismoniy madanyat fakultetida o'qiyotgan talabalar bilan va hozirda ushbu fakultetda tahsil olayotgan nogironligi bor talabalar bilan so'rovnoma o'tkazib suhbatlashganimizda, biz boshqalarga nisbatan tez ulg'ayamiz, hayotni achchig'ini esimizni tanimasdan oldinroq tatib ko'ramiz, bizda boshqalar kabi hayotda tanlov qila olmaymiz oldimizda faqat o'zimiz yolg'iz yuradigan bitta yo'l bor; men tugatgan maxsus o'quv muassasaning bitiruvchilari jamiyatga moslasha olmasdan, ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topa olmasdan o'zimiz yolg'iz yuradigan yo'l muyilishida qolib, yolg'izlikda hayotda o'zini topa olmaydi; Men va menga o'xshaganlar sanoqli, sababi qolganlar yo'lni oxiriga yetib bora olmaydi kabi fikrlarni bildirishdi.

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi "Talim to'g'risida"gi qonunda inklyuziv ta'lim alohida 20-moddada yoritilib, "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar

(shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etiladi" deb belgilangan [3]. Ushbu yangi tahrirdagi qabul qilingan Ta'lim to'g'riidagi qonun xalqaro ta'lim me'yorlariga rioya qilib, inson huquqlari qadr-qimmati ulug'lanadi. Nogironligi bor shaxslarning imkonyatlaridan kelib chiqib ta'limni tashkil qilish inson huquqlari himoya qilinganligidan inson eng yuqori oliy qadriyat sifatida tan olinganligidan dalolat beradi.Inklyuziv ta'lim o'zoro tenglik,inson parvarlik g'oyasi asosida tashkil etilgan bo'lib, ta'lim ta'lim uchun xizmat qilmaydi aksincha ta'lim inson uchun xizmat qiladi. Nogironlik endilikda tibbiiy masala emas, balki birinchi navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy e'tirof etildi. Nogironligi bo'lgan bolalar uchun to'siqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratish orqali ularni to'liq va sifatli ta'lim olishini ta'minlash kerak [4].

Inklyuziv ta'lim maktablarini tashkil etish, rivojlantirish uchun Inklyuziv ta'lim maktablariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash kerak. Inklyuziv ta'lim maktablariga bo'lgan ehtiyojni III bosqichda keltiriladi.

I-bosqich aholisi soni eng ko'p bo'lgan viloyatlarni aniqlash. Aholisi eng ko'p bo'lgan viloyatlarni aniqlash orqali, aholi soni inklyuziv ta'lim maktablariga bo'lgan extiyojni dastlabki sababchisi deb hisoblaymiz.Aholisi ko'p bo'lgan viloyatlarda nogironlik foizi ham ko'p bo'ladi.

II-bosqich nogironlik holatlari soni bo'yicha yetakchilik qiluvchi viloyatlarni aniqlash. Nogironlikka ega shaxslar viloyatlar kesimida: 1. Navoiy - 3.6%, 2. Sirdaryo - 3.1%, 3. Qoraqalpog'iston - 2.9%

Jahon banki tadqiqotiga ko'ra, O'zbekistonda rasman 2022-yilda 845,3 ming kishi yoki umumiy aholining 2,3 foizi nogironligi bo'lgan shaxslar deb tan olingan. Bu haqda bankning mamlakatdagi vakolatxonasi bergan ma'lumotlarida so'z boradi. Uch va undan yuqori yoshdagi jami aholining 13,5 foizi nogironlikning ma'lum bir shakliga, 3,5 foizi esa nogironlikning og'ir shakliga ega.

Nogironligi bor shaxslarning katta qismi qishloq joylarda yashaydi: qishloqlarda 532 ming, shaharlarda esa 313,3 ming nafar [9].

III-bosqich kimyo sanoati va ishlab chiqarish rivojlangan shaharlarni aniqlash. Sanoati rivojlangan shaharlar atmosfera havosi tutun, qurum, chang hisobidan havoni tuman qoplab inson uchun foydali bo'lgan quyosh nurlarini yergacha to'la yetib kelmasligi oqibatida yoshi ulug' kishilarda asab va yurak xastaligi bolalardan esa raxit kasalligi tobora ko'payib bormoqda. Buning isboti misolida Erisman ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga murojaat qilsak, atmosfera havosidagi o'rtacha yillik chang miqdori yashil yaylovlardagi 1M3 havoda 0,01 MG, aholi yashaydigan avullarda 0,14 MG, shahar havosida 0,16 MG bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich sanoat rivojlangan markaziy sanoat shaharlarida 0,28 MG teng bo'lgan. S.Goldberg ma'lumotlariga ko'ra issiqlik ishlab chiqaradigan markaziy stansiyalar joylashgan rayonlarda 500 dan ortiq maktab o'quvchilari tibbiyot ko'rigidan o'tkazilganda, ularning 60% ning o'pkasida turli xil nostandart holatlar kuzatilgan bo'lib, 17,3% esa silikoz kasalligining boshlang'ich bosqichlari qayd etilgan. Sanoat korxonalarining rivojlanishi, transport vositalarining ortib borishi kommunal maishiy xizmat soxalarining kengayib borishi, shahar atrofida turli xil markazlashmagan oddiy gigiena talablariga javob bermaydigan axlatxonalarning ko'payishi olidini olish hech kechiktirib bo'lmaydigan gigiena-ekologik tadbir hisoblanadi.[10] O'zbekistonda tashkil qilingan ekologiya haftaligi doirasida O'zbekistonning Londondagi elchiligi Buyuk Britaniyadagi jurnalistlar va tadqiqotchilar uchun Tojikiston Alyuminiy zavodining O'zbekiston atrof-muhitiga ta'siriga bag'ishlangan brifing muloqot tashkil qildi.O'zbekiston jamoatchiligi O'zbek-Tojik chegarasidagi

dunyodagi eng yirik alyuminiy ishlab chiqarish korxonasining insonlar salomatligi va nabotot olamiga salbiy ta'siri haqida 1990-yillardan buyon ogohlantirib keladi.

Brifingda aytilishicha, TALKO atrof-muhitga chiqarayotgan sanoat chiqindilari tufayli chegaradosh hududlarda, ya'ni O'zbekistonning janubiy Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo'rg'on tumanlarida yashaydigan bir milliondan ortiq aholi zararli ta'sir ostida qolib ketmoqda.[11]

III-bosqich xulosasi Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo'rg'on tumanlarida yashaydigan bir milliondan ortiq aholi zararli ta'sir ostida qolib ketmoqda. Navoiy viloyati sement zavodi va turli xil sanoat sohasida ishlab chiqarish miqdori ortganligi tufayli hovosi ifloslanib inson salomatligiga tasir ortib bormoqda. Toshkent shahri, Angren shahri, Olmaliq shahri kimyo sanoati rangli metallurgiya sanoati IESlar oqibatida havosi ifloslanib, havodagi inson uchun xavfli moddalar miqdori me'yoridan 10 baravardan ko'p ortib bormoqda. Shaharlar va tumanlarda inklyuziv ta'lim maktablariga ehtiyoj borligi aniqlandi. Jumladan:

1. Samarqand shahri - 573,2 ming kishi

2. Andijon shahri - 468,1 ming kishi

3. Namangan shahri - 365,1 ming kishi

4. Nukus shahri - 334,6 ming kishi

5. Farg'ona shahri - 305,6 ming kishi

6. Qarshi shahri - 289,6 ming kishi

7. Buxoro shahri - 289,2 ming kishi

8. Qo'qon shahri - 264,1 ming kishi

9. Marg'ilon shahri - 246,7 ming kishi

10. Termiz shahri - 195,9 ming kish

11. Urgut tumani - 545,7 ming kishi

12. Denov tumani - 409,5 ming

13. Olmazor tumani - 395,0 ming

14. Past darg'om tumani - 374,9 ming

15. Yunusobod tumani - 366,9 ming kishi

Tadqiqot natijasiga ko'ra, nogironlik holatlari soni ko'pligi bo'yicha yetakchilik qiluvchi Navoiy, Sirdaryo, Qaraqolpog'iston respublikasida kimyo sanoati, IESlar, sement qayta ishlash,ranglli metallurgiyani qayta ishlash oqibatida sanoat chiqindilari atmosferani ifloslantirmoqda, natijada shu hududlarda nogironlik holatlari soni ortib bormoqda.

Tabiiatga bo'layotgan ta'sirni kamaytirmasak Toshkent shahri, Angren shahri, Olmaliq shahri, Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo, Uzun, Denov, Oltinsoy va Jarqo'rg'on tumanlarida nogironlik holatlari soni ortib, ushbu hududlarda inklyuziv ta'lim maktablariga bo'lgan ehtiyoj ham ortib boradi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi 1992-yildagi qabul qilingan "Talim to'g'risida"gi qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining 1997-yildagi qabul qilingan "Talim to'g'risida"gi qonuni.

3. O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 23-sentabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi"Talim to'g'risida"gi qonuni. 55-moddasi.

4. X. Ibraimov, M. Quronov. Umumiy pedagogoka. - T., "Sahhof', 2023.210 b.

5. F.Qodirova Inklyuziv ta'lim nazariya va amaliyot. - T.,"Zebo print",2022.

6. 13 b.

7. http://m.xabar.uz/uz/iamiyat/aholisi-eng-kop-viloyat-malum-qilindi.

8. https://qashstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/9310-aholi-soni-eng-ko-p-bo-lgan-shaharlar-top-o-ntaligi.

9. https://www.navstat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/8643-aholi-soni-eng-ko-p-bo-lgan-tumanlar-top-10.

10. https://kun.uz/94000773?q=%2Fuz%2F94000773.

11. https://hayotkimyosicom.wordpress.com/about/.

12. https://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/06/130604_latin_talko_uzbekistan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.