ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI MAVJUD O'QUVCHILARNING TA'LIM-TARBIYA OLISH HUQUQLARINI TA'MINLASHDA JAHON HAMJAMIYATI VA
O'ZBEKISTON TAJRIBASI
Namazov Shuxrat
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11181393
Annotatsiya. Mazkur maqolada alohida ta'lim ehtiyojlari mavjudo'quvchilarining ta'lim-tarbiya olish huquqlari, mutaxassislarning inklyuziv huquqiy madaniyatini rivojlantirish ta'sir etuvchi ijtimoiy omillar, inklyuziv ta'limni rivojlantirishdajahon tajribasi, pedagogik-psixologik jihatlar, ma'naviy barkamol yosh-avlodni tarbiyalashda inklyuziv ta'limning o'rni, o'quvchilar, talaba-yoshlarnijamiyat hayotiningma'naviy sohalarida, adolatli, demokratikfuqarolikjamiyati qurishyo'lidaprofessionalkasb egasi bo'lib voyagayetkazishda inklyuziv ta'lim bilan hamkorlik zarurligi ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: inklyuziv ta'lim, fuqarolik jamiyati, alohida ta'lim ehtiyojlari mavjud o'quvchilar, pedagog, psixolog, adolatlilik, huquqiy madaniyat, yoshlar.
Jahonda hozirgi murakkab globallashuv davrida ilm-fan, iqtisodiyot, sog'liqni saqlash, texnika, madaniyat - jamiyatning barcha sohalarini jadal ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichiga olib chiqish maqsadida har bir davlat tomonidan ta'lim tizimini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Bunda, albatta, alohida ta'lim ehtiyojlari mavjud ta'lim oluvchilarga boshqalar bilan teng imkoniyatlar yaratish, inklyuziv ta'limni rivojlantirish, jumladan, ularning jamiyatda uzluksiz ta'lim olishlari, mehnat bozorida erkin raqobatbardosh kadr bo'lib yetishishlari hamda davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoyaga egalik qilishlari uchun qonunchilik tizimi ham muntazam ravishda isloh qilib borilmoqda. Bu jarayonlarda esa birinchi navbatda, barcha mamlakatlar qonunchiligida xalqaro huquqiy normalar asos bo'lib xizmat qilmoqda. Xususan, Birlashgan Millatlar tashkilotining "Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi" (1948-yil), "Bolalar huquqlari to'g'risida"gi konvensiya (1989-yil), BMT ning "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi (1975-yil), "Ta'lim hamma uchun" umumjahon deklaratsiyasi (1990-yil) va boshqa xalqaro miqyosda qabul qilingan huquqiy-me'yoriy hujjatlarning asosiy maqsadi ham inklyuziv ta'limni rivojlantirishdan iboratdir.
Shu jumladan, mamlakatimizda ham keyingi yillarda ushbu sohani barqaror rivojlantirish maqsadida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami huquqlarini mustahkamlashga qaratilgan samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarning samarali natijasi o'laroq, milliy qonunchiligimizda nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlarini ta'minlash hamda himoya qilish masalalari O'zbekiston Respublikasining 200 dan ortiq (Konstitutsiya, 40 dan ziyod qonun va 160 dan ortiq qonunosti hujjatlari) normativ-huquqiy hujjatlarida o'z aksini topmoqda. Jumladan, O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslar huquqlari O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida", "Ta'lim to'g'risida", "Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida", "Aholi bandligi to'g'risida", "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida", "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti
to'g'risida", "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida", "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonunlar va O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi bilan tartibga solinadi.
Hozirda O'zbekistonda 767 mingdan ortiq nogironligi bo'lgan shaxs istiqomat qiladi. Shularning 100 mingdan ortig'i 16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolalardir. Ushbu raqamlar bugungi kun talablari asosida inklyuziv ta'lim va madaniyatni joriy etishning huquqiy asoslarini yaratishni dolzarb masala ekanligini ko'rsatib turibdi. Shuning uchun yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 50-moddasi1da "...Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy o'rta ta'lim va boshlang'ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi. Umumiy o'rta ta'lim majburiydir. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o'rta ta'lim davlat nazoratidadir. Ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi", deb belgilab qo'yildi. Shuningdek, "Ta'lim to'g'risida" 2gi qonunda "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan" deb a'lohida ta'kidlab o'tilgan. Ushbu norma mutaxassislarning inklyuziv huquqiy madaniyatini rivojlantirish ta'sir etuvchi ijtimoiy omil bo'lib hisoblanadi.Shundan kelib chiqqan holda, milliy ta'lim tizimda ilg'or tajribalarga asoslangan inklyuziv ta'limni joriy etish, rivojlantirish hamda bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va jamoatchilikni ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash orqali bolalar uchun xavfsiz inklyuziv o'quv muhitini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarni himoya qilish sohasidagi O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri - nogironligi bo'lgan shaxslarning Konstitutsiyamizda ko'zda tutilgan shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq va erkinliklarini xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda O'zbekiston qo'shilgan xalqaro shartnomalarga muvofiq holda, boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ta'minlash hisoblanadi.
BMT Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyasining 2021-yil 7-iyunda O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingani ushbu sohada samarali islohotlarni davom ettirishning yorqin namunasi bo'ldi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Biz uchun nogironligi bo'lgan insonlarni ijtimoiy hayotimizning barcha sohalariga jalb etish ustuvor yo'nalish hisoblanadi"3, degan so'zlari imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta'minlanishi davlat muhofazasida ekanligini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiyani ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" (PQ-4860-son, 2020-yil 13-oktyabr) qarori hamda 2023-yil 27-fevralda "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilindi. Shuningdek, Harakatlar strategiyasi doirasida, jumladan, Prezidentimiz tomonidan 2021-yil 25-martda "Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, "Saxovat" va "Muruvvat" internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to'g'risida"gi farmon, 2021-yil 27-noyabrda "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati faoliyati hamda bolalarga nogironlikni belgilash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - 2023-yil
2 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida" gi qonuni 2020-yil 23-sentabr
3 Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, 2021-yil 3-dekabr
to'g'risida"gi qaror qabul qilingan. 2022-yil 28-yanvarda tasdiqlangan "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" ijrosi doirasida ishlab chiqilgan 2023-yil 17-fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Nogironligi bo'lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni imzolandi. Mazkur qonun va qonunosti hujjatlari ma'naviy barkamol yosh-avlodni tarbiyalashda inklyuziv ta'limning o'rnini, nogironligi bo'lgan shaxslarning demokratik fuqarolik jamiyati qurish yo'lida professional kasb egasi bo'lib voyaga yetkazish muhimligini, shuningdek, inklyuziv ta'limni rivojlantirish zarurligini va shu orqali nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini tartibga solish ahamiyatli ekanligini belgilab bergan.
2022-yil 16-17-fevral kunlari Norvegiya va Gana hukumatlari hamda Nogironlik muammolari bo'yicha xalqaro alyans tomonidan onlayn shaklda tashkil etilgan Nogironlik muammolari bo'yicha Global sammitda imkoniyati cheklangan insonlar hayotida aniq va amaliy o'zgarishlar yuz berishiga xizmat qiladigan inklyuziv taraqqiyot talablarini tatbiq etish istiqbollari muhokama qilindi. Unga O'zbekiston ham taklif etildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov ishtirok etib, ma'ruza qildi. U o'z ma'ruzasida O'zbekistonda nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari va manfaatlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari haqida jahon hamjamiyatiga axborot taqdim etdi4.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasi minbaridan turib, imkoniyati cheklangan shaxslarning o'z qobiliyatini to'la ro'yobga chiqarish masalalari bo'yicha Mintaqaviy kengash tuzish taklifini xalqaro hamjamiyat e'tiboriga havola etar ekan, O'zbekistonda alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilayotganini ta'kidlagani bejiz emas.
Shunday qilib, O'zbekistonda ijtimoiy adolat printsipiga amal qilish, yordam va qo'llab-quvvatlashga muhtoj, birinchi navbatda, jismoniy imkoniyati cheklangan odamlarga to'laqonli hayot kechirish uchun sharoit yaratish masalasi davlat rahbarining doimiy diqqat markazida turibdi.
"2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" 5da bu borada muhim maqsad-vazifalar belgilangan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida "Ijtimoiy himoya yagona reestri" axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo'lgan shaxslar bo'yicha alohida ma'lumotlar bazasini yaratilmoqda. Kelgusida ushbu ma'lumotlar bazasini o'zida jamlagan "Ijtimoiy himoya yagona reestri" hozir amalda bo'lgan "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" bilan integratsiya qilinadi.
Birgina misol, nogironligi bo'lgan shaxslarning ta'lim olish huquqiga nazar soladigan bo'lsak, ular barcha darajalardagi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'limi, professional ta'limi davlat ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, zaruriyat bo'lganda esa ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya
4 https://parliament.gov.uz/
5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (https://lex.uz/uz/docs/-5841063)
Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son
berish, korrektsiyalash va davolash-sog'lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning umumiy o'rta ta'lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda, ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko'maklashish, shuningdek, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta'lim berishda yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etiladi.
Ushbu maktablarni tashkil etish tegishli hududda oxirgi 5 yilda 3 yoshdan 16 yoshgacha bolalar o'rtasida tegishli kasalliklarning ko'payganligini ko'rsatadigan sog'liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma'lumotlari bilan asoslanishi kerak. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida o'quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi kerak.
Bundan tashqari, ular uchun oliy ta'lim muassasalarida davlat granti asosida abituriyentlarni qabul qilish umumiy sonining 2 foizi miqdorida qo'shimcha qabul kvotasi ajratiladi. Xususan:
- nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'shimcha kvota asosida oliy ta'lim muassasalariga qabul qilish kirish imtihonlari natijalari bo'yicha amalga oshiriladi;
- ular uchun ajratilgan qo'shimcha kvotalar bo'yicha o'qishga qabul qilinmagan abiturientlar to'plagan ballari bilan ta'limning ushbu yo'nalishi bo'yicha tanlovda umumiy asoslarda ishtirok etadi;
- ko'zi ojizlar toifasiga kiruvchi sifatida hamda nogironligi bo'lgan shaxslarga ajratilgan kvota doirasida davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalar o'qishini oliy ta'limning mos va turdosh ta'lim yo'nalishlari hamda mos mutaxassisliklariga davlat granti asosida ko'chirilishiga ruxsat etiladi6.
Xulosa qiladigan bo'lsak, inklyuziv ta'lim tizimi barcha o'quvchilarning millatidan, dinidan, jinsidan va boshqa o'ziga xos xususiyatlardan qat'i nazar ularning ta'lim olishlari, mehnat qilishlarida teng imkoniyatlar yaratishdir.
Inklyuziv ta'limning asosiy maqsadi, barcha o'quvchilarning o'z iste'dodi va qobiliyatlarini namoyon eta oladigan, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lgan raqobatbardosh kadrlarga aylanishlarini ta'minlashga erishishdir. Inklyuziv muhit samaradorligini ta'minlashda ta'lim muassasasi, mahalla, oila hamkorligini ta'minlashda yoshlarning, mutaxassislarning huquqiy madaniyatini oshirish, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik, tenglik, adolatlilik, bag'rikenglik tuyg'ularini rivojlantirish muhim rol o'ynaydi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023-yil. Toshkent.
2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 2020-yil 23-sentabr
3. Prezident Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, 2021-yil 3-dekabr
4. "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60-son (https://lex.uz/uz/docs/-5841063)
5. https://ziyonet.uz
6. https://lex.uz/
7. https://uza.uz/oz
8. https://gov.uz
9. https://parliament.gov.uz/
6 https://advice.uz
10. Madjidova D., Namazov Sh. Inklyuziv ta'lim muhitida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik jihatlari /Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Pedagogika" ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 01/2023 son. - B. 50-53.
11. D.A.Madjidova. (2023). Psychological and pedagogical features of socialization of children with special needs and assistance to their families. Horizon: Journal of Humanity and Artificial Intelligence, 2(11), 5-7. Retrieved from https://univerpubl.com/index.php/horizon/article/view/2723
12. Madjidova D.A. Inklyuziv ta'lim muhitida autistik spektrida buzilishlar bo'lgan bolalar muammolari / Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti "Pedagogika" ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 04/2023 son. - B. 32-35.
13. Madjidova D.A. Inklyuziv ta'lim muhitida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar bilan mutaxassislar va ota-onalar hamkorlikdagi faoliyati/"Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches" International scientific-practical conference, November 13, 2023. - B. 33-36.