Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI'

INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
202
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Inklyuziv ta’lim / nogironligi bor o‘quvchilar / pedagogic kompetensiya / qarorlar ijrosi / xorij tajribasi / tadqiqot / tashviqot.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna

Maqolada inklyuziv ta’lim muhitida pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan nogironligi bor o‘quvchilar ta’lim muhitida yaratib berilayotgan sharoitlar va ishlab chiqilgan qonun va qarorlar ijrosi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-ME’YORIY ASOSLARI»

INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA PEDAGOGNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING HUQUQIY-ME'YORIY ASOSLARI

Umaralieva Muxayyo Abdugaparovna

T.N. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti

mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1011553 7

Annotatsiya. Maqolada inklyuziv ta'lim muhitida pedagoglarning ijtimoiy-pedagogik kompetensiyasini rivojlantirish masalasi yoritib berilgan. Shuningdek, davlatimiz tomonidan nogironligi bor o'quvchilar ta'lim muhitida yaratib berilayotgan sharoitlar va ishlab chiqilgan qonun va qarorlar ijrosi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, nogironligi bor o'quvchilar, pedagogic kompetensiya, qarorlar ijrosi, xorij tajribasi, tadqiqot, tashviqot.

Mamlakatimizda nogironlarni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlash, ijtimoiy yordam ko'rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta'lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko'maklashish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilib, xalqimizga xos bo'lgan mehr-shavqat hamda ezgulik tuyg'ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son "Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida", 2020-yil 6-noyabrdagi PF-6018-son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilmfan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi farmonlari, 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim- tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normative huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-226-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

Inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilish bo'yicha qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul

qilindi.

Mazkur hujj atlarda jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Xususan, O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3931-son qarorida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarining ijtimoiy kafolatlarini ta'minlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning ta'lim-tarbiya ( shu jumladan, inklyuziv ta'lim-tarbiya) olishiga xizmat qiladigan moslashuv muhitini yaratish bo'yicha alohida vazifalar qayd etib o'tilgan.

Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha:

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'lim oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshisrish;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassis) bilan ta'minlash;

- jamoatchilik o'rtasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

- o'quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta'im muassasasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini optimalllashtirish;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internetlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash;

- alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olish huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar belgilangan.

Alohida ta'lim olish ehtiyoji bo'lgan bolalar va ularning ota-onalariga korreksion pedagogik yordam olishida va kasbga yo'naltirishda ta'lim muassasalari har tomonlama yordam ko'rsatishi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi Nizomda belgilab berilgan.

Birlashtirilgan, inklyuziv ta'lim - inson huquqlarining dolzarb muammosi bo'lib kelmoqda. Hali juda ko'p bolalar ota-onalarining bola uchun qulay sharoiti mavjud, deb hisoblagan maxsus internatlarda o'qitishi tarafdori bo'lib kelmoqda. Lekin voyaga yetgan katta yoshli nogironlar, o'zlarini inklyuziv ta'lim shartlarini boshidan kechirgan deb ta'riflab, alohida ta'limning bekor qilinishini talab qilmoqdalar. Chunki qulay, imtiyozli sharoitda, hamma narsa tayyor bo'lgan sharoitdan chiqqach, tashqari moslashish, o'z o'rnini topish mashaqqati uzoq yillar davom etadi. Har bir bolaning ta'lim olishdagi teng huquqliligini ta'minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladigan inklyuziv ta'lim tushunchasi ham qonuniy kuchga kiritilishi uzoq kutilgan yangiliklardan biri hisoblanadi.

Shular nazarda tutilgan holda hozirgi kunda birlashtirilgan inklyuziv davlat siyosati darajasida ko'rilmoqda. Birlashtirilgan ta'limga o'tish jarayoni uchun quyidagilar amalga oshirilishi talab etiladi:

- ta'limda alohida ehtiyojlari bo'lgan bolalarga munosabatlarning o'zgarishi;

- oilaning bunga tayyor bo'lishi;

- maxsus maktab ta'limida bolalarning o'qitilish vaqti qisqartirilib bolalar boshlang'ich bosqichda reabilitatsiya bo'lishini ta'minlovchi shart-sharoitlar yaratilishi;

- maxsus maktab ta'limi sohasi malakali mutaxassislar bilan ta'minlanishi, korreksiya va reabilitatsiya jarayonini sifatli va tezkor amalga oshirilishu uchun zarur jixozlar bilan ta'minlanishi;

- maxsus maktab ta'limi va oila hamkorligiga erishish, oilaning reabilitatsiya jarayonida faol bo'lishiga erishish.

Bolalarning ta'lim olish huquqining kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlari to'g'risida", O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida", "Ijtimoiy va tibbiy yordam to'g'risida" gi qonunlarida.

Nogiron bolalarni pedagogik tuzatish, "O'zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar tasdiqlandi.

O'zbekiston Respublikasida integratsiya bosqichi 3 shaklga ega edi

1. To'liq integratsiya.

2. Kichik integratsiya.

3. Profilaktik integratsiya.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizda inklyuziv ta'limni rivojlantirish quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

- me'yoriy-huquqiy, iqtisodiy, ilmiy-uslubiy ta'minotni ishlab chiqish.

- inklyuziv ta'lim xizmatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun erta aralashuv dasturlarini takomillashtirish.

- pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarini tartibga solish.

Yuqoridagi talqinlarni hisobga olgan holda, ular inklyuziv ta'lim - bu umumiy ta'lim muassasasida o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning maxsus tashkil etilgan va boshqariladigan ta'lim jarayoni, buning natijasida barcha o'quvchilarning shaxsiy ta'lim ehtiyojlari qondiriladi, degan xulosaga kelishdi.

Bundan tashqari, umumta'lim muassasasida alohida ta'limga muhtoj bo'lgan kichik maktab o'quvchilarini inklyuziv ta'lim olish uchun ularga ta'lim xizmatlarini ko'rsatish uchun alohida sharoitlar, ya'ni boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi kasbiy faoliyatni amalga oshiradigan inklyuziv muhit nazarda tutilgan.

"Umumiy ta'lim muassasasining inklyuziv muhiti" tushunchasining terminologik mohiyatini biz oldingi bo'limda ochib bergan edik. Shuni ta'kidlaymizki, biz buni quyidagicha tushunamiz: 1) bunday bolalarni samarali o'rganish, tarbiyalash va rivojlantirishga yordam beradigan va bir vaqtning o'zida boshqa maktab o'quvchilarining ta'lim olishiga to'sqinlik qilmaydigan pedagogik, psixologik, ijtimoiy sharoitlar majmui; 2) maktab va uning atrofidagi hududlarni qamrab olgan maktab muhiti dizaynini birlashtirish, shunda o'quvchilar darslar va dinamik tanaffuslar paytida xavfsiz harakatlanishlari mumkin; 3) ijobiy hissiy muhitni ta'minlash va pedagogik jamoaning alohida ta'limga muhtoj shaxslarga va ularning ota-onalariga munosabatini o'zgartirish; 4) talabalarning birgalikdagi ishini va o'zaro yordamini tashkil etish; 5) ta'lim dasturlari va rejalarini, ta'lim usullari va shakllarini moslashtirish va o'zgartirish va boshqalar.

Ko'pgina olimlar e'tiborni an'anaviy ta'lim tamoyillarining inklyuziv ta'lim talablariga va inklyuziv ta'lim jarayonining har bir ishtirokchisining kognitiv qobiliyatini rivojlantirishga mos kelmasligi faktiga qaratadi.

Zamonaviy talqinda "ijtimoiy yordam" - bu odamlarga hayotiy qiyinchiliklarni yengish yoki yumshatish, ularning ijtimoiy mavqeini va to'la huquqli hayotini saqlab qolish, jamiyatga moslashish uchun ko'rsatiladigan yordam, qo'llab-quvvatlash va xizmatlar ko'rinishidagi ijtimoiy chora-tadbirlar tizimi.

Inklyuziv muhitda boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan kichik maktab o'quvchilariga ijtimoiy-pedagogik yordam ijtimoiy-pedagogik xarakterdagi muammolarni hal qilishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik harakatlar majmuasini ta'minlash sifatida talqin etiladi, xususan:

- ta'lim jarayoni barcha o'zaro ta'sir subyektlarining ta'lim ehtiyojlari va manfaatlarini qondirishni o'z ichiga olgan o'zaro yordam, o'zaro tushunishni tashkil etishga qaratilgan yagona funksional tizimga aylanadigan shunday hamkorlikni yaratish;

- ta'lim jarayonining o'zaro ta'sirining boshqa subyektlari bilan identifikatsiya qilish holatini yaratadigan yangi motivlarning shakllanishi yoki mavjud motivlar, munosabatlar va qadriyatlarning motivatsion kuchining o'zgarishi;

- nafaqat kommunikativ kognitiv jarayonga, balki sinfda qulay hissiy muhitni ta'minlashga, inklyuziv muhitda og'zaki va og'zaki bo'lmagan xatti-harakatlarni rivojlantirishga qaratilgan muloqotni tashkil etish;

- shaxsni ijobiy rivojlantirish maqsadida subyekt-subyekt munosabatlari tizimida qulay xarakterni, ularni ijtimoiylashtirish shartlarini ta'minlash

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari buning uchun ularning kasbiy mahorat darajasini oshirishni taqozo etishi, shuning uchun oliy ta'lim muassasasida o'qish davrida uni yuqori saviyada o'zlashtirishi, tayyor va tayyor bo'lishi lozimligi aniq. funktsional vazifalarda ko'zda tutilmagan, ammo inklyuziv ta'lim tufayli keng ko'lamli ijtimoiy-pedagogik faoliyatni amalga oshirishga qodir.

REFERENCES

1. Ахмедов, Б. А. (2021). Задачи обеспечения надежности кластерных систем в непрерывной образовательной среде. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 7(22),

2. "Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda oila va maktab hamkorligi" Ilmiy-metodik to'plam, T., - 2013.

3. Дорохова Е. С. Организatsiя инклюзивного образования в системе ДОД // Дополнительное образование и воспитание. - 2010. - № 1.

4. Взаимодействие школы и семьи в формировании социальной активности подростковтема диссертatsiи и автореферата по ВАК РФ 13.00.01, кандидат педагогических наук Керкис, Сергей Станиславович.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.