Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ALOHIDA EHTIYOJLI O‘QUVCHILARNI RIVOJLANISH SOHASIDAGI PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ALOHIDA EHTIYOJLI O‘QUVCHILARNI RIVOJLANISH SOHASIDAGI PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
117
234
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shart-sharoit

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dildora Madjidova

Jamiyatimizda alohida ehtiyojli bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi uchun qulay imkoniyatlar yaratishga ta’sir ko‘rsatadigan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Ushbu o‘zgarishlardan biri inklyuziv jamiyatni rivojlantirish va mustahkamlash bo‘lib, u nogiron bolalarni birgalikda ta’lim va tarbiyalashni, ta’lim jarayonida turli xil ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning mavjudligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta’limning keng ko‘lamli muammolarini hal qilish har bir bolaning qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni talab qiladi. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash, ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish” [1] ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING ALOHIDA EHTIYOJLI O‘QUVCHILARNI RIVOJLANISH SOHASIDAGI PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING ALOHIDA EHTIYOJLI O'QUVCHILARNI RIVOJLANISH SOHASIDAGI

PEDAGOGIK KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH

Dildora Madjidova

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI bo'lim mudiri, p.f.f.d.( PhD), katta ilmiy xodim https://doi.org/10.5281/zenodo.10004844

Jamiyatimizda alohida ehtiyojli bolalarning rivojlanishi, ta'lim-tarbiyasi uchun qulay imkoniyatlar yaratishga ta'sir ko'rsatadigan o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ushbu o'zgarishlardan biri inklyuziv jamiyatni rivojlantirish va mustahkamlash bo'lib, u nogiron bolalarni birgalikda ta'lim va tarbiyalashni, ta'lim jarayonida turli xil ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning mavjudligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'limning keng ko'lamli muammolarini hal qilish har bir bolaning qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan yangi yondashuvlarni talab qiladi.

2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "yoshlar uchun ochiq va sifatli ta'limni ta'minlash, ta'limning barcha bosqichlarida yoshlarning mukammal ta'lim olishini ta'minlash, hududlarda inklyuziv ta'lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish" [1] ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.

O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 6-iyuldagi "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiyani (Nyu-York, 2006-yil 13-dekabr)" ratifikatsiya qilish haqida"gi O'RQ-695-son Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmoni, 2020-yil 13-oktabrdagi «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarda ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-4860-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarori asosida O'zbekistonda alohida ehtiyojli bolalarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvi, ta'lim-tarbiya olishlariga imkoniyatlar yaratilmoqda.

Inklyuziv ta'lim (inglizcha inclusion - inklyuziya) - bu alohida bolaga qaratilgan innovatsion qadam, chinakam insonparvar ta'lim amaliyotini amalga oshirishni anglatadi. "Inklyuziv" yoki "inklyuzivlik" eng to'g'ri atama bo'lib, u quyidagicha talqin qilinadi: bu maktablarni isloh qilish va sinflarni istisnosiz barcha bolalarning ehtiyojlari va talablariga javob beradigan tarzda qayta qurish" [2. B. 35]. Inklyuzivlik (inclusion so'zidan - kiritish) jamiyatdagi barcha fuqarolarning, birinchi navbatda, jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bor fuqarolarning ishtiroki darajasini oshirish jarayonidir.

Rasmiy ravishda "inklyuziv ta'lim" atamasi Salaman deklaratsiyasida alohida ehtiyojli shaxslarning ta'lim sohasidagi tamoyillari, siyosati va amaliyoti hamda Nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya bilan mustahkamlangan. Ushbu hujjatlarda inklyuziya har bir shaxsning farqli jihatlari va xususiyatlarini qo'llab-quvvatlaydigan islohot sifatida belgilanadi.

Inklyuziv ta'lim jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lingvistik yoki boshqa xususiyatlaridan qat'iy nazar, barcha bolalar uchun ta'lim sifatida talqin etiladi.

Bunday ta'limning maqsadi nogironligi bo'lgan bolalarni ijtimoiy ajratishni va ularning bolalar bog'chasi jamoasi, maktab hayotida ishtirok etish imkoniyatini rad etish, boshqacha qilib aytganda, maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlar turli xilligini hisobga olgan holda barcha o'quvchilarning ta'lim olishdan teng foydalanishini ta'minlashdir.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Inklyuziv ta'lim samaradorligini belgilovchi shart-sharoitlar majmuasi orasida integrativ ta'limni tashkil etishning innovatsion modellarini, ta'limni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash va sinovdan o'tkazish alohida o'rin tutadi.

Inklyuzivlik nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim muhitini, maktab muhitini har bir bolaning ehtiyojlariga moslashtirish, shu jumladan ta'lim jarayonini isloh qilish yo'li bilan o'qitish muammosini hal qilishni o'z ichiga oladi: - sinf xonalarini istisnosiz barcha bolalarning ehtiyojlarini qondirish uchun qayta qurish; - bolaning rivojlanishidagi og'ish turiga, bo'lajak o'qituvchilarning psixologik va uslubiy tayyorgarligiga qarab zarur o'quv qo'llanmalari va h.k. [3. B. 6].

Ilg'or pedagogik hamjamiyat normal va alohida ta'lim ehtiyojlaribo'lgan bolalarni birgalikda o'qitish ahamiyatini rivojlanishdanortda qolgan bolalar uchun ta'limni kengroq qamrab olish imkoniyati bilan belgilaydi, chunki ular uchun maxsus muassasalar juda kam; yopiq maktab-internatda bolalarni o'qitishda istisno qilinadigan oilaning ta'lim salohiyatidan foydalanish imkoniyati; alohida ehtiyojga ega bo'lgan bola o'qishni tugatgandan keyin ham yashashi kerak bo'lgan tashqi dunyo bilan aloqalar va munosabatlarni o'rnatish imkoniyati; sog'lom bolalarda sinfdoshlarning jismoniy va aqliy nuqsonlariga bag'rikenglikni shakllantirish, o'zaro yordam tuyg'usini va hamkorlikka intilishni rivojlantirish, ichki ma'naviy dunyosini boyitish, muloqot qilish ko'nikmalarini takomillashtirish; rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarni o'qitish amaliyotida qo'llaniladigan maxsus, o'ta samarali usul va uslublarni ommalashtirish imkoniyati, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni o'qitishning o'ziga xos texnologiyalarini o'zlashtirish orqali bo'lajak o'qituvchilarning metodik tayyorgarligi sifatini oshirish va hokazo. Shunday qilib, "inklyuziv ta'lim" atamasi ta'lim tizimi va nogironlarning jamiyatdagi o'rniga zamonaviy yondashuvni aks ettiradi [3. B. 6].

BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2008-yilda 2-aprel - Xalqaro autizm muammosi haqida ma'lumot tarqatish kuni deb qabul qilingan bo'lib, shu vaqtdan boshlab bu kun har yili nishonlanib kelinmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har 88 bolaning biri autizm sindromi bilan dunyoga keladi. Bu ma'lumot 2012-yilda Autism Speaks tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. Dunyo miqyosida esa 67 milliondan oshiqroq inson autizm sindromiga ega.

"Autizm" - (grekchadan - o'zi, yakka degan ma'noni anglatadi) muloqot buzilishining so'nggi chegarasi sifatida talqin etilib, reallikdan o'z ichki kechinmalari dunyosiga chekinishni bildiradi. Bu termin ilk bor shveysariyalik psixiatr va psixolog E.Bleyler tomonidan kiritilgan bo'lib, psixik va xulqiy buzilishlarning yig'indisini anglatadi.

Autizm - bu tibbiy tashxis, shuning uchun bunday tashxisni faqatgina mutaxassis qo'yish huquqiga ega. Autistik spektrida buzilishlari (ASB) bo'lgan bolaga butun bir kompleks xulqqa oid xususiyatlar xos bo'lganligi sababli ham birinchi galdagi vazifa- har bir alohida vaziyatda qaysi bir buzilishlar etakchi bo'lib hisoblanishini aniqlashdan iborat. Chunki bir vaqtning o'zida har bir buzilishlarning korreksiyasi bilan shug'ullanishning sira ham iloji yo'q. Biroq buzilishlarga to'g'ri tashxis qo'yish borasida mutaxassislar ham qiyinchiliklarga uchraydi.

Bu autizmning ko'p simptomlarda va keng holatlarda namoyon bo'lishi hamda bu muammo kelib chiqishi sabablarining etarli darajada o'rganilmaganligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Olimlar bu sindrom nima sababli kelib chiqishini aniqlay olmagunlariga qadar, har gal bolalardagi autizm aniqlanishida va demak, har bir bola uchun korreksion dastur tuzilayotganda muammolar paydo bo'laveradi. Bizda bunday bolalar bilan ishlash borasida tajribalar kam, chunki odatda, amaliyotda autizmning alohida qirralarigina xos bo'lgan bolalarga duch kelamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Biroq keltirib o'tilgan qiyinchiliklar bizni bolalar bog'chasida yoki maktab sinfida ASB bo'lgan bolalarni aniqlash kabi murakkab jarayondan ozod etmaydi. Shubhasiz, tashxisni faqatgina shifokor qo'yishi mumkin. Bo'lajak o'qituvchining vazifasi esa - bunday bolani aniqlab, bolalar jamoasiga moslashishiga yordam berish va mutaxassislar ko'rigi hamda nazoratiga yo'llashdan iborat. Amaliyotda maktabga chiqish vaqtidagina "autizm" muammosi bor farzandlari haqida qayg'urib, shifokorga murojaat etgan ota-onalar ham uchraydi. Agarda bo'lajak tarbiyachilar va o'qituvchilar bu muammoni vaqtliroq aniqlab, ota-onalarga mutaxassisga murojaat etishlarini maslahat berganlarida, bolalarning maktabdagi ta'limga moslashishi biroz osonroq kechadi.

Afsuski bo'lajak o'qituvchining bolalar bilan ishlash dasturlarida ASB bo'lgan bolalarni aniqlash bo'yicha maxsus ishlanmalar deyarli mavjud emas. Bunday vaqtda bolalar bilan muloqotga kirishish bo'yicha mavjud shaxsiy tajriba, sabr-toqat va kuzatishni bilish kabi shaxsiy xususiyatlar eng yaxshi yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Boladagi autizm belgilarini aniqlash bo'yicha olib boriladigan ishlarning asosiy yo'nalishlari ma'lumotlarni aniqlashda yordam beradi. Me'yorda rivojlanayotgan va ASB bo'lgan bolalarning rivojlanishi tavsifi belgiyalik psixologlar K. Gilberg va T.Pitersning kitobidan olingan. Biroq, bizning fikrimizcha, mazkur ma'lumotlar to'laligicha qabul qilinishi shart emas. Bu faqatgina bolalar bilan olib borilishi lozim bo'lgan ish yo'nalishini o'zida aks ettirgan chizma hisoblanadi.

Neyropsixologik korreksiya o'z ichiga maxsus psixologik metodikalarni qamrab oladi, ular miya buzilishlarini qayta tashkil etish hamda kompesator vositalarni yaratishga yo'naltirilib, ular yordamida bola keyinchalik mustaqil ravishda ta'lim olishi va o'z xulqini nazorat qilishi mumkin bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, tashxisning o'z vaqtida qo'yilmaganligi, tibbiy-pedagogik yordamning amalga oshirilmaganligi tufayli, bunday bolalarning ko'pgina qismi ta'limni o'zlashtira ololmaydigan va umuman hayotga moslashmagan bo'lib qoladi. Aksincha, buzilishning ilk rivojlanish davrlarida aniqlanilishi va korreksion tadbirlarning o'z vaqtida olib borilishi natijasida ASB bo'lgan bolalarning kattagina qismini ta'lim olishga tayyorlash, ba'zan esa yashirin qobiliyatlarni rivojlantirishga erishish ham mumkin. Mazkur muammo to'g'risida to'liq tasavvurga ega bo'lgan mutaxassis, nafaqat bolaning muammosini tashxis qilishi, balki bolaning sensor integratsiyasi rivojlanishiga samarali ta'sir etuvchi pedagogik-psixologik tadbirlarni to'g'ri belgilashi, tashkil etishi mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" PF-60-sonli Farmoni/ https://lex.uz/docs/5841063

2. Айрес Э. Дж. Ребенок и сенсорная интегратсия. Понимание скрытых проблем развития /Э. Джин Айрес; [пер. с анг. Юлии Даре]. - М.: Теревинф, 2009. - 272 с.

3. Бардиер Г., Ромазан И.,Чередникова Т. Я хочу! СПб.,1993.

4. Барбера М.Л. Детский аутизм и вербально-поведенческий подход.- Екатеринбург: «Рама Паблишинг», 2014. - 304 с.

5. Битова А.Л., Борисовская О.Б. Педагогика, которая лечит. - Москва: «Теревинф», 2013г. - 240 с.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

6. Войлокова Е.Ф. Сенсорное воспитание дошкольников с интеллектуальной недостаточностью. - М. : «Каро», 2005. - 30 с.

7. Гилберг К., Питерс Г. Аутизм. Медицинские и педагогические аспекты. СПб., 1998.

8. Ibraimov Kh. I. Creativity as one of the characteristics of the personality of the future teacher // Science, education and culture. - 2018. - no. 3 (27). - P. 44-46.

9. Ibragimovich Kh.I. Peculiarities of using credit-module technologies in the higher education system of Uzbekistan //Integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal. - 2021. - P. 209-214.

10. Ibraimov Kh. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.

11. Ibragimov, X., Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi" (darslik). T.: Fan va texnologiya 288 (2008).

12. Д. Маджидова Pedagogical and psychological features of parent-child relations in the families of migrant workers - Herald pedagogiki. Nauka i Praktyka, 2021 https://ejournals.id/index. php/HP/arti cle/download/90/80

13. D. Madjidova Important directions for preventing risks caused by migration in ensuring the strength of families / International Scientific Journal "Science and Innovation". Series B. Volume 1 Issue 4 2022/7/26 https://scientists.uz/view.php?id=864

14. Д.А. Маджидова, З.Ш. Мамараимова Семья как важный фактор формирования здорового мировоззрения - Молодой ученый, 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.