INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
INKLYUZIV MADANIYAT - BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING PROFESSIONAL KOMPETENTLIGINING AJRALMAS
QISMI SIFATIDA Komila Todjibayeva
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch
doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.10011463
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 15 moddasida ta'lim olish shakllari sanab o'tilgan bo'lib, ulardan biri inklyuziv ta'lim hisoblanadi. Mazkur Qonunning 20 moddasida inklyuziv ta'limga quyidagicha ta'rif beriladi: "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan [1]".
Shuningdek, YUNESKO tomonidan 2005 yil inklyuziv ta'lim bo'yicha chop etilgan "Barchaga ta'lim olishni ta'minlash" nomli qo'llanmada shunday ta'rif berilgan: "Inklyuziya bu o'quvchilarning (ayniqsa, alohida e'tiborga muhtoj o'quvchilarni) turli xil ehtiyojlarini qondirish, ularni ta'lim, madaniyat sohalarida va jamiyatda bo'lib o'tayotgan jarayonlarga keng jalb qilish va ta'lim olish yo'lida bo'lgan qiyinchiliklarni yengillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishdir [2]".
Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish o'z-o'zidan pedagoglar va tarbiyachilar faoliyatiga qo'yiladigan talabning ortishini, ularning funksional majburiyatlarini ko'payishini va professional malakalarini kengayishi ehtiyojini keltirib chiqaradi. An'anaviy bilim va malakalarning o'zigina bu ta'lim turida yetarli emas. Alohida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash pedagog va tarbiyachilardan maxsus professional kompetensiyaga egalik, ya'ni inklyuziv madaniyatni talab qiladi.
Umuman olganda, jahon tajribasiga nazar tashlasak alohida yordamga muhtoj bolalarni ta'lim bilan qamrab olish darajalari quyidagicha ko'rinishlarda amalga oshirilishi mumkinligini ko'ramiz:
Eksklyuziya - ta'lim bilan qamrab olinmagan ya'ni ta'limdan tashqarida nogironligi bor bolalar. Bunday bolalar ta'limga jalb etilmaydi va o'z-o'zidan ularning ta'lim olish huquqlari ta'minlanmaydi.
Segregatsiya - alohida yordamga muhtoj bolalarni umumiy ta'limdan alohidalash va ularga maxsus maktab va internatlarda ta'lim berish.
Integratsiya - alohida yordamga muhtoj bolalar uchun umumta'lim maktablarida alohida sinflarni tashkil etish.
Inklyuziya - alohida yordamga muhtoj bolalar boshqa bolalar bilan umumta'lim maktablarida bir sinfda tahsil olishi.
Bizningcha inklyuziv madaniyat bu barcha o'quvchilar (tarbiyalanuvchilar) uchun maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta'minlash qobiliyatidir.
BMT ning 2019 yilda e'lon qilgan "O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalar va kattalar ahvolining tahlili" nomli qo'llanmasida qayd qilinishicha, O'zbekistonda o'tkazilgan va "Nogiron bolalarning o'qishi uchun eng yaxshi joyi qaysi?" degan savolga quyidagi respondentlar quyidagi tartibda javob berishgan (1.1-rasm):
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
1.1-pacM: HorupoH ßo^a^apHHHr y^umu ynyH энг sxmn ^OH TyFpucuga yMyMHH Metep^ap
2 m o%2% 16%
70%
■ MeH ÖH^MaHMaH
■ ogaTHH MaKTaöga, coraoM 6o.na.nap ÖHnaH öup CHH^ga
■ ogaTHH MaKTaöga, .neKHH a.nox,Hfla CHH^ga
■ Maxcyc MaKTaöga
Diagrammadan ko'rinib turibdiki, jamiyatda inklyuziv ta'lim, inklyuziv madaniyat va uning imkoniyatlari to'g'riisida yetarlicha taassurotlar shakllanib ulgirmagan.
Inklyuzivlik tamoyili ta'limda imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi [3].
Yangi O'zbekiston tarixida inklyuziv ta'limning qisqacha rivojlanish xronologiyasini ko'rib, shunday xulosaga kelish mumkinki, keyingi paytlarda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berish va rivojlantirish masalasiga keng e'tibor qaratilmoqda va sohada juda katta siljishlar ham kuzatilmoqda. Yuqorida sanab o'tilgan me'yoriy-hujjatlarda keltirilgan vazifalar mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish sohasida yangilik bo'lishi bilan birga, ta'lim tizimi oldida turgan bir qator muammolarga yechim topish majburiyatini ko'ndalang qo'yadi. Ushbu muammolar quyidagilar:
1. Inklyuziv ta'lim tizimi sohasidagi normativ bazaning hamon sayozligi;
2. Inklyuziv ta'lim tizimi uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash va ularning inklyuziv kompetentligini uzluksiz rivojlantirib borish zaruriyatining yuqoriligi;
3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, professional ta'lim, oliy ta'lim tizimida inklyuziv ta'lim berishning uzluksizligi va izchilligini ta'minlash muammosi;
3. Inklyuziv ta'lim joriy etilgan muassasalarni moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ehtiyojining yuqoriligi;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
October 19-20, 2023
4. Inklyuziv ta'lim muassasalarida o'qituvchi va tarbiyachilar uchun zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalarning yetarli emasligi;
5. Xavfsiz inklyuziv ta'lim muhitining yetarli darajada ta'minlanishi borasidagi muammolar va h.k.
Ushbu muammolarni hal etish har bir alohida yordamga muhtoj bolaning ta'limi, tarbiyasi, rivojlanishi, ijtimoiylashuvi jarayonini muvaffaqiyatli o'tishiga zamin yaratadi.
REFERENCES
1. https://lex.uz/docs/5013007 O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni. -Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y.
2. UNESCO: Barchaga ta'lim olishni ta'minlash. -T. : O'zbekiston, 2009. - 68-b.
3. Oizi T. K. S. Topical Issues Formation of Inclusive Competence of Future Teachers in the Republic of Uzbekistan //JournalNX. - S. 103-106.