Научная статья на тему 'ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH XUSUSIYATLARI'

ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

2628
328
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Alohida ehtiyojga ega bolalar / inklyuziya / inlklyuziv ta’lim / oila / ijtimoiy moslashuv / ijtimoiy model / metodologiya / Дети с особыми потребностями / инклюзия / инклюзивное образование / семья / социальная адаптация / социальная модель / методика

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nodira Bahodir Qizi Saidova

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida va jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlarida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bor, ular bizning mamlakatimizda odatda nogironlar deb nomlanadi. Ushbu maqolada har bir bolaga nuqsoni sababli bajara olmaydigan tamonidan emas, balki mavjud nuqsonga qaramay, u bajara olishi mumkin bo'lgan tamonidan murojaat qilish lozimligi tushunchasi va bunda inklyuziv ta’lim ahamiyati xususida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В настоящее время во всех странах мира и во всех социальных группах общества есть дети с особыми потребностями, в нашей стране их принято называть инвалидами. В данной статье говорится о концепции обращения к каждому ребенку не с той стороны, которую он не может выполнять в силу своей инвалидности, а с той стороны, которую он может выполнять, несмотря на имеющуюся инвалидность, и о важности инклюзивного образования в этом.

Текст научной работы на тему «ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO’LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB ETISH XUSUSIYATLARI»

ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO'LGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA'LIMGA JALB ETISH XUSUSIYATLARI

Nodira Bahodir qizi Saidova

O'zMU tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Hozirgi vaqtda dunyoning barcha mamlakatlarida va jamiyatning barcha ijtimoiy guruhlarida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar bor, ular bizning mamlakatimizda odatda nogironlar deb nomlanadi. Ushbu maqolada har bir bolaga nuqsoni sababli bajara olmaydigan tamonidan emas, balki mavjud nuqsonga qaramay, u bajara olishi mumkin bo'lgan tamonidan murojaat qilish lozimligi tushunchasi va bunda inklyuziv ta'lim ahamiyati xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Alohida ehtiyojga ega bolalar, inklyuziya, inlklyuziv ta'lim, oila, ijtimoiy moslashuv, ijtimoiy model, metodologiya

АННОТАЦИЯ

В настоящее время во всех странах мира и во всех социальных группах общества есть дети с особыми потребностями, в нашей стране их принято называть инвалидами. В данной статье говорится о концепции обращения к каждому ребенку не с той стороны, которую он не может выполнять в силу своей инвалидности, а с той стороны, которую он может выполнять, несмотря на имеющуюся инвалидность, и о важности инклюзивного образования в этом.

Ключевые слова: Дети с особыми потребностями, инклюзия, инклюзивное образование, семья, социальная адаптация, социальная модель, методика

ABSTRACT

Currently, in all countries of the world and in all social groups of society, there are children with special needs, they are usually called disabled in our country. This article talks about the concept of addressing each child not from the side that he can't do because of his disability, but from the side that he can do despite the existing disability, and the importance of inclusive education in this.

Keywords: Children with special needs, inclusion, inclusive education, family, social adaptation, social model, methodology

May 6, 2023

144

BoMarning hayoti, ta'lim - tarbiyasi, ma'naviy va ahloqiy kamoloti, ularning barkamol o'sib ulg'ayishiga dahldor barcha masalalar davlatimizning muhim vazifalaridan biri sifatida o'ziga xos huquqiy maqom kasb etgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg'unlashishi huquqi, turar joyga, ijtimoiy yordam olishga bo'lgan huquqi, nogiron bolalar, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va bilim olishga bo'lgan huquqlari kafolatlari ham hozirda mavjud "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonun hujjatida o'z aksini topgan. Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni jamiyat hayotiga to'la-to'kis moslashuvini ta'minlash va bunda o'quv jarayonini tashkil qilish to'g'risida juda ko'p tushunchalar shakllangan. Shunday tushunchalardan biri bu inklyuziya tushunchasi.

Inklyuziya bu - alohida ehtiyojli o'quvchilarni ehtiyojlarini qondirish, ta'lim, madaniyat va jamiyatda bo'lib o'tayotgan jarayonlarga keng jalb etish va ta'lim olish yo'lida bo'lgan qiyinchiliklarni yengillashtirish bo'yicha olib boriladigan chora tadbirlardir. Inklyuziv ta'limda hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olingan bo'lishi kerak. Inklyuziv ta'lim maxsus ehtiyojli, nogiron bolalar ham faqat maxsus maktablarda emas, balki sog'lom bolalar o'qiydigan umumta'lim maktablarida ham ta'lim-tarbiya olishlari mumkin ekanligini e'tirof etadi. Buning uchun esa maktab ham, o'qituvchi-tarbiyachilar ham inklyuziv ta'lim tizimiga tayyor bo'lishi, maktab darajasi, jismoniy sharoit va o'qishga imkon omillari shu ta'lim talablariga to'la javob berishi kerak.

Inklyuziv ta'lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta'lim tizimiga ba'zi bir o'zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o'quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog'liq tomonlari to'g'ri yo'lga qo'yiladi.

Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni jamiyat hayotiga to'la-to'kis moslashuvi muammolari har doim ham eng dolzarb o'rinni egallab kelgan masalalardan biri bo'lib kelgan. Bolalar nogironligi ularning hayot faoliyatini cheklabgina qolmasdan, ijtimoiy dezadaptatsiyaga olib keladi. Bu esa o'z xulqi ustidan nazorat qila olmaslik, shuningdek o'z-o'ziga xizmat layoqati, oldinga intilish, mo'ljal olish, o'qish, muloqot va kelgusidagi mehnat faoliyatining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bunda esa bolaning

May 6, 2023

rivojlanishida o'zgarishlar bo'lishi uchun oila eng zarur omil hisoblanadi.

Oilada alohida ehtiyojli bola tug'ilganda, ota-onalarning hayotga bo'lgan qarashlari, o'zlariga va boshqalarga bo'lgan munosabati o'zgaradi. Shuning uchun alohida ehtiyojli bolalarning reabilitatsiyasi va jamiyatga integratsiyasi haqida gapirilganda, nafaqat shu bolalarning ehtiyojlarini, balki oilaning ham ehtiyojlarini e'tiborga olish zarurki, ularning ko'pchiligi majmuaviy ijtimoiy ko'makka muhtoj bo'ladi.

Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolarga:

-ijtimoiy moslashishda qiyinchiliklar va kamdan-kam bolalar bog'chaga boradiganligi;

-tashqi muhitdan izolyatsiya qilingan;

-jismoniy jarayonlarning rivojlanish darajasi pastligi;

-baholash natijalari asosida o'quv dasturining bir yoki bir nechta bo'limlarida rivojlanish darajasi juda pastligi;

-baholash natijalari asosida o'quv dasturining bir yoki bir nechta bo'limlarida yuqori darajadagi rivojlanishi;

-ba'zi bir faoliyat turi uchun yuqori qobiliyat (teatr, vizual, intellektual, jismoniy, ijtimoiy-samarali qobiliyatlar);

-shaxsiy xususiyatlarda zaif motivatsiya, yengil qo'zg'aluvchanlik, hissiy va irodaviy sohadagi buzilishlar, psixologik muvozanati buzilgan, oilada yetarli tarbiya berilmaganligi va boshqalar kiradi.

Har tomonlama rivojlangan sog'lom avlodni tarbiyalash har bir davlatning o'ta dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Istalgan davlatning kelajagi, uning taraqqiyoti va gullab yashnashi o'sib kelayotgan avlodning tarbiyasi qayerda va qanday amalga oshirilishi, bola shaxsining qay tarzda shakllanayotganinga bevosita bog'liq. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan kuchli ijtimoiy siyosatning diqqat markazida bolalar va ularning oilalarini himoya qilish va yaqindan ko'maklashish vazifasi turadi. Chunonchi, oila jamiyatning asosiy bo'g'ini, hujayrasi hisoblanadi. Har qanday bola mehribon, baxtli va mustaqil bo'lishi mumkin, har qanday bola shaxs sifatida rivojlanadi, faqat bu rivojlanish o'ziga xos tarzda kechadi. U barchamiz kabi hurmatlashga, sevimli hamda jamiyatimizning to'laqonli a'zosi bo'lishga munosibdir. Ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda azal-azaldan bolaning ruhiy, aqliy va jismoniy tarbiyasiga alohida ahamiyat berilib, ularni mukamallika yetkazishga harakat qilingan. Jismoniy harakatlari chegaralangan, turli sabablarga

ko'ra nogiron bo'lib qolgan bolalarni jamiyatga qo'shilishi uchun

May 6, 2023

p

zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, kerak bo'lsa atrofdagilar va tengqurlari ham ular bilan mehr-oqibatli bo'lishini ta'minlash rag'batlantirish va taraqqiy ettirish jamiyatning komillik darajasini belgilab beradi.

Sog'lom avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalash g'oyat ma'suliyatli vazifa bo'lib, shuning bilan birga, insonparvar siyosat natijasidir. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning barchasi sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgandir. Insonning ijtimoiy barkamolligi uning atrof olamga qanday moslashganligi, jamiyatda o'zini qanday his etishiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

Yunisef Xalqaro bolalar jamg'armasining O'zbekiston Respublikasidagi vakolotxanasining sobiq boshlig'i Reza Xossayni Innochentining ma'lumotiga ko'ra markaziy sharqiy Yevropa mamlakatlari va Baltika davlatlarida mintaqaning 27 davlatida nogiron deb tan olingan bolalar soni 1990-yilda 500 mingta, 2000-yilga kelib ularning soni 1,5 millionga ko'tarildi, nogiron bolalar soni 3 barobarga ortgan. O'zbekistonda esa 2008-yilda qayd qilingan va nazorat ostidagi nogiron bolalar soni 70 mingtani tashkil qilgan bo'lsa 2010-yilga kelib 125 mingtaga yetdi. Bu keskin o'sish, birinchi navbatda bolalar nogironligi masalasining dolzarbligi va ko'mak izlayotgan oilalarning ko'payayotganligi bilan bog'liq.

Bola hayotining dastlabki yillarida jamiyat bilan o'zaro aloqadorligi, harakatini buzadigan salbiy omillar miyasining yetilish jarayonini kechiktiradi, tormozlaydi, analizatorlararo murakkab tizimning shakillanishiga to'sqinlik qiladi. Bunday bolalarga o'z vaqtida yordam ko'rsatish uchun uning psixik va ijtimoiy rivojlanishidagi nuqsonlarni mumkin qadar erta aniqlash, bartaraf etish juda muhum ahamiyat kasb etadi. Alohida ehtiyojli bolalarni ta'lim muassasalariga inklyuziyasini ta'minlash (jalb qilish) ularni jamiyatning to'laqonli a'zolariga aylantirish vazifasi qo'yilgan va bunda inklyuziya - alohida ehtiyojli o'quvchilarni ehtiyojlarini qondirish, ta'lim, madaniyat va jamiyatda bo'lib o'tayotgan jarayonlarga keng jalb etish va ta'lim olish yo'lida bo'lgan qiyinchiliklarni yengillashtirish bo'yicha olib boriladigan chora tadbirlarini qo'lash maqsadga muvofiqdir. Inklyuziyaning maqsadi - bolalar, ota-onalar, mutaxassislar va fuqarolarga alohida ehtiyojli bolalar ikkinchi darajali emasligini va ular xavfsiz ekanligini anglatmoqlikdir.

Inklyuziv ta'lim - alohida ehtiyojli bolalar uchun ta'lim sifatini takomillashtirish va ularni maktabgacha ta'lim muassasa hamda umumta'lim maktablariga integratsiya qilishni ta'minlash. Oqilona jamiyat, taraqqiyot yo'lida hech qanday, hattoki kichik omildan ham voz kechmaydi -aksincha, barcha omillardan oqilona foydalanishga harakat qiladi.

Alohida ehtiyojli bolalar jamiyatimizning ma'lum bir qismini

May 6, 2023

tashkil etar ekan, ulardagi iqtidor, salohiyatdan oqilona foydalanish, mamlakatimiz taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Mamlakatimiz aholisining 40 foizini 18 yoshgacha, 65 foizini esa 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil qiladi. Yosh avlod haqida g'amxo'rlik muhim umuminsoniy qadriyatlardan biridir. Inklyuziv ta'limni rivojlantirish bu boradagi ahamiyatli yo'nalishlardan biriga aylandi. Mazkur ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga jalb qilish, bilim olish va rivojlanish imkonini beradi.

Mamlakatimizda bugungi kunda jismoniy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan 86 ta ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasasida 21 ming 363 bola ta'lim-tarbiya olmoqda. 13 ming 868 o'quvchiga esa uyda yakka tartibda ta'lim beriladi. Bugungi kun talablari asosida inklyuziv ta'limni joriy etishning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga inklyuziv ta'lim tushunchasi kiritildi va mazkur qonunning 20-moddasi inklyuziv ta'limga bag'ishlandi. O'zbekistonda inklyuziv ta'limni takomillashtirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini shakllantirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Konsepsiyani amalga oshirish bo'yicha 2020-2025-yillarga mo'ljallangan "Yo'l xaritasi" tasdiqlandi. E'tiborli jihati shundaki, 2023-2025-yillarda inklyuziv ta'lim tizimi 51 foiz umumta'lim maktablarida joriy qilinishi belgilangan. Yurtimizda olib borilayotgan bunday islohatlar asnosida xorijiy tajribani o'rganish hamda yurtimizda tatbiq etish juda muhim ahamiyatga ega.

O'zbekistondagi mavjud vaziyat ushbu muammoni favqulodda, yaxlit ilmiy yechimini, maktablarda ushbu jarayonga muvofiq ilmiy-uslubiy ta'minotni ishlab chiqishda xorijiy mamlakatlarning ijobiy tajribasidan foydalanishni, inklyuziv sinfda ishlash uchun o'qituvchilarni kasbiy tayyorlash bo'yicha asosiy dasturlarni joriy etishni, ota-onalarning inklyuziv ta'lim sohasidagi tushunchalarini, inklyuziv ta'lim sohasida ommaviy axborot vositalarining ahamiyatini, ta'lim faoliyatini ushbu jarayonga nisbatan moslash va tayyorgarlikni oshirishni talab qilmoqda. Xalqaro tajriba shuni ko'rsatadiki, inklyuziv ta'lim strategiyasini rivojlantirish ko'p muddatli vaqtni talab qiladi. Bu ta'limni rivojlantirish uzliksizlikni va uni tatbiq qilishga bosqichma - bosqich kompleks yondashuvni amalga oshirish kerak.

May 6, 2023

148

Uzbekistan'sdveomBm^^^^^^^m

Inklyuziyaning muvaffaqiyati, muttaxasislaming fikri bo'yicha imkoniyati cheklangan bolalarni qayerga borib o'qishiga va inklyuziv ta'lim dasturiga bog'liq. Eng avvalo inklyuziv ta'lim davlat ishi bo'lishi kerak. Chunki ta'lim olishga imkoniyati bo'lmagan alohida ehtiyojli bolalar iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayondan tushib qoladilar. Hukumat ularga tenglik imkoniyatini ta'minlashi kerak. Shuni aytish joizki, inklyuziv ta'lim alohida ehtiyojli bolalar uchun zarur. Qanchadan - qancha inklyuziv ta'lim olgan alohida ehtiyojli bolalar orasidan iqtidorli, yaxshi mutaxassislar yetilib chiqqan. Bu xorij amaliyotda sinalgan.

Inklyuziv ta'limga o'tish masalasi O'zbekistonda ratifikatsiya qilingan bolalar huquqlari va nogironlar huquqlari tug'risidagi konventsiyaga asoslanadi. Ammo inklyuziv ta'limga o'tishga, bunday yondashuv uchun nafaqat mos keladigan huquqiy bazani yaratish, kadrlarni tayyorlash, nogironlarni kasbiy reabilitatsiyasini ta'minlash, jamiyatni to'g'ri va ijobiy fikrlashiga, davlat ta'lim standartlarini moslashtirish, inklyuziv ta'lim islohotini amalga oshirish uchun normativ bazasini mustahkamlash, imkoniyati cheklangan bolalarni umumta'lim muassasalarida ta'lim olishini ta'minlash uchun pedagoglarni malakasini oshirish, qayta tayyorlash ishlarini jadallashtirish va samaradorligini oshirish, inshootlarni moslashtirish kabi bir qator dolzarb muammolarni hal qilishga bog'liq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni - 2017

2. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -T: "O'zbekiston" NMIU, 2018.-88 b.

3. Абдуллаева, Ш. А. (2018). СОВРЕМЕННЫЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ СРЕДНЕЙ ШКОЛЫ. Редакционная коллегия, 459.

4. Erkaboyeva, N. S. (2016). FEATURES OF MODERN UZBEK FAMILIES. Ученый XXI века, (4-1), 36-39.

5. Erkaboyeva, N. S., & Ugli, A. S. S. (2022). Nclusive education and inclusive society. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(11), 10-14.

6. "Ta'lim hamma uchun milliy dasturini joriy qilish masalalari" mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent-2005 yil.

7. Ture Yonson "Inklyuziv ta'lim" Opereyshen Mersiy Toshkent-2003 yil. O'qituvchilar uchun qo'llanma.

May 6, 2023

149

p

8. Fayziyeva U.Yu., Abdurazakova D. Do'stona munosabat muhitidagi maktab. O'XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef. XBJ. T., 2005.

9. Нишанбаева, Э. З., & Абдухалилов, А. А. (2020). ИНКЛЮЗИВ ТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНИШИДА ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЛИКНИНГ ТУТГАН УРНИ. ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ, (SI-1).

10. Shomurotova, N. (2020). PSYCHOLOGICAL PECULIARITIES OF FAMILY RELATIONS TO ADVERTISING. Архив научных исследований, (21).

11. Hamrokulova, S. (2022). PEDAGOGICAL-PROGRAMM IMPLEMENTATION OF THE DEVELOPMENT OF ENVIRONMENTAL EDUCATION IN HIGHER CLASS PUPILS OF SECONDARY SCHOOLS. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND COMPUTER SCIENCES (CAJECS), 1(4), 52-56.

May 6, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.