Maktabgacha ta'limda inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish
S.M.Raxmonova Buxoro davlat pedagogika instituti M.M.Negmatova raxmonovasojida9 @gmail. com Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta'lim tizimi ya'ni inklyuziv ta'lim tizimining takomillashuvi, va bu ta'lim tizimi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, maktabgacha ta'lim tizimidagi imkoniyati cheklangan bolalarga o'z tengdoshlari qatorida ta'lim berish va shu bilan bir vaqtda ularning ehtiyoji hamda qobiliyatlariga qarab individual yondoshish, inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadi va vazifalari haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, inklyuziv, rivojlanish, takomillashuv, harakat, inklyuziya, ijodiy yondashuv, maxsus ta'lim, uyg'unlashish
System of inclusive education in preschool education
development
S.M. Rakhmonova Bukhara State Pedagogical Institute M.M.Negmatova raxmonovasojida9 @gmail. com Turkestan New Innovations University
Abstract: In this article, the new educational system introduced in our country, i.e., the improvement of the inclusive education system, and the introduction of this educational system in preschool education organizations, children with disabilities in the preschool education system are among their peers. education and, at the same time, an individual approach based on their needs and abilities, the goal and tasks of developing an inclusive education system.
Keywords: education, education, inclusive, development, improvement, action, inclusion, creative approach, special education, integration
Mamlakatimizda ta'lim tizimiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har
www.0penscience.uz / issn 2181-0842 950
tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalarning sifatli maktabgacha ta'lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta'minlash ko'zda tutildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida 2020-2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Bu konsepsiyada alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha quyidagi vazifalar belgilandi:
• alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar ta'lim oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
• alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich va boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (maxsus pedagog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassislar) bilan ta'minlash;
• alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash va boshqalar.
Inklyuziv ta'lim bu o'zi nima? INKLYUZIV - (inklyuziya - inglizcha [inclusion] - uyg'unlashish) Hamkorlikdagi ta'lim bo'lib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng samarali, eng insonparvar ta'lim sifatida tan olingan. Imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga sog'lom tengdoshlari bilan birga ta'lim olishidir. Inklyuziv ta'lim pedagog xodimlar va ota-onalar tomonida ta'lim jarayoniga ijodiy yondashuvni o'zida aks ettiradigan tabiiy jarayon hisoblanadi.
Inklyuziv ta'lim rasmiy ta'lim tushunchasidan ancha kengroq. Bu ta'limda ko'proq o'qishda, o'rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Inklyuziv bog'chada tarbiyachi qanday sifatlarga ega bo'lish kerak? Inklyuziv ta'limda o'qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo, o'qituvchi inklyuziv taffakkurga ega bo'lishi va ta'lim sifati ma'suliyatini o'z zimmasiga olishi shart.
www.openscience.uz / issn 2181-0842 951
Inklyuziv ta'lim berish o'qituvchilar ishi sifatining asosiy mezonlari - o'qituvchi o'quvchilarning turli toifada ekanligiga qaramay barcha bolalarning huquqini himoya va hurmat qilishi Yana bir sifat - hamkorlikni yo'lga qo'yish. Chunki o'qituvchilar uchun hamkorlik va o'zaro fikr almashish muhimdir. O'qituvchi o'z faoliyatini tizimli baholab borishi, muntazam malakasini oshirishi, alohida ta'lim ehtiyojlari bor bolalarning intizomli va muassasalararo guruhlar bilan samarali ishlashi uchun liderlik hamda boshqaruv malakalarini qo'llash, muammolarni birgalikda hal qilish, keng qamroqli maktab hamkorligini yo'lga qo'yish kabi xislatlarga ega bo'lish kerak.
Inklyuziv ta'limda imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi?
- o'z imkoniyatini o'zi uchun kashf etish imkonini beradi
- mustaqil harakatlanish birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali yuzaga keladi;
- dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;
- o'qishga bo'lgan ehtieji va qiziqishlari ortadi;
- o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi;
- ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;
- yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo'qoladi.
Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi.
Ma'lumki, inklyuziv ta'limda maxsus ta'lim ehtiyojidagi bolalar barcha bolalar bilan birga ma'lum maqsadda turli qobiliyatlarga muvofiq guruhlashtiriladi. Maxsus ta'lim aqliy, jismoniy tashqi ko'rinishga muvofiq amalga oshirilsa, inklyuziv ta'lim bolaning qobiliyati va imkoniyatlariga ko'ra belgilanadi. Maxsus ta'lim o'qitishning maxsus va alternativ dasturlari orqali o'qitilsa, inklyuziv ta'lim bolaga yo'naltirilgan va moslashtirilgan, yo'riqnomali, barchaga mo'ljallangan o'quv dasturi asosida o'qitiladi. Inklyuziv ta'limning o'ziga xos muhim jihati shundaki, bolalar va o'qituvchi bir -birlaridan o'rganishadi hamda muammolarni birgalikda xal etishadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, maktabgacha ta'lim tizimida inklyuziv ta'limning ahamiyati shundaki, imkoniyati cheklangan bolalarni ilk yoshlaridanoq sog'lom bolalar qatoriga qo'shib sifatli ta'lim olishini ta'minlagan holda bolada ruhiy va jismoniy hissiyotlarini va haraktlarini rivojlantirishdir. Nuqsoni bor bolalarni har tomonlama tarbiyash orqali ularni ona-Vatanga, tabiatga nisbatan go'zallikni his etishga, tafakkurini rivojlantirishga, bolalarning talab-ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.
www.openscience.uz / issn 2181-0842
952
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida qarori PQ-4312 08.05.2019
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risidagi qarori -4860 13.10.2020
3. Д.З. Ахметова, З.Г. Нигматов, Т.А. Челнокова, Г.В. Юсупова и др. Педагогика и психология инклюзивного образования: учебное пособие . -Казань, 2013
4. Буторина, О. Г. Об опыте воспитания и обучения детей с ограниченными возможностями здоровья / О. Г. Буторина // Воспитание школьников, 2010
5. Инклюзивная практика в дошкольном образовании. Современный образовательный стандарт / Т. В. Волосовец, А. М. Казьмин, В. Н. Ярыгин. - М.: Мозаика-Синтез, 2011. - 144 с.
6. D.S.Qaxarova " Inklyuziv ta'lim texnologiyasi" o'quv va metodik qo'llanma 2014-yil
7. S.M. Raxmonova DIDACTIC POSSIBILITIES OF IMPROVING THE METHODOLOGY FOR PREPARING FUTURE EDUCATORS OF THE PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION FOR INNOVATIVE PROFESSIONAL ACTIVITIES. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT ISSN: 2792 - 1883 | Volume 2 No. 12 https://literature.academicjournal.io 16.12.2022 y.36-40 bet.
8. S.M. Raxmonova МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ ЁШИДАГИ БОЛАЛАРГА ТАЪЛИМ БЕРИШДА КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ. Respublika OAK. Илимий-методикальщ журнал 5/1 2022 y.101-105 bet
9. F.B. Umarova. MAKTABGACHA TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH. SCIENTIFIC PROGRESS. Scientific Journal ISSN: 2181-1601 VOLUME 1 I ISSUE 3 I 2021
www.openscience.uz / issn 2181-0842
953