INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE
"STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA KASBIY-MADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH TAMOYILLARI
Muxayyo Umaraliyeva
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti bo'lim
boshlig'i, p.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10004473
Inklyuziv faoliyat mazmunida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-madaniy kompetentligi muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. O'qituvchining kasbiy madaniyati takomillashishi inklyuziv ta'lim samaradorligi uchun xizmat qiladi. Kasbiy madaniyatning rivojlanishi xulq-atvor tarbiyasti bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Kasbiy-madaniy kompetentlik intizom, mas'uliyat, mehnatsevarlik kabi asosiy prinsiplarga tayanadi.
Inklyuzivlik ijtimoiy hayotning, ijtimoiy tuzilmaning yangi paradigmasini o'rnatadi, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy amaliyotda jiddiy o'zgarishlarni talab qiladi, jamiyatdagi har bir kishining maksimal ijtimoiylashuviga erishishni o'z ichiga oladi. Jamiyat alohida ehtiyojli bolalarni inklyuziv sharoitda ta'lim olishga tayyorlash bilan shug'ullanmasligi kerak, jamoat ongidagi odatiy paradigmani o'zgartirish zarur.
Ta'limda alohida ehtiyojli bolalarni emas, balki ta'lim jarayonini, o'quv rejalarini, dasturlarini imkon qadar moslashtirish, bu resurslarni to'plash imkoniyatlarini kengaytirish kerak.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha uchun ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Milliy qonunchiligimizda ham nogironligi bo'lgan shaxslar uchun salohiyatlarini yuzaga chiqarishda teng huquqlar belgilangan.
Umumiy ta'lim dasturining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun nogiron o'quvchilarga maxsus sharoitlar yaratib berilishi kerak. Avvalo, biz mashg'ulotga yondashuvlarni individualizatsiya qilish, xususan, mashg'ulotni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni tanlash, vazifalarni bajarish shaklini individuallashtirish va natijalarni taqdim etishning maqbul usullarini tanlash, natijalarni sifatli baholashga yondashish talab qilinadi.
Inklyuziv ta'lim tizimida o'qituvchilarni ishlashga tayyorlashning bilim to'siqlaridan biri bu hatti-harakatlarida passiv rivojlanish va tuzatishga qaratilgan ishlarini amalga oshirishga qaratilgan asoslar to'g'risidagi bilimlardir.
Inklyuziv ta'limda ishlash uchun o'qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.
- o'qitishning moslashuvchan shakllariga, interfaol o'qitish uslublariga ega bo'lish;
- bilish faoliyati mustaqilligini rag'batlantirish qobiliyati;
- jamoada ishlash qobiliyati, alohida ehtiyojli bolalar ta'limi uchun psixologik-pedagogik yordamni yaratish uchun mutaxassislar bilan o'zaro aloqada bo'lish;
Nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash o'qituvchining har xil turdagi sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan birgalikdagi va individual faoliyatini tashkil etish qobiliyatini taxmin qiladi har bir bolaning tarixi to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni to'plash ularni qobiliyati haqidagi bilimlarni oshirishga xizmat qiladi.
Inklyuziv ta'lim o'qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan talablardan biri bu bolaning hissiy barqarorligini nazorat qilish talabidir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Inklyuziv ta'lim o'qituvchisi mentalitetining (Mentalitet-ijtimoiy yoki etnik guruhga, millatga, xalqqa, millatga xos bo'lgan aqliy, hissiy, madaniy xususiyatlar, qiymat yo'nalishlari) tarkibiy xususiyatlari bu munosabatdir: bolaning qadr-qimmatiga, uning qobiliyatlari va yutuqlaridan qat'iy nazar, har kimning tengdoshlari bilan muloqot qilish, qo'llab-quvvatlash va do'stlik qilish huquqidir.
A. Abakirova alohida ta'limga muhtoj bolalar bilan ishlashning umumiy tamoyillari va qoidalarini, shu jumladan: "Pedagogik taktni ko'rsating. Kichik muvaffaqiyatlar uchun ham doimiy maqtov, har bir bolaga o'z vaqtida va taktik yordam berish, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonchni rivojlantirish. kerak"- deb qayd etadi.
Inklyuziv ta'lim falsafasi bolalarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish, barcha odamlarga teng munosabatda bo'lish, ta'lim olishda alohida ehtiyojli bolalar uchun alohida shart-sharoitlar yaratish zarurligi mafkurasiga asoslanadi. Inklyuziv ta'lim - bu barcha bolalarning xilma-xil ehtiyojlarini ta'minlaydigan universal ta'lim jarayonining rivojlanishi va shuning uchun o'qituvchidan yuqori darajadagi professionallik, axloq, xushmuomalalik, moslashuvchanlik, barcha bolalarni tinglash va tushunish qobiliyatini talab qiladi.
Inklyuziv ta'lim umumiy pedagogika falsafasi, konseptual asoslari, tamoyillari va qoidalariga asoslanadi. Shu bilan birga, uning asosiy tamoyillari:
1. Insonning qadr-qimmati uning qobiliyati va yutuqlariga bog'liq emas. Har bir inson noyobdir!
2. Har bir inson his qilish va fikrlash qobiliyatiga ega.
3. Har kim boshqalar bilan muloqot qilish va o'z fikrini bildirish huquqiga ega.
4. Haqiqiy tarbiyaga faqat haqiqiy munosabatlarni yaratish orqali erishish mumkin: hamma odamlar bir-biriga muhtoj, hamma odamlar tengdoshlarining yordami va do'stligiga muhtoj.
Hozirgi vaqtda alohida ta'limga muhtoj bolalarning ijtimoiy integratsiyalashuvi, ularning tengdoshlari bilan bir xil darajada bolalar bog'chalari va umumta'lim maktablarida ta'lim xizmatlaridan foydalanish dasturlarini qo'llab-quvvatlash rivojlanayotgan jamiyatning zamonaviy va yetuk ijtimoiy siyosatining ko'rsatkichidir.
Inklyuziv ta'lim nafaqat alohida ta'limga muhtoj bolalar bilan ishlaydi, balki barcha bolalarning sifatli ta'lim va tarbiyasini ta'minlaydi. Bular:
• Ota-onalar bilan ishlash. Faqat ota-onalar o'z farzandlariga eng katta yordam ko'rsatishi, ularning qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.
• Ota-onalarni rag'batlantirish va ijtimoiylashtirish.
• Guruhdagi bolalarga individual yordam ko'rsatish bo'yicha bilim va ko'nikmalarni o'rgatish maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'qituvchilari bilan ishlash.
Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olib borilsa abatta ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.
REFERENCES
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE
TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"
_October 19-20, 2023_
1. Sh. Mirziyoyevning "O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil 24-aprelda PF-5712-son Farmoni (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.04.2019-y.
2. Umaralieva M.A. Nogiron farzandlar uchun to'laqonli hayot tarzini yaratishda maktab - oila - mahalla hamqorligining o'ziga xos jihatlari.\\ CIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 4 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. https://doi.org/10.5281/zenodo.6908426. 246-252P.
3. Mamedov K. D., Pulatova P. M. "Oligofrenopedagogika asoslari" Pedagogika Institutlari defektologiya fakulteti talabalari uchun ukuv kullanma. - Toshkent.: "O'qituvchi" 1994.
4. Alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalashda oila va maktab hamkorligi" Ilmiy-metodik to'plam, - T-2013.