Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
339
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Inklyuziv ta’lim / nogironligi bо‘lgan о‘quvchilar / siyosat / Rossiya ta’lim tizimi / metodlar / tadqiqot / tashkilot

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Muhayo Umaraliyeva

Maqolada inklyuziv ta’lim tizimida alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning о‘ziga xos xususiyatlari xorijiy mamlakatlar misolida ham yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘QITUVCHILARINI INKLYUZIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI»

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARI O'QITUVCHILARINI INKLYUZIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI

Muhayo Umaraliyeva

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti "Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash" bo'limi boshlig'i, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, v.b.

dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.7927393

Annotatsiya. Maqolada inklyuziv ta'lim tizimida alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari xorijiy mamlakatlar misolida ham yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Inklyuziv ta'lim, nogironligi bо'lgan о'quvchilar, siyosat, Rossiya ta'lim tizimi, metodlar, tadqiqot, tashkilot.

Dunyo mamlakatlarida nogironligi bo'lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, ularning jamiyatda o'ziga munosib o'rinni egallashlariga ko'maklashish masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Birlashgan Millatlar tashkilotining "Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi", "Aqliy jihatdan orqada qolgan shaxslarning huquqlari to'g'risidagi Deklaratsiyasi" "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi, "Ta'lim hamma uchun" reja-dasturi to'g'risidagi Dakar deklaratsiyasi, "Osiyo va Okeaniya mamlakatlari nogironlar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari dasturi", "Nogironlar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash bo'yicha Standart qoidalar", "Bolalar huquqlari to'g'risida"gi konvensiya va boshqa xalqaro miqyosda qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlaming asosiy maqsadi nogiron bolalarni himoyalashga qaratilgan bo'lib, bu xalqaro-huquqiy asoslar ta'lim jarayoniga inklyuziv yondashuvni samarali joriy etishni nazarda tutadi.

Dunyo miqyosida alohida e'tiborga muhtoj bolalarning ruhiy holatini inobatga olgan holda psixologik korreksiyalash metodlari, oila, jamoa va guruhlarda insonparvarlik munosabatlarini shakllantirish, texnologik ko'maklashuvchi vositalar imkoniyatlarini oshirish borasida samarali ilmiy, ilmiy-texnik, ilmiy-pedagogik tadqiqotlar olib borilmoqda. Umumiy o'qitish tizimida inklyuziv ta'limning pedagogik-psixologik jihatlari, nogironligi bo'lgan bolalarning ta'limiy ehtiyojlarini qondirish, ularning huquqiy tengligi sharoitini yaratish, jamiyat a'zosi sifatidagi o'rnini mustahkamlashga oid muammolar bu izlanishlarning asosini tashkil etib, ular nogiron bolalarning individual xususiyatlari va adaptiv imkoniyatlarini inobatga olish, ijtimoiy moslashuvini texnologik ta'minlash hamda qo'llab-quvvatlash o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning pedagogik tizimini takomillashtirishda alohida o'rin egallamoqda.

Manchester Universiteti professori Piter Mittler shunday deb yozadi: "inklyuziv ta'lim -bu yakuniy maqsadga erishish yo'lidagi qadamdir-jinsi, yoshi, etnik kelib chiqishi, qobiliyati, buzilishi bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, barcha bolalar va kattalarga yoqadigan jamiyatni yaratish. jamiyatda ishtirok etish va unga hissa qo'shish".

Inklyuziv ta'limning xalqaro tajribasi allaqachon uzoq muddatli tarixga ega. So'nggi yillarda chet ellik mualliflar tomonidan inklyuziv ta'limdagi jarayonlar va uning ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan ko'plab kitoblar va ko'plab tadqiqotlar nashr etildi.

Yevropa davlatlari inklyuziv ta'limning ta'rifi va tushunchasini shakllantirdilar, ommaviy maktabda sog'lig'i cheklangan bolalar uchun qulay va maxsus sharoitlar bilan ta'minlangan ta'lim uchun me'yoriy-huquqiy bazani yaratdilar. Rossiyaning ta'lim siyosati ta'limdagi ijtimoiy munosabatlarni o'zgartirish prinsipi sifatida inklyuziyaga qaratilgan. Bugungi kunda zamonaviy sharoitda maxsus ta'lim modelini o'zgartirish zarurati paydo bo'lishi aniq. Ushbu yangi modelda

"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY

ANJUMANI, MAY 15-16, 2023

yanada samarali tashkil etish uchun maxsus va umumiy ta'lim muassasalarining o'zaro ta'siri dolzarb bo'lib qolmoqda.

Alohida e'tiborga muhtoj bo'lgan bolalarga asoslangan inklyuziv ta'lim jamiyatga ham foydalidir. Bu esa o'z navbatida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolani oddiy bog'cha yoki maktabga joylashtirish integratsiya yo'lidagi birinchi qadamdir. Integratsiyalashgan jamiyatda barcha teng huquqqa ega, bu yaxlit jamiyatdir. Inklyuziv ta'lim tufayli jamiyat integratsiyalashgan jamiyatga aylanadi va barcha bolalar uchun foydali bo'lgan samarali pedagogika tamoyillarini targ'ib etadi. Insonlarning turli xilda bo'lishi normal holat, deb qabul qilingan va o'rganish jarayonining tabiati va bosqichlaridan kelib chiqib, bola mazkur jarayon talablariga emas, balki ushbu jarayon bola talablariga moslashtirilishi lozim.

Umumta'lim maktablarda joriy etilgan inklyuziv ta'limning maqsadi alohida yordamga muhtoj bolalarning oddiy tengdoshlari bilan bir xil sharoitlarda o'qishi, teng huquq va imkoniyatlar tengligini berish, ular bilan o'zaro do'stona munosabatda bo'lishi hamda jamiyatga ijtimoiy moslashuvini engillashtirish, o'quvchilarning ta'lim olishlari uchun zaruriy pedagogik-psixologik va korreksion sharoitlarni yaratishdan iboratdir. Umumta'lim maktablarga oddiy bolalarning barchasi borsa, alohida e'tiborga muhtoj bolalar ham jalb etilishi kerak. Inklyuziv ta'limning oiladan, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab yo'lga qo'yilayotganligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa bolalarning keyinchalik atrofdagilar bilan muloqotda bo'lishiga, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan va shu bilan birga, kundalik-maishiy ehtiyojini qondirish ko'nikmalarini erta egallashlariga, hayotga moslashib, umumta'lim maktablarida tengdoshlari qatori darslarni o'z vaqtida o'zlashtirishiga, topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashish ko'nikmasini egallashlariga ko'maklashadi. Har bir inklyuziv ta'lim tashkil etilgan umumta'lim maktablarda maxsus tayyorgarlikga ega (resurs) pedagog bo'ladi. Inklyuziv ta'lim tashkil etilgan muassasalar nufuzining qanchalik muhimligi, mana shu maxsus tayyorgarlikga ega bo'lgan o'qituvchilarga bog'liqdir. Chunki, u guruh tarbiyachisiga maslahatlar beradi va ko'maklashadi, maxsus o'qitish uskunalari, jihozlari bilan ta'minlaydi, ota-onalar, o'qituvchilar bilan tushuntirish ishlari o'tkazadi, dars jadvali, dasturga, kerak bo'lsa, o'zgartirishlar kiritadi, ularni asoslab beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz.

2. Инклюзивше o6pa3oBaH^ в Рoссии и за рубeжoм: Материалы Мeждунарoднoй научш-практичес^й кoнфeрeнции "Инклюзивше oбразoваниe: мeтoдoлoгия, практика, тeхнoлoгия". - М., 2011.

3. Грoзная Н. С. Инклюзивнoe oбразoваниe за рубeжoм. От мечты к реаль^сти // Cmhapom Дауна XXI век.- 2011. № 1.- C. 34-41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.