Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AHAMIYATI'

O’ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
14814
727
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / ta’lim shakllari / inklyuziv ta’lim / pedagogik tahlil / metod / ijtimoiy siyosat. / education / forms of education / inclusive education / pedagogical analysis / method / social policy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A. Mamatova

Maqolada yurtimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta’limni rivojlantirish masalalari, xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REFORMS OF INCLUSIVE EDUCATION IN UZBEKISTAN AND THEIR SIGNIFICANCE

The article analyzes the reforms in the education system of the country and their importance, issues of raising inclusive education, the pedagogical significance of the concept of development of inclusive education in the public education system.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA’LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTONDA INKLYUZIV TA'LIM ISLOHOTLARI VA ULARNING

AHAMIYATI Mamatova Aziza B'riboyevna

Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim fakulteti Logopediya

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7378156

Annotatsiya. Maqolada yurtimiz ta'lim tizimidagi islohotlar va ularning ahamiyati, inklyuziv ta'limni rivojlantirish masalalari, xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasining pedagogik mohiyati tahlil qilingan.

Kalit so^zlar: ta'lim, ta'lim shakllari, inklyuziv ta'lim, pedagogik tahlil, metod, ijtimoiy

siyosat.

РЕФОРМЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ И ИХ

ЗНАЧЕНИЕ

Аннотация. В статье анализируются реформы в системе образования нашей страны и их значение, вопросы развития инклюзивного образования, педагогическая сущность концепции развития инклюзивного образования в системе народного образования.

Ключевые слова: образование, формы обучения, инклюзивное образование, педагогический анализ, методика, социальная политика.

REFORMS OF INCLUSIVE EDUCATION IN UZBEKISTAN AND THEIR

SIGNIFICANCE

Abstract. The article analyzes the reforms in the education system of the country and their importance, issues of raising inclusive education, the pedagogical significance of the concept of development of inclusive education in the public education system.

Keywords: education, forms of education, inclusive education, pedagogical analysis, method, social policy.

Hech o'ylab ko'rganmisiz, biz har kuni yurgan yo'llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko'rgan go'zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, ko'ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko'zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi. Ammo bu bola ham har tomomlama sog'lom bo'lib voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go'zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta'sirid u bundan bebahra qolgan.

Turli xildagi sabablarga ko'ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bo'lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida etiborsiz holda tashlab qo'yib bo'lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korrksion yordamga muhtoj.

Nogiron bolalar bilan korreksion ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiriuvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o'z-o'ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma'lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevnig ta'biri bilan aytganda "Har qanday halqning ma'naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo'lgan e'tibori bilan ham belgilanadi" [1]

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Shuning uchun ham bu vazifalarni to'laqonli amalga oshirish maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalarni huquqlarini qo'llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqiyosida "Inklyuziv ta'lim" siyosat darajasiga ko'tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning 1989 yilgi "Bolalar huquqlari to'g'risida Konvensiya"si, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka bayonoti va Ish rejasi (1994yil) kabilarda o'z aksini topgan. Biroq juda ko'p hollara maxsus yordamga muhtoj bolalar ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bunga asosiy sababalar birinchi navbatda ota-onalarning farzandiga bo'lgan e'tiborining sustligi bo'lsa, keyingi galda bu bolani o'qitish uchun ta'lim muassasalarining o'sha hududda yo'qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir. Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola uchun juda ayanchli holdir. Chunki bu bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma'lumki bola ta'lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og'irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning o'z o'ziga xizmat qilish malakalri shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi qiyinlashadi. Bir so'z bilan aytganda u "nogiron" bo'lib qolaveradi. O'z navbatida jamiyatda nogironlarning ko'payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bo'lagan bolalarning haq-huquqlarini to'laligicha ta'minlash maqsadida ham inklyuziv ta'limni joriy etish masalalari keng tus olmoqda.

Inklyuziv ta'limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bo'lgan bolalardan "nogiron" degan tamg'ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqlililikni ta'minlash, jamiyatga to'laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari tizimida o'qitishdan iborat.

Bu maqsadlarni amalga oshirish O'zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat darajasiga ko'tarildi. Natijada inklyuziv ta'limga doir xalqaro huquqiy meyoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta'lim tajribalari o'rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi "Ta'lim to'risida"gi Qonunning 20-moddasi, "Inklyuzi ta'lim" deb nomlanib, "Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan"ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi. [2] Inklyuziv ta'lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib, PQ-4860-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda Vazirar mahkamisining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" gi 638-sonli qarorida o'z aksini topdi. Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta'limning barcha jihatlari, joriy etish yo'llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohatlar "Umimiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'grisida"gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025-yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo'yicha "YO'L XARITASI"DA belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida ko'zga ko'rinarli ishlar amalga oshirilmoqda.

Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- alohida ta"lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta'limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;

-alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi;

-davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta'lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;

-inklyuziv ta"lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta'lim sifati, shuningdek o'quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi. [4]

Konsepsiya amaliy natijalariga muvofiq Respublika miqyosida o'tgan 2021-2022 va joriy 2022-2023 o'quv yilidan 130 dan ortiq umumiy o'rta ta'lim maktablarida inklyuziv va boshlang'ich tayanch korreksion sinflar tashkil etildi.

Inklyuziv ta'limning amaliy natijalarini o'rganish masadida Toshken shahar Uchtepa tumani 109-sonli, Chilonzor tumani 163-sonli, Sergeli tumani 55-sonli, Olmazor tumani 134-sonli, Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-sonli, Yunusobod tumani 70-sonli, Shayxontoxur tumani 324-sonli, Yakkasaroy tumani 135-sonli, Samarqand viloyati Samarqand shahar 81-sonli davlat umumta'lim maktablaridagi inklyuziv ta'limning joriy etilish holati o'rganildi. Sergeli tumani 55-umumiy o'rta ta'lim maktabiga Sergeli tumani XTB buyrug'i asosida 6 nafar imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta'limga jalb etilgan. Ushbu ta'lim shaklini joriy etish bo'yicha barcha meyoriy hujjatlar yuritilgan. O'qituvchiar bilan olib borilgan suhbat va savolnomalar asosida inklyuziv sinflar o'qituvchilari uchun o'quv tarbiya jarayonini tashkil etish bo'yicha metodik ta'minot zarurligi, bu borada o'qituvchilar malakasini oshirishga juda katta zaruriyat mavjudligi, dars jarayonini kuzatish asnosida inklyuziv sinflarda o'quvchilar sonini kamaytirishga katta ehtiyoj borligi aniqlandi.

Bayon etilgan qiyinchiliklar bilan bir qatorda 55-UO'TMda inklyuziv talimni joriy etishda ko'zga ko'rinarli yutuqlarga ham erishilgan. 1-"a" sinf o'quvchisi koxlear implant Uralov Azizbek Oybek o'g'li umumta'lim dasturi talablarini yaxshi o'zlashtirmoqda. Boshqalar bilan bemalol og'zaki muloqotga kirishadi.

Uchtepa tumani 109-U0'TMga tuman XTBning qarori bilan 2 nafar koxlear implant o'quvchilar 2021-2022 o'quv yilida 1-sinfga qabul qilingan bo'lib o'quv-tarbiya jarayonida yutuqlar talaygina.

Chilonzor tumani 163-UO'TMning 1-sinfida tajriba-sinov tariqasida imkoniyati cheklangan 2 nafar o'quvchi inklyuziv ta'limga jalb etilgan. Olmazor tumani 134-UO'TMning 1-sinfi tuman XTBning buyrug'iga ko'ra 8 nafar imkoniyati cheklangan o'quvchilar imklyuziv ta'limga jalb etilgan bo'lib, 2 nafar koxlear implant o'quvchilar Mustafoyev Sirojiddin

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Chorshanbi o'g'li, Fayzullayev Foziljon Sirojiddin o'g'li maktab dasturini yaxshi o'zlashtirmoqda. Sog'lom tengdoshlari bilan og'zaki muloqotga kirishadi. Yunsobod tumani 70-

sonli umumiy o'rta ta'lim maktatabining 1-sinfiga ham uch nafar Abdusattorova Xolida Sanjar qizi, Hamidova Sabina Xurshidovna, Abdumajidova Dinara Dilmurod qizi kabi alohida ehtiyojli o'quvchi qabul qilingan bo'lib uzoq yillik tajribaga ega maktab direktori Qodirova Barno Mirvaliyevnaning alohida yordami va alohida ehtiyojli bolalarga nisbatan g'amxo'rligi sinf o'qituvchilarining mahorat va tajribasi sababli inklyuziv o'quv- tarbiya jarayonida ko'zga ko'rinarli yutuqlagrga erishilga. Masalan, 1-a inklyuziv sinf o'quvchisi koxlear implant Abdusattorova Xolida Sanjar qizining nutqi birmuncha yaxshi rivojlangan bo'lib, boshqalar bilan og'zaki muloqotga kirisholadi, o'quv dasturini yaxshi o'zlashtirmoqda.

Shayxontoxur tumani 324-umumiy o'rta ta'lim maktabi inklyuziv talimni tashkil etish bo'yicha boy tajribaga ega bo'lib hozirda 20 nafar alohida ehtiyojli o'quvchi mavjud. Ulardan 6 nafari boshlang'ich sinflarda 14 nafari yuqori sinflarda ta'lim-tarbiya olmoqdalar. Inklyuziv sinflarda o'quv tarbiya jarayoni maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilgan. Ammo ushbu inklyuziv maktablar o'qituvchilari uchun ham metodik qo'llanmalarning yetishmasligi asosiy mummo ekanligi aniqlandi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Yakkasaroy tumani 135-davlat umumiy o'rta ta'lim maktabida ham inklyuziv talim holati o'rganildi. Ushbu maktabning 1-sinfiga ikki nafar alohida ehtiyojli bola 2022 yilning sentyabr oyidan komissiya xulosasiga ko'ra kiritilgan bo'lib ular Rudenko |Aleksandr Nikalayevich va Umarov Umarbek Bobirovichlardir.

Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 81-sonli davlat umumiy ta'lim maktabida ham eksperemental o'rganish ishlari olib borildi. Ushbu maktabning birinchi sinflariga 2022 yilning sentyabr oyida komissiya xulosasiga muvofiq 5 nafar imkoniyati cheklangan o'quvchilar 1-sinfga qabul qilingan bo'lib ular koxlear implant Valyayev Emi, RRS tashxisi qo'yilgan Akbarova Anisa, Dauletbayev Abdulaziz, Narzullayev Firdavs, Askarov Otabeklardir.

1-Z sinf o'qituvchisi Dexkanova Muxayyo Muzaffarovnaning inklyuziv ta'lim ish tajribasi va o'quv jarayoni o'rganilganda bu borada o'qituvchi tomonidan quyiagi muvaffaqiyatlarga erishilganligi aniqlandi:

-Dexkanova Muxayyo Muzaffarovna tomonidan barcha o'quv dasturlari alohida ehtiyojli bolalar uchun

moslashtirilib qaytadan tuzilgan;

-alohida ehtiyojli bolalarning har biri uchun individual rejalar tuzilgan;

-har chorakda inklyuziv ta'limdagi alohida ehtiyojli bolalar ozlashtirish ko'rsatgichlari

monitoring qilib borilmoqda;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

-darsdan keyin va bo'sh vaqtlarda alohida ehtiyojli o'quvchilar uchun individual ish grafigi tuzilgan;

-alohida ehtiyojli uquvchilar sinfda alohida qadr-qimmat va mavqeyga ega. -o'quvchilarning dastur talablarini o'zlashtirishlari yuqori darajada; -alohida ehtiyojli o'quvchilarning muloqot ko'nikmalari shakllangan. -sinf o'quvchilari o'rtasida do'stona munosabat yaratilgan.

Respespublikamizda inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirishda Xalq ta'limi vazirligi va uning huzuridagi Respublika tashxis inklyuziv ta'lim laboratoriyasi xodimlari Sulton Mo'minov, Shoista Axmedova, Gulmira Alimovalar ham munosib jonbozlik ko'rsatmoqdalar.

Erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda inklyuziv ta'limni joriy qilishda ko'plab muammolar va to'siqlar talaygina. Muammolarni va to'siqlarni hal etish zaruriyatdir. Chunki jamiyatimizda yashayotgan har bir maxsus yordamga muhtoj bola bizning ham farzandimiz. Alohida ehtiyojli bolalarga "Ular kimning farzandi?" deya savol berish o'rinsizdir. Zero, ularning kamoloti bizning ham kamolotimiz, ularning fojeasi bizning ham fojeamizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'qituvchi va murabbiylar kuniga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi. 2020-yil 30-sentabr.( http://marifat.uz/marifat/ruknlar/rasmiy/4939.htm)

2. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi. Lex.uz

3. BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasi(UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr

4. O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi.( https://lex.uz/docs/-5044711)

5. M.Mamatov, A Isomiddinov, S Yuldashev. Factors of Developing the Intellectual Abilities of the Youth. Factors of Developing the Intellectual Abilities of the Youth 8. International Journal of Progressive Sciences and Technologies 16 (2), 311-313\

6. U. J. Mansurov. Ozbekistonda ta'lim sohasidagi islohotlar: inklyuziv ta'lim va yangicha pedagogik yondashuvlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.