Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI VA TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI'

INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI VA TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9693
416
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv / intellectual / dialektik / individual / mentalitet / individualizatsiya / motivatsiya. / inclusive / intellectual / dialectical / individual / mentality / individualization / motivation.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — L. T. Davlatova

Maqolada inklyuziv ta’lim tizimida o'qituvchilarning kasbiy mahorati oshirish va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqilgan va interaktiv texnologiyalar yordamida yanda rivojlantirish tamoyillari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF EDUCATIONAL PEDAGOGY IN AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM AND THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF INTERACTIVE TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF THE EDUCATIONAL ENVIRONMENT

The article discusses the specifics of improving the professional skills of teachers in the inclusive education system and working with children with special needs, as well as the principles of further development using interactive technologies.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA TA’LIM PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI VA TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI»

INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIDA TA'LIM PEDAGOGIKASINING AHAMIYATI VA TA'LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

L. T. Davlatova

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Maqolada inklyuziv ta'lim tizimida o'qituvchilarning kasbiy mahorati oshirish va alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari ko'rib chiqilgan va interaktiv texnologiyalar yordamida yanda rivojlantirish tamoyillari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv, intellectual, dialektik, individual, mentalitet, individualizatsiya, motivatsiya.

THE IMPORTANCE OF EDUCATIONAL PEDAGOGY IN AN INCLUSIVE EDUCATION SYSTEM AND THE EFFECTIVENESS OF THE USE OF INTERACTIVE TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF THE EDUCATIONAL ENVIRONMENT

L. T. Davlatova

Teacher of Uzbek State University of Physical Culture and Sports

ABSTRACT

The article discusses the specifics of improving the professional skills of teachers in the inclusive education system and working with children with special needs, as well as the principles of further development using interactive technologies.

Keywords: inclusive, intellectual, dialectical, individual, mentality, individualization, motivation.

KIRISH

Mavzuning dolzarbligi. Inklyuziv ta'lim tizimida o'qituvchilarning kasbiy mahorati va hamkorligi, avvalo, alohida ehtiyojli bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq. Inklyuziv ta'lim nogironligi bo'lgan bolalarga nisbatan har qanday holatlarni istisno etadigan, barcha uchun teng muomalani ta'minlaydigan, lekin maxsus ta'lim extiyojiga ega bolalar uchun zarur sharoit yaratadigan mafkuraga asoslanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha uchun ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Milliy qonunchiligimizda ham nogironligi bo'lgan shaxslar uchun salohiyatlarini yuzaga chiqarishda teng huquqlar belgilangan.

Bugungi kunda nogironligi va rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar sifatli ta'lim olishlari va keyinchalik munosib ish topishlari uchun ularga haqiqiy inklyuziv sharoitlarni yaratish bo'yicha mamlakatimizda bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Maqsad. Inklyuziv ta'limning muhim muammolaridan biri bo'lgan alohida ta'lim ehtiyojga ega bo'lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga sifatli ta'lim shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan iboratdir. Inklyuziv ta'limni rivojlantirishda ustuvor yo'nalishlarga ega bo'lgan tamoyillari va yo'nalishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu maxsus ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan maktabning ta'lim faoliyatiga, yo'nalishlariga, hamda imkoniyatlarga (jismoniy, intellektual) mos kelishi maqsadga muvofiqdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Umumiy ta'lim dasturining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun nogiron o'quvchilarga maxsus sharoitlar yaratib berilishi kerak. Avvalo, biz mashg'ulotga yondashuvlarni individualizatsiya qilish, xususan, mashg'ulotni tashkil etish uchun shart-sharoitlarni tanlash, vazifalarni bajarish shaklini individuallashtirish va natijalarni taqdim etishning maqbul usullarini tanlash, natijalarni sifatli baholashga yondashish talab qilinadi

Inklyuziv ta'lim tizimida o'qituvchilarni ishlashga tayyorlashning bilim to'siqlaridan biri bu hatti-harakatlarida passiv rivojlanish va tuzatishga qaratilgan ishlarini amalga oshirishga qaratilgan asoslar to'g'risidagi bilimlardir.

Ushbu bilimlar orqali alohida ehtiyojga ega bolalarni o'qitish va tarbiyalashni tashkil qilishda pedagogik faoliyatning dolzarb vakolatlarini shakllantirishdir.

Shu munosabat bilan o'qituvchining psixologik bilimlari va pedagogik vakolatlarini oshirishga qaratilgan maxsus treninglarni tashkil etish alohida muhim rol o'ynaydi.

MUHOKAMA

Ushbu treninglarning vazifalariga pedagogik vakolatlarni motivatsiyali ravishda amalga oshirish kiradi.

O'quv faoliyatining mazmuni quyidagilarga qaratilgan: o'qituvchilar inklyuziya falsafasini qabul qilishlari; bolani kuzatish, uning xulq-atvori va ta'limidagi o'zgarishlarni qayd etish malakalarini oshirish; pedagogik muammolarni hal qilishda bolaning ota-onasi bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yish va bu o'zaro ta'sirni bola

rivojlanishi uchun uning natijalarining maksimal samaradorligi bilan tashkil etish ko'nikmalarini shakllantirish.

Vazifalari. Alohida ta'limga extiyoji bo'lgan bolalar va rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolani maxsus sinflarga va integral sinflarga qo'yish (ko'chirish) ota-onalarning (qonuniy vakillarning) iltimosiga binoan amalga oshiriladi va ta'lim muassasasi rahbarining buyrug'i bilan rasmiylashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

NATIJA

Maxsus va yaxlit sinfda ta'lim (TPK) tomonidan tavsiya etilgan umumta'lim dasturlari va chuqur dinamik psixologik-pedagogik imtihon ma'lumotlari asosida sinf rahbarlari va Kengash a'zolari tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan individual yo'naltirilgan o'quv rejalari va dasturlari bo'yicha amalga oshiriladi.

Nogiron bolani rivojlanishi uchun uni qayta ijtimoiylashtirish jarayonlariga qo'shilishi mumkin bo'lgan sharoitlarni yaratish kerak.

Bunday muhit o'quv jarayonining barcha ishtirokchilarini birlashtirishga, shuningdek, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etishda psixologik yordam ko'rsatishga xizmat qiladi.

Inklyuziv ta'limda ishlash uchun o'qituvchilarning kasbiy kompetentsiyasining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi.

- o'qitishning moslashuvchan shakllariga, interfaol o'qitish uslublariga ega bo'lish;

- bilish faoliyati mustaqilligini rag'batlantirish qobiliyati;

- jamoada ishlash qobiliyati, alohida ehtiyojli bolalar ta'limi uchun psixologik-pedagogik yordamni yaratish uchun mutaxassislar bilan o'zaro aloqada bo'lish;

Nogiron bolalarni psixologik va pedagogik qo'llab-quvvatlash o'qituvchining har xil turdagi sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelgan bolalarning sog'lom tengdoshlari bilan birgalikdagi va individual faoliyatini tashkil etish qobiliyatini taxmin qiladi har bir bolaning tarixi to'g'risida dastlabki ma'lumotlarni to'plash ularni qobiliyati haqidagi bilimlarni oshirishga hizmat qiladi.

Inklyuziv ta'lim o'qituvchisining kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan talablardan biri bu bolaning hissiy barqarorligini nazorat qilish talabidir.

Inklyuziv ta'lim o'qituvchisi mentalitetining (Mentalitet-ijtimoiy yoki etnik guruhga, millatga, xalqqa, millatga xos bo'lgan aqliy, hissiy, madaniy xususiyatlar, qiymat yo'nalishlari) tarkibiy xususiyatlari bu munosabatdir: bolaning qadr-qimmatiga, uning qobiliyatlari va yutuqlaridan qat'iy nazar, har kimning tengdoshlari bilan muloqot qilish, qo'llab-quvvatlash va do'stlik qilish huquqidir.

Nogironligi bo'lgan bolalarni psixologik qo'llab-quvvatlash shakllari ularda texnologiyalarining xilma-xilligi ularning imkoniyatlarini cheklash turlari va darajasi

bilan belgilanishi bilan ifodalanishi mumkin, umuman olganda amalga oshirilgan texnologik ketma-ketlik umumiy xususiyatlarga ega.

Inklyuziv ta'limdagi psixologik yordamning texnologik ketma-ketligi

Ta'lim jarayonini tashkil etish bosqichlari Yordamchi mutaxassislarning harakatlari

Treningni tashkil etish shaklini aniqlash Ota-onalarga maslahat berish. Oldingi mashg'ulotlar tahlili va uning natijalari bilan tanishtirish.

PTK konsiliumini o'tkazish Bola rivojlanishining majmuali diagnostikasi. Trening uchun tavsiyalar tuzish va optimal o'qitish usullarini tanlash hamda ta'limning o'zaro ta'siri uslubi, bilimlarni sinash shakllarini qo'llash.

O'qituvchini tayinlash O'qituvchiga bolaning rivojlanish xususiyatlari, uning imkoniyatlari va cheklovlari to'g'risida maslahat berish

Pedagogik test O'qituvchiga yordam berish

Shaxsiy jadvalni yaratish Tavsiyalarni qabul qilsih. Ota-onalarga o'quv jarayonidagi ishtiroki to'g'risida maslahat berish

Shaxsiy ta'lim dasturini tuzish Bolaning qiziqishlarini rejalar bilan bog'liq holda amalga oshirish. Sog'lomlashtirish va rivojlantirish va ijtimoiylashuv bolaning muvaffaqiyati shartlari bo'yicha sinf rahbariga maslahat berish

O'quv mashg'ulotlarini o'tkazish Darsda o'qituvchiga yordam berish. O'qituvchining individual maslahati. Ta'limning o'zaro ta'sirining eng samarali shakllarini tahlil qilish. Ota-onalar bilan ishlash (o'qitish va maslahat berish)

Sertifikatlash ishlarini olib borish Yetarli nazorat usullarini topish. Sertifikatlash ishlariga yordam berish

Inklyuziv ta'limda pedagogik muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishga imkon beradigan o'qituvchining shaxsiy xususiyatlariga yaxshi o'zini o'zi boshqarish va o'zini tuta bilish, qat'iyatlilik va qiyin vaziyatlarni hal qilish qobiliyati kiradi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, inklyuziv ta'limda pedagogik jarayonning mazmun komponenti alohida ehtiyojli bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tarkibning o'zgaruvchanligini ta'minlashdan iboratdir.

Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo'lmish farzandlarni ma'suliyatini his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab yashnashiga salmoqli ulush qo'shadigan munosib fuqarolar bo'lib yetishishlariga kata umid bilan qaraladi. Ko'plab mamalakatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham imkoniyati chaklangan bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktablar mavjud ularning vazifasi esa ularni maxsus o'quv yurtlariga tayyorlash hamda ijtimoiy hayotga moslashuviga shart-sharoit yaratishdir.

REFERENCES

1. Ахмедов, Б. А. (2021). Задачи обеспечения надежности кластерных систем в непрерывной образовательной среде. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 7(22), 15-19.

2. Akhmedov, B. A., Shuhkrat, K, (2020). Cluster methods of learning english using information technology. Scientific Progress, 1(2), 40-43.

3. Akhmedov, B. A. (2021). Development of network shell for organization of processes of safe communication of data in pedagogical institutions. Scientific progress, 1(3), 113-117.

4. Akhmedov, B. A., Majidov, J. M. (2021). Practical ways to learn and use the educational cluster. Экономика и социум, 2(81).

5. Akhmedov, B. A. (2021). Cluster methods for the development of thinking of students of informatics. Academy, 3(66), 13-14.

6. Akhmedov, B. A. (2021). Innovative cluster model for improving the quality of education. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 528-534.

7. Ахмедов, Б. А. (2021). Динамическая идентификация надежности корпоративных вычислительных кластерных систем. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 495-499.

8. Majidov, J. M., Akhmedov, B. A. (2021). Use of multimedia technologies as a means of increasing students motivation to learn a foreign language. Ekonomika i sotsium, 3(82).

9. Akhmedov, B. A. (2021). Information technologies in Cluster systems: a competence approach. Universum: технические наук, 4 (85).

10. Kudratilloev, N. A., Akhmedov, B. A. (2021). Application of communication-cluster technologies in pedagogical institutions: interactive methods of processing graphic data. Scientific Progress, 1(5), 191-198.

11. Kudratilloev, N. A., Akhmedov, B. A. (2021). Methods of use of web-

applications on the basis of innovative methods. Ekonomika i sotsium, 3(82).

12. Yusupov, M., Akhmedov, B. A., & Karpova, O. V. (2020). Numerical simulation of nonlinear vibrations of discrete mass with harmonic force perturbation. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 10 (4), 71-75.

13. Ахмедов, Б.А., Якубов, М. С., Карпова, О. В., Рахмонова, Г.С., & Хасанова, С. Х. (2020). Геймификация образовательного процесса кластерный подход. INTERCONF, 2 (38), 371-378.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.