Научная статья на тему 'ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING TA'LIM HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI'

ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING TA'LIM HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

719
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Nogironligi bo'lgan shaxs / inson huquqlari / ta'lim huquqi / inklyuziv ta'lim / tibbiy-ijtimoiy ekspertiza / pedagog-defektolog.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shoira To‘xtamurodovna Avazova, Durdona Djuraevna Bekbaeva

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo„lgan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARNING TA'LIM HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALARNING TA'LIM HUQUQLARINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI

Shoira To'xtamurodovna Avazova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o'qituvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Durdona Djuraevna Bekbaeva

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Nogironligi bo'lgan shaxs, inson huquqlari, ta'lim huquqi, inklyuziv ta'lim, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, pedagog-defektolog.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirish, ularga hayotda teng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish masalasi dolzarb ahamiyatga ega bo'lib qoldi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqida ham alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashga jiddiy e'tibor qaratilishini ta'kidladi [1].

Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish katta va ko'pgina omillarga bog'liq masala hisoblanadi. Shu bois, jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga sharoit yaratishga katta e'tibor qaratilmoqda. Avvalo O'zbekiston Respublikasida inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Xususan, 2020 yil 15 oktyabrda qabul qilingan O'zbkiston Respublikasining "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonunida nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini ta'minlashning huquqiy asoslari mustahkamlangan. Mazkur qonunga ko'ra nogironligi bo'lgan bolalar (bola) — barqaror jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari tufayli hayotiy faoliyati cheklanganligi

17-aprel, 2024

61

Tashkent State University of Economics

munosabati bilan davlat va jamiyat tomonidan ijtimoiy yordam ko'rsatilishiga hamda o'z huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga muhtoj o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar hisoblanadi . Qonunga ko'ra Nogironligi bo'lgan shaxslar barcha darajalardagi ta'lim tashkilotlarida ta'lim olish va o'z qobiliyatini yanada to'liqroq rivojlantirish uchun butun umri davomida ta'lim olish hamda jamiyat va davlat hayotida ishtirok etish huquqiga ega [2].

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning inklyuziv ta'limini rivojlantirishni, ularning ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlashdan va malaka oshirishdan o'tishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini kafolatlashi, ta'lim tashkilotlari davlat organlari bilan birgalikda nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha, maktabdan tashqari va umumiy o'rta ta'lim olishini, shuningdek o'rta maxsus, professional, oliy va oliy o'quv yurtidan keyingi ta'limi olishini ta'minlashi qonunda mustahkamlab qo'yilgan.

Inklyuziv ta'limni oiladan maktabgacha ta'lim muassasalarida, umumta'lim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv muassasalarida joriy etish natijasida alohida ehtiyoji bor insonlarga nisbatan umumiy munosabat o'zgarayotgani ma'lum bo'ldi. Bu esa ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishi uchun omil bo'lib xizmat qilishi mumkin. Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga umumta'lim jarayonidagi barcha tadbirlarda faol va muntazam ishtirok etish imkonini beradi. Buning natijasida stereotiplar shakllanishining oldi olinib, ko'rsatiladigan individual yordam imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratib qo'ymaydi. Ular olgan ko'nikmalarini umumlashtirish imkoniga ega bo'lishadi.

Agar nogironligi bo'lgan bolalarni ta'lim muassasalarida o'qitishning vaqtincha imkoni bo'lmasa, ta'lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlari va ta'lim muassasalari nogironligi bo'lgan bolalarning sohaga oid shifokorlar tavsiyalari asosida hamda ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining roziligi bilan uyda o'qitilishini ta'minlaydi.

Nogironligi bo'lgan bolalarni uyda o'qitish O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

Davlat nogironligi bo'lgan bolalarning bepul umumiy o'rta, maktabdan tashqari, o'rta maxsus va professional ta'lim olishini kafolatlaydi.

Nogironligi bo'lgan shaxslarni to'lovdan ozod qilgan holda yoki imtiyozli shartlar asosida maxsus o'quv qo'llanmalari va adabiyotlar, shuningdek surdotarjimonlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyati bilan ta'minlash O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

62

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

Nodavlat ta'lim tashkilotlari nogironligi bo'lgan shaxslarni (bolalarni) o'qitganlik uchun to'lov bo'yicha imtiyozlar belgilashga haqli.

Nogironligi bo'lgan shaxslarga ta'lim berish, ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish turli shakllarda, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda, eksternat shaklida, shuningdek masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalangan holda, umumiy tipdagi ta'lim muassasalarida va tashkilotlarida, ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, uyda, maxsus guruhlarda, sinflarda va yakka tartibdagi o'quv rejalari bo'yicha o'qitish yo'li bilan amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Nogironligi bo'lgan bolalarni har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni shakllantirish, mehnatga ishtiyoq uyg'otish, ularni ilm-fanga, texnikaga, san'atga va sportga jalb etish maqsadida ta'lim muassasalari nogironligi bo'lgan bolalarning maktabdan tashqari ta'limdan foydalanishini, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda, davlat organlari bilan birgalikda ta'minlashi shart ekanligi belgilab qo'yilgan.

Davlat organlari nogironligi bo'lgan shaxslarning har biri uchun mosroq bo'lgan tillarni, muloqot qilish usullari va vositalarini rivojlantirish, Braylb alifbosini, muqobil harflarni, nutq va og'zaki muomala ko'nikmalarini o'zlashtirish, shuningdek o'qituvchilarni va maktab xodimlarini inklyuziv ta'lim masalalarida o'qitish, imo-ishora tilini va Braylb alifbosini biladigan nogironligi bo'lgan o'qituvchilarni ta'lim muassasalariga ishga joylashtirish yordamida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ta'lim tizimini takomillashtirish choralarini ko'rishi nazarda tutildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan konsepsiyada alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta'lim berishga muhtoj bolalarning ta'limi borasidagi muammolar va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan

[3].

Imkoniyati cheklangan bolalarga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash xalq ta'limi tizimini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tirof etilib, quyidagi vazifalar belgilab berildi: imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim oladigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

imkoniyati cheklangan bolalar o'qitiladigan ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo'llanmalar, turli kasblarga o'qitish uchun bo'ladigan uskuna va jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

17-aprel, 2024

63

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

imkoniyati cheklangan bolalarni o'qitish uchun inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, umumta'lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko'tarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo'yicha mutaxassislar) bilan ta'minlash;

jamoatchilik o'rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish;

ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng joriy etish;

o'quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta'lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish;

imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integrasiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta'minlash;

imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta'lim olishiga bo'lgan huquqini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash .

Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori, 2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi, 2020 — 2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021 yillarda amalga oshirish bo'yicha «Yo'l xaritasi» ishlab chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori asosida "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom", "Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom", "Sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta'lim muassasalari to'g'risida Nizom", "Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo'lgan bolalarga uyda yakka tartibda ta'lim berish tartibi to'g'risida Nizom", "Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to'g'risida Nizom" ishlab chiqildi.

Ma'lumki, 2021 yil 29 may kuni bo'lib o'tgan Oliy Majlis Senatining majlisida "Nogironlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konvensiyani ratifikasiya qilish haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi muhokama etildi va tasdiqlandi. Mazkur Konvensiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2006 yil 13 dekabrda qabul qilingan va 2008 yil 3 mayda kuchga kirgan. Konvensiyada nogironlarning huquqlari

17-aprel, 2024

64

Tashkent State University of Economics

va asosiy erkinliklari, xususan, ularning yashash, fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta'lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar bilan teng ravishda mehnat qilish, siyosiy, ijtimoiy, madaniy hayotda, bo'sh vaqtni o'tkazish, dam olish va sport bilan shug'ullanishda ishtirok etish, o'zlari va oilasi uchun yetarlicha turmush sharoitiga ega bo'lish va ijtimoiy yordam huquqlari e'tirof etilgan. Ushbu huquqlarni amalga oshirishning kafolatlari belgilangan. Konvensiyaning ratifikasiya qilinishi nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlarini, xususan ta'lim huquqlarini ta'minlash masalasi yanada jiddiy e'tiborni talab qiladi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, nogironligi bo'lgan bolalarning ta'lim huquqlarini ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish samarali bo'lishi uchun avvalo sifatli kadrlar tayyorlash masalasiga e'tibor berish zarur. Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalarni boshqa bolalar bilan teng ta'lim olishini amalga oshirish, bu jarayonda ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik uchun pedagogik xodimlardan chuqur bilim va malaka talab qilinadi.

REFERENCES

1. Prezident Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi, 22 Fevral 2021

2. O'zbkiston Respublikasining "Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida"gi qonuni, 2020 yil 15 oktyabr

3. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

65

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.