Научная статья на тему 'KOGON SHAHRIGA GEOGRAFIK VA GEODEMOGRAFIK TAVSIF'

KOGON SHAHRIGA GEOGRAFIK VA GEODEMOGRAFIK TAVSIF Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
O‘rta shahar / aholi dinamikasi / Kogon shahri / geodemografiya / transport markazi / qulay geografik o‘rin.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Usmonov A.U., Tuxtamuratova D.D.

Ushbu maqolada ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining asosiy shakllaridan biri bo‘lgan shaharlar haqida, jumladan Kogon shahrining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik va geodemografik xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOGON SHAHRIGA GEOGRAFIK VA GEODEMOGRAFIK TAVSIF»

Usmonov A.U.

Samarqand davlat universiteti 2-bosqich doktoranti

Tuxtamuratova D.D.

Buxoro davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

KOGON SHAHRIGA GEOGRAFIK VA GEODEMOGRAFIK TAVSIF

Annotatsiya. Ushbu maqolada ijtimoiy hayotni hududiy tashkil etilishining asosiy shakllaridan biri bo 'lgan shaharlar haqida, jumladan Kogon shahrining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik va geodemografik xususiyatlari atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar: O'rta shahar, aholi dinamikasi, Kogon shahri, geodemografiya, transport markazi, qulay geografik o'rin.

Usmanov A.U.

Doctoral student of the 2nd stage Samarkand State University Tukhtamuratova D.D.

Student of the 2nd stage Bukhara State Pedagogical Institute

GEOGRAPHICAL AND GEODEMOGRAPHICAL DESCRIPTION OF

KAGAN CITY

Annotation. In this article, cities, which are one of the main forms of territorial organization of social life, including the natural, socio-economic, geographical and geodemographical features of the Kagan city, are described in detail.

Key words: Medium-sized city, population dynamics, Kagan city, geodemography, transport center, comfortable geographical location.

Kogon shahri viloyat markazidan (Buxoro shahri) 12 km uzoqlikda Buxoro aglomeratsiyasi hududida joylashgan. Kogon shahri - Buxoro viloyatida o'zining ma'muriy, iqtisodiy ahamiyatiga ko'ra ikkinchi shahar hisoblanadi. Kogon shahriga 1888-yilda temir yo'l stantsiyasi sifatida asos solingan. O'rganilayotgan vaqtda Buxoro viloyati iqtisodiy hayotida ham biroz bo'lsada jonlanish kuzatildi.

Aholisi. Ayni paytda, Kogon shahri yirik sanoat va transport markazi hisoblanib, unda 64,0 ming kishi yashamoqda (01.01.2023 y). Viloyatning asosiy temir yo'l tuguni hisoblangan Kogon shahri aholisining soni, viloyat jami shahar aholisining 8,6 (viloyat jami aholisining 3,2) foiziga teng.

Shahar bugungi kunda o'rta shaharlar toifasiga mansub bo'lib, bunday shaharlar respublikada 22 ta, Zarafshon iqtisodiy rayonida esa 4 tani tashkil etadi.

1-jadval

Tr Shaharlar nomi Aholi soni, ming kishi

1926 1939 1959 1970 1979 1989 2000 2010 2021 2023

1 Kattaqo'rg'on 14,5 25,9 34,1 44,0 53,0 58,3 66,1 77,8 91,7 93,4

2 Zarafshon 14,7 35,3 47,4 53,3 72,5 85,1 85,6

3 Ugut 3,7 16,5 10,5 14,7 20,4 36,9 49,4 58,8 69,2 71,1

4 Kogon 10,4 17,6 21,1 34,1 41,8 47,9 52,9 55,3 61,5 64,0

Izoh: Jadval aholi ro'yxatlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan.

Shahar aholi sonining o'sish dinamikasi tahlil qilinganda, aholi soni oxirgi yuz yilda doimiy ravishda o'sish qayd etganini ko'rish mumkin (1-jadval). 1926-yilda shaharda 10,4 ming kishi istiqomat qilgan bo'lsa, 30 yildan ko'proq ichida shahar aholisi 2 barobarga oshgan. Keyingi 2 marta ko'payishi uchun esa bundanda qisqa vaqt ya'ni 20 yil yetarli bo'lgan. Ya'ni 1959-1979-yillar oralig'ida shahar aholisi soni birmuncha tezroq o'sganini ko'rishimiz mumkin.

2023-yil boshida tug'ilganlar 1733 kishi ( o'g'il bolalar 878 ta, qiz bolalar 855 ta), o'lganlar 366 kishi ( erkaklar 168 kishi, ayollar 198 kishi). Tabiiy ko'payish 0,8 promilleni tashkil qiladi. Mazkur yilda ko'chib kelganlar 494 kishi, ko'chib ketganlar esa 456 kishiga teng. Qiziq tomoni shundan iboratki, maxanik ko'payish musbat saldoga ega. Tuzilgan nikohlar soni 486 ta, ajrashishlar esa 128 tani tashkil qiladi.

2-jadval

Kogon sh ahri aholisining milliy tarkibi

T/R Millatlar 2018 yil 1 yanvar xolatida (kishi) Foiz xisobida

1 O'zbeklar 45143 75.1

2 Qoraqalpoq 20 0.03

3 Яшкг 6583 10.94

4 Ukraine 472 0.78

5 Qozoq^ 225 0.37

6. Tojik^ 4542 7.54

7 Tatarlar 1201 1.99

8 Ozarta^on^ 513 0.85

9 Koreys 66 0.1

10 ВеЬгшкг 145 0.24

11 Tu^man^ 190 0.31

12 Qirg'iz 12 0.01

13 Boshqalan 1052 1.74

JAMI: 60164 100.0

Aholisi asosan o'zbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining aksariyat qismi temiryo'l transportida ishlaydi.

Sanoati. Bu yerda sanoatning rivojlanishiga uni hududidan o'tkazilgan temir yo'l ijobiy ta'sir qildi.

Shuning uchun sanoat rivojlanishi asosan temir yo'l stantsiyasi - Yangi Buxoro67 da kuzatildi. 1917-yil arafasida Yangi Buxoroning iqtisodiy salohiyati oshib, u yirik sanoat markaziga aylandi. Ana shu davrda manzilgohda 15 ta sanoat korxonasi mavjud edi.

1926-yilda o'tkazilgan aholi ro'yxati davrida shahar manzilgohlarning yangi shakli shahar tipidagi posyolkalar (sh.t.p) vujudga keldi. Dastlabki aholi ro'yxatiga ko'ra, O'zbekistonda 17 ta sh.t.p. lar ro'yxatga olingan bo'lib, ular orasida Buxoro viloyatning yagona manzilgohi Yangi Buxoro (Kogon) ham bor edi. O'sha davrda shahar aholisi 5 ming kishidan ortmas edi.

1929-yil Yangi Buxoro (Kogon) shaharlar qatoriga qo'shildi. Kogon -Qarshi - Termiz - Dushanbe temir yo'lining qurilishi manzilgohning transport tuguni sifatidagi ahamiyatini yanada oshirdi va unga shahar maqomini olib berdi. Shundan so'ng shaharda ko'plab sanoat korxonalari - yog'-moy, paxta tozalash, ohak zavodlari va vagon ta'mirlash korxonasi ishga tushirildi. Natijada shaharning nafaqat transport ahamiyati, balki sanoat ahamiyati ham ortdi.

1959-yilda Gazli-Kogon gaz quvuri o'tkazilib, gaz kompressor stansiyasi barpo etilishi shahar sanoati shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Shaharda hozirgi kunda 30 dan ortiq sanoat korxonalari bor. Shaharda yengil va oziq-ovqat, kimyo sanoati yaxshi rivojlangan. Kogon shahri viloyat sanoat mahsulotlarining 4,7 % qismini tashkil qiladi. Tarmoqlar bo'yicha tahlil qilinganda, Kogon shahri viloyat oziq-ovqat sanoati mahsulotlarining 11,6 %, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning 6,2 %, kiyim ishlab chiqarishning 8,1 %, kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishning 7,4 %, rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishning 17,0 %, metallurgiya sanoati mahsulotlarining 48,2 %, kompyuterlar, elektron va optik mahsulotlar ishlab chiqarishning 58,3 %, Avtotransport vositalari, treylerlar va yarim pritseplar ishlab chiqarishning 53,9 % ulushi ishlab chiqariladi.

Shaharda ijtimoiy soha obyektlari ham yaxshi rivojlangan. Shaharda 11 ta umumta'lim maktabi, 21 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 5 ta shifoxona muasassasi, 22 ta ambulator-poliklinikalar, 1000 ga yaqin tibbiyot xodimi, 1 ta axborot-kutubxona markazi

Kogon shahri geografik o'rnining qulayligini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:

❖ Kogon shahridan xalqaro ahamiyatga ega Toshkent - Turkmanboshi (Krasnovodsk) va Moskva - Dushanbe temir yo'llarining o'tganligi;

❖ shahar hududidan Buxoro - Qarshi, Denov - Urganch, Termiz - Nukus kabi avtomobil yo'llarining o'tganligi;

❖ viloyat markazi - Buxoro shahriga yaqin joylashganligi;

❖ Buxoro viloyatining asosiy sanoat mintaqasi - Buxoro - Qorovulbozor o'qi ichida joylashganligi;

67 Kogon shahri 1888-yilda Yangi Buxoro nomi bilan tashkil topgan. 1935-yildan keyin shahar Kogon nomi bilan atalgan.

❖ Jayron pitomnigi va To'dako'l suv ombori singari turistik va rekreatsion obyektlarga yaqinligi;

❖ Kogon atrofida xilma-xil qurilish materiallari va boshqa qazilma boylik konlarining mavjudligi va h.k.

Xulosa. Yuqoridagi xususiyatlar Kogonning qulay geografik o'rinda joylashganligidan dalolat beradi. Albatta, bular orasida shaharning transport geografik o'rni muhim hisoblanadi. Qolaversa, aynan mana shu omil Kogon shahrining vujudga kelishi uchun ham bosh omil bo'lib xizmat qilgan. Kogon hududidan o'tgan xalqaro va respublika darajasidagi yo'llar shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Natijada Kogon nafaqat Buxoro viloyatining balki, O'zbekistonning janubi-g'arbdagi asosiy darvozasiga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.U. Usmonov. "O'zbekistonda o'rta shaharlarning shakllanishi va rivojlanishi" Magistrlik dissertatsiyasi. Buxoro. 2022.

2. A.M.Mavlonov, A.U.Usmonov. "Development of middle cities in Zarafshan region" ERPA International Journal of Research & Development. Issue:12, December 2021

3. A.K.Ergashev. "Kogon tumani geografiyasi: tabiiy va iqtisodiy jihatlari" Bitiruv malakaviy ishi. Buxoro 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.