Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI SHAHAR MANZILGOHLARINING DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSSIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI SHAHAR MANZILGOHLARINING DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
92
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shahar / infratuzilma / ichimlik suvi / gaz / shifoxona

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Ernazarov Shukrullo Eshboy Ogli

Surxondaryo viloyati respublikamizning janubida joylashgan viloyat bo`lganligi va uning iqtisodiy, siyosiy geografik o`rni bir muncha noqulayligi, viloyatning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Jumladan viloyat shahar va shaharchalarida ham ijtimoiy infratuzilma respublika shaharlariga nisbatan sustroq darajada ekanini ko`rishimiz mumkin. Shu bois viloyat shaharlaridagi ijtimoiy infratuzilmaning hozirgi holati va unga ta’sir qiluvchi omillar o`rganildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI SHAHAR MANZILGOHLARINING DEMOGRAFIK RIVOJLANISH XUSUSSIYATLARI»

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

SURXONDARYO VILOYATI SHAHAR MANZILGOHLARINING DEMOGRAFIK

RIVOJLANISH XUSUSSIYATLARI Ernazarov Shukrullo Eshboy O'g'li

Mirzo Ulug'Bek Nomidagi Ozbekiston Milliy Universiteti Geografiya va Geoaxborot tizimlari

fakulteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10144254

Annotatsiya. Surxondaryo viloyati respublikamizning janubida joylashgan viloyat bolganligi va uning iqtisodiy, siyosiy geografik orni bir muncha noqulayligi, viloyatning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Jumladan viloyat shahar va shaharchalarida ham ijtimoiy infratuzilma respublika shaharlariga nisbatan sustroq darajada ekanini ko'rishimiz mumkin. Shu bois viloyat shaharlaridagi ijtimoiy infratuzilmaninghozirgi holati va unga ta'sir qiluvchi omillar o rganildi.

Kalit so^zlar: Shahar, infratuzilma, ichimlik suvi, gaz, shifoxona;

Abstract. The fact that Surkhandarya region is a region located in the south of our republic and its economic, political geographical position is somewhat unfavorable has affected the development of the region. In particular, we can see that the social infrastructure in the cities and towns of the region is weaker than in the cities of the republic. Therefore, the current state of social infrastructure in the cities of the region and the factors affecting it were studied.

Keywords: City, infrastructure, drinking water, gas, hospital;

Аннотация. На развитие региона влияет тот факт, что Сурхандарьинская область является регионом, расположенным на юге нашей республики и его экономическое, политико-географическое положение несколько неблагоприятно. В частности, мы видим, что социальная инфраструктура в городах области слабее, чем в городах республики. Поэтому было изучено современное состояние социальной инфраструктуры в городах региона и факторы, влияющие на него.

Ключевые слова: город, инфраструктура, питьевая вода, газ, больница;

Surxondaryo viloyatining o'ziga xos tabiiy, iqtisodiy va siyosiy geografik o'ringa ega ekanligi shaharlar to'rining shakllanishiga ta'sir ko'rsatgan. Viloyatda mamlakat aholisining 7,79 foizi istiqomat qilgani holda, shahar aholisi respublika shahar aholisining 5,5 foizini tashkil etadi. 2017 yil ma'lumotlariga ko'ra 8 ta shahar va 114 ta shaharcha qayd etilgan bo'lsa, bu raqamlar 2023 yilga kelib 8 ta Shahar va 112 ta shaharchani tashkil etmoqda. Ulardan Termiz shahri viloyatga bo'ysunuvchi shahar va qolgan 7 ta shaharlar tumanga bo'ysunuvchi shahar sifatida qolmoqda (Denov, Boysun, Jarqo'rg'on, Qumqo'rg'on, Sho'rchi, Sharg'un, Sherobod). Viloyat aholisi soni 2806,5 ming kishi (01.01.2023) ni tashkil etib, ulardan 1016,8 ming kishi yoki, 36,2 foizi shaharlarda (respublikada faqat Xorazm viloyatidan oldinda) istiqomat qiladi.

Mazkur mintaqа hududiy urbanistik tarkibida eng yirik shahar Termiz bo'lib, tarixiy manbalarda keltirilgan ma'lumotlar uning 2500 yillik tarixga ega bo'lgan shаrqdagi qadimiy shaharlardan biri ekanligidan dalolat beradi. Shaharning qulay geografik o'rni, strategik ahamiyatga molik joyda ekanligi, Buyuk ipak yo'lining muhim bir tаrmog'i bo'yida joylashganligi uning tez sur'atlar bilan rivojlanishiga zamin yaratgan. Shahar Kushonlar davrida juda tez rivojlandi, Temuriylar davrida katta shaharga aylandi, ruslar kelgach, 1894 yilda 8 km narida Tuproqqo'rg'onda yangidan asos solindi. Mustаqillikdan so'ng uning geografik o'rni, iqtisodiy-ijtimoiy shаroitini yaxshilashga alohida e'tibor berilmoqda. Shahardagi yirik xalqaro aeroport, G'uzor - Surxon elektr uzatish liniyasi, Termiz - Xayraton -Mozori Sharif va Toshg'uzor -

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Boysun - Qumqo'rg'on temir yo'li va boshqa bir qator yirik investitsion loyihalar istiqbolda shaharni janubiy markaz sifаtida funksiyasini yanada kuchaytirmoqda.

Viloyatning yirik sanoat shaharlari - Denov, Jarqo'rg'on, Sho'rchi va Sherobod hisoblanadi. Mintaqaning —ikkinchi shahri Denov. Surxondaryo va Sangardak daryolari oralig'ida, XIV asr oxirlarida qal'a sifatida shakllangan. Uning asosiy shahar hosil qiluvchi tarmoqlarini qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, xususan, yog'-moy, paxta tozalash, paxta titish, vino-araq sanoati tashkil etadi. Shahar viloyat aholisining 5,21 foizi (145,4 ming kishi) yalpi sanoat mahsulotining 13,6 foizi va iste'mol mollarining esa 28 foizini tashkil etadi.

Jarqo'rg'on shahri, tumandan topilgan neft asosida shakllangan, 1928 yilda qurilgan Qarshi-Termiz temir yo'li, 30-yillarda ochilgan neft koni shaharning shakllanishi va iqtisodiy rivojlanishida katta rol o'ynagan. 1951 yilda shahar posyolkasi, 1973 yildan Jarqo'rg'on tuman ahamiyatiga ega bo'lgan shahar maqomi berildi. Sho'rchi esa Surxon vohasining o'rta qismidagi tekislikda joylashgan. Iqtisodiy asosi agroindustrial xarakterda bo'lib, yengil va oziq ovqat sanoati, mebelsozlik tashkil etadi, tuman markazi sifatida rivojlanmoqda.

Boysun —resurs shaharlar tipiga mansub bo'lib, dengiz sathidan 1200 m balandlikda qadimiy Poikalon qal'asi asosida shakllandi. Shahar viloyatdagi eng qadimiy aholi manzilgohi sanaladi. U eramizdan avvalgi taxminan 5-ming yillik oxirlarida vujudga kela boshlagan. Boysun shahri yoqilg'i sanoati, shuningdek, tabiiy sharoiti qulay hududda joylashganligi tufayli, hozirgi kunda ham rekreatsiya- sog'lomlashtirish markazi sifatida rivojlanib kelmoqda, rasman shahar maqomini 1975- yilda olgan.

Sharg'un shahri, Sharg'un daryosi yaqinida 1941-yilda ko'mir koni topilgan, uning asosida 1963 yil ko'mir briket fabrikasi barpo etilgan. Bu yerda ko'mirning topilishi va o'zlashtirilishi ta'sirida aholi manzilgohlari paydo bo'la boshlagan. Dastlab, Tohchiyon, so'ngra 1973 yildan e'tiboran Sharg'un shahri deb atala boshlandi. Qumqo'rg'on, Sherobod qo'riq yerlarni o'zlashtirish asosida bunyod etilgan. Viloyatda urbanizatsiya asosan kichik va o'rta shaharlar, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo'lgan shaharlar va agroshaharchalar hisobiga rivojlanib bormoqda.

1-jadval Surxondaryo viloyati shaharlari aholisining dinamikasi (ming kishi hisobida)

Shaharlar Yillar O'sish, marta 19702023

1970 1990 2000 2010 2022

Termiz 34,9 75,0 113,5 120,4 195,7,0 4

Denov 25,8 55,0 63,0 70,1 145,4 3

Boysun 12,5 20,0 21,8 24,5 50,9 2,2

Jarqo'rg'on 11,6 20,0 20,5 20,9 22,9 1,9

Qumqo'rg'on 6,3 12,0 12,0 13,2 15,0 2,4

Sharg'un 5,4 9,0 12,4 12,0 11,6 2,1

Sherobod 10,2 19,0 24,2 26,0 29,5 2,9

Sho'rchi 9,1 16,0 20,5 22,3 25,4 2,8

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

Jadval O'zR Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Surxondaryo viloyati shaharlarining o'sish suratiga nazar soladigan bo'lsak, viloyat shaharlarida aholi o'sishi asosan mustaqillik yillariga to'g'ri keladi. Masalan, Termiz shahri aholisi 1970-yilda 34,9 ming kishini tashkil etgan, 1990-yilda esa bu ko'rsatkich 2 martaga ya'ni 75 ming kishiga o'sdi. Termiz shahrining aholisi 20 yilda ikki baravarga ko'paydi, 1990-yil dan 2000-yilgacha ya'ni 10 yida bu ko'rsatkich 1,5 baravarni ko'rsatmoqda bundan xulosa qilish mumkinki Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so'ng Termiz shahri aholisi soni sezilarli darajada o'sganligiga guvohi bo'lamiz. Biroq, 2010-yilga kelib shahar aholisining o'sishi birmuncha pasaygan, ya'ni 2000-yilda 113,5 ming kishi bo'ladigan bo'lsa, 2010-yilga kelib bu ko'rsatkich 120,4 ming kishini tashkil qildi. Bundan ko'rinib turibdiki shahar aholisining o'sishi birmuncha sustlashgan, bunga sabab Mamlakatimizda ko'p bolalilikdan kam bolalikga asta sekinlik bilan o'tilayotgani bevosita ta'sir ko'rsatgan. Shuning uchun ham shahar aholisining o'sish surati birmuncha sustlashishiga olib kelgan. 2010-yildan 2023-yilgacha shahar aholisi o'sish suratlari yana keskin ko'tarildi ya'ni 120,4 ming kishidan 195,7 ming kishiga ko'paydi. So'nggi 13 yil mobaynida viloyat aholisining shaharga bo'lgan intilishi shahar aholisining ko'payishiga o'z ta'siri sezilarli daraja bo'lgan. Shahar aholisi 1970-yildan 2023-yilgacha 34,9 ming kishidan 195,7 ming kishiga ya'ni 5,6 martaga ko'paydi.

Denov shahri viloyatning sanoat ikkinchi shahri hisoblanadi. Uning aholisi 79,1 ming kishi (2017). Denov shahri viloyatda yuksak o'ringa ega. U qadimdan hunarmandchilik markazi va karvon yo'lining chorrahasida joylashgan shahar hisoblanadi. Shahar hozirgi kunda juda rivojlanib bormoqda, shaharda viloyatning asosiy sanoat korxonalari (oziq-ovqat, yengil) joylashgan. Shahar aholisi 1970-yilda 25,8 ming kishini tashkil qilgan, 1990-yilga kelib shahar aholisi 55 ming kishini tashkil qildi. 20 yil mobaynida shahar aholisi qariyb 30 ming kishiga ko'paydi va yarim o'rta shaharlardan o'rta shaharlar tipiga chiqib oldi. Denov shahar aholisi 2000-yilga kelib 63 ming kishini tashkil qildi. 2010-yilga kelib esa shahar aholisining salmog'i 70,1 ming kishiga chiqdi. 2017-yilga kelib shaharning umumiy aholi soni 79,1 ming kishini tashkil qildi. Binobarin Denov shahar aholisi Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin bir maromda o'sib kelmoqda, viloyatning asosiy shaharlari sifatida Termiz va Denov shaharlarini ko'rishimiz mumkin. Bu ikkala shaharga ham viloyat tumanlaridan intilish yuqori. Denov shahrining aholisi soniga viloyatning boshqa tumanlaridan ko'chib kelgan migrantlarning tasiri ham yuqori hisoblanadi.

Boysun shahri viloyatning mashhur shaharlaridan biri hisoblanadi va bundan tashqari shahar turli urf odatlari, ananalari va qadriyatlarining o'zgachaligi bilan viloyatning boshqa shaharlaridan ajralib turadi. Bu shahar viloyatning yosh shaharlaridan hisoblanadi. Uning aholisi 1970-yilda 12,5 ming kishidan iborat bo'lgan. 1990-yilga kelib 20 ming kishini tashkil qildi. Bu ko'rsatkich albatta Denov va Termiz shaharlariga nisbatan ancha past bunga sabab, shahar aholisi asosan tabiiy o'sish orqali ko'payadi. 2000-yilga kelib shaharning aholisi 21,8 ming kishini tashkil qildi, bundan ko'rinib turibdiki shahar aholisining tabiiy o'sishi juda sustlashib qolgan. Bunga sabab albatta ko'p farzandlilikdan kam farzandlilikka o'tilgani desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki ko'p farzandlilikdan kam farzandlilikka o'tilganidan so'ng nafaqat Surxondaryo shaharlarida balki Respublikamizning barcha hududlarida bu jarayon o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Boysun shahrining hozirgi aholisi (2017-yil) 28,0 ming kishini tashkil qiladi.

Jarqorg'on shahri viloyatning janubida, Jarqorg'on tumanida joylashgan shahar hisoblanadi. Bu shahar aholisi 1970-yilda 11,6 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, 1990-yilga kelib shahar aholisi 20,0 ming kishiga yetdi va kichik shaharlar guruhidan yarim o'rta shaharlar guruhiga qo'shildi. 2000-yilga kelib esa shaharning umumiy aholisi 20,5 ming kishini tashkil

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

qilgan va atiga 500 kishiga ko'paygan. Shahar aholisi Respublikamiz mustaqilligidan so'ng asosan yirik shaharlarga ko'chishi (Termiz, Toshkent va h.k.) natijasida aholining tabiiy o'sishi juda sustlashib qolgan. Aholining shahardan qochishiga eng avvalo ishsizlikni misol qilib keltirsak bo'ladi. 2000-yildan 2010-yilgacha shahar aholisi atiga 400 kishiga ko'paydi, 2017-yilga kelib esa biroz jonlanish ko'zga tashlandi va 22,9 ming kishini tashkil qildi. Bunga sabab esa Respublikamizda shaharsozlikka katta e'tibor berilayotgani desak mubolag'a bo'lmaydi.

Surxondaryo viloyatining yana bir ajoyib shaharlaridan bo'lmish Qumqo'rg'on shahri ham o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Shaharning 1970-yildagi aholi soni 6,3 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, 1990-yilga kelib 12,0 ming kishini tashkil qildi va ikki baravarga ko'paydi. 2000-yilga kelib shaharning umumiy aholisi yana o'sha ko'rsatkichda qoldi. Chunki bu shaharlarga intilish juda pastligi bois shaharga ko'chib boorish deyarli yo'q, balki shahardan ko'chib ketish yuqoridir (Respublikaning yirik shaharlariga). Shu bois shahar aholisining ko'payishi judayam sustlashib qolgan. 2010-yilga kelib biroz jonlanish kuzatildi va shahar aholisi 13,2 ming kishini tashkil qildi. 2017-yilga kelib esa umumiy shahar aholisi 15,0 ming kishini tashkil qildi. 1970-yilgi aholi 2017-yilga kelib 2,4 martaga ko'paydi.

Viloyatning resurs shaharlaridan bo'lgan Sharg'un shahri 1973-yilda tashkil topgan shahar bo'lib. Uning aholisi 1990-yilda 9,0 ming kishini tashkil qilgan edi. Bu ko'rsatkich 2000-yilga kelib 12,4 kishini tashkil qildi. 2010-yilda esa shaharning aholisi keskin kamayib ketdi va 12,0 ming kishiga tushib qoldi. Bu shahar Sharg'un ko'mir koni natijasida vujudga kelgan shahar edi. Shu bois Sharg'un shahriga bo'lgan intilish juda tushib ketdi, aksincha shahardan ko'chib ketish jarayoni vujudga keldi. Shaharning umumiy aholisi 2017-yilga kelib yanada kamayib ketdi va 11,6 ming kishini tashkil qilmoqda. Shahar aholisi ikki martaga ko'paydi.

Surxondaryo viloyatidagi shaharlardan Sherobod va Sho'rchi shahrlari ham viloyatda yuqori ahamiyat kasb etadi. Sherobod shahrining aholisi 1990-yilda 19,0 ming kishini tashkil qilgan. 2000-yilda esa shahar aholisi 24,2 ming kishini tashkil qiladi va 2010-yilga kelib 26,0 ming kishini tashkil qildi. Shaharning umumiy aholisi 29,5 ming kishiga yetdi va shahar aholisi 1970-yilga nisbatan 2,9 martaga ko'paydi. Sho'rchi shahrining aholisi 1970-yilda 9,1 ming kishi bo'lgan bo'lsa 1990-yilga kelib bu ko'rsatkich 16,0 ming kishini tashkil qildi. 2000-yilga borib 20,5 ming kishini tashkil qildi. Oradan 10 yil o'tib ya'ni 2010-yilga kelib 22,3 ming (2017-yil) kishiga yetdi. Sho'rchi shahrining aholisi hozirgi kunga kelib 25,4 ming kishini tashkil qildi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Surxondaryo viloyati shaharlar aholisi o'zgarishini yuqoridagi raqamlardan viloyatda mustaqillikdan so'ng shahar aholisi va uning demografik ko'rsatkichlari yaxshilanib bormoqda va shaharlarda qulay demografik muhit tarkib topishiga asos bo'lmoqda.

REFERENCES

1. Ахмедов Э. А. Узбекистан шахарлари мустакиллик йилларида.

2. - Т.: Абу Али Ибн Сино, 2002. - 224 б.

3. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K., Egamberdiyeva M.M. Shaharlar geografiyasi.

4. Сатторов А.У Сурхондарё вилояти кишлок ахоли манзилгохларининг сони ва таркибий тузилишидаги узгаришлар // Узб. ГЖ ахбороти. 32-жилд. - Т., 2008. - Б. 85-88.

5. Солиев А., Абдуназаров X,. Енгил ва ози;-ов;ат саноатининг минтакавий муаммолари (Сурхондарё вилояти мисолида). - Т.: Фан, 2007. - 130 б.

6. Сурхондарё вилоятининг ижтимоий-иктисодий ривожланишининг асосий курсаткичлари. - Термиз, 2017.

0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY

7. www.surxonstat.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.