Научная статья на тему 'VILOYAT MARKAZLARI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHINING ASOSIY MASALALARI (QARSHI SHAHRI MISOLIDA)'

VILOYAT MARKAZLARI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHINING ASOSIY MASALALARI (QARSHI SHAHRI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
35
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shahar / sanoat uzeli / mehnat resurslari / migratsiya / aholi bandligi / infratuzilma / ijtimoiy soha / diversifikatsiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Murodova D.S., Nabiyeva O.

Maqolada Qarshi shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish holati va istiqbollari, demografik ko’rsatkichlari, mehnat resurslaridan foydalanish holati, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VILOYAT MARKAZLARI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHINING ASOSIY MASALALARI (QARSHI SHAHRI MISOLIDA)»

Murodova D.S.

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi

Nabiyeva O.

Qarshi davlat universiteti talabasi

VILOYAT MARKAZLARI IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHINING ASOSIY MASALALARI (QARSHI SHAHRI

MISOLIDA)

Annotatsiya. Maqolada Qarshi shahrini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish holati va istiqbollari, demografik ko'rsatkichlari, mehnat resurslaridan foydalanish holati, shaharning ijtimoiy infratuzilmasi bayon qilingan.

Kalit so'zlar: shahar, sanoat uzeli, mehnat resurslari, migratsiya, aholi bandligi, infratuzilma, ijtimoiy soha, diversifikatsiya.

Muradova D.S. teacher

Karshi State University Nabiyeva O. student

Karshi State University

MAIN ISSUES OF ECONOMIC-SOCIAL DEVELOPMENT OF REGIONAL CENTERS (IN THE EXAMPLE OF KARSHI CITY)

Abstract. The article describes the status and prospects of economic and social development of the city of Karshi, demographic indicators, the state of use of labor resources, and the social infrastructure of the city.

Key words: city, industrial center, labor resources, migration, population employment, infrastructure, social sphere, diversification.

Ma'muriy markaz nafaqat ma'muriy-hududiy tuzilmaning, balki mamlakat butun iqtisodiy tizimining ajralmas qismidir. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy geografik, demografik va boshqa xususiyatlar bilan belgilanadigan ishlab chiqaruvchi kuchlar aglomeratsiyasini ifodalovchi ma'muriy markaz davlat miqyosida iqtisodiy rivojlanishning markaziy bo'g'ini vazifasini bajaradi. Har bir ma'muriy markaz mustaqil rivojlanib, inqirozlarni yengib, izchil faoliyat yuritib, butun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shadi. Shu sababli, iqtisodiyotdagi chuqur o'zgarishlar uni turli omillar ta'siriga beriluvchan qilib qo'ygan hozirgi davrda hududlarni, jumladan, ma'muriy markazlarni barqaror rivojlantirish muammolarini dolzarb bo'lib qolmoqda.

Qarshi Janubiy O'zbekistonning yirik shahri va Qashqadaryo viloyatining markazi hisoblanadi. Aholining soni jihatidan respublika shaharlari orasida 8-

o'rindadir. Shaharning iqtisodiy geografik o'rni juda qulay. Viloyatning va o'zlashtirilgan Qarshi dashtining deyarli markazida asosiy temir va avtomobil yo'llari kesishgan yerda, qadimdan dehqonchilik intensiv rivojlangan voha bilan keng yaylovlar Qarshi-Zarafshon, Surxon-Sherobod vodiysi oralig'ida va qulay sanoat uzelida joylashgan. Ayni vaqtda respublika miqyosidagi ishlab chiqarish kuchlari tez rivojlanayotgan hududda o'rnashgan.

Qashqadaryo sharoitida mehnat resurslaridan to'g'ri va oqilona foydalanish ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va tabiiy boyliklardan unumli foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shaharda mehnat resurslarining o'sishi, aholi sonining o'sishi uning tarkibi va migrasion harakatiga bog'liq. Shahar aholisining o'sishi 1960 yillardan keyin tez ko'payib bordi. Masalan, 1959 yil aholi ro'yxati bo'yicha shaharda 33 ming kishi yashagan bo'lsa, 2022 yilda 289,6 ming kishiga yetdi. Aholining bunday ko'payishi birinchi navbatda Qarshi cho'lini o'zlashtirish munosabati bilan hamda viloyat hududidan tabiiy manbalarning ko'plab topilishi shahar xo'jaligining rivojlantirish imkonini yaratadi, bu esa shaharga ko'plab kishilarning kelib joylashishiga sabab bo'ldi.

Aholining ko'payishi bilan mehnat resurslari (158,6 ming kishi) ham ko'payib bordi. Umumiy aholining 47,1 % ijtimoiy mehnatda band. Qolgan qismi yosh bolalar, o'smirlar, nafaqaxo'rlar hisoblanadi. Qarshi shahrida mehnatga layoqatli yoshlarni umumiy soni (165,5 ming kishi) o'sib bormoqda. Shuning uchun ham yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida shaharda tadbirkorlikni shakllantirish o'rta va kichik biznes va boshqa sohalarni rivojlantirishni talab etadi. Mana shu yo'l bilan o'sib kelayotgan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta'minlashda xalq iste'mol buyumlarini ko'proq ishlab chiqarish imkoniyatini tug'diradi.

O'zbekistonning janubiy mintaqa shaharlariga xos bo'lgan xususiyatlardan biri aholining tabiiy o'zgarishi bo'lib shahar aholisi turmush sharoitini yaxshilanganligi tug'ilishni o'sib borganligidan dalolat beradi. Qarshi shahrida tug'ilish darajasi (har 1000 kishiga nisbatan) 29,7 promilleni, o'lim darajasi 5,5 promille bo'lib, tabiiy o'sish 24,2 promilleni tashkil etdi.Shaharda kelganlar 2751 kishi, ketganlar 3231 kishini tashkil etdi.

1-jadval

Qarshi shahri aholisining tabiiy harakati ko'rsatkichlari _

Ko'rsatgichla r 2002 2005 2007 2009 2010 2018 2022

Tug'ilish 17,9 17,0 20,2 20,7 20,4 20,7 29,7

O'lim 4,5 4,3 4,2 3,9 3,9 4,3 5,5

Tabiiy o'sish 13,4 12,8 16,0 16,8 16,5 16,4 24,2

Manba. Qashqadaryo viloyati statistika ma'lumotlaridan olingan.

Qarshi shahar aholisi yildan-yilga o'sib borayotganligi munosabati bilan mehnat resurslari ham ko'payib borganligini ko'rish mumkin. Bunday holatda bozor munosabatlari sharoitida ko'payib borayotgan aholini ish bilan ta'minlash muammosini keltirib chiqaradi. Ana shunday muammolarga duch kelmaslik

uchun aholi bandligini ta'minlash va yangi ish joylarini yaratish dasturi bo'yicha ish olib borish zarur. Buning uchun yangi ishlab chiqarish obyektlarini ishga tushirish, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil etish, ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini rivojlantirish ayrim ishlamayotgan korxonalar faoliyatini tiklash va boshqa tadbirlarni amalga oshirish, yangi ish o'rinlarni yaratish imkoniyatini vujudga keltirish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori bo'yicha Qarshi shahrida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari viloyatimiz markazi-Qarshi shahrining bosh rejasi 2013 yil 13 sentabrda ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, shaharning chegaraviy chizig'i maydoni 7551 gektarga teng. Shaharda ko'p qavatli - 9-4 qavatli, kamqavatli - 2-3 qavatlli hamda alohida 1-2 qavatli turar-joy binolari qurilishi ko'zda tutilgan. Har bir hududdagi aholi soniga qarab, maktab, bog'cha, mahalla guzarlari, kichik xiyobonlar yaratish mo'ljallangan. Qarshining tarixiy-me'moriy qismi atrofida muhofaza hududi tashkil etish rejalashtirilgan. Yodgorliklar yaqinida reklama taxtalari, tarixiy imoratlarga muvofiq kelmaydigan turli binolar qurishga chek qo'yiladi. Avtomobil yo'llari transporti muassasalari (avtovokzal, avtobekatlar, avtomobil yo'llari servis xizmati) qo'shimcha yangilanishlarga ega bo'ladi.Shahardagi mavjud magistral yo'llarni yanada kengaytirish, keyinchalik shahar chekkasidagi aylanma yo'llarga chiqish va Shahrisabz, G'uzor, Koson, Yangi Nishon kabi viloyatdagi boshqa aholi punktlariga yo'lovchilarni tashish nazarda tutilgan.

Bugungi Qarshi ko'p funksiyali shahar hisoblanadi. Shahardagi sanoat tarmoqlari tarkibida yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati yetakchi o'rin tutadi. Paxta tozalash zavodi, yog'-sut zavodi, tikuv fabrikasi, qurilish materiallari, metallarga ishlov beruvchi kombinatlar viloyat iqtisodiyotining rivojiga munosib ulush qo'shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda Qarshi shahrida 20 dan ortiq qo'shma korxona faoliyat ko'rsatadi. "Mevalar kamalagi" O'zbekiston-Britaniya, "Qarshiyog'" O'zbekiston-Singapur qo'shma korxonalari mahalliy xomashyoni qayta ishlash yo'li bilan mahsulot ishlab chiqaradi. Qarshi va uning tevaragida paxta, ipak, yog' zavodlari, metal ishlash korxonalari, tikuvchilik fabrikalari, binokorlik materiallari kombinati kabi korxonalar qurilib, Qarshi sanoat tuguniga aylandi. Cho'lni o'zlashtirishda Qarshi tayanch manzil hisoblanadi. Temiryo'l va avtomobil yo'llari Qarshida birlashadi. Bu hol Nishon, Talimarjon, Koson kabi shahar va shaharchalarning ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantiradi.

Demak, ma'muriy markazlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida iqtisodiy o'sishni shunday iqtisodiy faoliyat orqali ta'minlashi kerakki, bu o'z tuzilishi va mazmuni bo'yicha barqaror rivojlanish tamoyillariga mos kelishi, ijtimoiy hayot uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga yordam berishi, aholi farovonligi, uning darajasini oshirish, balki ekologik xavfsizlik darajasiga ham amal qilishi lozim. Bu muammoni hal etish uchun hududning ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida

samarali faoliyat yuritishi va rivojlanishini bugungi dawning barcha talablariga mos ravishda ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, davlat darajasida ma'muriy markazlarni barqaror rivojlantirish Konsepsiyasini qabul qilish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ковалев С.А. Сельское расселение. - М.: МГУ, 1963. - 370 с.

2. Крупко А.Э. Теоретические аспекты изучения территориальной организации населения и расселения // Журнал «Вестник ВГУ», 2007. - с. 65-69.

3. Муродова Д.С. Основные особенности демографической ситуации в Кашкадарьинской области // Электронное научно-практическое периодическое издание. Экономика и социум № 1(92), 2022. - C. 72-78

4. Муродова.Д.С. Худуднинг демографик сотимини аниклашда экологик масалалар (К,ашкадарё вилояти мисолида) // Замонавий ижтимоий-иктисодий география: ютуклар, муаммолар ва истикболлар. Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент, 2013. - Б. 229-230.

5. Тожиева З.Н. "Узбекистон Республикасида демографик жараёнлар ва уларнинг худудий хусусиятлари". Геог. фан. докт. дисс.... автореф.... -Тошкент: Узбекистон Миллий университети, 2017. - 67 б.

6. Murodova D.S. Economic geographical factors affecting the formation of city addresses // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal.Volume 12,.India, 2022. - P. 29-34.

7. Murodova D.S. Main Characteristics Of The Demographic Situation And Economic And Social Development Of Kashkadarya Region // Eurasian Journal of History, Geography and Economics. Volume 16, Belgium, 2023.- P. 32-35.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.