Научная статья на тему 'SHAHARLAR ATROFI LANDSHAFTLARINING EKOLOGIK HOLATINI NAVOIY SHAHRI MISOLIDA TAHLIL QILISH'

SHAHARLAR ATROFI LANDSHAFTLARINING EKOLOGIK HOLATINI NAVOIY SHAHRI MISOLIDA TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
684
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHAHAR / LANDSHAFTLAR / TABIIY / IQTISODIY / IJTIMOIY VA SIYOSIY OMILLAR / IQLIM / METALLURGIYA / TUPROQ

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shodiyev S.R., Axmedova Yu.Q., Norquvatova U.I.

Tabiatni aslicha, atrof-muhitni musaffo saqlash bugun paydo boʻlgan muammo emas. Shu bilan birga, ushbu masalalar faqatgina bir hudud yoki mintaqaga ham dahldor emas. Ular barchaga tegishli. Binobarin, tabiatni qanchalik asrab-avaylasak, kelib chiqishi mumkin boʻlgan ekologik muammolarning qanchalik vaqtli oldini olsak, ertangi hayotimiz ham shunchalik yaxshi boʻladi. Shu maʼnoda, hozir yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. Zotan, qayd etganimizdek, bugungi saʼy-harakatlar kelajak uchun qoʻyilgan muhim qadamdir.Ushbu maqolada Navoiy shahri landhsaftining ekalogik holatini aks ettirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE ECOLOGICAL CONDITION OF CURRENCY LANDSCAPES ON THE EXAMPLE OF NAVOI CITY

Keeping nature clean is not a problem today. However, these issues are not limited to one region or region. They belong to everyone. Therefore, the more we protect nature, the more time we prevent potential environmental problems, the better our future will be. In this sense, the work being done in our country is remarkable. As we have already mentioned, today's efforts are an important step for the future. This article reflects the ecological state of the landscape of Navoi.

Текст научной работы на тему «SHAHARLAR ATROFI LANDSHAFTLARINING EKOLOGIK HOLATINI NAVOIY SHAHRI MISOLIDA TAHLIL QILISH»

Shodiyev S.R.

dots

Navoiy davlatpedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi mudiri

Axmedova Yu.Q. kafedra o 'qituvchi Norquvatova U.I. kafedra o'qituvchi

SHAHARLAR ATROFI LANDSHAFTLARINING EKOLOGIK

HOLATINI NAVOIY SHAHRI MISOLIDA TAHLIL QILISH

Annotatsiya: Tabiatni aslicha, atrof-muhitni musaffo saqlash bugun paydo bo'lgan muammo emas. Shu bilan birga, ushbu masalalar faqatgina bir hudud yoki mintaqaga ham dahldor emas. Ular barchaga tegishli. Binobarin, tabiatni qanchalik asrab-avaylasak, kelib chiqishi mumkin bo'lgan ekologik muammolarning qanchalik vaqtli oldini olsak, ertangi hayotimiz ham shunchalik yaxshi bo'ladi. Shu ma'noda, hoziryurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. Zotan, qayd etganimizdek, bugungi sa'y-harakatlar kelajak uchun qo'yilgan muhim qadamdir. Ushbu maqolada Navoiy shahri landhsaftining ekalogik holatini aks ettirilgan.

Kalit so'z: Shahar, landshaftlar, tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillar,iqlim, metallurgiya, tuproq.

Shodiyev S.R.

head of the department of geography and fundamentals of economics faculty of natural sciences Navoi State Pedagogical Institute Ahmedova Yu.K. teacher of the department Norkuvatova U.I. teacher of the department

ANALYSIS OF THE ECOLOGICAL CONDITION OF CURRENCY LANDSCAPES ON THE EXAMPLE OF NAVOI CITY

Annotation: Keeping nature clean is not a problem today. However, these issues are not limited to one region or region. They belong to everyone. Therefore, the more we protect nature, the more time we prevent potential environmental problems, the better our future will be. In this sense, the work being done in our country is remarkable. As we have already mentioned, today's efforts are an important step for the future. This article reflects the ecological state of the landscape of Navoi.

Keywords: City, landscapes, natural, economic, social and political factors, climate, metallurgy, soil.

XX asrning ikkinchi yarmi insoniyat tarixida o'ziga xos alohida davr hisoblanib, bu davrda dunyoda aholi sonining tez sur'atlar bilan ortishi sanoat va qishloq xo'jaligining rivojlanishi, insonning kuchli texnika vositalaridan mehnat quroli sifatida foydalanishi va fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi insonning tabiiy resurslarga bo'lgan ehtiyojini orttirib yubordi. Bu esa antropogen landshaftlarning vujudga kelishiga sabab bo'ldi.

Bugungi kunda yer yuzida inson ta'siriga uchramagan tabiiy landshaftlar juda oz qolgan ular faqatgina baland tog'lar, cho'llar, ekvatorial o'rmonlar, muzliklar, okeanlarning eng chuqur joylari. Inson ta'siri natijasida o'zgartirilgan hududlar antropogen landshaftlar, deyiladi. Antropogen landshaftlar bajaradigan funksiyalari (qishloq xo'jaligi landshaftlari, sanoat landshaftlari, shahar landshaftlari va boshqalar) va o'zgarish xarakteriga (kam o'zgartirilgan, kuchli o'zgartirilgan) ko'ra farqlanadi. Yer yuzidagi landshaftlarning 60% dan ortig'ini antropogen landshaftlar tashkil qiladi. Inson tomonidan o'zgartirilgan, tartibga solib turiladigan, eng yaxshi yashash sharoitlari va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydigan madaniy landshaftlar ham mavjud. Tabiiy geografiyaning landshaftshunoslik sohasiga taaluqli ko'pgina muammolar hozirgi kungacha murakkabligi va munozaraliligi bilan ajralib turibdi. Jumladan, tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan o'rin almashinishi masalalari hali puxta ishlab chiqilmagan. Shuning uchun tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan o'rin almashinishi oqibatlarini kompleks o'rganib, tahlil etish ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga egadir.

Umuman shaharlarning joylanishiga ta'sir etuvchi omillarni bir necha guruhga bo'lish mumkin. Ular: tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy omillardir. Bular orasida tabiiy omillarning o'rni o'ziga xos. Shaharlarni aynan shu yerda o'rnashuviga uning mikrogeografik holati sababchi bo'ladi. Agar shaharning tabiiy sharoiti - yer usti tuzilishi (relefi), iqlimi, suv va boshqa elementlari qulay bo'lsa, u rivojlanishda davom etadi, yoki aksincha noqulay bo'lsa rivojlanishdan to'xtaydi.

Yurtimizdagi ko'pgina qadimiy shaharlar noqulay tabiiy sharoitlar ta'sirida rivojlanishdan to'xtab, ayni paytda xarobalarga aylanib qolgan (Nasaf, Axsi, Afrosiyob, Varaxsha, Poykent, Tuproqqal'a va h.k.). Ularda suv toshqini, zilzila, surilma, yer osti suvi yuqoriligi tufayli cho'kish kabi noxush hodisalar bo'lgan. Landshaftlarni shaharsozlik maqsadlarida baholash ham o'ziga xos xususiyatlarga egadir. U yoki bu hududni shaharsozlik borasida o'zlashtirish uchun dastlab landshaft turlarini aniqlab olish va baholash lozim bo'ladi. Sh.S. Zokirov fikricha tabiiy muhit va uning ayrim komponentlari shaharlar tipiga, aholi puktlari va dam olish maskanlarining geografik tarqalishiga kishilarning hayot tarziga (masalan, ish maromiga, kiyim-kechaklar tanlashiga,

ovqatlanishiga) ta'sir qiladi. Shuning uchun ham landshaftlarni shaharsozlik maqsadlarida baholashning amaliy ahamiyati kattadir.

Aholi yashashi uchun qulay yoki noqulayligiga qarab 1982 yil V.V. Vladimirov hududlar urboekologik sharoitini tahlil qilib, bir nechta urboekologik mintaqalarni ajratgan va ularni xaritalashtirgan: 1) juda qulay; 2) qulay; 3) cheklangan miqdorda qulay; 4) noqulay; 5) ancha noqulay; 6) juda noqulay; 7) haddan tashqari noqulay. Uning xaritasida O'zbekistonning Qizilqum va Ustyurt kabi joylari ancha noqulay mintaqaga kiritilgan. Amudaryo va Sirdaryo bo'ylari, delta maydonlari, tog' oldi-tog' etagi tekisliklari qulay mintaqaga, tog'lar esa haddan tashqari noqulay mintaqaga kiritilgan. O'zbekiston hududi tabiiy sharoitini shaharsozlik nuqtai-nazaridan baholash bo'yicha dastlabki tadqiqotlarni 1990-1993 yillarda A. Soatov olib borgan. U tabiiy sharoiti nisbatan bir xil bo'lgan joylarni ajratib olib, ularni "hududlar tiplari" deb atagan. Hududlar tiplari faqat shaharsozlik maqsadlarida ahamiyatli bo'lib, unda shaharsozlik uchun kuchli ta'sir etadigan komponentlar e'tiborga olingan. Bunday komponentlar sirasiga relyef, tog' jinslari, iqlim, gidrogeologik sharoit kabilar kiradi. Ularning xossa va xususiyatlaridan tashqari, estetik ko'rinishi, tuproq, o'simlik qoplami, rekreatsion jihatlari ham hisobga olingandir. A. Soatov tuzgan O'zbekiston hududlari tiplarini baholash xaritasida hudud turlari aks ettirilgan. Xaritada tasvirlangan har bir hudud turlari shaharsozlikda yaroqlilik darajasiga ko'ra bir necha guruhlarga yoki sinflarga birlashtirilgan: 1) juda kam yaroqli; 2) kam yaroqli; 3) o'rtacha yaroqlidan past; 4) o'rtacha yaroqli; 5) o'rtacha yaroqlidan yuqori; 6) eng yuqori darajada yaroqli.

https://www.google.com/ozbekistonning-muhofaza-qilinadigan-hududlari-va-

faunasi

Rasm. O'zbekistonning muhofaza qilinadigan hududlari va faunasi. A. Soatov

Landshaft so'zini ishlatganda, odatda, odamlar tomonidan o'zgartirilmagan jismoniy bo'shliqlarni nazarda tutamiz. Bu so'z bizni doimo odamlar

yashaydigan shahar joylaridan mutlaqo uzoq bo'lgan tabiiy muhit haqida o'ylashga undaydi. Biroq, juda ko'p narsa bor landshaftlar yuqori sifatli shahar elementlaridan tashkil topgan. Landshaftlarning aksariyati yer yuzida uchraydi va inson tomonidan o'zgartirilgan. Shu sababli kundalik hayotdan uzoqroq bo'lganlarga talab ko'proq, chunki ular borgan sari kamayib bormoqda.

Shahar muhitida shahar, marshrutlar, yo'llar va boshqa infratuzilma inshootlari odamlarning ehtiyojlarini qondirish uchun muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shaharni tuzilish uslubiga qarab, u ulkan landshaftlarni taqdim etishi mumkin. Tabiiy landshaftlarni hali ham inson harakatlari kichik bo'lgan iqlim va geologik, ekologik elementlarning o'zaro ta'siri muvofiq bo'lgan joyda yozib olish mumkin. Bunga shimoliy qutb va janubiy qutb, juda baland balandlikdagi ba'zi tog'lar hamda o'rmonlar, o'rmonlar yoki odamlar tomonidan o'zgartirilmagan qirg'oqlarni misol keltirish mumkin. Shuningdek, ba'zi tekisliklar va vodiylar yoki cho'llar mavjud.

Go'zal landshaftni tuproq xususiyatlari yoki iqlimi tufayli odamlar yashay olmaydigan landshaft deb atash mumkin. Shunday qilib, mintaqalar tabiiy sharoiti shaharlar qurilishi uchun baholayotganda tabiiy komponentlarning barchasiga e'tibor berish kerak. Shahar landshaftlari haqida fikr yuritar ekanmiz Navoiy shahri va uning atrofi landshaftlarining ekologik holatiga to'xtalib o'tsak.

Navoiy O'zbekistonning Navoiy viloyatidagi shahardir. Bu shahar Navoiy viloyatning ma'muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. O'zbekistonning janubi-g'arbida, Zarafshon daryosi vodiysida, viloyatning sharqiy chekkasida, 347 m balandlikda joylashgan. Ushbu shaharda temir yo'l stansiyasi avtotransport yo'llarining muhim tuguni bo'lib, Toshkentdan 509 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi — 587 ming kishi Navoiy shahri Alisher Navoiy sharafiga atab shunday nomlangan. Shaharning hozirgi hududi oldin cho'l bo'lgan. Shimolda qadimiy Karmana shahri joylashgan bo'lib, o'tmishda Buxoro amirligining bekligi hisoblangan. Janubda Temir yo'l stansiyasi va bir qishloq bo'lgan, hozirda bu joy Navoiy shahrining Vokzaloldi hududi deb ataladi. 1958-yilning sentabr oyida Navoiy shahri sanoatlashgan shahar sifatida tashkil topdi. Shu vaqtdan Navoiy viloyati tashkil topganga qadar Navoiy shahri Buxoro viloyati tarkibida bo'lib keldi.

Zarafshon daryosining yaqinligi, yirik qishloq xo'jaligi hududning markazida joylashganligi, transport bilan yaxshi ta'minlanganligi shaharning tez o'sish omili bo'ldi. Navoiy O'rta Osiyoda yirik elektr energiya va kimyo sanoati markazi hisoblanadi. Navoiyda 21 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Viloyat sanoat korxonalari yalpi mahsulotining ko'p qismi Navoiyda ishlab chiqariladi. Shahar sanoat tarmoqlarida elektr quvvati, mineral o'g'itlar, ip hamda ipak gazlamalar ishlab chiqariladi. Navoiyazot ishlab chiqarish birlashmasi, elektr-kimyo zavodi, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, un kombinati, non konbinatlari, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi, Qizilqumsement korxonasi, paxta

tozalash zavodi, mashinasozlik zavodi (NMZ), sut, pak qurti zavodlari, Sintepon korxonasi, oziq-ovqat va mahalliy sanoat muassasalari mavjuddir.

Shaharda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda qurilgan 18 dan oshiq qo'shma korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Shulardan „Zerispark" korxonalari samarali ishlamoqda. Shahar orqali Uchquduq, Buxoro, Nukus shaharlariga boruvchi temir yo'l o'tgan. Navoiyda 20 ga yaqin yo'nalishda avtomobil transporti qatnaydi. Navoiy xalqaro aeroporti shaharni Toshkent orqali respublika viloyatlari va 20 dan oshiq xorijiy davlatlar bilan o'zaro aloqalar o'rnatishda xizmat qiladi. Sarmish darasi Navoiydan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan hamda u „dunyodagi eng katta tosh devorlar galereyasi" hisoblanadi.

Navoiyning iqlimi keskin kontinental bo'lib, qishda havo ancha sovuq, yozda bo'lsa ancha issiqdir. Bahor va kuzda ko'p yomg'ir yog'adi, ammo yozda yog'ingarchilik ko'p bo'lmaydi.

Navoiyda yozlar uzun bo'lib, odatda maydan sentabrgacha davom etadi. Yoz oylarida havo keskin isishi mumkin. Shaharda yoz oylarida juda oz yog'ingarchilik kuzatiladi, aynqisa iyundan sentabrgacha.

Navoiy shahri O'zbekistonning eng sanoatlashgan shaharlaridan biridir. Shaharda Respublikadagi eng qudratli sanoat korxonalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Navoiyazot, Qizilqumsement va boshqa sanoat ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarish korxonalarining ko'p bo'lgani yaxshi albatta agarda bu korxonalar atrof muhitni ifloslamasa va ekologiyaga ta'sir etmasa.

Bugungi kunda insoniyatning yer yuzidan qirilib ketish xavfi uch xil tarzda namoyon bo'ldi: yadroviy, ekologik hamda manaviy halokat xavfi.

Yadroviy falokat yashin tezligida ro'y beradi va undan hech kim omon qolmaydi. Ekologik halokat nihoyatda iztirobli bo'lib, asta-sekin kechadi. Keksa avlod — ota-onalar bolalarning borgan sari odam siyoqidan uzoqlashib, mayib-majruh tug'ilayotganiga guvoh bo'ladilar. Ma'naviy inqiroz xavfi esa bir-birini ko'rishga ko'zi yo'q, bir-biridan nafratlanadigan yovvoyi odamlar jamiyatiga olib boradi (Valentin Rasputin).

Uzoqdan Navoiyga yaqinlashar ekansiz, shahar osmonida oppoq parquv bulutlarni emas, quyuq qoramtir, siyohrang, mallarang tusdagi bulut to'dalarini ko'rib ajablanasiz. Tosh otsang yetgudek balandlikda suzib yurgan bu «bulut» lar aslo osmon qa'riga singib ketmaydi. Shamol bilan Buxoro tomonlarga, Samarqand viloyatining g'arbiy hududlarigacha borib, havo soviy boshlagach, yomg'ir tomchilariga aylanib, bog'-rog'larga, ekinzorlarga, daraxtlarning yaproqlariga va mevasiga qo'nadi, aholi ichadigan daryo, ariqlarning suviga singiydi.

Shahar aeroportini o'rab turgan Malik cho'li ham yovshanlar, boshqa o't-o'lanlarning xushbo'y hidi emas, kimyo sanoati chiqindilarining achqimtir hidiga to'lib ketadi.

Aeroportdan bir chaqirim shimolda Navoiy tuman parrandachilik fabrikasi joylashgan. Ammo bu yerda boqilayotgan tovuqlarni ko'rib, ajablanasiz: ular

tovuq bo'lib tovuq emas, jo'ja bo'lib — jo'ja. Patlari siyrak, tuxumlarining kattaligi ham, ozgina mubolag'a qilib aytsak, musichanikidan farq qilmaydi. Ularning ichi ham, po'chog'i ham ko'kimtir. Fabrika 70-yillarda aholiga 70 million dona tuxum, o'n tonnalab tovuq go'shti yetkazib bergan. Keyingi paytlarda u hatto o'zining sarf-xarajatlarini ham qoplay olmayotir.

«Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasiga qarashli suvni biologik qayta ishlash inshooti 1962 yilda qurilgan. U yillari Navoiy hali shahar emas, kichkina posyolka edi.

Tog'-metallurgiya kombinati shaharga mustahkam o'rnashib olgach, o'zining eskirib qolgan suvni biologik qayta ishlash inshootini «Navoiyazot» ixtiyoriga bergandi. Bu inshoot bir kecha-kunduzda 100 kub metr suvni qisman tozalab bera olish imkoniyatiga ega edi, xolos. Bu ko'hna inshoot endilikda butun boshli oqavalarini qayta ishlashga mahkum. Shahar korxonalarida esa suv ta'minoti oborot sistemasining quvvati 1400 ming kub metrdan oshadi. Bu suvning 90 foizini asosan «Navoiyazot» hamda Elektroximiya zavodi ishlatib keladi.

Inshoot qattiq zo'riqib ishlashi natijasida unda normal texnologik rejim tez-tez buzilib turadi. Sanitar normaga mutlaqo javob bermaydigan oqava suvlar daryoga tashlab yuboriladi.

Ifloslangan suv og'ir kasalliklarga sabab bo'ladi, — deydi akademik N. V. Novikov. — Bunday kasalliklar, ayniqsa, bolalarni majruh qilish, hatto o'limiga sabab bo'lishi mumkin. Chunonchi, qorin tifi, ichburug', vabo, suyak -bo'g'in kasalliklari eng avvalo odamlarga ifloslangan suv manbalaridan yuqadi. Suv orqali odamlarga hayvonlardan botkin, yuqumli tulyarimiya, bezgak, ichterlama kabi og'ir, o'tkir yuqumli kasalliklar ham o'tishi mumkin. Sanoat oqavalari aralashgan suv tarkibida tuz va oltingugurt kislotasi ko'p uchraydi. Ular suvga sho'r va achchiq ta'm bag'ishlaydi. Bunday suvlarni iste'mol qilish oshqozon-ichak faoliyatini izdan chiqaradi. Bir litr suv tarkibida xloridlar — 350 mg, sulfatlar 500 mg. dan ko'p bo'lsa, sog'lik uchun xavfli hisoblanadi...

Bundan tashqari 1984 yilda Navoiy sement zavodi ham ishga tushirildi. Bu zavod atrof-muhitni ifloslashda avvalgilardan ham o'zib ketdi. Boshqa rayonlarda suv bilan ishlaydigan zavod bu yerda quruq usulda sement ishlab chiqarishga moslashtirildi. Zavod mutaxassislari loyihada ko'rsatilgan namlash qurilmasini ishlata olmadilar natijada janubiy-sharqiy tomondan esayotgan shamol sement changini O'rtacho'l massivi xo'jaliklariga uchiraveradi. Paxtadan tortib daraxtlardagi mevaga qadar sement changiga bulg'anadi.

Chorak asr mobaynida Navoiy shaharining g'arbiy-janubiy qismi ulkan sanoat o'chog'iga aylantirildi. Ulardan har yili regiondagi havo qatlamiga har xil zaharli modda uchib chiqadi. Bu chiqindilar asosan sement zavodi, Navoiy GRESi, «Navoiyazot» birlashmasi, Konchilik metallurgiya kombinati hissasiga to'g'ri keladi.

Navoiy viloyati tumanlarida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi zararli moddalar ko'rsatkchlari (ming t)

2G13-

2G13 2G14 2G15 2G16 2G17 2G18 2G19 2G2G 2G2G o'sish indeks

Navoiy shahar 39,2 38,2 4G,1 27,6 22,9 27,6 17,6 21,3 G,54

Zarafshon shahar G,G G,G G,G G,4 G,5 G,8 G,9 1,G 2,5

Konimex tuman 0,0 0,0 0,0 3,1 4,2 1,2 8,5 9,8 3,1

Qiziltepa tuman 0,3 0,3 0,3 0,3 0,2 0,8 0,6 0,6 2

Navbaxor tuman 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,1 0,0 1

Karmana tuman 4,1 3,9 6,4 3,8 3,1 3,6 3,4 3,0 0,7

Nurato tuman 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0

Tomdi tuman 0,0 0,0 0,0 15,7 13,1 10,3 10,2 9,7 0,6

Uchquduq tuman 0,0 0,0 0,0 6,3 0,0 5,6 2,2 2,9 0,46

Xatirchi tuman 0,2 0,1 0,1 0,1 0,0 0,0 0,0 0,0 0,5

Eng ko'p atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi zararli moddalar 2G13-2G2G yillar o'sish indeksi yuqori hududlar Zarafshon shahar, Konimex tuman, Qiziltepa tumanlarida kuzatilgan mazkur hududlarda aholi sonining ko'payishi, sanoat korxonalarining ko'payishi sabab bo'lmoqda.

Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar hajmini oshirmaslik vazifasini qo'yish, korxonalarda ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarni o'zgartirish, tutun, chang, qurum va zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalarni o'rnatish, har bir ishlab chiqarish jarayonidagi mumkin bo'lgan me'yoriy miqdor ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Navoiy shahrida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi zararli moddalar

ko'rsatkchlari(ming t)

45

15 -

lO--

5

: -I-,-,-,-,-,-,-,-

2013 у 2014y 2015 у 2016y ZOTT у ZOIS у ZOl-9 y ZOZO у

Navoiy shahrida ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari nartijasida atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi zararli moddalar 2013 yildan 2020 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi holat tahlil qilinganda 2013 yilda Atmosferaga 39,2 ming tonna, 2020 yilda 21,3 ming tonna zararli moddalar chiqarilganligi aniqlangan. Mazkur yillar mobaynida atmosferaga chiqarilgan chiqindi moddaning miqdori 17,9 ming tonnaga kamaygan ligini ko'rish mumkin. Bu albatta ishlab chiqarish jarayonining modernizatsiya qilinishi, yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi, boshqa mamlakatlar bilan hamkorliklar natijasi hisoblanadi.

Navoiy viloyatida atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi zararli moddalar

Navoiy viloyati atmosferaga chiqariladigan ifloslantiruvchi zararli moddalar 2010 yildan 2020 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'idagi holat tahlil qilinganda 2010 yilda Atmosferaga 40,3 ming tonna, 2020 yilda 48,4 ming tonna zararli moddalar chiqarilganligi aniqlangan. Mazkur yillar mobaynida atmosferaga chiqarilgan chiqindi moddaning miqdori 8,1 ming tonnaga ko'payganligini ko'rish mumkin. Bu albatta ishlab chiqarishning modernizatsiya

qilinishi, yangi texnika va texnologiyalarning yaratilishi, boshqa mamlakatlar bilan hamkorliklar natijasi hisoblanadi.

Shahar korxonalarida atrof-muhitni ifloslantiradigan 281 manba bor. «Navoiyazot»ning o'zida tozalagich uskunalari o'rnatilmagan manbalar 86 ta. Elektroximiya zavodida 61 ta. Xullas, Navoiy shahar atmosferasidagi o'rtacha yillik chang miqdori sanitariya normalaridan besh-olti baravar, ammiak miqdori 1,1—2 baravar oshib ketgan. Ayrim vaqtlarda ifloslanish 10-11 baravar ko'payadi. Ayniqsa shamol sanoat zonasidan aholi punktlari tomon yo'nalganda keskin gazlanish va changlanish yuz beradi.

Navoiy shahar va uning atrofidagi qishloqlarda surunkali kasalliklar, o'lim ko'payavergach, shahar aholisi haqiqiy ahvolni kelib tekshirishlarini so'rab yuqori tashkilotlarga shikoyatlar yozdilar. Vakillar kelib, Navoiy shahar va uning atrofidagi qishloqlarda aholini tibbiy ko'rikdan o'tkazishdi. Tekshirish natijalari qon raki, kamqonlik, tif, vabo, sariq kasalining og'ir turlari, tuberkulyoz, turli og'ir ichak kasalliklari, bronxial astma ko'payib, odatdagi holdan o'n-o'n besh baravar oshganini ko'rsatdi.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo'ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyihalash ko'zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me'yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq.

Jami 43,5 million tonna chiqindilar to'planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo'lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.

Sanoat korxonalari bilan birga shaharda avtotransport vositalarining ko'payishi ham shahar havosiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hisoblashlarga qaraganda, bitta mashinadan chiqadigan zaharli moddalar miqdori bir yilda 537 kg ni tashkil qilar ekan. Agar har to'rt shahar aholisiga bitta (50000 ta) mashina to'g'ri kelsa, bu miqdor 26850000 kg.ni tashkil qiladi.

Bu esa, insonlar sog'lig'i uchun juda ham xavfli hisoblanadi va buni oldini olish zarur. Shuning uchun atmosferaga chiqadigan zararli moddalarni tozalash haqida o'ylashimiz zarur bo'ladi.

Butun tirik organizmlarni o'z bag'riga olgan tabiatda turli zararli moddalar haddan tashqari ko'payib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta'sirida zaharli omillar o'z-o'zidan zararsizlanishi mumkin. Atmosfera havosiga chiqarib tashlangan gazsimon, bug'simon moddalar yoki changlar oz miqdorda bo'lsa, ular vaqr o'tishi bilan o'z-o'zidan havo muhitida kuyib, zararsiz holatga o'tib qoladi. Atmosfera havosining o'z holicha tozalanish xususiyati juda sekinlik bilan boradi. Atmosfera havosining tozalanishida yog'ingarchilik asosiy o'rin tutadi. Havo tarkibida mavjud bo'lgan zararli omillarni qor va yomg'ir suvlari yuvadi. Yog'ingarchilik qanchalik ko'p bo'lsa, havo tarkibi shunchalik tozalanadi. Atmosfera havosini tozalashda daraxtlar, qolaversa, o'simliklar

olamining ahamiyati katta. Jumladan, daraxt barglari chang zarralarini, zararli gazlarni o'ziga singdirib oladi.

Havoning iflosliklardan tozalashda suv havzalarining roli ham katta. Sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan zaharli chiqindilar o'simliklar olamiga asoratli ta'sir ko'rsatadi. Navoiy shahar sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga chiqadigan chiqindilarni kamaytirish ustida ko'plab tadbirlar amalgam oshirilmoqda.

Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta tadbirni amalgam oshirish ko'zda tutilgan. Bular texnologik, loyihalash, sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, atmosfera havosining ifloslanishini ruxsat etiladigan darajada ta'minlash mumkin bo'ladi.

Buning uchun Navoiy shahar sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlar takomillashtirilishi zarur. Shunda hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo'ladi. Bunday jarayon berk jarayon bo'lib, bunda chiqindilardan umuman bo'lmaydi yoki chiqindilardan boshqa mahsulot ishlab chiqariladi. Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish aholi turar joylari havosini toza bo'lishida katta ahamiyatga ega.

Keyingi yillarda kimyoviy moddalarning ko'p qo'llanilishi natijasida artof-muhit, insonlar salomatligi yomonlashdi va bu jarayon davom etmoqda, deyishimiz mumkin. Zaharli kimyoviy moddalarni qo'llash jarayonida ularning tashqi muhit ob'yektlaridagi qoldiq miqdorlarining inson organizmiga bo'ladigan ta'sirining oldini olish dolzarb masala hisoblanadi.

Bu borada shahardagi sanitariya muassasalarining olib boradigan sanitariya nazorat ishlari kishilar salomatligini kimyoviy zaharli moddalarning qoldiqlari ta'siridan asrashga qaratilgan. Zaharli kimyoviy moddalar qo'llanganida, ularning qoldiqlari atrof muhit ob'yektlari bo'lmish, mehnat qilish xonalaridagi havoda, suv havzalarida, turar joylarning atmosfera havosida, tuproqda va boshqa ob'yektlarda pestidsidlarning qoldiq miqdorini aniqlash, shu miqdorning kam yoki ko'pligini gigiyenik asosda ishlab chiqilgan me'yorlari bilan taqqoslash maqsadida gigiyena ilmi hayotda qo'llaniladigan barcha zaharli moddalar uchun ruxsat etiladigan miqdorni belgilaydi.

Navoiy shahardagi gigiyena xodimlari havodagi zaharli moddalarning ruxsat etiladigan (mumkin bo'lgan me'yoriy miqdor) miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy va amaliy tadbirlar ishlab chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oldiga iflos chiqindilar miqdorini me'yoridan oshirmaslik vazifasini qo'yadi. Shu sababli, ko'pgina korxonalarda texnologik jarayonlar o'zgartirilmoqda, tutun, chang, qurum va zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o'rnatilmoqda. Har bir kimyoviy jarayon uchun mumkin bo'lgan me'yoriy miqdor ishlab chiqilsa va uni amalga oshirish, ishlab chiqarishda tadbiq etishga ahamiyat berilsa bu maqsadga muvofiq bo'lar edi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.