Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM JAMIYATDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA'

INKLYUZIV TA’LIM JAMIYATDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / inklyuziv madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Safarova R.G

Bu maqolada inklyuziv ta'limning jamiyatda inklyuziv madaniyatni rivojlantirishda o'zaro munosabatlarning roli va ahamiyati ko'rib chiqilgan. Maqola inklyuziv ta'limning jamiyatning har bir bo'limiga inkluziyani kengaytirish, har bir shaxsning o'zining unikal talablariga javob berish va jamiyatning muxim o'zgarishlari ko'rishining muhimligini takrorlaydi. Inklyuziv madaniyatni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan metodlar va tajribalar ham ko'rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM JAMIYATDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA»

INKLYUZIV TA'LIM JAMIYATDA INKLYUZIV MADANIYATNI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Safarova R.G

O'ZPFITI, "Uzluksiz ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi" bo'limi boshlig'i, Pedagogika fanlari

doktori, Prof https://doi.org/10.5281/zenodo.11186721 Annotatsiya. Bu maqolada inklyuziv ta'limning jamiyatda inklyuziv madaniyatni rivojlantirishda o'zaro munosabatlarning roli va ahamiyati ko'rib chiqilgan. Maqola inklyuziv ta'limning jamiyatning har bir bo'limiga inkluziyani kengaytirish, har bir shaxsning o'zining unikal talablariga javob berish va jamiyatning muxim o'zgarishlari ko'rishining muhimligini takrorlaydi. Inklyuziv madaniyatni rivojlantirish uchun qo'llaniladigan metodlar va tajribalar ham ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta 'lim, inklyuziv madaniyat.

O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida (2023yil, 30-aprel) inkluziv ta'limga ustuvor o'rin ajratilib, uning huquqiy me'yori asoslab berildi. Mamlakatimiz qomusida ko'rsatilgan bu norma inklyuziv madaniyatni rivojlantirish jamiyat hayoti uchun nihoyatda zarurligidan dalolat beradi.

Inklyuziv ta'limning konseptual asoslarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan harakatlar jamiyatda inklyuziv madaniyatning keng tarqalishiga xizmat qiladi. Chunki inklyuziv ta'lim nafaqat nogironligi bor shaxslarni, balki, migratsiya jarayoni subyektlari, boshqa millat vakillari va o'ziga xoslikka ega bo'lgan barcha ta'lim oluvchilarga nisbatan o'zgacha yondashuvni ifodalaydi. Inklyuziv madaniyatni rivojlantirish madaniyati insonparvarlik, tolerantlik, tenglik prinsiplariga asoslanib, inklyuziyaga ega bo'lgan barcha yoshlarning ta'lim olish imkoniyatini ta'minlashi lozim. Inklyuziv ta'lim barcha o'quvchilar orasidagi farqli jihatlarni tushunishga asoslangan qadriyat demakdir. Inklyuziv ta'lim o'ziga xoslikka ega bo'lgan barcha o'quvchilarning bilim olish, o'qib-o'rganish layoqatini tan olish asosida amalga oshiriladi. Inklyuziv ta'lim jarayonida har bir o'quvchining ehtiyojlari hisobga olinadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, inklyuziv ta'lim jarayoni nafaqat rivojlanishda muammosi bo'lgan o'quvchilarning balki etnik o'ziga xoslikka ega bo'lgan bolalar, madaniy, ijtimoiy, yosh xususiyatlariga ko'ra alohida alohida guruhlarni tahkil etgan shaxslarni ham qamrab oladi. Rivojlangan mamlakatlarning ta'lim sohasidagi tajribalari shuni ko'rsatadiki, imkoniyati cheklangan shaxslarga ta'lim-tarbiya berish, davlat va jamiyatning ularga nisbatan munosabatini ijobiy tomonga o'zgartirish, mazkur shaxslarning huquqlarini qonunchilikda keng ko'lamda aks ettirish inklyuziv madaniyatning rivojlantirilishiga xizmat qiladi. Atrofdagilarning o'ziga xoslikka ega bo'lgan o'quvchi va talaba yoshlarga nisbat bo'lgan munosabatni ijobiy tomonga o'zgartirib, ular bilan amalga oshiriladigan dialogning ko'lamini kengaytiradi. Jamiyatda inklyuziv madaniyatning rivojlanishi har bir shaxsga nisbatan insonparvarlikka asoslangan qadriyatli munosabatda bo'lish tajribasini shakllantirishga olib keladi. Shu bilan bir qatorda to'siqlarsiz ta'lim muhitini vujudga keltiradi. Inklyuziv yondashuv va inklyuziv madaniyatni amalga oshirishdagi muhim yondashuvlardan biri - ta'lim jarayoni subyektlari hamda jamiyatning barcha a'zolarida inklyuziv madaniyatni shakllantirishdan iborat. Bu jamiyat a'zolari orasida shakllangan ijtimoiy ongni yangicha yonashuv aosida isloh qilishni taqozo etadi. Chunki, uzoq vaqt mobaynida

nogironligi bor shaxslar jamiyat uchun foyda keltirmaydi degan stereotip insonlar ongida shakllangan. Shu bilan bir qatorda o'zgachalikka ega bo'lgan shaxslarga nisbatan kamsitiluvchi qarashlar ham odamlar ongida mavjud. Bunday qarashlarni bartaraf etish esa jamiyatda inklyuziv madaniyatni rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Inkyuziyaga ega bo'lgan shaxslar bilan muloqot va o'zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar atrofdagilarda ularga nisbatan noto'g'ri munosabatni shakllantiradi. Natijada inklyuziyaga ega bo'lgan shaxslarda yopiqlik, tortinchoqlik, o'z kuchiga ishonmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Shuning uchun ham alohida imkoniyatlarga ega bo'lgan shaxslarga nisbatan atrofdagilarning munosabatini o'zgartirish muammosi jamiyatda inklyuziv madaniyatni shakllantirish orqali yechim topiladi.

Inklyuziv madaniyat nimalarda namoyon bo'ladi? degan savol tug'iladi. Ma'lumki madaniyat ta'lim, tarbiyaning uyg'unligi natijasida erishiladigan ko'rsatgich hisoblanadi. Shuning uchun ham madaniyat jamiyatning taraqqiyoti darajasida o'z ifodasini topadi. U shaxsning ijodiy quvvatlari, layoqati, taraqqiyotida namoyon bo'lib insonlarning hayoti va faoliyatida aks etadi. Shaxslararo munosabatlar, ular tomonidan yaratilgan qadriyatlarda namoyon bo'ladi. Shunga ko'ra inklyuziv madaniyatni quyidagicha talqin etish mumkin: Inklyuziv madaniyat jamiyat taraqqiyotining shunday darajasiki, u insonlarning tolerantlik, insonparvarlik, toqatlilik, o'zgalarga nisbatan xavsiz munosabati, ular bilan hamkorligida namoyon bo'lib o'quv jarayonining barcha ishtirokchilarini rivojlanishga undaydi. Bu jarayonda har bir shaxsning qadriyati umumiy yutuqlarga erishishga intilishida namoyon bo'ladi. Inklyuziv madaniyat inklyuziv qadriyatlarni barcha birdek qabul qilganda shakllanadi. Inklyuziv qadriyatlar inklyuziv madaniyatning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U mavjud me'yorlar va ideallarni boyitadi. Shuning uchun ham inklyuziv madaniyat inklyuziv ta'limning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Inklyuziv madaniyatni shakllanmaganligi ta'lim jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Natijada inklyuziv ta'lim sohasida yutuqlarga erishish imkoniyati pasayadi. Alohida ta'limiy ehtiyojga ega bo'lgan o'quvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish mumkin. Biroq inson omilini inkor etish mumkin emas. Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari ta'lim muassasalari mutasaddilari bilan o'z imkoniyatlarini birlashtirishlari lozim. Chunki o'ziga xoslikka ega bo'lgan shaxslarga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo'lish madaniyatini jamiyatning barcha a'zolarida shakllantirsh ehtiyoji mavjud. Ular aksariyat hollarda psixologik hamda jismoniy jihatdan og'ir vaziyatga duch keladilar. Jamiyatdagi inklyuziv madaniyat nafaqat inklyuziv ta'limning muvaffaqiyatini ta'minlaydi, shu bilan bir qatorda O'zbekiston jamiyatidagi ko'pmadaniyatlilikka asoslangan munosabatlarning ijobiy xarakter kasb etishi uchun qulay sharoit yaratadi. Pedagoglar ko'pmadaniyatlilikka asoslangan ta'limni ko'pmanadiyatni muhitda yosh avlodni madaniy munosabatlarga tayyorlash imkoniyati sifatida baholaydilar. Uning asosiy maqsadi o'quvchilarda turli millat va e'tiqodga mansub shaxslar o'zaro muloqotga kirishish, hamkorlik qilish madaniyatini shakllantirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda o'quvchilarda boshqa madaniyatlarning o'ziga xosligini tushunish ruhida tarbiyalashni ham nazarda tutadi.

Inklyuziv madaniyatni shakllantirish orqali O'zbekiston jamiyatida yashayotgan boshqa millat, e'tiqod egalari hamda alohida ehtiyojga ega bo'lgan shaxlarga nisbatan salbiy munosabatlarga barham beriladi. Ularga nisbatan ishonch va hayrixohlik tuyg'usi tarkib topadi. O'zbekiston jamiyatida yashayotgan har bir shaxs tolerant, toqatli, boshqa millat va madaniyat vakillariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'ladigan, ular bilan tinch-totuv yashashga moyil, faol munosabatga kirisha oladigan bo'lishi talab etilmoqda. Bunday ko'nikmalarga ega bo'lish uchun muayyan madaniyatni egallash taqozo qilinmoqda.

O'quvchilarda boshqa madaniyatga nisbatan qadriyatli, ehtiyotkorona, hurmatga asoslangan munosabatni rivojlantirish orqali ularning qadriyatlari, an'analari, urf-odatlari, tilini tushunish o'z milliy mansubligi va madaniyatini saqlab qolishning muhim sharti hisoblanadi.

Inklyuziv ta'lim bilan ko'pmadaniyatli ta'lim orasida o'zaro aloqadorlik mavjud. Bu aksariyat g'oyalar va konsepsiyalar, ularning maqsad va vazifalarining umumiyligida o'z ifodasini topadi. Ushbu ikki yo'nalishning umumiy jihatlari uni amalga oshirishda tolerantlikning zarurligida ko'rinadi. Buning uchun jamiyat a'zolarining axloqiy madaniyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratish talab qilinadi. Inklyuziv madaniyatni shakllantirish, targ'ib qilish, inklyuziv-madaniy maydonni vujudga keltirish, jamiyatning har bir a'zosida inklyuziv dunyoqarashni tarkib toptirish zaruriyatini kuchaytiradi. Inklyuziv madaniyat birinchi navbatda ko'pmadaniyatlilik tushunchasi bilan bog'lanadi. Mazkur tushuncha inklyuziv ta'lim tarkibiga kiradi.Inklyuziya faqat salomatligida muammosi bor shaxslarga xos tushuncha emas, balki, boshqa millat vakillariga nisbatan qo'llaniladigan madaniyatni anglatuvchi atamadir. Bunday shaxslar o'zining e'tiqodi, madaniyatidagi o'ziga xosligi, tili va dunyoqarashi bilan o'zaro farqlanadi. Mazkur insonlarning shaxsiyatiga nisbatan hurmat bilan qarash, ularga insoniy munosabatda bo'lish O'zbekiston jamiyatining har bir a'zosi uchun muhim axloqiy sifat va madaniyat ko'rsatgichi hisoblanadi. Shuning uchun ham jamiyat a'zolarining inklyuziv madaniyatni egallashi o'qituvchilar, ota-onalar, o'quvchilar uchun bo'lib ularning madaniy rivojlanishini ta'minlovchi hodisa hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda inklyuziv madaniyat ko'pmadaniyatli jamiyatning taraqqiyotiga xizmat qilib, uning inklyuziv madaniyatga egaligini ko'rsatadi.

Natijada, O'zbekiston jamiyatida har bir shaxsni qanday bo'lsa shunday qabul qilish, uning boshqalarga o'xshamasligidan g'azablanish hissiga barham berish, atrofdagilarga nisbatan toqatli, tolerant munosabatda bo'lish imkoniyatini kengaytiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 2023-yil 30-aprel

2. Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tiizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida 25.01.2024 yildagi 46-son O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

3. 2022 — 2026- yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2024-yildagi PF-134-son Farmoni

4. Безрукова В.С. Основы духовной культуры (энциклопедический словарь педагога). М.: Аспект-Пресс, 2003, с. 594

5. Нигматов З.Г. Формирование поликультурной личности в условиях инклюзивного образования. Сборник научных трудов Международной научно-практической конференции "Поликультурное образовательное пространство Поволжья: пути и формы интеграции" (Казань, КФУ, 1 ноября 2013 г.). - Казань: ИПП КФУ, 2013. -С. 414 - 419.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.