Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTI PEDAGOGIK INSTRUMENT SIFATIDA'

INKLYUZIV TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTI PEDAGOGIK INSTRUMENT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
314
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inklyuziv ta’lim / inklyuziv bolalar adabiyoti / inklyuziv matnlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muminova Dinara Ramizullayevna

Respublikamizda o‘tkazilib kelayotgan ta’lim islohotlari inklyuziv ta’limni ham inobatga olib kelmoqda. Inklyuzivlik zamonaviy pedagoglar dunyosining asosiy tarkibiy qismidir. Inklyuziv bolalar adabiyoti bolalarda inklyuziya tamoyillarini rivojlantirishda muhim instrument hisoblanadi. Olimlarning ta’kidlashicha, bolalar kitoblari insonni uning shaxsiy xususiyatlari, boshqalardan farq qiladigan jihatlari uchun qabul qilishni va hurmat qilishni o‘rgatadi. Ushbu maqolada qanday qilib pedagog samarali inklyuziv ta’lim uchun kitob va material tanlashi va kerak bo‘lsa yaratishi haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA BOLALAR ADABIYOTI PEDAGOGIK INSTRUMENT SIFATIDA»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

INKLYUZIV TA'LIMDA BOLALAR ADABIYOTI PEDAGOGIK INSTRUMENT

SIFATIDA Muminova Dinara Ramizullayevna

Nordik Xalqaro Universiteti (PhD). https://doi.org/10.5281/zenodo.10157203

Annotatsiya. Respublikamizda o 'tkazilib kelayotgan ta 'lim islohotlari inklyuziv ta 'limni ham inobatga olib kelmoqda. Inklyuzivlik zamonaviy pedagoglar dunyosining asosiy tarkibiy qismidir. Inklyuziv bolalar adabiyoti bolalarda inklyuziya tamoyillarini rivojlantirishda muhim instrument hisoblanadi. Olimlarning ta'kidlashicha, bolalar kitoblari insonni uning shaxsiy xususiyatlari, boshqalardan farq qiladigan jihatlari uchun qabul qilishni va hurmat qilishni o'rgatadi. Ushbu maqolada qanday qilib pedagog samarali inklyuziv ta'lim uchun kitob va material tanlashi va kerak bo'lsa yaratishi haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: inklyuziv ta 'lim, inklyuziv bolalar adabiyoti, inklyuziv matnlar.

Аннотация. Реформы, проводимые в республике учитывают также важность инклюзивного образования. Инклюзивность сегодня, это основная часть педагогического процесса современного педагога. Инклюзивная детская литература является важным инструментом в развитии принципов инклюзивности среди детей. Согласно исследованиям, десткая литература помогает человеку принимать и уважать другого исходя из его личных качеств и отличительных черт от других. Данная статья показывает, как педагог может отбирать детскую литературу или создавать десткие тексты для организации эффективного инклюзивного образовательного процесса.

Ключевые слова: инклюзивное образование, инклюзивная детская литература, инклюзивные тексты.

Abstract. The reforms carried out in the republic also consider the importance of inclusive education. Inclusivity today is the main part of the pedagogical process of a modern teacher. Inclusive children's literature is an important tool in developing the principles of inclusion among children. According to research, children's literature helps a person accept and respect others based on their personal qualities and distinctive features from others. This article shows how a teacher can select children's literature or create children's texts to organize an effective inclusive educational process.

Keywords: inclusive education, inclusive children's literature, inclusive texts.

Kirish

"Birga o 'qishni o'rgangan o'quvchi, Ertaga birga yashashni biladi."

UNESCO

O'zbekistonda oxirgi yillar inklyuziv ta'limga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada 2020 yil 13 oktyabrda "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qarori qabul qilinadi, shuningdek 2021 yilda O'zbekistonda alohida ta'limga muhtoj bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'limni rivojlantirishga qaratilgan hujjatlar tasdiqlandi. [1] Bu hujjatlar umumta'lim maktablarida korreksion sinflarni ochishni ham ko'zda tutgan. O'zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining qaroriga muvofiq: Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida 2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

inklyuziv ta'limni rivojlantirish konsepsiyasiga O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha quyidagi asosiy ustuvor vazifalarni nazarda tutadi: [2]

• alohida ta'limga muhtoj bolalar o'qiydigan ta'lim muassasalari binolariga qo'yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;

• ushbu ta'lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o'quv qurollari, turli kasblar bo'yicha o'qitish uchun moddiy-texnik baza vajihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

• inklyuziv ta'lim tizimini tashkil etish, ta'lim muassasalarini maxsus asbob-uskunalar bilan (yuk ko'tarish moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar), shuningdek, tegishli xodimlar bilan ta'minlash (maxsus o'qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo'yicha mutaxassislar);

• alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarning moslashuvi va integratsiyalashuvi uchun maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta'minlash va boshqalar.

UNESCO(Birlashgan Millatlar Ta'lim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti) xalqaro tashkilotining ta'rifiga binoan, "ta'limga inklyuziv yondashuv deganda ta'lim jarayonida har bir shaxsning ehtiyojlarini hisobga olish va barcha o'quvchilar ishtirok etgan holda birgalikda maqsadga erishilish tushuniladi. Bu degani har bir bola ta'lim olish imkoniyatiga ega va har bir bolaning o'ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari va o'rganish ehtiyojlari borligi tan olinishi kerak. [3]

Tahlil va natijalar

Inklyuzivlik zamonaviy pedagoglar dunyosining asosiy tarkibiy qismidir. Inklyuziv sinf qanday ko'rinishini tushunish o'qituvchilar va ota-onalar uchun ham juda muhim, chunki ular o'z farzandlari uchun eng yaxshi ta'limni topishga intiladilar. Inklyuziv sinfni yaratish barcha o'quvchilarni muvaffaqiyatga erishishga yordam beradi.

Inklyuzivlik - bu turli qiyinchiliklarga va ba'zi iqtidorlarga ega o'quvchilarga nisbatan dunyoqarash va munosabatlarni o'zgartirishdir. Inklyuziya deganda har bir bola uning jismoniy holati va qobiliyatlaridan qat'iy nazar yaxshi ta'lim, munosabat va e'tibor olishini tushunish kerak. Inklyuziv ta'lim nafaqat amaliyotlar to'plami, balki kerakli munosabatdir ham. Bu shuni anglatadiki, maktablar, bog' chalar, sinfxonalar va maktabdan tashqari barcha mashg'ulotlar uchun eshiklar har bir bola uchun chinakam "ochiq" bo'lishidir. Bolalar bunday maskanda ma'lum ehtiyojga ega va ega bo'lmagan qat'iy nazar tengdoshlari bilan birga bo'lish va ta'lim olish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo'lishidir.

Talimda inklyuzya bilan integrasiyani farqlash muhim. Inklyuziyada maxsus ehtiyoji bor bolalar ta'lim olishlari uchun sinfda kerakli sharoit, xizmat va imkoniyatlar yetarlicha bo'ladi. Integrasiyada esa alohida ehtiyoji bor bolalar boshqa bolalar bilan birga bir sinfda faqat jismonan bo'ladilar, lekin ta'lim olish jarayonida qatnasha olmaydilar yoki ular uchun maxsus yondashuvli ta'lim yo'lga qo'yilmagan bo'ladi.

Inklyuziv ta'lim deganda 2 yondashuv tushuniladi:

1. Alohida ta'lim ehtiyoji bor bolalarga ta'lim berish. Bunda ta'lim jarayonida qo'llaniladigan materiallar turli ehtiyojlarga javob beradigan formatlarda mavjud bo'lishi kerak. Bunda ko'rish yoki eshitish qobiliyati buzilgan o'quvchilar, shuningdek o'rganishda boshqa qiyinchiliklarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan bolalar ehtiyojlari hisobga olinadi. Ta'lim maskani

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

va ta'lim materiallari turli darajadagi kognitiv, jismoniy va hissiy qobiliyatlarga ega bo'lgan bolalar uchun munosibligi ta'linlanadi.

2. Ta'lim materiallari(darsliklar, kitoblar, slaydlar va hokazo)ning o'zida illustrasiyalar, qahramonlar, matn va jins, irq va shaxsiyatning boshqa jihatlariga sezgir bo'lgan inklyuziv tildan foydalaniladi.

Inklyuziv bolalar adabiyoti bolalarda inklyuziya tamoyillarini rivojlantirishda muhim instrument hisoblanadi. Inklyuziv bolalar adabiyotiga badiiy adabiyot, hikoyalar, rasmli kitoblar, grafik romanlar, she'riy romanlar, she'rlar, sarguzashtlar va boshqa janridagi boshqa ko'plab matnlar kiradi. Unda turli madaniyatlar, turli tuzilmalarga ega oilalar, turli darajadagi ijtimoiy-emotsional qobiliyatlarga ega odamlar, iqtisoiy darjasi har xil odamlar namoyon etilishi kerak.

Inklyuziv adabiyotlar "ko'zgilar" kabi o'quvchilarga o'zlarini tasvirlash imkonini beruvchi vositalardir. [4]

Inklyuziv bolalar adabiyotining muhim bir samarali tomoni shundaki, uni o'qiydigan alohida ta'lim ehtiyojiga ega bolalar o'zlarini yolg'iz his qilmaydilar.

Inklyuziv bolalar adabiyoti ta'lim jarayonining muhim qismidir, unda turli ehtiyoj va kelib chiqishdagi bolalar ishtirok etadilar. Olimlarning ta'kidlashicha, bolalar kitoblari insonni uning shaxsiy xususiyatlari, boshqalardan farq qiladigan jihatlari uchun qabul qilishni va hurmat qilishni o'rgatadi. [5] Kitoblar orqali bolalar boshqa bolalar bilan o'xshashlik tomonlarini va turlicha ekanliklarini ko'ra oladilar va bunga ijobiy munosabat shakllantria oladilar. Wopperrerning ta'kidlashicha bolalar inklyuziv darslik va adabiyotlarda asosiy qahramon yoki boshqa qahrmonlarning maxsus ehtiyojlarga ega ekanliklarini qayta-qayta ko'rganliklari tufayli ularning ehtiyojlarini chuqurroq tushunishlariga yordam beradi. [6]

Inklyuziv kitoblarning yana bir muhim jihati shundan iboratki, unda turli diniy qarashlarga ega bolalarni ko'rish mumkin. Bu holat bolalarda qahramonga qaratilgan empatiya orqali tolerantlik hissini shakllantirish imkonini beradi.

Inklyuziv kitoblar hilma-xillikni qadrlaydigan va hurmat qiladigan tolerant jamiyatni rivojlantirish uchun zarurdir. Bunda barcha shaxslar, ularning kelib chiqishi yoki kimligidan qat'iy nazar, o'zlarini adabiyotda ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishlari ta'minlanadi.

Inklyuziv bolalar adabiyoti quyidagi turlarga ajratilib o'rganiladi: [7]

• Har xil madaniyat haqidagi kitoblar (masalan, g'arb, sharq madaniyati, ularning orasidagi farq va o'xshashliklar).

• Har xil millatlar haqidagi kitoblar (masalan, koreyaliklar haqidagi kitoblar, millatning o'zbeklarga o'xshash tomonlari).

• Har xil oilaviy tizimni namoyon qiladigan kitoblar (masalan ota-onasi ajrashgan oilalarning o'ziga xosliklari).

• Turli jismoniy ehtiyojga ega insonlar haqidagi kitoblar (masalan, ko'zi ojiz yoki boshqa jismoniy ehtiyojligi mavjud bolalar)

• Turli emotsional ehtiyojlarga ega inosnlar haqidagi kitoblar (masalan, autist bolalar, ularning qobiliyatlari)

• Turli ijtimoiy-iqtisodiy qatlamdagi insonlar haqidagi kitoblar (masalan boy, kambag'al, asbaiy va muloyim qahramonlar).

Bugun inklyuziv ta'lim nafaqat til, din, madaniyat va jismoniy ehtiyojlarni nazarda tutadi, balki jins, mental salomatlik, yosh, ideologiya kabi omillarni o'z ichiga oladi. Bugungi globallashuv jamiyatda biz birga yashashni, bir-birimizni hurmat qilishga va tushunishga

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

o'rganishimiz kerak.

Inklyuziv ta'lim adabiyotida turli nuqtai nazarlar, madaniyatlar, jinslar, qobiliyatlar va tajribalar ifodalandi. Inklyuziv kitob o'qish empatiyani rivojlantiradi. Inklyuziv adabiyotlar o'quvchilarga turli madaniyatlar, an'analar va insonlarni o'rganish va qadrlashga yordam beradi, shu bilan ko'plab bo'shliqlarni bartaraf qiladi va inklyuziv jamiyatni rivojlantiradi. Bu esa o'z navbatida turli xil kelib chiqishi, maxsus ehtiyoji va tajribasi bo'lgan odamlar bilan yaxshiroq munosabatda bo'lish va ularni tushunish imkonini beradi. Inklyuziv jamiyat davr talabidir, buni ta'lim jarayoni rivojlanayotgan paytda inkor etib bo'lmaydi.

Inklyuziv adabiyotlarni o'qish stereotiplar va noto'g'ri qarashlarga qarshi kurashishda hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Pedagogik jarayonda qanday qilib inklyuziv o'qishni tashkil qilish mumkin:

• Kitoblarning turlari darajalari turli hil bo'lishini ta'minlash.

• Matn turli xil texnologiyalar orqali barcha ehtiyojli bolalar uchun yetkazilishini ta'minlash.

• O'quvchilarda o'qiganlarini tushunganliklarini qanday namoyon qilishlarini o'zlari tanlay olish imkonini belgilash.

Inklyuviz kitob tanlaganda pedagogning vazifasi nimadan iborat:

1. Kitobni baholash va qo'yilgan maqsadga muvofiqligini ko'rish;

2. Kitob mazmunidan kelib chiqqan holda bolalar bilan bo'ladigan suhbat mavzularini

topish;

3. Kitob orqali qilsa bo'ladigan faoliyatlarni belgilash va amalda qo'llash;

4. Inklyuziv o'qish jaryaonini ish rejasi bilan integrasiya qilish.

Bugun O'zbekistonda inklyuziv bolalar adabiyotlari deyarli mavjud emas. Shuning uchun pedagog bu borada kreativ bo'lib, matnlar va inklyuziv rasmlarni birlashtirgan holda, yuqoridagi tamoyillarga asoslangan holda bolalarga qizqarli inklyuziv slaydlar ko'rinishida taqdim etishlari mumkin.

Misol uchun Zumrad va Qimmat ertagini quyidagi inklyuziv matnlarni qo'shgan holda bolalarga tanishtirish mumkin. (Slayd 1) Bunday matnlar bolalarda empatiya va tolerantlik tuyg'ularini shakllantirishda yordam beradi. Bugun ta'lim jaryaonida, inklyuziv adabiyotlar tanqis paytda pedagog shunday qo'shimcha materiallar yaratishi orqali bolalarda alohida ehtiyojli bolalar tushunchasini shakllantirishga, alohida ehtiyojli bolalar ehtiyojlarini bolalarga tushunarli tarzda tushuntirishga hamda bolalarda empatiya tuyg'usini shakllantirishga yordam beradi.

Bir zamonda katta bir soy bo'yida kichkina bir uy bo'lar ekan. Bu uyda chol, uning Zumrad degan qizi, o'gay ona va uning Qimmat degan arzanda qizi turar ekanlar. Kampirning Zumradni ko'rgani ko'zi, otgani o'qi yo'q ekan. U hadeb qizni urib, qarg'ab, bechoraga birpas ham tinchlik bermas ekan. Zumrad chiroyli, odobli, muloyim, aqlli qiz ekan. Lekin Zumradning ko'zlari ko'rmas ekan. Qimmat esa ishyoqmas, injiq va dimog'dor ekan. Uning butun kuni urish-janjal va to'polon bilan o'tar ekan. Zumrad ko'zlari ojiz bo'lishiga qaramy uyda ko'p ish qilishga o'rgangan ekan. Erta bilan barvaqt ko'zasini ko'tarib, soy yoqalab

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

buloq boshiga borarkan, yo'lda uchragan lola gullar Zumradga soyga tushib ketmasligi uchun yordam berib turar ekanlar. Zumrad maysalar ustida o'tirib dam olganida gullar uni olqishlar, bulbullar quvonib unga hikoyalar aytib berarkanlar.

Slayd 1. "Zumrad va Qimmat" ertagini inklyuziv matnga almashtirish. Bunday matnlar dars jarayonida rasmlar bilan birga keltirilsa, inklyuziv ta'lim jarayoni yanada sifatli va samaraliroq bo'ladi.

Inklyuziv ta'lim jaryaonida kitob tanlashda yoki inklyuziv matnlarni shakllantirishda pedagog quyidagi omillarga ahamiyat berishi lozim:

1. Pedagog muntazam ravishda turli madaniyatlar, o'ziga xosliklar va tajribalar bilan o'zi tanish bo'lilshi kerak.

2. Inklyuziv adabiyotlar haqidagi sharhlar, tavsiyalar va maqolalarni o'qib turishi kerak.

3. Alohida ta'lim ehtiyojlariga ega muallif va illustratorlar adabiyotini izlashi kerak.

4. Kutubxona, kitob do'konlari va kitob blogerlar sharhlarida inklyuviv kitoblar haqidagi ma'lumotlar muntazam ravishda izlab turishi kerak.

5. Respublikada inklyuziv ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanish bo'lishi

kerak.

Xulosa

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, inklyuziv ta'lim ilg'or va adolatli jamiyatning asosi bo'lib, har bir shaxs, o'z qobiliyati yoki farqlaridan qat'iy nazar, sifatli ta'lim olish huquqiga ega, degan asosiy tamoyilni o'zida mujassam etadi.

Bugungi jadal rivojlanayotgan global landshaftda inklyuzivlik imperativi hech qachon bunchalik muhim hisoblanmagan. Bu nafaqat turli xil o'quvchilarda tolerantlik va ma'suliyatlilik hissini uyg'otadi, balki innovatsiyalar va muammolarni hal qilish davri uchun juda muhim bo'lgan istiqbollar, ko'nikmalar va hissiyotlarni rivojlantiradi. Inklyuziv ta'lim ko'proq rahmdil, hamdard va tushunadigan dunyo uchun poydevor yasaydi, bunda odamlar o'zlarining noyob ehtiyojlari uchun qadrlanadi va hech kim ortda qoldirmaydi. Bugun inklyuziv ta'lim bu shunchaki axloqiy ehtiyoj emas, bugungi kunda u har bir jamiyatning strategik zaruratidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 13.10.2020 yildagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida".

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.10.2021 yildagi 638-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida".

3. "Sub-Education policy Review Report Inclusive Education", UNESCO xalqaro tashkiloti, 2021. Web sahifa: https://en.unesco.org/sites/default/files/inclusive_education_final_-_january_2021.pdf.

4. Bishop, R. S. Mirrors, windows, and sliding glass doors - scenic regional. Reading is Fundamental. Retrieved April 16, 2022. Web sahifa: https://scenicregional.org/wp-content/uploads/2017/08/Mirrors-Windows-and-Sli ding-Glass-Doors.pdf.

5. Monoyiou E., & Symeonidou S., The wonderful world of children's books? Negotiating

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

diversity through children's literature. International Journal of Inclusive Education, 20:6, 2016. 588-603, DOI: 10.1080/13603116.2015.1102338)

6. Wopperer, E. Inclusive Literature in the Library and the Classroom. ProQuest. 2011. Web sahifa: https://www.proquest.com/openview/ed3ba48e0015fcfab37ede97df987c96/1.

7. Lynch E., The Benefits of Using Inclusiv The Benefits of Using Inclusive Liter e Literature in Kinder e in Kindergarten thr ten through Fifth Grade Classrooms, Guidelines for Selecting Inclusive Texts, and Resources to Help Teachers, Librarians, and Community Members use Inclusive Children's Books, Bowling Green State University, Honors Projects, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.