Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA‘LIMNING SHAXS SHAKILLANISHIDAGI AHAMIYATI'

INKLYUZIV TA‘LIMNING SHAXS SHAKILLANISHIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
258
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
aqliy qobiliyat / intellekt / inklyuziv / shaxs / rivojlanish / nuqson / maxsus ehtiyoj / muhit / ijtimoiy faollik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Maxmudov Shokir Kamolovich, O‘razov Faxriddin Isakovich

Maqolada alohida ta’limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish va ularni shaxs sifatida shakllanishi jarayonida inklyuziv ta’limning o’rni o‘rganilib, inklyuziv ta’limga oid qabul qilingan meyori-huquqiy qonun va qarorlar tahlil qilingan. Shuningdek, bugungi davr talabiga mos, raqobatbardosh, ijtimoiy faol va yuqori intellektual salohiyatga ega bo’lgan yoshlarni shakllanishida inklyuziv ta’limning amaliy yordam berishi ilmiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA‘LIMNING SHAXS SHAKILLANISHIDAGI AHAMIYATI»

INKLYUZIV TA'LIMNING SHAXS SHAKILLANISHIDAGI AHAMIYATI 1Maxmudov Shokir Kamolovich 2O'razov Faxriddin Isakovich

1DTPI pedagogika va psixologiya kafedrasi p.f.f.d. (PhD), dotsent v.v.b., Denov shahri 2DTPI pedagogika va psixologiya kafedrasi o'qituvchisi, Denov shahri https://doi.org/10.5281/zenodo.10114428

Annotatsiya. Maqolada alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish va ularni shaxs sifatida shakllanishi jarayonida inklyuziv ta'limning o'rni o'rganilib, inklyuziv ta'limga oid qabul qilingan meyori-huquqiy qonun va qarorlar tahlil qilingan. Shuningdek, bugungi davr talabiga mos, raqobatbardosh, ijtimoiy faol va yuqori intellektual salohiyatga ega bo'lgan yoshlarni shakllanishida inklyuziv ta'limning amaliy yordam berishi ilmiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: aqliy qobiliyat, intellekt, inklyuziv, shaxs, rivojlanish, nuqson, maxsus ehtiyoj, muhit, ijtimoiy faollik.

Аннотация. В статье рассматривается роль инклюзивного образования в процессе обучения детей с особыми образовательными потребностями и формирования их как личности, а также анализируются принятые нормативные законы и решения по вопросам инклюзивного образования. Также научно проанализировано практическое сопровождение инклюзивного образования в формировании конкурентоспособной, социально активной и обладающей высоким интеллектуальным потенциалом молодежи.

Ключевые слова: умственные способности, интеллект, инклюзивность, личность, развитие, инвалидность, особая потребность, среда, социальная активность.

Abstract. The article examines the role of inclusive education in the process of educating children with special educational needs and developing them as individuals, and also analyzes the adopted regulatory laws and decisions on issues of inclusive education. The practical support of inclusive education in the formation of competitive, socially active and high-intellectual youth is also scientifically analyzed.

Keywords: mental abilities, intelligence, inclusivity, personality, development, disability, special needs, environment, social activity.

Dunyo hamjamiyatida yosh avlodning har tomonlama yetuk, komil inson bo'lib voyaga yetishiga, munosib fuqarolar sifatida ulg'ayib, davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga ulush qo'shishlariga umid bog'lanadi. Butun jahon bolalariga tegishli bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiyada, O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son qarori singari qator muhim me'yoriy hujjatlarda ko'rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta'lim olish, hayotda o'z o'rnini topish huquqlariga egadirlar.

Inklyuziv ta'limni rivojlantirish amaliyoti va yanada takomillashtirish mehnat bozoriga mos raqobatbardoshlilik, muhitga tez moslashuvchanlik, muammoli vaziyatlardan oson chiqa olish, innovatsion kasbiy salohiyat elementlarini o'zida qaror toptirishni talab etiladi. Shuning uchun jahon andozalariga mos yuqori malakali kadrlar tayorlash zaruriy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, uzluksiz ta'limning barqaror rivojlanishiga bog'liq bo'lib qolmoqda. Shu sababli, inklyuziv ta'lim berish dasturlarini mazmunan yangilash, ixtisoslik fanlari mazmunini amaliy

ko'nikmalarga yo'naltirish, mutaxassislarni pedagogik faoliyatga tayyorlashning zamonaviy sharoitlarini yaratish buyicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizda ham barcha sohalar qatori inklyuziv ta'limni ham tubdan isloh qilishga katta e'tibor qaratilmoqda. 2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning yettita ustuvor yo'nalishi bo'yicha Taraqqiyot strategiyasida "Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish" hamda "Nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish"[1.39.b] ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa, uzluksiz ta'lim tizimida inklyuziv ta'limni amalga oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish zaruriyatini ko'rsatadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"-gi PQ-4860-son qarori va uning asosida "2020-2025 yillarda xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish" Konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi 638-son qarori va uning asosida "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi Nizom, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 1059-son qarori [2.29.b], O'zbekiston Respublikasining so'ngi 2020-yil 23-sentabrda isloh qilingan "Ta'lim to'g'risida" gi [3.36.b] qonunida ham alohida ta'limga ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berish va ularni shaxs sifatida shakillantirish vazifalari belgilab berilgan.

BMT malumotlariga ko'ra dunyo miqyosida 450 milliondan ortiq kishi ruhiy va jismoniy nuqsonga ega. Bu sayyoramizning undan bir qismini tashkil etadi. Shuni aytish joizki umumjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumot berishicha dunyoda bunday kishilar soni 13 foizga yaqin va dunyo miqyosida 500 mln. ortiq odam (ya'ni yer yuzidagi har bir uninchi odam) imkoniyati cheklangan shaxslar sirasiga kiradi, shulardan 150 mln. bolalardir.

Imkoniyati cheklangan bolalarni turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, to'laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, o'zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotga oid chuqur o'zgarishlar kundalik turmushimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Respublikamizda yoshlar hayotiga va ularni ijtimoiy muhofazalash buyicha davlat hujjatlarining qabul qilinishi haqiqiy ma'noda mustaqil davlat hayotida yoshlarga nisbatan e'tiborning tubdan o'zgarganligini ko'rsatib turibdi. Bu sohada olib borilayotgan siyosatning diqqatga sazovorli tomoni shundaki, yosh davlatning kelajagi sog'lom avlod qulida ekanligi chuqur his etilib, mazkur siyosat xorijiy mamlakatlar vakillari tomonidan ham tan olinmovda.

Nogiron shaxsning o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish, mustaqil harakatlanishi, mo'ljal olish, muomala qilish, o'z xulqini nazorat qilish, mehnat faoliyatini o'rganish yoki mashg'ul bo'lish qobiliyatini to'liq yoki qisman yo'qotishi, uni ijtimoiy muhofaza qilish choralarini amalga oshirish zaruriyatini ko'rsatadi. Insonning nogiron bo'lib qolgan paytida shakllangan shaxsiy xususiyatlariga insonning o'zi uchun, uning hayolida yuz beradigan hodisalar uchun javobgarligini anglashga bog'liq [4.88.b.].

Nogiron bola individual yoki tibbiy holatda maktabga yoki jamiyatga moslashishi kerak. Masalan, eshitishida nuqsoni bo'lgan bola umumta'lim sharoitiga moslashishi uchun eshituv apparatidan foydalanib gapirishni o'rganishi kerak. Sog'lom boladan esa imo-ishora tilini va muloqotning boshqa shakllarini o'rganish talab qilinmaydi. O'qishda muammo bo'lsa, bola standart talablarni bajarishi kerak. Aks holda o'qituvchi qo'shimcha mashg'ulotlar o'tilishi lozim. Inklyuziv ta'lim bolani emas tizimni o'zgartirishni taqozo qiladi. Nazariy adabiyotlarni tahlil qilish jarayonida integratsion va inklyuzivlik tushunchalarining o'rtasida umumiylik ham mavjudligi o'ganildi, bu umumiylik zamirida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim tizimi sharoitiga kiritish yotadi.

Umumta'lim muassasalari sharoitida maxsus ehtiyojli bolalarga ta'lim tarbiya berishning o'zigina samarali natija bermaydi. Buning uchun maktabda pedagoglar, defektologlar, psixologlar tomonidan do'stona munosabat muhitini yaratish lozim. Sinfda do'stona munosabat muhitining shakllanishi sog'lom va maxsus ehtiyojli bolalarning bir-birlariga nisbatan mehr-muhabbatli bo'lishlariga, bir birlariga doimo yordam berishlariga zamin yaratadi. Imkoniyati cheklangan bolalarning o'z-o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bu esa korreksion-pedagogik ishni samarali va osonroq kechishini ta'minlaydi.

Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarning umumta'lim muassasalarida ta'lim olishlari uchun qo'shimcha moslamalarning yaratilishini va shu yo'l bilan nogiron bolalar uchun qulay shart-sharoitlarni talab qiladi[5.89.b.]. Imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta'lim-tarbiyasini amalga oshirishga, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishga qaratilgan ishlarni samarali olib borish uchun maxsus soha xodimlari hamda nogiron bolalar ota-onalariga inklyuziv ta'limning ahamiyati, ijtimoiy zarurligini tushuntirish ham mas'uliyatli ishlar jumlasiga kiradi. Bularning hammasi, bolaning shaxs sifatida shakillanishiga qaratilgan bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni.// O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami. -T., 2022. -B.39. www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son.

3. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. (23.09.2020) // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020., 03/20/637/1313-son.

4. Mo'minova L., Sh. Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika un-ti. - Toshkent: Noshir, 2016. - 88 b.

5. Денисова, O.A. Стратегия и тактика подготовки педагогов инклюзивного образования / O.A. Денисова, В. Н. Поникарова, О.Л. Леханова // Дефектология: научно-методический журнал. — 2012. —№ 3. — С. 81-89.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.