Научная статья на тему 'VII – VIII ASRLARDA TURKIY QABILALAR TARIXIGA OID BA'ZI MA'LUMOTLAR'

VII – VIII ASRLARDA TURKIY QABILALAR TARIXIGA OID BA'ZI MA'LUMOTLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘rta asrlar / turkiy xalqlar / xitoy manbasi / SHin-Tangshu / qabila / uyg‘ur / tahlil / xulosa.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sh T. Qo‘ldashev

Ushbu maqolada, VII – VIII asrlarda turkiy xalqlarning etnogenezisida muhim rol o‘ynagan qabilalar tarixi yozilgan. Xitoy manbalarida yozilgan uyg‘ur (byaoxe表紇), sirtor-dush (shyueyantuo薛薛延陀), chibni (chibiyuy契苾羽), tuva (dubuo都播), qo‘virqon (guligan 骨利幹), teling‘ut (duolange多覽葛), buku (pugu僕骨), boyirg‘u (baegu拔野古), tungro (tungluo同羅), hun (xun渾), izgil (sijie思结), xug‘o‘rsu (xushyue斛薛), chigil (shijie奚结), adiz (ade阿跌), baysar (baysi白霫) kabi qabilalarning etnik tarixi tahlil qilingan. Bu qabilalarning Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rni va turkiy xalqlarning birlashishi kabi masalalar o‘rganilgan. Ushbu etnik tarixni o‘rganish orqali hozirgi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, uyg‘ur va boshqa turkiy xalqlarning tarixiy sharoiti, birlashuv omillari, asoslarini ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VII – VIII ASRLARDA TURKIY QABILALAR TARIXIGA OID BA'ZI MA'LUMOTLAR»

VII - VIII ASRLARDA TURKIY QABILALAR TARIXIGA OID

BA'ZI MA'LUMOTLAR

Sh.T. Qo'ldashev

tarix fanlari nomzodi, dotsent, O'zR FA Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi,

Toshkent, O'zbekiston https://doi.org/10.5281/zenodo.13895428

Annotatsiya. Ushbu maqolada, VII - VIII asrlarda turkiy xalqlarning etnogenezisida muhim rol o'ynagan qabilalar tarixi yozilgan. Xitoy manbalarida yozilgan uyg'ur (byaoxe0S£), sirtor-dush (shyueyantuojjjMPP), chibni (chibiyuy^M^), tuva (dubuoMM), qo'virqon (guligan teling'ut (duolange &МШ), buku (puguMW), boyirg'u (baeguffiMS), tungro

(tungluofflM), hun (xunM), izgil (sijieffi^p), xug'o'rsu (xushyueffljj), chigil (shijieM^p), adiz (adefflffi), baysar (baysi Й W) kabi qabilalarning etnik tarixi tahlil qilingan. Bu qabilalarning Buyuk ipak yo 'lida tutgan o'rni va turkiy xalqlarning birlashishi kabi masalalar o'rganilgan. Ushbu etnik tarixni o'rganish orqali hozirgi o'zbek, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, uyg'ur va boshqa turkiy xalqlarning tarixiy sharoiti, birlashuv omillari, asoslarini ochib berilgan.

Kalit so'zlar: o'rta asrlar, turkiy xalqlar, xitoy manbasi, SHin-Tangshu, qabila, uyg'ur, tahlil, xulosa.

Аннотация. В данной статье написана история племен, сыгравших важную роль в этногенезе тюркских народов в VII-VIII веках. Написано в китайских источниках: уйгур (бяохэШ$£), сиртор-душ (шюеянтуоjjjjMPP), чибни (чибиюй^ШЩ, тува (дубуоММ), цувирцон (гулиган телингут (дуолангэ0КМ), буку (пугуЩШ), бойиргу (баегуШМ?

S, тунгро (тунглуоЩЩ), \ун (хунЩ), изгил (сижиеШ^р), хугурсу (хушюеМЩ, чигил (шижиеМ^р), адиз (адеfflffi), байсар (байсиЙW). Изучались такие вопросы, как роль этих племен на Великом шелковом пути и объединение тюркских народов. Благодаря изучению этой этнической истории выявлены исторические условия, факторы объединения, основы нынешних узбекских, казахских, кыргызских, каракалпакских, уйгурских и других тюркских народов.

Ключевые слова: средневековье, тюркские народы, китайский источник, Шин-Таншу, племя, уйгуры, анализ, вывод.

Abstract. In this article, the history of the tribes that played an important role in the ethnogenesis of the Turkic peoples in the VII-VIII centuries is written. Written in Chinese sources, uyghur (Ш$£), sirtordush (jjjMPP), chibni (^ЖЩ, tuva (MM), guligan (telengut ( 0ХМ), buku (ШШ), boyirgu (ffiBf, tungro (fflM), hun (Щ), izgil (ШШ), xugorsu (ffljj), chigil (M^n), adiz (fflffi), baysar ([=3w). Issues such as the role of these tribes in the Great Silk Road and the unification of the Turkic peoples were studied. Through the study of this ethnic history, the historical conditions, unification factors, foundations of the current Uzbek, Kazakh, Kyrgyz, Karakalpak, Uyghur and other Turkic peoples have been revealed.

Keywords: middle ages, Turkic peoples, Chinese source, Shin-Tangshu, tribe, Uyghur, analysis, conclusion.

Turkiy xalqlardan biri bo'lgan uyg'urlarning etnik tarixi bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Chunki, ushbu tadqiqotlarga asos bo'ladigan arxeologik va yozma manbalarning hilma-xilligi va ma'lumotlarning hozirgi kunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotmasdan kelayotganligi bilan

ajralib turadi. Uyg'urlar haqida xitoy manbalaridan "Chjou shu", "Bey shu"», "Suy shu", "Da Tan chuan'e sitszyu chju", "Szyu Tan shu", "Szyu U day shi", "U day shi szi" kabi solnomalar hamda "Tundyan", "Tan xoyyao", "U day xoyyao", "Szichji-tunszyan", "Szichji-tunszyan gao-i" kabi tarixiy asarlarda ham ko'pgina ma'lumotlar uchraydi [2, 6]. Ammo, uyg'urlarning etnik tarixi hususida eng ko'p ma'lumot bergan asar bu Ou Yansyu(I^P0i^)va Sun Si(^tfB)larning "Shin Tang-shu"(ifi^i-»Tang [sulolasi]ning yangi tarixi») asari hisoblanadi.

Xitoy manbalaridan biri "Shin Tang-shu", ya'ni "Tang sulolasining yangi tarixi" bo'lib, milodiy 941-945-yillarda Lyu Xu rahbarligida Tang sulolasi saroyidagi tarixchilar guruhi tomonidan yozilgan "Tang shu" ("Tang sulolasi tarixi") asari asosida 1044-1060-yillarda yozilgan. Ushbu asar mualliflari Ou Yansyu(1001-1072) va Sun Si (998-1061)lar hisoblanadi. Shu bois, avval yozilgan Tang sulolasi tarixiga oid asarni "Jyu Tang-shu" (IB^i- «Tang [sulolasi]ning avvalgi tarixi»)deb nomlangan bo'lsa, keyin bitilgan tarixiy asarni esa "Shin Tang shu" ("Tang sulolasining yangi tarixi") deb nomlashgan. Har ikki asar hozirgi davrimizgacha to'liq holatda yetib kelgan va ular "24 tarix" tarkibiga kiritilgan. "Shin Tang shu" hajmi esa 225 bobdan iborat. Turkiy xalqlarning VII - X asrlar tarixiga oid ko'pgina qiziqarli ma'lumotlar asarning "Turklar tazkirasi" («Tujyue lechjuan» ^M^M^deb nomlangan 215 bobi, "Uyg'urlar tazkirasi"(Xueygu lechjuan» 0tl£iM$) deb nomlangan 217 bobi, "Shimoliy dilar tazkirasi" deyilgan 219 bob va "G'arbiy yurt tazkirasi" deb atalgan 221 bobida uchraydi.

Rossiyalik xitoyshunos olim N.Ya. Bichurin ham "Shin Tang-shu"ni rus tiliga ayrim qismlarini tarjima qilgan. Ammo, uning ayrim tarjimalari asl matn bilan to'g'ri kelmayapti. Masalan, N.Ya. Bichurinning tarjimasida[1, 220] turklar haqidagi ma'lumot "Shin Tang-shu"ning 215a va 215b boblaridan olingan, ammo, bu ma'lumot "Chjou-shu" (Chjou sulolasi tarixi) asarining 50 va "Suy-shu" (Suy sulolasi tarixi) asarining 84-boblarida qaytariladi, deb ko'rsatilgan. Aslida N.Ya. Bichurin tarjima qilgan turklar haqidagi ma'lumotlarni "Bey-shu" (Shimoliy sulolalar tarixi) asarining 99-bobidan olgan. N.Ya. Bichurin o'z tarjimasida "Turklarning ajdodlari G'arbiy dengizning g'arbida yashaganlar va o'zlari alohida bir aymoqni tashkil qilishgan", deb yozilgan. "Shin Tang-shu" asaridagi turklarga oid ma'lumot matnida "Turklar Ashina urug'iga mansub bo'lib, ular hunlarning shimolida yashaganlar", deb ko'rsatilgan[5, 841]. Shuningdek, matnda "G'arbiy dengizning o'ng tomonida yashagan", deb yozilgan. Avvalo bu yerda G'arbiy dengiz deb Kaspiy dengiz tushunilgan. Ikkinchidan, o'ng tomon deganda, ushbu dengizning g'arbiy tomoni ko'zda tutilyapti. Zero, qadimgi xitoylar "szo" chap qo'l tomonni 1-, o'ng qo'l tomonni 2-, deb bilganlar. To'rt tomonni belgilashda ular albatta kun chiqish tomonga chap qo'lni, kun botish tomonga esa o'ng qo'lni ro'para qilib ko'rsatishni odat qilganlar. Matn tarjima qilgan N.Ya. Bichurin "o'ng tomon" so'zini g'arb deb to'g'ri tushungan. Ammo G'arbiy dengiz qaysi dengiz ekanligini bilmagan. Buning ustiga "G'arbiy dengiz" deganda, Mongoliyaning g'arbiy xududidagi katta ko'l ko'zda tutilgan bo'lsa kerak", degan sharh yozilgan[1, 220]. "Shin Tang-shu"da keltirilgan ma'lumotlarni tarjima qilish jarayonida N.Ya. Bichurin "Jyu Tang-shu" asariga murojaat qilmaganligi ko'rinib qoldi. Ikkita tarixiy asarni solishtirish orqali, "Jyu Tang-shu"ning 144-bobining birinchi qismi "Shin Tang-shu"ga kirmay qolganligi aniqlandi. Mazkur qism turkiy etnoslardan biri bo'lgan telelarga bag'ishlangan. Shuningdek, "Shin Tang-shu"da qarluqlar, sirtodushlar, basmillar, qirg'izlar va boshqa turkiy etnoslarning kelib chiqishi va etnik tarixiga oid ma'lumotlar mavjud bo'lib, bu ma'lumotlar hali to'liq tadqiq qilinmagan.

"Shin Tangshu"da uyg'urlarga oid ma'lumotlar 217 bobida yozilgan. Unda uyg'urlarning kelib chiqishi, yashagan yerlari, VI-VIII asrlarda uyg'urlar tarixi, Xitoyning hukmron sulolasi

xisoblanmish Tang imperiyasi bilan uyg'urlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar xususida ma'lumotlar berilgan. Ayniqsa, uyg'urlar va turkiy qabilalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Ayniqsa, uyg'urlarning tarkibida bo'lgan qabilalar haqidagi ma'lumotlardan ko'pgina tadqiqotchilar foydalanishgan. Jumladan, Turg'un Olmos, A. Xodjaev, A. Kamalovlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Fikrimizcha, tarixiy adabiyotlarda o'g'iz va uyg'ur deb atalgan tele qabilalari uyg'ur, to'qqiz tele, to'qqiz o'g'iz, to'qqiz uyg'ur deb atalgan qabilalar ittifoqining umumiy nomi va tarkibi to'g'risida aniq tushuncha yo'q. Buni biz faqat rus va o'zbek tillaridagi adabiyotlarda emas, balki Xitoy uyg'ur tarixchisi Turg'un Olmos qalamiga mansub "Uyg'urlar" nomli kitobida uyg'ur nomli qabila bilan qabilalar ittifoqi o'rtasidagi farq aniq ko'rsatilmagan[7, 20]. Oqibatda ko'pgina tarixiy voqealarga yondashish, aynqsa, VII asrdan keyingi davrga oid xitoy manbalarini o'rganishda chalkashliklar kelib chiqmoqda. Masalan, VII asrga qadar uyg'ur atamasi tele tarkibidagi bir qabilaning nomi bo'lib, u xitoycha veyxe(^&£), yuan'xe, biyavxe ierogliflari bilan yozilgan bo'lsa, VII asrning boshlaridan boshlab ushbu atama bir qancha tele qabilalari ittifoqining nomiga aylangan. Shundan keyin xitoy tarixchilari buni farqlash maqsadida mazkur ittifoq nomini xueyxe ierogliflari bilan yozishgan. "Bey-shi" ("Shimoliy sulolalar tarixi") va "Suy shu" ("Suy sulolasi tarixi") asarlarida uyg'ur qabilasi, ya'ni veyxe(^&£) sharqiy tele guruhi tarbida bo'lgan. "Shin Tangshu" asarining 217 bobining birinchi qismida "veyxe(^&£), tungro (tungluo^Щ), boyirg'u qabilalarini birlashtirib, (Chulu hoqoniga) qarshi chiqdi, o'zini erkin (sijin) deb bildi. Hamma qabilalar o'zlarini xueyxe deb atadi. Xuyexega uyg'ur qabilasi tarkibiga yaologe (yog'liqor) urug' bosh bo'ldi", degan ma'lumot berilgan[6, 16934 ]. Xitoy adabiyotlarida uyg'ur qabilalari soni 44 ta bo'lgan deb yozilmoqda. Ammo, bu 44 ta qabila aslida turkiy qabilalar bo'lib, 744-yilda Uyg'ur hoqonligi vujudga kelishi va bu davlat tarkibiga bu qabilalar ham kirib ketadi. Shu bois, bu qabilalarni uyg'ur qabilalari emas, balki, turkiy qabilalar ittifoqi deb e'tirof etilmog'i lozim. Xitoyshunos olimlar A. Xo'jaev va K. Xo'jaevlarfikricha, "44 tele qabilalari bilan gavche, uyg'ur, sharqiy tele qavmlarining barchasini qo'shib hisoblaganda, turkiy xalqlar tarkibida 58 qabila bo'lganligi ma'lum bo'ladi. Uyg'ur hoqonligi davrida shulardan 22 tasi uyg'ur deb nomlangan ittifoq tarkibiga kirgan[9, 22]. Mazkur xonlik yemirilgandan (845-846) so'ng ular har tomonga, jumladan, Movorounnahr va Sharqiy Turkiston va boshqa hududlarga borib joylashib, boshqa turkiy xalqlar tarkibiga singib ketgan[4, 136]. Bularning ko'pchiligi o'zlarini uyg'ur deb atashgan. Ushbu jarayon ham alohida tadqiqot olib borishni taqazo etadi.

"Shin Tangshu" da uyg'urlar haqida quyidagi ma'lumotlar berilgan: "Uyg'urlar (huihe, huige0^)ning ajdodlari hunlardir. Ular doim baland tog'lar (Oltoy tog'i) orasida yashagan. Ilk Vey (Yuan-Wei) ЖШ) sulolasi zamonasida qangqillar(gao-che bu^^nß deb atalgan"[ 6, 16933]. Qangqillar - xitoy manbalarida "gavche" deb keltirilgan. "Vey-shu" nomli xitoy manbasining 103 bobida "gavche qadimgi chidilarning bir qismi bo'lib, u dastlab dili deb atalar edi. Shimolda ularni chili deb atashgan. Shyalar (xitoylar) govche dingling deyishar edi, ... ular di, uyg'ur, xug'o'rsu, chibni, qirg'iz va iltekin (ichijin) qabilalaridan iborat bo'lgan", - deb yozilgan[]. Uyg'ur qabilalar ittifoqi tarkibiga kiruvchi "chili" qabilasini "Shin Tangshu" da ham alohida keltirilgan: "Yana [ularni] "chili" chile^ïdeb ham atashgan. Bu "tele" ^ïdegan [etnik] nomning buzib aytilishi hisoblanadi"[6, 16935 ]. Bundan ko'rinadiki, chili va tele qabilalari aslida bir qabila nomi ekanligi ayon bo'ladi. Telelarning ilk ajdodlari miloddan avvalgi III asrdan to III asrlarga qadar Ordosdan (Shimoliy Xitoy) g'arbdagi cho'llarda yashaganlar. Milodiy IV asrdan Shimoliy Xitoyda yuz bergan siyosiy vaziyatning keskinlashib borishi tufayli tele qabilalari Jung'oriyaga kirib keladilar. Telelar Mo'g'ilistonning g'arbida, Selenga daryosi sohillarigacha bo'lgan hududlarda

joylashganlar. Tele 12 ta urug'dan iborat bo'lib, bular asosan chorvachilik bilan shug'ullanib kelganlar. Bir necha Sibir xalqlari, jumladan, tuvaliklar, yoqutlar, telengitlar, teleutlar hamda uyg'urlar telelarning keyingi avlodlari xisoblanadilar [11, 170]. Xitoy manbalaridagi "gavche" esa qangqillarga nisbatan ishlatilgan. Ammo, A. Xo'jaev va K. Xo'jaevlar fikricha, "xitoylar telelarning balandg'ildirakli aravadan keng foydalanganligini ko'rib, ularga "gavche" deb ot qo'ygan", deb yozgan[9, 20].

Ba'zi xitoy manbalarida "jyushing uxu" ("to'qqiz o'g'iz") va "jyushing xueyxe" ("to'qqiz uyg'ur") kabi etnonimlar ko'p uchraydi. Bularning tarkibini qiyoslaganimizda, ikki xil atalgan bu uyg'urlar sharqiy uyg'urlar bo'lib, ularning tarkibida uyg'ur, buku, hun, bayirqu, tungro, izgil, chibni, basmil, qarluq kabi 9 qabila bo'lganligi aniqlandi. Demak, uyg'ur va o'g'uz ikki qismga bo'linib ketgan bir xalqning ikki xil nomi bo'lgan. Bu xulosani Ling Xan, Gao Zixou kabi xitoy olimlarning tadqiqotlari ham tasdiqlaydi. Ayrim hollarda bular dingling, gaoche (qangli), gaoche dingling (qangli turklar) deb ham nomlangan. To'qqiz o'g'iz tarkibiga kirgan qarluqlar ham bir qabilani nomi bo'lmagan, balki qabilalar ittifoqining nomi ekanligi haqidagi ma'lumotlarni "Shin Tangshu"dan topishimiz mumkin. Jumladan, "Shin Tangshu"da qarluq (gelulu), mulu yoki mula (bo'yla) va toshi (toshli) kabi 3 ta qabiladan iborat ekanligini ko'rsatib o'tgan.

Ularning uyg'ur (ЪуаохеЩШ), sirtor-dush (shyueyantuo^^MK), chibni (chibiyuy^^ 33), tuva (dubuo^M), qo'virqon (guligan (Baykal ko'li shimolida yashashgan), teling'ut

(duolange^M^), buku (pugu^#), boyirg'u (baegufô^fï), tungro (tungluo^Щ), xun (xunjl ), izgil (sijie®^), xug'o'rsu (xushyueM^), chigil (shijie^^n), adiz (adeNE£), baysar (baysiÉI И) kabi 15 ta qabilasi bo'lib, hammasi qumli sahroning shimoliga tarqalgan edi[ 6, 1165].

Uyg'urlar [yana] o'g'uz (uxu,^aS) yoki o'g'ur (uxe, uge,^&£) deb ham atalgan. Suy sulolasizamonasida veyxe (uyg'ur^&£) deb [ham] atalgan. Ular jasoratli va chidamli bo'lib, eng dastlab ularning oqsoqoli yo'q edi. Suv va o't-o'lan bor joylar qidirib ko'chib yuradi. Ot choptirishga va o'q-yoy otishga mohir, isyonkorlikka moyil edi. Turklarga qaram edi. Turklar ilgari ularning yordamiga tayanib Shimoliy dalaga hukmronlik qilgan edi. Suy sulolasining Daye (^Ш) [deb nomlangan davr] yillari (605-616 yy.) turk (^Ш) oqsoqollaridan Kultegin hoqon (Ш Ш^/i) tele qabilalariga hujum qilib, ularning mol-mulklarini tortib oldi, keyinchalik ularning o'ch olishidan havfsirab, ularning bir necha yuz oqsoqollarini chaqirtirib kelib, hammasini tiriklayin ko'mib yubordi. Uyg'urlar buku, tungro va boyirg'ular bilan birgalikda turklarga qarshi isyon ko'tarib mustaqil bo'lishib, o'zlarini avvaliga erkin, so'ngra uyg'ur (xueyxe, xueyge /745/ deb atadilar"[ 6, 1165].

Xullas, Turkiy xalqlar tarixining ilk o'rta asrlar davri tarixini yozishda "Shin Tang-shu" dagi ma'lumotlar muhim hisoblanadi. bu ma'lumotlarni arab-fors tilidagi va arxeologik ma'lumotlar bilan qiyosiy tahlil asosida tadqiq qilish lozim. Manbashunoslik nuqtai-nazaridan o'zbek tiliga izoh va sharhlar asosida tarjima qilinsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

REFERENCES

1. Н.Я. Бичурин Н.Я (Иакинф). Собрание сведений о народах обитавших в Средней Азии в древние времена. 1 жилд. - Москва-Ленинград., 1950. - 382с.

2. Ганиев Р.Т. Восточно-Тюркский каганат в Южной Сибирии Центральной Азии во второй половине VI - первой половине VIII вв. // Автореферат. Дисс... к.и.н. Екатерингбург, 2006. - 219с.

3. Камалов А.К. Древние уйгуры. VIII-IX вв. — Алматы: Наш мир, 2001. - 216с.

4. Lyu Chjisyao. Uyg'ur tarixi. Pekin: Millatlar nashriyoti, 1987 (uyg'ur tilida). - 569b.

5. Ou Yangshyu, Sung Chi. Yangi Tangnoma. Urumchi: Millatlar nashriyoti, 2010 (uyg'ur tilida). - 658b.

6. Ou Yansyu, Sun Si. Shin Tangshu (Tang [sulolasi]ning yangi tarixi) // Ershisi shi (24 tarix). Shanxay., 1957. 13-jild (xitoy tilida). - 2563b.

7. Turg'un Olmos. Uyg'urlar. Urumchi: Millatlar nashriyoti, 1989 (uyg'ur tilida). - 322b.

8. Хасан Ато Абуший. Туркий кавмлар тарихи. - Тошкент: Чулпон, 1993. - 203б.

9. Хужаев А., Хужаев K. ^адимги манбаларда халкимиз утмиши. - Тошкент: Маънавият, 2001. - 87б.

10. Хужаев А. Хунларнинг этник жихдтдан кадимий туркларга оид эканлиги хдкидаги хитой манбаларидаги маълумотлар. - «Турон Тарихи», Ташкент, 2002, № 5. 10-18 бет.

11. Шониёзов К. ^арлук давлати ва карлуклар. - Тошкент: Шарк, 1999. - 170б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.