Научная статья на тему 'EDVARD SHEFERNING «SAMARQAND OLTIN SHAFTOLILARI» MARKAZIY OSIYO XALQLARI VA XITOYNING O’ZARO MUNOSABATLARI HAQIDA'

EDVARD SHEFERNING «SAMARQAND OLTIN SHAFTOLILARI» MARKAZIY OSIYO XALQLARI VA XITOYNING O’ZARO MUNOSABATLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
125
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Edvard Xetsel Shefer / "Samarqandning oltin shaftolilari" Markaziy Osiyo / Xitoy / o’zaromunosabatlar / Tan sulolasi / savdo mollari / chorvasi / madaniyati / odamlar / O’rta asr / ekzotik / Samarqand / Toxariston / Toshkent / Kesh / Tibet / turkiy xalqlar / uyg’urlar / Edward Hetsel Schefer / "Golden Peaches of Samarkand" / Central Asia / China / Relations / Tan Dynasty / Commodities / Livestock / Culture / People / Medieval / Exotic / Samarkand / Tokharistan / Tashkent / Kesh / Tibet / Turkic Peoples / Uyghurs.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Vohidov, Alisher Avazbek O‘G‘Li

Maqolada Edvard Xetsel Sheferning "Samarqandning oltin shaftolilari" asari bo'yicha Markaziy Osiyo xalqlari va Xitoy o'rtasidagi o’zaromunosabatlar haqidagi ma'lumotlar tadqiq qilindi. Maqolani ushbu kitob orqali biz Tan sulolasi davrida Xitoyning Markaziy Osiyo xalqlari savdo mollari, chorvasi, madaniyati va odamlariga bo'lgan ehtiyojni o’rganishga bag'ishladik. Sinolog va sharqshunos Edvard Xetsel Sheferning so'zlariga ko'ra, O’rta asrlarda xitoyliklarning Markaziy Osiyo xalqlariga nisbatan xushko’rmaslik munosabatiga qaramay, ularning madaniyatini ekzotik hisoblashgan. Maqolada asosan O’rta asrlardagi Samarqand, Toxoriston, Toshkent va Kesh shaharlari aholisiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, Tan sulolasini turkiy, uyg‘ur, va tibet xalqlari bilan o’zaromunosabatlarni o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDWARD SCHEFER'S "SAMARKAND GOLD PEACHES" ON CENTRAL ASIAN PEOPLES AND CHINESE RELATIONS

The article examines the relationship between the peoples of Central Asia and China in the book ";Golden Peaches of Samarkand" by Edward Hetsel Schafer. Through this book, we have devoted the article to the study of the trade, livestock, culture, and human needs of the peoples of Central Asia in China during the Tang Dynasty. According to Sinologist and orientalist Edward Hetsel Schaefer, in the Middle Ages, despite the Chinese's dislike of the peoples of Central Asia, their culture was considered exotic. The article focuses on the medieval cities of Samarkand, Tokharistan, Tashkent and Kesh. The relationship of the Tan dynasty with the Turkic, Uyghur, and Tibetan peoples was also studied.

Текст научной работы на тему «EDVARD SHEFERNING «SAMARQAND OLTIN SHAFTOLILARI» MARKAZIY OSIYO XALQLARI VA XITOYNING O’ZARO MUNOSABATLARI HAQIDA»

'Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181"1784

economic relations" SJIF 2021: 5.423

EDVARD SHEFERNING «SAMARQAND OLTIN SHAFTOLILARI» MARKAZIY OSIYO XALQLARI VA XITOYNING O'ZARO MUNOSABATLARI HAQIDA

d 10.24412/2181 -1784-2021 -1 -580-586

Vohidov Alisher Avazbek o'g'li

TDSHU tayanch doktoranti al.vohidov@yandex.ru

Annotation.The article examines the relationship between the peoples of Central Asia and China in the book "Golden Peaches of Samarkand" by Edward Hetsel Schafer. Through this book, we have devoted the article to the study of the trade, livestock, culture, and human needs of the peoples of Central Asia in China during the Tang Dynasty. According to Sinologist and orientalist Edward Hetsel Schaefer, in the Middle Ages, despite the Chinese's dislike of the peoples of Central Asia, their culture was considered exotic. The article focuses on the medieval cities of Samarkand, Tokharistan, Tashkent and Kesh. The relationship of the Tan dynasty with the Turkic, Uyghur, and Tibetan peoples was also studied.

Keywords: Edward Hetsel Schefer, "Golden Peaches of Samarkand", Central Asia, China, Relations, Tan Dynasty, Commodities, Livestock, Culture, People, Medieval, Exotic, Samarkand, Tokharistan, Tashkent, Kesh, Tibet, Turkic Peoples, Uyghurs.

Annotatsiya. Maqolada Edvard Xetsel Sheferning "Samarqandning oltin shaftolilari" asari bo'yicha Markaziy Osiyo xalqlari va Xitoy o'rtasidagi o'zaromunosabatlar haqidagi ma'lumotlar tadqiq qilindi. Maqolani ushbu kitob orqali biz Tan sulolasi davrida Xitoyning Markaziy Osiyo xalqlari savdo mollari, chorvasi, madaniyati va odamlariga bo'lgan ehtiyojni o'rganishga bag'ishladik. Sinolog va sharqshunos Edvard Xetsel Sheferning so'zlariga ko'ra, O'rta asrlarda xitoyliklarning Markaziy Osiyo xalqlariga nisbatan xushko'rmaslik munosabatiga qaramay, ularning madaniyatini ekzotik hisoblashgan. Maqolada asosan O'rta asrlardagi Samarqand, Toxoriston, Toshkent va Kesh shaharlari aholisiga e'tibor qaratildi. Shuningdek, Tan sulolasini turkiy, uyg'ur, va tibet xalqlari bilan o 'zaromunosabatlarni o'rganildi.

Kalit so'zlar: Edvard Xetsel Shefer, "Samarqandning oltin shaftolilari"

Markaziy Osiyo, Xitoy, o'zaromunosabatlar, Tan sulolasi, savdo mollari, chorvasi,

580

madaniyati, odamlar, O'rta asr, ekzotik, Samarqand, Toxariston, Toshkent, Kesh, Tibet, turkiyxalqlar, uyg'urlar.

Tan sulolasi1 davrida Markaziy Osiyo xalqlarining roli, nafaqat XX asr yevropalik yoki sovet olimlarini, balki okean ortidagi xitoyshunoslarni ham qiziqtirgan. 1963-yilda amerikalik olim Eduard Xetzel Sheferning "Samarqand Oltin shaftolisi" kitobi rus tilida chop etilgan bo'lib u boshqa ilmiy kitoblardan o'zining ma'lunotlarni yengil taqdim etish va ilmiy-ommabop janrni bilan ajralib turadi2.

Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari o'rtasidagi munosabatlarga oid ma'lumotlar mavzuga yaqin bo'lgan bo'limlarda joylashgan.

Masalan, "Tang Xitoyda chet elliklar" bo'limida Xitoyning turli xalqlar bilan savdo-diplomatik aloqalari haqida ma'lumot joylashgan. Shu ma'lumotlardan birida Annam3 shahriga hokim bo'lgan so'g'dlik4 savdogar haqida aytilgan. Undan tashqari, Xitoy yozma manbalarining asl matnlarini qidirayotgan tibetlik5 yosh yigitlar haqida ham ma'lumotlar ko'rsatilagan6.

Savdo munosabatlari haqida batafsil ma'lumotlar tor sohaga bo'lib o'rganilgan. Misol uchun, "Kemalar va dengiz yo'llari" bo'limida Arab xalifaligi7 Movorounnahrni istelo qilingandan keyin dengiz orqali bo'lib o'tgan almashinuvlar to'grisida yozilgan. Asosan, Ummondan8 keltirilgan zargarlik buyumlari haqida gap boradi. Muallif, Ushbu buyumlar Xitoyga yetib bo'rishiga turkiy9 savdogarlar vositachilik qilishgani haqida ta'kidlab ketgan. Keyingi ma'lumotlar, "Quruqlik yo'llari va karvonlar" bo'limida Samarqand10 va Xotan11 davlatlaridan o'tuvchi savdo yo'llari haqida so'z yuritiladi. Biroq, aniq savdo tovarlari haqida ma'lumot berilmagan12.

1 Tan sulolasi (618-907) - Xitoy sulolasi, asoschisi Li Yuan.

2 Старр Ф. Утраченное Просвещение: золотой век Центральной Азии от арабского завоевания до времен Тамерлана. - М.: Альпина Паблишер, 2017. - С. 34.

3 Annam (679-1925) - Vetman Respubllikasi hududining shimoliy qismi.

4 So'g'd (mil. av. 539-mil. 819) - O'zbekistonning Zarafshon va Kashqadaryoning hududlaridagi qadimgi viloyat.

5 Tibet - Markaziy Osiyoda joylashgan Tibet tog'idagi hudud.

6 Юрченко А. Г. Материалы францисканской миссии 1245 года. Христианский мир и «великая монгольская империя». - СПб.: Евразия, 2002. - С. 56.

7 Arab Xalifaligi (632-945) - xalif tomonidan boshqarilgan va musulmonlar istelosi yordamida vujudga kelgan islom davlati.

8 Ummon - Arab yarim orolining janubi-sharqida joylashgan Oldi Osiyo mamlakati.

9 Turkiylar - turkiy tillarda so'zlashuvchi va vujudga kelishi bo'yicha bir-xil ildizga ega bo'lgan etnoslar.

10 Samarqand - O'zbekistonda kattaligi bo'yicha ikkinchi o'rinda va aholi soni bo'yicha uchinchi o'rinda turuvchi shahar.

11 Xotan (63-1006) - Xotan oazisidagi Takla-Makan cho'lining janubiy hududlarida va Buyuk ipak yo'lining tarmoqlarida joylashgan davlat.

12 Мамлева Л.А. Становление Великого шелкового пути в системе трансцивилизационного взаимодействия народов Евразии/ZVita Antiqua. - Киев, 1999. № 2. - С. 53-61.

Keyingi bo'limda, Shefer Xitoyning Markaziy Osiyo muhojirlariga bo'lgan munosabatlariga e'tiborini qaratdi. Ushbu bo'lim "Tan Xitoyida joylashgan begona odamlar" deb nomlangan bo'lib, Xurosonda 13 quvg'inlar tufayli Guanjouga ko'chishga majbur bo'lgan musulmonlar haqida so'zlanadi. U yerda ular masjid qurib Islom dinini yoyishga katta xissa qo'shishgan. Shuningdek, Chanyandagi14 bozorlar haqida ham xabar beriladi. Aytilishicha uyg'urlar15, Xitoyliklarning choyga bo'lgan muhabbatini bilib, bozordagi "birinchi qo'ldan" deyarli barcha molni sotib olishgan va yuqori narxlarda odamlarga qayta sotishgan. Muallifni tushuntirishicha, 836-yilda xitoyliklarning choy uchun qarzlari bilan bog'liq nizolar tufayli, shaharga tashrif buyurgan savdogarlar "boshqa rangdagi odamlar" (xitoylik bo'lmagan) bilan savdo bitimlarini tuzishga man qiluvchi qonun chiqarishga qaror qilinganini aytadi. Keyin, aslzodalar mayxonasida ishlovchi so'g'd va toxar16 qizlari haqida hikoya qilinadi. Shu turdagi ma'lumotlar "Chet elliklarga munosabat" bo'limida boshqa davlatlardan kelgan muhojirlarga nisbatan ko'rilgan chora-tadbirlar haqidagi habarlar bilan birga davom ettiriladi. Misol tariqasi shuni aytish mumkin-ki, 779-yilda uyg'urlarni qanday tarzda bo'lsada xitoyliklarni madaniyatini qabul qilish to'g'risida bir n echa farmonlar e'lon qilingani haqida so'zlanadi. Ayniqsa, uyg'urlar o'z milliy kiyimlarini kiyib yurib, xitoylik qizlarga uylanmaslik talab qilinar edi. Sharqshunos farmon siyosiy qarashlar uchun emas balki, Xitoy etnosi va urf-odatlarining pokligini saqlab qolish uchun ishlab chiqilganligini tushuntirib ketadi. Bundan tashqari, agar ajnabiylarni qonuniy merosxo'ri bo'lmasa, uning vafotidan so'ng barcha mol-mulki darhol musodara qilinar edi. Shu kabi cheklov va jamiyatdagi adolatsizliklar sababli, horijliklar Xitoy shaharlarini birin-ketin tark eta boshlaydi va hukumat farmonlarga o'zgartirish kiritadi. O'zgartirishlarga ko'ra, horijliklar xitoy qizlariga uylanishiga ruxsat berilgan lekin shaharni ular bilan tark etish taqiqlangan. Ammo shuncha horijliklarga nisbatan cheklovlarga qaramay O'rta Osiyodan tashrif buyurgan raqqoslar va sozandalarga juda katta imtiyozlar yaratilgani haqida ma'lumolar beriladi17.

Asosan bosqinchiliklar tufayli o'rta asrda xitoyliklarining turkiy xalqlarga nisbatan nafratiga qaramasdan, ko'chmanchi xalqlarning madaniyatini ekzotik deb hisoblashgan. Misol uchun, "ekzotikaga ehtiros qilish" bo'limida Xitoy-turkiy

13 Xuroson - Afgoniston va Eronning sharqiy qismlarida joylashgan tarixiy viloyat.

14 Chanyan - bir nechta Xitoy sulolarida poytaxt vazifasini bajargan tarixiy shahar.

15 Uyg'urlar - Sharqiy Turkistonning asosiy turkey etnosi. Hozirda Sinzyan-Uyg'ur avtanom davlati yashovchi xalq.

16 Toxariston - Afgonistonni shimolida, Tojikistonni va Ozbekistonni janubida joylashgan tarixiy-madaniy viloyat.

17 Баринова Е.Б. Некоторые аспекты китайско-центральноазиатских отношений в древности // Вестник. - М.: Издательство института этнологии и антропологии, 2014. - С. 115-119.

lug'atlari yaratilgani haqida ma'lumotlar mavjud. Shefer, Siyan va Luo18 shaharlarida xitoyliklar turkiy tillarni ekzotik deb hisob o'rganishganligini aytib o'tadi. Bundan tashqari, VII-VIII asrlarda xitoyliklar orasida turkiy kiyimlarni kiyish o'sha zamon urlaridan bo'lgan. Xitoyliklar nafaqat go'zallik uchun, balki zamonga mosligi sababli ham kiyilgan. Misol uchun, oliy tabaqali ayollar milini19 oddiy odamlarni nigohidan saqlovchi kiyim sifatida foylanshganligi haqida so'zlanadi. Shu kabi uyg'ur shinyoni20 ham qayd etilgan. Ba'zi xitoyliklar zodagonlar turkiy urf-odatlarga taqlid qilgan holda, o'z hovlilarida chodirlar qo'yib, mehmonlarni kutib olishgan haqida ham ma'lumotlar beriladi. Shefer taqlidchilar haqida so'zlaganda, ular orasida eng mashhuri Shahzoda Li Chen-sianni21 alohida ajratib ko'rsatadi. Aytilishicha, Li Chen-sian qo'y go'shtini qilichda kesishdan uylarini bo'ri shakldagi belgilargacha turkiylarga taqlid qilgan. Undan tashqari katta hovlida bir nechta chodirlar qurib xoqon kiyimda yurgan22.

Yana shu bo'limda Tan sulolasi davridagi horijliklarni fel-atvoriga ko'ra tasvirlagan rassomlar haqida so'zlanadi. Ular uyg'urlarni kibirli va uzun bosh kiyimlar bilan tasvirlashsa, arablarni qalin qoshli va ayyor qilib shakl berishgani haqida aytilgan.

Muallifni aytishicha, o'sha davrlarda insonlar bilan savdo qilish va ularni sovg'a sifatida xadiya qilish buyumlarga nisbatan ko'proq sodir bo'lgan. Xususan, "odamlarni xadya qilish" bo'limida xitoy bayramlari munosabati bilan Tan sulolasiga 669-822 yillarda qarluqlar23 tomonidan uyg'ur ishchilari va turkiy ayollar jo'natilgani haqida gap yuritiladi. Undan tashqari, 719-yilda Toxariston hukumati tomonidan Musha isimlik moniylik24 dini katta ulamosi jo'natilgani haqida ham ma'lumotlar bor.

Odamlar nafaqat majburan jo'natishgan, balkim ular o'z hohishlari bilan yuqori daromat izlab ham borishgan. Jumladan, "Musiqachilar va raqqosalar" bo'limida Xitoyga VII asrda O'rta Osiyoda birinchi marotaba marionetka-qo'g'irchoq namoyishlari to'g'risida so'zlanadi. Bundan tashqari, Buxoro25 aktyorlari, Samarqand fleytachilari, Hotan goboylari, Toshkent raqqoslari har doim Xitoyda juda qadrlangan

18 Sian va Luo - Chanyan sharidagi kichik shaharchalar. Vayron bo'lib ketgan Sanyan va Loyan shaharlariga atab qo'yilgan.

19 Mili - mantiya kabi inson boshidan to'pig'igacha tushib turuvchi turkiy xalqlar kiyimi.

20 Uyg'ur shinyoni - Tan sulolasi davridagi uyg'ur bosh kiyimi.

21 Li Chen-zyan - imperator Li Shiminning o'g'li.

22 The Incense Trees of the Land of Emeralds: The Exotic Material Culture of Kamasastra // Journal of Indian Philosophy. - Nepali: Diwakar Acharya, 2011. - C. 63-100.

23 Qarluqlar - VIII-XV asrlarda O'rta Osiyo hududida yashovchi turkiy qabilalar ittifoqi.

24 Moniylik - III-asrda Eronda vujudga kelgan din. Asoschisi Moniy.

25 Buxoro - Markaziy Osiyoning qadimgi shaharlar, Buxoro viloyatini ma'muriy markazi.

va ishonch bilan ish qidirib u yerga ko'chib kelishgan. Xitoy shaharlarida eng mashhur raqs namoyishlari "Sakrovchi g'arb" va "Choch26 raqsi" deb atalgan. Muallifni aytishicha ushbu namoyishlarni faqat Choch aholisi uushtirgan.

Odamlar ishtirokidagi ma'lumotlardan so'ng, muallif Xitoyda eng katta talab qilinuvchi hayvonlar almashinuviga e'tibor bergan. Misol uchun, "Otlar" bo'limida Shimoliy turkiy xalqlarning xitoy armiyasi uchun otlar manbasi sifatida tasvirlangan. Xitoyliklar turkiy otlarni chaqqonligi va uzoq safarlarga chidamliligini qadrlashgan. Muallif Xitoy elchilarini ushbu otlarni sovg'a sifatida qo'lga kiritish uchun bir necha marotaba kamsitilgiga oid ba'zi misollar keltirilgan. Turkiy xalqlar ichida uyg'urlar ham xitoy bilan otlar savdosida boshqalarda qolishmagan. Uyg'urlar o'z otlari xitoyliklar muhtojligini sezib, bir dona ot uchun o'n ta ipak matolar o'ramini almashganligi haqida so'zlanadi. Markaziy Osiyo otlari harbiy yurishlardan tashqari "to'p urush27" o'yinlar uchun ham xitoyliklar tomondan sotib olingan. Sharqshunos xitoy yozmaa manbalarida Hotan davlatida faqat bir juft otlarni sotib olingani misol keltirgan. Ko'pincha Tibet va boshqa mamlakatlardan tajribali chavandozlar kelgani to'g'risida ham so'z yuritiladi. Xitoyliklar ularga javoban o'rgatilgan otlar namoyishlarini ko'rsatib hayratga solganlar. So'ngra Shefer shaxsan imperator Tai-tsun28 turkiy otlarga nisbatan muhabbatini isbotlovchi ma'lumotlarni beradi. Aytilishicha, imperator o'zining olti nafar turkiy otlarini suratini Yan Liben29 ismli rssomga qoyatoshga o'yib chizishni buyurgan, ammo ularning sochlarini bortib chiqarishni alohida ta'kidlagan. Eng qichiqarlisi bu kabi usulda rasm chizish faqat Markaziy Osiyo va Sibirda30 uchragan.

Xulosa qilib shun aytish mumkinki, Eduard Xettsel Sheferning asari bekorga "Samarqand oltin shaftoli" deb nomlanmagan. Ushbu "shaftoli" nazrida yaqin mamlakatlardan kelgan ekzotik va g'aroyib narsalar tushuniladi. Chunki, Tan sulolasi davridan boshlab, Markaziy Osiyoning xalqlari bilan yaqin munosabatlar va boshqa xalqlarning madaniyatiga qiziqish keskin o'sishni boshlagan. Biroq, ushbu kitob ilmiy ishlarning qat'iy qoidasiga binoan tuzulmagan. Ko'pgina faktik ma'lumotlar ilmiy yoki yozma manbalarga aniq havola qilinmagaligi tufayl baxslarga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, kitobda keltirilgan izohlari tarixiy atamalar haqida kam ma'lumot beradi va Markaziy Osiyoga oid toponimlarning aksariyati Tang sulolasi

26 Choch - O'rta Osiyoda joylashgan tarixiy viloyat. Hozirda Toshkent viloyati va qisman Qozog'iston davlati hududida joylashgan.

27 Ushbu o'yin aniq nomga ega ekanligi haqida ma'lumot berilmaydi. Uni yarim oy shaklidagi uzun tayoq yordamda dumaloq terian tikilgan to'pni urib o'ynalganligi haqida so'zlanadi.

28 Tay-tsun - Tan sulolasi ikkinchi imperatori (bo. y. 627-649).

29 Yan Liben - Tan sulolasi davridagi rassom (600-673).

30 Sibir - G'arbdan Ural tog'lari bilan cheklangan Rossiyaning Osiyo tarafida joylashgan geografik hudud.

584

davri uchun mos kelmaydigan yoki zamonaviy shaklida ko'rsatilgan. Hatto barcha sanab o'tilgan kamchiliklarni hisobga olsada Edvard Xetsel Sheferning "Samarqand oltin shaftolisi" nomli kitobi juda qiziqarli va samarali ma'lumotlarga to'laligi bilan o'quvchiga xush keladi. Undan tashqari, faktik ma'lumotlar ko'pligi, keljakdagi ilmiy izlanishlarga turkti bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Rus tilidagi adabiyot

1. Баринова Е.Б. Некоторые аспекты китайско-центральноазиатских отношений в древности // Вестник. - М.: Издательство института этнологии и антропологии, 2014. - С.115-119.

2. Джусаев К. Материалы по истории кыргызов и Кыргызстана (Извлечения из китайских источников II в. до н.э. - XVIII). - Бишкек, 2003. - 247 с.

3. Старр Ф. Утраченное Просвещение: золотой век Центральной Азии от арабского завоевания до времен Тамерлана. - М.: Альпина Паблишер, 2017. -574 с.

4. Мамлева Л.А. Становление Великого шелкового пути в системе трансцивилизационного взаимодействия народов Евразии // Vita Antiqua. -Киев, 1999. № 2. - С. 53-61.

5. Тихвинский С.Л. Восточный Туркестан в древности и раннем средневековье. - М.: Наука, 1988. - 455 с.

6. Юрченко А. Г. Материалы францисканской миссии 1245 года. Христианский мир и «великая монгольская империя». - СПб.: Евразия, 2002. -344 с.

Ingliz tilidagi adabiyotlar

7. Alvarez A. N. Asian American psychology: current perspectives. - New-York: Taylor and Francis, 2009. - 704 c.

8. The Incense Trees of the Land of Emeralds: The Exotic Material Culture of Kamasastra // Journal of Indian Philosophy. - Nepali: Diwakar Acharya, 2011. - C. 63-100.

9. Mirzakhmedova, H. V., Omonov, K. S., & Khalmurzaeva, N. T. (2021). METHODS OF IMPROVING LANGUAGE SKILLS USING MEDIA SOFTWARE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(03), 47-55.

"Uzbekistan-China: development of R VOLUME 1 | SPECIAL ISSUE 1

cultural, historical, scientific and Q ISSN 2181-1784

economic relations" SJIF 2021: 5.423

10. Akmalova, P. D. (2019). The concept of moral personality development in creativity of thinkers of central asia. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 9(1), 135-141.

11. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.