Научная статья на тему 'TURK XOQONLIGI DAVLATCHILIGI TARIXI VA ULARNI AKS ETTIRUVCHI MANBALAR'

TURK XOQONLIGI DAVLATCHILIGI TARIXI VA ULARNI AKS ETTIRUVCHI MANBALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5688
277
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turk xoqonligi / Oltoy / Bumin / Mug‘anxon / Istami yabg‘u / O‘rxun-Enasoy bitiklari / “O‘g‘uznoma”. / Турецкое ханство / Алтай / Бумин / Муганхан / Истами Ябгу / Орхун-Энасойские надписи / «Огузнома».

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Diloromxon Mirzayeva

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning ilk o‘rta asrlardagi davlatchilik tarixining asosiy bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan Turk xoqonligining tashkil topishi, davlatchilik tarixi va u haqida ko‘plab ma’lumotlar aks etgan tarixiy manbalar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматривается образование Турецкого ханства, одно из основных звеньев истории государственности в Средней Азии в раннем средневековье, история государственности и исторические источники, отражающие множество сведений о ней.

Текст научной работы на тему «TURK XOQONLIGI DAVLATCHILIGI TARIXI VA ULARNI AKS ETTIRUVCHI MANBALAR»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-217-221

TURK XOQONLIGI DAVLATCHILIGI TARIXI VA ULARNI AKS

ETTIRUVCHI MANBALAR

Diloromxon Mirzayeva

Farg'ona davlat universiteti 3-bosqich talabasi dilorommirzayeva2@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoning ilk o'rta asrlardagi davlatchilik tarixining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lgan Turk xoqonligining tashkil topishi, davlatchilik tarixi va u haqida ko'plab ma'lumotlar aks etgan tarixiy manbalar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Turk xoqonligi, Oltoy, Bumin, Mug'anxon, Istami yabg'u, O'rxun-Enasoy bitiklari, "O'g'uznoma".

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается образование Турецкого ханства, одно из основных звеньев истории государственности в Средней Азии в раннем средневековье, история государственности и исторические источники, отражающие множество сведений о ней.

Ключевые слова: Турецкое ханство, Алтай, Бумин, Муганхан, Истами Ябгу, Орхун-Энасойские надписи, «Огузнома».

ABSTRACT

This article discusses the formation of the Turkish Khanate, one of the main links in the history of statehood in Central Asia in the early Middle Ages, the history of statehood and historical sources that reflect a lot of information about it.

Keywords: Turkish Khanate, Altai, Bumin, Mugankhan, Istami Yabgu, Orhun-Enasoy inscriptions, "Oguznoma".

KIRISH

O'zbekiston davlatchiligi tarixida Turk xoqonligi davlati muhim o'rin egallaydi. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg'u, O'g'iz, To'qqiz o'g'iz, O'ttuz tatar, Qarluq, Qiton, Tolis, Turk, Uyg'ur, Quruqan, Duba va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o'lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O'sha paytda hozirgi Mo'g'uliston va qisman Xitoyning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-217-221

shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi Turkiy qavmlar orasida Ashin urug'ining mavqei ko'tariladi. Ashin urug'iga mansub Asan va Tuu 460-545-yillarda boshqa urug'larni o'zlariga bo'ysundiradilar va Oltoydagi turkiy qabilalar ittifoqiga asos soldilar. Tuuning o'g'li Bumin Tele qabilasini ham bo'ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551-yilda Jujan xonining qo'shinlarini yengib, ularni o'zlariga bo'ysundiradi. Bumin 552-yilda Xoqon deb e'lon qilinadi va yangi davlat - Turk xoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O'tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug'i ortib borgan. U ko'p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o'lpon tariqasida yuz bo'lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo'lgan.

METODOLOGIYA

Turk xoqonligi xususidagi manbalar yetarli bo'lsada, lekin ularning ko'pchiligi bir-biriga qarama-qarshi ma'lumotlar beradi. Bular qatorida Xitoy manbalari, mashhur "O'g'iznoma", O'rxun-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari, VI asr oxirida yashagan vizantiyalik tarixchilar Menandr Protektor, Feofan Vizantiyskiy, suriyalik tarixchi Ionna Efessiylarning tarixiy asarlari qimmatli manbalar hisoblanadi. Shuningdek bu to'g'ridagi ma'lumotlar arab tarixchilari at-Tabariy, Denovariy (IX-X asr), Abu Rayxon Beruniy, Narshaxiy va boshqalar asarlarida uchraydi. "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Manas" kabi umumturkiy xalq dostonlari, o'rta asrlardagi Mahmud Qoshg'ariy, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojib kabi turkiy mualliflar asarlarida turkiy madaniyat, adabiyot, tarix to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi.

Yusuf Xos Hojib o'zining "Qutadg'u bilig" (Saodatga yo'llovchi bilim) asarida afsonaviy turk sarkardasi Alp Er To'nga to'g'risida shunday deb yozadi: "u bilimdon, zakovatli katta hunar egasi edi, bu fazilatlari uninig shon-shuhratini dunyoga taratgan. U turk beklarining sarasi, ovozasi olamni tutgan, hunari talay edi". Tarixda turklarning kelib chiqishi haqida ko'plab afsona va rivoyatlar mavjud. Bir afsonada ko'rsatilishicha, g'arbiy dengiz qirg'og'ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo'shni qabilalar tomonidan qirib tashlanadi. Shunda 10 yoshli bola yashirinib tirik qoladi.

O'sha yerdagi urg'ochi bo'ri unga xotin bo'ladi. Bolani bo'ri Turfon tog'lariga olib chiqib ketadi. O'sha yerda bo'ri 10 ta bola tug'adi. O'g'illardan birining nomi Ashin bo'lib, u keyinchalik yangi qabilaning rahbari bo'ladi. Afsonaga ko'ra "Turk" so'zi Oltoy tog'larining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan. Xitoy yozma manbalarida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-217-221

Turklar "xun" nomi ostida eramizning 92-yilida Oltoyning etaklariga kelib o'rnashgan. Bu urug' Ashin urug'i nomi bilan atalgan. Xitoylar Ashin qabilasini "Tuk-yu" deb ham ataganlar. P. Pelyu bu so'zni "Turk-yut" (ya'ni turkiylar) deb izohlaydi. "Turk" atamasi kuchli, baquvvat degan ma'noni anglatadi [1, 153].

TAHLIL VA NATIJALAR

Avval bu urug'ga berilgan turk atamasi keyinchalik ularga yaqin turgan barcha qabila urug'larga ham umumiy nom sifatida yuritiladi. Bumin yangi davlat - Turk xoqonligiga (551-744) asos soladi va Ili daryosi bo'yida hukmdor deb e'lon qilingach, "Ilixon" degan unvonni oladi. Turklar hukmdori o'zini hoqon (turkcha qag'an) yurita boshlaydi.

Bumin o'z ukasi Istamiga (Istemi-turkcha, Sedimi-xitoycha, Sinjibu-arabcha, Stembi-xagan yunoncha), birinchi sarkarda, davlatning birinchi amaldori darajasiga to'g'ri keluvchi "Yabg'u" unvonini berib u bilan birgalikda o'z davlatini kengaytirish payiga tushdi. Istami ko'proq g'arbiy yo'nalishga boshchilik qilib tez orada Sharqiy Turkistondagi nushibi, turkash, uzli qabilalarini o'ziga bo'ysundiradi.

553-yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o'g'li Mug'anxon (553-572) o'tiradi. Mug'anxon 558-yilda jujanlarga so'nggi bor qaqshatgich zarba berib, o'z davlati hukmronligini Tinch okeanigacha bo'lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami xoqonkik hududini g'arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567-yillar davomida Istami qo'shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O'rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo 'lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo 'ladi. Buning oqibatida eftaliylar davlati qulaydi Mug'anxon hukmdorligi davrida turk xoqonligi yuksak cho'qqiga ko'tariladi [5, 98]. 554-yil Mug'an xoqon Sharqqa yurish qilib Uzoq Sharq o'lkalarini o'ziga bo'ysundiradi va Tinch okeani qirg'oqlariga chiqadi. U O'rxun, Tug'la, Selenga daryolari bo'ylaridagi qirg'izlarni, Baykal atroflaridagi uyg'urlarni o'ziga bo'ysundiradi. 558-yili turklar Ural va Volga bo'ylarini zabt etib Shimoliy Kavkazdagi ko'chmanchi ovarlar bilan to'qnashadi.

Xoqonlikning bevosita g'arbiy qismini boshqarib turgan Istami va bosh xoqon Mug'anxon ham savdo yo'li va uning ahamiyatini tushunib bu masalani tinchlik bilan hal qilishga harakat qila boshlaydilar. Istami Yabg'u So'g'd ixshidiga bu masalani hal etish vazifasini topshiradi. Eronga mashhur so'g'd savdogari va diplomati Moniax boshchiligida elchilar guruhi jo'natiladi. Xusravshoh o'z atrofidagi amaldorlarning maslahatiga kirib, so'g'diylar olib kelgan ipakliklarni sotib olib, so'ng uni elchilar ko'z

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-217-221

o'ngida yig'ib yoqib tashlaydi. Istami bu voqeadan qattiq ranjisada Xusravshoh huzuriga ikkinchi marotaba o'z elchilarini yuboradi. Bu elchilar guruhi endilikda faqat turklardan iborat bo'lib, uning natijasidan yaqin oradagi siyosat namoyon bo'lishi kerak edi. Bu safar turk elchlari zaharlab o'ldiriladi.

Ularning faqatgina bir nechasigina xoqon huzuriga yetib keladi. O'z ishlarini sosoniylar "Turklar issiq ob-havoni ko'tarisha olmadilar" deb berkitishadi. Istami Xusrav I Anushirvon qo'shinlarini tor-mor qilib Eronning shimoliga bostirib kiradi [1,87]. Eftaliylar o'z yerlarining Eronga tushib qolgan qismini yana o'z qo'llariga qaytarib oladilar. Eron tinchlik sulhiga kelishib 40 ming vizantiya tillasi to'lash majburuiyatini oladi. Undan so'ng Eron bilan Vizantiya o'rtasida urush boshlanib ketib, sosoniylar davlati juda nochor ahvolga tushib qoladi. 576-yili Mug'anxon va Istami yabg'ularning vafotidan so'ng Turk xoqonligining ta'siri ancha zaiflasha boshlaydi. Eron sarkardasi Bahrom Chubin Chur Bag'a xoqon qo'mondonligidagi 300000 kishilik turk qo'shinini tor-mor qiladi. Bahrom Chubin Buxoro yaqinidagi Poykend shahriga bostirib kirib xoqonning o'g'ali Barmuda Teginni asirga oladi.

Xoqon xazinasini esa Eron shohi Xormuzdga yuboradi. Turk xoqonligi 568-569-yillarda o'sha davrning qudratli davlati Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o'rnatishga intilib, So'g'da savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian qabulida bo'ladi. Shundan so'ng Zemarx boshliq elchilari xoqonlikka keladi. Turk xoqonlari O'rta Osiyoda hukmronlik qilgan bo'lsalarda biroq o'zlari bu hududga ko'chib kelmaganlar [3, 154]. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib bo'ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib ulardan olinadigan soliq-o'lponlar va to'lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko'rinadiki Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyati davom etgan Xoqonlik istisno hollardagina o 'lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan Bu narsa ko'proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta'kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo'lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg', Kesh, Naqshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir.

Samarqand, Buxoro, Xorazm, Choch, hokimliklari o'zlariga ancha mustaqil bo'lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo'lgan. Shu bilan birga, bu nisbatan mustaqil hokimliklar o'rtasida o'zaro kurash va ichki ziddiyatlar bo'lib turgan. Bu esa mahalliy aholi turmushini nochor axvolga olib kelgan. 585-586-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-217-221

yillardagi Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi Abro'y boshchiligidagi qo'zg'olonga sabab bo'ladi. Xoqon Qoracho'rin qo'shinlari qo'zg'olonni bostirib, qo'zg'olonchilarni qattiq jazolaydi.

Bo'ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi xoqonlikni zaiflashtira bordi. Mug'an xoqon vafotidan so'ng taxtga uning ukasi Arslon To'ba o'tirdi. Arslon To'ba buddiylikka berilgan bo'lsa-da, mamlakatni mustahkamlash uchun Si saltanati bilan shartnoma tuzadi [2, 103]. Bundan tashqari u mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish choralarini ham ko'rdi. Ammo 581-yilda Arslon To'ba vafot etgach Turk xoqonlari o'rtasida o'zaro kurashlar avj olib ketadi. Natijada xoqonlik ikki qismga bo'linib ketdi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Turk xoqonligi yurtimiz tarixida o'z o'rniga egadir. Ammo bu davr tarixi manbalar kamligi sababli chuqur o'rganilmagani uchun bu mavzu kerakli tahlillarni talab qiladi. Turk xoqonligi davrida mustaqil hokimliklar ham uning parchalanishiga, bo'linib ketishiga sabab bo'lgan. Tadqiqotlar natijasida Turk xoqonligining hukmdorlari hayoti, islohotlari haqida ma'lumotlarga ega bo'lishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Гумилев Л.Н. Древние тюрки. М., 1993. С. 152-153.

2. Буряков Ю.Ф., Грицина А. Мавераннахр на Великом Шелковом пути. Самарканд-Бишкек: IICAS, 2006.

3. Asadov F. M., Arabskiye istochniki o tyurkax v rannem srednevekovye, Baku, 1993;

4. Ko'chanov Ye. I., Kochevie gosudarstva ot gunnov do manchjurov, M., 1997;

5. Nasimxon Rahmon, Turk xoqonligi, T., 1993;

6. Shoniyozov K., O'zbek xalqining shakllanish jarayoni, T., 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.