Научная статья на тему 'VERTER OBRAZI O‘ZBEK TARJIMONI TALQINIDA'

VERTER OBRAZI O‘ZBEK TARJIMONI TALQINIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
925
229
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjima san’ati / Verter / syujet / tarjimon / mazmun va shakl. / art of translation / Werther / plot / translator / content and form.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazarova, Mashhura

Maqolada romanning yaratilish davri, o‘sha davrning tarixiy jarayonlari haqida so‘z boradi, shuningdek, o‘sha davr qahramonlari obrazlari ochib beriladi. Yozuvchi o‘z qahramoni hayotini mubolag‘asiz va juda to‘g‘ri tasvirlaydi, uning obrazini ochib beradi, asarning hajmi kichik bo‘lishiga qaramay, juda mazmunli. Unda nafaqat personajlarning ma’naviy dunyosi, his-tuyg‘ulari, balki inson va jamiyat o‘rtasidagi ichki o‘zaro munosabatlar muammosi ham o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF WERTER IN THE INTERPRETATION OF THE UZBEK TRANSLATOR

In this article is enlighived I.V Goethis novel´s which is called “Young Verter´s anxieties ” glory, which has typed 2 more nearly for fifty years and already it has been conquered the reader´s soul. In the novel will be discussed about the creating the novel, and the heros life and the connection of their life with the novel.There is not only the heros´ spiritual world or anxienties of love is told but the author describs the arguments between the human and society in an artistic way.

Текст научной работы на тему «VERTER OBRAZI O‘ZBEK TARJIMONI TALQINIDA»

VERTER OBRAZI O'ZBEK TARJIMONI TALQINIDA

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7460765

Mashhura NAZAROVA,

Guliston davlat universiteti o'qituvchisi, Guliston, O'zbekiston. Tel: +998916221922;

E-mail: nmashxura@mail .ru

Annotatsiya. Maqolada romanning yaratilish davri, o'sha davrning tarixiy jarayonlari haqida so'z boradi, shuningdek, o'sha davr qahramonlari obrazlari ochib beriladi. Yozuvchi o'z qahramoni hayotini mubolag'asiz va juda to'g'ri tasvirlaydi, uning obrazini ochib beradi, asarning hajmi kichik bo 'lishiga qaramay, juda mazmunli. Unda nafaqat personajlarning ma'naviy dunyosi, his-tuyg'ulari, balki inson va jamiyat o'rtasidagi ichki o'zaro munosabatlar muammosi ham o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: tarjima san 'ati, Verter, syujet,tarjimon, mazmun va shakl.

Аннотация. В статье говорится о времени создания романа, об исторических процессах, того времени, а также раскрыты образы героев того времени. Писатель изображает без приувеличения в подробных деталях и достаточно точно жизнь своего героя, раскрывая его образ имеет несмотря на небольшой размер произведения, оно очень модержательно. Здесь отражены не только духовный мир героев, их чувстра, но и проблема внутренний взаимодействия человека и общества.

Ключевые слова: искусство перевода, Вертер, сюжет, переводчик, содержание и форма.

Summary. In this article is enlighived I.V Goethis novel's which is called "Young Verter's anxieties " glory, which has typed 2 more nearly for fifty years and already it has been conquered the reader's soul. In the novel will be discussed about the creating the novel, and the heros life and the connection of their life with the novel.There is not only the heros' spiritual world or anxienties of love is told but the author describs the arguments between the human and society in an artistic way.

Keywords: art of translation, Werther, plot, translator, content and form.

Badiiy tarjima ijodiy ish bo'lib, u tarjimon zimmasiga og'ir va mas'uliyatli vazifani yuklaydi.Chunki tarjimon biron bir asarni tarjima qilar ekan, uni asl nusxadagidek badiiy xususiyatlarini saqlagan holda kitobxonga yetkazib berish kerak. Ana shundagina u tarjima tilida so'zlashuvchi kitobxonda xuddi asl nusxadek taassurot qoldiradi. O'zbek tiliga jahon adabiyotining va rus klassikasining ajoyib namunalari tarjima

qilingan. Yodda tutish kerakki, har bir tarjima nashri yangi bir kitob bo'lib qolmay, u xalqning ma'navny madaniyatiga, badiiy rivojiga albatta nimadir qo'shadi. Xo'sh, unda, tarjima qilishning o'zi nima? «Tarjima qilish, — deb yozadi taniqli tarjimashunos olim G'aybulla Salomov, — muayyan til vositalari bilan bir karra ifoda etilgan narsani boshqa til bilan aniq va to'la ifodalash demakdir»[1.96.] U yoki bu asardagi badiiy-tasviriy vositalarning o'zbek tilida berilishi masalasini ilmiy tadqiq qilish tarjima nazariyasidagi eng o'zak masalalardan biri bo'lib, tadqiqotchining ilmiy-amaliy xulosalari tarjimonga ma'lum asarni butun badiiy jilosi, tarovati bilan qayta tiklashda yordam berishi tabiiy. Haligacha keng miqyosda tadqiqot ob'ekti qilib olinmagan, nemis tilidan bevosita o'zbek tiliga tarjima qilingan, turli davrlarda yaratilgan, turlicha harakterga ega bo'lgan asarlar tarjimasi misolida ushbu masalaning mavzu sifatida tanlanishi behad muhimdir.

Asosiy qism. Tarjima haqida so'z borar ekan, uni chin ma'nodagi san'at deb aytishimiz mumkin. San'at bo'lganda ham ulkan mehnat talab qiluvchi mashaqqatlar evaziga erishiladigan san'atdir.

Tarjimaning roli hozirgi kunda benihoya ortib, bir tildan ikkinchi tilga ko'plab asarlar tarjima qilinmoqda. Har qanday tarjima ikki tilni bir-biriga bog'lovchi ko'prik vazifasini bajaradi.Tarjimon asarni tarjima qilarkan, asl nusxaga xos bir taxlitda uning mazmun va shakl birligini qayta yaratadi.

Tarjimon boshqa bir tildagi asarni o'z tiliga tarjima qilar ekan, uni asl nusxadagidek mazmun mohiyati, badiiy va janr xususiyatlarini saqlagan holda kitobxonga yetkazib berish kerak. Bundan tashqari tarjimon shoirning dunyoqarashini, intilishini, uning badiiy tasvir uslubini bera olishi lozim bo'ladi. Kitobxon biron bir tarjima qilingan asarni o'qiganda, uning tarjima ekanligini unutsin, shundagina tarjimon o'z oldiga qo'yilgan maqsadni, tarjima qilishdek mas'uliyatli vazifani bajargan bo'ladi. Tarjimani biz yuqorida san'at deb nomladik, tarjimon esa mana shu san'atni yaratuvchi unga yanada jilo beruvchi ijodkordir. Mana shunday ijodkorlardan biri buyuk asarlar tarjimoni Yanglish Egamova va u tarjima qilgan asar haqida haqida maqolamizda tuxtalmoqchimiz.

O'zbek tiliga jahon adabiyoti durdonalaridan juda ko'plab asarlar tarjima qilingan. Shunday asarlar sarasiga kiruvchi romanlardan biri buyuk nemis yozuvchisi Iogann Volfgang Gyotening "Yosh Verterning

iztiroblari" asaridir. Roman tarjimon Yanglish Egamova tomonidan tarjima qilinib, o'zbek kitobxonlariga yetkazib berilgan. Yanglish Egamova nemis allomasi, jahon xalqlarining sevimli adibi, shoiri, dramaturgi Iogann Volfgang Gyote asarlarining tarjimoni sifatida dong taratdi. Iogann Volfgang Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" romanini hali G'arbiy Yevropa tillaridan birorta asar to'lig'icha bevosita tarjima etilmagan bir paytda o'zbek tiliga asliyatdan o'girgan Yanglish Egamova keyinchalik uning "Hamroz dillar", Bruno Apitsning "Qashqirlar changalida" romanlarini, Frits Vyurtlening "Andijon shahzodasi" (Bobur-yo'lbars) qissasi, Muhammad Haydar Mirzoning fors tilidagi "Tarixi Rashidiy" (Vahob Rahmonov bilan hamkorlikda) adabiy-tarixiy asari, Iogann Peter Ekkermanning "Gyote bilan gurunglar" kitobini o'zbek tilida kitobxonlarga taqdim etdi. Bundan tashqari Gyote zamondoshlarining xotiralarini o'zbekchalashtirib, o'zining adib ijodi haqidagi tadqiqotlarini qo'shgan holda "Hamroz dillar" va "Yosh Verterning iztiroblari" (yangi tahrirda) romanlari bilan birga " Muhabbatnoma" nomli kitobini chop ettirdi.

"Yosh Verterning iztiroblari" asari o'zining mazmunliligi va ajoyib tarjima qilinganligi bilan, kutubxonamizning sevimli kitoblari qatoridan joy olgan.

Gyote bu romanni bor-yo'g'i yigirma uch yoshida, adabiyotga endigina kirib kelgan davrida yaratgan. Ungacha muallif nemis ritsarlari tarixi mavzusidagi "Gets fon Berlixingen" dramasi bilan o'sha davr adabiy muhitining diqqatini o'ziga tortgan edi. Biroq "Verter" asari o'ziga xos jozibasi, hissiyotlarga boyligi, til xususiyatlari bilan avvalgi dramadan farq qilardi. Asar bosilib chiqqandanoq ko'plab tillarga tarjima qilindi va yashin tezligida tarqalib ketdi. Gyote ushbu romanda nemis tilining butun boyligiyu qudratini namoyish qildi va "Verter" tufayli nemis tili keng doiralarda tan olindi. Holbuki ungacha nemislar o'zlari ham zodagonlar davrasida frantsuz tilidaso'zlashishar, nemis tili oddiy xalq tiliga aylanib qolgan edi.

Gyote o'zining "Yosh Verterning iztiroblari" romanida ulkan bir muhabbat tarixini yoritib beradi. Roman asar qahramonining o'z do'stiga yozgan xatlari asosida yozilgan. Asar Verterning Lottaga bo'lgan muhabbati bilan chegaralanib qolmay, balki romandagi har bir xat ma'lum

bir mavzularni o'z ichiga oladi. Bu mavzularning hammasi asar qahramonining olgan taassurotlari va tushunchalarini yoritib berishga xizmat qiladi. Va bular leytmotiv usulda bayon qilinadi.

Asardagi voqealar avtor tomonidan hikoya qilinib, men formasida yozilgan.Bu usul avtorga birmuncha avzalliklar bilan birga qiyinchiliklarni o'z ichiga olgan.

Ma'lumki ko'pgina psixologik asarlarda ham men hikoyasi tarzida yozilganini ko'rish mumkin.

Bunda asar qahramoni o'z ichki dunyosining barcha qirralarini, unda kechayotgan dardu sitamlari haqida kitobxonga bayon qilib boradi.Avtor, ya'ni hikoya qiluvchi bo'layotgan voqealardan xabardor qilishi, hattoki ba'zi detallar va epizodlarni olib tashlashi mumkin va ayni paytda voqealarda o'zi ham ishtirok etadi. Hikoyachi voqealarni bayon qilib borarkan, bo'lib o'tgan hodisalarni tahlil qiladi, ular haqidagi o'z qarashlarini, fikrlarini bildirib boradi:

"Yaqinda F..ismli istarsi issiqqina yigit bilan tanishdim.U endigina dorilfuninni tamomlagano'zini dono hisoblamasa-da.har holda boshqalardan ko'ra koproq bilaman,deb o'ylaydi.Aftidan,hiyla tirishib oqigan.xullas,uning bilimdonligi shundoqqina sezilib turibdi."[5.10.]

O'zining "Yosh Verterning iztiroblari" epistolyar romanida Iogann Volfgang fon Gyote, "Bo'ron va xujum" (Shturm va Drang)davrida tasniflanadi, Sharlotta bilan muvaffaqiyatsiz sevgi munosabatlari haqida gapiradi. U Vetslar Oliy sudida yuridik trening davomida tanishgan sudya Adam Baffning qizi. Ularning sevgisi umidsiz, chunki Sharlotta Gannoverdan elchixona kotibi bilan unashtirilgan. Gyotening romani yosh yuridik stajyor Verter haqida bo'lib, u o'z do'sti Vilgelmga kichik Valxaym shahrida Lottega bo'lgan baxtsiz sevgisi haqida, to o'z joniga qasd qilguniga qadar xat yozadi. 1771-yil 4-maydan 1772-yil 24-dekabrgacha bo'lgan davrda Verterning barbod bo'lishi tobora oydinlashib bormoqda, chunki Lotte Albert bilan unashtirilgan va keyinchalik unga uylangan. Verterning oxiri ham avtobiografik fonga ega, masalan, Gyotening do'sti Karlning o'z joniga qasd qilishi. Leyptsigdan Vilgelm Quddus talabalik kunlarini o'z ichiga oladi.

Yozuvchining zamondoshlari Verter obrazida o'zini Vetslar shahrida yashab, Kestnerning qallig'i Lotta Buffning muhabbatiga mahkum

etganida tasvirlagan, deb hisoblashgan. Biroq, keyinchalik Gyotega nashr etilgan maktublar shuni ko'rsatdiki, roman syujetida hayotning turli holatlari bilan bog'liq tajriba va taassurotlar aks etgan. Kestnerdan Gyote Vetslardagi Brunsvik elchixonasining yosh xodimi Karl Vilgelm Jeruzalemning o'z joniga qasd qilgani haqida bilib oldi.

Verteming taqdiri o'ziga xos giperbola: unda barcha qarama-qarshiliklar so'nggi darajada keskinlashgan va bu uni o'limga olib boradi. Verter romanda favqulodda iste'dod sohibi sifatida ko'rsatilgan. U nozik va rang-barang tabiat tuyg'usiga ega bo'lgan yaxshi chizmachi, shoirdir. Shoirtabiatli qahramonimiz go'zal tabiat manzaralaridan zavq olib, sokinlik, tanholikni o'z qalbiga darmon deb bilarkan shunday gaplarni xayolidan o'tkazadi:

Nem: Jeder Baum, jeder Hecke ist ein Strauss von Blueten, und man möchte zum Maikäfer werden, um in dem Meer vom wohlgerüchen herumschweben und alle seine Nahrung darin finden zu können.[3.8.]

Ruschasi: Каждое дерево, каждый куст распускаются пышным цветом, и хочется, быт майским жуком, чтобы плавать в море благоуханий и насыщаться ими. [5.7.]

O'zbekcha: Har bir daraxt, har bar butoq bamisoli guldastadek tuyuladi va xushbo 'y hidlar dengizida suzish hamda ulardan lazzatlanish uchun kapalak bo 'lib qolging keladi.[ 4.6.]

Bu gapdagi Maikäfer so'zi o'zbek tilida kapalak so'zi bilan berilgan. Kapalak gullar ichra uchib yuruvchi, xushbo'y hidlardan lazzatlanuvchi jonivor hisoblanadi. Tarjimon bu so'zni asliyatdagidek may qo'ng'izi tarjima qilsa bo'lardi. Lekin, biz bilamiz-ki, kapalak sevgi timsoli deb yuritiladi.Verter harakteri, his tuyg'ularidan kelib chiqib, fikrini yanada jonlantirish uchun tarjimon kapalak so'zini ma'qulroq deb bilgan. Lekin tarjimada asliyatdagi mazmun birligi saqlanib qolingan. Tarjimonning bilimi kengligi, lug'at boyligi kattaligiga tan berish kerak. tarjma asarpppg yapgp tildagi haeti bo'larkan, demak, o'sha yangn til musnqasi, ohangdoshlik xususiyatlari upda aks etpshi kerak. Ammo bu qanchalik bo'ladi — shoir-tarjpmoining mahoratiga bog'liq.

Verter Bo'ron va Xujum adabiy obrazlari bilan bog'langan personaj. Ular kabi ehtirosli va sezgir, u isyonkor tabiatga ega; u tabiatni butparast qiladi, qadimiy adabiyotga ishqiboz, hayotiylik bilan to'la, lekin ayni

paytda o'zini kamsitilgan, hayotdan norozidek his qiladi. Verter dastavval o'z ichida g'amgin kayfiyatni bostirishga qodir, tabiat go'zalligidan, koinotning ulug'vorligidan zavqlanadi, unashtirilganini bilib, sevib qolgan Lottani ehtirom va ishtiyoq bilan tasvirlaydi. O'z ishqining umidsizligini anglagan Verter o'zini tevarak-atrofdagi olamni boshqacha idrok etadi: "Cheksiz hayot tomoshasi men uchun mangu ochiq qabr qa'riga aylandi". Verterning o'qish doirasi ham o'zgaradi: dastlab Lotta bilan tanishishning dastlabki hatlarida u Gomerni o'qigan bo'lsa, ko'p o'tmay Ossian she'rlarining ma'yus sahifalari uni o'ziga tortib ketadi. Voqealar rivojida maktublarning uslubi hissiy muvozanatning yo'qolishi haqida gapiradi: "Menda endi na ijodiy tasavvur, na tabiatga muhabbat bor. Mening faol kuchlarim noto'g'ri ketdi." Verter ishqiy adabiyot qahramonlarini kutadi: o'zaro sevgidan umidini yo'qotib, xizmatdan ko'ngli qolib, u chinakam "dunyo qayg'usini" boshdan kechiradi, o'z ahvolini Masihning azobi bilan solishtiradi.

Verter hayotda faqat iztirob chekish, o'z kamchiliklarini ojizona kuzatish, bilimdonligidan hamletona nafratlanish, bundan o'zining qiynalishidan boshqa biron bir vazifani uddalashga qodir bo'lmasa-da, Tomas Mann uqtirganidek, har qanday chegaralashlardan qutulib cheksizlikka intilish Verter tabiatining asosidir, shu jihatdan u Faustga o'xshab ketadi.

Asarning o'ziga xosligi haqida tarjimon Yanglish Egamova shunday deydi: "Yosh Verterning iztiroblari" romani nasrdagi nazmdir, lirikadir! Demak, uning tarjimoni ham, tarjima tanqidchisi ham ish jarayonida ana shu nuqtai nazardan kelib chiqishi lozim. Bu degani: Unga boshqa nasriy asarlar kabi emas, balki go'yo lirik dostonni tahlil qilayotgandek munosabatda bo'lish talab qilinadi. Chunki "Verter" kishida o'ta nozik, o'ta ruboiy his- tuyg'ularni uyg'otuvchi, go'zal adabiy obidadir." [6.473.)

Tarjimaning muvaffaqiyatli chiqishi uchun asliyatni va shaklni birlikda idrok etib, shakl birligini tarjimada ham aks ettira olish kerak. Bu tarjimonning nemis va o'zbek tilining stilistik tuzilishlaridan xabardor bo'lishni taqozo etadi.

Xulosalar. - Asliyat tilidan bevosita o'girilgan har qanday asar tarjimasi asarning mazmun va shakl birligini saqlab qolishga xizmat qiladi

va bu esa uning bilvosita qilingan tarjimalardan afzallik tomonlarini ko'rsatadi.

- Y. V. Gyote ingliz, frantsuz, xitoy, slovyan, italyan, fors, arab adabiyotlarini tahlil qilib, dunyodagi barcha xalqlar va adabiyotlar uchun xos bo'lgan mushtarak xususiyatlarni, ularni bir-biriga bog'lab turuvchi umumiy taraqqiyot qonunlarini kashf qilishga intilgan. Xulosa sifatida u birinchi bo'lib "Jahon adabiyoti" istilohini qo'llagan.Shoir ingliz, ibroniy, italyan tillarini yaxshi bilgan. Arab tili haqida yetarli ma'lumotlarni egallagan. "Kim o'zga tillarni bilmasa, o'z tilini ham yaxshi tushunmaydi", degan so'zlari tagida ham shoirning yer kurrasidagi barcha xalqlar madaniyatini bir-biriga yaqinlashtirishdek ezgu niyati o'z ifodasini topgan.

Tarjimon Mirzakalon Ismoiliy tarjima haqida shunday fikrlarni ilgari surgandi. "Surat boru, siyrat yo'q. Tan boru, jon yo'q.Badiiy asarda, jumladan, tarjimada ana shu fojiadan saqlanish kerak. Men agar tarjimadami, originaldamn birop narsaga erishgan bo'lsam,— buni tarjimon taqdiridagi ogir zahmat ne'mati deb bilaman." [7.19]

REFERENCES

1. Salomov G'. Tarjima nazariyasiga kirish.

2. Salomov G'. Til va tarjima. - Fan nashriyoti, Toshkent, 1996, 21-b..

3. J.W.Goethe. "Die Leiden des jungen Werthers", Leningrad, «Prosveщeniye», Leningradskoye otdeleniye, 1975.

4. I.V.Gyote. Yosh Verterning iztiroblari. Tarjimon Ya.Egamova. - «Yangi asr avlodi» nashriyoti, Toshkent, 2018.

5. I.V. Gyote. Sobraniye sochineniy. Tom shestoy. Stradaniya yunogo Vertera. / Perevod N.Kasatkinoy. - M.: Izdatelbstvo «Xudojestvennaya literatura», 1979.

6. Ya.Egamova, Verter o'zbekcha so'zlaganda, "Muhabbatnoma" kitobiga ilova, "Sharq", 2013, 473-b.

7. Maqolalar to'plami.5-kitob.Toshkent. G'ofur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti.1982.19.

8. Shamsieva, B. (2022). The term of transfer in the field translation studies. In развитие науки, технологий, образования в xxi веке: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 99-102).

9. Khodjaeva, N. (2019). SEMANTICS OF KINSHIP TERMS AS A FORM OF ADDRESS IN UZBEK TRANSLATIONS OF PREMCHAND. Theoretical & Applied Science, (8), 107-110.

10. KHODJAEVA, N. B. (2021). PREMCHAND'S VARDAAN IN UZBEKISTAN: TRANSLATION ISSUES OF SOME CULTURAL SPECIFIC

WORDS. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 374-377.

11. KHODJAEVA, N. The Development of Indian Literature in Uzbekistan: Historiography of Translation. History of Translation in India, 431.

12. Ходжаева, Н., & Губаева, Х. (2020). ISSUES ON TRANSLATION OF CHARACTER SPEECH (ON THE EXAMPLE OF KOREAN-UZBEK LITERATURE). МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(4).

13. Khodjayeva, N. (2021). The issues of stylistics on translation of historical costumes. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 534-543.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.