Научная статья на тему 'IBROHIM G‘AFUROVNING SO‘Z YARATISH MAHORATIGA DOIR'

IBROHIM G‘AFUROVNING SO‘Z YARATISH MAHORATIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
120
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Uliss” / Jeyms Joys / okkazionalizm / tarjimon mahorati. / "Ulysses" / James Joyce / occasionalism / translator’s skills.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mahmudova, Sevara

Mazkur maqolada mohir tarjimon Ibrohim G‘afurovning Jeyms Joysning “Uliss” asari tarjimasi va unda qo‘llangan okkazionalizmlar haqida mulohazalar bildiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT IBRAHIM GAFUROV'S WORD CREATION SKILLS

This article examines the translation of James Joyce's novel ";Ulysses" into Uzbek by a skilled translator Ibragim Gafurov and the occasionalisms used in it.

Текст научной работы на тему «IBROHIM G‘AFUROVNING SO‘Z YARATISH MAHORATIGA DOIR»

TRANSLATION FORUM - 2022 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 28

ФОРУМ ПЕРЕВОДОВЕДОВ-2022 ISSN 2181-1784

TARJIMASHUNOSLAR FORUMI- 2022 ^ SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7

IBROHIM G'AFUROVNING SO'Z YARATISH MAHORATIGA DOIR

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-139-145

Filol.f.n. Sevara MAHMUDOVA

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat

instituti dotsenti, Toshkent, O'zbekiston.

Тел: +998935880026; makhmudovmurod5 5 @gmail .com

Annotatsiya. Mazkur maqolada mohir tarjimon Ibrohim G'afurovning Jeyms Joysning "Uliss" asari tarjimasi va unda qo'llangan okkazionalizmlar haqida mulohazalar bildiriladi.

Kalit so'zlar: "Uliss", Jeyms Joys, okkazionalizm, tarjimon mahorati.

Аннотация. В данной статье исследуется перевод романа Джеймса Джойса «Улисс» на узбекский язык искусным переводчиком Ибрагимом Гафуровым и использованные в нем окказионализмы.

Ключевые слова: «Улисс», Джеймс Джойс, окказионализм, переводческое мастерство.

Abstract. This article examines the translation of James Joyce's novel "Ulysses" into Uzbek by a skilled translator Ibragim Gafurov and the occasionalisms used in it.

Keywords: "Ulysses", James Joyce, occasionalism, translator's skills.

Turli millat va elatlar o'rtasidagi madaniy va ma'naviy aloqalarni yanada mustahkamlashda badiiy tarjimaning o'rni va ahamiyati juda katta. Bu sohada Toshkent davlat sharqshunoslik institutida "Tarjima nazariyasi" kafedrasining ochilganligi, "Sharq tarjimashunosligi: tarixi, hozirgi kuni va kelajagi" mavzusida ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazilishi, tarjima tanqidi, fors, xitoy, nemis, rus tillaridan tarjima qilishning so'z, til va qadriyatlar, urf-odatlar bilan bog'liq ko'plab muammolari tahlil qilingan ilmiy maqolalar to'plamining nashr etilishi quvonarli.

Shuningdek, A.Alimbekov va X.Hamidovlarning "Sharq xalqlari adabiyotidan tarjimalar" qo'llanmasi nafaqat tarjimashunoslik sohasi xodimlari, talabalar, balki jahon adabiyoti namunalarini sevib o'qiydigan kitobxonlar uchun ham manzur va foydali nashr bo'ldi. Ushbu o'quv qo'llanma-xrestomatiyada R.Muhammadjonov, Amir Fayzullo, Temur Muxtorov singari tarjimonlar tomonidan urdu, pushtu, dariy, hind, arab,

139

fors, xitoy, turk hamda Markaziy Osiyo xalqlari tillaridan amalga oshirilgan tarjimalar o'rin olganligi bilan ahamiyatli.

Bulardan tashqari, O'zMU olimlari qalamiga mansub "Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari", "Oltin qalam" nomli maxsus nashr, xilma-xil nomdagi gazeta va jurnallarda chop etilayotgan materiallar barcha-barchasida tarjimashunoslik muammolarining dolzarb masala tarzida kun tartibiga qo'yilishi iftixorli. Bu, so'zsiz, O'zbekiston mustaqilligi tufayli erishilgan yutuqlarning yana biri desak mubolag'a bo'lmas.

Birinchi Prezidentimizning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida "Uzoq yillar davomida o'zbek adabiyotini to'g'ridan-to'g'ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga, mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan iste'dodli o'g'il-qizlarimizni mana shu mashaqqatli, ayni paytda olijanob ishga jalb etish, bu masalaning yechimi bilan bevosita bog'liq bo'lgan tashkiliy-amaliy vazifalarni hal qilishimiz maqsadga muvofiq bo'lur edi"- degan istak, umid ilgari surilgan edi.[1,83] Hozirga kelib, bu e'tirofning respublikamizdagi qator oliy o'quv yurtlarida malakali tarjimon kadrlarni tayyorlashda dasturilamal bo'lib xizmat qilayotganligi ayon.

Istiqlol davri tilshunosligida tarjima matni tahlili va tahriri muammolari dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Bu borada so'zma-so'z tarjima va erkin tarjima xususida bildirilgan ilmiy mulohazalar, tarjimadagi adekvatlik, aynanlik, asliyatga muvofiqlik talabi, tarjima tahliliga qiyosiy yondashishning ustuvorligi, "asliyat tili-tarjima tili" vositalarini qiyoslash, ular o'rtasidagi muqobil imkoniyatlarni aniqlash va baholash mezonlariga oid jiddiy qarashlarning ilgari surilganligi diqqatni tortadi. [2, 14]

Ilmiy qaydlarda to'g'ri e'tirof etilganidek, tarjima muammosi ikki tillikgina emas, ikki madaniyatlilik muammosi hamdir. Tarjima ikki xil koddan foydalanuvchi muloqot turi. Shu bois tarjimaga sof lisoniy yondashish yetarli emas, u bir vaqtning o'zida ham sotsiolingvistik, ham psixolingvistik yondashuvni taqozo etuvchi ijodiy jarayon.[3, 6] Shu o'rinda "Imon" risolasiga yozilgan taqrizdan olingan qaydni aynan keltirish o'rinli: "Mazmuniga ko'ra tarjima qilib yetkazish asl matnga teng shoirona badal yaratish qiyin bo'lgandagina o'zini oqlashi va bu sohadagi

ilk ishlar uchungina tushunarli bo'lishi mumkin. Lekin tarjimadan bosh maqsad asliyatning mislsiz ilohiyligini, go'zalligini va ohanglarining tovlanishlarini saqlash!" [4]

Darhaqiqat, til, avvalo, ruhiy hodisa. Ruh esa ilohiydir. Inson vujudi tugal shakllanib yetganda ma'naviyatga ehtiyoj uyg'ongan. Shu ehtiyoj bois bitiklar berilgan, ma'naviy inson zoti yaratilgan. Shunday ekan, tilning ruhi va ilohiy sir-asrorini bilmagan odam uning go'zalligini ham, tengi yo'q jozibasini ham his qila olmasligi ayon. Badiiy tarjima sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkorlar esa aynan shunday ilohiy in'omga, tug'ma iste'dodga ega bo'lgan, bir emas ikki tilning ruhi, go'zalligi va nafosatini birday his eta olish xislatiga musharraf bo'lgan insonlardir.

Tarjimashunoslik ancha rivojlangan, tarjimonlar safi kengaygan, aksariyat yozuvchilar, jurnalistlar, filologlaru munaqqidlar tarjimonlik bilan shug'ullanib, shu yo'nalishda barakali ijod qilishayotgan bugungi kunda zamonaviy jahon adabiyoti namunalarining o'zbek tiliga o'girilayotgani va o'zbek kitobxoniga taqdim etilayotgani juda quvonarli hol.

Quyida biz jahon adabiyoti namunalarining hususan, ular matniga xos so'z va grammatik shakllarning qo'llanishiga doir ba'zi mulohazalarimizni bildirmoqchimiz. Kitobxonlarga ma'lumki, dastlab 2008-yilda "Jahon adabiyoti" jurnali sahifalarida, keyinroq kitob shaklida taniqli tarjimon, adabiyotshunos olim Ibrohim G'ofurov tarjimasida Jeyms Joysning "Uliss" asari ilk bor o'zbek tilida o'zbek kitobxonlariga taqdim etildi. Irland yozuvchisi, modern adabiyotining tafakkur oqimi yo'nalishida ijod qilgan bu yozuvchining ushbu asari o'zining anchayin murakkabligi, o'quvchini fikrlashga undashi, asarni ongli tushunib o'qish uchun kitobxondan ma'lum bir tayyorgarlikni talab etishi bilan diqqatni tortadi. Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, shunday bir murakkab asar taniqli munaqqid va tarjimon tomonidan o'ta mohirona tarjima qilingan.

Asar matnida uchraydigan, ilmiy til bilan aytganda, okkazional-g'ayriodatiy [5,10] yaratiqlarning o'ziyoq badiiy tarjimaga ijodiy yondashilganining, qolaversa, har ikki til qonuniyatlarini buzmagan holda, odatiy, grammatik jihatdan me'yoriy andozada yangicha so'zlar yaratilgani bois asar muallifi ilgari surgan g'oya mantiqiga mos so'z-leksemalar hosil qilingan. Bu bilan tarjima asarlariga xos ayniyat qonuniga amal qilingan,

R.

om

badiiy ijod namunasining estetik tamoyillari talablariga ham putur yetkazilmagan. Zero, har qanday badiiy asarni bir tildan ikkinchi tilga o'girishda imkon qadar asliyatga ijobiy ma'noda muvofiqlashish, yaqinlashish yo'lidan borish, nafaqat bilingvistik ma'lumotga ega bo'lish, balki sof estetik va ekstralingvistik (g'ayrilisoniy) holatlarni ham e'tiborda tutishni taqozo etadi.

Mazkur tarjimada tarjimon mahoratini yaqqol ko'rsatib turuvchi "oyjinni", "modarxudo", "darsxalta", "xabdori", "ishbuzarmon", "chalaqursoq yurtsevarlar", "asaldon", "tashnakom" singari o'nlab oxorli yaratiqlarning asar g'oyasiga, qahramonlar ruhiyatiga, Abdulla Qahhor ta'biricha, matnga "mixlab" yuborilganki, buni aynan so'zlar qurshovida-matn tarkibida o'qish kishiga nafaqat huzur bag'ishlaydi, balki o'zbek tilining so'z qo'shib so'z yasash, andoza orqali so'z yasash, qo'shimchalar vositasida so'z yasash qonuniyatlarining, tilshunoslar tili bilan aytganda, ichki so'z yasash imkoniyatlarining badiiy nutqdagi jilosiga tan berasiz. Quyidagi matniy parchalar buning yaqqol misolidir:

1. - Sho'rlik oyjinni, - dedi Malligan, - sen nima, darrov dumingni qisib qoldingmi? ("Jahon adabiyoti" jurnali, 2008-yil 7-son, 6-bet) [5]

2. Men esam har kuni Modarxudo (Bogomater) yoki Richmondda odamlarning asfalasofilinga jo'nayotganini ko'raman (10-b)

3. Talbot kitobni yozib, darsxaltasiga soldi. (26-b)

4. Qariqizlar Dublin fsqarolariga tez ta'sir qiluvchi xabdorilar hamda uchar yulduzlar hadya etishayotganday... (96-b)

5. Ular meni ishbuzarmon deyishgan (108-b)

6. Nega ular men yeb ko'rgan anov narsani bobshteks deyishgan? Bobriylarmi? Mevagiylarmi? Sen xuddi romshteks yeyayotgandek bo'lishing kerak. (112-b)

7. "Tashnakom" jismi yashirin junbushga kelib, u lolu hayron sevmoqni istardi. (114-b)

Yana qiyoslang: chalaqursoq yurtsevarlar (110-b) qaymoqli popuklar, ananas obakilar, shamolparraklar, zulmatxona, manqaldon va sh.k. Tarjimon mahorati nafaqat yasama substantiv, atributiv, kompozitiv so'z -leksemalar, balki fe'l shakllarining noodatiy badiiy-ijodiy qo'llanishida ham o'z ifodasini topgan. Bu qahramonga xos holatlar talqinida yaqqol

namoyon bo'ladi. Quyidagi matnlar tarkibidagi fe'llarning shakli, ma'nosi, uslubiy qo'llanishiga e'tibor bering:

1. ...Shunda Ratlej kabinetining eshigi g'ingshidi. (70-b)

2. Shu tariqa Mister Blum ahvolni cho'tlab, botinmaygina jilmayib turarkan, muharrir odatdagiday qiytonglagan yurishini qilib nari jo'nadi.

(95-b).

Anglashilib turganidek, tarjimon milliy so'z-leksema hisoblangan o'zbekcha mimemaning matniy qo'llanishiga, xoslanishiga ijodiy yondashib, hayvonlar harakatiga xos fe'l shaklini aniq-narsa predmet harakatiga o'xshatib, ma'noni ko'chirgan va bu lingvo-uslubiy qo'llanish juda o'rinli chiqqan yoki fe'lning vid-tarz shakli ko'rinishidagi "qiytonglagan" sifatdoshi ham "qiyshanglagan" formasiga andoza usulida hosil qilinib, qahramon harakatini yaqqol tasvirlash vositasiga aylantirilganki, bu intellektual yetuk kitobxonning saviyasiga mos, tahsiniga loyiq. Shu bilan birga, mukammal g'oya, original shakl, anchayin murakkab uslubi bilan yuksak saviyadagi kitobxonlarning diqqatini tortgan asarning o'zbekona hissiy ta'sir kuchini ham oshirgan. Tarjimaning muvaffaqiyati yana shundaki, unda o'zbek o'quvchi-kitobxonini o'z sehriga, so'z sehriga torta oladigan bunday individual yaratiqlar, ijobiy, ijodiy-uslubiy qo'llanishlar bisyor. Ularning o'rinli, xilma-xil stilistik maqsadlarda qo'llanilishini monografik tarzda maxsus o'rganish kelgusining ishidir.

Xulosa o'rnida O'zbekistonda tarjima sohasini yanada rivojlantirish uchun ba'zi takliflarimizni ham bayon qilmoqchimiz. Kuzatishimizcha, xorijda tarjima asarlarini nashr etuvchi kamsonli nashriyotlarda mualliflar va tarjimonlarga to'lanadigan qalam haqi yuqoriligiga qaramay, noshirlarni himoya qilish yaxshi yo'lga qo'yilmagan. Shunday munosabat tufaylimi, buyurtmalarning kamligi sababmi, badiiy tarjima bo'yicha mutaxassislarning soni ham kamday. Noshirlik bilan bog'liq bu hol yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanib, uning ijobiy yechimi O'zbekistonning kelajakda sifatli adabiy mahsulot chiqaruvchi mamlakatlardan biriga aylantirilishi, ya'ni davlat dasturlari talablariga muvofiq munosib kadrlar yetishishi bilan bog'liq, albatta.

Xorijiy asarlarning o'zbek tiliga tarjima qilinishi borasida bugungi O'zbekistonda I.G'afurov, J.Kamol, N.Otaboyev, A.Fayzulla, M.Ahmad

R.

om

singari yuksak salohiyatli tarjimonlar borligi behad quvontiradi. Lekin badiiy tarjima sohasida yosh mualliflar - tarjimonlarning kamligi, buning esa kechiktirib bo'lmaydigan masalalardan ekanligi sir emas.

Badiiy tarjimani rivojlantirish uchun DTSga binoan yoppasiga o'rganilishi zarur bo'lgan o'quv-uslubiy vazifalarni amaliyotga joriy qilish, bilingv tarjimonlarni (o'zbek-rus, rus-o'zbek, o'zbek-ingliz, ingliz-o'zbek kabi...) tayyorlash, shu yo'nalishga ixtisoslashgan nashriyotlarni ko'paytirish, ularni qo'llab-quvvatlash, tarjima qilinayotgan badiiy asarlarning monitoringini olib borish kabi ishlar yanada yaxshi yo'lga qo'yilishi lozim. Shuningdek, o'zbek adabiyoti namunalarini tarjima qiluvchi xorijlik tarjimonlarning yurtimiz bilan tanishishiga, malaka oshirishiga imkoniyat yaratilsa, tarjimonlar mehnatini kengroq miqyosda ma'naviy va moddiy jihatdan mukofot va grantlar vositasida rag'batlantirishga yanada e'tibor qaratilsa, bu faoliyatning haqiqiy ijodiy faoliyat bilan teng qiymatli murakkab jarayon ekanligining tan olinishiga erishilsa ayni muddao bo'lardi.

Shu maqsadda uzoq va yaqin xorijlik tarjimonlarning malakasini, kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan qisqa va uzoq muddatli ijodiy rejalarni ishlab chiqish, ularning ijrosini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish lozim deb o'ylaymiz. Mazkur faoliyatga daxldor nazariy va amaliy ishlanmalar sirasini ko'paytirish, nashrini tezlashtirish va bu yo'nalishda elektron va bosma OAVlaridan unumli foydalanish zarur.Bu o'z-o'zidan O'zbekiston kitob palatasi va O'zbekiston davlat kutubxonasi bilan hamkorlikda ishlashni, xorijiy tillarga o'girilishi zarur bo'lgan o'zbekcha badiiy asarlar va aksincha, o'zbek tiliga o'girish lozim bo'lgan xorijiy badiiy asarlar ro'yxatining elektron bazasini yaratishni taqozo etadi.

Ba'zi qo'shni davlatlardagi kabi badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti taraqqiyotiga hissa qo'shadigan "tarjima instituti"ga o'xshash tashkilot ta'sis etilsa, O'zbekistonda tarjimonlik sohasining tarixi, buguni va ertasi haqida turli tildagi ma'lumotlarni muntazam berib boruvchi veb-saytlar ochilsa, yuksak mahoratli tarjimonlarning ijodiy faoliyatiga har tomonlama yordam ko'rsatilsa, oliy o'quv yurtlarining filologiya fakultetlarida o'qitilayotgan tarjima va tarjimashunoslikka oid fanlarni madaniyatshunoslik fanlari bilan muvofiqlashtirilib ta'lim berilsa

millatlararo nurko'prik sanalgan tarjimaning, ijodkor tarjimonning intellektual madaniyat targ'ibotchisiga aylanishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Karimov.I.A. "Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch". -Toshkent, 2008, 83-bet.

2. Toshaliyev I. Ommaviy axborot vositalarining tili va uslubi. Ma'ruzalar matni. -T.: O'zMU, 2001, 14-15-betlar; Toshaliyev I., Abdusattorov R. Ommaviy axborotning tili va uslubi. O'quv qo'llanma. -T.: "Zarqalam" nashriyoti, 2006.

3. Toshaliyev I., Holiqova M. Tarjimaning asliyatga aynanligi muammosi. Qarang: "Istiqlol va til"-O'z DJTU ilmiy-amaliy anjumani materiallari, -T.: 2004, 6-9-betlar

4. Ibrohim G'afur. Tugamaydigan o'qish.-"O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi. 1991, 15-noyabr

5. Mahmudova S.I. So'z yaratish san'ati. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: TDSI nashriyoti, 2003, 10-bet

6. Barcha matniy misollar "Jahon adabiyoti" jurnalining mazkur sonidan olingan.

7. Ochilov, E. (2014). Translation theory. Tashkent: Institute of Oriental Studies.

8. Usmanova, S. R., & Ismatullayeva, N. R. (2020). Expression Of Lacunas In Comparative Study Of Kinship Terms In Chinese And Uzbek Languages. Solid State Technology, 63(6), 4974-4985.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.