Научная статья на тему 'QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK TIZIMIDA TARJIMASHUNOSLIK (professor G‘aybulla Salomov ilmiy faoliyati misolida)'

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK TIZIMIDA TARJIMASHUNOSLIK (professor G‘aybulla Salomov ilmiy faoliyati misolida) Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
755
102
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
komparativistika / xalqaro adabiy aloqalar / adabiy g‘oya va talqinlar migratsiyasi / qiyosiy-tarixiy uslub / badiiy tarjima / o‘zbek tarjimashunoslik maktabi. / comparative studies / international literary relations / migration of literary ideas and interpretations / comparative historical method / literary translation / Uzbek school of translation studies.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidov, Akmal

Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasi rivojida tarjimachilikning tutgan o‘rni va ahamiyati haqida so‘z yuritilgan. Birinchi navbatda, “qiyosiy adabiyotshunoslik” tushunchasining kelib chiqishi va mazmun-mohiyati talqin etilgan. Qiyosiy adabiyotshunoslikning tarjima sohasi bilan uzviy aloqadorligi o‘zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G‘aybulla Salomovning ilmiy-amaliy faoliyati misolida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION IN THE SYSTEM OF COMPARATIVE LITERATURE (as an example of Professor Gaybulla Salomov's scientific activity)

The role and significance of translation in the development of the field of comparative literature is discussed. First of all, the origin, essence and content of the concept of "comparative literary criticism" is explained. The inseparable connection of comparative literature with the field of translation is revealed on the example of the scientific and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the founder of the Uzbek school of translation.

Текст научной работы на тему «QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK TIZIMIDA TARJIMASHUNOSLIK (professor G‘aybulla Salomov ilmiy faoliyati misolida)»

QIYOSIY ADABIYOTSHUNOSLIK TIZIMIDA TARJIMASHUNOSLIK (professor G'aybulla Salomov ilmiy faoliyati misolida)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-7-17

Akmal SAIDOV,

akademik, yuridik fanlar doktori, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari,

Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori.

Tel: +998 71 239 13 58. [email protected]. 100035. [email protected] 100029.

Annotatsiya: Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasi rivojida tarjimachilikning tutgan o'rni va ahamiyati haqida so'z yuritilgan. Birinchi navbatda, "qiyosiy adabiyotshunoslik" tushunchasining kelib chiqishi va mazmun-mohiyati talqin etilgan. Qiyosiy adabiyotshunoslikning tarjima sohasi bilan uzviy aloqadorligi o 'zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G'aybulla Salomovning ilmiy-amaliy faoliyati misolida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: komparativistika, xalqaro adabiy aloqalar, adabiy g'oya va talqinlar migratsiyasi, qiyosiy-tarixiy uslub, badiiy tarjima, o'zbek tarjimashunoslik maktabi.

Аннотация: Обсуждается роль и значение перевода в развитии области сравнительного литературоведения. В первую очередь, разъясняется происхождение, сущность и содержание понятия «сопоставительное литературоведение». Неразрывная связь сравнительного литературоведения со сферой перевода раскрывается на примере научно-практической деятельности профессора Гайбуллы Саломова, основоположника узбекской школы перевода.

Ключевые слова: компаративистика, международные литературные связи, миграция литературных идей и интерпретаций, сравнительно-исторический метод, художественный перевод, узбекская переводоведческая школа.

Abstract: The role and significance of translation in the development of the field of comparative literature is discussed. First of all, the origin, essence and content of the concept of "comparative literary criticism" is explained. The inseparable connection of comparative literature with the field of translation is revealed on the

Ä- R.

ob

example of the scientific and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the founder of the Uzbek school of translation.

Key words: comparative studies, international literary relations, migration of literary ideas and interpretations, comparative historical method, literary translation, Uzbek school of translation studies.

Qiyosiy adabiyotshunoslik - adabiyot tarixining xalqaro adabiy alo-qalar va munosabatlarni, turli mamlakatlardagi adabiy-badiiy voqea-hodisalarning o'xshash va farqli jihatlarini o'rganuvchi mustaqil yo'-nalishidir [1]. Bu maktab namoyandalari, bir tomondan, asosiy e'ti borni adabiy oqimlar, milliy va xorijiy adabiyotlar, obraz va syujetlar o'rtasidagi o'xshash hamda farqli xususiyatlarni aniqlashga qaratadi. Boshqa tomondan esa, adabiy g'oya va talqinlar migratsiyasini, ya'ni bir xalq ada-biyotining boshqa xalq adabiyotiga ta'siri va o'zaro o'z lashtirilishini jahon adabiy taraqqiyotning muhim omili deb qaraydi.

Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik sohasi ilm-fanda «komparativisti-ka» deb ham nomlanadi. Bu lotincha atama «qiyoslamoq» degan ma'noni anglatadi. Ushbu maktab XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada paydo bo'lgan.

Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasiga germaniyalik filologlar, xususan, Iogann Gotfrid Gerder (1744-1803) asos solgani e'tirof etiladi. U o'zining adabiyotni tarixiy-qiyosiy o'rganish uslubini «Eng yangi nemis adabiyoti xususida. Parchalar» ("Fragmente zur deutschen Literatur", Riga, 17661768) va «Tanqid o'rmonzori» ("Kritische Wälder", 1769) asarlarida bayon etgan.

Ma'lumki, I.G.Gerder adabiy jarayonni har bir xalqning tarixiy va ma'naviy taraqqiyoti bilan uzviy bog'liqlikda o'rgangan. Olim adabiyot-shunoslikda qiyosiy-tarixiy uslubning ahamiyatiga e'tibor qaratar ekan, bunda dunyodagi turli xalqlarga mansub adabiy yodgorliklarning o'ziga xos xususiyatlariga alohida urg'u beradi. Uning qayd etishicha, qiyosiy adabiyotshunoslik sohasining shakllanishida birinchi navbatda xalqaro tarixiy-iqtisodiy aloqalar muhim omil bo'lgan.

Keyingi davrda bir qator taniqli adabiyotshunos olimlar qiyosiy adabiyotshunoslik sohasini izchil rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. Rossiyalik adabiyotshunos olimlar A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy va N.I.Konrad; Fransiyadan - F.Baldansperje va P.van Tigem; AQShdan -

V.Friderix va R.Uellek, Germaniyadan - K.Vays shunday olimlar sirasiga kiradi.

Qiyosiy adabiyotshunoslikning asosiy vazifasi jahon adabiyoti xari-tasining rang-barang milliy manzaralarini ilmiy-ijodiy talqin etishdan ibo-rat. Milliy adabiyotlarni o'zaro qiyosiy o'rganish asosidagina jahon adabiyoti rivojining asosiy mezonlari va rivojlanish qonuniyatlarini aniq-lash mumkin. Shu nuqtai nazardan, qiyosiy adabiyotshunoslik bizga ham o'zbek adabiyotini, ham jahon adabiyotini o'rganish uchun nihoyatda zarur [2, 772].

"Jahon adabiyoti" degan ibora ilk bor ulug' nemis shoiri va mutafak-kiri Iogann Volfgang Gyote tomonidan 1827 yili istifodaga kiritilgan. Gyote qo'llagan "Weltliteratur" tushunchasi keyinchalik "jahon adabiyoti", "umum adabiyoti", "umumjahon adabiyoti" kabi turli shakllarda ishlatila boshlandi.

Ma'no jihatidan, "jahon adabiyoti" tushunchasi - sayyoramizning bar-cha qit'alarida insoniyatning butun tarixi davomida yaratilgan milliy ada-biyotlarga mansub jamiki badiiy matnlarni to'laligicha o'zida qamraydi. Hayotiy qamroviga ko'ra, "jahon adabiyoti" - adabiyot tarixida sezilarli iz qoldirgan va adabiyotshunoslar e'tirofiga sazovor bo'lgan adabiy-badiiy yodgorliklarning jamlanmasidir.

Jahon adabiyoti ba'zi o'rinlarda "umumjahon adabiyoti" deya ata lishi bejiz emas. Chunki har qanday yetuk adabiy asar o'zi yaratilgan mamlakat va mintaqa sarhadlarini oshib o'tib, albatta, umumjahon adabiyoti mulkiga, umumbashariy qadriyatlarga aylanadi. Buning natijasida G'arb va Sharq, Shimol va Janub mamlakatlarida adabiy jarayonning tom ma'nodagi birligi va birdamligi yuzaga keladi.

Gyote "jahon adabiyoti" tushunchasi haqida so'z yuritganda, xuddi shu fikrni nazarda tutgan va bu umumjahoniy adabiyot endi shakllana boshlaganini qayd etgan. XIX-XX asrlar oralig'ida ushbu tendensiya ye-takchi o'ringa ko'tarildi. Ma'naviy hayotning baynalmilallashuvi global ahamiyatga ega omilga aylandi. XX asr boshida "jahon adabiyoti" tushunchasining uchta asosiy talqini qaror topdi.

Birinchi talqin: ibtidoiy urug'-qabilalarning sodda-jo'n qo'shiqlaridan tortib, hozirgi davrning yuksak darajada rivojlangan xalqlari adabiy-badiiy

R

от

ijodining rang-barang janrlarigacha bo'lgan barcha asarlar jamlanmasi -bu jahon adabiyotidir.

Ushbu talqinning muammoli jihati ham bor. Tadqiqot mavzusining bu qadar chek-chegarasiz ekani, o'z navbatida, uni o'rganish uchun muayyan tadqiqotchining intellektual salohiyati va imkoniyati (vakolati) yetishmasligiga olib kelishi tayin[3].

Shu bilan birga, nemis adabiyotining ulug' namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse ta'kidlaganidek, "Jahon adabiyotining muhtasham galereyasi har bir odamning nigohi qarshisida ochiq va hech kim uning boyligidan cho'chimasligi kerak, chunki bu o'rinda miqdorning ahamiyati yo'q"[4,5].

Ikkinchi talqin: jahon adabiyoti - barcha millatlarning adabiy-badiiy boyliklaridan tanlab-saralab olingan va jahon adabiyoti durdonalari sifatida e'tirof etilgan kam sonli, ayni chog'da, yuksak badiiy saviyali asarlar turkumidan iborat. Misol uchun, 1967-1977 yillarda, ya'ni sobiq ittifoq zamonida Moskvadagi «Художественная литература» nashriyoti 200 jilddan iborat «Jahon adabiyoti kutubxonasi» («Библиотека всемирной литературы») turkumini chop etgan. Keyingi yillarda O'zbekistonda "Yangi asr avlodi" nashriyoti milliy adabiyot nodir namu-nalaridan 50 ta va jahon adabiyoti durdonalaridan 50 ta kitobni nashrdan chiqardi. Shuningdek, 2015 yildan boshlab O'zbekistonda "Jahon adabiyoti durdonalari" turkumidagi kitoblarni nashr ettirishga kirishildi [5, 612].

Ayni chog'da, jahon adabiyoti tushunchasining bu talqini ko'proq romantiklar ruhiyatiga yaqin bo'lib, bir tomondan, ushbu turkumga kiritish mumkin bo'lgan asarlarni saralash jarayoni o'ta mushkul, ikkinchi tomondan, ularni tanlash mezonlari juda o'zgaruvchandir. Ushbu masalani alohida o'rgangan Diter Lamping va Frank Sipfel ta'biri bilan ayt ganda, bunday yondashuv anchayin noxolis va bahsli baholar uchun ham yo'l ochishi mumkin[6, 9].

Uchinchi talqin: jahon adabiyoti tushunchasi sivilizatsiyalar taraqqi-yotining muayyan bosqichidagina yuzaga keladigan jarayondir. Bu ja-rayon, Gyote ta'kidlaganidek, adabiyotlarning bir-biriga ta'sir ko'rsatishi va o'zaro boyishi uchun xizmat qiladi[7, 787].

Germaniyalik olim Xorst Shteynmets esa "jahon adabiyoti" tushun-chasining mutlaqo boshqacha talqinini ilgari surgan. Uning fikricha, jahon adabiyoti - avvalboshdanoq millat va til bilan bog'liq tafovutlarga barham berishga yo'naltirilgan iqtisodiy, tarixiy va ma'naviy taraqqiyot mahsulidir[8, 103-126].

Bu talqin zamirida olimning rivojlangan kapitalizm davriga xos olamshumul jarayonlarni baynalmilallashtirish nazariyasi yotadi. Bunda jahon adabiyoti mazkur voqelikning tarkibiy qismi sifatida qaraladi. Yana bir nemis olimi Erix Auerbax ham baynalmilallashuv sharoitida adabiyotni gomogenlashtirish, ya'ni birxillashtirish tendensiyasiga e'tibor qaratgan[9, 83-96].

Ushbu talqinni jahon adabiyoti taraqqiyoti tarixining cheklangan davri, ya'ni faqat XIX asrning birinchi yarmidan to XX asr oxirigacha bo'lgan 150 yildan ko'proq davriga nisbatan tatbiq etsa bo'ladi, xolos. Jahon adabiyotining bunga qadar kechgan uzoq asrlik tarixini qamray ol-masligi ushbu talqinning eng katta kamchiligidir.

Qiyosiy adabiyotshunoslik, ilmiy jihatdan yondashganda, jahon adabiyotining keng sohalari, ayniqsa, qiyosiy adabiyot tarixi va qiyosiy ada-biyot nazariyasining dolzarb muammolarini o'zida aks ettiradi. Yanada ahamiyatlisi, qiyosiy adabiyotshunoslik faqat badiiy adabiyotni o'r ganish bilangina cheklanib qolmaydi, balki san'atning boshqa turlariga ham murojaat qiladi. Shu tariqa, qiyosiy adabiyotshunoslik boshqa sohalardagi tadqiqotlarga bemalol tayanadi. Bu esa mazkur sohaning fanlararo fan ekanidan dalolat beradi. Qolaversa, qiyosiy adabiyotshunoslik bizga ham o'zbek adabiyotini, ham jahon adabiyotini o'rganish uchun nihoyatda zarur. Albatta, ushbu sohada tadqiqot olib borgan va olib borayotgan olimlar dunyo miqyosida, shu jumladan, O'zbekistonda ham ko'pchilikni tashkil etadi. Ammo, biz bu o'rinda ayni mavzuga batafsil to'xtalmoqchi emasmiz.

Qiyosiy adabiyotshunoslik sohasi tadqiqot predmeti nuqtai nazaridan, odatda, tarjimashunoslik sohasiga yaqin turadi. Ayrim xorijiy mutaxassislarning fikricha, badiiy tarjima sohasi ham, aslida, qiyosiy adabiyotshunoslikning tarkibiy qismidir. Buning zamirida "tarjima nazariyasi dastlab qiyosiy adabiyotshunoslik negizida qiyosiy-tajribaviy uslub sifatida shakllangan", degan g'oya yotadi[10].

Bugungi kunda badiiy tarjima mustaqil fan sifatida o'zining alohida nazariya va amaliyotiga ega ekaniga qaramay, badiiy tarjima sohasiga taalluqli muammolar ayni paytda qiyosiy adabiyotshunoslik uchun ham keng tadqiqot maydoni sifatida namoyon bo'ladi.

Binobarin, adabiyotlararo va madaniyatlararo o'zaro hamjihatlik munosabatlarini o'rnatish hamda mustahkamlash - badiiy tarjima va qiyosiy adabiyotshunoslik sohalari oldidagi eng asosiy vazifadir. Ularning o'zaro yaqinligi ham aynan shu vazifaning amalga oshirilishi jarayonida yaqqol ko'zga tashlanadi.

Shu ma'noda, yurtimizdagi ko'pchilik jurnalist va tarjimonlar, olim va adiblarning ustozi - atoqli olim hamda hassos publitsist G'aybulla Salomovning bu sohadagi ilmiy-amaliy faoliyati ulkan ahamiyatga egaligi xususida so'z yuritish ayni muddaodir. Kamina ilmiy-ijodiy tadqiqotlarni keyinchalik G'aybulloh as-Salom taxallusi bilan e'lon qilgan ushbu atoqli olim bilan XX asrning 80-yillari oxirida, til muammolarini o'rganish va xalq bayramlari hamda marosimlarini tiklash yuzasidan tuzilgan komissiya tarkibida birga faoliyat yuritgan davrimizda bevosita tanishish imkoniga ega bo'lganman.

G'aybulla Salomov o'sha vaqtlarda, yanada aniq qilib aytganda, 1982 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasiga, 1984 yilda professor ilmiy unvoniga sazovor bo'lgan. Domla 1993 yili yuksak davlat mukofoti -"O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi" unvoni bilan taqdirlangan.

"Yaxshidan bog' qoladi", deydi xalqimiz. Yaxshi olimdan-chi? Albatta, avvalambor, ko'z nuri va qalb qo'rini, aqlu zakovatini, ta'bir joiz bo'lsa, butun umrini sarflab yaratgan o'ziga xos ilmiy maktabi qoladi. Ustoz G'aybulla Salomov o'zidan ayni shunday maktab qoldirgan mavlono zotlardandir[11].

O'tgan davrda fidoyi shogirdlar professor G'aybulla Salomov ilmiy maktabiga xos asosiy prinsiplarni chuqur o'rgandilar. Bular quyidagilardan iborat:

birinchi prinsip - tarjima va xalqaro adabiy aloqa, qiyosiy adabiyotshunoslik birga o'rganilishi lozim;

ikkinchi prinsip - bu jaryonda qiyosiy tilshunoslik yutuqlariga tayanilishi, til va adabiyot hodisalari birgalikda olib qaralishi shart;

uchinchi prinsip - tarjimashunoslikda uslublar chog'ishtiriladi, muallif uslubi va tarjimon uslubi to'qnash keladi, yozuvchi uslubi tarjimon uslubi orqali reallashadi;

to'rtinchi prinsip - tarjima keng ma'nodagi ijodkorlikdir, ammo u asarni o'zgartiradigan ijodkorlik emas. Bu "o'zgalar orqali o'zini va o'zi orqali o'zgalarni namoyon etish" san'atidir;

beshinchi prinsip - badiiy tarjimada ichki sharh — interpretatsiya bo'lib turadi, biroq bunda me'yorni saqlash darkor;

oltinchi prinsip - tarjimashunoslik umumfilologik ilm bo'lib, uni bir soha bilan chegaralab qo'yish noo'rindir.

Shu bilan birga, sohaning piri bo'lmish G'aybulloh as-Salom fikricha, tarjimashunoslik - qomusiy fan. U o'z tarkibiga tarix, nazariya va tanqid, adabiyot nazariyasi, qiyosiy adabiyotshunoslik va tipologiya, til, grammatika, uslubiyot, lug'at, xalq og'zaki ijodi, atamashunoslik, iborasozlik (frazeologiya), maqolshunoslik va matalshunoslik (paremiologiya), falsafa, mantiq, etnografiya, ruhshunoslik (psixologiya), bayon va insho, matnshunoslik, mamlakatshunoslik kabi fanlarni qamraydi.

O'zbek olimi sobiq tuzum davridayoq asos solgan tarjimashunoslik maktabining dovrug'i nafaqat yurtimiz, balki dunyo miqyosida, xususan, Fransiya, Bolgariya, Slovakiya, Turkiya, Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Armaniston, Ozarboyjon, Qozog'iston, Tojikiston mamlakatlari ilmiy doiralarida e'tirof etilgan.

Yana bir ahamiyatli jihat - G'aybulla Salomov rus, tojik, ozarboyjon tillarida yoza olgan va shu tillarda maqolalar chop ettirgan. Domlaning xorijiy davlatlarda doimiy aloqada bo'lgan hamkasblari, do'stlari ham ko'p bo'lgan.

Chindan ham, "G'aybulla Salomovning o'zbek tarjimashunosligi maktabi" deya nom olgan ilmiy maktab mamlakatimiz, hattoki jahon ilm-fani ravnaqida beqiyos o'ringa ega. Bu maktab istiqlol yillarida adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va tarjimachilik sohalari taraqqiyotiga ayniqsa munosib hissa qo'shib kelmoqda.

Taniqli olimlar Abduzuhur Abduazizov va Najmiddin Komilov o'z davrida haqli ravishda e'tirof etganidek, G'aybulla Salomovning ilm-fan rivoji yo'lidagi samarali xizmatlari tufayli tarjimashunoslik - ikki tildagi matnni chog'ishtirish yoki bir tildagi ma'noning ikkinchi tilda aks etishini

R.

o m

aniqlashgina emas, balki o'zbek tilining salohiyati, boyligi va imkoniyatlarini ko'rsatish, jahon adabiyotini milliy zaminda qayta yaratish ekani tan olinib, tarjimashunoslik shu jarayonni umumfilologik aspektda tadqiq qiladigan fan ekanligi aniqlandi. Tarjima Vatan adabiyotini boyitish, o'zaro ma'naviy qadriyatlar, fikr-g'oyalar almashish vositasi, tarjimon esa chinakam ijodkor adib deb qaraladigan bo'ldi[12].

Domlaning bevosita sa'y-harakatlari bilan o'sha paytdagi ToshDU (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) negizida sobiq ittifoqda birinchi bo'lib "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi tashkil etilgandi.

G'aybulla Salomov mamlakatimizda eng ko'p shogirdlar tarbiyalagan zahmatkash olimlardan biridir. Bizdagi ma'lumotlarga qaraganda, domlaning ilmiy rahbarligida 67 kishi fan nomzodi, 8 kishi fan doktori bo'lgan. Ular orasida mamlakatimizning ko'zga ko'ringan fan va madaniyat xodimlari, jamoat arboblari bor[13].

Ustozning badiiy tarjimachilik va tarjimashunoslikka doir ilmiy-nazariy asarlari kutubxonalarda, Internet sahifalarida faol izlab-topib o'qilayotgan nashrlar sirasiga kiradi.

Jumladan, «Maqol va idiomalar tarjimasi» (1961), «Til va tarjima» (1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» (1978), «Do'stlik ko'priklari» (1970, N.Komilov bilan hamkorlikda), «Adabiy an'ana va badiiy tarjima» (1980), «Tarjima nazariyasi asoslari» (1983) kabi kitoblari tadqiqotchilar, o'qituvchi va talabalar uchun muhim hamda qiziqarli manbalar hisoblanadi.

Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin. Ya'ni, olim bo'laman degan kishiga naqadar katta talablar qo'yilishini, xususan, undan tom ma'noda ilmli va izlanuvchan, mehnatsevar va kamtar, halol va xolis, jonkuyar va fidoyi, sodiq va vatanparvar bo'lish talab etilishini bilamiz. Ammo, odam bo'lish uchun bu fazilatlarning o'zigina hali yetarli emas.

Aytmoqchimanki, G'aybulla aka avvalo o'zlari ulug' alloma va pokiza qalbli zot sifatida umr bo'yi talaba-yu shogirdlariga tarjima nazariyasi va amaliyoti darsi bilan bir qatorda, insoniylik, odamiylik va odamoxunlikdan saboq berdilar. Bundan ming yillar ilgari Abu Ali ibn Sino "Yaxshi inson - yerdagi farishta", degan ekan. Bu aynan G'aybulloh as-Salomga mos va xos ta'rifdir.

Domla mohir tarjimon va munaqqid, publitsist va shoir ham edi. Buni u kishining G'aybulloh as-Salom taxallusi bilan bitilgan "Ey, umri aziz", "Armon", "Vahiydan kelur bir sado", "Tolibnoma" (S.Umirov bilan hammualliflikda), "Ezgulikka chog'lan, odamzod", "Halollik bozorda sotilmaydi", shuningdek, "Jahongashta "Boburnoma" (N.Otajonov bilan hammualliflikda) kabi ma'naviyat va ma'rifat, tarix va madaniyat masalalariga oid bir qator asarlari yaqqol tasdiqlaydi.

Mustaqillikning dastlabki yillarida ustoz G'aybulla domla bilan yana ko'rishib, bir muddat muloqotda bo'lish imkoni tug'ilgan edi. O'shanda domla Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tinglovchilariga islom huquqidan dars berayotganimni so'rab bilgach, "Juda to'g'ri, adolat posbonlari bugun qabul qilinayotgan qonun hujjatlarini ham, olis moziydagi fiqh va shariat arkonlarini ham o'zlashtirgani maqbul", degan edilar.

So'ngra ustoz portfellaridan yangi chiqqan uchta kitobini olib, har biriga alohida qunt, mahorat va mehr bilan dastxat bitib berganlar. Bugun kitobxon, kitob va kutubxona mavzusida so'z ochilsa, shax siy kutubxonamda taniqli olim va adiblarning dastxati yozilgan yuzdan ortiq nodir kitob borligini faxr bilan aytaman. Shu kitoblar orasida ustoz G'aybulloh as-Salomning shaxsan tuhfa etgan kitoblari men uchun nihoyatda mo'tabardir.

Professor G'aybulloh as-Salom umrining Mustaqillik yillariga daxldor qismini navqiron avlod istiqboliga, bo'lg'usi rahbar kadrlarga ma'ruzalar o'qish va ma'naviy-ma'rifiy asarlar yozishga bag'ishladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek, "Yurtimizning barcha hududlari kabi Navoiy viloyatida ham butun hayotini xalqimiz uchun kitoblar, badiiy asarlar yozishga bag'ishlagan fidoyi insonlar ko'p. Masalan, Toshpo'lat Hamid, G'aybulla Salomov, Oydin Hojieva, Odil Hotamov, Ashurali Jo'raev, Qodir Jo'raqulov kabi taniqli shoir va yozuvchilar, ilm-fan va madaniyat namoyandalarini yurtimizda ko'pchilik yaxshi biladi" [14].

Xulosa qilib aytganda, "G'aybulloh as-Salom Istiqlol uchun nima berdi?" degan savol o'rtaga tashlanadigan bo'lsa, avvalo, G'aybulla akaning o'zbek tarjimashunosligi maktabini asoslab, bu ilm sohasini ham nazariy jihatdan puxta ishlab chiqqani, ham uni tahsil-ta'lim jarayoniga amaliy tatbiq etgani - milliy madaniyat va ilm-fan taraqqiyotiga, demakki

Ä- R

от

milliy mustaqilligimizga qo'shgan katta ulushi bo'lganini mamnuniyat bilan e'tirof etaman.

Shuningdek, G'aybulla Salomov avvalboshda lug'atchilik va qomuschilik masalalariga doir yetuk ilmiy ishlar yozgan bo'lib, keyin shu asosda Ibrohim Mo'minovdek zabardast alloma bilan yelkama-yelka turib, dastlabki milliy qomusimiz tamal toshini qo'yganlardan biri bo'lgani ham har qancha tahsinga loyiqdir.

Bundan tashqari, sobiq tuzum davrida qirg'in-qatag'on qilingan Abdulla Qodiriy, Sanjar Siddiq, Abdulhamid Cho'lpon, Mirzakalon Ismoiliy, Mirtemir, Maqsud Shayxzoda, G'afur G'ulom kabi ziyolilarimizning tarjima merosi G'aybulla Salomovning ko'p yillik mehnati tufayli o'rganildi va bu adiblarning tarixiy xizmati munosib taqdirlandi.

Alqissa, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor G'aybulla Salomovni 90 yilligi bilan muborakbod etish imkoniyati tug'ilgani menga cheksiz mamnuniyat va faxr-iftixor bag'ishlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Жирмунский В. М., Сравнительное литературоведение и проблема литературных влияний, «Изв. АН СССР. Отд. обществ, наук», 1936, № 3; Жирмунский В. М., Взаимосвязи и взаимодействия нatsiональных литератур. Материалы дискуссии, М., 1961.

2. А.Х. Саидов. ^иёсий адабиётшуносликка кириш. - Т.: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2020.

3. Rüdiger H. Literatur und Weltliteratur in der modernen Komparatistik // Weltliteratur und Volksliteratur, hrgb. von Albert Schäfer. München: C.H. Beck Verlag, 1972. S. 36-54; Birus H. Art. Weltliteratur // Reallexikon der deutschen Literaturwissenschaft. Nuebearbeitung des Reallexikons der deutschen Literaturgeschichte. Gemeinsam mit Georg Braungart, Harald Fricke, Klaus Grubmüller, Friedrich Vollhardt und Klaus Weimar, hrgb. von Jan-Dirk Müller. Band III: P-Z. Berlin: Walter de Gruyter Verlag, 2003. S. 625-827.

4. Х,ерман Х,ессе. Жах,он адабиёти кутубхонаси // Жахон адиблари адабиёт хдкида (Озод Шарафиддинов таржималари). - Т.: "Маънавият", 2010.

5. Жахон адабиёти дурдоналари: I жилд / Сузбоши муаллифи ва масъул мухаррир А.Х.Саидов. - Т.: Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2015.

6. Lamping D., Zipfel F. Was sollen Komparatisten lessen? Berlin: Erich Schmidt Verlag, 2005.

7. Goethe J.W. Gesamtausgabe der Werke und Schriften in 22 Bänden. 2. Abteilung: Schriften. 15. Band: Schriften zu Literatur und Theater, hrgb. von Walther Rehm. Stuttgart: Gotta Verlag, 1958.

8. Steinmetz H. Weltliteratur. Umriss eines literaturgeschichtliches Konzepts // Literatur und Geschichte. Vier Versuche. München: Iudicium, 1988.

9. Auerbach E. Philologie der Weltliteratur. Sechs Versuche über Still und Wirklichkeitswahrnehmung. Frankfurt a.M.: Fischer Verlag, 1992.

10. Ochilov, E. (2014). Glossary of translation terms. Tashkent: Institute of Oriental Studies.

11. Shoira, U. (2018). The use of modern educational technologies in teaching foreign languages (on the example of English). Образовательный процесс, (1 (3)), 29-32.

12. Попович А. Проблемы художественного перевода. - М.: «Высшая школа», 1980. - С.33; Маданова М.Х. Теоретические аспекты изучения художественного перевода в русле сравнительного литературоведения // http://www.rusnauka.com.

13. Саидов Акмал. Ватанингни рози кил // "Узбекистон адабиёти ва санъати" газетаси, 2016 йил 16 декабрь.

14. «Узбекистон адабиёти ва санъати» газетасининг 2007 йил 41-сони.

15. Саидов Акмал. Ватанингни рози кил // "Хуррият" газетаси, 2016 йил 16 декабрь.

16. Мирзиёев Шавкат. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. - Тошкент: "Узбекистон" НМИУ, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.