Научная статья на тему 'ZAMONA LUQMONI'

ZAMONA LUQMONI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
76
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarjimon mahorati / simpozium / hayot yo‘li / tarjimon. / translation skills / Translation Symposium / life / translator.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ochilov, Ergash

Maqolada tarjimashunoslik sohasiga katta hissa qo‘shgan olim, professor G‘aybulla Salomov haqida so‘z borgan. Olimning hayot yo‘li, tarjimashunoslik sohasidagi ulkan, mashaqqatli faoliyati, shogirdlariga bo‘lgan otalarcha muhabbati. Umuman olganda fidoiy insonning ilm uchun bahshida hayoti yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PHYSICIAN OF THE TIME

The article talks about the scientist, professor Gaybulla Salomov, who made a great contribution to the field of translation studies. The life path of a scientist, a huge, painstakingly hard work in the field of translation studies. Fatherly love for his students. In general, the life of a self-sacrificing person is illuminated in the fight for knowledge.

Текст научной работы на тему «ZAMONA LUQMONI»

ZAMONA LUQMONI d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-28-36

Filol.f.n. Ergash OCHILOV,

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi,

Toshkent, O'zbekiston Тел: +998946204764;

E-mail: [email protected].

Annotatsiya: Maqolada tarjimashunoslik sohasiga katta hissa qo 'shgan olim, professor G'aybulla Salomov haqida so'z borgan. Olimning hayot yo'li, tarjimashunoslik sohasidagi ulkan, mashaqqatli faoliyati, shogirdlariga bo'lgan otalarcha muhabbati. Umuman olganda fidoiy insonning ilm uchun bahshida hayoti yoritilgan.

Kalit so'zlar: tarjimon mahorati, simpozium, hayot yo'li, tarjimon.

Аннотация: В статье рассказывается об ученом, профессоре Гайбулле Саломове, внесшем большой вклад в область переводоведения. Жизненный путь ученого, огромный, кропотливо-кропотливый труд в области переводоведения. Отцовская любовь к своим ученикам. В общем, жизнь самоотверженного человека освещается в борьбе за знания.

Ключевые слова: переводческое мастерство, симпозиум, образ жизни, переводчик.

Abstract: The article talks about the scientist, professor Gaybulla Salomov, who made a great contribution to the field of translation studies. The life path of a scientist, a huge, painstakingly hard work in the field of translation studies. Fatherly love for his students. In general, the life of a self-sacrificing person is illuminated in the fight for knowledge.

Key words: translation skills, Translation Symposium, life, translator.

O'zbekistonda tarjimashunoslik haqida so'z borganda barchaning ko'z oldiga atoqli olim G'aybulla Salomov keladi. Bu bejiz emas. Mamlakatimizda tarjimashunoslik fanini nazariy asoslagan ham, oliy o'quv yurtlari dasturiga kiritilishi uchun jonbozlik qilgan ham, fanning barcha sohalari bo'yicha o'quv dasturlari tuzib, darslik va o'quv qo'llanmalari yozgan, uni fan sifatida tan olmaganlar bilan uzoq yillar murosasiz kurash olib borib, tarjimashunoslikning shiddat bilan rivojlanib, boshqa fanlar orasida tezda o'z o'rnini topishini ta'minlagan ham, yangi

28

R.

o m

fan sohasiga yetuk ilmiy mutaxassislar yetkazib berish ishiga katta hissa qo'shgan ham aynan mana shu zahmatkash va serqirra inson hisoblanadi. U o'zining tarjimashunoslikning turli masalalariga bag'ishlangan 200 dan ortiq maqolalari, "Maqol va idiomalar tarjimasi" (1966), "Adabiy an'ana va badiiy tarjima" (1980), "Tarjima tashvishlari" (1983) kabi monografiyalari, "Tarjima nazariyasiga kirish" (1978), "Tarjima nazariyasi asoslari" (1983) singari darsliklari, "Do'stlik ko'priklari" (1979), "Tarjimon mahorati" (1980) kabi hamkasblari va shogirdlari bilan hammualliflikda chiqargan kitoblari bilan haqli ravishda o'zbek tarjimashunoslik fanining tamal toshini qo'ydi.

Ko'pchilik yozuvchilar o'zlarining Fyodor Dostoevskiyning "Shinel"idan chiqqanliklari bilan maqtanib yurishadi.

O'zbek tarjimashunoslarining aksariyati esa G'aybulla Salomov maktabidan chiqishgan.

Ustoz shunchalik shogirdparvar edilarki, o'z farzandlariga ham berolmagan mehrlari, ajratolmagan vaqtlarini shogirdlaridan sira ayamasdilar. Shuning uchun ham barcha yosh qalamkashlar Mirtemirning atrofida yig'ilganlariday, tarjimashunos bo'laman deganlar ham G'aybulla akaning davrasiga intilishardi. O'z navbatida, u kishi ham o'ziga talpinganlarning hech birini umidsiz qo'ymas, ularni ona tovuqday o'z bag'irlariga bosib, Abdulla Qahhor ta'biri bilan aytganda, har birining og'ziga bir luqma solardilar.

Kamina G'aybulla Salomov bilan bevosita emas, balki ustozlarim Sultonmurod Olim va Najmiddin Komilovlar orqali bilvosita bog'langanman: meni Sultonmurod aka ilmga olib kirgan va u kishi orqali Najmiddin aka bilan, bu ikki ustoz vositasida esa G'aybulla Salomov bilan tanishganman. Shuning uchun meni evara shogirdim deb erkalardilar. Buning ma'nosi: birinchi shogirdlari Najmiddin Komilov - o'g'il shogird, u kishining ilk shogirdlari Sultonmurod Olim - nevara shogird, o'z navbatida, Sultonmurod Olimning to'ng'ich shogirdi kamina - evara shogird maqomida edik. Domlaning kenja shogirdlari Zohidjon Sodiqov shuni ko'zda tutib, nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatiga: "G'aybulla Salomovning evara shogirdi, do'stim Ergashjonga", - deb dastxat yozib bergan edi.

Albatta, kamina G'aybulla Salomov bilan yelkama-yelka xizmat qilmagan bo'lsam-da, u kishi bilan ko'p bor uchrashganmiz, suhbatlashganmiz.

Men "Pahlavon Mahmud ruboiylari tarjimasida shakl va mazmun birligi" mavzuida diplom ishi yozganimda Najmiddin Komilov ilmiy rahbar, Sultonmurod Olim rasmiy taqrizchi bo'lganlar. Himoyadan keyin Eski shahardagi endi-endi urfga kirayotgan xususiy xonadonlardan birida G'aybulla Salomov, Najmiddin Komilov, Tilak Jo'ra, Sultonmurod Olim, Nazar Eshonqul va kamina tushlik bahona uzundan-uzoq ilmiy gurung qilganmiz. Hali tarjimashunoslik ostonasida turgan kamina uchun bu suhbatlar bir umrga yorqin xotira bo'lib qoldi.

Nomzodlik ishimga esa Sultonmurod Olim ilmiy rahbar, Najmiddin Komilov ilmiy maslahatchi, G'aybulla Salomov va Ibrohim Haqqullar rasmiy taqrizchi bo'lganlar. Himoyamda G'aybulla akaning ilhomi jo'shib, qog'ozga qaramay naq qirq besh daqiqa gapirgan. Ishimga baho berish barobarida rosa ruboiyxonlik ham qilgan, o'qigan ruboiylarining mag'zini chaqib bergan. Ustoz juda ochilgan, butun zal esa sel bo'lib eshitgan. O'shanda men u kishining quvvai hofizasiga, Umar Xayyom ruboiylarini forsiyda qoyilmaqom qilib o'qiganiga qoyil qolganman.

U mahallar hali kompyuter urfga kirmagan edi. Dissertatsiya mashinkada uch nusxa bosilib, birinchi va ikkinchi nusxalari OAKka topshirilardi. Himoya yaxshi o'tdi. Chiroyli banket bo'ldi. Banketda G'aybulla aka, Najmiddin aka, Jumaniyoz Sharipov, Abdusalom Umarov, Zuhriddin Isomiddinov, Sultonmurod Olim kabi tarjimashunoslar ishtirok etib. mening sha'nimga ancha-muncha iliq gaplar aytishdi. Tashvishlar tugab, endi hujjatlarni tayyorlab, OAKka topshiraman desam, dissertatsiya jonivorning birinchi nusxasi yo'q. Agar u topilmasa, qaytadan terishga to'g'ri kelardi. Nima qilishimni bilmay jig'ibiyron bo'lib o'tirsam, G'aybulla aka qo'ng'iroq qilib qoldilar. Hol-ahvol so'ragach:

- Charchoqlar chiqqan bo'lsa, endi hujjatlarni OAKka topshirish uchun tayyorlayotgandirsiz? - deb so'radilar o'smoqchilab.

- Himoya kuni dissertatsiyaning OAKka topshiriladigan birinchi nusxasini yo'qotib qo'yibman, - dedim xijolat bo'lib.

- Ana shunaqa-da! Yaxshi himoyadan boshingiz ko'kka yetib, tashkiliy ishlar bilan bo'lib dissertatsiya ham xayolingizdan ko'tarilib

ketgan. Men bunaqa paytda dissertantlarning o'zi bilan o'zi ovora bo'lib qolishini bilib, stolning ustida qolib ketgan dissertatsiyangiz o'zim bilan olib ketgan edim, - desalar bo'ladimi.

Shunaqangi quvonim ketdimki! Bamisoli tilla topgan gadoyday!

Shundan keyin bir soha mutaxassislari, hamkasblar sifatida turli tadbirlar, dissertatsiya muhokamalari va himoyalarida ko'rishib, suhbatlashib turardik. Aytaylik, kenja shogirdlaridan Zohidjon Sodiqovning nomzodlik dissertatsiyasi muhokamasida tanqidiy mulohazalarim biroz ko'payib ketganida ustozning zehnlari bir qadar koyigani esimda.

Ustozning fayzli xonadonida bir necha marta bo'lganman va purma'no suhbatlaridan bahramand bo'lganman. U yerga Sultonmurod aka hamrohligida borardim. Hajdan kelganlarida ziyorat qilgani o'tganimizda Makkadan olib kelgan tasbehlaridan hadya qilganlar va men uni tabarruk sovg'a sifatida namozxon bobomga ustozning nomida tuhfa qilganman. Toblari qochganda bir necha marta ko'rgani borganmiz.

Domlaning sodda va ishonuvchanligi ham bor edi. Bir gal ko'rgani borganimizda Kaspirovskiy degan ekstrasens mashhur bo'lib. televizor orqali tinimsiz seanslar berayotgan payt edi. Domla uning muxlisi edilar. O'shanda sochlarini ko'rsatib bir necha seansdan keyin sochlari qorayib qolganini ishonch bilan hikoya qilganlari esimda.

G'aybulla Salomov mehnat odami, faoliyati kishisi edi. U kishini hamisha ish ustida ko'rish mumkin edi. Bunday odamlar ish ustida jon beradilar. Ustoz ham minbarda gapira turib jon taslim qilgan edilar. Guvohlarning aytishicha, Toshkent davlat universitetiga Milliy universitet maqomi berilganiga bag'ishlangan tantanali tadbirda minbarda nutq so'zlab turib, o'z fikrlarini tasdiqlash uchun:

- Rahmatli padari buzrukvorim aytgan edilarki... - degancha jon taslim qilganlar.

G'aybulla Salomovning yakkayu yagona o'g'li dom-daraksiz yo'qolgan edi. Domla bir umr uni izladilar, kutdilar, so'roqladilar. Ziyoli odam bo'lishlariga qaramay, chiqmagan jondan umid qabilida ish tutib, qaerda o'tkir folbin chiqibdi deb eshitsalar, umid bilan izlab borib, o'g'illaridan fol ochtirardilar.

U kishi shunday vasiyat qilgan ekanlar:

R.

ob

- To tirik ekanman, umidimni uzmay o'g'limni kutaman. Agar o'lgunimcha ham topilmasa, keyin uning janozasini ham mening janozamga qo'shib o'qiysizlar.

Ustozning janozasiga qo'shib o'g'illarining ham janozasini o'qiganlarda hamma dod deb yuborgani esimda.

Biz tarjima yo'nalishida ta'lim olayotgan talaba va magistrlarga o'zbek tarjima maktabining asoschisi G'aybulla Salomov haqida ko'p gapiramiz. Lekin bunda asosan ustoz tarjimashunosning ilmiy faoliyati xususida so'z yuritamiz. U kishining hayoti va faoliyati, inson va olim sifatidagi o'ziga xos shaxsiyati haqida esa deyarli lom-mim demaymiz.

Xo'sh, ustozning bizga o'rnak bo'ladigan asosiy fazilatlari nima?

U kishidan nimalarni o'rganish mumkin?

- mehnatkashlikni, temir intizomni va tizimlilikni;

- o'z kasbiga sadoqatni va fidoyilikni;

- burchga mas'uliyatni va ishga talabchanlikni;

- o'z ustida muttasil ishlashni va erishganlaridan sira qoniqmaslikni;

- tahrirni va yozganlariga sayqal berishni;

- halollikni va to'g'rilikni;

- bag'rikenglikni, mardlik va tantilikni;

- shijoatni, qat'iyatni va qaysarlikni (ijobiy ma'noda);

- qanot va sabru toqatni;

- vazminlik va mulohazakorlikni;

- shogirdlariga mehribonlik va jonkuyarlikni...

Birma-bir sanayversa, ustozdan o'rganish va ibrat olish mumkin bo'lgan xislat-fazilatlar ham ko'p ekan.

Ustozda yo'q fazilatning o'zi yo'q edi-da.

"Odam borki, odamlarning naqshidir", - deb shunday najib zotlarga aytishsa kerak-da.

Bunday kishilar dunyoga bir kelib ketadi-da

Men ustoz haqida nimadir yozishni ko'pdan o'ylab yurardi m. Chunki yelkamda shogirdlik qarzim bor.

Avvalo, u kishining mening taqdirimda qanday rol o'ynaganlariyu mening u kishidan nimalarni o'rganganim haqida.

R.

om

Domla haqida o'ylaganimda yuragimni cheksiz armon va hasrat kemiradi: u ham bo'lsa, u kishi bilan ko'proq uchrashib. suhbatlaridan yetarlicha bahramand bo'lmaganim.

Ustoz umrlarining oxirida iste'dodlarining hozirjavob publitsist, donishmand shoir va mutafakkir olim sifatidagi yangidan-yangi qirralarini namoyon eta boshlagan edilar. "Milliy tiklanish" gazetasida chiqqan u kishining hayotiy mulohazalari. falsafiy quyuq fikrlarini o'qib, u kishiga zamona Luqmoni sifatini bergan, shu haqda bir maqola yozmoqchi bo'lgan, lekin bu niyatim armonga aylanib qolgan edi. Abdulla Oripov ta'biri bilan aytganda:

Vodarig \ mana shu satrlarni ham

Yozsam bo Imasmidi siz tirik chog 'da.

Gap shundaki, ustozning bir kuni keladiki, insonning bir tomchi qoniga qarab uning tabiatini bilish mumkin bo'ladi degan hikmatli so'zlari menga nihoyatda kuchli ta'sir qilgan edi.

Bu bejiz emas. U kishi shogirdlari va hamkasblari Komiljon Jo'raev bilan birga taniqli polyak adibi va mutafakkiri, qayroqi so'zlar ustasi Stanislav Yeje Lesning teran va o'tkir hikmatli so'zlarini qiyomiga yetkazib tarjima qilgan va vaqtli matbuotda undan namunalar e'lon qilgan edilar. Bu qo'lyozma hozirda shogirdlari Zuhriddin Isomiddinovning qo'lida saqlanadi va u kishi ayni tarjimani nashr qilish harakatida yuribdi.

Ustoz yozganlariga erinmay sayqal berardilar. Shuning uchun u kishining maqolalari san'at asariga aylanib, biror jumlasini o'zgartirib yoki biror so'zini o'rnidan siljitib bo'lmasdi.

Tom ma'nodagi so'z san'atkori Abdulla Qahhorning: "So'zni mix qilib qoqib, qalpog'ini sug'urib tashlang - hech kim sug'urib ololmasin", - degan obrazli iborasi bor edi. G'aybulla Salomov yozgan va tahrir qilgan matnlar xususida ham shunday deyish mumkin.

Ustoz ko'plab maqolalarga hammuallif ham bo'lganlar. Bunda u kishi maqolani deyarli qayta yozib chiqar va o'zlarining fikrlari, kuzatishlari, tahlillari bilan boyitardilar. Natijada u kishi maqola yozganga hammuallif emas, balki maqola yozgan u kishiga hammuallif bo'lib qolardi go'yo.

Ha, G'aybulla Salomovning tahrir san'atining o'zi alohida tadqiqot mavzui bo'la oladi.

G'aybulla Salomov usta notiq ham edi. Salmoqlab gapirardilar. Vazmin, dona-dona qilib gapirardilar. Asoslab, qat'iyat bilan gapirardilar. Tinglovchini o'zlariga tortib, go'yo mixlab qo'yardilar.

Ustoz haqida xotiralarim, aytadigan gaplarim hali ko'p. Yozganlarim xamir uchidan patir, xolos. Umr vafo qilsa, hali kattaroq bir narsa qoralash niyatim bor. So'zimning nihoyasida esa domla bilan bog'liq ba'zi bir hangomalarni u kishining muxlislari e'tiboriga havola qilmoqchiman.

Yarim umr...

- Yarim umrim ilm bilan o'tdi, - debdi G'aybulla Salomov.

- Butun umrim deyvering, domla! - deyishsa:

- Yo'q, yarim umrim, - debdi u kishi qat'iy qilib. - Yarim umrim esa xotinimga ilmning ahamiyatini tushuntirish bilan o'tdi.

O'rinli tanbeh

Muhammad Yusuf xotini bilan arazlashib qolibdi. Shunda qaynotasi G'aybulla as-Salom unga hazil aralash shunday tanbeh beribdi:

- Yigirma besh million xalqni "aldab yurgan" shoir bitta xotinni aldayolmaysizmi?

Doktorlik va nomzodlik

G'aybulla Salom birda hazillashib aytgan ekan:

- Doktor bo'lish nomzod bo'lishdan oson.

- Nega? - so'rashibdi hayron bo'lib.

- Chunki minimum topshirmaysan.

Imlo qoidalari

Sultonmurod aka bilan ba'zi bir so'zlarning imlosi haqida tez-tez tortishib turamiz. Yaqinda ham "ko'ptilli", "qo'shxotinlilik" kabi so'zlarni qo'shib yozish kerakmi yo ajratib degan mavzuda bahslashdik. U kishi bu so'zlarni ajratib yozar ekan. Men qo'shib yozishga mayl bildirdim. Shunda u kishi aytdi:

- Biz G'aybulla Salomovning shogirdlarimiz. Ustoz aytganlariday, bizga imlo lug'atining hojati yo'q. Qaysi so'zni qanday yozishni o'zimiz hal qilamiz. Men ajratib yozishni ma'qul ko'rdim. Lekin kimdir qo'shib yozsa ham xato hisoblamayman.

(G'aybulla Salomovning "Ey umri aziz" kitobini o'qisam, domla bu so'zlarni ko'pincha qo'shib yozar ekanlar).

Qarashlarning o'zgarishi

- Monograflyalarning davri o'tdi, - degan ekan G'aybulla Salomov Sultonmurod Olimga mustaqillikning ibtidosida. - Endi ularni birov o'qimaydi ham, bosib chiqarmaydi ham.

- O'zlarining umrlari intihosida publitsistika va she'riyatga o'tib ketganlari bejiz emas ekan-da, - dedim buni eshitib.

Ustozlar

- Sendan roziman, o'g'lim. Chunki G'aybulla Salomov va Najmiddin Komilov degan bir-biridan yaxshi ikki ustozga uchrading. Bu - katta omad va baxt, - degan ekan otalari Sultonmurod Olimga.

To'n

Nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilganda bor-yo'g'i ilmiy rahbarim Sultonmurod Olimga odmigina to'n yopganman. Ilmiy maslahatchim Najmiddin Komilovu opponentlarim G'aybulla Salomov va Ibrohim Haqqulovlar bir chekkada qolib ketishgan. Shunga ishora qilib, banketda raislik qilayotgan Abdusalom Umarov hazil yo'sinida tanbeh bergan:

- Keyingi gal bu xatoni tuzating - to'n to'rtta bo'lsin!

Sodiq shogird

G'aybulla Salomov bir kuni sumkasi bilan maqtanib qoldi.

- Bu - tabarruk sumka. Tilak Jo'ra uni yigirma besh yil ko'targan....

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ha, Tilak Jo'ra G'aybulla Salomovning eng sodiq shogirdi edi.

Mehridaryo

Tilak Jo'rani G'aybulla as-Salom Toshkentda olib qolgan, unga nomzodlik dissertatsiyasi mavzusini bergan, o'zi ilmiy rahbar bo'lgan edi. Lekin uning shoirligi ustunlik qilib, ilmiy ishi cho'zilgandan-cho'ziladi. Buning uchun universitetning Ilmiy kengashida qattiq tanbeh eshitadi. Shunda musofir shahardagi ko'p yillik qiyinchiliklar, uy-joysiz tentirab yurishlar joniga tegib ketgan shoir portlab ketadi:

- He-ye, onangni... Salomov! Agar sen bo'lmaganingda men bu musofir shaharda shunchalik xor bo'lib yurmasmidim!..

ertasi kuni G'aybulla akani Tilak Jo'ra bilan apoq-chapoq o'tirganini ko'rganlar hayron bo'lib so'rashibdi:

- Axir, u kecha sizning yetti pushtingizni obod qildi, siz bo'lsa...

- Ha, endi, shoirdan ham xafa bo'ladimi kishi. Kecha jahli chiqqanda bir so'kinib, hovuridan tushdi-da. Ammo-lekin o'zi yaxshi yigit.

Navoiyga muhabbat Bugungi kunda o'zlari ham ustoz olimlarga aylangan Sultonmurod Olim va Zuhriddin Isomiddinovlarning maroq bilan xotirlashlaricha, G'aybulla Salomov "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanidan maxsus kurs o'tganida "har bir talabadan "Navoiy asarlari lug'ati"ni olib kelishni talab qilgan va ustoz ular bilan birgalikda Navoiy asarlaridan namunalarni, xususan, "Farhod va Shirin"ni uning hozirgi o'zbekcha tabdili, ruscha, ozarbayjoncha, tojikcha tarjimalari bilan satrma-satr solishtirib chiqishgan". Shu tariqa u kishi o'z shogirdlarida buyuk Navoiyga muhabbat va ixlos uyg'otganlar. Bu xayrli ish o'z samarasini berib, aytaylik, Sultonmurod Olim "Farhod va Shirin"ning birvarakayiga rus, tojik va ozarbayjon tillariga tarjimasini qiyosiy o'rganib nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan bo'lsa, u kishining shogirdi Akmal Abdullajonov dostonning nemischa tarjimasini tadqiq etdi. Kamina esa navoiyshunos bo'lib yetishdi.

Ham tarjimashunos, ham navoiyshunos Bir umr Alisher Navoiy asarlarining turli tillarga tarjimalari va hozirgi o'zbek tiliga tabdillarini kuzatib, ularni tahlil qilib, zarur tavsiya va ko'rsatmalar berib borgan, bularning barchasiga bitta o'zining ulgurmasligini bilib, ulug' shoir asarlari tarjimalarini shogirdlariga alohida-alohida mavzu qilib bergan G'aybulla Salomov tarjimashunosgina emas, ayni paytda navoiyshunos hamdir. Birgina farqi: ustoz Navoiy asarlari tarjima va tabdillari ustida olib borgan tadqiqotlari orqali o'zbek navoiyshunosligiga katta hissa qo'shganlar. Navoiyshunoslar bu bahoni qabul qilmay qitmirlik qilishsa, tarjimashunos-navoiyshunos deyish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.