SALOMOV SABOQLARI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-18-23
filol. f.n. Zuhriddin iSOMIDDINOV,
Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 93 520 72 53;
E-mail: [email protected]
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tarjimashunosligi maktabi asoschisi professor G'aybulla Salomovning ilmiy-amaliy faoliyati misolida ochib berilgan. Olimning o'zbek tarjimashunosligi sohasiga qo 'shgan ulkan hissasiga alohida urg'u beriladi.
Kalit so'zlar: badiiy tarjima, o'zbek tarjimashunoslik maktabi, "Til va tarjima " monografiyasi.
Аннотация: Обсуждается на примере научно-практической деятельности профессора Гайбуллы Саломова, основоположника узбекской школы перевода. Особый акцент делается на большом вкладе ученого в область узбекского переводоведения.
Ключевые слова: художественный перевод, переводоведческая школа, монография "Тил ва таржима" («Язык и перевод»).
Abstract: The role and practical activities of Professor Gaibulla Salomov, the founder of the Uzbek school of translation. Particular emphasis is placed on the great contribution of the scientist to the field of Uzbek translation studies.
Key words: literary translation, Uzbek school of translation, monograph "Til va tarjima " ("Language and translation ").
G'aybulla Salomov domla haqida so'zlasang, bir muddat gapni nimadan boshlashni bila olmay qolasan kishi. Ko'z oldingga bu unutilmas ustozning nurli siymosi keladi, uning dilkusho suhbatlari, har bir shogirdiga ota kabi mehribonligi yodingga tushadi-da... o'sha damlarni eslab, domlani qo'msab qolasan, kishi.
Kaftdekkina hovlisida joy torligidan darvozaxona ustidagi yozda dim va issiq, qishda esa ko'chadagidan ham sovuq "ijodxona"da - yupqagina devorli, isitilmaydigan, baayni qush uyasi kabi bu maskanda saratonda terlab-pishib, qahratonda esa oyog'ida piyma, egnida qalin paxtalik chopon, boshidagi telpakdan ham sovuq o'tib, titrab-junjikib bo'lsa ham betinim yozuv mashinkasini chiqillatib o'tirib mehnat qilishlari, bu zahmat- yil-o'n ikki oy har kuni davom etishi, boshqalar shinam
"kabinet"larda o'tirib ham yoza olmaydigan yuzlab maqolayu esselar, o'nlab kitoblar shu yerda dunyoga kelib, hayotga uchirma bo'lganlari esa hamon yodimizda.
G'aybulla Salomov domla oramizdan ketgan chog'ida uncha bilinmagan ekan. Ammo oradan yillar o'ta bergach... ayon bo'lyaptiki, u kishi bilan birga butun bir davr ham tarix mulkiga aylangan ekan, domlaning o'zi millatimiz ma'rifati tarixida "O'zbek tarjimashunosligi" degan yangi bir ilm-fan sohasiga asos solgan, uni rivojlantirgan, haddi a'losiga chiqargan va... afsuski, davr taloto'pi epkinlarida o'zi bino qilib, tarhini tuzgan va tiklagan shu go'zal imoratning nuray boshlaganiga, yiqilayozganiga ham guvoh bo'lib, buning iztiroblarini-da - boshqa dardu alamlari kamday - jindekkina jussasiga sig'dirgan ko'yi yashab o'tgan ekan.
Darhaqiqat, ma'rifat rivoj topgan chog'da millat yuksaladi, madaniyat, ilm-fan, san'at barq uradi. Yigirmanchi asr (ayniqsa, uning dastlabki uch choragi)ni o'zbek turmushining ma'rifat asri bo'lgan edi, desak yanglishmasmiz. Aynan ana shu davrda ona tilimizga o'nlab tillardan shu qadar ko'p asarlar o'girildiki, undan avvalgi qariyb o'n asr davomida tarjima qilingan barcha asarlarni to'plasangiz, bu tog'ning oldidagi bir tepacha ham kelmaydi. Shuning uchun ham tarjima ilmining yuzaga kelishi uchun barcha negizlar bor edi va G'aybulla Salomov domla filologiya fanida tarjimashunoslik tarmog'ini yuzaga keltirishga umrini bag'ishladi.
G'aybulla Salomovga qadar ham Eleonora Aznaurova, Jumaniyoz Sharipov singari tarjima sohasida dissertatsiya yoqlab fan doktori bo'lgan olimlar bor edi. Bir qarashda, tarjimashunoslik ilmining muzyorar ke-malari deb ularni aytish lozimday ko'rinadi. Biroq ularning asosiy il miy faoliyati tarjima sohasida dissertatsiya yoqlab, fan doktori darajasini olish bilan o'z poyoniga yetgan, bu ulkan jarayon (har bir mamlakatda bosilib chiqayotgan badiiy nashrlarning qariyb yarmi - tarjima asarlari)ning boshqa muammolarini atroflicha tadqiq etish maqsadi bo'lmagan.
G'aybulla Salomov domla tarjimani ilmiy o'rganishni kengaytirish maqsadida ToshDU (hozirgi Milliy universitet)da birinchi bo'lib "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasini ochdi, unga Najmiddin Komilov, Tilak Jo'ra, Hamidulla Karomatov, Mahfirat opa Shoinoyatova, Lola
Karimova singari fidoyi tadqiqotchilarni jalb etdi. Bu mo'jaz kafedra tevaragida esa bugungi o'zbek tarjima ilmining deyarli barcha vakillari uyushgan edilar. Yo'q, shugina emas, ta'bir joiz bo'lsa, talabaligi o'tgan asrning yetmishinchi-saksoninchi yillariga to'g'ri kelgan, hozirgi atoqli o'zbek shoir-yozuvchilari va mutarjimlarini ustoz G'aybulla as-Salomning huv o'sha, muzdek boloxonasida maqola yozish chog'ida kiyib o'tiradigan qalin paxtalik choponi ostidan chiqqan, deb aytsak bo'ladi. Hatto Abdulla Oripov ham bir davrada, biz tarjima qilar chog'imiz, bunga G'aybulla akaning nazari tushadi-ku, deya istihola qilib, shuni hisobga olib qalam tebratamiz, deb aytgani yodimda bor.
Munday olib qaraganda, har bir odam - sirdon. O'zgalarning sirlariga oshno bo'ladi, kuchli va ojiz tomonlarini ko'radi, ammo ichida saqlaydi, oshkor qilavermaydi. O'z hayotida domla ham talay odamlar bilan ro'para kelgan, ular bilan munosabatga kirishgan, har biri haqida shax siy fikri bo'lgan albatta, ammo bularning ko'pini hech kimga oshkor qilmay o'zi bilan olib ham ketish uchun ham... zo'r iroda kerak ekan shekilli.
Toshkentga kelib yangi ish boshlaganida juda yosh edi. Kuch-g'ayrati ichiga sig'masdi. Tarjima ilmining lingvistik yo'nalishida sohasida ishlagan, bu sohada kitoblar chiqargan bo'lsa-da ("Maqol, matal va idiomalar tarjimasi", "Til va tarjima" monografiyalarini eslang), o'zbek ilm-fanida mutlaqo yangi soha bo'lgan milliy ensiklopediya yaratishga jalb etildi va bunga boshi bilan sho'ng'ib ketdi. Tabiatan ilm-fanning turli sohalariga qobiliyatli bunday olimning jamoaga qo'shilishi uzukka ko'z qo'yganday bo'ldi. G'aybulla Salomov tezda nazarga tushib, bosh muharrir, akademik Ibrohim Mo'minovning o'ng qo'l vaziri - birinchi muovinga aylandi, akademiya vitse-prezidenti bo'lgan allomani ko'p tashvishlardan ozod etib, birinchi o'zbek qomusining ilmiy prinsiplarini ishlab chiqishdan tortib, kadrlar topib ishga olishga qadar barcha yumushlar bilan shug'ullandi. Albatta, ko'p vaqt o'tmasdan, ichiqora kimsalar Ibrohim Mo'minov bilan uning orasini sovutishga urinib... bunga muvaffaq ham bo'lishgan. Mavqei juda baland I.Mo'minovning yaqinlari bu "o'zboshimcha" yigitni nafaqat ensiklopediya, balki akademiyadan ham ixroj etilishiga erishadilar. Oqibat, birinchi o'zbek ensiklopediyasi ishida boshboshdoqlik yuzaga keladi, ilmiy prinsiplar
R.
om
buziladi, o'n to'rt jildlik kitob tahririy va poligrafik jihatdan qusurlarga serob bo'lib chop etiladi.
Yosh olim Samarqandga qaytadi, ammo bu qaytish esa uning hayo-tida baayni bir hijrat kabi rol o'ynaydi - u Samarqandgagina emas, tar-jima ilmiga ham qaytgan edi. Darhaqiqat, ko'p fursat o'tmay, Toshkent davlat universitetining dotsenti sifatida ish boshladi, jurnalistika fakulteti tarkibida zikr etilgan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasini ochdi.
Domla keyinchalik qancha esdalik va xotiralar yozib chiqqan bo'lma-sin, boyagi voqealarning tafsilotlarini bitarkan, kimlarnidir aybdor qilib noligani, qoralaganini ko'rmadik. Chunki ustozimiz... sirdon odam edi. Jumladan, Ibrohim Mo'minovni doim ehtirom bilan tilga olar, e'zozlardi.
Bu o'rinda domlaning "Maqol, matal va idiomalar tarjimasi", "Til va tarjima", "Ey, umri aziz", "Tarjima nazariyasiga kirish", "Tarjima tarixi", "Tarjima nazariyasi asoslari", "Tarjima tashvishlari", "Ezgulikka chog'lan, odamzod!", «Armon», «Vahiydan kelar bir sado», «Tolibnoma», «Halollik bozorda sotilmaydi» kabi o'nlab kitoblarini tavsiflash shart emas; bular ahli ilm va ahli ta'b orasida juda mashhur.
Domla juda katta ilmiy va ijodiy potensialga ega edi. Ammo taqdir u kishining boshiga ko'p va xo'p sinovlar soldi. Tuya qancha katta bo'lsa, yag'iri ham shuncha, deganlariday, iste'dodi qancha katta bo'lsa, sodda-do'lvorligi ham shundan kam emasdi. Halollik va prinsipiallik u kishining hayotiy a'moli edi. Birov eshitsa, bovar qilmaydigan bir misol aytay: G'aybulla Salomov dorilfununda qancha yillar ishlagan bo'lsa, biron yil ham qabul imtihonlariga qatnashgan emas - bundan or qilar, har yili bosh tortar edi. Turgan gapki, shuning o'ziyoq bu "non yemas" olimga qarshi kimsalarni ko'paytirdi.
Domlaning ko'zlagani esa bo'lak edi. "Kaminaning avval boshdan maqsadi, - deb yozadi olim, - Qomus yo'rig'ida, shovqin-suronsiz, «indamasdan» o'lkamiz tarixini chuqur o'rganish, milliy madaniyatimiz manbalarining ko'zini ochish, o'tmish bilan hozirgi avlod o'rtasida hosil qilingan o'pqonni bartaraf etish, ona tilimiz atrofida qad ko'targan «xitoy devorlarini» olib tashlash, katta lug'at madaniyati barpo qilishga erishishdan iboratedi..."
Ä- R.
ob
Buning uchun bizga katta allomalar, ulug' zotlardan kamida ellik-olt-mish nafarining boshlarini qovushtirish lozim edi. Afsuski, oqim butunlay boshqayoqqa qarab ketdi... Bu men uchun buyuk armon bo'lib qoldi".
Buyuk armon... Qarang, armonning ham buyugi bo'larkan! Orzu-umidlar, hayotdan ko'zlangan maqsadlar ham shunga yarasha buyuk edi-da. Biroq bu niyatlar to'la ijobat topmadi.
"Shunday bo'lib chiqdiki, men umr bo 'yi, o 'zimni o'zimning hayotda-gi munosib o 'rnimdan mahrum etib kelgan ayrim noinsof, olchoq odam-larga, xohlabmi-xohlamaymi... ko'maklashdim. Odamlar esa judayam xilma-xil. Yovuzlar, tovlamachilar, firibgarlar, yaltoqlar, laqmalar, birovlarning hisobiga to'ra bo'lib yurganlar, nonko'rlar, ko'ra-bila xaloyiqni aldab, uning qarg'ishiga duchor bo'layotgan amalparastlar, ma 'naviy va axloqiy buzuq kimsalar har qadamda uchraydi. Biroq halol, pokiza, insof-diyonatli, olijanob insonlar har qalay ko 'proq deb o'ylayman. Ular hammavaqt el-yurtning nazarida va hisob-kitobida turadi... "
Bu gaplarni domla "Men suv ichgan daryolar" kitobida bitgan. E'tibor qilsak, yaxshilarning bisyorligiga ishonch, shunga ilinj sezilib turadi. Domlamiz ana shunaqa nekbin mardum, hazrati inson edi.
O'tgan asrning to'qsoninchi yillari boshida bir rahbar u kishidan, hamma kitoblaringizni chop etaylik, necha jild chiqarkin? - deb so'raga-nida, domla bir lahza ham ikkilanmay, o'ttiz jild, deb javob bergan, ammo avval yozganlarini qayta nashr ettirmay, yangi o'ttiz jildlikning dast-labkilarini yozishga tushgan edi. Bunga u kishida yetarli baza - ilm va imkoniyat bor edi, ammo ne choraki, vaqt kamlik qildi, bu oila boshiga tushgan mudhish fojialar esa ustozni bir necha yil ichida nuratdi-qo'ydi.
Yaqinda ustoz G'aybulla Salomovning 90 yilligi nishonlanadi. Bu qutlug' sanaga atab olimning "Tanlangan asarlar"i nashrdan chiqishi ku-tilyapti. Bu kitobga, tabiiyki, domlaning barcha yozganlarini joylash-tirishning iloji yo'q. Shuning uchun ham ayrim asarlaridan u yoki bu parchalarni tavakkaliga "kesib" kiritishga jazm etdik. Bilasiz, tasviriy san'atda "mozaika" usuli bor, aytaylik, shisha yoki koshin siniqlari shunday teriladiki, kishi undan tugal rasmga qaraganda ham ko'proq maroq oladi. Zora, bu nashr ana shunday mozaika vazifasini o'tasa. Alohida kitob va monografiyalarga kelsak, tarjima ishi yana jonlanayotgan hozirgi
kunlarda domla bitgan ilmiy asarlarga yana ehtiyoj pay do bo'ldi, shuning uchun endilikda ularning har birini alohida kitob qilib chop etish niyatimiz bor, ayrimlari esa nashrdan chiqyapti ham.
Kitob so'nggida domlaning she'rlaridan ba'zi namunalarni ham kiritdik; ular muallifning dil tubidan favvora kabi toshib chiqqan faryodlari ekani domlani tanigan-bilgan, hayot yo'lidan xabardor odamlarga yaxshi ma'lum.