Научная статья на тему 'MARG‘ILONIYLAR OILASINING FIQH ILMIGA QO‘SHGAN HISSALARI'

MARG‘ILONIYLAR OILASINING FIQH ILMIGA QO‘SHGAN HISSALARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
428
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fiqh / islom huquqshunosligi / Marg‘ilon / Umar Marg‘iloniy / Burhoniddin Marg‘iloniy / usul al-fiqh / “Hidoya” / atama / isteloh.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Isoqjonov Muhammadibrohim

Ushbu maqolada asosan fiqh faniga Farg‘ona vodiysidan bo‘lgan olim Burhoniddin Marg‘iloniy va uning avlodlari haqida yoritiladi. Bu sulola bir necha asrlar davomida ilmiy jihatdan juda ham muhim o‘rin egallab kelgani va bu jarayonlar davomida o‘zlari yozgan kitoblar hamda ilmiy yangiliklar bilan fan rivojiga qo‘shgan hissalari yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARG‘ILONIYLAR OILASINING FIQH ILMIGA QO‘SHGAN HISSALARI»

JffiTALQINVA

\-/TADQIQOTLAR No4 2022

ilmiy-uslubiy jum&H

J" JlJ J's

IVfARn'TT OlVTVT AR OTT A«TlVTIVri FTOTT TT TVfmA nO'STmATV TTT««AT ART

MARG'ILONIYLAR OILASINING FIQH ILMIGA QO'SHGAN HISSALARI

#

>

Isoqjonov Muhammadibrohim

O'zbekiston xalqaro Islom akademiyasi magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7257298

Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan fiqh faniga Farg'ona vodiysidan bo'lgan olim Burhoniddin Marg'iloniy va uning avlodlari haqida yoritiladi. Bu sulola bir necha asrlar davomida ilmiy jihatdan juda ham muhim o'rin egallab kelgani va bu jarayonlar davomida o'zlari yozgan kitoblar hamda ilmiy yangiliklar bilan fan rivojiga qo'shgan hissalari yoritiladi.

Kalit so'zlar: fiqh, islom huquqshunosligi, Marg'ilon, Umar Marg'iloniy, Burhoniddin Marg'iloniy, usul al-fiqh, "Hidoya", atama, isteloh.

Movaraunnahr fiqh maktabi tarixida Burhoniddin al-Marg'iloniy va uning

mnAnmrininrr r\ ' m 1 m/in Vnln ni nr\Kl o n n rl 1 T Ti or fin ni* r mil aIo Krv'1 iK onn 1/1 I nm K nn^nn

avlodlarining o'rni juda kata hisoblanadi. Ular fiqhiy sulola bo'lib shakllanib, ancha

>

*

yillar davomida Movaraunnahr huquqiy fonida katta e'tiborga loyiq ishlar bilan mashhur bo'lib kelganlar. Sulolaning asosiy tilga olinadigan vakili Burhoniddin al-Marg'iloniy hisoblanib, olimning asl ismi Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil al-

m?

Farg'oniy al-Marg'iloniy sanaladi. Alloma haqida boshqa ulamolar faqih, hofiz, mufassir, hamma ilmlarni puxta o'zlashtirgan olim, zohid, shoir odob va ilmda unga o'xshashini ko'zlar ko'rmagan hamda nozik masalalarda ham uning qo'li uzin va ko'plab mashhur imomlar qo'lida ilm olgan, deya ta'riflaydilar8.

Tadqiqotlarga ko'ra, olimning tug'ilgan yili haqida aniq ma'lumotlar keltirilmagan. Bu boradagi ilmiy izlanishlar tadqiqotchilarni uch toifaga bo'linishiga olib kelgan. Ba'zi ulamolar Burhoniddim al-Marg'iloniyning tug'ilishini hijriy 511-yilda bo'lgan desalar, boshqa bir ulamolar hijriy 530-yil, milodiy 1135-yilga to'g'ri kelishini ta'kidlaganlar. Boshqa bir tur ulamolar, ya'ni Umar Rizo Kahola kabilar esa bu narsada hech bir so'z aytmaganlar9. Bundan kelib chiqadiki, olimning tug'ilgan yili borasida aniq faktlarni toppish qiyin. Lekin manbalarning aksari allomaning 511-yili tug'ilganini ta'kidlaydi. Bu haqida Abdulhay Laknaviy shunday yozadi: "Hijriy 511-yil rajab oyida dushanba kuni asr namozidan so'ng tug'ilgan"10.

Burhoniddin al-Marg'iloniyga berilgan nisbat borasida ham tadqiqotchilar so'z yuritib, u kishini ba'zilari al-Farg'oniy deb keltirsa, boshqa tadqiqotchilar al-

Rishtoniy deya tilga olganlar. Yana boshqa manbalarda al-Marg'iloniy shaklida ma'lumotlar beriladi. Bu nisbatlarning har birining olim uchun o'z ahamyati mavjud sanaladi. Rishtoniy nisbasining Marg'iloniy nisbasidan oldin bo'lishining sababi

;;><> q >4*

8-

8 Favaidul bahiyya. (141-bet).

9nTarikh fiqh me Hidoya ur sohibi hidoya ka maqam 11-14-betlar.

10 Favaidul bahiyya. (141-bet).

am>

105

ífe* ^ *5>

JffiTALQINVA M.^;

\-#TADOIQOTLAR Nod 2022

№4 2022

ilmly-uslubty juniali

miiif-iwuuif juman

1 ]JML J S

allomaning Rishtonda tug'ilgani bo'lsa, ikkinchi tomondan esa o'rta asrlarda Rishton

_ _

Marg'ilondan katta shahar bo'lgan. Shuning uchun ham Rishton Marg'ilondan oldin

11

qayd etilgan. Nasablari ko'pincha ana shunday zikr qilinadi . Lekin ayrim manbalarda olim Rishtonda emas, balki Marg'ilonda tug'ilgani ham zikr qilingan. "Olim Marg'ilonda tug'ilganlar. Marg'ilon Movaraunnahr hududidagi viloyat bo'lmish Farg'onadagi shaharlardan biri hisoblanadi. Farg'ona voidysida bir daryo oqib o'tgan bo'lib, uning nomi Sayhun deb nomlanar va ushbu shahar daryoning sharq tarafida joylashgan edi"12. Lekin boshqa bir tadqiqotlarga suyanilsa, yuqorida

---— — • — ——I'M——

zikr qilingan shaharlarning hammasi olimga bir jihatdan aloqasi borligini ko'rsatadi.

Alloma Rishtonda tug'ilgan hamda 13 yoshiga yetganda esa Marg'ilonga ko'chib o'tadi va o'sha yerda hidoya asarining birinchi juzini yozadi lekin asosiy qismini Samarqandda yozib tugatadi13. Olimning nasabi Abu Bakr (r.a)ga borib yetadi.

Otalari Abu Bakr ibn Abduljalil o'z davrining taniqli faqihlaridan biri edi.

-

Alloma dastlab o'z otalari qo'lida ta'lim oladilar, keyin Roshidon, Marg'ilon, Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlardagi bir qator madrasalarda, xususan Marg'ilondagi Pur Siddiq madrasasida o'n uch yil istiqomat qilib ta'lim oladilar va "Hidoya" asarining birinchi nismini aynan shii miiborak manzilda turgan kezlari

"Hidoya" asarining birinchi qismini aynan shu muborak manzilda turgan kezlari yozganlar. Bundan Marg'ilon o'sha davrda Movarounnahrda ilm va madaniyat markazlaridan biri ekani ma'lum bo'ladi14.

Alloma juda ko'plab ilmlarda peshqadam kishilardan sanalgan. U haqida Alloma Jamoliddin ibn Abdulmalikning ta'kidlashicha, hidoya sohibi 8 ta ilimni juda yaxshi bilgan15. Ammo taboqot kitoblarining aksarida olim haqida berilayotgan ma'lumotlarda deyarli barcha shar'iy ilmlarda uning mukammal o'zlashtirgan

kishilardan bo'lgani ta'kidlangan. Olimning bir ilmga cheklanib, nomi o'sha ilmning

kishilaidan uo lgani ta kidlangan. Olimmng uii ilmga cheklaniu, nomi o sha mmimg o'zi bilangina bog'lanishiga "Hidoya" asarining juda ham katta shuhratga erishgani sababidan deb hisoblanadi. Bu asar ulamolar va oddiy xalq orasida shunchalar tanilib ketdiki, Burhoniddin al-Marg'iloniyning nomi aksar o'rinlarda fiqh ilmi bilangina bog'lanadigan bo'ldi. Bunga yana bir misol tariqasida yana bir holatni ko'rish mumkin: toboqot janirida yozilgan asarlarning ko'pida olimning o'g'llari yoki nabiralaridan birini zikr qilishda "hidoya sohibining o'g'li" yoki "hidoya sohibining nabirasi" deb zikr etib o'tiladi.

Olim fiqh fanidan boshqa fanlarda ham saviyasi yuqori bo'lganligiga yana bir dalil shuki, muhaddis imom at-Termiziyning "Al-jome'"sini Shayxul Islom

Ziyouddin Abu Muhammad Soid ibn As'addan silsilaviy olgan16. _

-

11 Hidoya. Adolat nashriyoti. Toshkent. 2000-yil. 4-bet.

12 Tarikh fiqh

me Hidoya ur sohibi hidoya ka maqam 11-14-betlar

13 https://ar.wikipedia.org/wiki/ va hidoya.

14 Marg'ilon allomalari. Rahmatulloh Fayzullayev va Nodirjon Abdulahatov. 22-bet. Toshkent 2014.

15 (Javohir ul-Mudiyya 2/628).

16 (Javohir ul-Mudiyya 2/628).

---W- ^ >

¡J

' 1 J E" I -

Burhoniddin Marg'inoniy Samarqandda buyuk allomalar Najmiddin Abu Hafs

_

Umar ibn Muhammad an-Nasafiy, shuningdek, Abul Lays Samarqandiy huzurida ta'lim oladilar va o'sha yerda hijriy 573 yil zul-qa'da oyining 4-kuni (milodiy 117B yilning aprel oyida) Hidoya asarini yozishni tugatganlar.

544/1149-yilda muborak haj safariga boradilar. Allomaning haj safariga borishlari bir tomondan ibodat maqsadida bo'lsa, ikkinchi asosiy maqsad o'z ilm va bilimlarini oshirish niyati edi. Hajdan qaytib kelayotib Marg'inoniy Marv shahrida

Ж . ,

to'xtaydilar va u yerlik allomalardan ham tahsil oladilar. Ular orasida Muhammad ibn

J J

al-Husayn ibn Nasr ibn Abdulaziz Ziyouddin al-Bandinijiy ham bo'lib alloma u zot huzurida hadis tinglaydilar. So'ngra Balxga kelib bu yerda buyuk olim Abu Shujo' Umar ibn Muhammad al-Bistomiy huzurida u zotga tegishli barcha asarlardan dars oladilar.

Uzoq davom etgan riyozat va izlanishlar natijasida Burhoniddin Marg'inoniy hazratlariga "Burhoniddin" ("Islom dinining yorqin hujjati") degan yuksak unvon

Kanl nrli тго ппт m n 1 n rr ппппт1\г mmnnm Кгч'хплпп 1лтт1л rnm ni nornionmo

beriladi va o'z davrining hanafiy mazhabi bo'yicha buyuk faqihi darajasiga

ko'tariladilar. Tahsil yillari tugab Burhoniddin Marg'inoniy yetuk faqih sifatida Samarqandga qaytib keladilar va bu yerda shayx ul-islom mansabiga tayinlanadilar. Burhoniddin al-Marg'iloniy o'z davrining yetuk ulamolaridan dars oladi. Ular

orasida eng birinchi navbatda aqida ilmi borasida mashhur "Aqoid an -Nasafiya" asari muallifi Najmiddin Abu Hafs Muhammad ibn Ahmad an-Nasafiy manbalarda ta'kidlanadi.

Shuningdek, "Qozixon fatvosi" kitobining muallifi Faxriddin Abul Mafoxir

Посол iVvn ДДопспг П'7(гс1пНиг Çr»HriieVi eViaViiH cnmiHHin TTmar iVvn Д V\Hn1 a^i ? iVvn

Hasan ibn Mansur O'zgandiy, Sodrush shahid Hisomiddin Umar ibn Abdulaziz ibn Umar ibn Ali al-Poykandi, Abdurazzoq ibn Nasr ibn Ja'far ibn Sulaymon al-

Pi 1

A /Tnrrv' 11 r\ni\ r OoT7Amirlrlm A 1л m o r\ iKn A Krlnrnrki^ T Ttnor 1 Kn A /Т i 11л о m m о rl A 1л m о r\ л Kn

Marg'iloniy, Qavomiddin Ahmad ibn Abdurashid Umar ibn Muhammad Ahmad ibn Abdulloh ibn Ziyoislom Abu Shujjo' al-Bayomi, Ahmad ibn Abdulaziz Ziyouddin Muhammad ibn Husayn al-Bandiyji kabilarni ko'rishimiz mumkin17.

Olim fiqhga oid o'nlab asarlar ta'lif etgan bo'lib, ulardan bizga oltitasi yetib ■m

J - ' N. I I /

kelgan. Allomaning bizga ma'lum bo'lgan asarlarini ko'p tadqiqotlarda sanab o'tiladi. "Hidoya", "Bidoya", "Kifoyatul muntahiy", "Tajnis", "Mazid", Mansik ul-haj", "Majmaun navozil", "Faroiz"18 kabilar shular jumlasidandir. Ba'zi tadqiqotlarda bu kitoblarning nomlari boshqacha nom bilan ham tilga olinadi. "Majmaun navozil" kitobini Qutlu Bug'a va boshqa ba'zi tadqiqotchilar "Muxtarotun navozil" deb keltiradilar. Ba'zi tadqiqotchilar esa ikkovini ham qo'shib, "Muxtarot majmaun

Ж

navozil", deya yozadilar.

Faroiz kitobini olimning o'zi "Faroz ul-Usmoniy deya nomlagan. Bu kitob aslida meros masalasida bo'lib, shayx Usmoniy degan olim yozganlar. U kishi fiqh

! s£r¡ J>

Hidoya, B-bet. 18 Toj ut-tarojim. 2007-bet.

SW"à J S1 ^SlT

_____

107

is* » J

ilmida juda mohir sanalganlar. Lekin bu kitobni olimning o'zi yakunlay olmay

qolgan. Davomini esa Burhoniddin al-Marg'iloniy yakunlab, o'sha olimning fazilati

1 Q

va jalolati sababidan "Faroiz al-Usmaniyya" deya atagan .

Olirrmincr havnti vn'li л/я iinrlirtan viilnca nilib ялгЫНктяп Ьп'Кяк îmina Tclnm

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

«4 J>

Olimning hayoti yo'li va ijodidan xulosa qilib aytadigan bo'lsak, uning Islom

m.)

ilmlari, xususan, fiqh fanining rivojiga qo'shgan hissasi juda ham ulkan hisoblanadi. Bu borada hamma tadqiqotchilar yakdil fikrdalar. Allomaning bu mehnatlarining asosi kitob ta'lif qilishga borib taqaladi. Shuning bilan birgalikda uning avlodlari ham

! Ш-

shar'iy ilmlarda, aniqroq qilib aytganda fiqh ilmida uzoq yillar davomida ko'plab foydali ishlar qilganlar. Bu mehnat ko'plab qirralarda amalga oshirilgan. Tadqiqotlarga batafsil yondashadigan bo'linsa, bu sulola vakillarining biri o'z yurtining qozisi bo'lgani, yana boshqasi, kitob ta'lif qilgani, yana biri mudarrislik qilib o'zlarini ko'rsatgani ayon bo'ladi.

Burhoniddin Marg'inoniyning o'zlari kabi fiqh ilmida faoliyat olib borgan uch

o'g'illari borligi aytilib, ularning ismlari quyidagicha zikr qilinadi:

o g illari borligi ularning ismlari quyidagicha zikr qilinadi.

1. Imoduddin ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Marg'inoniy.

2. Nizomiddin Umar ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Marg'inoniy.

3. Jaloliddin Muhammad ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil al-Marg'inoniy. Burhoniddin Marg'inoniyning o'g'illari ham fiqh ilmini otalaridan o'rganganlar

va bu borada fatvo chiqaradigan darajaga etganlar20.

Imoduddin ibn Ali ibn Abu Bakr ibn Abdujalil al-Farg'oniy bo'lib, otalari Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil hidoya asari muallifi hisoblanadilar. "Fusul al-Imodiyya" asari muallifining otasi sanaladi. Olim otasi va qozi Ali Zahiriddin al -Buxoriyning qo'lida faqih darajasiga yetadi hamda ikki inilari kabi fatvoda gapi olinadigan kishilardan bo'lib yetishadi. Allomaning "Qozining odobi" nomlangan kitobi W1.

Olim shayxul Islom Umar Nizomiddin al-Farg'oniy bo'lib, "Hidoya" asarining muallifi bo'lmish Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil o'gillari hisoblanadilar. U kishi ham akalari Jaloliddin Muhammad singari otalarining qo'llarida faqih bo'lib yetishadilar hamda fatvo borasida ishonchli kishilardan biridek maqomga yetadilar. Alloma "Javohir ul-fiqh", "Favoid" va shu kabi asarlar muallifi sanaladilar22.

j

m?

» !>

Kunyalari Abu Hafs bo'lgan. 600-yildan so'ng vafot etgan23. U kishining bitta inilari bo'lgani qayd etilgan lekin ikkita ekanligi mo'tabar toboqot kitoblarida zikr qilinmagan24. Bu ma'lumot tarixiy, qadim kitoblarga tayanib keltirilgan. Lekin

zamonaviy tadqiqotlarda va boshqa manbalarda olimning yana bitta, jami uchta o'g'li _

-

19 Tarikh fiqh me Hidoya ur sohibi hidoya ka maqam 19-bet.

20 Marg'ilon allomalari. Toshkent 2014. 22-bet.

21 Favoidul bahiyya, 146-147.

22 Favoidul bahiyya, 149-bet.

23 (Javohir ul-mudiyya, 2/657-bet).

24 (Berlin Regia kutubxonasi. Toboqotus saniyya 9/14 qo'lyozma).

---M- ^ >

*

i Js * iJ

' 1 -Íp^- J M 1

bo'lganligi va ular hammalari faqih bo'lganligi qayd etilgan. Allomaning ana shu

o'g'illarining ismi Muhammad ibn Burhoniddin sanalgan.

Muhammad ibn Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Abul Fath

Jaloliddin al-Farg'oniy. Olim otasining bag'rida o'sib, ilm va odobdan namuna bo'la

№1

oladigan darajaga yetdi. Otasining qo'lida fiqh ilmini mukammal o'rganib, asrining mo'tabar faqihlaridan bo'lib yetishdi25. Laqablari Imoduddin bo'lgan26.

Bundan tashqari allomaning nabiralari va ulardan keying avlodlari ham fiqh fani va butun shafiy ilmla- boгasida peshqadamlaгdan hisoblanganlaг. Istiqomat qilib turgan yurtlarida biror bir yangi masala chiqadigan bo'lsa, marg'iloniylar sulolasining o'sha zamonda ilmda peshqadam bo'lib turgan vakiliga murojaat qilingan. Ana shunday kishilardan biri Abdurahim Abulfath Zayniddin ibn Abu Bakr h^Wanganlan. Abdurahim Abulfath haqida "Favoid al-bahiyya" kitobida Abdulhay

Ш

Laknaviy shunday zikr qilib tilga oladilar:

"Abdurahim Abulfath Zayniddin ibn Abu Ba.^ Imodiddin. Olim "Hidoya"

'Abdurahim Abulfath Zayniddin ibn Abu Bafa Imodiddin. Olim "Hidoya" sohibi bo'lmish Burhoniddin al-Marg'iloniyning o'g'illari Imoduddinning o'g'li hisoblanadi. Alloma "Fusulul Imodiya" asarini ta'lif qilgan. Otasi va mashhrn- olim, "Fusul al-Ustuгishoniy" asaгining muallifi Mujiddin Muhammad al-Usturushoniyning shogirdi Ali Hisomiddin al-Alyabodiylarning qo'lida mohir faqih

bo'lib yetishadi.

Olim "Fusulul imodiyya" asaгini hijгiy 651-yilning Sha'bon oyida Samaгqandda ta'lif qilib tugatadi. Alloma o'zi bu haqida shunday ma'lumot keltirib o'tgan: "Fusulul imodiyyani o'qib chiqib, uning turli hukmlarni o'zida jamlagan va ko'plab foydalarni o'z ichiga olgan kitob bo'lganini angladim". Kitob davomida muallif

bobosini "bobom Buгhoniddin al-Marg'iloniy" deb, Umar al-Marg'iloniyni esa

27

"amakim Nizomiddin" deya keltiгishga odatlangan .

Marg'iloniylar sulolasining yana bir ko'zga ko'ringan ulamolaridan biri Abdulavval ibn Burhoniddin Ali ibn Imodiddin ibn Jaloliddin Muhammad ibn

*<u>

»

Zayniddin Abdurrahim ibn Imodiddin ibn Ali ibn Abu Bakr sanaladi. Bu kishi haqida mo'tabar tarix asaгlaгining aksaгida batafsil ma'lumotlaг keltirib o'tilgan. Shuning o'zidan ham ko'rinib turibdiki, olimning hanafiy fiqhi va Movaraunnahr fiqh

- Ш--

maktabida tutgan o'rni anchagina salmoqli hisoblandi. Olim haqida alloma Abdulhay Laknaviy o'zining "Favoid ul-bahiyya" asarida shunday bayon qilgan:

"Abdulavval ibn Bwhoniddin Ali ibn Imodiddin ibn Jaloliddin Muhammad ibn Zayniddin Abdurrahim ibn Imodiddin ibn Ali ibn Abu Bakr. Olim juda puhta faqih

Ж

hamda muhaddis, mufassir va turli ilmlarni o'zlashtirgan alloma bo'lgan. Jaloliddin

Karloniyning qo'lida faqih bo'lib yetishgan. Undan "Hidoya" asarini eng kata --

25 Favoidul bahiyya, 142.

26 (Javohir ul-Mudiyya 3/277).

27 Favoidul bahiyya, 94-bet.

---M- ^ >

' 1 -ip^- J E" I -

bobosigacha sanadi bilan rivoyatini olgan. Allomaning o'zidan esa Shamsiddin al-

#

Qoriyniy shogird tushib olgan. Unga B14-yili ijoza yozib beradi"28.

Burhoniddin Marg'inoniyning avlodlari haqida gapirganda Fazlulloh ibn

üm:

Abdulvohid ibn Abu Lays Ibn Alouddin ibn Abul Qosim ibn Muhammad ibn

Í#í¡ J

>

Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Muhamad ibn Muhammad ibn Mahmud ibn Abu Lays Nasr as-Samarqandiy al-Laysiy al-hanafiy nomini ham

J H J J J J

keltirish o'rinli.786 hijriy yilda tug'ilib B74 yilda vafot etgan mazkur alloma o'z vaqtida Samarqandning yetuk faqihi bo'lib, onasi Burhoniddin Marg'inoniyning

9Q

avlodlaridan bo'lgan29.

Sulolaning asli ilmiy salohiyati Burhoniddin al-Marg'iloniyning bobolariga borib taqaladi. U kishi ham o'zining avlodlari kabi shar'iy ilmlar, xususan hadis, fiqh kabi ilmlarda zamonasining peshqadamlaridan bo'lgan. Bunga yorqin dalillardan biri shuki, o'sha paytlarning ko'zga ko'ringan ulamolaridan biri Shamsul aimma Saraxsiydan ilm olganlar. Burhoniddin al-Marg'iloniy bobolarini yod etib shunday xotirlaganlari tarix asarlarida keltiriladi:

"Mulla Ali al-Qori Hidoya sohibining bobosini ham zikr qiladi. Uning ta'kidlashicha, bobosining ismi Umar ibn Habib bo'lgan hamda shamsul aimma Saraxsiyning qo'lida faqih bo'lib yetishgan. Hidoya sohibi bobosi haqida shunday zikr qilgan: "Men undan xilofot masalalarini oldim". Yana bir xabarda: "U menga

hadis aytar edi, men yosh edim va u aytgan hadislarni yodlar edim" 30, deya ta'kidlagan.

U kishining vafotlari esa 593.h/1196.m-yilda, zulhijjaning 12-kuni, seshanba kunida vafot etgan. Aksar ulamolar u kishining vafotlari shu kunda bo'lganiga ittifoq

qilganlar. Lekin bu masalada ham ba'zi ulamolar ixtilof qilganlar va 592.h/1195.m-yilda bo'lgan deya bayon qilganlar31. Imom Marg'iloniy Samarqand yaqinidagi bir qabristonga dafn qilinganlar. U yerda uch yuzga yaqin Muhammad ismli ulamolar dafn qilingan.

Marg'iloniylar oilasiga tegishli eng katta ilmiy yodgorlik bu Burhoniddin al-Marg'iloniy ta'lif etgan "Hidoya" asari sanaladi. Muallifning o'zi yoki bu sulolaning nomi qayerda bo'lsada, zikr qilinar ekan, eng birinchi navbatda ilm ahlining ko'z o'ngiga shu kitob keladi. Chunki bu asarning shariat ilmlari, xususan, furu al-fiqh masalalarini usul al-fiqh, balog'at, mantiq va aqliy dalillar bilan mukammal yoritib berilishi ham bu asarning mavqeyini juda ham oshirib yuboradi. Bu manbaning fiqh П31 manbalari orasida muhim deya ta'kidlanishining yana bir sababi uning mazhablar Ж orasidagi va hanafiy mazhabining ichidagi ixtilofli masalalarga aqliy jihatdan beqiyos yechimlar berib ketilganidadir. G'arblik sharqshunos tadqiqotchilar Paula Youngman

-

28 Favoidul bahiyya, 85-bet.

29 Marg'ilon allomalari. Rahmatulloh Fayzullayev va Nodirjon Abdulahatov. 22-bet. Toshkent 2014.

30 Favoidul bahiyya, 141-bet.

31 Tarikh fiqh me Hidoya ur sohibi hidoya ka maqam 11-14-bet.

no

' 1 J M 1

and Rebecca Skresletlar "Hidoya" haqida Hidoya o'z davrining eng avtaritet ishi

#

bo'lgan deb hisoblanadi"32, deya e'tirof qilganlar. Aslida ham shunday bo'lib, ko'pgina sharq olimlari ham bu narsani e'tirof qilganlar. Imom Marg'iloniy yashagan davrdagi ilmiy muhit juda ham rivojlangan bo'lib, ana shu davrdayoq asarning bu darajada yuqori baho berilishi asarning qiymati beqiyos ekanligidan dalolat qiladi.

■m

E'tiborga sazovor bo'lgan yana bir jihat shuki, Hidoya asari fors, ingliz, rus kabi turli tillarga tarjima qilingan.33

Olim "Hidoya" asarini ta'lif qilar ekan, asosiy manba sifatida Qur'oni karim va

~----- —J- —...... — ""-----« ------—

hadisi shariflarga tayanadi. Shu qatorda sahoblar, tobeinlarning ham qavllariga katta ehtimom bildiradi. O'z o'rnida to'rt mazhab ulamolarining ham qarashlarini yoritib,

ular o'rtasidagi ixtiloflarga yechim ham berib o'tadi. Olim ko'proq Abu Hanifaning shogirdlari Abu Yusuf, Muhammad ash-Shayboniy va Zufarlarning asarlaridan ko'p havola keltiradi34.

"Hidoya" asariga turli davrlarda juda ko'plab sharhlar yozilgan. Hoja Xalifa, ibn Qutlubg'o va Abdulhay Laknaviy kabi tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, asarga yozilgan sharhlar soni o'ttiz beshtani tashkil qiladi. Lekin "Hidoya"dan qisqartma nilib olingan "A1-Vinoya" hamda uning ham nisnartmasi "Miixtasar n1-Vinoya"1arga

qilib olingan "Al-Viqoya" hamda uning ham qisqartmasi "Muxtasar ul-Viqoya"larga ham yozlgan sharhlarni qo'shiladigan bo'lsa, "Hidoya"ga taalluqli sharhlar soni elliktadan oshib ketadi. Mana ma'lumotlardan ham ko'rinib turibdiki, imom

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

m.

Marg'iloniyning bu asari fiqh fanida juda katta ahamyatga ega sanaladi.

Marg'iloniylar sulolasi vakillari nafaqat kitob ta'lif qilish bilan balki, o'zlari yashab turgan zamonda qozilik va muftiylik ishlarida ham yetakchi bo'lib, doimo bu masalalar ularga ishonib topshirilgan. Komilxon Kattayev o'zining Samarqand shahrining 2750-yilligiga bag'ishlab yozgan "Samarqandning buyuk allomalari" kitobida shunday to'xtalib o'tadi: "Hazrati Imom Burhoniddin Marg'inoniyningh sharofatlik avlodlari ham o'zlari kabi huquqshunoslik sohasida Benazir bo'lishgan edilar. Movaraunnahr tarixida qancha podsho-yu hukmdorlar kelib-ketishmasin, hammavaqt mamlakat shayxulislomlik mansabiga Burhoniddin Marg'iloniyning avlodlaridan ilmlirog'i tayinlanar edi. Ular mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy va ma'rifiy hayotida katta ro'l o'ynashib, yirik ta'sirlar ko'rsatishgan

»

*

edilar. Jumladan Amir Temur davrida - shayxulislom Abdulmalik; Ulug'bek Mirzo davrida - Shayxulislom Isomuddin; Abu Said Mirzo davrida - shayxulislomlar Mavlono Burhoniddin va Nizomiddin Mas'ud; Bobur Mirzo davrida - shayxulislom

Abulmakorim kabilar faoliyat ko'rsatishgan. Shul tariqa manbalarga qaraganda "Hidoya sohibi bo'lmish Hazrati Burhoniddin Marg'inoniyning avlodlari, sulola

- Й:>; Ы>

я

-

32 The literature of Islam. Paula Youngman and Rebecca Skreslet. American Theological Library Association. 2006. Toronto. Oxford. Lanham,Maryland. 82-bet. Chapter-4.

33 Komiljon Kattayev. Samarqandning buyuk allomalari. 99-bet. Zarafshon, Samarqand. 2007.

34 Hidoya 18-bet.

-T^r^'TTZ^-^ >

i Js * iJ

' 1 -ip^- J E" I -

asoschisining sharofati ila 400 yilga yaqin vaqt mobaynida Movaraunnahrda

#

shayxulislomlik mansabida sarafroz bo'lishgan edi"35.

Marg'iloniylar oilasi tomonidan fiqh ilmiga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan ish bu Um Burhoniddin al-Marg'iloniyning o'g'illari Nizomiddin Umar al-Marg'iloniy qalamiga

m j

mansub "Javohir ul-fiqh" asari hisoblanadi. Bu asar haqida Xoja Xalifa shunday ta'rif keltiradilar: "Bu kitob Nizomiddin ibn Burhoniddin Marg'iloniyga tegishlidir. U kishi hidoya sohibining o'g'lidirlar. Kitob 1-jilddan iboratdir. Kitob: "To'g'ri dinni

< j-

zohir qilgan Zotga hamdlar bo'lsin", deya boshlanadi36. Ma'lumotlarga ko'ra bu asar Armeniya poytaxti Yerevanda saqlanadi37. Bu asar ijtimoiy, ma'naviy, madaniy va huquqiy hamda iqtisodiy masalalarni o'zida qisqa holda yoritib berishi bilan ham ahamyatli sanalib, ulamolart tomonidan e'tirof etilgan. Ushbu kitob bugungi kunimiz uchun ham juda ham dolzarb jihatlarni ochib bera oladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Burhoniddin Marg'iloniy va Mar'giloniylar oilasi musulmonlarga juda katta xizmatlar qilib o' tganlar. Ularning xizmatlaT nafaqat Islom shariatining o'zida bo'ldi, balki ular Movaraunnahrdek katta hududning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, madaniy, xususan, huquqiy hayotida juda katta

!

»

ahamayatga ega sulola bo'lganlar. Ularning eng katta hizmatlari kitob ta'lif qilish

*

ahamayatga ega s—a bo ^^ Ularnin& en& katta hizmatlari ---------- qilish

orqali qo'shilgan bo'lsa-da, lekin bu sulolaning to'rt yuz yil davomida mintaqa hududida shayxulislomlik vazifasida faoliyat olib borganliklari ham mana shu

m.

hududda fiqh fanining rivojiga qo'shgan hissalaridan darak beradi. Bunga yorqin misol qilib "Hidoya" asarini olishimiz mumkin. Bu asar o'sha vaqtning o'zidayoq shunchalik mashhur bo'lib ketdiki, uni nafaqat hanafiy mazhabi olimlari balki, boshqa mazhab vakillari ham mo'tabar sanadilar va undan o'zlarining mazhablarida foydalanishga kirishdilar. Yozilganiga qancha asrlar o'tib ketgan bo'lsada, bu asar madrasalarda fiqh fanidan asosiy qo'llanma sifatida foydalanib kelindi. Shu vaqt davomida o'ttizdan ziyod sharhlar yozildi va qisqartmalar ham qilindi. Shu jumladan bu kitob bugungi kunda ham o'zining dolzarbligini yo'qotmagan. Hozirgi kunda ham bu asarga sharhlar yozish to'xtamagan. Balki bu kitobning zamonaviy kundagi ilmiy ahamyatini ochib beradigan turli kitoblar yozilishda davom etmoqda. Zamonaviy hayotimizning har jabhasiga doir jihatlarni yoritishda ahamyatli manba vazifasini

»

*

amalga oshirib kelmoqda. Shu kunlarda yurtimizda "Hidoya"ning yangi nashrini o'zbek tilida chop qilingani ham buning yorqin isboti sanaladi.

i ]>■> m >

)> i i >

Ml*

Ы> 5 )>;> --

Komiljon Kattayev. Samarqandning buyuk allomalari. 96,97-betlar. Zarafshon, Samarqand. 2007.

36 Xoja xalifa, Kashfuz zunnun. Dorul ihyout turos al-arabiyya. Bayrut. 615-bet

37 Masadirud dirosatul Islamiyya, 5-juz. 342-bet. Dki.

---M- ^ >

112

^ ш

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.