Научная статья на тему '“SALOTI MAS’UDIY” ASARIGA ASOS BO‘LGAN MANBALAR'

“SALOTI MAS’UDIY” ASARIGA ASOS BO‘LGAN MANBALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
398
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fiqh / faqih / Mas’ud as-Samarqandiy / “Saloti Mas’udiy” asari / islom shariati / Hanafiy mazhabi / sahobalar / tobe’inlar / mujtahidlar. / Fikh / fakih / Mas’ud as-Samarkandi / “Saloti Mas’udi” / Islamic shariat / Hanafiy mathhab / sahaba / tabiins / mujtahids.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Usmanova, Xulkar Mamatovna

Mazkur maqolada XIV asrda yashagan faqih Mas’ud as-Samarqandiy va uning “Saloti Mas’udiy” deb nomlangan asari haqida so‘z yuritilgan. “Saloti Mas’udiy” asari islom shariati masalalari va muammolariga bag‘ishlangan bo‘lib, shuningdek maqolada kitob muallifi o‘z asarini yozish uchun foydalangan asarlar haqida tahliliy ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOURCES BASED ON "SALOTI MAS’UDI"

The article deals with Mas’ud as-Samarkandi who lived in the 14th century and his work “Saloti Mas’udi” devoted to the problems and principles of Islamic shariat, and also the article provides analytical information about the works used by the author of the book to write his work.

Текст научной работы на тему «“SALOTI MAS’UDIY” ASARIGA ASOS BO‘LGAN MANBALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

"SALOTI MAS'UDIY" ASARIGA ASOS BO'LGAN MANBALAR

Usmanova Xulkar Mamatovna,

Guliston davlat universiteti, katta o'qituvchisi e-mail: usmxulkar@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada XIV asrda yashagan faqih Mas 'ud as-Samarqandiy va uning "Saloti Mas'udiy" deb nomlangan asari haqida so'z yuritilgan. "Saloti Mas'udiy" asari islom shariati masalalari va muammolariga bag'ishlangan bo'lib, shuningdek maqolada kitob muallifi o 'z asarini yozish uchun foydalangan asarlar haqida tahliliy ma 'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: Fiqh, faqih, Mas 'ud as-Samarqandiy, "Saloti Mas 'udiy" asari, islom shariati, Hanafiy mazhabi, sahobalar, tobe 'inlar, mujtahidlar.

ИСТОЧНИКИ ПО ПРОИЗВЕДЕНИЮ "САЛОТИ МАСЪУДИ"

АННОТАЦИЯ

В данной статье речь идет о факихе Масъуд ас-Самарканди который жил в XIV веке и его произведение «Салоти Масъуди» посвященная проблемам и принципам исламского шариата, а также в статье представлена аналитическая информация о произведениях, использованных автором книги для написания своего произведения.

Ключевые слова: Богословие, наука о законах шариата, факих, Масъуд ас-Самарканди, произведение «Салоти Масъуди», исламский шариат, толк Ханафи, сахабы, табиины, муджтахиды.

SOURCES BASED ON "SALOTI MAS'UDI" ABSTRACT

The article deals with Mas 'ud as-Samarkandi who lived in the 14th century and his work "Saloti Mas 'udi" devoted to the problems and principles of Islamic shariat, and also the article provides analytical information about the works used by the author of the book to write his work.

Keywords: Fikh, fakih, Mas'ud as-Samarkandi, "Saloti Mas'udi", Islamic shariat, Hanafiy mathhab, sahaba, tabiins, mujtahids.

KIRISH

"Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy

Scientific Journal Impact Factor

qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarilishida ona yurtimizda tug'ilib kamolga yetgan ulug' allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlaydi" Ularning jahon madaniyatini rivojlantirishga qo'shgan g'oyat ulkan hissalari hozirgi kunda ham turmushning barcha jabhalariga sezilarli ta'sir o'tkazmoqda.

"Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir" Shu nuqtai nazardan, buyuk mutafakkirlarning asarlarini chuqur o'rganish, teran anglash va keng ommalashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida Mas'ud as-Samarqandiyning "Saloti Mas'udiyi turkey" nomli asari metodologik manba sifatida olindi. Tadqiqotning ob'ektini faqih Mas'ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiyning "Saloti Mas'udiy" asari tashkil etadi. Tadqiqot mavzusini yoritishda ilmiy tavsiflash, qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yurtimizda diniy va milliy qadriyatlarga katta e'tibor berilayotgan hozirgi vaqtda hanafiy mazhabiga oid asarlar, shu jumladan, faqih Mas'ud ibn Mahmud ibn Yusuf as-Samarqandiyning (XIII asr oxiri-XIV asr boshlari) "Saloti Mas'udiy" asari o'zligimizni teran anglash uchun manba bo'lib xizmat qilishi mumkin.

"Saloti Mas'udiy" asari Markaziy Osiyoda keng tarqalgan hanafiy mazhabidagi barcha musulmonlarning diniy-huquqiy sohasiga oid hayotiy masalalariga bag'ishlangan. "Bul kitob "Saloti Mas'udiy"kim, mutazommin ahkomi fiqhiydur va homili masoili shar'iydur", ya'ni "Saloti Mas'udiy" kitobi fiqhiy hukmlarni va shar'iy masalalarni o'z ichiga olgan" kitobdir.

Kitobning "Saloti Mas'udiy" deb nomlanishiga sabab kitobning avvalida keltirilgan: "Namoz bobidan boshlangani uchun bu kitob "Saloti Mas'udiy" deb nomlandi" Boshqa an'anaviy fiqh kitoblaridan farqli o'laroq, "Saloti Mas'udiy" kitobi tahorat bobidan emas, namoz bobidan boshlangan. Kitobdagi aksar masalalar ham namozga bag'ishlangan (1 va 2-jildlarda namoz va unga bog'liq bo'lgan masalalar bayon qilingan bo'lsa, 3-jildda zakot, ro'za, haj, nikoh, taloq, qurbonlik,

Scientific Journal Impact Factor

qullarga tegishli shart-sharoitlar, oldi-sotdi, vaqf, vasiyat va hokazo fiqhiy masalalar yoritilgan).

Muallifning ibodat masalalariga keng miqyosda to'xtalishi davr talabidan bo'lsa kerak, albatta. Chunki Mas'ud as-Samarqandiyning ijodiy faoliyati aynan mo'g'ullar istilosidan keyingi davrlarga to'g'ri keladi. Bu davrda mo''taziliy, qadariy, jabariy, qarmatiy kabi turli oqim vakillarining ta'siri kuchaygan edi. Tabiiy ravishda, ayni davr va holat uchun ibodat masalalari to'g'risida ixtiloflardan yiroq va mukammal asarlarga ehtiyoj sezilgan.

"Saloti Mas'udiy" asarining ahamiyati va qimmati shundaki, u hanafiy mazhabida yozilgan bo'lib, to'laligicha shar'iy hukmlar va hayotiy masalalarga bag'ishlangan hamda o'ziga xos ilmiy uslubda ta'lif etilgan. Mas'udiy har bir hukmni naqliy va aqliy dalillar bilan isbotlaydi. Mavzuni yanada mustahkamlash uchun nihoyatda muhim va munozarali masalalarni o'rtaga qo'yib, ularni ahli sunna val-jamoa mazhabi ulamolari-buyuk faqihlarning va mashhur sahoba-yu muhaddislarning fikrlari hamda rivoyatlari asosida hal qiladi.

"Saloti Mas'udiy"ning boshqa fiqh kitoblaridan afzalligi va farqi shundaki, unda muallif furu'ul-fiqh (juz'iy masalalar)ga kirishishdan oldin musulmonlarning e'tiqodlarini to'g'rilash uchun ahli sunnat val-jamoat aqoidining asoslarini ham bayon etadi.

Risolaning muhim jihati shundaki, u Imomi A'zam Abu Hanifa (rh.)ning "Al-fiqhul-akbar" kitobiga, Imom Muhammad Hasan (rh.) va Imom Abu Mansur al-Moturidiy (rh.)ning ta'limotiga asoslanadi. Muallif tayangan manbalar ishonarli bo'lgani uchun risola sahih va ishonarlidir.

Har bir masalada Quroni karimdan, payg'ambarimiz (s.a.v.) hadislari va Imomi A'zam Abu Hanifa ra'ylaridan hujjat va dalillar keltirilgan. Shuningdek, Abu Yusuf Ya'qub, Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy hamda boshqa nufuzli din arboblari asarlaridan iqtiboslar keltiriladi.

Muallif "Saloti Mas'udiy" asarini yozish uchun jami 84 ta mo''tabar kitoblardan masalalar olib jam' qilgan, 125 ta mashhur sahobalardan hadislar naql qilgan va 129 ta imom va mujtahidlardan rivoyatlar keltirgan.

Masalan, sahobai kiromlardan Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.), Jobir ibn Abdulloh (r.a.), Umar ibn Xattob (r.a.), Ali ibn Abu Tolib (r.a.), Abdulloh ibn Umar (r.a.), Oisha (r.a.), Abu Hurayra (r.a.), Zayd ibn Sobit va boshqalardan hadislar naql qilingan.

Buyuk faqih, imom va mujtahidlardan Abu Yusuf Ya'qub, Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniy, Imom Zufar, Hasan ibn Ziyod, Burhoniddin al-Marg'inoniy,

Scientific Journal Impact Factor

Najmiddin Umar an-Nasafiy, Abu Hafs Kabir al-Buxoriy, Imomi ajall as-Saraxsiy, Imom Sharaf an-Navojiziy, Imom Zuhayr al-O'zjandiy, Imom Zohid Faxr, Abdulloh al-Jurjoniy, Abul Hasan Karxiy, Abul Qosim Hokim (rh.) kabilarning fikrlarini keltirgan.

Ta'lifotlardan Muhammad Hasan ash-Shayboniyning "al-Mabsut", "al-Jome' ul-kabir", "al-Jome' us-sag'ir", Quduriyning "Muxtasar", Shamsul-aimma al-Halvoiyning "al-Mabsut" va "Kitobun-navodir", Shayxul-islom Ali Isfahoniyning "al-Mabsut", Alouddin as-Samarqandiyning "Tuhfatul-fuqaho", As-Sadrush-shahid Hisomuddinning "al-"Fatovo-assug'ro" va "al-Fatovo-al-Kubro", Shamsul-aimma as-Saraxsiyning "al-Mabsut", Shayxul-islom Burhoniddin al-Marg'inoniyning "Hidoya", Abullays as-Samarqandiyning "Xizonatul-fiqh" kabi mashhur asarlaridan, shuningdek sharhlardan foydalangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Demak, faqih Mas'ud as-Samarqandiy mazkur kitobni tasnif qilish uchun islom huquqining turli sohalari bo'yicha yozilgan ko'plab mualliflarning asarlarini, mulohazalarini ko'rib chiqqan. Bir huquqiy masalani kengroq yoritish va yaxshiroq tushuntirish uchun ular bildirgan fikr-mulohazalarni bir-biri bilan solishtirgan hamda o'zining shaxsiy fikri va xulosasini bergan.

Mas'ud as-Samarqandiy "Saloti Mas'udiy" asarini yozishda, nihoyatda muhim va munozarali masalalarni yoritmoqchi bo'lganda sahobalar va tobe'inlar, asosiy mazhablar asoschilari (ko'proq Abu Hanifa va Imom Shofe'iy) hamda buyuk faqihlar ismlarini kamoli ehtirom bilan tilga olib, ularning fikrlarini keltirgan. Mas'ud as -Samarqandiy murojaat qilgan allomalarning aksariyati movarounnahrlik hanafiy mazhabi vakillari bo'lib, ular o'z davrining eng zabardast olimlari bo'lganligi aniqlandi.

"Saloti Mas'udiy" asarining nazariy manbalarini quyidagilar tashkil etadi:

Birinchidan, Qur'oni karim oyatlari;

Ikkinchidan, dastlabki to'rt xalifa, sahobalar va tobe'inlarning rivoyatlari, ular xabar qilgan muqaddas hadislar;

Uchinchidan, sunniylik oqimidagi to'rt mazhab asoschilari bo'lmish Abu Hanifa Nu'mon ibn Sobit, Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris ash-Shofe'iy, Molik ibn Anas, Ahmad ibn Hanballarning asarlari (asosan yuqoridagi ikki mujtahidning fikrlari beriladi. Sababi o'sha davrda Movarounnahr va Xurosonda mazkur ikki mazhab hukmron edi);

Scientific Journal Impact Factor

To'rtinchidan, Imomi A'zam Abu Hanifaning shogird va safdoshlaridan Imom Abu Yusuf, Imom Muhammad, Imom Zufar va boshqa bir qator mashhur imom va mujtahidlarning asarlari;

Beshinchidan, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Najmiddin Umar an-Nasafiy, Imomi ajall as-Saraxsiy, Abu Hafs Kabir al-Buxoriy va boshqa buyuk faqihlarning asarlari;

Oltinchidan, Mas'ud as-Samarqandiy "Saloti Mas'udiy" kitobida huquqiy muammolarni yechish jarayonida o'rni kelganda turli botil firqalarning fikru mulohazalarini ham ko'rib o'tgan va har biri haqida o'z nuqtai nazarini bildirgan. Tabiiyki mazkur uslublar orqali "Saloti Mas'udiy" asari mazmunan ancha boyigan, o'rganishda qulay, ilmiy jihatdan aniq qo'llanmaga aylangan. Buni asarda zikr etilgan manbalarning xilma-xilligidan ham bilsa bo'ladi. "Saloti Mas'udiy" asarining keng ko'lamli nazariy manbalari Mas'ud as-Samarqandiyning qancha keng va ko'p qirrali iste'dod egasi ekanligini yaqqol ko'rsatadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jahon fani uchun Movarounnahrda faoliyat olib borgan olimlar qatorida faqihlarning merosini o'rganish ham katta ahamiyatga ega. Chunki ajdodlarimizning boy huquqiy tajribasi va merosi mustaqil o'zbek davlati taraqqiyotiga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.

Shu bilan bir qatorda, hanafiy mazhabi ta'limotini o'rganish hamda u bilan bog'liq asarlarni ilmiy jihatdan tadqiq etish, hozirgi davrda diniy barqarorlik va turli ekstremistik oqimlarning tutgan yo'lining noto'g'riligini isbotlashda muhim vazifalardan biri bo'lib qoladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat, 2008. - 30 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasining ochilish marosimidagi nutqi // Xalq so'zi, 2016, 19 oktabr.

3. Mas'ud as-Samarqandiy. Saloti Mas'udiyi turkiy. TIU Manbalar xazinasi, toshbosma, № 175, 1904.- 528 b.

4. Mas'ud as-Samarqandiy. Saloti Mas'udiyi turkiy. O'zR FAShI, toshbosma, № 10401. 1910.-12 b.

5. Mo'minov A. Movarounnahr hanafiy fiqhi // Imom al-Buxoriy saboqlari. -Toshkent, 2001. - № 1. - 88-91 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.