Научная статья на тему 'VEB-SERIAL FORMATINING KELIB CHIQISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI'

VEB-SERIAL FORMATINING KELIB CHIQISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
28
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
veb-serial / teleserial / format / konten / media / televideniye / internet / syujet / kliffxenger / intriga / rekap / reklama roliklari / komiks / audioserial / reality-shou / storis / screenlife / interaktiv serial

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mohinur Olim Qizi Ahmetjanova

Ushbu maqolada veb-serial formatining kelib chiqishi, spetsifikasi, uning janrlari, tele va veb-serial formatlarining mushtarakligi va tafovut jihatlari tadqiq etilgan. Veb-serialning istiqboli haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan taxminlar o‘rganilib, bugungi serial suratga olish va namoyish etish borasidagi jarayon tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «VEB-SERIAL FORMATINING KELIB CHIQISHI VA O‘ZIGA XOSLIGI»

VEB-SERIAL FORMATINING KELIB CHIQISHI VA O'ZIGA XOSLIGI

Mohinur Olim qizi Ahmetjanova O'zRFA San'atshunoslik instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada veb-serial formatining kelib chiqishi, spetsifikasi, uning janrlari, tele va veb-serial formatlarining mushtarakligi va tafovut jihatlari tadqiq etilgan. Veb-serialning istiqboli haqidagi ilmiy tadqiqotlarga asoslangan taxminlar o'rganilib, bugungi serial suratga olish va namoyish etish borasidagi jarayon tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: veb-serial, teleserial, format, konten, media, televideniye, internet, syujet, kliffxenger, intriga, rekap, reklama roliklari, komiks, audioserial, reality-shou, storis, screenlife, interaktiv serial

THE ORIGIN AND IDENTITY OF THE WEB SERIES FORMAT

Mokhinur Olim qizi Akhmetjanova Institute of Fine Arts of Academy of Sciences of Republic Uzbekistan

Abstract: This article explores the origins of the web series format, the specifics of its genres, and the commonalities and differences between the television and web series formats. The assumptions based on scientific research about the future of the web series are studied, and the process of shooting and showing the series today is analyzed.

Keywords: web series, TV series, format, content, media, television, internet, plot, cliffhanger, intrigue, recap, commercials, comic, audio series, reality show, story, screenlife, interactive series

Veb-seriallar bugungi kunda tomoshabin e'tiborini o'ziga jalb etish masalasida teleseriallardan anchayin ilgarilab ketdi. Buning asosiy sabablaridan biri televideniye tomoshabinlari soni kamayib borayotgani, yer yuzi aholisining katta qismi internet tarmoqlarida ko'p vaqtini sarflayotgani bilan bog'liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, veb-serial takomillashuvi bevosita internet tarmog'i rivoji bilan parallel ravishda kechdi. Veb-seriallar tuzilishi aynan kinofilm va teleseriallardan o'zlashtirilib, internet plotformalariga joylashtirish uchun moslashtirilgan. Media industriya prodyuserlari esa bu tayyor mahsulotni ommalashib borayotgan plotformaga ko'chirish g'oyasini o'rtaga tashladilar.

Ilk veb serial suratga olinganiga 28 yil to'lgan bo'lsa ("The Spot" 1995), avval boshida uning ommalashishiga ishonch bildirilmagan. Lekin vaqt o'tib u eng ommabop

ITFVE^^Hl 489 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

san'at namunasiga aylandi. Ijodkorlar veb-serilni media olamining yangi kontent turi deb baholagan holda, uning o'ziga xos jihatlarini kashf etishga bel bog'laganlar. "Tadqiqotchi A. Proxorov M. Kunning fikrlariga tayangan holda, veb-serial oddiy hikoya qilish uslubi va serial tuzilishiga ega bo'lgan, internet plotformasi uchun yaratilgan, audiovizual badiiy mahsulot deya ta'riflaydi"1.

"The Spot" interaktiv veb-seriali ushbu formatning birinchi namunasi hisoblansada, mutaxassislar fikricha 1980-yillar oxirida T. Rid tomonidan yaratilgan "QuantiumLink Serial" loyihasi ilk veb-serial tomon qo'yilgan qadam deb hisoblanadi. Ushbu loyiha orqali internet kuzatuvchilari faqatgina muallif tomonidan joylangan hikoyalar matnini o'qish bilan chegaralanmasdan, voqealarda ishtirok etishlari mumkin edi. "The Spot"da esa foto va video materiallardan foydalanilgan bo'lib, rejissyor S. Zakarin veb-serial qahramonlari sifatida Kaliforniyaning sohil bo'yidagi ijara uyda yashovchi yigitlarni tanladi. Qahramonlarning barchasi onlayn kundalik tutib, surat va video yozuvlarini joylab borishi esa tomoshabinlarning veb-serial qahramonlariga xat yo'llash orqali voqealar rivojiga ta'sir ko'rsatishini ta'minladi2. Bu 90-yillar uchun juda katta yangilik va tajriba maktabi vazifasini o'tadi. Ammo internet tarmog'i hali ommalashmagani, undan foydalanish imkoni chegaralangani (internet dasturlari hali takomillashmagan), ko'pchilikda foydalanish imkoni yo'qligi (kompyuterlarning hammada ham mavjud emasligi, gadjetlarning yaratilmaganligi) sababli dastlabki veb-seriallar muvaffaqiyatini bugungilari bilan solishtirib bo'lmaydi.

Veb-seriallar dunyoga kelishi arafasida teleseriallar janr, mavzu va format jihatidan shakllanib ulgirgan edi. Ikkala format ham bir biriga o'xshash: ikkisida ham tanlangan mavzu qismlarga bo'linib, ma'lum vaqt davomida tomoshabinlarga havola etiladi. Ikkala serial turida ham ijodkorlarning asosiy maqsadi tomoshabin e'tiborini jalb etishdir. Buning uchun dramaturgik jihatdan uzoq vaqt mobaynida tomosha qilish uchun qulay va tushunarli bo'lgan, har bir qism qiziqarli nuqtada tugaydigan syujet yaratish eng asosiy omil sanaladi. Shu orqali tomoshabinda qiziqish va savollar yuzaga keltirish serial davomiyligi uchun juda muhim. Teleseriallar davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ko'plab mamlakatlarda mavzu va g'oya doirasi anchayin chegaralanganligini sezish mumkin. Veb-seriallar avval boshdan xususiy tarmoq mahsuloti sifatida maydonga keldi. Bu esa veb-seriallarning mashhur bo'lishi va tomoshabinlar sonining oshishiga olib keldi.

"Har bir seriyada mustaqil syujetga ega bo'lgan vertikal, uzoq vaqt davomida sodir bo'ladigan kesishgan syujetli gorizontal seriallar mavjud"3. Keyingi tadqiqotlar natijasi gorizontal-vertikal syujet ham mavjudligini ko'rsatdi. Bu syujet qurilmalari

1 А. Прохоров. "Веб-сериалы: специфика и ключевые особенности формата//Художественная культура. 2019. Т.2. N 3. C. 394-413

2 https://moviestart.ru/2021/07/21/sovremennyj -veb-serial-chto-eto-takoe/

3 А. Прохоров. "Веб-сериалы: специфика и ключевые особенности формата//Художественная культура. 2019. Т.2. N 3. C. 394-413

ПсТГта^^В! 490 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

teleserialga ham, veb-serialga ham birdek aloqadorligi anglashildi. "Shuningdek, mutaxassislar almanax yoki antologiyaning formatini ajratib ko'rsatishadi. Almanax -bu umumiy xususiyat bilan birlashtirilgan turli xil qahramonlar haqidagi mustaqil hikoyalar to'plami"4.

IVI Originals kreativ direktori I.Burtsninr fikricha, internet bu shunchaki "kontentni yetkazib berish xizmati"5 xolos. Bu fikr tele va veb-seriallar format jihatidan tahlil etilganda fundamental tuzilishi bir biridan katta farqqa ega emasligini isbotlaydi. Veb-seriallar xronometraj (25 daqiqagacha) tomonlama teleseriallardan farqlandi. Bu esa veb-serial syujet chizig'i teleserialnikiga qaraganda tezroq kechishini anglatadi. Chunki bu qisqa vaqt ichida kliffxenger va intriga tezlashishi zarur bo'lsa, rekap uchun kam vaqt ajratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu sababdan ham veb-seriallar ko'pincha mini serial formatida taqdim etilishi odat tusiga kirgan. Endilikda teleseriallarning dramaturgik tuzilishiga nisbatan shartli ravishda "an'anaviy" atamasi qo'llanmoqda. Veb-seriallarning senariy jihatdan o'ziga xosligini tadqiq etishda bu samarali natijalarga olib keladi.

"Veb-seriallar - bu ma'lum bir ishlab chiqarish texnologiyasiga, senariy nyuanslariga ega bo'lgan seriallardir. Masalan, oltinchi sekund qoidasi - internet-kontentda tomoshabin e'tiborini jalb qilish uchun har olti soniyada biror narsa sodir bo'lishi kerak".6 Aks holda voqealar tomoshabin e'tiborini o'ziga jalb etolmaydi va natijada veb-serial reytingi tushib boradi. Ma'lumki, yuqori reytingga ega bo'lmagan media mahsulotlar o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ladi. Bu tajriba bugungi kunda teleseriallarga nisbatan ham qo'llana boshlagani ularning ham dramaturgik va rejissuraviy jihatdan yuksalishini ta'minlamoqda.

Mavzu va g'oya tanlashda veb-seriallar avval boshdan anchayin erkin bo'lganini kuzatish mumkin. Televideniyeda namoyish etish mumkin bo'lmagan, senzura ostiga olingan mavzular aynan internet tarmog'i uchun mo'ljallangan media materiallarda namoyish etib borilgan. Avval veb-serial deganda internet tarmog'i uchun ishlangan ko'p qismli media mahsulot tushunilgan bo'lsa, biroz vaqt o'tib o'z o'zidan aynan taqiqlangan mavzularda yaratilgan material sifatida qarash shakllangan edi. Veb-seriallar mavzu tanlashda anchayin liberal ekanligi mutaxassislar diqqatini jalb etmoqda. Bugun esa veb-seriallar jamiyatdagi tabu darajasiga yetib qolgan ko'plab mavzularni qamrab olmoqda. Yer yuzidagi ko'plab odamlarni qiynayotgan illatlar (korrupsiya, kambag'allik, og'ir hastaliklar, ekologik muammolar, gender tenglik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va b.), jamiyatdagi qora kuchlar (ekstremizm, radikalizm kabi), siyosiy xavfli mavzular (gibrid urushlar) ham veb-serial ishlab chiqaruvchilarining e'tiboridan chetda qolmayapti.

4 https://moviestart.ru/2021/07/21/sovremennyj -veb-serial-chto-eto-takoe/

5 http://www.cinemafia.ru/posts/1131/

6 https://vc.ru/ipquorum/506216-anton-kalinkin-veb-serial-eto-otlichnaya-vozmozhnost-dlya-vhoda-v-kinoindustriyu rfciyfl^^B 491 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Veb-serial formatlari

Interaktiv

Hujjatli

Animatsiori

Realiti-shou

Skc reenlife

Reklama roligi

Komiks

Veb-seriallar tadqiqotiga bag'ishlangan ilmiy ishlar salmog'i oshib borayotgani unga bo'lgan qiziqishning ortganidan dalolat beradi. Shunga qaramay, veb-serial yaratish jarayoni nihoyatda jadal suratda davom etayotgani sababli ilmiy izlanishlar borasida so'nggi to'xtamga kelinganicha yo'q. Tadqiqotchilar tomonidan serial formatlari turli xil nuqtayi nazardan o'rganilishi natijasida bir biriga zid bo'lgan fikrlar ham yuzaga kelmoqda. Veb-serial internet tarmog'ining takomillashuvi bilan bog'liq holda rivojlanar ekan, uning yangi formatlari va gibrid janrlari dunyo yuzini ko'raveradi. Barcha media ijodkorlari kabi veb-serial prodyuserlari, rejissyorlari va senariynavislari oldida raqobatbardosh kontent yaratish masalasi birinchi o'rinda turibdi. Media olamida o'zining ko'plab muxlislariga ega bo'lgan yangidan yangi media mahsulotlar yaratilar ekan, raqobat maydoni faqat va faqat kengayib boraveradi. Shunday ekan, kelgusida veb-seriallar rivoji uchun uning spetsifikasi, janrlari, tele va veb-serial formatlarining mushtarakligi, tafovut jihatlari tadqiq etilishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. А. Прохоров. "Веб-сериалы: специфика и ключевые формата//Художественная культура. 2019. Т.2. N 3. C. 394-413

особенности

492

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.