Научная статья на тему '“QIROLICHANING YURISHI” MINI-SERIALIDA YOSH QAHRAMON OBRAZINING GAVDALANTIRILISHI'

“QIROLICHANING YURISHI” MINI-SERIALIDA YOSH QAHRAMON OBRAZINING GAVDALANTIRILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
191
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kinematografiya / ekran san’ati / televideniye / yosh qahramon obrazi / veb-serial / mini-serial / janr / sport dramasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmetjanova Mohinur Olim Qizi

Ushbu maqolada veb-seriallarning kinematografiya rivojida yangi bosqichga ko’tarilib borayotgani hamda seriallarda yosh qahramon obrazining gavdalanishi “Qirolichaning yurishi” mini-seriali misolida tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“QIROLICHANING YURISHI” MINI-SERIALIDA YOSH QAHRAMON OBRAZINING GAVDALANTIRILISHI»

"QIROLICHANING YURISHI" MINI-SERIALIDA YOSH QAHRAMON OBRAZINING GAVDALANTIRILISHI

Ahmetjanova Mohinur Olim qizi

O'zRFA San'atshunoslik instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada veb-seriallarning kinematografiya rivojida yangi bosqichga ko'tarilib borayotgani hamda seriallarda yosh qahramon obrazining gavdalanishi "Qirolichaning yurishi" mini-seriali misolida tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: kinematografiya, ekran san'ati, televideniye, yosh qahramon obrazi, veb-serial, mini-serial, janr, sport dramasi.

THE IMAGE OF A YOUNG HERO IN THE MINI-SERIES "THE QUEEN'S

WALK"

Ahmetjanova Mohinur Olim qizi Institute of Art of the Uzbekistan Academy of Sciences

Abstract: This article analyzes the rise of web series to a new level in the development of cinematography with the example of the mini-series "The Queen's Gambit".

Keywords: cinematography, screen art, television, web series, mini-series, genre, sports drama.

Bugungi kunda ekran san'ati rivojlanish bilan birgalikda murakkablashib bormoqda. Kundan kunga yangi uslublar va qorishiq janrlar ekran san'atining barcha yo'nalishlariga o'z ta'sirini o'tkazib kelmoqda. Shu jumladan televizion filmlar va teleseriallar ham yangi rivojlanish bosqichiga ko'tarilmoqda. Seriallarning yangi turi - veb-seriallar juda ko'plab tomoshabinlar auditoriyasini o'ziga jalb etmoqda. Bu esa veb-seriallarni tadqiq etishga bo'lgan ehtiyojni oshirmoqda. Garchi veb-seriallar yaratila boshlaganiga qariyb yigirma olti yil bo'lgan bo'lsada, uning ommalashish vaqti internet tarmog'ining rivojlanishiga bog'liq bo'ldi. So'nggi o'n yillik vaqt davomida veb-seriallar yetakchilik borasida televideniye orqali namoyish etilayotgan film va seriallarni ortda qoldirmoqda. Xususan, "Qirolichaning yurishi" (The Queen's Gambit) mini-seriali ham eng muvaffaqiyatli veb-seriallar qatoridan joy oldi.

"Qirolichaning yurishi" Netflix kinokompaniyasining buyurtma asosida yaratilgan eng muvaffaqiyatli dramatik mini seriali bo'ldi. "Qirolichaning yurishi" mini-serialining senariysi Uolter Tevisning shu nomdagi romani asosida yozilgan bo'lib, Frenk va Alan Skott tomonidan suratga olingan. Ushbu asarni mashhur aktyor

I icclT^^^^H 29 http://oac.dsmi-qf.uz

X.Ledjer ilk rejissyorlik ishi sifatida suratga olishni rejalashtirgan edi. Ammo 2008 yilda aktyorning vafot etishi bilan loyiha to'xtatiladi. A. Skottning fikricha, Ledjerni asar bosh qahramonining alkogol va giyohvand moddalarga bo'lgan qaramligi bilan kurashi qiziqtirgan. Ehtimol Ledjer postanovkasida birinchi planda noyob iste'dod egasi bo'lgan shaxmatchi chempionni emas, o'zini zararli odatlardan qutqarishga urinayotgan ayolni ko'rishimiz mumkin edi. A.Skott ekranizatsiyasida esa biz bemisl aql sohibi bo'lgan, hayotining mazmuni shaxmatga ayalangan personajni ko'ramiz. 2020 yilda mini-serial Netflix platformasida namoyish etilib, bir oy ichida oltmish ikki million marotaba tomosha qilingani qayd etildi. Bu ko'rsatkich mini-seriallar borasidagi rekord natija ekanligini alohida ta'kidlash lozim.

"Qirolichaning yurishi" "Emmi" mukofotining o'n bitta nominatsiyasi, ("Eng yaxshi mini-serial" va "Mini-serialdagi eng yaxshi rejissura" (Frenk S kott) "Oltin globus" mukofotining "Eng yaxshi mini-serial yoki telefilm" va "Mini-serial va telefilmdagi eng yaxshi aktrisa" (A. Teylor-Joy) nominatsiyasi, "Televizion tanqidchilar tanlovi" mukofoti (A. Teylor-Joy), AQSh kino aktyorlari gildiyasining mini-serial va telefilmdagi eng yaxshi aktrisa (A. Teylor-Joy) mukofotlarini qo'lga kiritdi.

Mini-serial kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholanib, tuzilish jihatidan televizion film shakliga to'la mosligi, senariy pishiq va puxta ishlangani, postanovka jihatidan sifatliligi va albatta aktyorlar ijrosi obrazlarga to'la mos tushishi e'tirof etildi. Serial hatto shaxmat ustalari tomonidan ham yaxshi kutib olindi va shaxmat o'yiniga nisbatan odamlarning qiziqishi keskin oshishiga sabab bo'lganligi alohida ta'kidlandi. Filmda shaxmat bilan bog'liq epizodlarning professional darajada chiqishiga sabab shundaki, shaxmat bo'yicha sobiq jahon chempioni G.Kasparov va shaxmat bo'yicha murabbiy B.Pandolfini senariy yozilishi jarayonida konsultant sifatida ishtirok etganlar. Filmdagi shaxmat yurishlarini ishlab chiqishda X.S.Kapablanka, A.Alexina, B.Spasskov va M.Botvinnikning kitoblaridan foydalanilgan. Buyuk Britaniyalik ayollar o'rtasida chempion Y.Guska serial haqida shunday deydi: "Menimcha, bu ajoyib serial... U shaxmat emotsiyalarini juda yaxshi yetkazib beradi" 1

Serialni suratga olish ijodkorlardan katta mehnatni talab qildi. Ularning oldida nafaqat kino san'ati qonuniyatlarini to'g'ri qo'ya bilish, balki, dunyodagi eng murakkab aqliy sport o'yini shaxmatning qonuniyatlarini idrok etgan holda suratga olish vazifasi turardi. Hatto bosh rol ijrochisi A.Teylor-Joy aktyorlik mahorati jihatidan kastingda eng munosib nomzod sifatida tanlangan bo'lsa-da, suratga olish ishlari boshlangunga qadar shaxmatdan mutlaqo bexabar bo'lgan. Ijodiy jamoa mutaxassislar bilan parallel ravishda ish olib borib yuqori reytingni qo'lga kiritdilar. Mini-serial ko'pchilik shaxmatchilar tomonidan yaxshi baholangan bo'lsada, salbiy

1 Maxwell Dominic. How true is The Queen's Gambit? What we've learnt about chess. The Times (5 November 2020). I ibiSi^^Bl 30 http://oac.dsmi-qf.uz

fikrlar ham bildirilgan. Masalan, jahon chempionatida g'oliblik uchun kurashgan ilk ayol shaxmatchi Y.Polgar va kanadalik shaxmatchi A.Botez erkak shaxmatchilar bosh qahramon Bet Harmonga nisbatan "nihoyatda iltifotli" etib ko'rsatilganiga tanqidiy yondoshdilar. Chunki haqiqiy shaxmat olamida ayol shaxmatchilarga nisbatan past nazar bilan qaralishi kabi muammolar borligi va bu serialda chetlab o'tilganini e'tirof etganlar. Ammo bu fikr to'la haqiqat deb qabul qilib bo'lmaydi. Sababiki, shaxmatga hech qanday tajribasiz, tug'ma qobiliyat bilan kirib kelgan Betga chempionlar yetarlicha baho bermay, past nazar bilan qarashlari aks ettirilgan sahnalar mavjud. Bu albatta serialni reallikka yaqinlashtirganini aytib o'tish joiz. Ushbu munosabatlarga haddan tashqari urg'u berish ayollar va erkaklar o'rtasidagi teng huquqlilik muammolarini qo'zg'alishiga olib kelishi mumkin edi. Ijodkorlar oltin o'rtalikni topgan holda serialni suratga olganlar deb aytish mumkin.

Buyuk Britaniyalik yana bir chempion S.Lomngson bosh qahramon partiyalarni ko'proq yutqazishi kerak bo'lgani haqida fikr bildirgan. Amaldagi jahon chempioni M.Karlsen serialdagi Betning tezligi "juda noreal" deya baho bergan.

Bosh qahramon Bet Harmon obrazi juda g'ayri oddiy tarzda ijro etilgan. Bet kino olamidagi yosh qahramon obrazining eng professional tarzda yaratilgan namunalaridan biri deyish mumkin. Unda yoshlarga xos shijoat, tezlik, tavakkalchilik, shoshqaloqlik va ta'sirchanlik ufurib turadi. Bir qarashda kichkinagina, ko'zlari chaqnab turuvchi bu qiz shaxmatdan boshqa barcha narsaga e'tiborsizdek ko'rinadi. Aktrisa o'yin chog'ida Betning asabiyligi va hayajonini mahorat bilan "berkita olgan". Bet qanchalik o'zini sokin tutib aql bilan qaror qabul qilsada biz uning ich-ichidan ezilayotganini sezamiz. Mas'uliyatsiz ota va irodasi sust onaning farzandi bo'lgan Bet bolaligidan og'ir vaziyatlarga tushishi, o'z onasining va unga mehr bergan o'gay onasining o'limini ko'rishi, yetimxonadagi rutubatli kunlar uni tashqi jihatdan sovuqqon qilib qo'yishi tabiiy edi. U irodasini jilovlashni o'rganadi-yu, ammo insonlar bilan munosabatga kirishish unga qiyinchilik tuyg'diradi. Bu albatta unga yetkazilgan psixologik zarbalarning asorati edi. Qahramonning xarakteri har bir qismga o'tish davrida rivojlanib boradi. Har bir qismga alohida nom berilgani ham bejiz emas.

"Qirolichaning yurishi" shaxmatga bag'ishlangan yagona film emas albatta. Unga qadar ham shaxmat haqida ko'plab filmlar yaratilgan, ammo ularda shaxmat "Qirolichaning yurishi"dagi kabi real ko'rsatilmagan. Qahramonlar sodda yurishlar bilan yoki shaxmat taxtachasini ko'rsatmagan holda kadrda namoyon bo'lgan va asosan syujet liniyasi, aktyorlar ijrosiga ahamiyat berilib, shaxmatning nozik qirralari soyada qolib ketgan. "Qirolichaning yurishida" esa shaxmat yurishlari murakkabligidan oddiy tomoshabin eslab qolishining deyarli iloji yo'q.

"Qirolichaning yurishi" shaxmatni asosiy planga chiqargan bo'lsa-da, mini-serialda feminizm va alkogolizmga qarshi kurash mavzusi ham yotadi. Asar voqealari

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

sodir bo'layotgan o'tgan asming 60-yillarida ham ayollar uchun oila qurib, farzand tarbiyasi bilan shug'illanish asosiy "vazifa" deb hisoblovchilar soni juda ko'pchilikni tashkil etgan. Buni voqealar rivojida ham ko'rish mumkin. Chempion darajasiga yetgan Bet bolalar aravachasini yetaklab kelayotgan maktabdoshini uchratganida, uning Bet erishgan yutuqlarga befarqligi va hanuz oila qurmagani uchun hatto unga achinib qarashini ko'rish mumkin. Bet ayollar ham har sohada ilg'or va iqtidorli bo'lishlari mumkinligi, faqatgina yolg'iz qolmaslik uchungina oila qurib, umrini uy-ro'zg'or ishlariga sarflab yashashga hech bir ayol majbur emasligi, har bir ayol erkaklar kabi erkin shaxs bo'lib tug'ilishi va hayotini qanday o'tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli ekanligini o'z xatti-harakatlari va qarorlari bilan ko'rsatib beradi.

Shu o'rinda yana bir narsani unutmaslik kerakki, mini-serialdagi asosiy g'oya shaxsning shakllanishidir. "Netfliksning mashhur seriali birinchi darajali sport dramasi, feministik risola va giyohvandlikka qarshi hikoya sifatida tan olindi, lekin aslida bu yuqoridagilardan iborat emas. Sport dramalari, biografiya yoki badiiy adabiyot bo'lsin, shaxsiyatni shakllantirish va to'siqlarni yengib o'tish, shu bilan shaxsiy rivojlanishga ilhomlantirishi mumkin"2.

Final qismida Bet shaxs sifatida shakllanadi, yolg'izlikni yengib o'tadi va qaramlikdan o'zini ozod etadi. Bu bilan har bir tomoshabinga kelib chiqish, qanday sharotida voyaga yetish keyingi hayotni belgilab beradigan omil emasligi, irodani mustahkamlash uchun har kun o'z ustida tinimsiz ishlash, soha mutaxassisiga aylanish uchun tun-u kun harakatda bo'lish lozimligi o'z ifodasini topadi. Shu jihatlari bilan "Qirolichaning yurishi" veb-seriallar rivojida muhim o'rin tutgan eng professional seriallar qatoridan joy olishga munosibdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Bosselman Haley. MTV Movie and TV Awards Full Winners List: 'To All the Boys' and 'WandaVision' Take Top Honors. Variety. 16 May 2021.

2. Maxwell Dominic. How true is The Queen's Gambit? What we've learnt about chess. The Times. 5 November 2020.

3. McClain Dylan Loeb. How 'The Queen's Gambit' Is Inspiring Women to Take Up Chess. The New York Times. 10 December 2020.

4. Rosen Christopher. The Queen's Gambit Has Everyone Buying Chess Boards. Vanity Fair. 23 November 2020.

2 Илья Кролевский. Приход королевы: наркотики, рокировка: так ли хорош самый популярный сериал №1:Шх? Лента. Ру, 4 декабря 2020

32

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.