Научная статья на тему 'TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI'

TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1578
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Temp va ritmn / xatti-harakat / sahna voqeasi / ichki tuyg‘u / ichki ishonch / ichki sust ritmda / ichki sokinlik / shart-sharoitdan

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Madaliyev Abdurashid Raximberdiyevich

Ushbu maqolada aktyorlik san’atining temp va ritmning tutgan o‘rni ahamyati, vazifasiga to‘xtalishdan avval ana shu ikki termin haqida ma’lumot beriladi. teatri aktyorining harakatlari va uning imkoniyatlari misollar yordamida ochib berilgan.Temp va ritmning aktyorlik san’ati faninida dolzarb ekanligi ushbu maqolada qisqacha yoritib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN’ATIDA TUTGAN O‘RNI»

TEMP VA RITMNING AKTYORLIK SAN'ATIDA TUTGAN O'RNI

Madaliyev Abdurashid Raximberdiyevich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat inistitutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada aktyorlik san'atining temp va ritmning tutgan o'rni ahamyati, vazifasiga to'xtalishdan avval ana shu ikki termin haqida ma'lumot beriladi. teatri aktyorining harakatlari va uning imkoniyatlari misollar yordamida ochib berilgan.Temp va ritmning aktyorlik san'ati faninida dolzarb ekanligi ushbu maqolada qisqacha yoritib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Temp va ritmn, xatti-harakat, sahna voqeasi, ichki tuyg'u, ichki ishonch, ichki sust ritmda, ichki sokinlik, shart-sharoitdan.

THE ROLE OF TEMP AND RHYTH IN THE ART OF ACTION

Madaliyev Abdurashid Raximberdiyevich Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information about these two terms before focusing on the role of tempo and rhythm in the art of acting. The actions of a theater actor and his potential are explained with the help of examples.

Keywords: Temp and rhythm, behavior, scene, inner feeling, inner confidence, inner slow rhythm, inner calm, condition.

Mavzu rejasi

1. Temp elementi

2. Ritm elementi

3. Ijobiy va salbiy tempo-ritmlar

Temp va ritmning aktyorlik san'atida tutgan o'rni, ahamiyati, vazifasiga to'xtalishdan avval ana shu ikki termin haqida ma'lumot berish o'rinli bo'ladi. Ma'lumki, temp va ritm tushunchasi musiqa olamida paydo bo'lgan. Keyinchalik esa sahna san'ati ijodiyotida ham ularning har ikkisi omadli qo'llanib kelinadi.

Sahna san'ati fanida temp - xatti-harakatning tezlik o'lchovi deb tushuniladi. Xatti-harakat turli tezlikda, ya'ni sekin, tez, o'rta va h.k. kabi vaqt o'lchovi silsilasida amalga oshiriladi. Va aniqki, ularning har biriga o'ziga xos ravishda turli energiya, quvvat sarf etiladi. Shuni e'tiborga olish joizki, xatti-harakat tezligining mexanik oshish yoki kamayishi ichki tuyg'u, fikr, kechinmaga ta'sir etmasligi mumkin. Shuning uchun ham ko'pchilik rejissyorlar vaqtdan yutish maqsadida aktyorlardan

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

jadal so'zlash, xatti-harakat qilishni talab etib, ichki kechinma faolligi ustida bosh qotirmaydilar va bu bilan spektakl yaxlitligiga jiddiy putur yetkazadilar.

Ritm tushunchasi bir oz o'zgacha ma'noni ifoda etadi. Xatti-harakat tempi uning yaxlit ko'rinishi, emotsional ifodasi, xatti-harakat va sahna voqeasi, aktyorlar kechinmasini ham o'z ichiga oladi. Bundan tashqari ritm, ritmlilik, ya'ni xatti-harakat ko'rinishi, tuzilishi, qurilishi uning zamon va makonda tutgan o'rnini ham belgilovchi ma'noni ham ifoda etadi. Inson ritmik xolatda harakat qilganida uning harakat ko'rinishi bir meyorli tus oladi. Aksincha, ma'lum ritmga ega bo'lmagan xatti-harakat esa yaxshi kamol topmagan qurilishi, sistemasi bilan ajralib turadi. Ularning har ikkisi, ya'ni ritmlilik va noritmlilik tushunchalari bir termin - ritm tarkibiga kirib, xatti-harakatning dinamik xarakteri, uning tashqi va ichki tuzilmasini aniqlashda xizmat ko'rsatadi.

Ritm termini sahna xatti-harakati intensivligini belgilabgina qolmay, uning o'lchov birligini ham ma'lum ma'noda ifoda etadi. Bir o'lchov tezligi tempidagi xatti-harakat turli xarakterga, demakkim, turli ritmga ega bo'lishi mumkin. Misol uchun eshkak eshuvchi sportchining harakat tempi tezligi tez orada dovul turishi xavfidan qochayotgan baliqchining eshkak eshish tezligi bilan bir tempga ega bo'lishi mumkin. Ammo, ularning har ikkisi turli xatti-harakat xarakterini ifodalaydi. Ya'ni birinchi xolatda sportchi ushbu xatti-harakatga uzoq tayyorlanganlik, vazminlik va ichki ishonch, faollik xarakteriga ega. Ikkinchi xolatda esa yaqinlashib kelayotgan xavfdan qo'rquv xissi, baliqchining xatti-harakati ritmi birdaniga tez yoki sekin suratga almashib turishi, energiyaning birdaniga pala-partish sarflanishi bilan o'zgacha xarakterga ega bo'ladi.

Temp va ritm tushunchalari o'zaro bir-biri bilan bog'liq. Shu tufayli ham sahna ijodida ular ikkisi birgalikda, ya'ni tempo-ritm shaklida qo'llaniladi. (ushbu terminni ilk bor K.S.Stanislavskiy qo'llagan). Sahna xatti-harakatining ko'pgina ko'rinishlarida ularning xar ikkisi biri-biriga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq bo'ladi. Faol ritm xatti-harakat jarayonini tezlashtirishi yoki aksincha, sust ritm uning sekinlashuviga sabab bo'lishi mumkin. Biroq, bu bog'liqlik har doim ham o'zini oqlamaydi. Ularning har ikkisi o'rtasida aks bog'liqlikni ham kuzatamiz. Masalan: shaxmat turnirida o'yin jarayoni juda sekinlik bilan, biroq, diqqatning yuqori darajada faolligida kechadi. Xavaskorlar o'yinida esa vaqtni o'tkazish maqsadida juda tez tempda, ammo ichki sust ritmda sodir bo'ladi.

Sust ritm jarayoni turli sabablarga ko'ra, ba'zi xollarda ichki bezovtalik, siqiqlik, boshqasida esa ichki sokinlik, xotirjamlik yoki tushkun kayfiyat natijasida yuzaga kelishi mumkin. Har bir xolat o'zida individual ritmni aks ettiradi.

Temp va ritm o'zgarishi berilgan shart-sharoitdan kelib chiqib sodir bo'ladi. Ushbu mavzuga bag'ishlangan dastlabki mashqlar hatti-harakat davomiyligini o'zgartirmagan xolda bir voqeani turli-tuman va muayyan sharoitda bajarish kabi

I ihSi^^Bl ^ http://oac.dsmi-qf.uz

oddiy vazifalardan boshlanadi. Pedagog talabalarga bir voqeani turli makon va vaqt sharoitida bajarish vazifasini topshiradi. Masalan: bir talabaga maktub yozish topshiriladi. Avvaliga u uy sharoitida sevgan insoniga maktub yozadi. Bunda u shoshilmasdan, turli lirik, yoqimli xislar ta'sirida hatti-harakat qiladi. endi ayni xattiharakatni uzoq o'lkadagi bir g'orga ko'chiramiz. Xalokat tufayli sheriklaridan ajralgan, o'limi yaqinlashayotganini sezgan geolog so'ngi ilinj - o'z ortidan izlab keluvchilarga ma'lumot qoldirish niyatida bo'lgan voqeani qog'ozga tushiradi. Berilgan shart-sharoitda mashqni bajarayotgan talabaning hatti-harakatlari tempi va ritmi birinchi xolatdagidan mutlaqo boshqa ko'rinishda tashkil topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maxmudov J. Maxmudova X.-"Aktyorlik maxorati".T.:Lesson Press" nashriyoti, 2016y.

2. Axmedova Z.-"Aktyorlik maxorati" fani majmuasidan mashqlar matni. -T., 2016y.

3. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

4. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

5. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

6. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

7. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

8. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

9. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Х,аётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

10. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

11. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

I ГссЮ^^^В! ^ http://oac.dsmi-qf.uz

12. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХДДА. Oriental Art and Culture, (6).

13. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

14. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

15. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

16. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

17. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

18. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

19. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

20. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

21. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

22. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

23. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

24. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

26. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.

27. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

I fcOT^^^^H 18 http://oac.dsmi-qf.uz

28. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

29. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

30. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

31. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

32. Дехдонов, Р. (2020). СОЕЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).

33. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

34. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

35. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

36. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

37. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

38. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС СТAНИСЛAВСКИЙ ТAЪЛИМОТИДA AK^ra^ СAХНAВИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

39. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

40. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

41. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АХАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

42. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

43. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

19

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.