Научная статья на тему 'MILLIY SERIALLARDA MAVZU VA JANR'

MILLIY SERIALLARDA MAVZU VA JANR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
101
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
milliy serial / mavzu / jant

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mohinur Olim Qizi Ahmetjanova

Ushbu maqolada 1997-2006-yillar oralig’ida “Oʻzbektelefilm” tomonidan suratga olingan milliy tele va videoseraillarning mavzu va janr jihatdan ilmiy tahlili yortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY SERIALLARDA MAVZU VA JANR»

MILLIY SERIALLARDA MAVZU VA JANR

Mohinur Olim qizi Ahmetjanova O'zRFA San'atshunoslik instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada 1997-2006-yillar oralig'ida "O'zbektelefilm" tomonidan suratga olingan milliy tele va videoseraillarning mavzu va janr jihatdan ilmiy tahlili yortilgan.

Kalit so'zlar: milliy serial, mavzu, jant

THEME AND GENRE IN NATIONAL SERIES

Mokhinur Olim qizi Akhmetjanova Institute of art studies of Academy of Sciences of Republic Uzbekistan

Abstract: This article covers the scientific analysis of the national TV and video series filmed by "Uzbektelefilm" between 1997-2006 in terms of subject and genre.

Keywords: national series, topic, rim

O'zbek Milliy seriallari Mustaqillik davriga kelib zamonaviy ko'rinishda shakllandi va rivojlanish bosqichiga kirdi. Teleseriallarni yaratishdan dastlabki maqsad, milliy mahsulot yaratish va shu orqali xorijiy teleserillar orqali kirib kelayotgan zararli yot g'oyalarni ma'lum bir ma'noda to'sish, tomoshabin e'tiborini o'zligimizni tarannum etuvchi milliy seriallarga qaratish edi.

2006-yil 12-iyunda "Milliy serial" kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 115-sonli Qarori (Hujjat kuchini yo'qotgan 22.02.2021) qabul qilingan edi. Qarorda "Milliy serial" kompleks ijodiy-ishlab chiqarish dasturi ishlab chiqilgan bo'lib, unga ko'ra tashkiliy masalalar, televizion seriallarni g'oyaviy-tematik ta'minlash, moddiy-texnika bazasini takomillashtirish masalalari atroflicha yoritilgan edi. Bu albatta o'z navbatida milliy teleseriallar rivojining yangi bosqichga chiqishini ko'zlab qilingan harakatlar edi.

So'nggi 30 yillik vaqt mobaynida seriallar mavzu va janr jihatdan shakllana bordi. Lekin shunday bo'lsada, mavzu jihatdan olib qaralganda, teleseriallarda asosiy mavzu hanuzgacha - maishiy mavzu bo'lib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, janr masalasida ham rang-baranglikka putur yetmoqda. O'zbek milliy seriallar asosan drama, melodrama va komediya janrida suratga olinmoqda.

"O'zbektelefilm" tomonidan 1997-2006-yillar mobaynida "Charxpalak" (mual. Sh.Boshbekov, rej. Sh.Junaydullayev), "Diqqat, motor!" (mual. V.Gusev, rej.

I icclT^^^^H 462 http://oac.dsmi-qf.uz

F.Davletshin), "Mehrobdan chayon" (mual. X.Sulton, rej. M.Muhamedov), "Akbarning sarguzashtlari" (mual. A.Qosimov, M.To'ychiyev, rej. A.Qosimov), "Adolat manzili" (mual. O.Yoqubov, rej. F.Xaydarov), "Yusuf va Zulayxo" (mual. R.Bobojon, rej. X.Qahramonov), "Baland tog'lar ostida" (mual. A.Ko'chimov, rej. B.Ahmedov, M.Mirkamolov), "G'izg'izon" (mual. M.Toshpo'latov, rej. M.Mirzahmedov), "Quyoshi botmaydigan yurt" (mual. N.Norqobilov, rej. D.Karimova), "Jahon Otin Uvaysiy" (mual. T.Qosimova, A.Qosimov, rej. A.Qosimov), "Zanjir" (mual. M.Toshpo'latov, rej. S.Boboyev), "Lafz" (mual. F.Musajon, B.Ahmedov, rej. B.Ahmedov), "Qaytmas" (mual. A.Obidjon, rej. Sh.Bizaatov), "Yettinchi falakdan kelgan ovoz" (mual. S.Sirojiddinov, rej. Sh.Junaydullayev), "Bog'" (mual. Sh.Bo'tayev, rej. B.Ahmedov), "Taqdir yo'llari" (mual. M.Ismoil, Y.Roziqov, E.Usmonov, rej. E.Normurodov), "Xurshida" (mual. X.To'xtaboyev, rej. Sh.Junaydullayev), "Imon" (mual. M.A'zam, rej. B.Ahmedov), "Zumrad va Qimmatning yangi sarguzashtlari" ("Shertoyning sarguzashtlari") (mual. R.Solihova, rej. M.Abzalov), "Akademiya" (mual. T.Malik, rej. M.Rajabov), "Maftuna" (mual. N.Eshonqul, rej. N.Qosimov) badiiy video va teleseriallari suratga olindi.

E'tibor bilan nazar tashlansa, milliy teleseriallar suratga olinishni boshlagan davrdan bugungi kungacha asosiy janr - bu drama janri bo'lib qolmoqda. Teleseriallardagi badiiy, mavzu va janr jihatidan yuksalish "Charxpalak"da yaqqol ko'zga tashlangan. 1997-yildan boshlangan suratga olish ishlari 2006-yilga kelibgina yakuniga yetganini inobatga olganda, ushbu serialning katta tomoshabin auditoriyasini qamrab olgani va muvaffaqiyatli ravishda efirga uzatilgani isbotini ko'rish mumkin. "Charxpalak" ko'p qismli tele mahsulot sifatida o'zbek tomoshabini auditoriyasining katta qismini jalb eta bilgani e'tiborga molik.

"Adolat manzili", "Baland tog'lar ostida", "G'izg'izon", "Quyoshi botmaydigan yurt", "Zanjir", "Taqdir yo'llari", "Xurshida", "Imon", "Zumrad va Qimmatning yangi sarguzashtlari" ("Shertoyning sarguzashtlari"), "Maftuna" kabi teleseriallarda asosan zamondosh qahramonlar obrazi yaratilib, ushbu ko'p qismli televizion asarlarda davr ruhi va o'sha kun uchun aktual bo'lgan mavzularga qo'l urildi.

Bundan tashqari "Mehrobdan chayon", "Yusuf va Zulayxo", "Lafz", "Uvaysiy" kabi tarixiy davrlar yoritilgan videoseriallar ham efir yuzini ko'rdi. Ular orasida ayniqsa, "Lafz" tomoshabinlar mehrini qozondi. Unda birovning haqiga xiyonat qilishlikning jazosi qanchalar og'ir bo'lishi didaktik ruhda yoritilib, 6 qismga (har bir qismi 35 daqiqadan) jamlandi.

"Mehrobdan chayon" kutilgan muvaffaqiyatga erishmagan bo'lsada, romandagi badiiy filmda namoyish etishning imkoni bo'lmagan voqeliklarni ochib berish uchun munosib urinish bo'ldi. Tabiiyki, adabiy asarni ekranlashtirishning o'ziga xos qonuniyatlari hamda murakkabliklari mavjud. "Bugun adabiyotga qanday

I icclT^^^^H 463 http://oac.dsmi-qf.uz

munosabatda bo'lishimizdan qat'iy nazar, biz uni tushunishda bu kino va televideniye davridagi adabiyot ekanligidan kelib chiqishimiz kerak"1. Hammaga yaxshi tanish bo'lgan klassik asarning ko'p qismli ekranizatsiyasini yaratishning o'ziga xos murakkabligini hisobga olganda, bunday jiddiy qadamni ijodiy jamoa tomonidan katta jasorat deya baholash mumkin. Boz ustiga, bosh qahramonlar siymosini gavdalantirayotgan aktyorlar tajribasiz bo'lganliklarini inobatga olib, rejissyor M.Muhamedovning yosh ijodkorlarga imkoniyat eshiklarini ochishga bo'lgan intilishini yuksak baholash mumkin. Ammo bu dadil qadamning o'ziga yarasha xato va kamchiliklari mavjud bo'lib, badiiy filmning yuksak darajadagi saviyasi bilan solishtirish mushkul bo'lgan ko'p qismli tele asar yaratildi.

"Jahon Otin Uvaysiy" videoserialida shoira Uvaysiy hayoti va ijodi o'z aksini topganligi bilan qimmatli sanaladi. Uning postanovkasida L.Qosimova (Uvaysiy), R.Yarasheva (Nodira), M.Abduqunduzov (Amir Umarxon) kabi mahoratli aktyorlar jamoasi to'plangani ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmadi. Yuqorida qayd etilgan videoseriallar o'zining o'tmishdosh ko'p qismli telemahsulotlari bilan farqini yaqqol namoyish eta boshladi. Bundan "seriallashtirishning ham adabiy ildizlari borligini ta'kidlash mumkin. Birinchi marta teletanqidchi V.Muratov bunga e'tibor qaratib, ko'p serialilikni umumiy madaniy hodisa deb atadi"2.

1997-2005-yillarda tasvirga olingan seriallarda milliylikka bo'lgan intilishning kuchliligi, o'zbekona tarbiya va ma'naviy qarashlar ustun kelganligini kuzatish mumkin. Bu esa o'z-o'zidan tarixiy mavzularga murojaat etishga va qolaversa maishiy mavzularning ko'p qo'llanilishiga olib keldi.

2006-yillarga kelib esa xorijiy teleseriallarga taqlidan yondashuv holatlari ko'zga tashlanishni boshladi. Ammo bu jarayon milliy teleseriallarda mavzu va janrning boyishini ta'minlamadi. Bu qisqa davr teleseriallarni video film an'analaridan chekinib, zamonaviy ko'rinishdagi teleserial formatiga o'tib borishi uchun bir bosqich vazifasini o'tadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Вартанов А. Телевидение и мы// Советская культура. 1983. 7 июня.

2. Дубнова. Е. Об искусстве художественного слова. М.: Знание. 1986

3. Глушеко В., Деревицкий В., Тетерин А. Диалоги о телевидении. М.: Искусство, 1974

1 Вартанов А. Телевидение и мы// Советская культура. 1983. 7 июня. Стр. 154

2 Дубнова. Е. Об искусстве художественного слова. М.: Знание. 1986

464

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.