Научная статья на тему 'MUSIQIY SHAKL VA UNING UMUMIY TAMOYILLARI'

MUSIQIY SHAKL VA UNING UMUMIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1408
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqiy asarlar tahlili / fan / vazifalari / mazmun va shakl / analiz / badiiy obraz.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Zarlıq Bekbergenov

Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari talabalarda musiqiy asarlarning har tomonlama chuqur о‘rganishini, uni mazmun va shakl jihatidan bir biri bilan qanday bog‘liqligini kо‘rsatib berishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY SHAKL VA UNING UMUMIY TAMOYILLARI»

MUSIQIY SHAKL VA UNING UMUMIY TAMOYILLARI

Zarliq Bekbergenov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari talabalarda musiqiy asarlarning har tomonlama chuqur o'rganishini, uni mazmun va shakl jihatidan bir biri bilan qanday bog'liqligini ko'rsatib berishdan iborat.

Kalit so'zlar: musiqiy asarlar tahlili, fan, vazifalari, mazmun va shakl, analiz, badiiy obraz.

MUSICAL FORM AND ITS GENERAL PRINCIPLES.

Zarlyk Bekbergenov Nukus branch of Uzbekistan State Institute Arts and Culture

Abstract: The main goals and objectives of the analysis of musical works are to show students the in-depth study of musical works in all its aspects, how they relate to each other in terms of content and form.

Keywords: analysis of musical works, science, tasks, content and form, analysis, artistic image.

Musiqiy asarlar tahlili fani o'zining kengqamrovligi, murakkabligi, bilan oliy o'quv yurtida o'tiladigan muhim fanlarning biri bo'lib hisoblanadi. Bu fan o'zining tarkibida musiqa asarlarining turli tomonlarini, uning mazmunini, ifodalash vositalarini hamda shakllantirish jihatlarini qamrab oladi. O'z navbatida bu jihatlar uning janrlar, uslublar haqida so'z yuritishga imkon beradi.

Musiqiy asarlar tahlili fanining asosiy maqsad va vazifalari talabalarda musiqiy asarlarning har tomonlama chuqur o'rganishini, uni mazmun va shakl jihatidan bir biri bilan qanday bog'liqligini ko'rsatib berishdan iborat.

Analiz so'zi (tahlil) yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ajratish, bo'linish -ma'nolarini anglatadi. Qadim zamonlardan tortib kishilar dunyoni bilish jarayonida ishlatadigan, o'zaro chambarchas bog'langan tekshirish usullari. Analiz fikran yoki amalda narsa va hodisani tarkibiy bo'laklarga bo'lishdan iboratdir. Inson atrofini o'rab turgan obyektiv borliq murakkab va shu bilan birga konkret narsalar, hodisalardan iborat. Ular xilma-xil xususiyat va sifatlarga ega. Shu murakkab, har turli narsa va xodisalarni o'rganish va bilish, ular to'g'risidagi tushunchalarimizni chuqurlashtirish uchun shu narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga ajratish - analiz lozim.

I icclT^^^^H 503 http://oac.dsmi-qf.uz

Musiqa san'atida analiz (tahlil) fani - musiqiy asarni ilmiy tadqiq qilib, uning uslubini, shaklini, musiqiy tilini, shuningdek har bir unsurining rolini va ularning musiqa mazmuni bilan o'zaro uzviyligini o'rgatadi. Tahlil tadqiqotning uslubi sifatida butun birlikni bo'laklarga bo'lib, uning tizimidagi unsurlarni alohida-alohida o'rganib chiqishni asosiy maqsad qilib belgilaydi.[1.B.312]

Musiqiy asarlarni tahlil qilish jarayonida, musiqaning turlari, qirralarini yaxshi bilish kerak bo'ladi. Bu borada tahlil fani «musiqa tarixi», «garmoniya», «polifoniya», ayniqsa «musiqa shakli» fanlari bilan juda yaqindan bog'liqdir. Tahlil qilinayotgan asarning janrini, uslubini yaxshi bilish bilan bir qatorda ushbu asarning yaratilish tarixini, kompozitorning shu davrda qanday sharoitda yashaganligini, zamonning shart-sharoitlari qanday axvolda ekanligi bilish xam muhim ahamiyat kasb etadi.

Musiqiy asarlar fanining murakkabligi uning ikkilamchiligidandir.

Musiqiy asarlar tahlili nafaqat turli xildagi qonunlar bilan bog'liq, shuningdek u estetika, psixologiya masalalarini xam o'z ichiga oladi. Tahlil musiqani chuqur o'rganadi, musiqa esa o'z navbatida o'ta murakkab san'at turidir. Shuning uchun ham bu san'at turini turli xildagi mutaxassislar o'rganadi: musiqa san'ati estetika fanining (umumiy qoidalari), psixologiya fanining (emotsional xarakterlari), falsafa fanining (mavzularning ziddiyatligi), shuning bilan birga musiqa tarixiy faktlar (kuy, ritm, garmoniya, ovozlarning past-balandligining o'zaro bog'liqligi) obyekti bo'lib xizmat qiladi.

Musiqiy uslub. Musiqiy asarni to'laqonli tahlili uchun janr va uslub tushunchalari muhimdir. Uslub va janr orasidagi aloqalar nozikdir. U yoki bu janrdagi asarlar har xil uslublarda uchraydi. Shu bilan birga u yoki bu uslub ko'pgina janrlarda uchrashi mumkin. Ba'zi bir kompozitorlar uslubi uchun aniq bir janrlar xarakterlidir (Verdi, Vagner, Rimskiy-Korsakov uchun opera, Shopen uchun -fortepiano miniatyuralari). Ba'zi bir janrlar u yoki bu uslubda ko'p qo'llaniladi (Baxda - xoral, Shopenda - mazurka).

Uslub deb ko'pincha ijodiy ifoda etish yozuvi, manerasi deb tushuniladi. Ammo uslub tushunchasi ancha keng: ma'lum asar, kompozitor, ijodiy yo'nalishga xos bo'lgan ifodaviy vositalar xarakterligini ko'rsatadi.[2.B.45]

Musiqiy uslub(stil) - musiqiy tafakkur, timsollar va vositalarni ifodalanishi tizimidir. Uslub badiiy ijodning yuqori kateroriyasi xisoblanib badiiy tizim ichida davrni dunyoqarashini gavdalantiradi. Uslub keng (masalan vena klassik uslubi) va tor (bir kompozitorga tegishli uslub) ma'noda qo'llaniladi. Uslubni keng ma'noda biz "davr uslubi" - barokko, klassitsizm, romantizm uslublari haqida gapirishimiz mumkin. Zamonaviy musiqada uslublarni kontrast aloqalari haqida gapiramiz - bu polistilistika.

504

http://oac.dsmi-qf.uz

Uslubda kompozitorning musiqali tafakkuri, uning ijodiy usuli aks ettiriladi. Musiqali tafakkur esa kompozitorning dunyoqarashi bilan izchil bog'liq bo'lib, tarixan va ijtimoiy shartlangan. Shuningdek, uslub faqatgina ma'lum kompozitor ijodiga taalluqli bo'libgina qolmasdan, maktab, yo'nalish, davr, musiqaning milliy xususiyatlariga ham xosdir. [3.B.67-68]

Uslub tushunchasi musiqiy til tushunchasiga yaqin bo'lib, ba'zida ular bir ma'noni bildiradi. Musiqiy til - bu ifodaviy vositalar jamidir. Unga, albatta, u yoki bu uslub xosdir. Va aksincha, barcha uslub faqat o'ziga xos xarakterli musiqiy tilda ifoda etilinadi. YA'ni, ular o'xshash bo'lsa ham, ularning tushunchalari bir emas.

San'atda janr asosiy tushunchalardan biri. Janrlar tarixan vujudga kelgan bo'lib, bir qator belgilar bilan ajratilgan musiqiy asarlarning nisbiy turg'un turi va xillaridir. Ulardan asosiy xususiyatlari:

1. hayotdagi o'rni, jamiyat turmushidagi funksiyasi;

2. ijroni sharoiti va vositasi;

3. mazmun turi va shaklni gavdalanishi.

Janr musiqiy ijod turg'un normalari sifatida qabul qilinadi. Uni tushunish uchun besh savolga javobni aniqlash lozim: kim uchun, qayerda, kim orkali, nima ijro etiladi va kanday maqsadda? (V.Sukkerman). Ko'pgina janrlarning hayotiy o'rni mavjuddir. "Janr" tushunchasi keng (masalan, raqs), va tor (mazurka, vals) ma'noda qo'llaniladi. Janr - bu mazmunni umumiy xarakterini ko'rsatuvchi asarning turi. Musiqiy janrlar mazmuniga ko'ra quyidagicha tasniflanadi: harakatchan, lirik, dramatik, epik, dasturli va h.z. Funksional ahamiyatiga ko'ra: maishiy va professional.

Musiqali janrlar ijro vositalar bo'yicha tasniflanishga qulaydir:

1. Cholg'u musiqa: orkestrli(simfonik), kamer (ansambl, uning turlari - trio, kvartet va hok.), yakka (fortepiano, organ va hok.).

2. Vokal musiqa: xor, ansambl, jo'rli yakka ijro va hokazo.

3. Aralash vokal-cholg'u musiqa: kantata, oratoriya, vokal-cholg'u ansambllar va hok..

4. Teatral musiqa(sahna, harakat, artistlar o'yni): opera, balet, operetta, dramatik teatr, kino uchun musiqa. [4.B.90-91]

Bu tasnif janrlar haqidagi to'liq taassurot bermaydi. Yana janrlarni yuqorida berilganiday mazmun bo'yicha ham tasniflash mumkin - lirik, dramatik, epik musiqa. Tarix mobaynida tipik, umum tarqalgan janrlar o'z nomlariga va standart ahamiyatga ega bo'ldilar.

Kichik janrlarning nomi son-sanoqsizdir: prelyudiya, kaprichchio, bagatel, skerso, so'zsiz qo'shiq, prelyud, etyud, noktyurn, ballada, rapsodiya va hok.

Janrlarning rivoji jarayonida ularning nomlari shartli va o'zgaruvchan bo'lgan. Masalan, Baxning "simfoniyalari" - o'rta hajmli cholg'u pyesa, Skarlattining

I icclT^^^^H 505 http://oac.dsmi-qf.uz

sonatalari - kichik hajmli ikki qismli fortepiano pyesasi. Ammo XVIII asming ikkinchi yarmidan boshlab sonata - bu bir yoki ikki musiqiy cholg'u uchun yozilgan turkumli asar, simfoniya esa - orkestr uchun yozilgan asar.

Shakl va janr tushunchalari bir-biriga juda bog'liq bolsa ham, ular boshqa-boshqa tushunchalarni bildiradilar.

Musiqiy shakl tushunchasi ikki o'zaro bog'liq bo'lgan ahamiyatni o'z ichiga oladi: keng, umumestetik va tor, mutaxassis, texnogolik. Keng ma'noda shakl - bu spetsifik musiqiy vositalarda g'oyaviy-obrazli mazmunni badiiy tashkiliy aks ettirishi.

Bu ahamiyatda musiqiy shaklning komponentlari bo'lib nafaqat yaxlit asar va uning qismlarinin tuzilmasi, balki faktura (kuy, garmoniya, ritm - ular birligi va bog'liqligida), tembr va registr vositalari, dinamik bo'yoqlar, temp va ularni o'zgarishi (tezlatish va sekinlash), artikulyatsiya (tovushlarni chiqarish uslublari -staccato, legato va xokazo) hisoblanadi.

Musiqiy shakl deb aslida musiqiy asarning tuzilishi tushuniladi. O'z navbatida shakl - asarning mazmunini yoritishini maqsad qilib, o'zga xos, xilma-xil tuzilish tarkibiga ega bo'ladi. Ma'lumki, musiqiy shakllarning tuzilish konun-qoidalari asrlar davomida shakllanib, asta sekin umumiy kompozitsion tuzilish jadvaliga bo'ysinib kelgan. Musiqiy shakllar nisbiy ravishda cheklangandir. Bu imkoniyat keyinchalik uni asosida yuzaga kelgan ko'plab yaxlit va rangbarang, umumiy va farqli kompozitsion tuzilish jadvallari va shakl turlarini yuzaga chiqarib tasniflashga asos bo'ldi. [5.B.218]

Shakl - barcha san'at turlariga xos bo'lsada, ularni qabul qilib, idrok etish jarayoni o'zgachadir. Masalan, grafika, tasviriy san'at, xaykaltaroshlik ko'rish orqali idrok etilsada uning shakli har ongda, har soniyada bir umumiy yaxlitlik shaklda ko'z oldimizda gavdalanadi. Binobarin musiqiy asar ko'rinishi (jumladan adabiyot namunalari kabi) vaqt davomida yoritilib, uning xar bir bo'lagi, tarkibiy qismi asta sekin birma-bir vaqt jarayoniga bo'ysinib, yakuniga qadar yoritiladi. YA'ni, musiqiy asarni tinglanishi va u xaqda ma'lum ma'lumotga ega bo'liish vaqt jarayoni bilan bevosita boliqdir.

Repriza shaklni ma'lum darajada bir qolipga soladi. Shaklning boshida va oxirida kelib takrorlanadigan tuzilmalar uchragan hollarda, shaklning boshqa qismlariga taqqoslab olganda mutanosiblik nihoyatda kam bo'lgan hollarda ana shunday chegaralash (o'rash) haqida gapiriladi; bunda reprizalilikka unchalik urg'u berilmaydi;

5) asosiy shakl yoki uning qismiga muqaddim a, ya'ni shakl qismlaridan birining oldidan, ko'pincha undan ajralgan holda keladigan tuzilma;

6) asosiy shakl yoki uning qism iga yakun yasash, ya'ni butun asosiy shaklning oxiridan so'ng keladigan va bunday hollarda koda deb ataladigan tuzilma yoki

I [ccñ^^BI 506 http://oac.dsmi-qf.uz

shaklning qaysidir bir qismi (mavzuning bayoniga, uning o'rta qismiga va boshqa shu singari qismlariga) qo'shilib ketdi.

Shakldagi u yoki bu tuzilma funksiyasi ko'pincha kuy, garmoniya va tuzilmadagi xarakterli belgilarga bog'liq buladi. Xuddi ana shu xarakterli belgilar muzika materialini bayon etish turini vujudga keltiradi.

Har bir tuzilma funksiyasiga xos bo'lgan belgilarning barchasi birdaniga ham, qisman bir-biri bilan birikib kelganda ham namoyon bo'lishi mumkin. [6.B.90]

Mavzuni bayon etishga, shuninpdek, ko'pincha uning repriza orqali takrorlanishiga ham bayon etish turi muvofiq keladi. Bu ekspozitsion tur deb ataladi. Uning umumiy belgilari - xarakterning turg'unligida hamda ifoda vositalarining tejab ishlatilganligida ko'rinadi. Bu vositalarga quyidagi birliklarni kiritish mumkin:

1) Mavzu birligi. U bir yoki bir necha kuy-mavzu elementlarining mavjudligida ifodalanadi.

2) Tonal birlik. U tuzilmaning-yoppasiga bir tonallikda bulishi bilan ifodalanadi. Bunday tonallik bir oz o'zgarishi, ko'pincha tonallikka yaqin bo'lgan tuzilmalar tomon o'zgarib, keyinchalik asosiy tonallikka qaytishi ham mumkin. Ba'zan esa har bir tonallikdan ancha uzoqlashib ketgan hollarda ham yana orqaga, qaytib kelinadi.

Tuzilma pirovardida ko'yaincha dominanta tomonga an'anaviy yo'nalishda modulyatsiyalash. Musiqa shakli bir butun, yaxlitlikka ega bo'lishi bilan bir vaqtda qismlarga ham bo'lingandir, ya'ni u ma'no jihatdan bir-biridan farq qiladigan qismlardan iboratdir.

Shu jihatdan musiqa og'zaki nutqqa o'xshab ketadi. Bunday o'x-shashlikni yana quyidagicha davom ettiraverish mumkin: shaklning yirik qismlari adabiy asarning boblarini bir qadar esga soladi, maydaroqlari esa - abzatslarni, turli uzunlikdagi iboralarni va hatto so'zlarni eslatadi.

Shaklning har qanday qismlari orasidagi bo'linish payti sezura deb ataladi. [7.B.212]

Sezura qismlarning cheklanishidagi keskinlikka qarab turli-cha teranlikka ega bo'lishi mumkin - bu teranlik davomli pauzadan tortib, to ayrim tovushlar orasida tarang seziladigan uzilishgacha davom etishi mumkin.

Bundan tashqari, sezuraning bo'lak belgilari, masalan, registrlar o'zgarishi, jarangdorlik kuchining tuslari va shunga o'xshashlar bo'lishi ham mumkin.

Odatda sezura asosiy ovozda hammadan ko'ra ravshanroq ifodalangan bo'ladi. Jo'r bo'lish (jo'r bo'lib rez berish, ikkinchi darajali ovozlar) vaqtida asosiy ovozdagi sezura paytida tanaffus bo'lmasligi ham mumkin.

Foydalangan adabiyotlar

1. Vasina, Grosman V. Vokalniye formi. - M. 1963.

2. Dmitrevskaya K. Analiz xorovix proizvedeniy. M., 1967.

I [ccñ^^BI 507 http://oac.dsmi-qf.uz

3. Mazel Y.A., Sukerman V. Analiz muzikalnix proizvedeniy. M.,1967.

4. Protapov V. Prinsipi muzikalnoy formi Betxovena. M. 1970.

5. Tyulin Y. Stroyeniye muzikalnoy rechi. M. 1962.

6. Sukkerman V. Analiz muzikalnix proizvedeniy. Rondo. Prostiye formi 1980.

7. Sukkerman V. Analiz muzikalnix proizvedeniy. Rondo v yego istoricheskom razvitii. Chast - 1 M., 1988.

508

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.