AR-ROZIYNING "FALSAFIY HAYOT TARZI" ASARIDA INSON MA'NAVIY HAYOTIDAGI QUYI VA YUQORI CHEGARALAR TAHLILI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-872-877
Safarov Maqsudali Kamol o'g'li
TDIU ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi Telefon: +998903472311 E-mail: maqsudali. [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolamizda Abu bakr ar-Roziyning "Falsafiy hayot tarzi" asarida insonlar hayoti ularning turmush tarzidagi chegaralarni quyi va yuqori chegaralarga ajratib qiyoslaganini va faylasuf odam qaysi bir chegarada hayot kechirishi ta 'kidlangan va biz ham buni hozirgi hayotimizda qiyoslab o 'rganganmiz. Insonlarni farqlash, insonlarni qanday qilib nafsni tiyishi kabi fikrlar ham keltirilgan bo'lib bu borada tegishli ham keltirildi.
Kalit so'zlar: Chegara, zohidlik, tarkidunyochilik, faylasuf, Suqrot, vakum," Ruhiy tabobat".
АННОТАЦИЯ
В этой статье «Философский образ жизни» Абу Бакра ар-Рази говорится, что человеческая жизнь сравнивает границы своего образа жизни с нижней и верхней границами, и в какой мере живет философ, и мы изучили это в нашей настоящей жизни. Есть также идеи о том, как различать людей и как контролировать их желания.
Ключевые слова: Граница, аскетизм, секуляризм, философ, Сократ, вакуум, «Духовная медицина».
ABSTRACT
In this article, Abu Bakr al-Razi's Philosophical Lifestyle states that human life compares the boundaries of their way of life to the lower and upper bounds, and to what extent a philosopher lives, and we have studied this in our present life. Thoughts such as how to differentiate people and how to control people's desires have also been raised.
Keywords: Boundary, asceticism, secularism, philosopher, Socrates, vacuum, "Spiritual medicine".
872
KIRISH
Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi ma'naviyatdir. Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyat" dir deb ta'kidlagan edilar davlatimiz rahbari [1;27]. Darhaqiqat hozirgi kunning eng asosiy mavzusi ham manaviyat bo'lib qolmoqda biz ushbu maqolamizda inson hayotida ro'y berishi mumkin bo'lgan odob-axloq qoidalarini keltirib, tahlil qildik. Bugun hayot yangicha fikrlash va ishlash, milliy "aql markazlari"ni shakllantirishni talab etmoqda. Afsuski, atrofdagi barcha siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni chuqur tushunib, ta'sirchan tilda yetkazib beradigan tahlilchi va ekspertlarimiz juda kam. Bunday vaziyatda jamiyatni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasidagi ilmiy-amaliy tadqiqotlarni tubdan qayta ko'rib chiqish zarur. Shu ma'noda, Ma'naviyat va ma'rifat, "Taraqqiyot strategiyasi", Islom sivilizatsiyasi markazlari, ijtimoiy-gumanitar yo'nalishdagi tadqiqot institutlari haqiqiy "aql markazlari"ga aylanishi kerak[2;56].
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Biz ar-Roziyning siyosiy falsafasiga kirish borasidagi tadqiqotimizni uning "Falsafiy hayot kitobi" (Kitab al-Siroh al-Falsafiyyah) ni o'rganish bilan boshlaymiz, buning sababi bu kitob mavzuga aloqador bo'lgan to'liq ma'lumotlarni berishida yoki bo'lmasa ar-Roziyning dastlabki kitoblaridan biri bo'lganligida emas, balki bu kitobning keng tarqalganligidadir. Ushbu risolada ko'tarilgan savollar uning umumiy bilimlari orasida eng asosiylarini o'zida jamlagan hamda boshqa asarlaridagiga qaraganda anniqroq qayd etib o'tilgan. Bu yerda u o'zi kechirgan hayot tarzini oqlashga urinadi, va bunda u o'zi tan olgan ustozi Suqrotning hayoti bilan qanchalik mos keluvchi hayot kechirganligini ko'rsatib o'tadi. Ar-Roziy uchun, Suqrot uchun bo'lgani kabi eng asosiy muammo bu falsafiy moyilligi bo'lgan individ, g'oyalar dunyosiga qarshi bo'lgan insoniyat olamida qanday darajada jalb etilishi kerakligida edi [3;123].
Yoqori va quyi chegaralar
Shuning uchun biz aytamiz: odamlar o'z holatlariga nisbatan hurmati yuzasidan farqlanadilar. Ba'zilar qulay sharoitda o'stiriladi boshqalari esa faqirlikda. Istaklar ba'zilarning qalbi uzra ulkan talablarni qo'yadi, shuning uchun ham ba'zilar ayollarga, sharobga, hokimiyatga ko'ngil qo'yadilar, va shu kabi masalalar odamlar orasida katta farqni yuzaga keltiradi. Ularning nafslarini bostirishda boshlariga
tushadigan og'riqlari ularning holatlaridan kelib chiqib juda ham katta farqlanishga sabab bo'ladi. podshoh oilasida tug'ilib voyaga yetkazilgan bola nafaqat dag'al kiyim boshqa qanoat qilmaydi balkim uning qorni oddiy ovqatga ham qanoat qilmaydi, oddiy oilada voyaga yetgan bola esa undan farq qiladi. Aksincha u bundan bir necha marotaba azob chekadi. Xuddi shu kabi, ma'lum bir ko'rinishdagi rohatga o'rganib qolgan kishilar ulardan cheklab qo'yilganlarida azob chekadilar; va noqulayliklar ular uchun ortib boradi, bunday qulayliklarga ega bo'lmagan kishilarga nisbatan keskinroq va kuchliroq shaklga ega bo'ladi [4;7].
Shuning uchun ham hammani bir xilda ayblab bo'lmaydi; aksincha, bu ularning holatlariga ko'ra farqlanadi. Shuning uchun ham zarurat tug'ilganida podshohning falsafiy fikrlaydigan farzandi ovqat, ichimlik va hayotning boshqa shu kabi ne'matlaridan o'zini tiya olmasa u ayblanmaydi. Agar zarurat tug'iladigan bo'lsa bu cheklovlar bosqichma bosqich amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Biroq, chegaradan oshib o'tish mumkin emasligi shundaki, ular faqat nohaqlik va qotillik qilish orqali erishiladigan yoqimli narsalardan va umuman, Allohga dushman bo'lgan va aql va adolat hukmiga ko'ra qilinmasligi kerak bo'lgan har qanday narsadan o'zlarini tiyishadi. Bularga kirmaydigan ishlarni bajarishga ruxsat beriladi. Demak, bu o'zini zavq-shavq bilan ta'minlashga nisbatan eng yuqori chegara.
NATIJALAR
Eng quyi chegara esa- men zohidlik va o'zini cheklashni nazarda tutyabman-inson uchun unga zarar yetkazmaydigan va uni kasal qilmaydigan narsalarni yeyish o'ziga rohat baxsh etadigan darajadan o'tib ketmaslik yoki o'zi juda ham xoxlagan narsasi rohat darajasidan o'tib ketmasligi hamda o'zining nafsi ochligini bostirishdan oshig'ini xoxlamasligi. Terisi azob chekmaydigan ust boshni kiyish, dabdabali, rangli kiyim boshlar kiymaslik. Va uni haddan ortiq issiq va sovuqdan asraydigan uyda yashashi, ulkan hashamatli binolarda yashashga intilmasligi, qachonki u bunday uylarda hech qanday o'g'irliksiz erishishga imkoniyati yetarli darajaga yetguncha, yoki bo'lmasa bunday joyda yashamasa o'z joniga qasd qilmaydigan darajaga ko'tarilmagunicha. Shunga qaramay, kambag'al otalarning farzandlari va qiyin ahvolda voyaga yetgan bolalar bu holatda yuqoridagilardan farqlanadilar. O'zini cheklab zohidlikka erishish huddi shunday hayot kechiruvchilar uchun osonroq hisoblanadi, xuddi Suqrot uchun o'zini cheklab zohidlikka erishgani Platonga nisbatan osonroq bo'lgani kabi[5;9].
Ushbu ikki chegara orasida yotuvchi barcha narsaga ruxsat etilgan. Shularni amalda qo'llaydigan kishi faylasuf maqomi doirasidan chiqib ketmaydi, aksincha
uning bunday huquqqa ega bo'lishi joizdir. Shunga qaramay, yuqori darajadan ko'ra quyi darajaga moyillik afzal hisoblanadi. Fazilatli qalblar, garchi ular qulay sharoitda voyaga yetgan tanaga do'st bo'lsalar ham, bosqichma bosqich o'zlarining tanalarini quyi daraja tomon olib boradilar.
Quyi darajadan o'tib ketish bu falsafadan tashqariga chiqib ketish demakdir, biz bu haqida Hinduiylar, Manicheanlar, monklar va hermitlarni misol tariqasida keltirib o'tdik. Bu oddiy hayot tarzidan tashqariga chiqib ketish va Allohga qarshilik qilishdir, balki u qalblarga keraksiz zarar yetkazib yuksaklikka erishishi mumkin va uning faylasuflar maqomidan chiqarilishini kafolatlaydi. Bu vaziyat yuqori chegaradan o'tib ketish bilan barobardir. Biz Allohdan bizga omad berishini, bizni to'g'ri yo'lga boshlashini va u uchun eng yaxshi bo'lgan ishlarni qilishda yordam berishini va unga yaqinroq bo'lishni so'rab iltijo qilamiz.[6;11]
Qisqacha qilib aytamanki: Yaratgan johil bo'lmagan biluvchi va nohaqlik qilmaydigan adolatli ekan; va u bilimli, adolatli va rahmdil ekan. U biz uchun yaratuvchi va xo'jayin, biz esa unga qul va vassal ekanmiz; o'z egalariga eng sevimli qullar bu ularning an'analariga eng ko'p mos kelganlari va ularning hayot tarziga eng ko'p amal qiluvchilaridir; Allohga eng yaqin qullar esa eng ko'p o'rganganlar, eng adolatlilar, eng sabrlilar va eng mehribonlardir; bu butun nutq barcha faylasuflarning so'zlaridan anglashiladigan ma'noni o'zida jamlaydi "Falsafa bir kishini Allohga o'xshatib qo'yadi, bu esa odamzod uchun erishish ehtimoli bor bo'lgan daraja". Bu esa falsafiy hayotning qisqacha ta'rifidir. Buning batafsil bayoni "Ruhiy tabobat" kitobida keltirilgan. Negaki, biz u yerda ruhni yomon axloqiy odatlardan qanday tozalash va falsafiylikka intiluvchi kishi tirikchilik uchun qay darajada qayg'urishi kerakligini aytib o'tdik.
MUHOKAMA
Amaliy qismga hurmat yuzasidan aytishim kerakki, men o'z hayotim davomida Allohning yordami va kafforati tufayli o'zim tomonimdan tushuntirib berilgan ikkita chegarani bosib o'tmadim. Va mening hayotimni falsafiy emas deyilishiga sabab bo'ladigan hech qanday narsa sodir bo'lmadi. Buning uchun men hokimlar bilan aloqa o'rnatmadim. To'g'rirog'i, men u bilan ikki ishni bajarayotganda sherik bo'ldim tibbiyot bilan shug'ullanayotganimda va tirik odam sifatida: u kasal bo'lganida, uni davolash uchun va uning tanasining holati yaxshilash uchun; Uning tanasi sog' bo'lganida esa, uni mehmon qilish va unga maslahat berish uchun, Xudo biladi, men hamma narsada unga va uning suruviga foydali bo'lishini umid qilgandim. Aql va adolatning hukmi shundan kelib chiqadiki, inson boshqalarga azob bermasligi, o'ziga
ham og'riq keltirmasligi kerak. Aql hukmi bilan taqiqlangan ko'plab ishlar ham shu ibora ostida bo'ladi, masalan, hindlarning Tangriga yaqinlashib, tanalarini kuydirib, o'tkir temir bo'laklari bilan kesadilar, manixiylar esa jinsiy aloqa qilishni hohlaganlarida moyaklarini kesib tashlaydilar. ochlik va tashnalik bilan o'zlarini sinaydilar,va o'zlarini suvdan saqlangan holda yoki bo'lmasa siydik bilan yuvinish orqali ifloslantiradilar. Bu tasnifga, garchi ancha past bo'lsa-da, Xristianlarning monastir hayotiga intilishi va uning odatlariga chekinishi, shuningdek, masjidlarda doimiy qoladigan ko'plab musulmonlarning daromad olishdan voz kechishi va kam miqdordagi yoqimsiz oziq-ovqat, noqulay va qo'pol kiyim bilan cheklanishlari ham kiradi. Darhaqiqat, bularning barchasi o'zlariga nisbatan gunoh bo'lib, ularga kuchli og'riqni qaytarmaydigan og'riq keltiradi. XULOSA
Xulosa qilib shuni, aytish kerakki, inson turli xil muhitda tug'ilib voyaga yetadi. Kimdir boy yana kimdir kambag'al oilada tarbiyalanadi. Ularning xoxish-istaklari ham shunga yarasha farqlanadi. Ar-Roziyning fikricha, insonda quyi chegara ustun bo'lishi kerak, inson quyi chegardan ham chiqib ketsa, falsafadan tashqariga chiqib ketishi mumkin. Hozirgi kunda ham ko'rishimiz insonlar o'zligini unutgan holda maqolamizda keltirilgan yuqori chegara tomon intilishyapdi, quyi chegara insonlarni qanoatlantirmay qo'ydi. Insonlar yuqori darajadagi hashamatga hech qanday qing'ir yo'llarsiz erishishsagina yuqori chegara tomon intilsa bo'ladi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M (2021) Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent, O'zbekiston 464 b. (Mirziyoev, Sh.M.(2021). New Uzbekistan strategy. Tashkent, Uzbekistan, p.464.)
2. Charles E. Butterworth "The Book of the Philosophic Life" University of Maryland, 1993, page.31.
3. Safarov, M.K., Umarjonov, S.S. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida befoyda o'y surish va ochko'zlik muhokamasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1045-1049.
4. Абу Бакр ар-Рази. Духовная медицина-Душанбе; Ирфон.1990- С.88
5. Safarov, M.K. (2021). Abu Bakr ar-Roziy etikasida insonning o'z kamchilliklarini anglashi va uni bartaraf qilishi muhokamasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 68-72.
876
6. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.
7. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.
8. Saidov, S. (2021). Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo 'shgan hissasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).
9. Umarjonov, S.S., Safarov, M.K. (2021). Fahriddin Roziyning "Latoif ul-g'iyosiyot" qo'lyozma asarida aql va e'tiqod masalasining qo'yilishi va uning diniy-falsafiy germenevtik tahlili. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(5), 1058-1068.
10. Saidov, S. (2022). TARIXIY MANBALARDA KELTIRILGAN IBN AL-MUQAFFA BORASIDAGI MA'LUMOTLAR TAHLILI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(2), 525-528.
11. Умаржонов, С. С. (2022). Онтологияда субстансия ва аксиденсияга доир таълимотнинг Фахриддин Розий томонидан ривожлантирилиши. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 961-968. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2022-3-961-968
12. Saidov, S. A. O. G. L. (2021). IBN AL-MUQAFFANING HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(7), 8-14.
13. Jurayev, S. S. O. G. L. (2021). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA BORLIQ MASALASI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 12-14.
14. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILI//A cadem ic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
15. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(4), 732-737.
16. Adashova, M. (2022) Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosida shaxs ma'naviyatini yuksaltirish masalalari. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social science. 2 (1) ISSN 2181-1784.