Научная статья на тему 'UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI'

UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

155
59
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzum / hosildorlik / navlar / ekin maydoni

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Alisher Botirov, Akbarxon Murtazayev, Baxodir Ochilov, Gulrabo Rustamova

Uzumning xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida jami ishlab chiqarilgan uzum miqdorini 2015-2021 yillardagi statistik kuzatuvlarini tumanlar kesimida tahlildan o‘tkazdik. Kuzatilgan tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki ilk boshda Bulung‘ur tumani uzum yetishtirish bo‘yicha peshqadam tuman hisoblangan bo‘lsa, Urgut tumani 2018-yildan buyon uzum yetishtirish bo‘yicha oldingi o‘rinlarda kelmoqda. Samarqand viloyatida 2021yilda 387 910 tonna uzum ishlab chiqarilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI»

Akademik M.Mirzaev nomidagi Volume 3 | Special Conference 1 | 2022

Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING

JmjytadqiqoUnstituti^^^

UZUM YETISHTIRISHNING HUDUDLAR KESIMIDAGI TAHLILI

Alisher Botirov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

Akbarxon Murtazayev

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.

Baxodir Ochilov

Akademik M.Mirzayev nomli bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Charxin ilmiy-tajriba stansiyasi

Gulrabo Rustamova .Akademik M. Mirzayev nomidagi bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutiga qarashli Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi.

ANNOTATSIYA

Uzumning xalq xo'jaligida tutgan o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada Samarqand viloyatida jami ishlab chiqarilgan uzum miqdorini 2015-2021 yillardagi statistik kuzatuvlarini tumanlar kesimida tahlildan o'tkazdik. Kuzatilgan tahlil natijalari shuni ko'rsatdiki ilk boshda Bulung'ur tumani uzum yetishtirish bo'yicha peshqadam tuman hisoblangan bo'lsa, Urgut tumani 2018-yildan buyon uzum yetishtirish bo'yicha oldingi o'rinlarda kelmoqda. Samarqand viloyatida 2021-yilda 387 910 tonna uzum ishlab chiqarilgan.

Kalit so'zlar: uzum, hosildorlik, navlar, ekin maydoni.

KIRISH

Uzum mamlakatimizda qadim zamonlardan beri yetishtirilib kelinadi. Uni mavjudligi eramizdan oldingi IV asrlarda yozma adabyotlarda mavjudligi bilan ajralib turadi. Shu o'rinda uzum Vitaceae Juss oilasining Vitis turkumiga mansub o'simlik hisoblanadi [3].

Uzum xalq xo'jaligida o'zining parxezboplik xususiyati jihatdan ham qadirlanadi. Yangi uzilgan uzum tarkibida bir qancha mevalarda mavjud kislotalarning mujassamlashganligi haqida adabiyotlarda manbalar mavjud. Bundan tashqari uzumning tarkibida inson organizmi uchun oson o'zlashtirila oladigan shakarlar mavjud.

293

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

Bundan tashqari uzum tarkibida inson organizmi uchun zarur bo'lgan vitaminlar guruhi joy olgan [1,2,3,6,7].

Bugungi kunda uzum yetishtirish bo'yicha 7000 ming gektar yer maydoni xizmat qilsa, undan salkam 80 mln tonna uzum hosili olinadi. Ular asosan iste'molga, vino tayyorlash sanoatiga hamda qayta ishlash uchun foydalaniladi. Uzum yetishtirish bo'yicha gigomon dvlat Xitoy hisoblanadi, u yerda 15 milyon tonna uzum yetishtiriladi. Bundan tashqari Italiya, AQSH, Ispaniya va fransiya kabi davlatlar keyingi gegamon davlatlar hisoblansa, O'zbekiston FAO ro'yhatining 13-o'rnidan joy olgan [4].

Shu o'rinda mamlakatimizning uzum yetishtirish bo'yicha dunyo mamlakatlari orasidan joy olishi uzumchilikka bo'lgan e'tiborning bir ko'rinishidir. Ushbu maqolamizda Samarqand viloyatida uzum ishlab chiqarish ko'rsatkichlarini tumanlar kesimida statistik kuzatuvlar asosida tahlil qildik.

MATERIALLAR VA USULLAR

Ushbu maqolada Samarqand viloyati qishloq xo'jalik boshqarmasining 20152021 yillardagi uzum ishlab chiqarish bo'yicha statistik ma'lumotlaridan foydalanildi. Ma'lumotlarni tahlil qilishda grafik tahlil usulidan foydalanildi. Tayyorlangan grafalar Microsoft Excel 2019 dasturi yordamida tayyorlandi.

NATIJA VA MUHOKAMALAR

410000

es

S S 's? 400000

o ■O

JS j 390000

5« ae

•c

-i 380000

5J "'S

2 u ^ 370000

.a

J5 V 360000

S ■a

s

S St 350000

S •sS

s 340000

S & m 330000

i-s

320000 --------------

2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021

Yillar

1- grafik. Samarqand viloyatida 2015-2021 yillarda jami ishlab chiqarilgan uzum (tonna) miqdori.

294

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

Samarqand viloyatida 2019-yilda uzum ishlab chiqarish salmog'i boshqa yillardagiga qaraganda yuqori bo'lgan (1-grafik). Undan oldingi va keyingi ikki yildagi ko'rsatkichlar bo'yicha o'zgarish bo'lmaganligini kuzatish mumkin. Bunday o'zgarishlardan shu narsani aytish mumkinki uzum ishlab chiqarish sanoatidagi bu o'zgarish boshqa meva ekinlari maydonlari ko'payganligi yoki bo'lmasa ba'zi tok maydonlari qaytadan rekonstruksiya qilinayotganligi bilan baholash mumkin.

Uzum ishlab chiqarish bo'yicha viloyatning Bulung'ur, Urgut, Ishtihon va Payariq tumanlari ilg'orlikda oldingi o'rinlarda turishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi (2-grafik). Bulung'ur tumani uzum ishlab chiqarish bo'yicha 2017-yilga qadar peshqadamlikda bo'lgan bo'lsa, 2018-2021 yillarda Urgut tumani oldingi o'rinlarda joy olib kelmoqda. Bundan tashqari Bulung'ur tumani peshqadamlikda Ishtixon va Payariq tumanlaridan keyingi o'rinlarga tushib qolganligini kuzatishimiz mumkin. Ishtixon va Payariq tumanlarining ko'rsatkichlari izchil tarzda yildan yilga oshib borishini kuzatishimiz mumkin.

120000

S

2 100000

80000

•ST

"5 60000

.fi

_çS

ï 40000

3 20000 s

s

s l-s

■Bulung'ur

■Urgut

■Ishtixon

■Payariq

2015

2016

2017

2018 Yillar

2019

2020

2021

2-grafik. Ilg'or uzum yetishtiruvchi tumanlarning uzum ishlab chiqarish bo'yicha 2015-2021

yillardagi ko'rsatkichlari.

Bulung'ur tumani 2016 yilda yetakchi uzum ishlab chiqaruvchi tuman sifatida oldinda bo'lgan (3-grafik). Urgut, Tayloq va Ishtixon tumanlari keyingi yetakchi o'rinlarda ajralib turgan bo'lsa, viloyatning Nurobod, Jomboy, Oqdaryo, Paxtachi va Narpay tumanlari kam uzum ishlab chiqaruvchi tumanlar sifatida ko'rishimiz mumkin.

0

295

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmjy-tadqiqot instituti

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING

es s s o

CS

U ^o

■s °

,2s fs

¿a ^

S s

N

s S

c« i-s

80000 70000 60000 50000 40000 30000 20000 10000 0

_□_□_□_ü.

v^ # ^ ^ vo^ ^ ,0* v«^ X&

s SS SS S/f * </

Tumanlar

3-grafik. Tumanlar kesimida 2016 yilda jami uzum ishlab chiqarish (tonna) ko'rsatkichlari

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

z <

S p

T

Nurobod Narpay Qo'shrabot Kattaqo'rg'on Bulung'ur Payariq Urgut

20000 40000 60000 80000 100000

JAMI UZUM ISHLAB CHIQARISH, TONNA (2021)

120000

4-grafik. Tumanlar kesimida 2021 yilda jami uzum ishlab chiqarish (tonna) ko'rsatkichlari.

0

Top uchtalik uzum ishlab chiqaruvchi tumanlar 2021 yilda Urgut, Ishtixon va Payariq tumanlari misolida 4-grafik keltirib o'tilgan. Shuningdek oxirgi top uchtalik tumanlar sifatida Paxtachi, Nurobod va Jomboy ko'rsatkichlarini ko'rishimiz mumkin.

XULOSA

Samarqand viloyatida jami uzum ishlab chiqarish holati statistik kuzatuvlar natijasida shunday xulosalarga kelindi:

-jami uzum ishlab chiqarish 2015-yildan 2019-yilgacha o'sgan va 2019-2021 yilga ishlab chiqarish ulushi nisbatan kamaygan;

296

Akademik M.Mirzaev nomidagi Bog'dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti

ytadqiq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 MEVACHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

-ishlab chiqarish bo'yicha dastavval Bulung'ur tumani gegamonlik qilgan bo'lsa, 2018- 2021 yillarga kelib Urgut tumani bu gegamonlikni qo'ldan boy bermayapti;

-ilk boshda uzum ishlab chiqarish bo'yicha Nurobod tumani oxirgi o'rinlarda bo'lgan va 2021 yilgi kuzatuvlar Paxtachi tumanini eng kam uzum ishlab chiqaruvchi sifatida baholamoqda.

REFERENCES

1. Alisher Botirov, Baxodir Ochilov, & Furqat Hasanov (2022). ILMIY-TAJRIBA STANSIYASINING SO'NGI YILLARDAGI STATISTIK KUZATUVLARI. Central Asian Academic Journal of Scientific Research, 2 (2), 202-207.

2. Alisher, B. (2021). Promoting Young Apple Tree Growth after Planting in Water

Limited Areas (Doctoral dissertation,

3. Sh.Temurov (2002) Uzumchilik. O'ME. Toshkent.

4. H.Haydarov (2021) Uzum eksporti tahlili. Shirin meva. 8-9 betlar.

5. Botirov, A., & Arakawa, O. (2021). Root growth changes in the winter planting of young 'Miyabi Fuji'apple trees. International Journal of Horticultural Science and Technology, 8(3), 227-233.

6. Botirov, A., An, S., Arakawa, O., & Zhang, S. (2022). Application of a visible/near-infrared spectrometer in identifying flower and non-flower buds on 'Fuji'apple trees. Indian Journal of Agricultural Research, 56(2), 214-219.

7. Botirov, A., & Arakawa, O. (2022). THE INTERACTION OF ROOTSTOCKS, WATER AND SOIL HUMECTANTS AND YOUNG APPLE TREE GROWTH. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 43-56.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.